ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
133
BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR TUSHUNCHASI VA
ULARNING HUQUQIY TARKIBI
Usmonaliyev Najmiddin Qo’shboq o’g’li
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
“Tergov faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi
Rahmonaliyev Muhammadjon Qodirjon o’g’li
O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 326-guruh kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15721215
Annotatsiya
Maqolada ma'muriy tartibga qarshi jinoyatlarning tavsifi va tarixiy rivojlanishi
o'rganiladi. Ma'muriy tartib-qoidaga qarshi jinoyatlar davlatning huquqiy va ijro etuvchi
hokimiyat organlari faoliyatiga to'sqinlik qiladigan harakatlar sifatida qaraladi va ular
mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotiga bevosita ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Maqolada ma'muriy tartib-qoidaga qarshi jinoyatlarning toifalari va ularning jinoyat
huquqidagi o'rni haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, tarixiy davrlar davomida ularning
rivojlanish tendentsiyalari va huquqiy tartibga solish tahlil qilinadi. Boshqacha aytganda, vaqt
o‘tishi bilan ushbu jinoyatlarga nisbatan munosabat va ularga qarshi kurashish huquqiy tizimi
qanday o‘zgarganini ko‘rsatadi. Ushbu maqola ma'muriy tartib-qoidaga qarshi jinoyatlarning
davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'sirini tushunishga yordam beradi.
Kalit so'zlar
Boshqaruv tartibi, mansabdor shaxs, davlat organi, poraxo'rlik, elektron hukumat, davlat
ishtirokidagi tashkilot, mansab sohtakorligi, pora olish, pora berish, vositachilik qilish, maxsus
subyekt.
Biz bilamizki, huquqshunoslikda “boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar” kriminalistik,
kriminologik va jinoyat huquqiy elementlarni o'zida mujassam etadigan murakkab tushuncha
hisoblanadi. Dastlab boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar tushunchasi kelib chiqishi va
ommalashib borishi tarixda boshqaruv sohasining shakllanishi va kishilik jamiyatining
rivojlanishiga borib taqaladi. Ibtidoiy davrdan to hozirgi rivojlangan kapitalistik vaqtgacha bu
turdagi jinoyatlarning turlari va o'sishi ko'paydi. Bu turdagi jinoyatlarning dastlabki
ko'rinishlari mansabdorlik jinoyatlari sifatida namoyon bo'lgan
1
.
Davlatning rivojlanib borishi, boshqaruvning takomillashishi munosabati bilan
professional amaldorlar (mansabdor shaxslar) paydo bo'la boshlagan bir davrda,
hukmdorlarning fikricha, ular faqat qat'iy belgilangan maosh bilan kifoyalanishi lozim bo'lgan.
Amalda esa, bu amaldorlar o'z mavqeidan daromadlarni yashirish va oshirish maqsadida
foydalanishga harakat qilishgan.
Poraxo'rlikka qarshi kurashgan hukmdor sifatida tarixda qolgan shaxs Uruinimgina –
eramizdan avvalgi XXIV asrning ikkinchi yarmida Lagash shahar-davlatining Shumerlar
podshosi hisoblanadi. Ammo, uning davrida ham korruptsiya uchun boshqalarga namuna
1
B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy yuridik o‘quv yurtlarida inson
huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy
universiteti huquqshunoslik fakulteti 2009. B. 66-69.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
134
bo'ladigan shafqatli jazo'lar qo'llanishiga qaramay, unga qarshi kurash kutilgan natijalarga olib
kelmagan
2
.
Poraxo'rlik muhokama qilingan dastlabki asar — «Artha-shastra» eramizdan avvalgi IV
asrda Bharat (Hindiston) vazirlaridan biri tomonidan Kautilya taxallusi ostida chop etilgan.
Unda muallif«Podshohning mulki, hatto kichik miqdorda bo'lsa ham, bu mulkni idora
qiladiganlar tomonidan o'zlashtirib olinishi mumkin emas» degan xulosa chiqqan
3
.
