Authors

  • Mashhura Kenjayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48257

Abstract

Mazkur maqolada “Qutadg‘u bilig” dostoni mintaqa adabiyoti shakllanishining birinchi bosqichida turkiy tilda yaratilgan islom ma’naviyatining badiiy-falsafiy, ijtimoiy-axloqiy qomusi deb baralla aytsak arziydigan asar, xoqonlarining yodnomalari, mintaqa xalqlarining boy ma’naviy merosi singdirilgan mintaqa ma’naviyatining qomusi ekanligi yoritib berilgan.

background image


Noyabr, 2024-Yil

609

YUSUF XOS HOJIBNING “QUTADG‘U BILIG” ASARI MA’NAVIY-AXLOQIY

TARBIYA NEGIZI SIFATIDA

Mashhura Kenjayeva Qoziyevna

Urganch davlat universiteti, Xorijiy filologiya fakulteti tyutori.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14254174

Annotatsiya.

Mazkur maqolada

“Qutadg‘u bilig” dostoni mintaqa adabiyoti

shakllanishining birinchi bosqichida turkiy tilda yaratilgan islom ma’naviyatining badiiy-falsafiy,

ijtimoiy-axloqiy qomusi deb baralla aytsak arziydigan asar, xoqonlarining yodnomalari, mintaqa

xalqlarining boy ma’naviy merosi singdirilgan mintaqa ma’naviyatining qomusi ekanligi yoritib

berilgan.

Kalit so‘zlar:

Aql, bilim, el-yurt, xalq farovonligi,

bevafolik, bebaholik, adolat,

boshqaruvchilar, hislatlar, adolat, davlat, baxt, qanoat.

"KUTADGU BILIG" BY YUSUF KHOS HAJIB AS THE BASIS OF SPIRITUAL AND

MORAL EDUCATION

Abstract.

This article highlights that the epic “Kutadgu bilig” is a work created at the first

stage of the formation of the literature of the region in the Turkic language as an artistic,

philosophical, socio-moral kamus of Islamic spirituality, monuments to kagans, kamus of

spirituality of the region, into which the rich spiritual heritage of the peoples of the region

penetrated.

Keywords:

reason, knowledge, country, national welfare, infidelity, pricelessness, justice,

rulers, feelings, justice, state, happiness, satisfaction.

«КУТАДГУ БИЛИГ» ЮСУФА ХОС ХАДЖИБА КАК ОСНОВА ДУХОВНО-

НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ

Аннотация.

В данной статье освещается, что эпос “Кутадгу билиг”-это

произведение, созданное на первом этапе становления литературы региона на тюркском

языке как художественно-философский, социально-нравственный камус исламской

духовности, памятники каганам, камус духовности региона, в который проникло богатое

духовное наследие народов региона.

Ключевые слова:

разум, знания, страна, народное благосостояние, неверность,

бесценность, справедливость, правители, чувства, справедливость, государство, счастье,

удовлетворение.


background image


Noyabr, 2024-Yil

610

Sharq adabiyotining tengsiz bebaho yodgorligi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”

(“Saodatga eltuvchi bilim”) asari – ota-bobolarimizning komil inson haqidagi qarashlari, davlat va

jamiyat boshqaruvi, bilim o‘rganishning ahamiyati, axloq va odob masalalari, falsafiy qarashlari,

o‘g‘il-qiz tarbiyasi, kishining ichki ma’naviy olami, uning fazilatlari to‘g‘risidagi kuzatuvlarini

o‘zida jamlagan noyob asardir. Ma’lumki, o‘rta asrlarda uning ta’sirida turkiy adabiyotdagina

emas, butun musulmon sharq adabiyotida ko‘plab asarlar yaratilgan.“Qutadg‘u bilig” dunyo

olimlarining doimiy e’tiborida bo‘lib, o‘zbek, turk, rus, qozoq, qirg‘iz, ozarbayjon, turkman,

uyg‘ur, ingliz, nemis tillarida ilmiy tarjimalari va tadqiqotlari nashr etilgan asarlar qatorida turadi.

Qutadg‘u bilig - baxt-saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni anglatadi. Demak asar

nomidan ham uning pand-nasihat, ta’lim-tarbiyaga oid yetuk didaktik asar, har tomonlama yetuk

insonni tarbiyalaydigan darslik ekanligi yaqqol bilishimiz mumkin.

Yusuf Xos Hojib arab va fors

tillarini mukammal bilgan, bu tillardagi diniy, ilmiy, badiiy adabiyot bilan chuqur tanish bo‘lgan.

