Authors

  • Sarvara Joniuzoqova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48231

Abstract

Ushbu maqola gender tengligi tushunchasi, ushbu konsepsiyaning yaralishida o‘z hissasini qo‘shgan bir qancha olimlar, o‘rganishlar natijasida vujudga kelgan savollar va gender tenglik tarixi haqida ma’lumot beradi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

597

GENDER TENGLIGI

Joniuzoqova Sarvara Sodiqjon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti,

1-kurs “A” potok 3-guruh talabasi.

sarvarajonuzoqova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14251710

Annotatsiya.

Ushbu maqola gender tengligi tushunchasi, ushbu konsepsiyaning

yaralishida o‘z hissasini qo‘shgan bir qancha olimlar, o‘rganishlar natijasida vujudga kelgan
savollar va gender tenglik tarixi haqida ma’lumot beradi.

Kalit so‘zlar:

Gender tengligi konsepsiyasi, tenglik, deskriminatsiya, gender stereotiplari,

xalqaro e’tibor, sotsiolog, antropolog, psixolog, tarixiy kamsitish.

GENDER EQUALITY

Abstract.

This article provides information about the concept of gender equality, several

scholars who have contributed to the development of this concept, questions that have arisen from
research, and the history of gender equality.

Key words:

Concept of gender equality, equality, discrimination, gender strereotypes,

international attention, sociologist, anthropologist, psychologist, historical discrimination.

ГЕНДЕРНОЕ РАВЕНСТВО

Аннотатция.

В этой статье представлена информация о концепции гендерного

равенства, некоторых учённых, внесших вклад в создание этой концепции, вопросах,
возникших в результате исследований, а также истории гендерного равенства.

Ключевые слова:

Концепция гендерного равенства, равенство дискриминации,

гендерные стереотипы, международное внимание, социолог, антрополог, психолог,
историческая дискриминация.


KIRISH

Insoniyat yaralibdiki, erkak va ayollar o‘rtasida munosabat, jamiyatda, oilada ularning roli

gender tenglik va gender adolat muammolariga e’tibor qaratib kelinadi. Bugungi kunga kelib,
ijtimoiy hayotning asosiy jabxalarida gender tenglikni ta’minlash butun jamiyatning taraqqiyotiga
xizmat qilishi o‘z isbotini topgan.

1

Gender tengligi haqida so‘z yuritishdan oldin, birinchi navbatda “gender” tushunchasiga

e’tibor qaratishimiz lozim. Gender (inglizcha,

gender

urug‘) – inson jinsining ijtimoiy- madaniy

va ma’naviy jihatini ifoda etuvchi tushuncha. Gender iborasi ijtimoiy fanlarda jins mavzusini
o‘rganishda yangicha yondashuv shakllangan pallada, ya’ni 1950-yillardan boshlab kiritilgan.

2

Gender tengligi esa ushbu jinslarning biologic farqini anglash bilan bir qatorda, ularni ijtimoiy
jihatdan teng ko‘rish demaktir.

1

Егамбердиева Н.М.,Хонтураев Б.А. Гендер тадқиқотлари, гендер тахлили, мониторинг ва бахолаш. –

Тошкент: Махалла ва оила, 2023. –104б

2

https://search.app/?link=https%3A%2F%2Foyina.uz%2Fuz%2Fteahause%2F1074%23%3A~%3Atext%3DGender

%2520%28inglizcha%2520gender%2520%25E2%2580%2593%2520urug%27%2Cni%25201950%2520yillardan%
2520boshlab%2520kiritilgan.&utm_campaign=57165-or-igacx-web-shrbtn-iga-
sharing&utm_source=igadl%2Cigatpdl%2Csh%2Fx%2Fgs%2Fm2%2F5


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

598

Jamiyatda har kim hech qanday kamsitishlarsiz o‘z hayotini shunga yarasha olib borish

huquqiga ega. Bu holatga erishilganda, barcha shaxslar tabaqasi, jinsi, rangi, kasbi va mavqeidan
qat’i nazar, teng deb hisoblansa, biz buni tenglik deb ataymiz. Tenglik, shuningdek, har bir shaxs
bir xil huquqlarga ega bo‘lgan va o‘sishi va gullab yashnashi uchun teng imkoniyatlarga ega
bolgan vaziyat sifatida ham ta’riflanishi mumkin.

