KONSTITUSIYA - ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI

Аннотация

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi tuzilishi, mazmuni va ahamiyatini yoritadi. Konstitutsiya mamlakatning oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan asosiy qonuni sifatida erkin va farovon hayotni kafolatlaydigan oliy yuridik kuchga  ega ekanligi. Shuningdek, maqolada Konstitutsiyaning bo‘limlari, tarixiy yaratilish jarayoni, undagi o‘zgarishlar va islohotlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. 2023-yilda qabul qilingan yangi tahrirda inson huquqlari va erkinliklariga oid normalar sezilarli darajada kengaytirilgan bo‘lib, bu hujjatning xalqaro huquq normalariga mosligi ta’kidlanadi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
102-105
36

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Yunusov, O. ., & Xolmurodova, S. . (2025). KONSTITUSIYA - ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI. Наука и инновация, 3(1), 102–105. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/62166
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi tuzilishi, mazmuni va ahamiyatini yoritadi. Konstitutsiya mamlakatning oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan asosiy qonuni sifatida erkin va farovon hayotni kafolatlaydigan oliy yuridik kuchga  ega ekanligi. Shuningdek, maqolada Konstitutsiyaning bo‘limlari, tarixiy yaratilish jarayoni, undagi o‘zgarishlar va islohotlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. 2023-yilda qabul qilingan yangi tahrirda inson huquqlari va erkinliklariga oid normalar sezilarli darajada kengaytirilgan bo‘lib, bu hujjatning xalqaro huquq normalariga mosligi ta’kidlanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

102

KONSTITUSIYA - ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI

Yunusov Olimjon Hasanovich

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti,

Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti,

Yuridik fanlar nomzodi

+998937235543

Xolmurodova Sevara Asqarovna

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti,

“Bank-moliya xizmatlari” fakulteti

MK-323guruh talabasi

missfinancier7.5@gmail.com

+998915307978+998915307978

https://doi.org/10.5281/zenodo.14676865

Annotatsiya

. Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi

Konstitutsiyasi tuzilishi, mazmuni va ahamiyatini yoritadi. Konstitutsiya mamlakatning oliy
yuridik kuchga ega bo‘lgan asosiy qonuni sifatida erkin va farovon hayotni kafolatlaydigan oliy
yuridik kuchga ega ekanligi. Shuningdek, maqolada Konstitutsiyaning bo‘limlari, tarixiy
yaratilish jarayoni, undagi o‘zgarishlar va islohotlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. 2023-
yilda qabul qilingan yangi tahrirda inson huquqlari va erkinliklariga oid normalar sezilarli
darajada kengaytirilgan bo‘lib, bu hujjatning xalqaro huquq normalariga mosligi ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Yangi tahrirdagi Konstitutsiya,

Inson huquqlari va erkinliklari, Demokratik-huquqiy davlat, Fuqarolik jamiyati

Статья освещает структуру

, содержание и значение новой редакции Конституции

Республики Узбекистан. Подчеркивается, что Конституция как высший юридический
акт страны обладает верховенством и гарантирует свободу и благополучие граждан.
Статья также подробно рассказывает о разделах Конституции, ее историческом
становлении, изменениях и реформах. Отмечается, что в новой редакции, принятой в
2023 году, нормы, касающиеся прав и свобод человека, были значительно расширены, и
подчеркивается соответствие этого документа международным правовым нормам.

Ключевые слова:

Конституция Республики Узбекистан, Новая редакция

Конституции, Права и свободы человека, Демократическое правовое государство,
Гражданское общество.

Abstract:

This article sheds light on the structure, content, and significance of the new

edition of the Constitution of the Republic of Uzbekistan. It emphasizes that the Constitution, as
the supreme law of the country, has supremacy and guarantees the freedom and well-being of
citizens. The article also provides detailed information about the sections of the Constitution,
its historical formation, changes, and reforms. It notes that in the new edition, adopted in 2023,
the norms related to human rights and freedoms have been significantly expanded, and the
compliance of this document with international legal norms is emphasized.

Key words:

Constitution of the Republic of Uzbekistan, new edition of the Constitution,

human rights and freedoms, Democratic legal state.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

103

Kirish

Hozirda bozor munosabatlariga asoslanib rivojlanib borayotgan bir huquqiy demokratik

davlatda shaxs kamol topishi uchun qanday munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi kerak deb
o‘ylaysiz?