Mutafakkir qadim turk yozma adabiyoti, turkiy xalqlar og‘zaki ijodini ham yaxshi bilgan, shu

muhitda tarbiya topganligi bois turkiy elatlarning qadimiy qo‘shnilari xitoy, mo‘g‘ul, hind, eroniy

xalqlar madaniyati, yunon falsafasi va o‘sha davr ma’naviy hayotining boshqa jihatlari haqida ko‘p

ma’lumotlarni bilgan. Bizgacha shoirning yagona Qutadg‘u bilig” (“Saodatga yo‘llovchi bilim”)

dostonidan boshqa asari yetib kelmagan. Aniq aytish mumkinki, hech qaysi ijodkor ilk ijodini 6,5

ming baytga yaqin yirik doston yozishdan boshlamasligi buning yaqqol isbotidir.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga yo‘llovchi bilim”) asarining bizning

qo‘limizga yetib kelgan nusxasi xoqonga taqdim etilgan bo‘lib, oxirgi tahriri hisoblanadi.

Alloma tasavvuf g‘oyalariga, haqiqiy taqvo egalariga yuksak ehtirom bilan qarab, jamiyat,

xalq baxti uchun, adolat tantanasi uchun o‘z umrini bag‘ishlashni xayotining bosh yo‘nalishi deb

qaraydi. Asar qahramoni O‘gdulmish – aql va bilim egasi, umrini adolat xizmatiga bag‘ishlagan

shaxs hisoblanadi.

“Qutadg‘u bilig” dostonida o‘sha davr hayotining barcha qirralari, ikir-chikirlari,

ziddiyatlari ifoda etilgan. Yusuf Xos Hojib o‘zining yuksak o‘y-xayollarini ajoyib timsollarda

ifodalashda hayotdan bir ham zum uzilmaganligini ko‘rishimiz mumkin. Alloma davr

ziddiyatlaridan ko‘z yummaydi va jamiyatdagi barcha tabaqa, toifalarga xos fazilat, qusurlar,

ijtimoiy ahvolni aniq idrok qilganligi ba’zan feudal - saroy qarashlariga tobe qilib ko‘rsatishi bilan

izohlanadi. Bunday tasavvur Yusuf Xos Hojibning zukkoligi, ijtimoiy aqli, tadbirkorligini

noto‘g‘ri talqin qilish oqibati natijasidir. “Qutadg‘u bilig” dostoni avom xalq uchun emas, birinchi

navbatda, xoqon va beklar, ya’ni yurtning hukmdorlariga atab yozilgan bo‘lib, turkiy sulolalar

bugun islom mintaqasida hukmfarmo bo‘layotgan bir paytda, ijtimoiy jihatdan “Shohnoma”dan


background image


Noyabr, 2024-Yil

611

ko‘ra “Qutadg‘u bilig”, ya’ni “Hukmdorlar adabnomasi” ko‘proq zarur va bu kitob aynan turkiy

tilda yozilmog‘i maqsadga muvofiq deyilgan. Yusuf Xos Hojib ushbu ijtimoiy zaruratni o‘z

vaqtida anglab yetdi; unga yuksak saviyada javob bo‘ldi. Uning asarini turkiy hukmdorlar qay

darajada o‘qidi va o‘zlashtirdi, bu boshqa masala. Abu Ali Hasan Xorunxon uni yaxshi qabul

qilgani, shoirni munosib taqdirlagani Kuntug‘di va Oyto‘ldi timsollari hayotiy haqiqatlarga

hamohang ekanligini ta’kidlaydi.

“Qutadg‘u bilig” asari Sharqda pandnoma turkumidagi an’anaviy kitob tuzish tartibiga

rioya qilingan holda yozilgan bo‘lib, dastlabki o‘n bir fasli debocha hamda na’t va Qoraxonni

madx etish, ta’lim maqsadi, yetti kavokib va o‘n ikki burj, tilning ahamiyati, muallifning uzri,

ezgulik haqida, bilim olishning ahamiyati, kitobga nom berilishi, keksalikdan afsuslanish kabi

fasllarni o‘z ichiga qamrab olgan.

