Авторы

  • Najmiddin Usmonaliyev
    O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Tergov faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi
  • Behro’z Baxriddinov
    O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 327-guruh kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.112899

Ключевые слова:

So’roq qilish tergov harakati guvoh jabrlanuvchi huquqlari majburiyatlari yo’naltiruvchi savol.

Аннотация

Ushbu maqola yoki tadqiqot materiali jinoyat ishlari bo‘yicha jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan. Maqsad — so‘roq usullarini takomillashtirish orqali voqea haqida to‘g‘ri va aniq ma’lumotlarni olishni ta’minlash, jabrlanuvchi va guvohlarning huquqlarini himoya qilish va ularning psixologik holatini inobatga olishdir. Maqolada zamonaviy psixologiya va huquqiy tamoyillarga asoslangan effektiv so‘roq metodlari, so‘roqchilarning malakasi, shuningdek, etik va huquqiy jihatlar tahlil qilinadi. Bu usullar jinoyatlarning aniq va tezkor yechimiga xizmat qiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

103

JABRLANUVCHI VA GUVOHNI SO‘ROQ QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Usmonaliyev Najmiddin Qo’shboq o’g’li

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

“Tergov faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi

Baxriddinov Behro’z Dilxirojovich

O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

3-bosqich 327-guruh kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15720896

Anotatsiya:

Ushbu maqola yoki tadqiqot materiali jinoyat ishlari bo‘yicha jabrlanuvchi va guvohlarni

so‘roq qilish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan. Maqsad — so‘roq usullarini
takomillashtirish orqali voqea haqida to‘g‘ri va aniq ma’lumotlarni olishni ta’minlash,
jabrlanuvchi va guvohlarning huquqlarini himoya qilish va ularning psixologik holatini
inobatga olishdir. Maqolada zamonaviy psixologiya va huquqiy tamoyillarga asoslangan
effektiv so‘roq metodlari, so‘roqchilarning malakasi, shuningdek, etik va huquqiy jihatlar tahlil
qilinadi. Bu usullar jinoyatlarning aniq va tezkor yechimiga xizmat qiladi.

Kalit so’zlar

So’roq qilish, tergov harakati, guvoh, jabrlanuvchi, huquqlari, majburiyatlari,

yo’naltiruvchi savol.


Guvohning jinoyat protsessidagi o‘rnini yoritish maqsadida biz jinoyat protsessida

ishtirok etuvchi sub'yektning tushunchasini va uning doirasiga kiruvchi shaxslarni ko‘rib
chiqish maqsadlarida ularning guvohdan bo‘lgan farqi bo‘yicha ko‘rib chiqish uslubini
qo‘lladik

1

.

Jinoyat protsessining subektlari har xil tashqi belgilar bo‘yicha tasniflanishi mumkin.

Shunga asosan jinoyat protsessining quyidagi sub'yekt guruhlarini ajratish mumkin:

1. Jinoyat ishini yuritishga ma’sul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar- sud,

sudya, prokuror, tergovchi, tergov bo‘limining boshlig‘i, tergovchilar rahbari, guruh a’zolari
bo‘lgan tergovchilar, sud majlisining kotibi;

2. Jinoyat protsessida o‘z manfaatlarini himoya qiladigan shaxslar- gumon qilinuvchi,

ayblanuvchi, sudlanuvchi, mahkum, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar;

3. Ularning himoyachilari hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi,

jabrlanuvchining qonuniy vakillari va jvbrlvnuvchi, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy
javobgarning vakillari

2

;

4. Jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi jamoat birlashmalari, jamoalar va ularning

vakillari;

5. Dastlabki tergov va sudda jinoyat ishini yurituvchi sohasiga isbotlash jarayoni sababli

jalb etilgan shaxslar- guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, holislar va boshqalar;

1

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки // “Адвокатлик фаолияти: назария

ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги
Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.