Xuddi shu kabi korrupsion muammolarga Qadimgi Misr fir'avnlari ham duch kelishgan
bo'lib, bu yerda erkin dehqonlar, hunarmandlar va hatto harbiy a'yonlarga nisbatan ham
o'zboshimchalik va zo'ravonlik ishlatgan hamda qonunbuzarliklarni o'ziga kasb qilib olgan
amaldorlarning byurokratik apparati yuzaga kelgan. “Itahotel” degan shaxsning bugungi
kungacha yetib kelgan o'z pand-nasihatlarida quyidagi tavsiya berilgan: «Boshliq oldida
belingni bukib ta'zim qil, shunda sening uyingda tartib bo'ladi, sening maoshing joyida bo'ladi,
kim boshliqga qarshilik ko'rsatadigan bo'lsa, uning hayoti oson kechmaydi, lekin iltifot
ko'rsatganda yashash ham oson bo'ladi».
Shuningdek, sudyalar poraxo'rligi alohida ahamiyat kasb etib, bu mulkning noqonuniy
taqsimlanishiga va nizolarni huquq maydonidan tashqarida hal qilishga olib kelgan. Bejizga
barcha dinlarda korrupsiya turlari orasida birinchi navbatda sudyalarni pora berib sotib olish
qoralanmaydi: Injilda «...boshliq sovga talab qiladi, sudya pora evaziga sud qiladi, katta
amaldorlar esa, o'z xohishiga qarab bizlarni jazolaydi va ishlarni noto'g'ri talqin qiladi...»
«Sovg'alarni qabul qilma, chunki sovga ko'rni ko'radigan qiladi va haqiqotni o'zgartiradi»
(Chiqish. 23:8, q. shuningdek, Ikkinchi qonun. 16:19); Qur'oni Karimda “Boshqalarning mulkini
nohaq yo'l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo'lgan narsalarni olish uchun o'z
mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmanglar” (Qur'oni Karim, 2:188) va h.k.
Hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi XV bobida ushbu turdagi
jinoyatlar turi keltirilgan bo'lib biz bu jinoyatlarni mansabdor shaxslar tomonidan sodir
etiladigan jinoyatlar va shaxslar tomonidan boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarga ajratib
olishimiz mumkin.Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarning zamonaviy tushunchasi
shakllanguncha bir qancha qarashlar, nuqtai nazarlar mavjud bo'lgan. Bu davlatning
rivojlanishi, boshqaruv tizimining takomillashishi, yangi mulkiy munosabatlarning shakllanishi
jinoyat qonunchiligining o'zgarishiga olib kelganligi bilan bog'liq bo'lib, albatta, jinoyat huquqi
nazariyasida o'z aksini topdi. Bunday o'zgartuvchanlik sobiq Ittifoq va undan oldingi davrda
boshqaruv tizimining o'ziga xos xususiyatlari va mustaqillikka erishilgandan keyingi vaqtda
davlat boshqaruvi sohasida amalga oshirilgan izchil islohotlar va mulkiy munosabatlardagi
o'zgarishlar, shuningdek bunday munosabatlarga asoslangan huquqiy hujjatlarning mazmuni
bilan belgilandi.
O'zbekiston Respublikasining mustaqilligi davlat boshqaruv tizimini isloh qilish va uni
demokratlashtirish imkoniyatlariga keng yo'l ochib berdi. Darhaqiqat, bu sohadagi islohotlarni
amalga oshirishda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, «boshqaruv
sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika
darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o'tkazish, O'zbekistonda mahalliy o'zini o'zi
2
B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki // “Advokatlik faoliyati: nazariya va
amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun
hujjatlari monitoringi instituti. – Toshkent, 2010. B. 171-175.
3
A.Y.Abdullaev. Guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berishi jinoyatlarini sodir etish izlarining
yuzaga kelish mexanizmlarining o‘ziga xos jihatlari. Siyosatshunoslik, huquq va xalqaro munosabatlar jurnali. 2023 yil.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
135
boshqarishning noyob shakli bo'lgan mahalla tizimini shakllantirish masalalariga katta
ahamiyat qaratildi».
Bugungi kunda ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan ushbu
sohani yanada isloh qilish, ya'ni davlat boshqaruvi tizimi va davlat xizmatining tashkiliy-
huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat
xizmatlari sifat va samaradorligini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda
tatbiq etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Boshqaruv tartibi deganda, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, boshqa qonun va
qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadigan davlat hokimiyatining boshqaruv faoliyatidir.
