Authors

  • Dilshodjon Isroilov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.79134

Keywords:

asosiy qonun irarxiya konstitutsiya prezident vakolatlari yangi tahrir referendum.

Abstract

Ushbu maqolada dastlab “konstitutsiya o‘zi nima?” va “u nima uchun kerak?” degan savollarga javob beriladi, so‘ngra, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining tarixiy taraqqiyot bosqichlari ko‘rib chiqilib, 2023-yil 1-maydan kuchga kirgan yangi tahrirdagi konstitutsiyaning asosiy o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Maqolada 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan dastlabki konstitutsiyaning mazmuni, unga kiritilgan o‘zgarishlar va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, yangi tahrirdagi siyosiy, ijtimoiy va huquqiy islohotlar - inson huquqlari, davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimi hamda ekologik normalar asosida tadqiq etiladi. Maqola Konstitutsiyaning zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda takomillashib borayotgan huquqiy hujjat sifatidagi ahamiyatini yoritadi.

background image


Aprel, 2025-Yil

179

ASOSIY QONUN TARAQQIYOTI: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

KONSTITUTSIYASINING KECHAGI VA BUGUNGI QIYOFASI

Isroilov Dilshodjon Dilmurotovich

Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti1-bosqich talabasi.

Tel: +998 (93) 449-44-42

https://doi.org/10.5281/zenodo.15237552

Annotatsiya. Ushbu maqolada dastlab “konstitutsiya o‘zi nima?” va “u nima uchun

kerak?” degan savollarga javob beriladi, so‘ngra, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining

tarixiy taraqqiyot bosqichlari ko‘rib chiqilib, 2023-yil 1-maydan kuchga kirgan yangi tahrirdagi

konstitutsiyaning asosiy o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Maqolada 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan

dastlabki konstitutsiyaning mazmuni, unga kiritilgan o‘zgarishlar va uning jamiyat taraqqiyotidagi

o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, yangi tahrirdagi siyosiy, ijtimoiy va huquqiy islohotlar - inson

huquqlari, davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimi hamda ekologik normalar asosida tadqiq etiladi.

Maqola Konstitutsiyaning zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda takomillashib borayotgan

huquqiy hujjat sifatidagi ahamiyatini yoritadi.

Kalit so‘zlar: asosiy qonun, irarxiya

1

, konstitutsiya, prezident vakolatlari, yangi tahrir,

referendum.

ОСНОВНОЙ ЗАКОН РАЗВИТИЯ: ВЧЕРАШНИЙ И СЕГОДНЯШНИЙ ОБЛИК

КОНСТИТУЦИИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Аннотация. В данной статье вначале даются ответы на вопросы «Что такое

Конституция?» и «Зачем она нужна?», затем рассматриваются исторические этапы

развития Конституции Республики Узбекистан, а также анализируются основные

изменения новой редакции Конституции, вступившей в силу 1 мая 2023 года. В статье

рассматривается содержание первоначальной Конституции, принятой 8 декабря 1992

года, изменения, внесенные в нее, и ее роль в развитии общества. Также исследуются

политические, социальные и юридические реформы в новой редакции Конституции, такие

как права человека, государственное управление, судебно-правовая система и экологические

нормы. Статья освещает значимость Конституции как юридического документа,

который совершенствуется в соответствии с современными потребностями общества.

1

Irarxiya - yunoncha

hierarchia

so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "yuksaklik, boshqaruv tizimi" degan ma'noni anglatadi.

Bu so'z ko'pincha tizim yoki tashkilot ichidagi ierarxik tartibni, ya'ni yuqori va pastki darajalar o'rtasidagi tartibni
ifodalashda ishlatiladi.


background image


Aprel, 2025-Yil

180

Ключевые слова: основной закон, иерархия, Конституция, полномочия президента,

новая редакция, референдум.

