ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
76
MUHAMMAD SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING OYATLARNI TAFSIR
QILISH USLUBLARI
Saydullayev Nurillo Ubaydullo o‘g‘li
Toshkent islom instituti xodimi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13911816
Annotatsiya.
Ushbu maqola tafsir fanidagi eng muhim mavzu – Nabiy Sollalohu alayhi
vasallamning tafsir qilish uslublari, U zotning oyatlarni tafsir qilishga bo’lgan yondashuvlarini
bayon qiladi. Ushbu uslublarni o’rganish ahamiyati kata ekanligini ta’kidlaydi.
Kalit so'zlar:
Tafsir qilish uslubi, saodat davrdagi tafsir, Nabiy sollallohu alayhi
vasallamning oyatlarga yondashuvlari, oyatlarni hadislar bilan tafsir qilish.
Tafsir qilish uslublari bir necha davrga bo’linadi. Har bir darvda tafsirga turli ehtiyojlar
paydo bo’lgan. Qur’oni karim oyatlarini tafsir qilish saodat asridan ma’lum. Aynan shu davrda
oyatlarni tafsir qilishni Nabiy sollallohu alayhi vasallam taraflaridan o’rgatish va sahobalar
tarafdan o’rganish boshlangan. Bu davrdagi tafsir qilish uslubini batafsil bayon qilib o’tish
maqsadga muvofiq. Chunki, tafsir qilishning barcha metodlarini aynan ushbu davrdagi tafsir
qilish uslubiga bevosita suyanadi.
Qur’oni karimni tafsir qilishdagi asosiy manba hadislar va eng birinchi mufassir
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam hisoblanadilar. Alloh taolo Qur’oni karimda: {
َك ۡیَلِإ ۤاَنۡل َزنَأ َو
َنوُرَّكَفَتَی ۡمُهَّلَعَل َو ۡمِهۡیَلِإ َل ِ زُن اَم ِساَّنلِل َنِ یَبُتِل َر ۡكِ ذلٱ
} “Va senga odamlarga nozil qilingan narsani o’zlariga bayon
qilib berishing uchun zikrni (Qur’onni) nozil qildik”
1
. Qur’oni karining ismlaridan biri “Zikr”
lafzidir. Ushbu oyat ham Qur’onni zikr deb atamoqda. Ya’ni, payg’ambarlarni o’z qavmlariga
turli ochiq oydin bayonatlar va ktioblar bilan yubordik. Seni esa odamlarga nozil qilingan
narsani o’zlariga bayon qilib berishing uchun zikr-Qur’on ila yubordik.
2
Sahobalar arab bo’lganliklari uchun Qur’onni arab tili taqozosiga ko’ra tushunishgan.
Agar ularga Qur’ondan ba’zi o’rinlar tushunarsiz bo’lib qolsa, tog’ridan-to’g’ri Rosululloh
sollallohu alayhi vasallamdan so’rar edilar. Hadis kitoblarida ham alohida “Tafsir kitobi”
bo’ladi. Unda muhaddislar Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning oyatlarga qilgan
tafsirlarini jamlaganlar. Ushbu hadislarni o’rganib chiqilsa, Nabiy sollallohu alayhi
vasallamning Qur’oni karimni tafsir qilishda qanday uslublarga yondashganliklarini o’rganish
mumkin.
Qur’onni tafsir qilish turlarini yuqorida keltirib o’tildi. Shularning ikkinchi qismi Qur’on
oyatlarini hadislar bilan tafsir qilish. Bu tafsir qilish turi esa tafsir qilish turlarining eng muhimi
hisoblanadi. Chunki, Qur’oni karim Nabiy sollallohu alayhi vasallamga nozil bo’lgan va tafsir
qilishga eng haqli zot ham Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning o’zlari hisoblanadilar. Bu
o’rinda ba’zi jihatlarga e’tibor qaratish lozim. Tafsir qilish turlarida birinchi bo’lib Qur’on
oyatlarini boshqa oyatlar bilan tafsir qilishni, ikkinchi bo’lib hadislar bilan tafsir qilish keltirildi.
Lekin bu yerda bir xato tushuncha bor. Ba’zilar oyatlarni birinchi bo’lib boshqa oyatlar bilan
tafsir qilinadi, so’ngra hadislarga o’tiladi deb o’ylaydi. Aslida esa Qur’on oyatlarini oyat va
hadislar bilan birgalikda tafsir qilishni tushunish lozimdir.
1
Nahl surasi, 44-oyat.