Boshqaruv faoliyatini tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlarida bevositaBoshqaruv
faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar bilan birga, boshqaruv tartibiga rioya etishi lozim bo'lgan
har qanday shaxslarning ham huquq va majburiyatlari belgilab beriladi. Shundan kelib chiqqan
holda ta'kidlash mumkin ki, boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga oid jinoyatlar:
birinchidan, boshqaruv faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning o'z mansab yoki xizmat
mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud boshqa shaxslarning manfaatlarini ko'zlab moddiy
yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, ikkinchidan, har
qanday shaxslar tomonidan bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish orqali sodir
etiladi.
Boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga oid jinoyatlarning turdosh obyekti davlat organi,
davlat ishtirokidagi tashkilot va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining normal
faoliyatini amalga oshirish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar hamda shaxslarning qonun bilan
qo'riqlanadigan huquq va manfaatlaridir.
Davlat organi deganda, davlat o'z vazifalarini amalga oshirish vakolatini bergan fuqaro
yoki fuqarolar jamoasi tushuniladi. Davlat organiga davlat-hokimiyat vakolatlari beriladi, u
belgilangan tartibda tuziladi va faoliyat ko'rsatadi, davlat organlarining yagona tizimida o'z
o'rnini egallaydi.
Davlat ishtirokidagi tashkilot deganda, ustav fondida davlat ulushi mavjud bo'lgan tijorat
tashkiloti yoki to'liq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan
yoki ta'sis etilgan notijorat tashkiloti tushuniladi
4
.
O'zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari
to'g'risida»gi 2013 yil 22 aprel (yangi tahriri) qonunining 3-moddasiga ko'ra, fuqarolarning
o'zini o'zi boshqarishi fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni o'z
manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma'naviy
qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an'analaridan kelib chiqqan holda hal qilish boshqaruv
faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar bilan birga, boshqaruv tartibiga rioya etishi lozim bo'lgan
har qanday shaxslarning ham huquq va majburiyatlari belgilab beriladi. Shundan kelib chiqqan
holda ta'kidlash mumkin-ki, boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga oid jinoyatlar:
birinchidan, boshqaruv faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning o'z mansab yoki xizmat
mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko'zlab moddiy yoki
nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, ikkinchidan, har qanday
shaxslar tomonidan bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish orqali sodir etiladi.
Boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga oid jinoyatlarning turdosh obyekti davlat organi,
4
Усманалиев Н. Процессуал муддатларнинг ҳисоблашда қўлланилувчи меъзонларнинг айрим жиҳатлари
//problems and solutions of scientific and innovative research. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
136
davlat ishtirokidagi tashkilot va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining normal
faoliyatini amalga oshirish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar hamda shaxslarning qonun bilan
qo'riqlanadigan huquq va manfaatlaridir
5
.
Davlat organi deganda, davlat o'z vazifalarini amalga oshirish vakolatini bergan fuqaro
yoki fuqarolar jamoasi tushuniladi. Davlat organiga davlat hokimiyat vakolatlari beriladi, u
belgilangan tartibda tuziladi va faoliyat ko'rsatadi, davlat organlarining yagona tizimida o'z
o'rnini egallaydi.
Davlat ishtirokidagi tashkilot deganda, ustav fondida davlat ulushi mavjud bo'lgan tijorat
tashkiloti yoki to'liq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan
yoki ta'sis etilgan notijorat tashkiloti tushuniladi
6
.
O'zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari
to'g'risida»gi 2013 yil 22 aprel (yangi tahriri) qonunining 3-moddasiga ko'ra, fuqarolarning
o'zini o'zi boshqarishi fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni o'z
manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma'naviy
qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an'analaridan kelib chiqqan holda hal qilish
7
.
Bu institut jamiyat, shaxs ijtimoiy rivojlanishining zaruriy xususiyati bo'lib, uning tashkil
etilishi jamiyat, shaxs, insonning tabiiy rivojlanishi, xo'jalik va ijtimoiy munosabatlarni
mustaqil ravishda hal qilish, xalq orasidan ishonchli vakillarni mustaqil tavsiya etish
huquqlarini ta'minlashning garovi sifatida vujudga kelgan. Mahalliy o'zini o'zi boshqarish
organlari davlat boshqaruvidan mustaqil ravishda o'z faoliyati, boshqaruv tizimi, mulkiy
masalalarni mustaqil tarzda hal qiladi. Lekin mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlarining
faoliyati aholining huquq va ehtiyojlarini ta'minlash bilan bog'liq davlat boshqaruv tizimi
vakolatlaridan kelib chiqqanligi, shuningdek davlat boshqaruvi, hokimiyat vakolatlarining
mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari orqali amalga oshirilganligi uchun ham bunday
tashkilotlar boshqaruv faoliyatida o'ziga xos o'ringa ega.
Boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga oid jinoyatlarning obyektiv tomoni ko'p hollarda
harakat orqali sodir etiladi: hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish (JK 205-m.),
hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (JK 206-m.), hokimiyat harakatsizligi
(JK 208-m.), mansab soxtakorligi (JK 209-m.), pora olish (JK 210-m.), pora berish (JK 211-m.),
pora olish-berishda vositachilik qilish (JK 212-m.), davlat organining, davlat ishtirokidagi
tashkilotning yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga
og'dirib olish (JK 213-m.), davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o'zini
o'zi boshqarish organi xizmatchisinin qonunga xilof ravishda moddiy qiymatliklar olish yoki
mulkiy manfaatdor bo'lishi (JK 214-m.). Faqat hokimiyat harakatsizligi (JK 208-m.) jinoyati
harakatsizlik orqali sodir etiladi. Boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga oid ayrim
jinoyatlarda ma'lum bir oqibat kelib chiqishi shartligini nazarda tutadi. Unday jinoyatlarda
jinoyatni tugallangan deb baholash uchun, albatta, qonun normasida nazarda tutilgan muayyan
5
N.A. Xushvaktova. Oilada sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni himoya qilish chora-
tadbirlari // Zamonaviy fan va ta’lim ilmiy yangiliklari Vol. 2 №2 (2024) ISSN 3030-3044 Researchbib Impact Faktor:7.9
B. 81-86.
6
N.A. Xushvaktova.
Oilada sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni himoya qilish chora-tadbirlari //
Zamonaviy fan va ta’lim ilmiy yangiliklari Vol. 2 №2 (2024) ISSN 3030-3044 Researchbib Impact Faktor:7.9 B. 81-86
7
Sh.Sh.Suyunov. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat
jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muhim jihatlari. “Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali 10soni.
01.10.2022 yil B. 105-109.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
137
oqibatlarning kelib chiqqanligini aniqlash talab etiladi. Masalan, hokimiyat yoki mansab
vakolatini suiiste'mol qilish (JK 205-m.) jinoyatida fuqorolarning huquqlari yoki qonun bilan
qo'riqlanadigan manfaatlariga yoki davlat yoki jamoat manfaatlariga ko'p miqdorda zarar yoki
jiddiy ziyon etkazilganligi jinoyatning tugallanganligidan dalolat beradi.
Moddiy tarkibli jinoyatlarda sodir etilgan qilimish hamda jinoiy oqibat o'rtasidagi sababiy
bog'lanishni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Sababiy bog'lanish aniqlanmagan har bir holat
tahlil etilayotgan jinoyat tarkibini keltirib chiqarmaydi.
Boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga oid ayrim jinoyatlarning javobgarlikka tortish
sharti sifatida norma dispozitsiyasida ko'rsatilgan qilmishlarning sodir etganligi uchun birinchi
marotaba ma'muriy javobgarlikka tortilganidan so'ng bir yil davomida yana shunday qilmishni
sodir etish nazarda tutilgan. Masalan, davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki
fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og'dirib olish (JK 213-
m.).
Boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga oid jinoyatlarning barchasi sub'ektiv tomonidan
aybning qasd shaklida sodir etiladi. Jinoyatning motiv va maqsadlari tahlil etilayotgan ayrim
jinoyat tarkiblarining (yoki ularning turlarida) zaruriy belgilari sifatida ko'rsatilgan (masalan,
JK 209-m.).
Boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga oid aksariyat jinoyatlarning sub'ekti minimal
yoshi 18 yosh (JK 205-206, 208-210-m.), shuningdek ayrimlari uchun (JK 211-214-m.) 16
yoshdan javobgarlik belgilangan.
Shu bilan birga, qonun chiqaruvchi tomonidan boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga
oid alohida turdagi jinoyatlar uchun jinoyat sub'ekti sifatida maxsus sub'ektni ham nazarda
tutadi. Xususan, mansabdor shaxslar (JK 205, 206, 208-210-m.), xizmatchilar (JK 213-214-m.).