THE MAIN LAW DEVELOPMENT: THE PAST AND PRESENT FACE OF THE

CONSTITUTION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Abstract. This article first answers the questions "What is the Constitution?" and "Why is it

needed?" Then, the historical stages of the development of the Constitution of the Republic of

Uzbekistan are discussed, followed by an analysis of the main changes in the new version of the

Constitution that came into force on May 1, 2023. The article explores the content of the initial

Constitution, adopted on December 8, 1992, the changes made to it, and its role in the development

of society. Additionally, the article examines the political, social, and legal reforms in the new

version of the Constitution, such as human rights, governance, the judicial system, and ecological

norms. The article highlights the importance of the Constitution as a legal document that evolves in

line with the modern needs of society.

Keywords: main law, hierarchy, constitution, presidential powers, new version, referendum.

KIRISH:

Konstitutsiya — bu davlat uchun qoidalar kitobidir hamda u nomativ-huquqiy

hujjatlar irarxiyasida eng yuqori o‘rinda turadi. Shuningdek u davlatni boshqarishda asosiy

tamoyillarni belgilaydi, davlatning asosiy institutlarini tasvirlaydi va bu institutlar o‘rtasidagi

munosabatlarni namoyon qiladi (masalan, ijroiya, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati o‘rtasidagi

munosabatlar). Konstitutsiya hokimiyatni amalga oshirishga cheklovlar qo‘yadi va fuqarolarning

huquq va vazifalarini o‘rnatadi.

Ko‘pgina mamlakatlarda qoidalar kitobi yagona hujjatga kodifikatsiya qilingan, bu esa

kodifikatsiya qilingan (yoki yozma) konstitutsiya deb ataladi. Kodifikatsiya qilingan

konstitutsiyalar odatda inqilobdan so‘ng yaratiladi (1787-yilgi Amerika konstitutsiyasi yoki 1791-

yilgi Fransiya konstitutsiyasi); yoki urushda to‘liq mag‘lubiyatdan keyin (Germaniya va Yaponiya

urushdan keyingi konstitutsiyalari); ba’zi hollarda avvalgi hukumat tizimining legimitimligi to‘liq

qulaganidan so‘ngra (apartheyddan keyingi Janubiy Afrika yoki sobiq Sovet Ittifoqidan keyingi

Rossiya); bundan tashqari mustaqillikka erishish natijasida (sobiq Britaniya imperiyasining barcha

mamlakatlari).

Kodifikatsiya qilingan konstitutsiyalar asosiy, yuqori huquqni o‘z ichiga oladi va oddiy

qonunlardan ko‘ra o‘zgartirish uchun qiyinroqdir va u qattiq konstitutsiya deb ham ataladi.

Konstitutsiyaviy o‘zgartirishlar odatda qonun chiqaruvchi organlarda super-ko‘pchilikning

tasdiqlashini, yoki referendumni, yoki ba’zan ikkisini ham o‘z ichiga oladi.


background image


Aprel, 2025-Yil

181

Masalan, Yaponiya konstitutsiyasini o‘zgartirish uchun Dietning ikkala palatasida uchdan

ikki ko‘pchilikning tasdiqlashi va keyin ommaviy referendumda oddiy ko‘pchilikning rozi bo‘lishi

kerak.

2

AQSh konstitutsiyasini o‘zgartirish odatda Kongressning ikkala palatasida ikki uchdan bir

ovoz olishni, so‘ngra barcha shtatlarning qonun chiqaruvchi organlarining to‘rtdan uchining (50 dan

34 tasi) tasdiqlashini talab qiladi.

3

Konstitutsiyaviy o‘zgartirishlar shuningdek, sudlar tomonidan konstitutsiyaviy matnni talqin

qilish yoki qayta talqin qilish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Konstitutsiyani o‘zgartirish

uchun yuqori darajadagi talablar sababli, ba'zi mamlakatlarda (masalan, AQShda) sud qarorlari

konstitutsiyani yangilashda rasmiy o‘zgartirish jarayonidan ham muhim bo‘lishi mumkin.

