Авторы

  • Моҳира Ачилова

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.20441

Ключевые слова:

книга

Аннотация

This article talks about interest in books in our country and its place and importance in our life. Reasonable opinion and reasoning are presented throughout the article.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

934

KITOB INSONNING KOMILLIKKA YETISHISHI UCHUN TUTGAN O’RNI

Achilova Mohira Hamidjon qizi

Toshkent Gumanitar fanlar

universiteti I-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7963168

Annotatsiya.

Mazkur maqolada mamlakatimizda kitobga qiziqish va uning hayotimizdagi

o’rni hamda ahamiyati haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr va mulohazakar
keltirilgan.

Kalit so’zlar:

kitob, komil inson, kutubxona, nashriyot, qog’oz, badiiy asar.

THE PLACE OF THE BOOK FOR THE PERFECTION OF A PERSON

Abstract.

This article talks about interest in books in our country and its place and

importance in our life. Reasonable opinion and reasoning are presented throughout the article.

Key words:

book, perfect person, library, publishing house, paper, work of art.

МЕСТО КНИГИ В СОВЕРШЕНСТВЕ ЧЕЛОВЕКА

Аннотация.

В данной статье говорится об интересе к книге в нашей стране и ее

месте и значении в нашей жизни. Обоснованное мнение и рассуждения представлены на
протяжении всей статьи.

Ключевые слова:

книга, совершенный человек, библиотека, издательство, бумага,

произведение искусства.


Yoshlarimizni kitobxonlikka bo’lgan qiziqishlarini yanada orttirishda, chuqurroq

yondashadigan bo’lsak ko’plab festivallar, kitobxonlik haftaligi, ijodkor yoshlar to’garaklari, besh
tashabbus doirasida ko’plab to’garaklar tashkil qilindi. Kitobxonlarimiz safini kengaytirishda
yoshlarimizga ko’plab imkoniyatlar yaratilib kelinyabdi. SHu o’rinda aytishimiz joizki Yangi
O’zbekistonning 2022-2026-yillarga mo’jallangan”Taraqqiyot strategiyasi”loyihasida nafaqat
yoshlarimizni balki butun xalqimizni “Kitobsevar millat’ loyihasi ham alohida maqsadga
aylangan. “Taraqqqiyot strategiyasi”ning 68-maqsadiga muvofiq: Aholiga axborot-kutubxona
xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda
“Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini ro’yobga chiqarish maqsadi qo’yildi. Hurmatli
Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoyev o’zining har bir gapirayotgan gaplarida,
yoshlarimizni o’qib izlanishlarida , ajdodlarimizdek komil inson bo’lib tarbiyalanishlarida,kitobga
qiziqishi ortishida,kitobning o’rni beqiyos ekanligi kitob o’qishlari haqida jon kuydirib chin
yurakdan aytganlarin ko’p marotaba eshityapmiz.
Kitobsiz taraqqiyotga
Yuksak ma’naviyatga erishib bo’lmaydi.
Kitob o’qimagan odamning ham
Millatning ham kelajagi yo’q.

Hurmatli Prezidentimizning ushbu gaplaridan kelib chiqib o’sib kelayotgan yosh avlodni

taraqqiyotga erishishida va ma’naviyatini boyitishda, komolotga erishishlarida qulay va ma’qul
yo’llarni izlab topmog’imiz lozim. SHu ma’noda aytishimiz mumkin insonlarni yaxshilikka
chaqirguvchi yomonlikdan qaytarguvchi bu ilmdur. Kitoblarni bizgacha yetib kelishi: Malumki
kitoblar yaratilgandan buyon insoniyat aql-zakovati,bilimi dunyoqarashini kamol topishiga asos
yaratadi. [1]


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

935

Kitob asosan bilim ma’naviyat va ma’rifat manbayi; insonni ulug’laydigan,unda

ma’naviyat va ma’rifat asoslarini shakillantiradigan,uni komil inson qilib tarbiyalaydigan kuch,u
dunyo va bu dunyoni bilimlar bilan tanitish manbayi.Biz o’zligimizni,dunyoni,olam va odam
muhitini Kitob orqali bilib olamiz. Kitoblar doimo ardoqlanib, e’zozlanib ,avloddan avlodga
zamonlardan zamonlarga o’tib saqlanib kelingan. Davrlar o’tib davlatlar, xalqlar yo’q bo’lib
ketavergan ,ammo kitoblar yashab qolavergan. Shuning uchun hayotimizda kitobning o’rni
beqiyosdir. Ajdodlarimizdan qolgan merosni asrab avaylaylik.

