1345
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
MEN DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMNI QANDAY TUSHUNAMAN
Faridova Dinora Ruslanovna
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 2-kurs talabasi.
Abdullayeva Annabibi Remezan qizi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 2-kurs talabasi.
Pardayev Musobek O`ktamovich
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15257635
Annotatsiya.
Mazkur maqolada diniy ekstremizm va terrorizm tushunchalari, ularning
jamiyatga salbiy taʼsiri va xavflari yoritilgan. Ekstremistik g‘oyalar dinni noto‘g‘ri talqin qilish
orqali qanday qilib jamiyatda zo‘ravonlik va adovat keltirib chiqarishi ko‘rsatib berilgan.
Shuningdek, maqolada terrorizmning keng ijtimoiy asoratlari, diniy ekstremizm va
terrorizmga qarshi kurashishning samarali usullari, xususan, ta'lim va maʼrifatning roli tahlil
qilingan.
Kalit so`zlar:
diniy ekstremizm, terrorizm, narkobiznes, separatizm, demokratiya,
ma`naviyat-marifat, e`tiqod.
КАК Я ПОНИМАЮ РЕЛИГИОЗНЫЙ ЭКСТРЕМИЗМ И ТЕРРОРИЗМ?
Аннотация.
В данной статье описаны понятия религиозного экстремизма и
терроризма, их негативное влияние и опасность для общества. Он показывает, как
экстремистские идеи могут вызвать насилие и враждебность в обществе из-за
неправильного толкования религии. В статье также анализируются широкие социальные
последствия терроризма, религиозного экстремизма и эффективные методы борьбы с
терроризмом, в частности, роль образования и просвещения.
Ключевые слова
: религиозный экстремизм, терроризм, наркобизнес, сепаратизм,
демократия, духовность, вера.
HOW DO I UNDERSTAND RELIGIOUS EXTREMISM AND TERRORISM?
Abstract.
This article describes the concepts of religious extremism and terrorism, their
negative impact and dangers on society. It shows how extremist ideas can create violence and
hostility in society through misinterpretation of religion. The article also analyzes the broad
social complications of terrorism, religious extremism and effective methods of combating
terrorism, in particular, the role of education and enlightenment.
Keywords
: religious extremism, terrorism, drug business, separatism, democracy,
spirituality, faith.
1346
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Kirish
Zamonaviy dunyoda tinchlik va xavfsizlikni saqlash global jamiyatlar oldidagi eng
muhim vazifalardan biri sanaladi. Afsuski, bu jarayonni buzadigan va insoniyatni tashvishga
soladigan eng jiddiy tahdidlardan biri diniy ekstremizm va terrorizm hisoblanadi. Ushbu
fenomenlar nafaqat davlatlar va xalqlar, balki butun insoniyatning taraqqiyotiga salbiy taʼsir
koʻrsatmoqda. Men bu masalani chuqur anglagan holda, diniy ekstremizm va terrorizmni qanday
tushunishim haqida fikr yuritaman.
Diniy Ekstremizmning Mohiyati
Ekstremizm
– siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga
asoslanib faoliyat yuritish. Ekstremizmning siyosiy va diniy koʻrinishlari yaqqol ajralib turadi.
Zoʻrlik yoki zoʻrlik ishlatishga davat qilish. Siyosiy ekstremizm namoyandalari
oʻzlarining gʻarazli maqsadiga erishish uchun kuch ishlatish usullaridan foydalanib, mavjud
siyosiy tuzilmalarning barqaror faoliyat yuritishini buzish va yoʻqotishga harakat qiladi. Bu
yoʻlda ekstremistlar va ekstremistik tashkilotlar „demokratiya“ niqobi ostida balandparvoz
shiorlar, chaqiriqlar bilan chiqib, terrorchilik va partizanlik harakatlarini qoʻllab quvvatlaydilar,
qonunga rioya etmaslik, ish tashlashlar, tartibsizliklar chiqarishga urinadilar, odamlarni
gijgijlaydilar, terror qilish usulidan foydalanadilar Ekstremistik tashkilotlarning rahbarlari har
qanday murosa va kelishuvni rad etadilar. Oʻziga tobelarni oʻz buyruq va koʻrsatmalarini
koʻrkoʻrona bajarishga majbur etadilar. Siyosiy ekstremizmning millatchilik koʻrinishi turli
millat va etnik guruhlar huquqini inkor etishda namoyon boʻladi. Millatchi ekstremistlar faoliyati
separatizm
bilan bogʻliq boʻlib, koʻp millatli davlatlarni yoʻqotish, tub millat hukmronligini
oʻrnatishga qaratiladi. Bunday ekstremizm millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi va
xalqlar oʻrtasida mojarolar chiqishiga olib keladi.
