ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1009
O‘ZBEKISTONDA AYOLLARGA TADBIRKORLIK QILISHLARI UCHUN
BERILAYOTGAN IMKONIYATLAR
G‘aybullayeva Farzona Xolboyevna
Guliston Davlat universiteti “Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar” fakulteti
Bank ishi yo‘nalishi 1-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14937672
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda tadbirkor ayollarga berilayotgan
imkoniyatlar, ularga ajaratilayotgan subsidiyalar va jamiyat rivojlanishida xususan
iqtisodiyotning o‘sishida ham muhim ahamiyatga egaliklari haqida to‘xtalib o‘tilgan.
Tadbirkor ayollar o‘z bizneslarini yuritibgina qolmay ishsiz ayollarni ish bilan tamilab,
yangi ish o‘rinlarini ham yaratadilar. Mamlakatimizda ayollarni qo‘llab quvvatlash va
tadbirkorlik turlarini ko‘paytirish birinchi o‘rindagi masala hisoblandi. Shu bilan birga tadbirkor
ayollar gender tengligini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etishiga alohida to‘xtalib
o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
Tadbirkor, iqtisodiy rivojlanish, biznes, gender tengligi, daromad, imkoniyat,
kapital. Ishsizlik.
OPPORTUNITIES FOR WOMEN TO DO BUSINESS IN UZBEKISTAN
Abstract.
This article discusses the opportunities provided to women entrepreneurs in
Uzbekistan, the subsidies allocated to them, and their importance in the development of society,
especially in economic growth.
Women entrepreneurs not only run their own businesses, but also employ unemployed
women and create new jobs. Supporting women and increasing the number of types of
entrepreneurship in our country was considered a priority. At the same time, special attention was
paid to the important role of women entrepreneurs in developing gender equality.
Keywords:
Entrepreneur, economic development, business, gender equality, income,
opportunity, capital. Unemployment.
ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ ЖЕНЩИН НАЧАТЬ БИЗНЕС В УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация.
В статье рассматриваются возможности, предоставляемые
женщинам-предпринимателям в Узбекистане, выделяемые им субсидии и их значение в
развитии общества, особенно в экономическом росте.
Женщины-предприниматели не только управляют собственным бизнесом, но и
создают новые рабочие места, трудоустраивая безработных женщин. Поддержка
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1010
женщин и развитие предпринимательства в нашей стране считались главным
приоритетом. При этом особое внимание было уделено важной роли женщин-
предпринимателей в продвижении гендерного равенства.
Ключевые слова:
Предприниматель, экономическое развитие, бизнес, гендерное
равенство, доход, возможности, капитал. Безработица.
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ayollarning tadbirkorlik faoliyatidagi
ishtiroki jahon miqyosida katta o‘rin tutadi.Tadbirkor ayollar jamiyat rivojlanishida muhim o‘rin
tutadi. Ular nafaqat iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shadi, balki ijtimoiy taraqqiyotga ham sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi.Ular o‘z bizneslarini yuritibgina qolmasdan, balki ijtimoiy muammolarni hal
qilish,yosh avlodga motivatsiya berish, ishsizlikni kamaytirish va gender tengligini
rivojlantirishda ham faol ishtirok etadilar. Tadbirkor ayollar yangi ish o‘rinlarini yaratib bandlik
darajasini oshiradilar va bu qanchadan qancha ishsiz ayollarning ish bilan taminlanishiga sabab
bo’ladi. Ularning bizneslari kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.Mahalliy
