Authors

  • Nargiza Zokirova
  • BuxDU 11-1TNI-24 guruhi talabalari.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.79131

Abstract

Ha, rost. Asabiy edim, juda-juda asabiylashgandim va hozir ham hovurimdan tushganim yoʻq. Lekin nega meni jinni deyapsiz? Bu kasallik mening sezgilarimni oʻtkirlashtirdi, yoʻqotmadi, zaiflashtirmadi ham. Ayniqsa, eshitish qobiliyatim nihoyatda oʻtkirlashdi. Men u dunyoyi bu dunyoda boʻlayotgan hamma narsani eshitardim. Men ham doʻzaxdan ham jannatdan koʻplab narsalarni eshitdim. Endi ayting-chi, qanaqasiga men jinniman? Quloq soling va diqqat bilan kuzating men butun voqeani xotirjam gapirib beraman. Miyamga bu fikr qanday kelib qolganini oʻzim ham bilmayman, ammo bir kelganda ham meni tun-kun tinch qoʻymadi. Bunga hech qanday sabab ham yoʻq. Unda na gʻazab, na nafrat bor edi. Men u cholni yaxshi koʻrardim. U menga hech qanday yomonlik qilmagan, hatto biror marta ham haqorat qilmagan edi. Uning boyligi meni zarracha ham qiziqtirmasdi. Yoʻq bu uning koʻzlari edi. Ha aynan shu.

background image


Aprel, 2025-Yil

174

SOTQIN YURAK (EDGAR ALLAN POE)

Zokirova Nargiza Savriyevna

BuxDU 11-1TNI-24 guruhi talabalari.

Tarjimonlar.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15226202

Ha, rost. Asabiy edim, juda-juda asabiylashgandim va hozir ham hovurimdan tushganim

yoʻq. Lekin nega meni jinni deyapsiz? Bu kasallik mening sezgilarimni oʻtkirlashtirdi, yoʻqotmadi,

zaiflashtirmadi ham. Ayniqsa, eshitish qobiliyatim nihoyatda oʻtkirlashdi. Men u dunyoyi bu

dunyoda boʻlayotgan hamma narsani eshitardim. Men ham doʻzaxdan ham jannatdan koʻplab

narsalarni eshitdim. Endi ayting-chi, qanaqasiga men jinniman? Quloq soling va diqqat bilan

kuzating men butun voqeani xotirjam gapirib beraman. Miyamga bu fikr qanday kelib qolganini

oʻzim ham bilmayman, ammo bir kelganda ham meni tun-kun tinch qoʻymadi. Bunga hech qanday

sabab ham yoʻq. Unda na gʻazab, na nafrat bor edi. Men u cholni yaxshi koʻrardim. U menga hech

qanday yomonlik qilmagan, hatto biror marta ham haqorat qilmagan edi. Uning boyligi meni

zarracha ham qiziqtirmasdi. Yoʻq bu uning koʻzlari edi. Ha aynan shu.

Uning kalxatning koʻziga oʻxshash, usti xira parda bilan qoplangan och moviy koʻzi bor edi.

Har gal shu koʻzlar menga qaraganda, yuragim muzlab ketardi Shunday qilib asta-sekin

bosqichma-bosqich men cholning hayotiga zomin boʻlish va shu koʻzdan butunlay qutilish haqida

oʻylab qoldim. Mana gap qayerda, sizningcha men devonaman, shundaymi? Aslida jinnilarning

qoʻlidan hech narsa kelmaydi, Ammo siz meni oʻsha holatda koʻrsangiz edi.. qanchalik ehtiyotkorlik

qanchalik ayyorlik va ustalik ila ish yuritganimni tassavur ham qilolmaysiz. Meh hech qachon

umrim davomida oʻsha qariyaga suiqasd uyushtirishimdan oldingi bir hafta davomida mehribon

boʻlganimchalik shafqatli boʻlmaganman. Har kecha yarim tunda uning eshigi ilgagchasini sekin