2

Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда жамоатчилик ёрдамидан

фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини
такомиллаштириш масалалари»: республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

104

6. Ko‘maklashuv vazifalarini bajaruvchi shaxslar- tarjimonlar, sud majlisining kotibi,

kafillik bergan shaxs, garovga qo‘yuvchi va boshqalar.

Shaxs jinoyat-protsessual munosabatlarda amalga oshiriladigan huquq va majburiyatlar

egasi bo‘lmasa uni jinoyat protsessi sub'yekti sifatida tan olish qiyin. Masalan, agarda
jinoyatdan zarar ko‘rgan shaxs protsesda tergovchi tomonidan jabrlanuvchi sifatida tan
olingan bo‘lmasa, u xolda uni jinoyat protsessining sub'yekti sifatida tegishli huquqiy
munosabatlarda ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmagan shaxs deb tan olish mumkin bo‘ladi

3

.

Guvoh va jabrlanuvchilarni so‘roq qilishning umumiy qoidalari ham barcha protsess

ishtirokchilarini singari so‘roq qilish uchun umumiy bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi JPKning
96-108-moddalarida keltirilgan. Biz so‘roq qilishning umumiy qoidalari deb nomlangan
JPKning 10-bobini taxlil qilib chiqamiz.

JPKning 96-moddasiga muvofiq, ya’ni so‘roq qilish joyi. So‘roq qilish joyi sifatida ushbu

moddada surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazilayotgan joy, so‘roq qilinuvchi qayerda bo‘lsa,
o‘sha joy, sud esa sud majlisi o‘tkazilayotgan joy ko‘rsatilgan. Biz bilamizki surishtiruv va
dastlabki tergov odatda IIB lardagi surishtiruvchi yoki tergovchining xonasida o‘tkaziladi.
Bizni O‘zbekiston amaliyotida so‘roq qilish joyi sifatida ko‘proq anashu joylar tanlanadi. Agar
alohida hollarda, ya’ni guvoh yoki jabrlanuvchi surishtiruv yoki dastlabki tergov
o‘tkazilayotgan joyga kelish imkoniyati yo‘q nogiron bo‘lsa, kasal bo‘lsa yoxud tabiiy sharoit
shuni taqazo etasa va boshqa shunga o‘xshash holatlarda surishtiruvchi yoki tergovchining
o‘zi so‘roq qilinuvchi qayerda bo‘lsa o‘sha joyga borib so‘roq qilib kelishi mumkin

4

.

JPKning 97-moddasida so‘roq qilish uchun chaqiruv tartibi keltirilgan. Unga ko‘ra guvoh

va jabrlanuvchi surishtiruvga, tergovga, prokurorga va sudga chaqiruv qog‘ozi bilan
chaqirtiriladi. Chaqiruv qog‘ozi pochta orqali jo‘natiladi yoki chopar orqali topshiriladi.
Chaqiruv qog‘ozi telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan yoki telefaks orqali ham
bo‘lishi mumkin.

Chaqiruv qog‘ozida shaxs kim sifatida, qayerga, kimning huzuriga nima maqsadda, vaqti,

shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar ro‘y berishi
ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Bu tartib qoida bo‘yicha bir qancha muammolarga duch kelishimiz mumkin, masalan

guvoh yoki jabrlanuvchi o‘z yashash joyidan yumushlari bilan boshqa jayga ketgan. Biz uni
yashash joyiga chaqiruv qog‘ozi jo‘natadigan bo‘lsak u bundan behabar qolib ketishi mumkin.
Hozirgi fan-texnika asrida bizga guvoh yoki jabrlanuvchilarni chaqirishimiz uchun boshqa
bundanda osonroq usullari ham mavjud. Telefon hozirda insonlarni uzog‘ini yaqin, og‘zaki
ravishda bitiriladigan ishlarini hal etish uchun eng samarali qurilmadir. Agar biz so‘roq
qilinuvchi guvoh yoki jabrlanuvchilarni telefon orqali chaqiradigan bo‘lsak ortiqcha vaqt va
sarf xarajatlardan yutgan bo‘lar edik. Biz uni telefon orqali chaqirganligimizni esa telefonda
yozib olish orqali rasmiylashtirib qo‘yar edik. Yana bir muammo uzrsiz sabablarga ko‘ra deb
ko‘rsatilgan, lekin qanday sabablar uzrli ekanligi aniq ko‘rsatilmagan. Bu esa guvoh yoki
jabrlanuvchilarda har xil vajlar keltirishiga sabab bo‘ladi.