Asarning o‘n ikkinchi faslidan boshlab asosiy voqea bayoni e’tirof etilib, to‘rt qaxramon -

Kuntug‘di - adolat ramzi, vazir - Oyto‘ldi – davlat va baxt ramzi, vazirning o‘g‘li O‘g‘dulmish –

aql ramzi, sifatida, O‘zgurmish - vazirning qarindoshi - qanoat timsoli o‘rtasidagi munozara

asosida hayotiy masalalar bir-biriga bog‘langan holda bayon etilgan. Yusuf Xos Hojib kitobni

yozishdan o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga bo‘ysunib, yuqorida ta’kidlangan to‘rt qahramonning

suhbatlari, munozaralari asosida Yusuf Xos Hojib o‘z maqsad va g‘oyalarini atroflicha bayon

etadi.

O‘zg‘urmish shaxsi tarkidunyo etgan, zohidlik va taqvoni yashash tarziga aylantirgan

so‘fiylarni eslatadi. Yusuf Xos Hojib tasavvuf g‘oyalari, amaliyotidan chuqur xabardor ekanligini

ushbu qahramoni tavsifida ayon etgan. Tasavvuf, taqvo, zohidlik va faqir shoir nazdida avvalo

qanoatning timsolidir.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala

bo‘lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda tuttan o‘rni, burchi va vazifalari

haqidagi muammolar o‘ziga xos tarzda bayon qilingan. Mutafakkir o‘zining axloqiy qarashlarini,

ya’ni ijtimoiy munosabatlar, jamiyat a’zolari barcha tiplari o‘rtasidagi axloqiy munosabatlarni

amaliyotga tayangan holda yoritadi. Bu axloqiy xulq-odob tamoyillari, talab va vazifalari butun

asar davomida qahramonlarning o‘zaro munozaralari asosida ifodalangan. Yusuf Xos Hojibning

bir tilagini ham eslatib o'tmoqchimiz. U shunday dedi:

Tilamadim aslo sharaf-shon-u ot,

O‘qisa bas dedim yaqinmi yo yot.

O'quvchi o‘qisa zamonlar o‘tib,

Duo qilsamikan meni yod etib?! [1.180]

Aql avvalo adolatga himoyachi va maslahatgo‘y bo‘lmog‘i talab etiladi.


background image


Noyabr, 2024-Yil

612

Xulosa qilib aytish lozimki, Yusuf Xos Hojibning .“Qutadg‘u bilig” dostonida qanoat

oqibatni o‘ylash bilan bo‘ladi, u insonga ofiyat (ruhiy osoyishtalik, qoniqish) keltiradi, adolat

qanoatsiz bo‘lmaydi, hukmdor so‘fiyning, zohidning suhbatidan bahramand bo‘lib turishi kerak.

So‘fiy hukmdorni qidirib kelmaydi, hukmdor uni o‘zi qidirishi, suhbatiga intiq bo‘lishi kerak

degan insoniylik g‘oyalari ilgari surilgan.

ijtimoiy guruhlarning o‘zaro munosabati, axloqi,

muomalasi talablari bayon etiladi.

Yusuf Xos Hojib t

urli kasb egalariga xos hislatlar, odatlar a

ql

va bilimni el-yurt, xalq farovonligi yo‘lida xizmat ettirishni asosiy burch deb hisoblaydi.

REFERENCES

1.

Yusuf Xos Hojib Qutadg‘u bilig: («Saodatda eltuvchi bilim»)/Yusuf Xos Hojib; [Hozirgi

o'zbek tilida bayon qiluvchi va so'zboshi muallifi Boqijon To‘xliyev], — Cho'lpon

nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, -T.: 2007. — 200 b.

2.

Ma'naviyat yulduzlari (To'plovchi va mas'ul muharrir M. Xayrullaev).

3.

Mardlik va jasorat timsoli.–Toshkent:Yoshlar mediaprint, 2021, B.6-35

4.

Homidiy H., Ko‘hna Sharq darg‘alari. Sharq nashriyoti. – Toshkent: 2004.

352 b.

5.

Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. “Nodirabegim” nashriyoti, – Toshkent:

2021. – 598 b.

References

Yusuf Xos Hojib Qutadg‘u bilig: («Saodatda eltuvchi bilim»)/Yusuf Xos Hojib; [Hozirgi o'zbek tilida bayon qiluvchi va so'zboshi muallifi Boqijon To‘xliyev], — Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, -T.: 2007. — 200 b.

Ma'naviyat yulduzlari (To'plovchi va mas'ul muharrir M. Xayrullaev).

Mardlik va jasorat timsoli.–Toshkent:Yoshlar mediaprint, 2021, B.6-35

Homidiy H., Ko‘hna Sharq darg‘alari. Sharq nashriyoti. – Toshkent: 2004. –352 b.

Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. “Nodirabegim” nashriyoti, – Toshkent: 2021. – 598 b.