4

Qisqa qilib aytganda, agar huquq tizimini bir piramida sifatida tasavvur qilsak, Konstitutsiya

shu piramidaning cho‘qqisida turadi hamda boshqa barcha yuridik normalar, qarorlar,

farmonlar, kodekslar va qonunlar uchun huquqiy asos bo‘lish jihati bilan o‘zining oliy yuridik

kuchini namoyon etadi. Barcha jamoalar uchun umumiy va doimiy konstitutsiya yaratish imkonsiz,

har bir avlod o'z konstitutsiyasini yaratish huquqiga ega.

5

ASOSIY QISM:

2023-yil 30-apreldagi referendumga qadar … :

Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog‘da sharafli solnomasiga

nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari

uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz.

Avvalambor, konstitutsiyaviy “bino”ni qurishda uch ming yillik milliy davlatchilik

tajribasiga tayanilgan. Bugungi O‘zbekiston qadimgi Xorazm va So‘g‘diyona, Qoraxoniylar,

Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o‘zbek xonliklari, ma’rifatparvar ajdodlarimiz,

xalqimizning tarixiy an’analari va uning mustaqil davlat haqidagi ko‘p asrli orzusini mujassam

etgan.

Qolaversa, manfaatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda, Asosiy Qonunimiz

Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 97 ta mamlakati to‘plagan ilg‘or konstitutsiyaviy tajribani

hisobga olib yaratilgan.

2

Wikipedia.

Constitution

of

Japan.

https://en.wikipedia.org/wiki/Constitution_of_Japan#:~:text=Amendments%20to%20the%20constitution%20require,
world's%20oldest%20un%2Damended%20constitution

. (12. 04. 2025)

3

National Conference of State Legislatures. Amending the U.S. Constitution.

https://www.ncsl.org/about-state-

legislatures/amending-the-us-constitution

(12. 04. 2025)

4

Supreme

court

of

the

United

States.

The

Court

and

Constitutional

Interpretation.

https://www.supremecourt.gov/about/constitutional.aspx

(12. 04. 2025)

5

Konstitutsiya – erkin a farovon hayot garovi.

https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/62166

(12. 04. 2025)


background image


Aprel, 2025-Yil

182

Shu o‘rinda Suveren O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash, muhokama

etish, qabul qilish va uning amal qilishi yo‘lidagi 10 ta huquqiy qadamni bu boradagi eng muhim

tarixiy voqealar sifatida sanab o‘tish lozim. Zotan, Konstitutsiyani yaratish tarixi – bu mustaqillik

uchun kurashning uzviy tarkibiy qismidir. Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy

qadam – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir.

6

Bu haqda gap borganda, avvalambor, 1989 yilning 21 oktabr kuni qizg‘in bahs va

tortishuvlardan so‘ng siyosiy-ma’naviy hayotimizdagi unutilmas hodisa amalga oshirilgani – milliy

qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilgani

istiqlol tarixining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil etishini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.

7

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi 1990-yil 20-iyundan boshlab olimlar,

jamoat namoyandalari va davlat boshqaruv organlari mutaxassislari tomonidan puxta ishlab

chiqildi. Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi uch oy davom etdi. Umumxalq

muhokamasi jarayonida kelib tushgan 6 000 taklif asosida loyihaga 80 dan ortiq tuzatishlar kiritildi.

Keng umumxalq muhokamasi davomida bildirilgan ko‘p takliflar inobatga olingan holda,

komissiya tomonidan tayyorlangan Konstitutsiya loyihasi Oliy Kengash muhokamasiga qo‘yildi.

1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XI sessiyasida bu loyiha ma’qullandi va O‘zbekiston

Respublikasining hozirgi amal qilayotgan Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mustaqil O‘zbekistonning

birinchi Konstitutsiyasi shu tarzda amalga kiritildi. 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi qabul qilingan kun umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.

8

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 boʻlim, 26 bob, 128 modda va Muqaddima

(kirish) qismidan iborat. Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo‘lib, unda O‘zbekistonning

mustaqil, huquqiy, demokratik va ijtimoiy davlat sifatidagi asosiy tamoyillari belgilab qo‘yilgan.