Savol tug‘ilishi mumkin, nega gender tenglikni ta’minlash bunchalik muhim? Hozirgi

kunda aksariyat davlatlar demokratik tuzum uchun harakat qilar ekan, uning asosiy tamoyillaridan
biri bo‘lmish tenglik prinsipini ta’minlash juda muhim hisoblanadi. Qadimgi urug‘chilik
jamiyatidan farqli o‘laroq hokimiyatni yakka ota yoki ona qo‘lida to‘plashdan farqli o‘laroq,
jamiyatda ikkala qatlamning ham huquqlarini yetarlich ta’minlab berish muhim ahamiyat kasb
etadi.

Jamiyatning har bir shaxsi teng huquq va o‘z ixtiyorida mavjud resurslardan foydalanishni

orzu qiladi, lekin bu borada juda ko‘p kamsitishlar mavqei va hatto jinsiga bog‘liq bo‘lishi
mumkin. Eng keng tarqalgan deskriminatsiya – bu gender tengsizlik. Bu mahalliy muammo emas
va faqat hayotning ma’lum sohalari bilan cheklangan, lekin butun dunyoda keng tarqalgan. Hatto
ilg‘or jamiyatlarda va yuqori tashkilotlarda ham biz gender tarafkashlikning ko‘plab misollariga
guvoh bo‘lishimiz mumkin. . XVIII asrda vujudga kelgan va XIX-XX asrlarda butun dunyoda faol
rivojlangan feministik harakat gender tengligi tushunchasining keng yoyilishiga yordam bergan.
“Gender” konsepsiyasi fanga biologik jins, ya’ni ular asosida erkak va ayolga ajratiluvchi “jins”
tushunchasidan farqlash uchun kiritilgan. ”Gender” erkak va ayolning jamiyatdagi o‘rni va rolini
belgilovchi tushunchadir. Bu ikki terminni bir-biridan

farqlab olish lozim. Gender muammosi

ko‘plab faylasuflar, jamiyatshunoslar, antropologlar, tilshunoslar, adabiyotshunoslar, psixolog va
pedagoklarning e’tiborini o‘ziga jalb qilmoqda. Gender tengligi nazariyasiga oid ilk asarlar XIV-
XV asrlarda paydo bo‘la boshladi. Masalan, eng mashhurlaridan biri – “Ayollar shahri kitobi”
o‘rta asr yozuvchisi va italyan faylasufi Kristina Pizaga (1365-1440) tegishli.

3

Genderning

psixologik jihatlari taniqli ruxshunoslar Z.Freyd, T.Parsons, R.Stoller, Sh.Bern, A.Bandura,
Simona de Beuvar, A.Klima, S.Kon, A.Usmonova, I.S.Kletsina, E.G‘oziyev, O.Abdusattorova,
X.R.Haydarova;

sotsiyalogiyaga

oid

qirralari

E.Goffman,

R.Xof,

A.Kolstkorova,

A.zdravomislova, A.A.Tyomkina, G.K.Zaytsey va A.G.zaytsev,muammolarni keltirib chiqara
boshladi.

G.B.Urazaliyeva; falsafaga oid tomonlari Keyt Uest, D.Zimmerman, S.G.Ayvazova,

I.Jerebkinalar; antropologiya bilan bogliq jihatlar E.R.Yarskaya-Smirnova; pedagogikaga oid
ayrim qirralari esa L.Shustova, P.Repkina, R.Safarova, G.Akramova va yana bir qancha
olimlarning ishlarida yoritilgan.

