Authors

  • Rahimabegim Samadova
  • Husen Djurayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.80172

Keywords:

Islom madaniyat inson fan san’at ilm jamiyat din ta’lim Qur’on taraqqiyot ma’naviyat.

Abstract

Ushbu maqolada Islom dining madaniyat va ilm-fan sohalariga ko’rsatgan ijobiy jihatlari ilmiy tahlilga tortilgan.

background image

1335

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

ISLOM DININING MADANIYAT VA ILM-FAN RIVOJIGA TA’SIRI

Samadova Rahimabegim Abdusaidovna

BuxDU Tarix va yuridik fakulteti 4-bosqich talabasi.

Djurayev Husen Xayrulloyevich

Ilmiy rahbar.

BuxDU Islom tarixi va manbashunoslik, falsafa kafedrasi dotsenti., t.f.f.d., (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.15251136

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Islom dining madaniyat va ilm-fan sohalariga ko’rsatgan

ijobiy jihatlari ilmiy tahlilga tortilgan.

Kalit so’zlar:

Islom, madaniyat, inson, fan, san’at, ilm, jamiyat, din, ta’lim, Qur’on,

taraqqiyot, taraqqiyot, ma’naviyat.

THE INFLUENCE OF ISLAM ON THE DEVELOPMENT OF CULTURE AND

SCIENCE

Abstract.

This article scientifically analyzes the positive aspects of Islam in the fields of

culture and science.

Keywords:

Islam, culture, man, science, art, knowledge, society, religion, education,

Quran, progress, development, spirituality.

ВЛИЯНИЕ ИСЛАМА НА РАЗВИТИЕ КУЛЬТУРЫ И НАУКИ

Аннотация.

В статье научно анализируются положительные аспекты ислама в

области культуры и науки.

Ключевые слова:

ислам, культура, человек, наука, искусство, знание, общество,

религия, образование, Коран, прогресс, развитие, духовность.

Islom madaniyati insoniyat tarixida o‘ziga xos o‘rin tutadi va u dunyo miqyosida nafaqat

diniy qarashlar, balki jamiyatning barcha sohalariga, jumladan ta'lim, ilm-fan, iqtisod va san'atga

chuqur ta'sirini ko‘rsatgan. Islomning dastlabki asrlarida paydo bo‘lgan ilmiy va madaniy

yutuqlar nafaqat musulmon dunyosida, balki, butun dunyoda rivojlanishga turtki bo‘lgan. Ushbu

maqolada Islom madaniyatining jamiyat, ta'lim, ilm-fan, iqtisod va san'at sohalariga bo‘lgan

ta'siri tahlil etiladi.

Islom yer yuzida eng keng tarqalgan dinlardan biri bo’lib, u nafaqat musulmon, balki

jahon ilm-fani va madaniyatining tarkib topishida ham muhim rol o’ynaydi. Islom barcha

davrlarda insonlarni ilmga undagan, chunki, insonning shaxsiyatini ilmdan boshqa narsa to`g`ri

yo`lga sololmaydi va taraqqiyotga erishtira olmaydi. Islom dinichalik ilmni ulug`lagan falsafa,

din yoki tuzum yo`q. Qur’onda “ilm” so‘zi 765 marotaba takrorlangani hamda har bir shaxsga

ilm talab etishning farz etilgani ham buning yorqin dalilidir[1].


background image

1336

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Fransiyalik olim Jolivet Kostelot o'zining “Tarix qonuni” kitobida bunday yozadi: “Islom

yoyilishi zamon talabi edi. Shu bois musulmonlar taraqqiyoti juda tezlab ketdi. Natijada aqlni lol

qoldiruvchi Islom madaniyati yuzaga keldi. Fathlar bilan birga Islom madaniyati hamma joyga

yoyildi. Islom madaniyati san'at, adabiyot va ilm-fanda aks etdi. Shu bilan falsafa, falakiyot ilmi,

kimyo, tibbiyot va ruhiy ilmlar mash'ali bir qancha asr musulmonlar qo'lida qoldi. Ular

ixtirochilarga aylandilar. Shunchaki ixtirochilar emas, balki ilm asoslarini juda o'tkir va o'ta

qobiliyat bilan qo'lga kiritgan ixtirochilar edi. Darhaqiqat, X asrdan to XIV asrgacha

taraqqiyotiga sabab bo'lgani va Yevropada o'rta asrlarda sust harakat qilgan ilmiy-falsafiy

fikrlarni Islom madaniyatidan olgani uchun Yevropa Islom madaniyatidan qarzdordir. Islom

madaniyati, musulmonlarning ilmi, odob-axloqi, san'ati oldida Yevropa qoloq va johil ko'rinardi.

Ilm va madaniyat bayrog'ini musulmon olimlari ko'targan, hatto Yevropada ham Islom

madaniyatidan o'zga madaniyat bo'lmagan to'rt asr mobaynida musulmonlar fikridan

foydalanganini Yevropa tan oladi”.

Musulmon olimlarining insoniyat ilm-fan va madaniyatiga qo'shgan hissalari beqiyosdir.