va xalqaro bozorda raqobatbardosh mahsulot va xizmatlar taqdim etadi. Tadbirkor ayollar oilaviy
hayotva biznesni muvozanatda ushlab, jamiyatda mustahkam oilalar shakllanishiga hissa
qo‘shadi.Ular an’anaviy qadriyatlarni saqlagan holda, zamonaviy biznes yuritishadilar. Ayollar
biznesga kirib kelishi jamiyatda gender tengligi va iqtisodiy mustaqillikni oshiradi.Ular o‘z
muvaffaqiyati orqali boshqa ayollarni ham tadbirkorlikka undaydi.Ayol tadbirkorlar ko‘pincha
xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Xotin-qizlar nafaqat katta korxonaga rahbarlik qilish, balki oʻzini oʻzi band qilish orqali
ham tadbirkorga aylanishi mumkin. Shuningdek hozirgi kunda oʻzini oʻzi band qilish mehnat
shartnomasisiz daromad topishning keng tarqalgan shakllaridan biri sanaladi. U qator xalqaro
maʼlumotlar bazalarida tadbirkorlik koʻrsatkichi sifatida toʻliq tan olinadi va baʼzi mamlakatlarda
yolgʻiz tadbirkor (Sole proprietors) deb koʻrsatiladi. Hozirgi kunda juda ko’plab ayollar
ishsizlikdan muammolarga duch kelishmoqda va buni oldini olishda ayolllarga ko’plab shart
sharoitlar yaratilmoqda. Aslida ayollar tabiatan yaxshigina tadbirkor boʻladi. Buni ularning oila
byudjetini toʻgʻri taqsimlashi, tejab ishlatishi, shaxsiy ishlarini doim aniq rejalashtira olishi va
hokazolarda koʻrish mumkin. Shuning uchun ayollar tadbirkorligining aksariyati muvaffaqiyatli
amalga oshmoqda. Yurtimizda qaysi tarmoq boʻlmasin, unda dadil ish boshlab, oʻz biznesini
tashkil etayotgan xotin-qizlar safi yil sayin kengayib boryapti.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1011
Bu ushbu yoʻnalishga berilayotgan keng imkoniyatlar, ajratilayotgan katta mablagʻlar,
muhimi, ayollarga bildirilayotgan ulkan ishonch mahsuli, deyish mumkin. Ana shu
imkoniyatlardan bugun yuzlab, minglab xotin-qiz samarali foydalanib, kasb va ishbilarmonlikni
puxta oʻrganyapti, tadbirkorlikni boshlab, oʻzi, oilasi, qolaversa, hududidagi ayollar bandligini
taʼminlamoqda. Shuningdek mamlakatimizda ayol qadrini yuksaltirish borasida amalga oshirilgan
keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda va bu albatta huquqiy asoslar va muntazam
takomillashtirilib borilayotganligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Xususan O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida «Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar» deb
belgilanganligi mamlakatimizda gender tenglikni ta'minlash, xotin-qizlarning jamiyat va davlat
boshqaruvidagi rolini oshirish borasidagi tizimli islohotlar uchun bosh huquqiy asos bo'lib xizmat
qilmoqda. Tadbirkor ayollarning faoliyati natijasida nafaqat o‘z oilalari balki butun jamiyat
jamiyat foyda ko‘radi.
1
Tadbirkor ayollarni qo‘llab quvvatlash maqsadida davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan
turli imkoniyatlar va qulayliklar yaratilmoqda. Bu imkoniyatlar ayollarning iqtisodiy faolligini
oshirish, biznes yuritishda ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda ularning rolini
mustahkamlashga xizmat qiladi.Shuningdek muhtaram prezidentimiz qarorlariga muvofiq ayollar
uchun moliyaviy yordam va imtiyozli kreditlar, davlat grantlari va subsidiyalar, xalqaro moliyaviy
dasturlar ajratilgan. Shuningdek tadbirkor ayollar uchun past foizli yoki uzoq muddatli kreditlar
ajratildi. Ayollar biznesini qo‘llab quvvatlash maqsadida davlat tomonidan grantlar ajratiladi.
Jahon banki Yevropa tiklanish va taraqqqiyot banki, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar
ayollarning tadbirkorlik qilishlariga imkoniyatlar va ularning biznesini rivojlantirish uchun
mablag‘ ajratadi.
