Авторы

  • Фаррухбек Иброхимов
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

Биография автора

  • Фаррухбек Иброхимов , Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
    2-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.85258

Ключевые слова:

emotsional intellekt intellektual qobilyat hissiy aql akademik samaradorlik psixologik yondashuv kognitiv yondashuv motivatsiya ijtimoiy muhit.

Аннотация

Ushbu maqolada emotsional intellektning talabalarning o‘quv faoliyatiga ta’siri ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Emotsional intellekt shaxsning o‘z his-tuyg‘ularini anglash, boshqarish hamda boshqalarning emotsiyalarini tushunish qobiliyati sifatida ta’riflanadi va uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari EI yuqori bo‘lgan talabalar stressni boshqarish, akademik samaradorlik va ijtimoiy muhitga moslashish borasida ustunlikka ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Maqolada emotsional intellektning metodologik asoslari, psixologik va kognitiv yondashuvlari, shuningdek, EI rivojlantirish usullari tahlil qilingan.


background image

167

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

EMOTSIONAL INTELLEKTNING TALABALAR O‘QUV FAOLIYATIGA

TA’SIRI

Ibrohimov Farruhbek Farhod o‘g‘li

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 2-kurs magistranti


Annotatsiya:

Ushbu maqolada emotsional intellektning talabalarning o‘quv

faoliyatiga ta’siri ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Emotsional intellekt shaxsning o‘z
his-tuyg‘ularini anglash, boshqarish hamda boshqalarning emotsiyalarini tushunish
qobiliyati sifatida ta’riflanadi va uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati muhokama
qilinadi. Tadqiqot natijalari EI yuqori bo‘lgan talabalar stressni boshqarish, akademik
samaradorlik va ijtimoiy muhitga moslashish borasida ustunlikka ega ekanligini
ko‘rsatmoqda. Maqolada emotsional intellektning metodologik asoslari, psixologik
va kognitiv yondashuvlari, shuningdek, EI rivojlantirish usullari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

emotsional intellekt, intellektual qobilyat, hissiy aql, akademik

samaradorlik, psixologik yondashuv, kognitiv yondashuv, motivatsiya, ijtimoiy
muhit.

THE INFLUENCE OF EMOTIONAL INTELLIGENCE ON STUDENTS‘

ACADEMIC ACTIVITY


Annotation:

This article discusses the influence of emotional intelligence on

students’ academic performance from a scientific perspective. Emotional intelligence
is defined as a people ability to understand and manage their own emotions and
understand the emotions of others, and its importance in the educational process is
discussed. The results of the study show that students with high EI have an advantage
in stress management, academic performance, and adaptation to the social
environment. The article analyzes the methodological foundations of emotional
intelligence, psychological and cognitive approaches, as well as methods for
developing EI.

Keywords:

emotional intelligence, intellectual ability, emotional intelligence,

academic performance, psychological approach, cognitive approach, motivation,
social environment.


Zamonaviy ta’lim jarayonida nafaqat intellektual qobiliyatlar, balki emotsional

intellekt ham muhim omil sifatida qaralmoqda. Emotsional intellekt (EI) - bu


background image

168

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

shaxsning o‘z his-tuyg‘ularini anglash, boshqarish va boshqalarning emotsiyalarini
tushunish qobiliyati bo‘lib, u o‘quv jarayonining samaradorligiga bevosita ta’sir
qiladi.

Ma’lumki, emotsional intellekt shaxsning yuqori darajada rivojlangan oʻz

histuyg‘ularini va boshqa odamlarning his-tuygʻularini tushunish, ularni boshqarish
qobiliyati bo‘lib, uni tadqiq etish psixologiya fanida emotsional intellekt
muammosiga doir qator yangicha yondashuvlarni yuzaga keltirishi ehtimoldan holi
emas. Psixologik mazmunga ko‘ra, emotsional intellekt- bu boshqa odamlarning his-
tuyg‘ularini yengil tushunish yoki intellektual jarayonlarga asoslangan
emotsiyalarning asoslanishu hamdir. Insondagi emotsional ongning barcha tarkibiy
qismlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq boʻlib, ularning oʻzaro bog‘liqligi shaxslararo
munosabatlarning samarali kechishiga yordam beradi

20

[1,b-3].