burib juda ohista ochardim. Keyin boʻlsa bosh sigʻadigan darajada ochilgach, yorituvchi

chirogʻimni hech qanday yorugʻlik chiqmasligi uchun butunlay ochirgan holda ichkariga kirib

boshimni suqardim. Ishoning, meni koʻrib kulgudan oʻzingizni toʻxtata olmasdingiz. Shunchalik

mohirona harakat qilganimni koʻrsangiz edi! Men juda-juda sekin Va ohista harakatlanardim toki

qariyaning uyqusini buzmaslik uchun. Menga butun boshimni ichkariga tiqishim uchun toʻliq bir

soat vaqt ketdi va nihoyat uni toʻshakka yotgan holatda koʻrardim.

Axaxaxa, jinni odam shunchalik dona boʻlishi mumkinmi? Keyin fonarni juda ohista,

ehtiyotkorlik bilan ochardim chunki faqat birgina nozik yorugʻlik uning kalxat koʻziga tushishi

uchun. Men bu ishni ketma ket 7 kecha, aynan yarim tunda qildim. Ammo men doim koʻzining

yumilganini koʻrardim va bu mening niyatimni amalga oshirish uchun imkonsiz edi chunki meni


background image


Aprel, 2025-Yil

175

gashimga keltirgan bu keksa cholning oʻzi emas uning yovuz koʻzi edi. Har safar Erta tongda boʻlsa

xonaga dadil kirib unga yoqimli ohangda ism sharifi bilan murojaat qilardm hatto undan tuni qanday

oʻtganini ham soʻrardim. Chunki qariyaning shubhalanishiga hech qanday sabab yoʻq edi.

Sakkizinchi kechada eshikni ochishda har qachongidan ham ehtiyot bo‘ldim. Qo‘l soatining

strelkasi menikidan tezroq harakatlanardi. O‘sha kechadan oldin o‘z kuchimni—

donishmandligimni—bu qadar his qilmagan edim. G‘alabaga bo‘lgan his-tuyg‘ularimni arang tiyib

turdim. Eshikni asta-sekin ochib turganimni, u esa mening sirli ishlarim yoki o‘ylarim haqida hatto

tush ham ko‘rmayotganini o‘ylash maroqli edi. Ehtimol u meni eshitgan bo‘lishi mumkin; chunki u

birdaniga yotog‘ida qimirlab, go‘yo cho‘chib ketgandek bo‘ldi. Endi siz o‘ylashingiz mumkin—

men orqaga qaytdim—lekin yo‘q. Uning xonasi qalin qorong‘ulikda, (chunki eshiklar oʻgʻrilar

qo‘rqinchidan mahkam yopilgan edi,) shuning uchun eshikning ochilayotganini ko‘rmasligiga amin

edim va uni ohista, ohista itarishda davom etdim.Boshimni ichkariga suqdim va chiroqni yoqmoqchi

edim, biroq bosh barmog‘im qalay ilgakka sirg‘anib ketdi. Shu payt qari chol yotog‘ida sapchib

turib, qoʻrquv bilan baqirib yubordi:

“Kim bu?!”

Men esa jim qotib qoldim, hatto nafas olishga ham jur’at etmadim. Butun bir soat davomida

biror mushakimni ham qimirlatmadim, qulog‘imni ding qilib, eng mayda shovqinni ham tutishga

harakat qildim. Ammo u yotmadi. U hamon karavotida tik o‘tirib, qaltiragancha quloq solar, zulmat

ichidagi noma’lum xavfni sezishga urinardi – xuddi men har tun devor ichidan eshitiladigan o‘lim

soatlarining g‘amgin taqillatishiga quloq tutganim kabi…

Shu payt birdan ingragan tovush eshitildi, va bu shubhasiz o‘lim dahshatidan chiqqan tovush

edi. Bu og‘riq yoki qayg‘u tufayli emas edi – yo‘q, aslo! Bu yurak tubidan chiqadigan, qo‘rquv bilan

to‘lgan bo‘g‘iq, past tovush edi. Men bu tovushni yaxshi bilardim. Ko‘p kechalar, aynan yarim

tunda, borliq uxlab yotganida, o‘sha tovush mening ko‘ksimda ham bong urardi va u yuragimni

iztirobga solgan dahshatli aks-sado bilan uyg‘unlashardi. Ha, men bu tovushni yaxshi bilardim.