"
Mansabdor shaxs" tushunchasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining sakkizinchi bo'limi
(atamalarning huquqiy ma'nosi)da berilgan bo'lib, unga ko'ra, mansabdor shaxs deganda,
doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo'yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat
vakili vazifalarini bajaradigan yoki davlat organlarida, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish
organlarida, mulk shaklidan qat'iy nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda
tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga
ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shunday ham xalqaro tashkilotda
yoki chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma'muriy yoki sud organida mazkur
vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs tushuniladi
8
.
Hokimiyat vakili deganda, davlatning biror-bir hokimiyat organining nomidan ish ko'rib,
muayyan vazifalarni vaqtincha yoki doimiy amalga oshiruvchi va o'z vakolati doirasida
ko'pchilik yoki barcha fuqarolar yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy bo'lgan harakatlar
sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega shaxs tushuniladi.
Tashkiliy-boshqaruv vazifalari deganda, bir shaxsning ikkinchi shaxsga bo'ysunishi
sohasida amalga oshiriladigan vakolatlar, ya'ni boshliq va bo'ysunuvchi o'rtasidagi xizmat
munosabatlari jarayonida amalga oshiriladi. Bunday vazifalarga, jamoaga rahbarlik qilish,
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, tobe shaxslar mehnati va xizmatini tashkil etish va
8
Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда жамоатчилик ёрдамидан
фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини
такомиллаштириш масалалари»: республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
138
nazorat qilish, intizomni ta'minlash, xodimlarni rag'batlantirish va ularga nisbatan intizomiy
jazo choralarini qo'llash kabi hollarning kirishi mumkin
9
.
Ma'muriy xo'jalik vazifalari deganda, mulkni boshqarish va tasarruf etish, uni saqlash
shartlari va tartibini belgilash, mulkning saqlanishini, sotilishini ta'minlash singari vazifalar
tushuniladi. Bunday vazifalarga, balansda va bankdagi hisoblarda bo'lgan mulklar va pul
mablag'larini boshqarish, tasarruf etish, shuningdek boshqa harakatlarni: oylik ish haqi va
mukofotlarni belgilash yuzasidan qaror qabul qilish, moddiy qimmatliklar harakati ustidan
nazorat olib borish, ularni saqlash tartibini belgilash va h.k.larni amalga oshirishni kiritish
mumkin
10
.
Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan harakatlarni bajarish deganda, vakolatli shaxs (masalan,
davlat notariusi, FXDYO mudiri, kadastr rahbari) tomonidan yuridik ahamiyatga ega oqibatlar
(huquqiy munosabatlar vujudga kelishi, o'zgarishi yoki tugashi)ni keltirib chiqaradigan yoki
keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan qarorlar qabul qilish tushuniladi. Shu o'rinda mansabdor
shaxs mazkur vakolatlarni doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo'yicha amalga
oshirayotganligi ahamiyatga ega bo'lmaydi. "Xizmatchi" tushunchasi ham Jinoyat kodeksi
Maxsus qismining sakkizinchi bo'limi (atamalarning huquqiy ma'nosi)da berilgan bo'lib, unga
ko'ra, xizmatchi deganda, davlat organida, tijorat, notijorat tashkilotida mehnat shartnomasi
yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor
shaxs alomatlariga ega bo'lmagan shaxs tushuniladi. Boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga
oid jinoyatlarni sodir etish sub'ekti xususiyatiga ko'ra ularni quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin
11
:
Davlat organi, davlat ishtirokida tashkilot yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi
mansabdor shaxsi tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar: hokimiyat yoki mansab vakolatini
suiiste'mol qilish (JK 205-m.); hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (JK
206-m.); hokimiyat harakatsizligi (JK 208-m.); mansab soxta qilish (JK 209-m.); pora olish (JK
210-m.);
Davlat organi, davlat ishtirokida tashkilot yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi
xizmatchisi tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar: davlat organi, davlat ishtirokida tashkilot
yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy
qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor bo'lish (JK 214-m.);
Har qanday shaxslar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar: pora berish (JK 211-m.); pora
olish-berishda vositachilik qilish (JK 212-m.); davlat organining, davlat ishtirokida
tashkilotning yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga
og'dirib olish (JK 213-m.)
12
.
Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar jamiyatning barqaror ishlashiga va fuqarolarning
huquqiy xavfsizligiga bevosita tahdid soladi. Ushbu jinoyatlar davlat organlari, xususan
mansabdor shaxslar va xizmatkorlarga nisbatan sodir etilganida, ular o'z vakolatlaridan
9
Sh.Sh.Suyunov. Kompyuter texnika vositalari orqali sodir etilgan firibgarlik jinoyati turlari. “Zamonaviy dunyoda
pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 9.06.2023 yil
10
A.T.Ashirboev. Ayblanuvchining ishtirokini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda dastlabki tergovni to‘xtatish:
Nazariya va amaliyot. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi № 1
(2024).– 2024. 95-98 b.
11
Н.Қ.Усманалиев. Протсессуал муддатларнинг ҳисоблашда қўлланилувчи меъзонларнинг айрим жиҳатлари
//проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.
12
Ш.С.Агоев., Ташев У. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-протсессуал
қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
139
suiiste'mol qilish, poraxo'rlik va boshqa korrupsiyaviy harakatlar orqali jamoat manfaatlariga
katta ziyon yetkazadi. Bunday jinoyatlar jamoatchilikning ishonchini pasaytiradi va davlat
boshqaruvi tizimining samaradorligini susaytiradi.. O'zbekistonda boshqaruv tartibiga qarshi
jinoyatlar bilan kurashishda huquqiy mexanizmlar va qonunlar doimiy ravishda yangilanib
bormoqda. Biroq, jinoiy javobgarlikni oshirish va korrupsiyaga qarshi samarali kurashish
uchun yanada kuchli nazorat tizimi, shaffoflik va jamoat ishonchini tiklash zarur. Shu bilan
birga, davlat organlari va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarda axloqiy me'yorlar va
qonunlarga bo'lgan hurmatni mustahkamlash eng muhim vositalardan biridir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.
2.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 25.01.2020 йилдаги
Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // [Електрон манба].
3.
Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Т., 2009. – Б. 199.
4.
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.4. –Т., 2002. – Б. 47.
5.
Б.Б.Муродов.
Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари //
Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи
фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий
университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.
6.
Б.Б.Муродов.
Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки //
“Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий
конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари
мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.
7.
Б.Б.Муродов.
Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш
йўллари // Хусусий айблов ва ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари:
Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Т:Ўзбекистон Республикаси
ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40.
8.
Б.Б.Муродов.
“Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.:
Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24
9.
Ш.Ш.Суюнов.
Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга
хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг
муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали
10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.
10.
Ш.Ш.Суюнов.
Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик
жинояти турлари. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика
илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил
11.
Ш.Ш.Суюнов.
Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг
жиноят содир этган шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги
ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-
амалий конференцияси.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
140
12.
Ш.Ш.Суюнов.
Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп
моддаларини сотиш мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти
тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В. 6. – Но 1/С. – Б. 267-277.
13.
А.Т.Аширбоев.
Айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлган ҳолларда
жиноят ишини тўхтатишнинг назарий ва амалий жиҳатлари. Жамият ва инновациялар
№ 1 (2024).– 2024. – 314-320 б.
14.
А.Т.Аширбоев.
Жиноят
ишини
тўхтатиш
тушунчаси
ва
аҳамияти.
Эксмерткриминалистик фаолият: истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро
конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар
вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.
15.
А.Т.Аширбоев.
Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган
тақдирда дастлабки терговни тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси
Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024.
95-98 б.
16.
А.Т.Аширбоев
. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро
тажриба
ва
ўзбекистон
қонунчилигини
такомиллаштириш
истиқболлари
//Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.
17.
Н.Қ.Усманалиев.
“Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий
жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.
18.
Н.Қ.Усманалиев.
Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан
боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук.
– 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.
19.
Н.Қ.Усманалиев.
Протсессуал
муддатларнинг
ҳисоблашда
қўлланилувчи
меъзонларнинг айрим жиҳатлари //проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд
инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.
20.
Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж
. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни
кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе
образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.
21.
Ш.С.Агоев., Шакирова С
. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт
//Развитие и инновации в науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.
22.
Ш.С.Агоев., Абдухамидов А
. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг
ахамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.
23.
Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д
. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик
жиноятларни тергов қилишнинг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. –
С. 31-35.
24.
Ш.С.Агоев., Ташев У
. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-
протсессуал қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. –
2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.
25.
Хушвактова Н.А
. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию
общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова // Теоретические
аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по материалам LXV
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
141
Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие аспекты
юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд. «Интернаука»,
2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588