Dastlab, Konstitutsiyaning kelib chiqish tarixiga to‘xtalsak.
“Konstitutsiya” atamasi ilk bor Qadimgi Rim davlati qonunchiligida ishlatilgan bo‘lib,

tuzulish, belgilash, tartib o‘rnatish degan ma’nolarni anglatgan va hozirgidek davlatning asosiy
qonunlari jam bo‘lgan asosiy hujjatni tavsiflagan.Ma’lum bir omillar tufayli Konstitutsiya
davlatchilik munosabati tashkil topganidan ancha kech paydo bo‘lgan va tarixan davlatlar bir
muncha muddat hech qanday huquqiy asossiz faoliyat yuritgan. Keyinchalik inson huquq va
erkinliklarini qonunlarda mustahkamlash hamda davlat va inson o‘rtasidagi munosabatlarni
huquqiy tartibga solish uchun alohida qonunlar belgilab chiqilgan. Dunyo tarixidagi eng
birinchi konstitutsiya 1787-yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasidir.Shundan so‘ng Polsha
va Fransiya konstitutsiyalari qabul qilinadi va hozirgi kunda 200dan ortiq davlatlarning o‘z
konstitutsiyasi mavjud va amal qiladi.

Agar huquq tizimini bir piramida sifatida tasavvur qilsak, Konstitutsiya shu

piramidaning cho‘qqisida turadi hamda boshqa barcha yuridik normalar, qarorlar, farmonlar,
kodekslar va qonunlar uchun huquqiy asos bo‘lish jihati bilan o‘zining oliy yuridik kuchini
namoyon etadi. Barcha jamoalar uchun umumiy va doimiy konstitutsiya yaratish imkonsiz, har
bir avlod o'z konstitutsiyasini yaratish huquqiga ega.

Asosiy qism

O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining tuzilishi va vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddima, 6 bo‘lim, 27 bob 155 moddadan va

434 normativ- huquqiy hujjatdan iborat.

Muqaddima “O‘zbekistonning yagona xalqi” tushunchasi bilan boshlanib, xalqimzning

yagona va bo‘linmasligiga, bizning orzu-intilishlarimiz, umiminsoniy va milliy
qadriyatlarimizga alohida urg‘u beradi.

Konstitutsiyaning birinchi bo‘limi “Asosiy prinsiplar” deb yuritilib, “Davlat suvereniteti”,

“Xalq hokimiyatchiligi”, “Konstitutsiya va qonunnng ustunligi”, “Tashqi siyosat” boblariga
ajratilgan. Asosiy prinsiplar orqali davlatning boshqaruv, tuzilish shakli va davlat suvereniteti
xususiyatlari belgilanadi

Konstitutsiyaning ikkinchi bo‘limi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,erkinliklari

va burchlari” deb nomlanadi va bu bo‘limda davlat va fuqarolarning bir-biriga nisbatan huquq
va burchlari o‘rtasidagi bog‘liqligi, inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va
erkinliklari,fuqarolik masalalari,siyosiy, iqtisodiy,ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqla va
burchlari,ularning kafolatlari belgilangan.

Konstitutsiyaning uchinchi bo‘limi “Jamiyat va shaxs” deb nomlanib, unda

jamiyatimizning iqtisodiy negizlari, fuqarolik institutlari, oila,bolalar va yoshlarga oid
masalalar bilan birgalikda ommaviy axborot vositalar (OAV) ning erkinliklari va huquqiy
asoslari mustahkamlab qo‘yilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

104

To‘rtinchi bo‘lim “Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi” deb nom olgan va unda

O‘zbekistonning ma’muriy- hududiy tuzilishi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining
huquqiy holai haqida batafsil yoritilgan.

Konstitutsiyamizning eng katta beshinchi bo‘limi “Davlat hokimiyatining tashkil etish”

haqida bo‘lib, “O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mahalliy davlat hokimiyati asoslari
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, Saylov tizimi, Sud hokimiyati,Advokatura,
Prokuratura, Moliya, pul va bank tizimi hamda “Mudofaa va xavfsizlik kabi boblarni o‘z ichiga
oladi.

So‘nggi oltinchi bo‘lim esa Konstitutsiyani o‘zgartirish tartibiga bag‘ishlanadi.Hatto

tariximizda ham Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib Sohibqiron Amir Temur bobomiz
buyuk Temuriylar davlatiga asos solgani va uni adolat bilan boshqargani ma’lum. “Davlat
qonunlar asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yo‘qoladi” deb
takidlaganlar ulug‘ bobomiz. Shu ma’noda, konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash
hozirgi biz bunyod etayotgan Yangi O‘zbekiston ya’ni bir demokratik- huquqiy davlatning bosh
mezoni bo‘lishi kerak.