Islom ummatidan yetishib chiqib, nafaqat diniy ilmda balki tabiiy fanlarda ham shuhrat

qozongan olimlarning hayot faoliyatlariga, qoldirgan benazir ilmiy va madaniy meroslariga

nazar solib, o'rgangan kishi buni yaqqol sezmay iloji yo'q. Tarixchilarning yozilishlaricha

birinchi dargohda ko'pchilik yaratish ustidagi Yevropada emas, balki 3-hijriy asrda Marokka

mamlakatida tashkil topgan. U madrasa “Jome'atul Qarvin” nomi bilan butun dunyoga mashhur

bo`lgan. Ilm dargohida musulmonlar bilan birga g'arb mamlakatlaridan ham talabalar kelib

dunyoviy bilimlardan olishgan.

Musulmon olamida Abbosiylar sulolasi o’zining madaniy, ilmiy va falsafiy yutuqlari

bilan ajralib turadigan davrni boshlab berdilar va bu davr butun qit’alarda asrlar davomida aks-

sado berdi. ilmiy yutuqlarining eng yuqori choʻqqisi, ayniqsa, Abbosiylar davrida IX asrdan XI

asrgacha boʻlgan “Oltin fan asri”da ochildi. VIII—IX asrlarda Bagʻdod va Damashq shaharlari

yirik ilmiy markazlarga aylandi. Bag`dodda xalifa Horun ar-Rashid davrida maxsus “Tarjimonlar

maktabi” yaratilib, Buyuk antik davr mutafakkirlari Aflotun, Aristotel va boshqalarning falsafiy

risolalari, shuningdek, matematika, astronomiya va tibbiyotga oid ko‘p hajmli asarlar arab tiliga

tarjima qilingan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi Yevropada yo‘qolgan deb hisoblangan va

keyinchalik arab tiliga saqlanib qolgan tarjimalar tufayligina yana Yevropa ilm-faniga qaytgan.

Turli fanlarni, jumladan, matematika, astronomiya, tibbiyot va falsafada gullab-

yashnatgan musulmon olimlari insoniyatning ilm-fan tarixida o‘chmas iz bo’lib qoldi. 12-

asrgacha yevropaliklar hatto “nol” raqamini bilishmagan. Ta’kidlash joizki, aynan algebra va

algoritmlarni ishlab chiqishga ulkan hissa qo‘shgan mashxur alloma Al-Xorazmiy buni kashf

qilgan.


background image

1337

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo’lib dengizlar nazariyasi va Yerning

sharsimon globusini yaratish yuzasidan o’ziga xos yangi g’oyalarni taklif etdi, Yer radiusini

hisoblab chiqdi, vakuum, ya'ni bo’shliq holatini izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500 yil oldin

Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit'a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar

tasnifi va ularning paydo bo’lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi.

Kimyo faniga asos solgan musulmon olim sifatda Jobir ibn Hayyon zikr qilinadi. U zot

bilan nafaqat kimyo, balki tibbiyyot, boshqa tabiiy ilmlar bilan ham shug`ullangan. Jobir ibn

Hayyon qomusiy olim sifatida tanilgan bo`lib, 200 dan ortiq asar yaratgan. Bu olimlarning

ichida birinchi bo'lib tarozu ishlagan kishidir. O'z kimyoviy tajribalarida tarozi ishlab

chiqarishni aniqlash natijasida.

Tibbiyot sohasining rivojlanishida ham musulmon ulamolarining o'rni beqiyosdir,

ayniqsa, vatandoshimiz Abu Ali ibn Sinoning nomi hurmat bilan tilga olinadi. Abu Ali ibn

Sinoning keyinchalik lotin tiliga tarjima qilingan “Tib qonunlari” asari Gʻarbda zamonaviy

tibbiyotning paydo bo`lishiga turtki bo‘lgan. Bu kitob Yevropada XV asrda chop etilgan

dastlabki kitoblardan biri bo’lgan va Yevropaning yetakchi universitetlarida qariyb 500-yil

davomida tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida o’qitib kelingan Oʻrta asrlarga tegishli

miniatyuralarda Ibn Sinoni haqli ravishda Aristotel, Platon, Ptomeley, Gippokrat, Galen, Evklid

kabi fanning buyuk namoyondalari bilan bir qatorda tasvirlangan.

Yana bir yurtdoshimiz Farg`oniyning astranomiya fanidagi sezilarli hissa qo`shgan asari

“Osmon yozuvlari fanlari va astronomiya to'plami haqida” deb ataladi. Bu asar astronomiyaga

oid arab tilida yozilgan ilk asarlardan biri hisoblanadi. Farg'oniyning bu asari XII asrda lotin

tiliga, XIII asrda esa ko`pgina Yevropa tillariga tarjima qilingan.