Emotsional intellekt zamonaviy psixologiyada jadal rivojlanayotgan tadqiqot

sohalaridan biridir. Ushbu hodisaga ko‘plab tadqiqotchilar tamonidan taxlil qilingan.
Emotsional intellekt - bu hissiyotlarni anglash, boshqa odamlarning va ularning
shaxsiy maqsadlari, g‘ayratlari va istaklarini anglash qobiliyati, shuningdek amaliy
muammolarni hal qilish uchun ularning his-tuyg‘ulari va boshqa odamlarning his-
tuyg‘ularini boshqarishdir

21

[3,b-476].

O‘zining his-tuyg‘u larini boshqarmasdan, inson o‘z kasbiy faoliyatida va

shaxsiy hayotida muvaffaqiyatga erisha olmaydi, chunki umumiy muammolarni
muvaffaqiyatli hal qilish hissiyotlarni anglash va bilan bog‘liq. Aksariyat emotsional
vaziyatlarda aql-idrok bilan hukm qilinishi kerak bo‘lgan holatlar mavjud.
Emotsiyalarni boshqarish va nazorat qilish shaxsning muhim qobiliyatidir[3,494]. Bu
borada ko‘plab tadqiqodlar amalga oshirilgan masalan: A.K. Kravtsova hissiy aql va
jamoadagi etakchilik masalalarini ko‘rib chiqadi. T.I.Solodkova o‘qituvchilar ishida
emotsional intellektning resurs imkoniyatlarini tahlil qiladi, K.S. Kuznetsova, I. N.
Meshcheryakova va boshqalar turli yoshdagi odamlarda emotsional intellektning
dolzarb muammolarini o‘rganadilar. 1930-yillarning boshlarida L.S.Vigotskiy ham
ta’sirlarning o‘zi, ham hissiyotlarni yanada murakkab psixologik tizimlar bilsn
birlashtiruvchi aloqalar tartibi va aloqalarini o‘rganish muammosini aniqladi va u
ilmiy psixologiyaning asosiy vazifasi deb belgiladi. Hissiy holatlar va intellektning
birligi va o‘zaro bog‘liqligi haqidagi g‘oyalarni yana bir taniqli rus olimi

20

Karakulova U., Oʻsmirlarda deviant xulq-atvor shakllanishining psixologik oʻziga xosligi. Mеждународный научно-

образовательний электронный журнал «Oбразование и наука в ХХI века». 2021. 251.

21

Otamuratov R.U., O`rolov H., Rahimova S.., Kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari xalqaro ilmiy-texnik

konfrensiya materiallar to`plami. 2022., - 476


background image

169

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

A.N.Leontevning asarlarida kuzatish mumkin, u tafakkurni hissiy faoliyatdan
ajralgan xolda ko ‘rib chiqish mumkin emasligini va hissiyotlarning eng muhim
xususiyati ularning ichida ekanligini ta’kidladi

22

[4,b-379].

1.Emotsional intellekt tushunchasi birinchi marta Piter Salovey va Jon Mayer

tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, keyinchalik D.Goleman tomonidan kengroq
yoritilgan. Metodologik jihatdan EI quyidagi yo‘nalishlar orqali o‘rganiladi:

Psixologik yondashuv:

Emotsional intellekt shaxsiy xususiyat sifatida

o‘rganiladi va uning shaxsning umumiy qobiliyatlariga ta’siri tadqiq etiladi.

Kognitiv yondashuv:

EI insonning kognitiv rivojlanishi va qaror qabul qilish

jarayonlariga qanday ta’sir qilishini o‘rganadi.

Sotsial-psixologik yondashuv:

EI shaxslararo munosabatlar va ijtimoiy

muhitga bog‘liq holda tahlil qilinadi.

2. Emotsional intellekt bo‘yicha tadqiqotlar oxirgi yillarda emotsional

intellektning ta’lim tizimidagi ahamiyati bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib
borilgan. Quyidagi muhim natijalarga erishilgan:

Zeidner, Roberts va Matthews tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda EI yuqori

bo‘lgan talabalar stressni yaxshiroq boshqarishi va akademik muvaffaqiyatga
erishishda samaraliroq ekanligi aniqlangan.

Brackett va Salovey tadqiqotlari esa, EI yuqori bo‘lgan talabalar akademik

baholarini yaxshilashda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatgan.