3

Ш.С.Агоев., Ташев У. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-протсессуал

қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.

4

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала

қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар”
Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

105

Shaxs jabrlanuvchi sifatida uning hoxishiga qaramasdan tan olinadi, agarda sodir etilgan

jinoyat natijasida unga bevosita zarar yetkazilgan bo‘lsa. Shaxs jabrlanuvchi sifatida iltimosiga
ko‘ra yoki dastlabki tergov olib borayotgan shaxslar tomonidan tan olinadi

5

.

Jabrlanuvchi sifatida tan olinishi uchun quyidagi asoslar mavjud bo‘lishi shart:
- Jinoyat voqeasi bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar voqelikdagi faktik ma’lumotlar

bilan mutanosib bo‘lishi lozim;

- Keyinchalik esa dastlabki tergov jarayonida ushbu jinoyat natijasida bu shaxsga zarar

yetkazilganligi, uning miqdori voqelikdagi mavjud bo‘lgan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak.

- Jinoiy xarakatlar va ularning asosida yuzaga kelgan natijalar o‘rtasida sabab-oqibat

bog‘lanishi mavjud bo‘lishi lozim.

Birinchi asosni aniqlashtirish shaxsni jabrlanuvchi sifatida tan olishi uchun eng muhim

ma’lumot hisoblanadi, boshqalari esa dastlabki tergov davomida aniqlashtiriladi.

JPKning 54-moddasida jabrlanuvchi jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning

ijtimoiy xavfli qilmishi shaxsga ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash
uchun dalillarbo‘lgan taqdirda, bunday shaxs jabrlanuvchi deb e’tirof etiladi.

Jabrlanuvchi deb e’tirof etish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror sud

esa ajrim chiqaradi.

Jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb

e’tirof etilgan shaxs bo‘lsa, ishda u bilan birgalikda yoki uning o‘rniga qonuniy vakil ishtirok
etadi.

JPKning 55-moddasida jabrlanuvchining huquq va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Jabrlanuvchi uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan taqdirda O‘z.Res. JPKning 261-264-

moddalarida nazarda tutilgan tartibda majburiy olib kelinishi mumkin.

Jabrlanuvchi ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik yoki bila turib yolg‘on ko‘rsatuv

berganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan muayyan holatlarni biladigan shaxs guvoh

tariqasida so‘roq qilinishi mumkin. Agar guvoh ko‘rsatuvlar berishni istasa, u keyinchalik
mazkur ko‘rsatuvlardan bosh tortgan holda ham ulardan dalillar sifatida foydalanilishi
mumkinligi haqida ogohlantirilishi lozim.

Jinoyat protsessining ushbu ishtirokchsi: So‘roq qilinayotgan tilni bilmasa yoki yetarli

darajada bilmasa, o‘z ona tilida ko‘rsatuvlar berishi va bu holda tarjimon xizmatidan
foydalanish, uning so‘roq qilinishida ishtirok etuvchi tarjimonni rad qilish, ko‘rsatuvlarni o‘z
qo‘li bilan yozib berish, o‘ziga qarshi ko‘rsatuv bermaslik, so‘roq bayonnomasi bilan tanishish,
unga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, ko‘rsatuvlar berishda yozma belgilar va
hujjatlardan foydalanish, o‘z manfatlarini himoya qilish uchun surishtiruvchining,
tergovchining prokurorning va sudning xarakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar
keltirish huquqiga ega.