2
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri hilol. 3-juz. Toshkent. -Hilol nashr. -334b.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
77
Aksar ulamolar Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Qur’on oyatlarining barchasini tafsir
qilmaganlar deyishgan. Chunki, oyatlar ichida ma’nosini faqat Alloh taolo biladigan
(Mutashobih) oyatlar bor. Shuningdek ma’nosini hammaga ma’lum, bayon qilishga ehtiyoj
tushmaydigan oyatlar bor. Arab til e’tiboridan tushinib oladigan oyatlar bor. Shunday ekan,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam asosan tafsir uslublarining ikki uslubi asosida tafsir
qilishga cheklanganlar. Ular ma’nosi ravshan bo’lmagan oyatni bayon qilish. Ma’nosi chalkash
oyatlarni ochib berish.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlarigacha musulmonlarning ehtiyoji
tushadigan oyatlarni tafsir qilib o’tganlar. Chunki, Qur’on faqatgina hadisi shariflar orqali to’g’ri
tushinish mumkin bo’lgan hukmlarni ham o’z ichiga oladi. Qur’onda Rosululloh sollallohu
alayhi vasallamgina bayon qilib bera oladigan shar’iy hukmlar bor. Ma’lumki, Qur’on
oyatlarining ichida ma’nosi to’liq ma’lum bo’lmagan (Mujmal) oyatlar bor. Ushbu oyatlarni
bayon qilib berganlar. Ma’nosi ommaviy ko’pchilikni qamrab olgan oyatlar bor. Ushbu oyatarni
muayyyan toifaga xoslab berganlar. Ushbu sanab o’tilayotgan uslublarni batafsil bayon qilish
lozim.
-
Qur’on oyatini boshqa bir oyat bilan tafsir qilish. Alloh taolo (
كئلوأ ملظب مهنامیإ اوسبلی ملو اونمآ نیذلا
نودتهم مهو نملأا مهل
) “Iymon keltirganlar va iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar. Ana o’shalarga
hotirjamlik va omonlik bordir. Ular hidoyat topganlardir”
3
ushbu oyatni nozil qilinganida
sahobalarga “Zulm” lafzining ma’nosi chalkash bo’lib qoldi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam
ushbu lafzni Alloh taoloning bu (
میظع ملظل كرشلا نإ
) “Albatta, shirk katta zulmdir”
4
oyati bilan tafsir
qildilar.
-
Oyatlarni tafsir qilayotganda birinchi tafsirni aytib, so’ngra tafsir qilingan oyatni zikr qilar
edilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning quyidagi so’zlarini misol qilib keltiramiz. Nabiy
sollallohi alayhi vasallam: “ Albatta, jannatda bir daraxt bor, uning soyasida ot bilan yuz yil
yursa bo’ladi. Agar xohlasangiz Alloh taoloning (
دودمم لظو
) “Va yoyilgan soyalardir”
5
oyatini
o’qinglar” –dedilar
6
.
-
Ba’zi o’rinlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avval tafsir qilinadigan oyatni zikr
qilib keyin ushbu oyatning tafsirini aytar edilar. Bunga misol Nabiy sollallohu alayhi vasallam
minbarda turib (
ةوق نم متعطتسا ام مهل اودعأو
) “Ular uchun qolingizdan kelgunicha kuch-quvvatni
tayyor qilingiz”
7
oyatini o’qidilar va “Ogoh bo’ling, Albatta, kuch-quvvat kamon-o’qlardir, Ogoh
bo’ling, Albatta, kuch-quvvat kamon-o’qlardir” –deb ikki marta ushbu so’zni ta’kidladilar.
-
Yuqoridagi hadisdan Rosulullohning yana bir tafsir qilish uslublarini tushinish mumkin.
U esa eshituvchiga foydasi bor so’zni bir necha marta takrorlashlari.
-
Shuningdek, u zot Qur’onda kelgan qissalarni bayon ham qilib berar edilar. Misol uchun,
Qur’ondagi Muso va Hizr alayhissalomning qissalari keltirilgan. Ushbu qissani Rosululloh
sollallohu alayhi vasallamning hadislarisiz tushinish qiyin.
-
Savol so’rash orqali oyatlarni tafsir qilish. Bu uslubga Rosululloh sollallohu alayhi
vasallamning g’iybatni tafsir qilishlarida “G’iybat nimaligini bilasizlarmi” –deb so’raganliklarini
misol qilib keltirish mumkin. Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh
3
A’rof surasi 82-oyat
4
Luqmon surasi 13-oyat
5
Vaqea surasi 30-oyat.
6
Imom Termiziy. Sunani Termiziy –Bayrut. Muassasa risala nashirun. 2022. 1109. B. 3293-hadis.
7
Anfol surasi 60-oyat
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
78
sollallohu alayhi sahobalardan: “G’iybat nimaligini bilasizlarmi?” –deb soradilar. Sahobalar
‘Alloh va Rasuli yaxshi biladi” – deb javob qilishdi. Shunda u zot: “Birodaring haqida u yomon
ko’radigan narsani aytishing” –dedilar. Shunda: “Agar birodarimizda biz aytib turgan narsa
bo’lsachi?” –deyilgan edi. U zot: “Agar sen aytayotgan narsa unda bo’lsa g’iybat qilgan bo’lasan.
Agar (O’sha narsa) unda bo’lmasa, tuhmat qilgan bo’lasan’ - dedilar.