Mamlakatimizda tadbirkor ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish, resurslar va
sarmoyalarni teng taqsimlash borasida bir qator islohotlar va tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Davlat dasturlari va loyihalari tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan xotin-qizlarni yetarli
kapital va investisiyalar bilan ta'minlashga qaratilgan. Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb
etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87son qaroriga
asosan tadbirkor ayollarga ajratiladigan subsidiyalar miqdorini 7 million so‘mdan 10 million
so‘mgacha oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu subsidiya biznesni boshlash va biznes yuritish uchun
zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va asboblarni sotib olish uchun beriladi.
1
Lex.uz
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1012
Prezidentimizning doimo ayollarni qo’llab quvvatlash, ularga har tomonlama ko’mak
berishga qaratilgan tashubbuslar minglab xotin-qizlarning qalbida ishonch, shijoat va
minnatdorchilik tuyg’ularini uyg’otmoqda.
Shuningdek tadbirkor ayollar uchun ijtimoiy tarmoqlarda hamda ko’rgazmalar, biznes
forumlari va hamkorlik tarmoqlarida ham o‘z bizneslarini yuritishlarida keng imkoniyatlar ham
mavjud. Instagram, Facebook, Telegram va TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali mahsulot va
xizmatlarini targ‘ib qilish va raqamli marketing bo‘yicha bepul kurslar mavjud. Tadbirkor ayollar
o‘z mahsulot va xizmatlarini keng targ‘ib qilish uchun turli ko‘rgazma va forumlarda ishtirok etishi
mumkin. Ayollar biznesiga bag‘ishlangan maxsus konferensiylar hamda investorlar va hamkorlar
bilan uchrashish uchun imkoniyatlari mavjud. Ularni rag‘batlantirishda mukofotlar va tanlovlar
tashkil qilinyapti. Ushbu imkoniyatlardan unumli va to‘g‘ri foydalanish orqali ayollar nafaqat o‘z
biznesini rivojlantiradi, balki taraqqiyotiga ham katta hissa qo‘shadi. Shu sababli tadbirkor
ayollarni qo‘llab-quvvatlash davom ettirilishi va yanada kengaytirilishi lozim. Xususan, o‘tgan
ikki yil 20 avgust “Tadbirkorlar kuni” arafasida jamiyat hayotida o‘zining munosib o‘rniga ega
bo‘lgan va biznes sohasida yuqori natijalarga erishgan 13 nafar xotin-qizlar turli darajadagi davlat
mukofotlari bilan, shuningdek 30 nafari “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarori ijrosini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini kasbga
hamda tadbirkorlikka jalb qilishda Hukumatimiz bilan hamkorlikda muayyan ishlar olib
borayotgan tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Ayollar uchun tadbirkorlikning juda ko‘p turlari mavjud. Ular o‘zlarining qiziqishlari,
malakalari va bozor talablariga qarab turli sohalarda biznes boshlashlari mumkin. Quyida ayollar
uchun mos bo‘lgan tadbirkorlik turlarini ko‘rib o‘tamiz. Bular:
Go'zalllik va
parvarish
xizmatlari
Tikuvchilik va
moda
Oziq-ovqat
biznesi
Ta'lim va
kurslar
Internet-savdo
va tijorat
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1013
1-rasm.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ayollar egallayotgan kasb turlari
Xususan ayollarga berilayotgan imkoniyatlar natijasidan shuni aytishimiz kerakki ulardan
biri: Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “RUNAMTEK” korxonasining rahbari Mahfuza
Gyumyush ham hozirda tikuvchilik korxonasida bir qancha ayollarni ish bilan taminlaydi. Bu
korxona ishga tushirish arafasida Rossiya Fedaratsiyasi bilan qiymati besh ming dollarga teng
bo‘lgan shartnoma imzolangan va bu shartnomani muddatidan oldin bajarilgan. Korxona 2020 yil
aprel oyida 50 nafar ayol bilan ish boshlangan. Shuningdek 2021 yilga kelib korxonada yangi 200ta
ish o‘rni yaratilib ishchi xodimlar soni 300 nafarga yetdi. Fabrikada ishlaydigan ishchilarning 90
foizi ayol qizlardan tashkil topgan va ularning aksaryati yoshlar daftari, ayollar daftari, temir
daftarlarda turuvchi mahalliy fuqarolardan iborat bo‘lgan. Hozirda bulardan 100 nafardan oshig‘ini
ushbu daftarlardan chiqishga muvafaq bo‘lingan. Namangan viloyatida 2022-yil ayollar
rahbarligidagi korxonalar soni 11127 tani tashkil etadi. 2023 yil yanvar- iyun oylarida aholi umumiy
daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 58,5% ni tashkil etadi.
