Authors

  • Hulkar Boymuratova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.88951

Keywords:

Turkistonda jadidchilik mazlumalar

Abstract

Ushbu maqolada jadid adabiyoti davrida ayollarning tasvirlanishiga, xususan, Cho'lponning ayrim she'rlari orqali toʻxtalib oʻtilgan. Maqolada Cho'lponning tanlangan asarlari ichidagi "Cho'rilar uchun" bobidagi "Sharq qizi" she'ridagi tasvirlar "Kecha va kunduz" romani bilan qiyosiy tahlil metodi orqali tahlil qilingan.

background image


May, 2025-Yil

323

CHO'LPON IJODIDA AYOLLAR TASVIRI

Boymuratova Hulkar

TerDU magistranti

hulkarboymuratova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15428399

Annotatsiya.

Ushbu maqolada jadid adabiyoti davrida ayollarning tasvirlanishiga,

xususan, Cho'lponning ayrim she'rlari orqali toʻxtalib oʻtilgan. Maqolada Cho'lponning

tanlangan asarlari ichidagi "Cho'rilar uchun" bobidagi "Sharq qizi" she'ridagi tasvirlar "Kecha

va kunduz" romani bilan qiyosiy tahlil metodi orqali tahlil qilingan.

Kalit so'zlar

: Turkistonda jadidchilik, mazlumalar, "Sharq qizi" , dahshat, ayollar ohi

,dodi, hikoyalar, "Nonvoy qiz", "Qor qo'ynida lola".

Abstract.

This article focuses on the portrayal of women in modern literature,

particularly through some poems of Cholpon.In the article, the images in the poem "Sharq qizi"

in the chapter "Chorilar uchun" from Cholpon's selected works are analyzed using the method of

comparative analysis with the novel "Kecha va kunduz".

Keywords:

Jadidizm in Turkistan, the oppressed, "Sharq qizi", horror, women's "ohi,

dodi", stories , "Nonvoy qiz" , "Qor qoʻynida lola".

O'tgan asrning oʻrtalariga qadar sharqda , xususan, Turkistonda ayollarga nisbatan

qarash, ularning erki va ozodligi, ta'limi borasidagi fikrlar shunchaki xomxayol bo'lib kelgan

boʻlsa, keyinchalik Turkistonda yangicha fikrlovchilar-jadidlar: A.Qodiriy, H.H.Niyoziy,

A.S.Choʻlpon, A.Fitratlar ijodi orqali ayollarga munosabat oʻzgardi.Ayollarning tutqunlik

chodrasi "qish izdan kuzning " kirib kelishi qanchalik qoralanib kelingan boʻlsa (Chölpon

"Kecha va kunduz" ,"Qor qòynida lola" ) , aynan jadidlar tomonidan ayollarning erki, ularning

turmush sinovlari oldida erkaklardan qolishmasligi Hamzaning "Maysaraning ishi"da yaqqol

ko'zga tashlansa, ta'lim olishda, fikrlashidagi öziga xosligini A.Qodiriyning "O'tgan kunlar"da

Kumush, "Mehrobdan chayon"da Ra'no, oliyjanoblikda uncha- muncha erkaklardan

qolishmasligi A.Fitratning "Chin sevish" dramasida misolida körish mumkin böladi. Shuningdek

ma`rifatparvarlarimiz cheklanib qolgan ayollarimizning huquqlarini tiklab, millat kelajagi aynan

ayollarni savodli qilish ekanligini tushunib yetishgan.

1

Necha asrlar davomida o'zining erki

uchun kurasha olmagan ayollar ovoziga aylangan ijodkor -jadidlar asarlarida ayol tasviri

1

S.Yo`ldosheva .Jadidlar faoliyatida ayollarni savodli qilish


background image


May, 2025-Yil

324

asarlarga davr muhitini ochishga yordam berdi.Shunday ma`rifatparvar jadidchi Abdulhamid

Sulaymon o`g`li Cho`lpon bo`lib , o`zining ko`plan asarlari xoh epik , xoh lirik asarlari bo`lsin

ayollar tasvirini uchratishimiz mumkin.Cho`lponshunos olim Dilmurod Quronovning:

’’Cho`lpon o`zbek realistik prozasining shakllanish davrida samarali ijod qilib, uning

taraqqiyotiga sezilarli ulush qo`shgan san`atkordir.Adibning qutlig` nomi oqlanib, ijodiy merosi

chin egalariga qaytarila boshlagan dastlabki o`n yillar mobaynida ko`proq uning g`oyaviy

jihatlariga urg`u berib kelindi’’

2

. Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lponning Tanlangan asarlari

tarkibida "Cho'rilar uchun " bobi o'sha mazlumalar ohi, faryodi, ovozi edi. "Sovuq, g'amli

qoraqish"dan Zebi ham Sharofat ham chiqa olmagandi. "Sharq qizi"she'ridan joy olgan:

Ko'm -ko'k duxobadan ko'ylaklar kiymish

3

misralarida o'zbek xalqining an'anasiga ko'ra ko'k rang motam, aza rangiga urg'u

berilmoqda.