Shu o’rinda kitobning kelib chiqishi haqida tushunchalarimizni boyitib olaylik. [2] O’tgan

asrning o’rtalarida Dajla daryosining quyin-da avvalgi Assuriya mamlakatining poytaxti Nineviya
qal’asida arxeologik izlanishlar o’tkazilgan.Qazib tekshirish jarayonida izlanuvchilar 2600 yil
burn yashagan podsho Ashurbanipaldin katta “Kitobxonasini”topadilar. Kitobxonada 22000
qo’shilgan plitadan iborat,og’irligi bir necha kilogramm “Kitoblar” saqlangan.Birinchi kitoblar
bambuk taxtachalariga yozilgan ekan.Bizning eramizdan avvalgi V asrda yashagan Xitoy olimi
Mo Di sayoxatga chiqqanda Geyde kitoblarini uch aravaga yuklagan ekan.Loydan ishlangan yangi
bambuk plitkalarindagi yozma hujjatlar ayrim mamlakatlar orasida o’zaro amaliy va
diplomatikalik,hamjihatlik yurgizganda qulaysizlikka uchrayvergandan so’ng yengilroq yupqa
material kerak ekanligi kelib chiqqan.Qadimgi egipedliklar xat yozish uchun Nil daryosi yoqasida
ko’p o’sadigan qamishga o’xshagan o’simlik tayoqchadan foydalanganlar. Kitob nashriyoti
tarixinda ko’plab mamlakatlarda har hil usullardan foydalanganlar. Biroq qanday usulni o’ylab
topmasin ularning ichinda faqat bir odam-nemis xalqining atoqli olimi Iogann Guttenberg (1400-
1468) gina yaxshi natijaga erishgan.Guttenberg dastlab kichkina kitobchalar qog’ozlar bosib
chiqaradi.Dastlab “Taurat’ni uch yil davominda yaroqli qilib chiqargan.Ko’plab qarshiliklarga
qaramasdan,kitob bosmasi 1469-yili Niderlandiyada ,1470-yili Ispaniyada ,1476-yili
Polshada,1478-yilga kelib, CHexiyada paydo bo’ldi. Rossiyada esa XV-asrdagi mongol-totar
chopilishi oqibatlaridan so’ng kitob bosmasi bir necha yil qolib qo’yishiga sababchi bo’ldi.Yillar
o’tib 1553-yili Moskvada birinchi “Injil”(“Bibliya”) bosmadan kitob bo’lib bosilib chiqqan.Biroq
“Nomsiz” deb bu bosmaxona 12 yildan keyin o’t tegib yonib ketgan.1563-yili 19-aprelda Ivan
Fyo’dorov o’zining yordamchisi Petr Metislavets bilan yangi bosmaxona “Apostal” kitobini bosib
chiqaradi.Bu sana kitobda 1564-yil 1-mart kuni deb belgilandi. O’ylaymanki “Kitobsevar” yoshlar
ko’payishi uchun xuddi Ozod SHarafiddinov kitobni sevgani kabi sevishlarini xohlar edim. [3]
O’zbekiston Respublikasi Qahramoni,fan arbobi, atoqli adabiyotshunos olim va jamoat arbobi
,professor,munaqqid,mohir tarjimon va noshir Ozod SHarafiddinov hayot bo’lganlarida 90
bahorni qarshilagan bo’lar edi.

