Authors

  • Nurmuhammad Boborayumov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.79119

Keywords:

ijtimoiy tarmoq axborot texnologiyalari XXI asr Facebook YouTube WhatsApp va Instagram ma’naviy poklanish ruhiy poklanish vaqt va sotsial tarmoq vaqt qadri inson qadr qimmati o‘zlikni tanish.

Abstract

Bugungi kunga kelib ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. XXI asr axborot texnologiyalari taraqqiyoti asri hisoblanadi. Shunday ekan bugungi kun taraqqiyotini jahon axborot tarmog’i - internetsiz tasavvur qilish mushkuldir. Ijtimoiy tarmoqlarning kundalik hayotimizdagi o’rnini inkor qilib bo’lmaydi. Ammo undan haddan tashqari ko’p foydalanishimiz natijasida turli muammolar kelib chiqmoqda hatto insonni jinoyat ko’chasiga boshlayotgani ham hech kimga sir emas. Eng achinarlisi shundaki, din nomi bilan ish yuritayotgan kimsalar yoshlarni o’z tuzoqlarga ilintirishda ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqdalar. Afsuski, ko’pgina yoshlar islom dini niqobi ostida olib borilayotgan buzg’unchi harakatlarning qurboni bo’lib, din dushmanlarning quroliga aylanib qolmoqda.

background image


Aprel, 2025-Yil

151

IJTIMOIY TARMOQLARNING KUNDALIK HAYOTIMIZDAGI O’RNI

Boborayumov Nurmuhammad

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti

1-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15237417

Annotatsiya.

Bugungi kunga kelib ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga

aylanib ulgurdi. XXI asr axborot texnologiyalari taraqqiyoti asri hisoblanadi. Shunday ekan

bugungi kun taraqqiyotini jahon axborot tarmog’i - internetsiz tasavvur qilish mushkuldir. Ijtimoiy

tarmoqlarning kundalik hayotimizdagi o’rnini inkor qilib bo’lmaydi. Ammo undan haddan tashqari

ko’p foydalanishimiz natijasida turli muammolar kelib chiqmoqda hatto insonni jinoyat ko’chasiga

boshlayotgani ham hech kimga sir emas. Eng achinarlisi shundaki, din nomi bilan ish yuritayotgan

kimsalar yoshlarni o’z tuzoqlarga ilintirishda ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqdalar.

Afsuski, ko’pgina yoshlar islom dini niqobi ostida olib borilayotgan buzg’unchi harakatlarning

qurboni bo’lib, din dushmanlarning quroliga aylanib qolmoqda.

Kalit so‘zlar:

ijtimoiy tarmoq, axborot texnologiyalari, XXI asr, Facebook, YouTube,

WhatsApp va Instagram, ma’naviy poklanish, ruhiy poklanish, vaqt va sotsial tarmoq, vaqt qadri,

inson qadr qimmati, o‘zlikni tanish.

Ijtimoiy tarmoq -

bu qiziqishlari o’xshash yoki oflayn aloqaga ega bo’lgan odamlar

o’rtasida muloqot qilish, tanishish, ijtimoiy munosabatlar yaratish uchun, shuningdek, ko’ngil ochar

musiqa, filimlar va ish maqsadlarida foydalaniladigan onlayn platforma. Dastlab zamonaviy internet

aloqa vositalari yordamida elektron pochta, telekonferentsiyalar va interaktiv suhbatlar asosan

biznes vazifalarini axba rot berish, muammolarni muhokama qilish ishchi aloqalarni amalga oshirdi.

Ijtimoiy tarmoqlar asta sekin muloqot uchun aloqa vositasida qo’llanildi, xususan kasbiy

faoliyatni amalga oshirish zarur bo’lgan aloqalarni topish vositasida foydalanildi. Shuningdek, yana

ijtimoiy tarmoqlardan reklama va marketing kompaniyalari uchun ham qo’llanildi. Birinchi ijtimoiy

tarmoq bu Amerika veb-sayti edi

. Odnoklassniki

1995-yilda yaratilgan

. Xususan ko’pchilik

yoshlar vakillari uchun real hayotdan ko’ra internetda muloqot qilish qulayroq. Bu esa hozirgi

vaqtda shaxsning jamiyatdagi o’z o’rnini topishda salbiy iz qoldiradi va uni yanada cheklaydi.

Hozirgi kunda dunyo bo’ylab statistik ma’lumotlarga ko’ra ijtimoiy tarmoq

foydalanuvchilar soni

4,8 milliardni tashkil qiladi.