Konstitutsiya, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, davlat hokimiyatining

tartibi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining alohida funktsiyalarini belgilash,

shuningdek, davlatning boshqaruv tizimi va tuzilishini ko‘rsatadi.

Muqaddima qismida O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi, xalqning erkinligi va

huquqlari himoyasi, Konstitutsiya qabul qilinishining ahamiyati va maqsadi ta'kidlanadi.

Shuningdek, Konstitutsiyaning har bir bo‘limi davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi huquqiy

munosabatlarni tartibga solish va ularning o‘zaro aloqalarini belgilashga xizmat qiladi.

6

Constitution.uz

O’zbekiston

Respublikasi

konstitutsiyasi.

https://constitution.uz/oz/pages/Konstitusiyamizning_yaratilishi

(12. 04. 2025)

7

O’zbekiston respublikasi hukumat portali.

https://gov.uz/oz/news/view/3167

(12. 04. 2025)

8

KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ ASOSLARI. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun darslik.

“Sharq” nashriyoti 2019-yil Toshkent. 12-bet


background image


Aprel, 2025-Yil

183

Konstitutsiyaning 6 boʻlimi davlat boshqaruvining asosiy sohalarini o‘z ichiga oladi,

jumladan, davlat tuzilishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat hokimiyati organlari, qonun

chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatning faoliyati, shuningdek, sud hokimiyati va uning faoliyati.

2023-yil 30-apreldagi referendumdan so‘ng … :

Barchamizga ma’lumki 2023-yilning 30-aprel sanasida O‘zbeekiston Resoublikasi

Konstitutsiyasini tubdan o‘zgartirish (o‘zgarishlar ko‘rsatgichi 65%) to‘g‘risida referendum bo‘lib

o‘tishi maqullangan edi hamda tegishli qarorni 134 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 2 nafari betaraf

qoldi, 1 nafari esa ovoz bermadi. Avvalgi referendum bundan 21 yil avval bo‘lib o‘tgandi.

9

Referendum natijalariga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” to‘g‘risidagi Qonuniga

ko‘plab o‘zgartirishlar kiritildi.

Shu jumladan, Moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434

taga ko‘paymoqda. Konstitutsiya matni 65 foizga yangilangan, shuning uchun hujjat nomi

«Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar»dan «Konstitutsiya yangi tahrirdagi»ga o‘zgartirildi.

Qonun loyihasiga 137 deputatdan 132 nafari qonunni yoqlab ovoz berdi, 2 nafari betaraf qoldi, 3

nafari ovoz bermadi.

10

Yuqorida ta’kidlanganidek, O’zbekistonning 2023-yil 1-mayga qadar amalda bo‘lgan

konstitutsiyasi 65% ga o‘zgargan va bu ko‘rsatgich o‘zgarishlar sonining juda ham ko‘p ekanligidab

dalolat beradi. O‘zgarishlardagi ilk qadam “Asosiy qomusimiz” ning 1-moddasidayoq ko‘zga

tashlanadi. Ilgari “O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren va

demokratik davlat.” deb yurutilgan konstitutsiyamizning 1-moddasi endilikda “huquqiy, ijtimoiy va

dunyoviy” deb atalmish yuruduk terminlar bilan to‘ldirildi.

11

Bundan tashqari konstitutsiyamizning II bo‘limi (Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,

erkinliklari va burchlari) da ham o‘zgarishlar keng ko‘lamli bo‘lib, ular orasida eng ko‘zga

tashlanadigani bu “Ekalogiya huquqi”ning davlat hamda siyosat darajasiga ko‘tarilganida edi.