Ozod SHarafiddinov uch-uch yarim yashar nevarasiga “Hayot bilan hamnafas” kitobini

birinchi betiga “Nabiram Muzaffarga! Hozir podshosan ,lekin bora-bora odam bo’larsan,deb
buvang Ozod” degan dasxatni yozib uning qo’liga berdi.Bu bilan buvasi ota-ona farzandining
yoshligidanoq emin-erkin o’sishiga monelik qilmaslik bilan birga,asta-sekin qalbiga ezgulik,ya’ni
kitobga muhabbat,kitob bilan do’st bo’lish xislatlarini singdirish kerakligiga va ”bora-bora odam
bo’larsan”,deya biz, ota-onalar ma’suliyatiga ham ishora qilayotgan edi.

Ma’lumki Ozod SHarafiddinovning bebaho xazinalaridan bir u kishining kitoblari

edi.Kitobni jonu dildan sevgan domlaning kutubxonalarida SHarqva Garb badiiy
adabiyoti,adabiyotshunoslik,tarix falsafa san’at, madaniyat,bolalar adabiyoti,shaxmat va boshqa
ko’plab sohalarga oid kitoblar kitob javonlaridan o’rin olgan edi. “Kutubxona” uch seriyadan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

936

tashkil topgan bo’lib,64-jilddan iborat.Birinchi seriyada eng qadimgi zamonlardan boshlab to XIX
asrgacha yaratilgan noyob asarlarni o’z ichiga oldi.Birinchi seriyada o’zbek adabiyotidan Alisher
Navoiy hayotligida ko’chirilgan qo’lyozmadan olingan miniatyuralar kitobning husniga husn
qo’shgan.Hazrat Navoiy dostonlarining rus tiliga tarjimasi V.Derjavin,L.Pen’kavskiy,S.Lipkin
kabi mohir tarjimonlar tomonidan bajarilgan. Kutubxonada klassik SHarq adabiyotiga oid kitoblar
javonidan “Ming bir kecha”ning to’liq to’plamini ko’ramiz.Aynan shu javonda Boburning 1958-
yilda chop etilgan “Tanlangan asarlar” hamda M.Sal’e tarjimasida Fanlar akademiyasi tomonidan
chiqarilgan.Boburnomaning rus tilidagi nusxasi ham diqqatni o’ziga tortadi. SHuni alohida
ta’kidlash lozimki, kutubxonadagi ko’pgina kitoblar tahsinga loyiq bezaklar va illyustratsiyalarga
boy. Kutubxonadagi kitoblar turli yo’nalishda bo’lgani kabi atoqli shoir va noshir adabiyotshunos
olim Ozod SHarafiddinov ijodi ham serqirra bo’lgan deyishimiz mumkin.

Xullas izlanuvchan yoshlarimizga Ozod SHarafiddinov kutubxonalarini, kelajagimiz

yoshlarini o’qib bilim olishlarida komillikka yetishishlarida bir qurol qilib ko’rsatishimiz mumkin.
Kitob tarbiyalanib kelayotgan yoshlarimizni ta’lim sohasidagi faoliyatini samarali qiziqishiga va
bilimlarini boyitib mustahkamlashga yordam beradi.Yoshlarimizni ta’lim sohasidagi qiziqish va
bilimlarini mustahkamlashga balki komillik darajasiga yetishishlarida “Kitobsevar millat”bo’lib
yetishishida yordam berishi kerak.

REFERENCES

1.

Ma’naviyat asosiy tushunchalar lug’ati Q.Nazarov,O.Salimov,X.Sultonov,A.Abduvahitov va
b.Toshkent:”Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyot,2022.

2.

Китап дунъясынын маржанлары.Турдибай Оразов.Нокис: Билим. 2020-жил.

3.

Ozod SHarafiddinov zamondoshlar xotirasida.

4.

Sirojiddin.S,Umarali.N,SHaxnozaT. Toshkent “SHarq’, 2019-yil.


Библиографические ссылки

Ma’naviyat asosiy tushunchalar lug’ati Q.Nazarov,O.Salimov,X.Sultonov,A.Abduvahitov va b.Toshkent:”Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyot,2022.

Китап дунъясынын маржанлары.Турдибай Оразов.Нокис: Билим. 2020-жил.

Ozod SHarafiddinov zamondoshlar xotirasida.

Sirojiddin.S,Umarali.N,SHaxnozaT. Toshkent “SHarq’, 2019-yil.