Diniy ekstremizm bu diniy e’tiqodlarni noto‘g‘ri talqin qilish orqali jamiyatga zarar
yetkazishdir. Ekstremistlar o‘z maqsadlariga erishish uchun dinni zo‘ravonlikka asoslangan
tarzda tushuntirib, insonlar ongida noto‘g‘ri tasavvur shakllantiradi. Dinning tinchlik va mehr-
oqibat tamoyillarini chetga surib, undagi qoidalarni o‘zlarining ekstremistik maqsadlariga xizmat
qiladigan vositaga aylantirish, bu jarayonning asosiy xususiyatlaridan biridir.
Masalan, ko‘pgina diniy ekstremistik guruhlar o‘zlariga ma’qul kelmagan diniy yoki
dunyoviy qarashlarga ega insonlarni jazolash yoki ularni majburiy tartibda o‘z dinlariga
kiritishni maqsad qiladilar.
Bunda ular nafaqat diniy qadriyatlarni buzadi, balki inson huquqlariga qarshi chiqadilar.
Diniy ekstremizm jamiyatda adovat va nifoq urug‘ini sochib, tinch-totuv yashashga xavf
soladi.
1347
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Terrorizmning Ijtimoiy Asoratlari
Terrorizm — bu diniy ekstremizmning eng dahshatli va zararli shakllaridan biridir. U
jinoyat orqali diniy, siyosiy yoki ijtimoiy maqsadlarga erishishni ko‘zlaydi. Terrorizm insoniyat
tarixida ko‘plab begunoh odamlar hayotini olib ketdi, jamiyatlarda qo‘rquv va notinchlik
yaratdi. Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm toifalariga boʻlinadi.
Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qoʻllanadi. Terrorizm oʻrta
asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin oʻtgan asrning
oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari
rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini oʻldirish yoki oʻgʻirlash, elchixonalar, missiyalar,
xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish,
havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va hokazo).
Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar
ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi.
Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi.
Terrorchilar qoʻliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi,
electron
terrorchilik paydo
boʻldi.
Koʻp
hollarda
terrorizm
diniy
ekstremizm,
narkobiznes, separatizm bilan bogʻliqligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi.
Terrorizmning ijtimoiy asorati keng ko‘lamlidir. U nafaqat bevosita qurbonlarga zarar
keltiradi, balki jamiyatning rivojlanishiga, iqtisodiy holatiga va insonlar o‘rtasidagi o‘zaro
ishonchga ham salbiy taʼsir qiladi.
Mamlakatlarning siyosiy tizimlari va iqtisodiy holati, inson huquqlari va tinchlikparvarlik
ko‘rsatkichlari ham bundan jabr ko‘radi.
1348
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Terrorizmga qarshi kurashning huquqiy mexanizmlarini shakllantirish va zamonaviy
tahdidlarni oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-
sentyabrdagi qarori bilan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish
bo‘yicha idoralararo komissiya tashkil etildi. O‘zbekiston hukumati terrorizmga qarshi kurash
to‘g‘risidagi qonunlarni takomillashtirish bilan cheklanib qolmay, milliy strategiya va harakatlar
rejasi asosida muammoni tizimli bartaraf etishga harakat qilmoqda. 2017–2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar
strategiyasi muvofiq, shu bilan birga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish,
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi
kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, «2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi»dagi ustuvor yo‘nalishlar negizida
jumladan, aholi, ayniqsa yosh avlodda terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi qat’iy va
barqaror immunitetni shakllantirish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm,
terrorizm va ularni moliyalashtirishga qarshi kurash sohasida axborot hamda tajriba almashish
kabi muhim masalalar doirasida vazifalar belgilandi.
1349
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
0
5000
10000
15000
20000
25000
30000
2010
2015
2020
2023
Terrorostik hujumlar sonini 2010-yildan 2024-yilgacha bo`lgan
ko`rsatkichlari
O‘zbekiston va Diniy Ekstremizm
O‘zbekiston diniy ekstremizmga qarshi kurashda o‘zining aniq yondashuvlariga ega.