Guvoh: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror vasudning chaqiruviga binoan xozir bo‘lishi,

ish bo‘yicha o‘ziga ma’lum bo‘lgan hamma narsa haqida xaqqoniy so‘zlab berishi, berilgan
savollaraga javob qaytarishi, ish bo‘yicha o‘ziga ma’lum bo‘lgan xolatlarni so‘roq qiluvchining
ruxsatisiz oshkor etmasligi, ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi va
jabrlanuvchining boshqa majburiyatlari bilan bir hil majburiyatlarga ega.

5

Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.: Ўзбекистон Республикаси

ИИВ Академияси, 2012. Б.24


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

106

Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilish tartibi JPKning 114-moddasiga ko‘ra guvoh va

jabrlanuvchini so‘roq qilish uchun JPKning 96-108-moddalarida nazarda tutilgan umuiy
qoidalarga, shuningdek JPKning 12-bobining quyidagi moddalariga amal qilgan holda olib
borladi.

Mazkur moddani JPKning sharhlaridagi tahlili shundan iboratki, uning tartibini bilish

uchun JPKning 96-108-moddalari sharhlariga hamda JPKning 115-121-moddalarining
sharhiga qarab, shu qoidalarga rioya etishi lozim. JPKning 115-121-moddalariga asosan
mazkur bobda ularning qoidalari keltiriladi.

Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida so‘roq qilinishi mumkin bo‘lmagan shahslar JPKning

115-moddasiga ko‘ra guvoh va jabrlanuvchi sifatida:

1) Xukm va ajrim chiqarish jarayonida kelib chiqqan masala larni maslaxathonada

muxokama qilishga oid xolatlar to‘g‘risida- sudyani va xalq maslaxatchisini;

2) Jinoyat ishi yuzasidan o‘z vazifalarini bajarishlari natijasida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan

holatlar to‘g‘risida- himoyachini, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy davogarning,
fuqaroviy javobgarning vakilini;

3) Ruxiy va jimoniy nuqsoni sababli ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatni to‘g‘ri idrok

etish va bu haqida ko‘rsatuv bera olish layoqatiga ega bo‘lmagan shaxsni so‘roq qilish mumkin
emas.

4) Mazkur moddaning sharhi shundan iboratki, uning talabi sudya va xalq maslaxatchisi

xukm va ajrim chiqarish jarayonida kelib chiqqan barcha maslaxatlarni va savollarni
maslaxatxonada muxokama qilishlarini o‘zlari tomonidan biron bir shaxsga ma’lum qilishlari
taqiqlanadi, shunga asosan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudyaga ham na sudya na
xalq maslaxatchisi bu to‘g‘risida ma’lumotlarni guvoh tariqasida berishdan ozod etiladi.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining himoyachisi jinoyat ishi bo‘yicha unga

ma’lum bo‘lgan xolatlar bo‘yicha surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudga guvoh
tariqasida bu ma’lumotlar berishdan ozod etilgan. Agar himoyachini guvoh tariqasida bu
masalalar bilan so‘roq qilish talab qilingan xolda ham himoyachi bunday talablarni
bajarmaslik va bu talabga rioya qilmaslik huquqiga ega.

Jabrlanuvchining, fuqaroviy davogarning, fuqarofiy javobgarning vakili xam jinoyat ishi

bo‘yicha unga ma’lum bo‘lgan xolatlar bo‘yicha guvoh tariqasida ma’lumotlar berishdan ozod
etilgan.

Shaxsni ruxiy yoki jismoniy nuqsoni sababli ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatni to‘g‘ri

idrok etish va bu haqida ko‘rsatuv bera olish layoqatiga ega bo‘lmagan shaxs deb tan olish
uchun tegishli sud-tibbiyot, sud-psixatrik ekspertizasining xulosasi bo‘lishi lozim.