Xulosa qilib aytganda, bunday tarixiy misollarni ko'plab keltirish mumkin. Bu

ma'lumotlar ummondan bir tomchi xolos. Islom dunyosining bashariyat ilm-fan va madaniyatiga

o'tkazgan ta'siri to'g'risida har qancha yoziladigan bo'lsa shuncha oz. Islom olami o‘zining ilmga

bo‘lgan yuksak munosabati bilan tarixda betakror o‘rin egallagan.

Qur’on va Hadisda ilm olishga da’vat etilganligi musulmon jamiyatlarida ilm-fan

rivojining asosiy omili bo‘lib xizmat qilgan. VIII–XII asrlar oralig‘ida musulmon olamida

matematika, astronomiya, tibbiyot, falsafa va boshqa fanlar yuksak darajada rivoj topdi. Al-

Xorazmiy, Ibn Sino, Al-Farobiy, Al-Beruniy kabi buyuk allomalar nafaqat musulmon dunyosida,

balki butun insoniyat taraqqiyotida muhim iz qoldirishdi. Islom olimlari qadimgi yunon, hind va

fors ilmiy merosini o‘rganib, uni rivojlantirdi va Yevropa Uyg‘onish davri ilmiy asoslarining

shakllanishiga zamin yaratdi.

Bugungi kunda ham bu madaniy meros global ilm-fan taraqqiyotining ajralmas bir qismi

sifatida e’tirof etiladi.


background image

1338

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

REFERENCES

1.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Iymon. T.: “Hilol-nashr”, 2023 y.

2.

Грюнебаум, Г. Э. фон. Классический ислам. - М.: Наука. 1986 й.

3.

Кобулов В. К. Ал-Хорезми, алгоритм и алгоритмизация / В.К. Кобулов, А.Ф.

Файзуллаев, Ш.А. Назиров. — Ташкент: Фан, 2006 y.

4.

Umarov M.L. (2021). Jahon ilm fani va sivilizatsiyasi rivojida musulmon sharqi

mutafakkirlari fanlar klassifikatsiyasining o’rni. // Oriental renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences, 1(6), 305-312.

5.

Abduhalimov B. A. “Bayt al-hikma” va O‘rta Osiyo olimlarining Bag‘doddagi ilmiy

faoliyati: (IX-XI asrlarda aniq va tabiiy fanlar). -T., Toshkent islom universiteti nashriyot-

matbaa birlashmasi, 2004 y.

6.

Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN

THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of

Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.

7.

Asror o’g’li A. A. History of Afghanistan-Bukhara Relations in the Process of

Incorporation of Bukhara Emirate into Russian Customs System //American Journal of

Social and Humanitarian Research. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 339-342.

8.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS

OF INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of

Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

9.

Ahmadov

A.

XX

ASR

BOSHLARIDA

BUXORO VA AFG’ONISTON

EMIGRATSIYASI VA REMIGRATSIYASI //Modern Science and Research. – 2025. – Т.

4. – №. 1. – С. 842-845.

10.

Ahmadov A. BUXORO AMIRLIGIDAGI AFG’ONLAR: HAYOTI VA FAOLIYATI

XUSUSIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 1304-1308.

11.

Шарипова Н. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АНГЛИЦИЗМОВ В РАЗНЫХ ЖАНРАХ СМИ

//Development of pedagogical technologies in modern sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 1. –

С. 57-59.

12.

Sharipova N. IMPROVING THE METHODOLOGY OF DEVELOPING DESIGN

SKILLS IN STUDENTS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С.

578-583.

References

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Iymon. T.: “Hilol-nashr”, 2023 y.

Грюнебаум, Г. Э. фон. Классический ислам. - М.: Наука. 1986 й.

Кобулов В. К. Ал-Хорезми, алгоритм и алгоритмизация / В.К. Кобулов, А.Ф. Файзуллаев, Ш.А. Назиров. — Ташкент: Фан, 2006 y.

Umarov M.L. (2021). Jahon ilm fani va sivilizatsiyasi rivojida musulmon sharqi mutafakkirlari fanlar klassifikatsiyasining o’rni. // Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 305-312.

Abduhalimov B. A. “Bayt al-hikma” va O‘rta Osiyo olimlarining Bag‘doddagi ilmiy faoliyati: (IX-XI asrlarda aniq va tabiiy fanlar). -T., Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2004 y.

Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.

Asror o’g’li A. A. History of Afghanistan-Bukhara Relations in the Process of Incorporation of Bukhara Emirate into Russian Customs System //American Journal of Social and Humanitarian Research. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 339-342.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

Ahmadov A. XX ASR BOSHLARIDA BUXORO VA AFG’ONISTON EMIGRATSIYASI VA REMIGRATSIYASI //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С. 842-845.

Ahmadov A. BUXORO AMIRLIGIDAGI AFG’ONLAR: HAYOTI VA FAOLIYATI XUSUSIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 1304-1308.

Шарипова Н. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АНГЛИЦИЗМОВ В РАЗНЫХ ЖАНРАХ СМИ //Development of pedagogical technologies in modern sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 57-59.

Sharipova N. IMPROVING THE METHODOLOGY OF DEVELOPING DESIGN SKILLS IN STUDENTS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 578-583.