398 Bulardan:

Facebook, YouTube,

WhatsApp va Instagram

eng ko’p ishlatiladigan media platformalari sirasiga kiradi. Bu

platformalardan foydalanuvchilar yosh guruhlar 18-29 yosh egalaridir.


background image


Aprel, 2025-Yil

152

Hozirgi kunda eng ommabop ijtimoiy media platformalaridan biri bu Facebook bo’lib, oyiga

2,989 milliard faol foydalanuvchiga ega. YouTube ikkinchi eng mashhur ijtimoiy media platformasi

bo’lib oyiga 2,527 milliard faol foydalanuvchiga ega. WhatsApp uchinchi eng mashhur ijtimoiy

media platformasi bo’lib oyiga kamida 2 milliard faol foydalanuvchiga ega. Instagram to’rtinchi

eng mashhur ijtimoiy media platformasi bo’lib, oyiga 2 milliard faol foydalanuvchiga ega. TikTok

beshinchi eng mashhur ijtimoiy media platformasi bo’lib, oyiga 1,9 milliard faol foydalanuvchiga

ega. Bundan kelib chiqqan holda o’rtacha odam televizor tomosha qilishdan ko’ra ko’proq vaqtini

ijtimoiy tarmoqlarda o’tkazadi. Ayniqsa bu ko’rsatkich yoshi kattalar orasida oshib bormoqda.

Ammo bu raqamli inqilob ortida qanday sehr bor ekan? Xususan, hozirgi kunda ijtimoiy

tarmoqlardan ko’p foydalanish turli muammolarga olib keladi. Masalan, inson xavotirlanib,

yolg’izlikni kuchliroq his qila boshlaydi. Buning natijasida ish, o’qish va yaqinlarga e’tiborsiz

bo’lib qolishadi. Bunday insonlar uchun ijtimoiy tarmoqlar ular hayotining mazmuniga aylanib

ulgurgan. Shu sababli Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishlar soni ortib borayotganligi o’z

urnida brendlar o’z mahsulotlari va xizmatlarini ilgari surish uchun ham misli ko’rilmagan

imkoniyatlarga ega bo’ldi. Ajablanarlisi shundaki 54 foiz odamlar mahsulot tadqiq qilish uchun

ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilishadi va 49 foiz xarid qilish bo’yicha qaror qabul qilishadi.

Shuningdek, yurtimizda bo’lib o’tgan pandemiya davrida ham ijtimoiy tarmoqlar bilan

bog’liq ish o’rinlari ko’plab boshqa sohalarga qaraganda ancha chidamli bo’ldi. Ijtimoiy

tarmoqlarning kundalik hayotimizdagi o’rnini inkor qilib bo’lmaydi. Ammo undan haddan tashqari

ko’p foydalanishimiz natijasida turli muammolar kelib chiqmoqda hatto inson ni jinoyat ko’chasiga

boshlayotgani ham hech kimga sir emas. Eng achinarlisi shundaki, din nomi bilan ish yuritayotgan

kimsalar yoshlarni o’z tuzoqlarga ilintirishda ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqdalar.

Afsuski, ko’pgina yoshlar islom dini niqobi ostida olib borilayotgan buzg’unchi

harakatlarning qurboni bo’lib, din dushmanlarning quroliga aylanib qolmoqda. Chunki, ular

o’zlarini yaqin do’st, hidoyatga chorlovchi sifatida tanilib, yoshlarni o’zlariga ishontirmoqda va

bundan kelib chiqqan holda o’z o’rnida yoshlar o’rtasida so’rovnoma o’tkazildi. Ushbu

so’rovnomadan ko’zlangan maqsad yoshlarning mazkur masala yuzasidan fikrlarini o’rganish

bo’ldi. Buning natijasida bir hafta davomida 110 dan ortiq ishtirokchi Internetdagi ijtimoiy

tarmoqlar yoshla r 399 hayotida qanday o’rin tutadi? so’rovnomasiga o’z munosabatlarini bildirdi.

Qizig’i shundaki, o’quvchilarning 32 foizi ushbu tarmoqlar do’stlar orttirish, manfaatli

tanishuvlar uchun kerak degan fikrni ma’qullagan bo’lsa, yana shuncha foydalanuvchi

tarmoqlarning yoshlar tarbiyasi va odob axloqiga salbiy ta’sir ko’rsatayotganini tan oldi.