So‘roqni o‘tkazuvchi uni o‘tkazish bosqichlarining quyidagi talablariga amal qilishi

kerak:

a) so‘roqqa tayyorgarlik ko‘rish;
b) so‘roq qilinuvchiga uning huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
v) so‘roq qilinuvchining bevosita huquq va majburiyatlarini ta’minlash;
g) so‘roq jarayoni va natijalarini qayd qilish.
Agar biron bir bosqich so‘roqni o‘tkazish davrida bajarilmay qolgan bo‘lsa, so‘roq

qilinuvchining protsessal huquq va qonuniy manfatlari cheklanganligidan darak beradi.
Bunday holda olingan ma’lumotlarni dalil sifatida tan olinmasligiga olib keladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

107

Guvoh va jvbrlvnuvchi tariqasida faqat o‘z roziligi bilan so‘roq qilinishi mumkin bo‘lgan

shaxslar JPKning 116-moddasiga binoan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining,
sudlanuvchining yaqin qarindoshlari gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga taaluqli holatlar
haqida guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat o‘zlarining roziliklari bilan so‘roq qilinishlari
mumkin

6

.

Ushbu moddaning JPKning sharhlarida berilgan tahlili shundan iboratki, gumon

qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari sifatida.

Agar yuqorida qayd etilgan shaxslarning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud

ularning roziligisiz so‘roq qilgan holda bergan ko‘rsatuvlari hech qanday huquqiy ahamiyatga
ega bo‘lmaydi.

Guvoh sifatida jinoyatni bartaraf etishda qatnashgan huquqni muxofaza qiluvchi

xodimlar ham so‘roq qilinishi mumkin. Talon-tarojni aniqlagan moliya xodimi ham so‘roq
qilinishi mumkinligi sababli ular tomonidan ushbu jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi va ular tegishli
hujjatlarini aniqlashda ishtirok etishganligi uchun aynan shu xujjatlarning mazmuni bo‘yicha
bu shaxslar guvoh sifatida ko‘rsatuv berishlari kerak.

Tergov olib borilayotgan joyda yoki sudda bo‘lgan guvoh yoki jabrlanuvchi ko‘rsatuv

berishga xoxish bildirsa, ular qoida tariqisida o‘sha kunning o‘zida yoki keyingi kundan
kechiktirilmay so‘roq qilinishi kerak. Guvoh yoki jabrlanuvchining ko‘rsatuv berishga xoxishi
to‘g‘risidagi xabar tergovchiga yoki sudga pochta orqali kelsa, unga so‘roq o‘tkaziladigan joy
va vaqti darhol xabar qilinadi va u kelishi bilanoq so‘roq qilinadi. Guvoh yoki jabrlanuvchining
so‘roq qilish joyiga yetib kelish vaqtini surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud belgilashlari
hamda ularning imkoniyatlarini hisobga olishlari lozim. Guvoh yoki jabrlanuvchining
iltimosiga ko‘ra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ularni so‘roq qilmasa. U holda bu
guvoh yoki jabrlanuvchi surishtiruv organiga, tergov organi boshlig‘iga, prokurorga yoki
yuqori turuvchi sudga shikoyat bilan murojat qilish huquqiga egadir.

Guvoh yoki jabrlanuvchining so‘roq qilmaslik to‘g‘risidagi shikoyati 24 soat ichida

ko‘rilib, ijobiy xal etilishi kerak, ya’ni tegishli surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ularni
so‘roq qilishga majbur.

Guvohlar tergov qilinayotgan voqea qanday rivojlanganini kuzatgan shohidlarga va turli

holatlar (masalan, jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish, yashirinib yurgan jinoyatchi
turgan joy) to‘g‘risida nimalarnidir biladigan guvohlarga bo‘linadi. So‘roqning boshida
tergovchi guvoh bilan psixologik aloqa o‘rnatishga harakat qilishi, unga xayrixohlik va hurmat
bilan munosabatda bo‘lishi lozim.