Keksaning nimalarni his qilayotganini tushunardim va unga achinardim, biroq yuragimda

yashirincha kulardim. Bilardimki, u birinchi mayin tovush eshitilgandan buyon – yotog‘ida asta

burilgandan beri – uyquga ketolmagan edi. Qo‘rquvi asta-sekin ortib borayotgan edi. U o‘zini bejiz

vahimaga tushganiga ishontirmoqchi bo‘ldi, lekin eplay olmadi. U o‘ziga tinchlantiruvchi so‘zlar

bilan yupatayotgan edi: "Bu shunchaki shamol darchadan o‘tayotgan bo‘lsa kerak – faqat bir

sichqon pol ustidan yugurib o‘tdi, xolos" yoki "Bu oddiy chigirtkaning bir martalik chirillashi bo‘lsa

kerak." Ha, u o‘ziga shunday taskin bermoqchi bo‘ldi, ammo barchasi behuda edi. Befoyda edi,

chunki O‘lim unga yaqinlasharkan, oldindan o‘zining qorong‘u soyasini tashlab, qurbonini o‘rab


background image


Aprel, 2025-Yil

176

olgan edi. U bu soyani ko‘rmagan, eshitmagan edi, lekin o‘z xonasida mening boshim borligini

sezayotgan edi.Uzoq vaqt davomida sabr bilan kutib, uning uyquga ketganiga hali toʻlaqonli amin

boʻlmay turib chiroq piligini ozgina koʻtarishga ahd qildim.

Shunday qilib, nihoyatda sekinlik va juda ehtiyotkorlik bilan – oxir-oqibat, zulmatni kesib

o‘tuvchi ingichka, arang seziladigan nur chizig‘ini hosil qildim.Xuddi oʻrgimchak toʻridek oʻta

ingichka boʻlgan bu xiragina nur tirqichdan chiqdi-da toʻgʻri boyagi "burgut" koʻzlariga tushdi.

Koʻzlar ochiq hatto juda katta ochiq edi, ularga termular ekanman qonim qaynab ketardi.

Uning koʻzlarida ajib bir oʻziga xoslik yaqqol koʻrinib turardi - gʻalati jirkanch parda

ortidagi moviy koʻzlar...Shuning oʻzigina sochimning uchigacha muzlashimga sabab boʻldi. Ammo,

cholning yuzidan ham tanasidan ham boshqa hech narsani payqay olmadim. Chunki chiroqni oʻz

oʻzidan mana shu laʼnati joyga tutdim. Men sizga aytmaganmidimki, siz adashib "telbalik" deb

o‘ylagan narsangiz, aslida, sezgilarning haddan tashqari o'tkirligidir? Endi esa aytaman:

quloqlarimga past, bo‘g‘iq, tez tovush eshitildi, xuddi paxtaga o‘ralgan soatning chiqillashiga

o‘xshab. Men bu tovushni yaxshi bilar edim. Bu – cholning yurak urishi edi. Bu urish meniing

g‘azabimni yanada kuchaytirdi, xuddi baraban ovozi askarni shijoatga chorlagandek. Ammo shunga

qaramay, o'zimni qo'lga olib, jim turar ekanman, zo'rg'a nafas oldim. Fonarni harakatsiz ushlab

turar va nurni ko'zdan qochirmaslikka jon-jahdim bilan harakat qildim. Ayni damda yuragimning

urishi tezlashar va borgan sari gupillab urardi. Oddiy qariyadan bu qadar qo'rqmasligim kerak dedim

o'zimga o'zim. Yuragim urishi tobora tezlashar ekan, menga nima bo'layotganini anglayolmasdim.