background image


Aprel, 2025-Yil

153

Shunday ekan bugun ijtimoiy tarmoqlar qanchalik ommalashmasin, uning salbiy oqibatlarini

ko’ra bilayotganlar safi ham oshib bormoqda. Salbiy tomoni bilan bir qatorda ijobiy tomlarini ham

ko’rayotgan ijtimoiy tarmoqlar haqida yaxshi fikr bildirayotgan yoshlar ham ko’p oramizda. Faqat

biz buni ham ko’ra bilishimiz lozim. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarning hamma uchun qo’layligi,

tezda axbarot almashish mumkinligi, ijtimoiy tarmoqlar orqali o’z dunyo qarashini namoyon qilish,

professional ijtimoiy tarmoqlar professional mavzularda muloqot qilish, tajriba va axbarot

almashish, bo’sh ish o’rinlarini qidirish va taklif qilish biznes va boshqa sohalarda ham keng

imkoniyatlar ochib beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy hayotning muhofazasi

Shaxsiy hayot — bu har bir insonning maxfiylikni saqlash va o‘z shaxsiy ma'lumotlarini

boshqarish huquqidir. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu huquqni himoya qilish, quyidagi jihatlardan

iborat:

Maxfiylikni saqlash: Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar o‘z shaxsiy ma'lumotlarini,

suratlarini va yozishmalarini boshqa shaxslardan himoya qilish huquqiga ega. Bu ma'lumotlarning

qanday to‘planishi, saqlanishi va tarqatilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Ruxsatsiz foydalanishni oldini olish: Shaxsiy ma'lumotlarni ruxsatsiz foydalanish, ulardan

firibgarlik yoki boshqa noqonuniy maqsadlar uchun foydalanishni oldini olish muhimdir.

Shaxsiy ma'lumotlarni boshqarish: Foydalanuvchilar o‘z ma'lumotlarini qachon va qanday

saqlanishini, ular bilan qanday ishlashini nazorat qilish huquqiga ega bo‘lishi kerak.

Shaxsiy ma'lumotlarning xavfsizligi: Ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash, kiberhujumlar,

xakerlik va boshqa tahdidlardan himoya qilish zarur.

Muammolar

1.Maxfiylikning buzilishi: Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma'lumotlarning buzilishi va

ularning ruxsatsiz tarqatilishi keng tarqalgan muammo hisoblanadi. Foydalanuvchilar o‘z

ma'lumotlarini qanday tarqatishi va foydalanishi haqida cheklangan nazoratga ega bo‘ladi.

2.Firibgarlik va xakerlik: Ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlik, phising (maxfiy ma'lumotlarni

o‘g‘irlash) va boshqa xakerlik faoliyatlari muammolarni keltirib chiqaradi. Bu tahdidlar

foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini xavf ostiga qo‘yishi mumkin.

3.Yashirin reklamalar va ma'lumotlarni yig‘ish: Ijtimoiy tarmoqlarda reklama kompaniyalari

va boshqa tashkilotlar foydalanuvchilarning ma'lumotlarini ruxsatsiz yig‘ish va foydalanish orqali

maxfiylikni buzishi mumkin.


background image


Aprel, 2025-Yil

154

4.Qonunchilikning yetarli darajada rivojlanmaganligi: Ko‘plab mamlakatlarda ijtimoiy

tarmoqlarda shaxsiy hayotni himoya qilish uchun yetarli huquqiy normativlar mavjud emas. Bu

qonunchilikdagi bo‘shliqlarni keltirib chiqaradi.

Huquqiy himoya choralar

1.Qonunchilikni takomillashtirish: Davlatlar ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy hayotning

himoyasini ta'minlash uchun yangi qonunlarni ishlab chiqishlari zarur. Bu qonunlar shaxsiy

ma'lumotlarni qanday to‘plash, saqlash va tarqatishni tartibga solishi kerak.

2.Maxfiylik siyosatlarini kuchaytirish: Ijtimoiy tarmoqlar maxfiylik siyosatlarini ishlab

chiqishi va foydalanuvchilarga o‘z ma'lumotlarini boshqarish imkoniyatini taqdim etishi lozim.

Ma'lumotlarni yig‘ish va ishlatish jarayonlari haqida foydalanuvchilarga aniq ma'lumotlar

berilishi kerak.

3.Foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish: Foydalanuvchilarning o‘z shaxsiy

ma'lumotlarini qanday boshqarishi va himoya qilishini yaxshilash zarur. Bu huquqlarni ta'minlash

uchun maxfiylikni ta'minlovchi texnologiyalarni qo‘llash kerak.

4.Ommaviy axborot vositalarida ta'lim: Foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy

hayotni himoya qilish bo‘yicha ta'lim va ma'lumotlarni berish zarur. Ommaviy axborot vositalarida

maxfiylik va xavfsizlik bo‘yicha maqolalar, seminarlar va qo‘llanmalar tashkil etish mumkin.