2024-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra Namangan viloyati doimiy aholisi soni 3115,3 ming kishini tashkil
etib shundan 49,2% ini ayollar tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar 2024-yil 30-oktabr holatiga ko‘ra
viloyatda 748 nafar rahbar ayol faoliyat yuritmoqda.
2
2-rasm. Ayollar rahbarligidagi kichik tadbirkorlik subyektlarining viloyatlar
bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi
2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga asosan
2022-yilda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadigan hamda
267.8
147.6
114.7
93.4
31.6
91.2
103.4
QASHQADARYO
VILOYATI
NAVOIY
VILOYATI
NAMANGAN
VILOYATI
BUXORO
VILOYATI
SIRDARYO
VILOYATI
SAMARQAND
VILOYATI
FARG'ONA
VILOYATI
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1014
ularning muammolari bilan shug‘ullanadigan nodavlat notijorat tashkilotlariga 17,1 milliard so‘m
miqdoridagi grant mablag‘lari ajratilganligi ma’lumot o‘rnida ko‘rishimiz mumkin.
Xulosa:
Bugungi kunda ayollar tadbirkorligi nafaqat shaxsiy muvaffaqiyatga, balki butun
jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga ham xizmat qiladi. Shu bois, ayollarni tadbirkorlik
faoliyatiga jalb etish va ularni qo‘llab-quvvatlash eng muhim vazifalardan biridir. Ayollar
tadbirkorligi nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki jamiyat barqarorligini ta’minlashda ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Ayol tadbirkorlar yangi ish o‘rinlarini yaratish, innovatsion yechimlarni taklif
etish va oilaviy farovonlikni oshirishda katta rol o‘ynaydi. Ular xizmat ko‘rsatish, savdo, ta’lim,
qishloq xo‘jaligi va raqamli texnologiyalar kabi turli sohalarda faoliyat yuritib, jamiyatning barcha
qatlamlariga foyda keltirmoqda.Davlat va jamiyat tomonidan berilayotgan qo‘llab-quvvatlash
imkoniyatlari – imtiyozli kreditlar, treninglar va biznes inkubatorlar – ayollar tadbirkorligini yanada
rivojlantirishga xizmat qilmoqda. O‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan ayollar uchun bu katta
imkoniyatdir.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son qaroriga asosan
tadbirkor ayollarga ajratiladigan subsidiyalar miqdorini 7 million so‘mdan 10 million
so‘mgacha oshirish ko‘zda tutilgan.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23sentyabrdagi “Kambag‘allikdan
farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-330-sonli qarori ijrosini taʼminlash.
3.
“ Yangi taraqqiyot davrida ayollarning jamiyatdagi o‘rni”- Arzimatova I.M
4.
“Ayollar tadbirkorligi nazariyasining takomillashuvi xususida”- Gulnoza Sharofiddinova
5.
GEM Report. Women’s Entrepreneurship 2020/21: Thriving Through Crisis
6.
Minniti, M. (2009) Gender issues in entrepreneurship. Foundations and Trends in
Entrepreneurship.
7.
O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi. Ayollar egalik qilayotgan firmalar ulushi.
URL:
8.
9.
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 46-moddasida“Xotin-qizlar va erkaklar teng