Davlat mustaqilligi uchun qo‘yilgan asosiy qadam sifatida e’tirof etiladigan, 1990-yil 20-

iyunda qabul qilingam Mustaqillik dekloratsiyasi yangi konstitutsiya yaratishga asos bo‘ldi va
ushbu konstitutsion loyihani tayyorlashga 64 kishidan iborat konstitutsiya komissiya tuzildi.
Ushbu loyiha 1992-yil 8-dekabr Oliy Kengashning XI sessiyasida ma’qullandi va O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi amalga kiritildi. 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.1992-yil 8-dekabr
qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddima, 6bo‘lim, 26 bob va 128
moddadan iborat bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yildagi PF-67-sonli “Yangi tahrirdagi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi
chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi farmon qabul qilindi.Mazkur amalga oshirilayotgan islohotlar,
insonning sha’ni qadr- qimmati, huquq va erkinliklari bundan buyon barcha sohalarda ustuvor
ahamiyat kasb etishini qat’iy qoidaga aylantirish, bitta so‘z bilan aytganda, bugungi
islohotlarning bosh tamoyili

“INSON-JAMIYAT-DAVLAT”

yondashuvini Konstitutsiyamizning

mazmun-mohiyatiga chuqur singdirishni taqozo etadi. 2022 yil 20-may kuni Oliy Majlis
palatalarining qo‘shma qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish borasida takliflarni shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha
Konstitutsion Komissiya tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuv nutqida: “Bosh maqsadimiz—har bir
yurtdoshimiz ushbu hujjati mening Konstitutsiyam deb faxrlanadigan mukkammal darajaga
olib chiqishdir” deb ta’kidlagan edi.

Yangilangan Konstitutsiyamizning eng muhim jihatlari shaxsiy huquq va erkinliklar,

iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar borasidagi normalar qariyb 3,5 barobarga ko‘paygan.Yangi
tahrirdagi

Konstitutsiyamiz

qabul

qilinguniga

qadar

O‘zbekiston

Respublikasi

Konstitutsiyasiga 16 marta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritailgan.Ularning asosiy qismi
davlat boshqaruvi, Prezident, hukumat va saylov tizimi bilan bog‘liq o‘zgarishlar edi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

105

Tariximizda birinchi marotaba 2023-yilning 30-aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunini xalqimizning
o‘zi qabul qildi.Referendumga chiqarishdan oldin konstitutsiya loyihasi bo‘yicha 220 mingdan
ortiq takliflar kelib tushgan.Shunga ko‘ra asosiy qonunimiz matni 65 foizga
yangilandi.Konstitutsiyamizning eng muhim jihatlari inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-
qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlarini ta'minlash, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish hamda demokratik huquqiy davlat qurish bilan bog'liqdir.

Yangi

tahrirdagi

Konstitutsiyamizning

19-moddasiga

muvofiq,

O'zbekiston

Respublikasida linsonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume'tirof etilgan
normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e'tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson
huquq va erkinliklari har kimga tug'ilganidan boshlab tegishli bo'ladi.

Xulosa

Huquqiy demokratik davlatda insonning qadr-qimmati, asosiy huquq va erkinliklarining

daxlsizligi, ajralmasligi belgilanishi bilan bir qatorda ular har kimga tug'ilganidan boshlab
tegishli ekani tan olinadi.

Fikrimizcha, hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon

yashash uchun zarur bo‘lgan barcha iqtisodiy -ijtimoiy, siyosiy – huquqiy munosabatlarni
amalga oshirish imkoniyatlarini kafolatlovchi va tartibga soluvchi muhim qonuniy asos bu
konstitutsiyadir. Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
quyidagi fikrlarini keltirib o'tish maqsadga muvofiq:"

Biz jamiyatimizda shunday huquqiy

madaniyatni shakllantirishimiz kerakki, unga muvofiq konstitutsiya va qonunlarga
amal qilish, boshqalarning huquq va erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat
qilish majburiyat emas, balki kundalik qoida va odatga aylanishi shart".

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-Toshkent: ”O‘zbekiston” nashriyoti, 2023.-80 b

2.

https://lex.uz/m/acts/-20596

3.

http://www.insonhuquqlari.uz/oz/news/m14205

4.

http://insonhuquqlari.uz/oz/news/m14279

5.

https://yoshlarovozi.uz/oz/news/yangi-ozbekistoning-yangi-konstitutsiyasi-erkin-va-

farovon-kelajagimiz-poydevori

Библиографические ссылки