Muhim ma’lumotlarni xabar qilishdan bo‘yin tovlayotgan, yolg‘on ko‘rsatuvlar

berayotgan vijdonsiz guvohni so‘roq qilayotganda mazkur pozitsiya motivlarini aniqlash va
bartaraf etish muhimdir. So‘roq qilinuvchi shaxsining ijobiy jihatlariga, uning fuqarolik
burchiga murojaat etish samara berishi mumkin. Bunday guvohni so‘roq qilish taktik usullari
qatoriga ko‘rsatuvlarni mufassallashtirish, shuningdek ko‘rsatuvlardagi ichki ziddiyatlarni,
ularning qo‘lga kiritilgan boshqa dalillar bilan mos kelmaydigan jihatlarini aniqlash kiradi

7

.

6

Ш.Ш.Суюнов. Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг жиноят содир этган

шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва
психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси.

7

Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик жиноятларни тергов қилишнинг

ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 31-35.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

108

Savollar va javoblar bosqichida olingan ma’lumotlar qayd etilgandan keyin so‘roq

qilinuvchiga aniqlangan ziddiyatlar namoyish etiladi, ularning sabablarini tushuntirish taklif
qilinadi. O‘o‘shimcha, nazorat, fosh qiluvchi savollarni qo‘yishda so‘roq sur’atini
jadallashtirish vaqt taqchilligini yuzaga keltiradi va so‘roq qilinuvchiga o‘z ko‘rsatuvlarida
mavjud ziddiyatlarning maqbul izohini topishga imkon bermaydi, bu uni tashvishga soladi,
oldindan tayyorlangan yolg‘on ko‘rsatuvlarni xabar qilishga o‘z e’tiborini jamlashga halaqit
beradi

8

.

Guvohlar va jabrlanuvchilarni so‘roq qilishda vijdonan yanglishishga chek qo‘yish,

unutilgan faktlar va holatlarni eslashga yordam berish taktik usullarini qo‘llash ayniqsa
muhimdir. Bunda ba’zan so‘roq qilinuvchining idrok etish qobiliyati va sub'yektiv
imkoniyatlari (qulog‘i og‘irlik, shabko‘rlik va sh.k.)ni aniqlash ko‘maklashadi. Unutilgan
faktlar va holatlarni eslashga so‘roqning qulay muhiti, tergovchining xayrixohligi va
xushmuomalaligi imkoniyat yaratadi.

Idrok etilgan faktlar va voqealar xotiraga bir-biri bilan, shuningdek ulardan oldingi va

keyingi taassurotlar bilan bog‘liq holda o‘rnashadi. Bunda taassurotlar yoki kechinmalarni
eslash xotirada tergov qilinayotgan jinoyat voqeasi tafsilotlarini jonlantirishi mumkin.

Yanglishishga yo‘l qo‘ymaslik, so‘roq qilinuvchiga muhim faktlarni eslashga yordam

berish unga dalillarni ko‘rsatish, ilgari olingan ko‘rsatuvlarni o‘qib eshittirish, boshqa shaxslar
bilan o‘tkazilgan so‘roqlarning fonogrammalari va videoyozuvlarini qo‘yish berish,
yuzlashtirishlar o‘tkazish yo‘li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda so‘roq
qilinuvchiga ashyoviy dalillar, turli hujjatlar ko‘rsatilishi, hodisa sodir bo‘lgan joy
sharoitlarining videoyozuvlari namoyish etilishi, gumon qilinuvchilarni tanib olish uchun
ko‘rsatish o‘tkazilishi mumkin.

Jabrlanuvchilarni so‘roq qilish taktikasi xususiyatlari birinchi navbatda ularning

ko‘rsatuvlarini shaklantirish xususiyati bilan bog‘liq. Jabrlanuvchi so‘roq qilish sub'yekti
sifatida ushbu tergov harakatini o‘tkazish jarayonida alohida o‘rin egallaydi. Jabrlanuvchining
ushbu holati unga nisbatan sodir etilgan jinoyat va uning oqibatlari keltirib chiqargan
jismoniy azob-uqubatlar va ruhiy iztiroblar bilan belgilanadi. Jabrlanuvchi his qilayotgan
qo‘rquv, og‘riq, stress, ruhiyatga shikast etkazuvchi vaziyatdan tezroq chiqish istagi,
jinoyatchining hujumini qaytarishga urinishlar bilan belgilangan kuchli ruhiy hayajonlanish
holati, qattiq iztiroblar jabrlanuvchining o‘ziga xos ruhiy holatini yuzaga keltiradi. Garchi
ko‘pincha jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari ancha to‘liq va ishonchli bo‘lsa-da, ular ishning
yakunidan shaxsan manfaatdor ekanligini har doim hisobga olish zarur

9

.