Goleman esa emotsional intellektning akademik faoliyatdan tashqari, ijtimoiy

hayot va professional muvaffaqiyatda ham katta rol o‘ynashini ta’kidlagan.

3. Tadqiqot natijalari va ularning talabalarning o‘quv faoliyatiga ta’siri

yuqoridagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, EI o‘quv jarayonida quyidagi jihatlar orqali
muhim ta’sir ko‘rsatadi:

Akademik samaradorlik:

EI yuqori bo‘lgan talabalar darslarga yaxshiroq

moslashib, stress bilan kurashish qobiliyatiga ega bo‘ladilar.

Motivatsiya:

O‘z his-tuyg‘ularini anglay olgan talabalar o‘zlarini o‘quv

jarayoniga yaxshiroq moslashtiradilar va yuqori natijalarga erishadilar.

Ijtimoiy muhit:

EI yuqori bo‘lgan talabalar o‘qituvchilar va tengdoshlar bilan

samarali muloqot qila olishlari tufayli ijtimoiy muhitga tezroq moslashadilar.

22

Otamuratov R.U., Kasbiy tanlovlardagi xavotirlanishning psixologik xususiyatlari., ГЛОБАЛ ДУНЁДА

ПСИХОЛОГИЯ ФАНИ: НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТ, ЧАҚИРУВЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР Профессор Эргаш
Ғозиевич Ғозиев хотирасига бағишланган Республика илмий-амалий конференцияси материаллари 16 феврал
2022 йил 2022 y., - 379 b.


background image

170

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Emotsional intellekt tabiatini ochish boshqalarni tushunish madaniyatining

oshishiga xizmat qilishi tabiiydir.Chunki aqliy qobiliyat va emotsional qobiliyatlar
birbiri bilan chambarchas bog‘liqdir. Shaxsdagi emotsional kechinmalarning
o‘zgarishi albatta intellektual qobiliyatlarni ham o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Ko‘pchilik olimlar tomonidan ma’lum bir emotsiyalar insonlarning aqliy
qobiliyatlarini oshishiga yoki kamayishi ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Inson o‘z
emotsiyalarini boshqara olishi albatta uni jamiyatda uni o‘z o‘rnini topishida muhim
ahamiyat ksb etishi aniqlangan. Ayni vaqtda rahbarlarni tayyorlash davomida
zamonaviy rahbar modellarini inobatga olish ham emotsionla intellekt orqali amalga
oshirilib kelinmoqda, shu sababli ham rahbar, xodimlarini tushunishi va ularni
rag‘batlantirishi nechog‘li muhim ekanligi e’tiborga olish lozim

23

.

[2,b-135].

Agar bu borada yanada kengroq tadqiqotlar olib borilsa, unda emotsional

intellektni tipologik jihatdan tushunish, emotsional inrtellekt va yosh, emotsional
intellekt va kasb, boshqaruvda emotsional intellekt va uning roli, shaxs emotsional
intellektining tipologik jihatlari o‘ziga xos yechim topishi ehtimoldan xoli emas.

4. Emotsional intellektni rivojlantirish usullari

Talabalarning o‘quv jarayonidagi muvaffaqiyatlarini oshirish uchun emotsional

intellektni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Quyidagi usullar EI rivojiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi:

O‘z-o‘zini anglash mashqlari

– talabalar o‘z his-tuyg‘ularini yozib borish yoki

fikr yuritish orqali o‘zlarini yaxshiroq anglashlari mumkin.

Empatiya va ijtimoiy muloqotni rivojlantirish

– talabalar guruhlarda ishlash,

bahs-munozaralarda qatnashish orqali boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunishni
o‘rganadilar.

Stressni boshqarish texnikalari

– meditatsiya, nafas olish mashqlari va

mindfulness usullari orqali talabalar stress bilan samarali kurasha oladilar.

O‘zini motivatsiya qilish

– talabalar o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yish va

ularni kichik bosqichlar orqali amalga oshirishga o‘rganishlari zarur.

5. Emotsional intellektning talabalarning psixologik holatiga ta’siri

Emotsional intellekt nafaqat akademik muvaffaqiyat, balki talabalar ruhiy

salomatligi bilan ham bog‘liq. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, EI yuqori bo‘lgan
talabalar:

Depressiya va tashvish darajasi past bo‘ladi

– o‘z his-tuyg‘ularini boshqara

oladigan talabalar ruhiy bosimni yengilroq qabul qiladilar.