4

METODLAR

Gender tengligi bilan bog‘liq ushbu tadqiqotimiz turli xil nazariy va amaliy bilimlarga

tayanilgan holda, miqdoriy hamda sifat usullarini o‘zida birlashtirgan aralash metodologiyaga

3

De Pizan, Christine . The book of the City of Ladies. Translated by Rosalind Brown-Grany. Revised Edition. Penguin

Classics, 2003

4

Егамбердиева Н.М.,Хонтураев Б.А. Гендер тадқиқотлари, гендер тахлили, мониторинг ва бахолаш. –

Тошкент: Махалла ва оила, 2023. –104б


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

599

asoslangan. Maqola shakl jihatdan IMRAD talabi asosida yozilgan. Ushbu mavzuni yoritib
berishda milliy hamda xalqaro qonunchilik tizimiga asoslanib, turli qiyoslashlar olib borildi.

Xususan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari

tog‘risida”gi O‘RQ tahlili hamda “BMT ayollari” nomli BMT tashkiloti haqida ma’lumotlar
yoritib berilgan. Qolaversa, ushbu maqola gender statistikasi, ushbu tushunchaning turli
davlatlardagi o‘rni qanday ekanligi haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab oladi.

NATIJALAR

Ayollar va qizlar dunyo aholisining yarmini tashkil etib, butun insoniyat salohiyatini to‘liq

royobga chiqarish ularning jamiyat hayotida daxldorligiga bog‘liq: iqtisodiy rivojlanish
ko‘rsatkichlaridan tortib jamiyatda tinchlik va totuvlikni ta’minlashgacha. Bugungi kunda,
zamonaviy jamiyatda globallashuv va integratsion jarayonlarning keng ko’lamda quloch yoyishi
yangi Jamiyatshunos tadqiqotchilar tomonidan izchil va chuqur o‘rganilishi lozim bo‘lgan
muammolar qatoriga bugun hech ikkilanmasdan “gender” jarayonlarni ham kiritish mumkin.

Qachonki biz gender tengligi jumlasini eshitganimizda negadir asosan ayollarning

huquqlarining himoya qilinishi ko‘z oldimizga keladi. Nega bunday bo‘ladi? Nega faqatgina
qaysidir bir jamiyat emas, balki butun dunyo xotin-qizlarni ham jismonan, ham ruhan kuchli
bo‘lishi uchun kurashmoqda? Gender tenglik bizga nima uchun kerak? Gender tenglikni samarali
amalga oshirish uchun nima qilish kerak, nimalarga e’tibor berish kerak? Bular hozirgi kunda
aksariyat insonlar uchun begona savollar emas, albatta.

Nega gender tenglik deyilganda asosan ayollarning huquqlarini himoya qilish

tushuniladi?

1. Tarixiy kamsitish.

Ayollar tarixan ko‘plab jamiyatlarda kamsitilgan va ularning

huquqlari cheklangan.

Ular ko‘pincha iqtisodiy va siyosiy hayotda erkaklarga nisbatan pastroq

maqomga ega bo‘lgan.

2. Gender stereotiplari.

Ayollarga nisbatan an’anaviy stereotiplar, masalan, ”ayollar faqat

uy ishlariga mas’ul“ yoki ”erkaklar ish bilan shugullanishi kerak“ kabi fikrlar, ayollarning
imkoniyatlarini kamaytiradi va ularni kamsitishga olib keladi.

3. Ijtimoiy-iqtisodiy farqlar.

Bir qancha mamlakatlarda ayollar erkaklarga qaraganda

kamroq maosh oladilar, ish joylarida o‘z o‘rnini topishda qiyinchiliklarga duch keladilar va yuqori
lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyatlari cheklangan.

4. Sog‘liq va ta’lim sohasidagi muammolar.

Ayollar ko‘pincha sog‘liq va ta’lim sohasida

diskriminatsiyaga uchraydilar. Misol uchun, qiz bolalarning ta’lim olishiga qarshi to‘siqlar,
ularning kelajagi uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

5. Zo‘ravonlik va xavfsizlik masalalari

. Ayollar ko‘p hollarda jismoniy tazyiqlarga ko‘p

uchraydilar va bu ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga to‘sqinlik qiladi.