Kuchli ruhiy iztiroblar ta’sirida jabrlanuvchilar voqea tafsilotlarini eslashga doim ham

qodir bo‘lavermaydilar, shu sababli ular bilan o‘tkaziladigan dastlabki so‘roqlar aksariyat
hollarda keyingi so‘roqlar bilan taqqoslaganda ancha yuzaki bo‘ladi. Kuchli asabiy-ruhiy
hayajonlanish (amneziya) tufayli jabrlanuvchining xotirasidan tergov qilinayotgan tajovuz
bilan bog‘liq xotiralar chiqib ketishi ham mumkin. Bunga ko‘pincha jinoyat oqibatida
jabrlanuvchining hushdan ketishi, uning boshi jarohatlanishi, yuziga urilishi, bo‘g‘ilishi, shok
holatlari va hokazolar sabab bo‘lishi mumkin.

8

А.Т.Аширбоев. Жиноят ишини тўхтатиш тушунчаси ва аҳамияти. Эксмерткриминалистик фаолият:

истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон
Республикаси Ички ишлар вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.

9

Ш.С.Агоев., Шакирова С. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт //Развитие и инновации в

науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

109

Jabrlanuvchilarni so‘roq qilayotganda har bir muayyan vaziyatda ruhiy iztiroblar

sababini va ruhiy holatni belgilaydigan omillarni hisobga olish zarur. Jabrlanuvchini so‘roq
qilishga shoshilmaslik (unga o‘zini bosib olish imkonini berish), biroq uni so‘roq qilishni
haddan tashqari kechga ham surmaslik (voqea tafsilotlarini unutib qo‘yishi, chalkashtirib
yuborishi, jinoyatchi va uning aloqalari tazyiqiga uchrashi mumkin) tavsiya etiladi. Agar
jabrlanuvchini so‘roq qilishni kechga surish mumkin bo‘lmasa, uning ruhiy iztiroblari
pasaygandan va vaqtinchalik pasaygan eslash qobiliyati tiklangandan keyin uni qayta so‘roq
qilish nazarda tutilishi lozim

10

.

Jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilish — jinoyat ishlarini tergovda aniq va adolatli hal

etishda muhim bosqichdir. So‘roq jarayonida zamonaviy psixologik usullar va huquqiy
normalarga amal qilish so‘roqning samaradorligini oshiradi hamda jabrlanuvchi va
guvohlarning huquqlari va psixologik holatini himoya qilishga xizmat qiladi. So‘roqchilarning
malakasi va etik me’yorlarga rioya qilish jinoyat ishlarini tez va aniq hal etish uchun zarurdir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.

2.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 25.01.2020 йилдаги

Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // [Електрон манба].
3.

Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Т., 2009. – Б. 199.

4.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.4. –Т., 2002. – Б. 47.

5.

Б.Б.Муродов.

Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари

// Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи
фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий
университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.
6.

Б.Б.Муродов.

Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки //

“Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий
конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари
мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.
7.

Б.Б.Муродов.

Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш

йўллари // Хусусий айблов ва ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари:
Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Т:Ўзбекистон Республикаси
ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40.
8.

Б.Б.Муродов.

“Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.:

Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24
9.

Ш.Ш.Суюнов.

Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга

хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг
муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали
10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.

10

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп моддаларини сотиш

мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В.
6. – Но 1/С. – Б. 267-277.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

110

10.

Ш.Ш.Суюнов.

Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик

жинояти турлари. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика
илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил
11.