23

Murotmusaev K.B., Rizaeva Sh., Yuldashev Sh.E.., Leadership As an Effective Means in Management Activities.,

Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences., 2022 y 135 p.


background image

171

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Qiyinchiliklarga chidamli bo‘ladi

– hayotdagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishda

kuchli EI talabaga moslashuvchanlik va ijobiy fikrlashni shakllantirishga yordam
beradi.

O‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi

– EI yaxshi rivojlangan talabalar o‘zining

kuchli va zaif tomonlarini anglab, o‘zlariga nisbatan ishonchli bo‘ladilar.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki,

emotsional intellekt talabalarning akademik faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. EI
yuqori bo‘lgan talabalar stressni yaxshiroq boshqaradi, motivatsiya darajasi yuqori
bo‘lib, o‘quv jarayonida faol ishtirok etadilar. Shuningdek, emotsional intellekt
ijtimoiy moslashuvchanlik va shaxsiy rivojlanish uchun ham muhim omil
hisoblanadi. Tadqiqotlar EI rivojlangan talabalarning baholari yuqoriligi va o‘z
kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqori ekanligini tasdiqlaydi.

Bundan tashqari, EI nafaqat individual o‘quv natijalariga, balki guruhdagi

jamoaviy ish faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. EI rivojlangan talabalar hamkorlikda
ishlash, nizolarni hal qilish va yetakchilik qobiliyatlarini namoyon qilishda yaxshiroq
natijalarga erishadilar. Ushbu holat ularning kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyati uchun
mustahkam poydevor yaratadi.

Kelgusidagi tadqiqotlar EI tipologik jihatlari, yosh va kasb bilan bog‘liqligi,

shuningdek, ta’lim jarayonida uni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini chuqurroq
o‘rganishga yo‘naltirilishi lozim. Shu bilan birga, EI rivojlantirishga yo‘naltirilgan
psixologik treninglar va pedagogik metodikalarni ishlab chiqish ta’lim jarayonining
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1.

Karakulova U., Oʻsmirlarda deviant xulq-atvor shakllanishining

psixologik oʻziga xosligi. Mеждународный научно-образовательний электронный
журнал «Oбразование и наука в ХХI века». 2021. 251.

2.

Murotmusaev K.B., Rizaeva Sh., Yuldashev Sh.E.., Leadership As an

Effective Means in Management Activities., Eurasian Journal of Humanities and
Social Sciences., 2022 y 135 p.

3.

Otamuratov R.U., O‘rolov H., Rahimova S.., Kompyuter ilmlari va

muhandislik texnologiyalari xalqaro ilmiy-texnik konfrensiya materiallar to`plami.
2022., - 476

4.

Otamuratov R.U., Kasbiy tanlovlardagi xavotirlanishning psixologik

xususiyatlari., ГЛОБАЛ ДУНЁДА ПСИХОЛОГИЯ ФАНИ: НАЗАРИЯ ВА
АМАЛИЁТ, ЧАҚИРУВЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР Профессор Эргаш Ғозиевич
Ғозиев хотирасига бағишланган Республика илмий-амалий конференцияси
материаллари 16 феврал 2022 йил 2022 y., - 379 b.

Библиографические ссылки

Karakulova U., Oʻsmirlarda deviant xulq-atvor shakllanishining psixologik oʻziga xosligi. Mеждународный научно-образовательний электронный журнал «Oбразование и наука в ХХI века». 2021. 251.

Murotmusaev K.B., Rizaeva Sh., Yuldashev Sh.E.., Leadership As an Effective Means in Management Activities., Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences., 2022 y 135 p.

Otamuratov R.U., O‘rolov H., Rahimova S.., Kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari xalqaro ilmiy-texnik konfrensiya materiallar to`plami. 2022., - 476

Otamuratov R.U., Kasbiy tanlovlardagi xavotirlanishning psixologik xususiyatlari., ГЛОБАЛ ДУНЁДА ПСИХОЛОГИЯ ФАНИ: НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТ, ЧАҚИРУВЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР Профессор Эргаш Ғозиевич Ғозиев хотирасига бағишланган Республика илмий-амалий конференцияси материаллари 16 феврал 2022 йил 2022 y., - 379 b.