6. Xalqaro e’tibor.

Xalqaro tashkilotlar va harakatlar, masalan, BMT va uning ”Xotin-

qizlarga nisbatan deskriminatsiyani bartaraf etish togrisidagi konfensiya“ kabi hujjatlar
ayollarning huqularini himoya qilishga katta e’tibor qaratmoqda.

Ushbu sabablar gender tengligi masalasida ayollarning huquqlarini ishonchli himoya

qilishni dolzarb masala sifatida ko‘rishga olib kelmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

600

Gender tengligini ta’minlash global muammo sifatida e’tirof etilgani bois, dunyoda ushbu

tushunchaning qo‘llanilishi qanchalik darajada rivojlanganligini statistik jadval ko‘rinishida
ifodalanishi mumkin.

Unga ko‘ra:

1.O‘zbekistonning gender tengligi ko‘rsatkichi

:

O‘rin

Gender
tengligi

ko‘rsatkichi

Har yuz ming ayolning

gender tengsizlik

tufayli vafot etishi

15-19 yoshdagi har

1000 o‘spirin qiz

uchun tug‘ish

ko‘rsatkichi

62-o‘rin

(189 mamlakat

ichida)

0,288

29 nafar

23,8

2. Boshqa O‘rta Osiyo mamlakatlari:

Mamlakat.

Turgan o‘rni

Qozog‘iston

44-o‘rin

Qirg‘iziston

82-o‘rin

Tojikiston

70-o‘rin

Turkmaniston

Ma’lumot yo‘q

3. Rivojlangan mamlakatlarda ayollar va erkaklar o‘rtasida maosh farqi:

Mamlakat

Foiz ko‘rsatkichi

Shvetsiya

31%

Fransiya

31%

Germaniya

49%

Turkiya

75%

Ushbu so‘ngi hisobotga ko‘ra, gender tengligini ta’minlashning yana bir global chorasidan

biri – butun dunyo bo‘ylab ayollarni yaxshi ish joylari bilan ta’minlash.

Gender tengligi tushunchasini qoralovchilar buni imkonsiz iloji yoq narsa deb bilishadi,

chunki ”Erkak va ayol bir biridan farq qiladi va nafaqat jismoniy, balki, ruhiy jihatdan ham.

Agarda ayollarni ham erkaklar qiladigan ishni bajarishga majbur qilsa, ular o‘zlarining

sevimli mashgulotlari ya’ni bolalarga g‘amxorlik qilish, do‘kon aylanish, yuzlarini kosmetikalar
bilan boyash, turli xil taomlar pishirish kabi mashgulotlarini bajarolmay qolishadi va natijada ular
baxtli bola olishmaydi. Agarda ayollar jamiyatda faqat erkaklar ishini bajarishsa (o‘tin kesish,
mashinalarni ta’mirlash, bulldozer haydash) ular ham ruhan, ham jismonan zo‘riqishga
uchrashishadi“, deb fikr bildirishadi. Biroq, gender tengligi nazariyasining tarafdorlari bu fikr ko‘p
avlodlar davomida patriarxal davri davom etganligi va insonlarni ilmga qarshi ta’limotlar,
stereotiplar va jamoatchilik fikrlarini idrok etishiga kata ta’sir qiladi deb ta’kidlaydilar. Ba’zi
psixolog va sotsiologlarning fikriga ko‘ra zamonaviy jamiyatda psixika, harakter, xulq-atvor va
fikrlash uslubi jinsga bog‘liq degan fikr keng tarqalgan.

5

MUHOKAMA

5

Xusanova Dilafruz Xasanboy qizi, Fozilov Asror Akmal o‘g‘li GENDER TENGLIGI: JAMIYATDA GENDER

TENGLIGIGA ERISHISH. //Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti. 2023. № 9151.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

601

Gender tengligi ustida olib borilgan izlanishlar va statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki,

ushbu masala bo‘yicha mamlakatimiz alohida faoliyat olib boradi va jahonda o‘zining yetarli
o‘rniga ega. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasida: “Xotin-qizlar
va erkaklar teng huquqlidirlar.

Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek

jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi.”,deya
takidlangan. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari
to‘g‘risida”gi qonunning ham maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish eganligi aytilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim

olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari tog‘risida”gi qonuniga asosan, oliy va
professional ta’lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-
kontrakt asosida tehsil olish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qoyilgan va
bunda, ayollar uchun ta’lim kreditini o hech qanday foizlarsiz berilishi ta’minlangan.

Bundan maqsad ayollarning ilmli bo‘lishiga erishish hamda ularning o‘qishga bo‘lgan

qiziqishini oshirib, ta’lim olishda ularni ijtimoiy jihatdan teng qilish ko‘zlangan deya olamiz.

Yuqorida ko‘rsatilgan barcha qonun hujjatlarining asl mazmuni faqatgina ayollarning

huquqini himoya qilish emas, balki, ularni jamiyatning boshqa a’zolari bilan ijtimoiy jihatdan
tenglashtirish, “ayol kishi ishlamaydi, uyda, eriga, bolasiga qaraydi”, kabi steriotiplarni insonlar
miyyasidan o‘chirish, “gender tengligi” tushunchasining asl mazmunini ularning ongiga singdirish
eganini aytishimiz mumkin.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ayollar va erkaklar tengligi madaniyatini shakllantirish –

bu tizimli va doimiy jarayon bo`lib, keng jamoatchilik va fuqarolik institutlari bilan hamkorlikni
talab etadi.

Bu borada jamiyatning barcha jabhalari – davlat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari, biznes

sub’ektlari, kasaba uyushmalari va keng aholi qatlamlarining birgalikdagi va hamjihatlikdagi
faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamiyat barcha qatlamlarining maqsadli faoliyatini tashkil etish zarur gender-

dezagratsiyalangan axborot bazasini yaratish, barcha hududlar darajasida gender vaziyatining
gender tahlili va monitoringini o`tkazishni talab etadi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi. – Toshkent – “O‘zbekiston” – 2023.

2.

https://search.app/7JH2SM5RdrJnzgr27

3.

https://search.app/uXqtgjgQXdaGjDft8

4.

Xusanova Dilafruz Xasanboy qizi, Fozilov Asror Akmal o‘g‘li GENDER TENGLIGI:
JAMIYATDA GENDER TENGLIGIGA ERISHISH. //Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax
davlat pedagogika universiteti. 2023. № 9151

5.

Егамбердиева Н.М.,Хонтураев Б.А. Гендер тадқиқотлари, гендер тахлили,
мониторинг ва бахолаш. – Тошкент: Махалла ва оила, 2023. –104б


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

602

6.

6.

https://search.app/?link=https%3A%2F%2Foyina.uz%2Fuz%2Fteahause%2F1074%23

%3A~%3Atext%3DGender%2520%28inglizcha%2520gender%2520%25E2%2580%259
3%2520urug%27%2Cni%25201950%2520yillardan%2520boshlab%2520kiritilgan.&ut
m_campaign=57165-or-igacx-web-shrbtn-iga-
sharing&utm_source=igadl%2Cigatpdl%2Csh%2Fx%2Fgs%2Fm2%2F5

7.

De Pizan, Christine. The book of the City of Ladies. Translated by Rosalind Brown-Grany.
Revised Edition. Penguin Classics, 2003






References

O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi. – Toshkent – “O‘zbekiston” – 2023.

Xusanova Dilafruz Xasanboy qizi, Fozilov Asror Akmal o‘g‘li GENDER TENGLIGI: JAMIYATDA GENDER TENGLIGIGA ERISHISH. //Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti. 2023. № 9151

Егамбердиева Н.М.,Хонтураев Б.А. Гендер тадқиқотлари, гендер тахлили, мониторинг ва бахолаш. – Тошкент: Махалла ва оила, 2023. –104б

De Pizan, Christine. The book of the City of Ladies. Translated by Rosalind Brown-Grany. Revised Edition. Penguin Classics, 2003