O'zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida ekologik huquq va atrof-muhitni himoya

qilish masalalariga katta e'tibor qaratildi. Har bir fuqaro toza va sog‘lom atrof-muhitda yashash

huquqiga ega deb belgilandi. Davlat tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlab, ekologik

xavfsizlikni kafolatlashi ham e’tirof etildi. Konstitutsiyada tabiatni asrab-avaylash, ekologik

qonunlarni buzganlarga qarshi qat’iy chora-tadbirlar ko‘rish hamda xalqaro hamkorlikda ekologik

masalalarni hal qilish vazifalari ta‘kidlangan.

9

Gazeta.uz

https://www.gazeta.uz/oz/2023/03/10/referendum/

(12. 04. 2025)

10

Gazeta.uz

https://www.gazeta.uz/oz/2023/03/10/referendum/

(12. 04. 2025)

11

O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi. Lex.uz

https://lex.uz/docs/-6445145

(12. 04 2025)


background image


Aprel, 2025-Yil

184

Qiziq tomoni shundaki, 2023-yilga qadar amalda bo‘lgan konstitutsiyada ushbu huquq

hattoki tilga ham olinmagan edi. Ammo hozirda “Ekologiya huquqi” amaldagi konstitutsiyamizning

49-moddasidan qo‘nim topdi.

Shuningdek, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson huquqlari va

erkinliklariga katta e’tibor qaratilgan. Har bir fuqaroning sha’ni, qadr-qimmati va huquqlari oliy

qadriyat sifatida belgilangan. Davlat inson huquqlarini himoya qilishga mas’ul bo‘lib, fuqarolar teng

huquqlarga ega ekanligi ta’kidlangan. Bu normativlar, o‘z navbatida, jamiyatdagi adolat va

tenglikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizgi, asosiy qonunimizning har bir bo‘limlari o‘zgartirishlar vaqtida

sinchiklab o‘rganilgan va zarur deb topilgan ayrim qismlargina o‘zgarishsiz qoldirilgan. Ammo

konstitutsiyamizning IV bo‘limi 2023-yilgi referendumgacha qanday bo‘lgan bo‘lsa,

referendumdan so‘ng ham xuddi shu ko‘rinishida qoldi va o‘zgarishlar ko‘rsatgichi 1% ni ham

tashkil qilmaydi. Aslida dastlab Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan konstitutsiyaning

Qoraqolpoqlarga oid qismini bir qancha o‘gartirishlar bilan taqdim etilishiga qaramasdan, “nega

konstitutsiyaning “Ma’muriy-hududiy va davlat tuzulishi” deb atalmish IV bo‘limi hech qanday

o‘zgarishlarsiz qoldi ?” Javob juda ham oddiy -

Qoraqolpoqlarning avtanomiya masalasi.

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi konstitutsiyadan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi

O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalqining umumiy

referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega.” degan normaga cheklovlar berishni taklif qilgan

edi. Natijada 2022-yilning 1-iyul sanasida Qoraqolpog‘iston Respublikasida bir nechta

tartibsizliklar amalga oshirildi. Shu bilan birga, ushbu voqealar hukumat tomonidan tezda bostirilib,

2022-yil 2-iyulda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Konstitutsiyaga

kiritilmoqchi bo‘lgan o‘zgarishlar bekor qilindi.

12

Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning o‘ziga eng ko‘p o‘zgarishlarni qabul qilgan hamda ichki

va xorijiy mutaxasislar tomonidan ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan qismi V bo‘lim

hisoblanib, u “Davlat hokimyatining tashkil etilishi deb ataladi”. “Nega aynan ushbu bo‘lim

muhokamalarga sabab bo‘di ?”. Birinchidan, XVIII bobida (O’zbekiston Respublikasi Oliy Maslisi)

joylashgan Senat a’zolari sonining 100 nafardan 65 nafarga tushurilishi edi. Ikkinchidan, amaldagi

konstitutsiyamizning 106-moddasida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolat

muddatining 5 yildan 7 yilga cho‘zilishida edi.