Ш.Ш.Суюнов.

Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг

жиноят содир этган шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги
ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-
амалий конференцияси.
12.

Ш.Ш.Суюнов.

Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп

моддаларини сотиш мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти
тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В. 6. – Но 1/С. – Б. 267-277.
13.

А.Т.Аширбоев.

Айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлган ҳолларда

жиноят ишини тўхтатишнинг назарий ва амалий жиҳатлари. Жамият ва инновациялар
№ 1 (2024).– 2024. – 314-320 б.
14.

А.Т.Аширбоев.

Жиноят

ишини

тўхтатиш

тушунчаси

ва

аҳамияти.

Эксмерткриминалистик фаолият: истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро
конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар
вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.
15.

А.Т.Аширбоев.

Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган

тақдирда дастлабки терговни тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси
Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024.
95-98 б.
16.

А.Т.Аширбоев

. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро

тажриба

ва

ўзбекистон

қонунчилигини

такомиллаштириш

истиқболлари

//Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.
17.

Н.Қ.Усманалиев.

“Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий

жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.
18.

Н.Қ.Усманалиев.

Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари

билан боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления
педагогических наук. – 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.
19.

Н.Қ.Усманалиев.

Протсессуал

муддатларнинг

ҳисоблашда

қўлланилувчи

меъзонларнинг айрим жиҳатлари //проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд
инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.
20.

Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж

. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни

кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе
образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.
21.

Ш.С.Агоев., Шакирова С

. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт

//Развитие и инновации в науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.
22.

Ш.С.Агоев., Абдухамидов А

. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг

ахамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.
23.

Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д

. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик

жиноятларни тергов қилишнинг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

111

современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. –
С. 31-35.
24.

Ш.С.Агоев., Ташев У

. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-

протсессуал қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. –
2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.
25.

Хушвактова Н.А

. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию

общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова //
Теоретические аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по
материалам LXV Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие
аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд.
«Интернаука», 2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588
26.

Хушвактова Н.А

. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда

жамоатчилик ёрдамидан фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий
хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини такомиллаштириш масалалари»:
республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 25.01.2020 йилдаги Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // [Електрон манба].

Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Т., 2009. – Б. 199.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.4. –Т., 2002. – Б. 47.

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки // “Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.

Б.Б.Муродов. Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш йўллари // Хусусий айблов ва ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари: Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Т:Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40.

Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.

Ш.Ш.Суюнов. Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик жинояти турлари. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил

Ш.Ш.Суюнов. Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг жиноят содир этган шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси.

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп моддаларини сотиш мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В. 6. – Но 1/С. – Б. 267-277.

А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлган ҳолларда жиноят ишини тўхтатишнинг назарий ва амалий жиҳатлари. Жамият ва инновациялар № 1 (2024).– 2024. – 314-320 б.

А.Т.Аширбоев. Жиноят ишини тўхтатиш тушунчаси ва аҳамияти. Эксмерткриминалистик фаолият: истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.

А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган тақдирда дастлабки терговни тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024. 95-98 б.

А.Т.Аширбоев. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро тажриба ва ўзбекистон қонунчилигини такомиллаштириш истиқболлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.

Н.Қ.Усманалиев. “Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.

Н.Қ.Усманалиев. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук. – 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.

Н.Қ.Усманалиев. Протсессуал муддатларнинг ҳисоблашда қўлланилувчи меъзонларнинг айрим жиҳатлари //проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.

Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.

Ш.С.Агоев., Шакирова С. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт //Развитие и инновации в науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.

Ш.С.Агоев., Абдухамидов А. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг ахамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.

Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик жиноятларни тергов қилишнинг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 31-35.

Ш.С.Агоев., Ташев У. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-протсессуал қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.

Хушвактова Н.А. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова // Теоретические аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по материалам LXV Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд. «Интернаука», 2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588

Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда жамоатчилик ёрдамидан фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини такомиллаштириш масалалари»: республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.