O'sha asabiy alpozda tunning qoq yarmida o'limni eslatuvchi jimlikka cho'mgan hovli va

g'alati tovushlar og'ushida cheksiz qo'rquv ostida qoldim, biroq anchagacha o'zimni qo'lga olishga

urindim. Ammo urish yanada kuchaydi, kuchaydi!

Yuragim yorilib ketadigandek bo‘ldi. Endi esa meni yangi tashvish qamrab oldi — bu ovoz

qo‘shnilarga eshitilishi mumkin edi! Cholning vaqti yetib kelgan edi! Men baland qichqirib, fonarni

ochdim va xonaga sakrab tushdim. U faqat bir marta qichqirdi — faqat bir marta. Bir lahzada uni

polga sudrab tushirdim va uning ustiga og‘ir karavotni tashladim. Keyin xursand bo‘lib kuldim,

chunki ish tugallangan edi.

Ammo bir necha daqiqa davomida yurak urishi hali ham bo‘g‘iq tovush bilan davom etdi.

Bu esa meni bezovta qilmadi; chunki bu devordan eshitilmas edi. Nihoyat, u to‘xtadi.

Chol o‘lik edi. Men karavotni chetga surib, jasadni tekshirdim. Ha, u tarashaday qotib

qolgandi. Men qo'limni yuragiga qo'ydim va o'sha yerda bir muddat ushlab turdim. Yuragi

urmayotgandi. U toshdek o'lib qolgan. Uning ko'zlari ortiq meni bezovta qilmas edi.


background image


Aprel, 2025-Yil

177

Agar haliyam meni jinniga chiqarayotgan bo'lsangiz, tanani yashirish uchun qilgan oqilona

chora-tadbirlarimdan keyin bunday deb o'ylamaysiz. Tun so'nib bo'lgan, men shoshqaloqlik bilan

ammo tinch ishlardim. Avvalo, men jasadni qismlarga ajratdim. So'ngra bosh, qo'l va oyoqlarilarni

kesib tashladim.Shundan so'ng xona polidan uchta taxtani sug'urib oldim va barini mayda bo'laklar

orasiga olib qo'ydim. Keyin esa ularni shunday aql bilan, ayyorlik bilan joylashtirdimki, hech bir

kimsa, hattoki o'sha cholning o'zi ham payqay olmasdi. U yerda hech qanday dog'ni ham, qon

qoldiqlarini ham qoldirmasdan yuvib tozaladim. Men juda ehtiyotkorlik bilan buni bajardim. Vanna

esa barini ushlab turardi."Men bu ishlarni tugatganimda soat to‘rt edi—hali ham tun qorong‘usi kabi

zulmat. Soat zarbi chalinganda, ko‘cha eshigida taqillash eshitildi. Men yengil yurak bilan pastga

tushib, eshikni ochdim—endi nimadan qo‘rqishim mumkin edi? Uch kishi ichkariga kirdi va

o‘zlarini nihoyatda muloyimlik bilan politsiya xodimlari deb tanishtirdi. Kechasi qo‘shni tomonidan

qichqiriq eshitilgani, biron bir jinoyat sodir bo‘lishi mumkinligi haqida shubha paydo bo‘lgani

aytildi; politsiya bo‘limiga bu haqda xabar berilgandi va ular (ofitserlar) binoni tintuv qilish uchun

yuborilgan edi. "Kulib qo'ydim — axir nimadan qo‘rqishim kerak? Mehmonlarga xush kelibsiz

dedim-da quchqiriq haquda gap ketganda uni tushimda men qilganimni aytdim. Qari chol esa, dedim,

qishloqqa ketgan.