13

12

Kun uz – axborot platformasi.

https://kun.uz/16759561

(12. 04. 2025)

13

O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi. Lex.uz

https://lex.uz/docs/-6445145

(12. 04 2025)


background image


Aprel, 2025-Yil

185

Uchinchidan, Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar mahkamasi kabi organlarning vakolat doirasi

sezilarli darajada kengaytirildi. Ushbu masalalarning ba’zilari hozirgi global dunyoda

o‘zgartirilishni talab qilar, ammo, ikkinchi masala hatto chet el jurnalistlari tomonidan ham tanqidiy

fikrlarga sabab bo‘ldi.

Shunday bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2023-yilgi

yangi tahriridagi o‘zgarishlar mamlakatning siyosiy, ijtimoiy va huquqiy tuzilmasida muhim ijobiy

o‘zgarishlarni anglatadi. Ushbu o‘zgarishlar nafaqat huquqiy tizimni takomillashtirish, balki

fuqaroning davlatga nisbatan huquqiy va siyosiy himoyasini mustahkamlashga qaratilgan.

Konstitutsiyaning yangi tahriridagi barcha islohotlar O‘zbekistonni zamonaviy demokratik

davlat sifatida rivojlantirishning muhim qadamidir.

XULOSA:

Xulosa qilib aytganda, ushbu maqolada “konstitutsiya” atamasiga tarif bilan bir qatorda

uning asosiy vazifalari yoritib berildi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tarixiy

taraqqiyoti, 1992-yildagi dastlabki nashrdan tortib, 2023-yilgi yangi tahrirgacha boʻlgan yoʻli

chuqur tadqiq qilindi. Konstitutsiyaning mamlakatimiz uchun ahamiyati, uning asosiy tamoyillari,

shuningdek, 2023-yilgi referendum natijasida kiritilgan oʻzgarishlar tahlil qilindi.

Yangi tahrirda inson huquqlari, ekologik himoya, davlat hokimiyati tizimidagi islohotlar

kabi muhim yangiliklar qayd etildi. Prezident vakolat muddatining uzaytirilishi, parlament

tarkibidagi oʻzgarishlar va Qoraqalpogʻiston muammosi kabi mavzular ham jamiyatda

munozaralarga sabab boʻldi.

Shunday bo‘lishiga qaramasdan, Konstitutsiyadagi oʻzgarishlar Oʻzbekistonni zamonaviy

demokratik davlat sifatida rivojlantirishga qaratilgan muhim qadamdir.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, 2023-yil 1-maydan amaldagi variant.

https://lex.uz/docs/-6445145

2.

Wikipedia – internet platformasi.

https://en.wikipedia.org/wiki/Main_Page

3.

National Conference of State Legislatures.

https://www.ncsl.org

4.

Supreme court of the United States.

https://www.supremecourt.gov

5.

Constitutsion.uz – internet platformasi.

https://constitution.uz/oz

6.

O’zbekiston Respublikasi hukumat portali.

https://gov.uz/oz


background image


Aprel, 2025-Yil

186

7.

Konstitutsiyaviy huquq asoslari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari

uchun darslik. “Sharq” nashriyoti, 2019-yil Toshkent. 12-bet

8.

Gazeta.uz – internet axborot platformasi.

https://www.gazeta.uz/oz/

9.

Kun.uz – internet axborot platformasi.

https://kun.uz

References

O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, 2023-yil 1-maydan amaldagi variant. https://lex.uz/docs/-6445145

Wikipedia – internet platformasi. https://en.wikipedia.org/wiki/Main_Page

National Conference of State Legislatures. https://www.ncsl.org

Supreme court of the United States. https://www.supremecourt.gov

Constitutsion.uz – internet platformasi. https://constitution.uz/oz

O’zbekiston Respublikasi hukumat portali. https://gov.uz/oz

Konstitutsiyaviy huquq asoslari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun darslik. “Sharq” nashriyoti, 2019-yil Toshkent. 12-bet

Gazeta.uz – internet axborot platformasi. https://www.gazeta.uz/oz/

Kun.uz – internet axborot platformasi. https://kun.uz