Mamlakatda diniy ekstremizmning oldini olish uchun ta'lim va ma'rifatni kuchaytirish,
yoshlarni to‘g‘ri diniy bilim bilan ta'minlashga alohida e'tibor berilmoqda. O‘zbekiston hukumati
diniy e'tiqodlarning tinch va izchil rivojlanishi uchun sharoit yaratmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali terrorizm va
ekstremizmga qarshi kurashda faol ishtirok etmoqda. Turli xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlikda diniy ekstremizmga qarshi dasturlar amalga oshirilmoqda. Bu dasturlar ijtimoiy
barqarorlikni ta'minlash va muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Ekstremizm va Terrorizmga Qarshi Kurashda Yondashuvlar
Ma'lumki, terrorizm va ekstremizm balolari nafaqat bugungi kunda, balki u mavjud
bo‘lgan barcha zamon va makonlarda insoniyat va jamiyat uchun tom ma'nodagi fojia bo‘lib
kelgan. Bugungi notinchliklar hukm surayotgan mintaqalarning deyarli barchasidagi barqaror
vaziyatni izdan chiqaruvchi omillari ham mazkur ikki narsadir. Bu atamalarga ko‘plab ta'riflar
berilgan bo‘lsa-da, ularning asl mazmun-mohiyati notinchlik va beqarorlikni keltirib chiqarish,
insonlar qalbiga qo‘rquv va vahima solish, ularni jismonan yo‘q qilish, zo‘ravonlik yo‘li bilan
hokimiyatga intilish kabi salbiy unsurlardan iboratdir. Ekstremizm va terrorizm birgalikda, bir
maslakka xizmat qiluvchi ikki unsur deb qaraladigan bo‘lsa, ekstremizm ko‘proq g‘oyaviy va
nazariy, terrorizm esa ko‘proq harakat jihatlariga mos keladi.
1350
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning eng samarali yo‘llaridan biri — bu taʼlim
va maʼrifatdir. Insonlar o‘z dinini to‘g‘ri tushunishi, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi va
boshqa e’tiqodlarga sabr-toqat ko‘rsatishi zarur. Diniy bilimlarning noto‘g‘ri tarqatilishi va
ekstremistlar tomonidan manipulyatsiya qilinishi oldini olish uchun davlat va jamiyat tomonidan
aniq choralar ko‘rilishi kerak.
Bundan tashqari, dinning tinchliksevar mohiyatini targ‘ib qilish ham muhimdir. Turli
dinlar va e’tiqodlar bir-birlarini to‘ldirishi, insoniyatni birdamlikka, tinchlikka yetaklashi
mumkin. Shuningdek, xalqaro hamkorlik va davlatlararo aloqalar bu kurashda muhim rol
o‘ynaydi. Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda mamlakatlar birlashishi va global miqyosda
harakat qilishlari zarur.
Xulosa
Diniy ekstremizm va terrorizm — zamonamizning eng katta xavf-xatarlaridan biridir.
Ular jamiyatni zaiflashtiradi, xalqaro hamkorlikka putur yetkazadi va tinchlik uchun
jiddiy tahdid tug‘diradi. Men bu tahdidlarni to‘g‘ri tushungan holda, jamiyatda diniy maʼrifatni
kengaytirish, odamlarni ekstremistik g‘oyalar taʼsiridan himoya qilish va har bir insonni
tinchlikka chorlashga ishonaman. Faqat shu yo‘l bilangina biz global xavfsizlik va farovonlikka
erishishimiz mumkin. Shu o‘rinda birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning quyidagi so‘zlarini
tilga olsak: “Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm
sursa, eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchikkka tashlab qo‘yilsa, o‘sha yerda ma’naviyat eng
ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha, qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-
idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi”. Bu
so‘zlarni ichida katta ma’no yotadi, biz-yoshlar har doim hushyor, sergak, kuchli iroda va
bilimimiz bilan bu jaholatni oldini olishga va Ona-Vatanimiz tinchligiga xavf solayotgan bu
tahdidlarga qarshi kurashmog‘imiz kerak. Bu jaholatga qarshi faqat jaholat bilan emas, balki
ezgulik tarafdori bo‘lgan mangu, yorug‘, nurli-kuchli bilim va sog‘lom tafakkurimiz bilan
kurashishimiz zarur.
Tavsiyalar
1. Diniy bilimlarni to‘g‘ri va keng qamrovda yetkazish.
2. Yoshlar o‘rtasida diniy ekstremizmning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini
kuchaytirish.
3. Global va milliy darajada hamkorlikni kuchaytirish.
4. Tinchlikparvar diniy yetakchilar va olimlarning targ‘ibotlarini qo‘llab-quvvatlash.
1351
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
REFERENCES
1.
Karimov, I. A. "Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda ta'limning roli." Toshkent,
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017.
2.
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari. /
Mualliflar jamoasi. – Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa
birlashmasi, 2013. – B. 246
3.
YUNESKO hisobotlari: "Ta'lim va tinchlikparvarlikni targ‘ib qilish." Parij, 2021.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi materiallari, 2023
.
5.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
6.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xalqaro_terrorizm
7.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Terrorizm
8.
https://kknews.uz/oz/112065.html
9.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Diniy_ekstremizm
10.
https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/terrorizm-haqida-nima-bilamiz
11.
http://www.muslim.uz – O‘zbekiston musulmonlari idorasi veb-sayti.