Mehmonlarni butun uy bo‘ylab olib yurdim. Ularga yasshilab qidirishni buyurdim.

Nihoyat, ularni cholning xonasiga olib bordim. Boyliklarini ko‘rsatdim — hammasi joyida,

teginilmagan. O‘z qilgan ishimning zavqida shunchalik ishonchga to‘lgandimki, xonaga kursilar

olib kirib, mehmonlarga dam olishni taklif qildim. So‘ng, jasorat va g‘alabaning g'alati shijoati bilan,

o‘zim aynan o‘sha joyga — qurbonning jasadi yotgan pol ustiga o‘tirdim.Ofitserlar ancha bosilishdi.

Mening xotirjamligim ularni ishontirgan edi. Ular o‘tirib, bemalol suhbat qurishar, tanish

mavzularda gaplashishar edi. Men esa ulardan qutulishni istardim. Biroq, ko‘p o‘tmay, qulog‘imda

g‘alati shovqin eshitila boshladi. Dastlab, bu faqat bir tasavvurdek tuyuldi, lekin bora-bora tovush

tobora aniqroq sezila boshladi. Ular esa o‘sha joyda, xotirjam suhbatni davom ettirishardi. Mening

boshim og‘rirdi, yuragim tez urardi. Ularni quvib yuborish uchun balandroq gapira boshladim,

tobora tez-tez so‘zlay boshladim. Lekin u tovush ham ortib borardi, kuchayardi… Nihoyat, men

tushundim – bu tovush quloqlarimning ichida emas edi!

Shubhasiz, mening rangim oqarib ketgan edi. Biroq, gapirishda davom etdim, ovozim tobora

balandroq chiqardi. U tovush ham tinmay, ortib borardi. Bu xuddi paxtaga o‘ralgan soatning sekin

urayotgan bong qoqishiga o‘xshardi. Nafasim bo‘g‘ilib, hansirardim. Biroq, ofitserlar buni

eshitishmadi. Men esa tobora tezroq, tobora qizg‘inroq gapirishda davom etdim…


background image


Aprel, 2025-Yil

178

Lekin u shovqin tinmasdi, u tinmay kuchayib borar edi! Men o‘rnimdan turdim va baland

ovozda, hayajonla o‘zim bilan bahslasha ketdim. Ammo shu damda ovozlar ham tobora

balandlashib borardi. Nega ular haligacha ketishmadi? Shosha-pisha ortga-oldinga qadam tashlab,

hayajonimni oz bo‘lsa ham jilovlashga harakat qildim. Bu insonlarning beparvo qiyofasi meni

g‘azablantirardi.

Oh, Xudoyim! Ne qilishim joiz edi shu onda? Jahlim chiqib, o‘zimni yo‘qotdim, qichqirdim,

so‘zsiz g‘azablandim!

Shu onda stulni ko‘tarib, taxtalar ustiga otdim. Ovoz esa yanada kuchayib ketdi.

Balandlashgandan balandlashdi. Ammo hali ham odamlar xotirjam suhbatlashar, yuzlarida

kulgi alomati bor edi. Axir bu mumkin edimi? Yo‘q, yo‘q! Ular eshitishdi -- ular buni his qilishdi.

Ular barini bilib, tushunib turishardi. Ular mening qo‘rquvimni mazax qilayotgandek edi. Bu fikr

ichimni kemirib, ruhimni iztirobga soldi. Bu azoblarga chidashdan ko‘ra, o‘lim afzal edi shu tobda.

Bu ikkiyuzlamachilarning tabassumiga ortiq bardosh berolmas edim, endi o‘z hissiyotlarimni

boshqara olmas edim.

--Quloq soling! Tinglang!

" ---Yovuzlar" deb baqirdim.

Endi yashirib o‘tirmayman, tan olaman. Men o‘ldirdim, mana taxtalar ostini ko‘ring, mana

buyerni. Uning jirkanch yuragi hamon urmoqda!!!