Har kimda bir shodlik, har kimda bir ruh,

Har kim kulib qarar emish dunyoga.

Ushbu misralarda shodlik bu ayollarga begona, yot edi.

Xatto, chol boboylar aytalarmish

Chiqib yursak edi yozgi havoga.

Umrining poyoni yetib qolganiga qaramay Abdulla Qahhorning iborasi bilan aytganda "

payg'ambar yoshidan o'tgan bir oyog'i yerda bir oyog'i go'rda

4

" (Dahshat hikoyasidan) bo'lgani

chol boboy yozdan umidvor biroq bu umiddan o'n sakkizga ham kirmagan qiz juvonlar

mahrumdirlar. Cho'lpon bu she'rini qahramon tilidan yozadi ya'ni uning qizning tilidan aytilgan

edi.

Menim uchun yorug' dunyo rohati,

To'rt devor ichida ko'zlar o'ynatmoq.

Shu o'rinda "Kecha va kunduz"da qishloqqa ketayotgan Zebiga Razzoq so'fining

"nomahramlarga ovozini eshitdirsa rozi emasman"

5

degan og'ir so'zlariga to'la qonli mos keladi.

O'z qobiliyatiga ega bölgan lekin davr taqazosi ila shirador ovozini eshittirmaslik uchun istihola

qilishga majbur bo'lgan. Quyidagi misralarga e'tibor qilsak:

Menim uchun ulug' shodlik soati,

Telba ko'kragimda "o'ylar" uyg'otmoq.

2

D.Quronov.Cho`lpon nasri poetikasi.2004 yil .2-bet

3

Cho`lpon .Tanlangan asarlar.Toshkent.1994 yil.24-bet

4

A.Qahhor. Dahshat hikoyasi

5

Cho`lpon. Kecha va Kunduz.Toshkent-2000. 19-bet


background image


May, 2025-Yil

325

Shunchaki xayol surish, tasavvur qilish ham bir olam quvonch baxsh etishi go'zal

misollarda tasvirlangan.

Butun tanim, jonim hayol uyasi

Ushbu misralarni o'qib turib" g'oyalar sharqda tug'ilib g'arbda amalga oshadi" degan

purma'no ibora hayolimizga kelsa ajab emas.

So'nggi bandda esa so'nggi umidi boricha hayqirgan chinqiriq singari:

Aytarlarkim, yozda har bir joni bor,

Erkin nafas olar, shodlanar, yayrar.

Aytmaylarkim, sharqda bog'liq xotinlar

Ul yorug' dunyoga na zamon kirar.

Ayollar ham hurriyatga, baxtga oshiqqan edi. Ammo bizning jaholat bu hurriyatni

ulardan tortib olgan edi. Buni quyidagi satrlarida ham uchratish mumkin.

Erkin boshqalardir, qamalgan menman,

Hayvon qatorida sanalgan menman.

Erksizlik hukmron bu sharoitda, shaxs erki, millat erki tushunchalari bilan dindoshlar erki

sharq erki masalalari ayollar erki qorishib ketgani rost edi. E'tibor tortadigan jihati shundaki

ushbu she'rlarning bari 20 -yillarda qolaversa, "Nonvoy qiz", "Qor qo'ynida lola" hikoyalari,

"Yorqinoy" dramasi ham shu yillar mahsuli. Ayni shu yıllarda yaratilgan asarlarida ayollarning

mungli, qayg'uli holati tasvirlangan. Xulosa qilib, Cho'lpon ijodida 20-yillar erksizlik, xususan,

ayollar erksizligi tasvirlari ko'plab uchratish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Cho`lpon .Tanlangan asarlari I jild -1994-yil

2.

Cho`lpon . Kecha va Kunduz .2000-yil

3.

A.Qahhor. Dahshat hikoyasi

4.

D.Quronov.Cho`lpon nasri poetikasi.2004

References

Cho`lpon .Tanlangan asarlari I jild -1994-yil

Cho`lpon . Kecha va Kunduz .2000-yil

A.Qahhor. Dahshat hikoyasi

D.Quronov.Cho`lpon nasri poetikasi.2004