8
-
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oyatlarni tafsir qilishda ta’limiy uslublardan
foydalanishlari. Bunga misol o’laroq Alloh taoloning (
لبسلا اوعبتت لاو هوعبتاف امیقتسم يطارص اذه نأو
)
“Albatta, bu mening to’g’ri yo’limdir. Bas,unga ergashing. Va boshqa yo’llarga ergashmang”
9
oyatining tafsirida kelgan quyidagi hadisni keltirish mumkin. Abdulloh raziyallohu anhudan
rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam yerga to’rtburchak chizdilar. O’rtasiga undan
tashqariga chiqadigan qilib bir chiziq chizdilar. Manashu o’rtadagisining ikki yoniga kichkia
chiziqlar chizdilar va shunday dedilar: “Mana bu inson. Mana bu uni o’rab turadigan uoki o’rab
turgan ajali. Manabu tasharidagisi uning orzusi. Manabu kichik chiziqlar ko’rgiliklar. Bunisi
tegmay qolsa unisi domiga tortadi, unisi tegmay qolsa, bunisi domiga tortadi”
10
.
11
-
Sahobalarga tushinish qiyin bo’lgan oyatlarni tafsir qilishlari. Abudulloh ibn Mas’ud
raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: (
نودتهم مهو نملأا مهل كئلوأ ملظب مهنامیإ اوسبلی ملو اونمآ نیذلا
)
“Iymon keltirganlar va iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar. Ana o’shalarga hotirjamlik va
omonlik bordir. Ular hidoyat topganlardir”
12
oyati nozil bo’lganida oyatni tushunish
sahobalarga qiyin bo’ldi. Ular: “Ey Rasululloh, qaysi birimiz o’ziga zulm qilmas ekan, (hamma
qandaydir ma’noda zul qiladi)” -deb savol so’rashdi. Shunda u zot: “Bu oyat sizlar tushungan
kabi emas. Iymon keltirib, iymonlariga zulm – shirk aralashtirmaganalar” degani. Solih banda
(Luqmon hakim)ning o’g’liga aytgan so’zni eshitmadingizmi? Albatta u (
میظع ملظل كرشلا نإ
)
“Albatta, shirk katta zulmdir”
13
degan edi. Bu oyatdagi zulmdan maqsad shirkdir” –dedilar.
14
-
U zot odatiy so’zlashish asnosida ba’zi oyatlarga tafsir bo’la oladigan gaplarni aytar edilar.
Bunga misol qilib Imom Muslim Alloh taoloning (
منهجب ذئموی ءيجو
) “Anashu kuni jahannam
keltiriladi”
15
oyatining tafsiri borasida o’z sahihlarida keltirgan hadis aytiladi. Abdulloh ibn
Mas’ud raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Albatta rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Qiyomat kuni jahannam olib kelinadi. Uning yetmishming zanjiri bo’ladi, har bir zanjirda
yetmishming farishta uni tortib keladi” –dedilar
16
.
17
-
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oyatlarni tafsir qilishda qisqa tafsir qilar edilar.
Cho’zib yubormas edilar. Foidasi yo’q bo’lgan so’zlarni keltirmas edilar.
18
-
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tafsir qilishga targ’ib qilishlari va qiziqtishlari.
Bunga misol qilib quyidagi hadis keltiriladi. Abu Said ibn Mu’allodan rivoyat qilinadi: “Namoz
o’qiyotgan edim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni chaqirib qoldilar. Men u zotga
javob bermadim. (Keyin borib) “ Ey Allohning Rasuli, men namoz o’qiyotgan edim” –dedim. U
8
Oltin silsila. Sahihi Muslim 6-juz. –Toshkent. Hilol nashr. 2020. 47. B. 6450-hadis
9
An’om surasi 153-oyat
10
Oltin silsila. Sahihi Buxoriy 7-juz. –Toshkent. Hilol nashr. 2018. 654. B. 6418-hadis
11
Jaloliddin Suyutiy. Addurrul Mansur 3-juz. –Bayrut. Doru ibn hazm. 385. B.
12
A’rof surasi 82-oyat
13
Luqmon surasi 13-oyat
14
Oltin silsila. Sahihi Buxoriy 4-juz. –Toshkent. Hilol nashr. 2018. 444. B. 3360-hadis.
15
Fajr surasi 23-oyat.
16
Oltin silsila. Sahihi Muslim 6-juz. –Toshkent. Hilol nashr. 2018. 335. B. 7017-hadis.
17
Imom ibn Kasir. Tafsir ibn kasir 4-juz. –Bayrut. Muassasa risala nashirun. 511. B.
18
https://mtafsir.net
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
79
zot: “Alloh: “Alloh va Uning Rasuli sizlarni chaqirganlarida ularga ijobat qilinglar”
19
demaganmi?” –dedilar. So’ng: “Masjiddan chiqishingdan olsin senga Qur’ondagi eng buyuk
surani o’rgatmayinmi?” –deb, qo’limdan ushladilar. Keyin chiqmoqchi bo’lganimizda: “Ey
Allohning Rasuli, “Qur’ondagi eng buyuk surani o’rgatib qo’yaman” degan edingiz?” –dedim.
Shunda U zot: “Al-hamdu lillahi Robbil-‘aalamiin”-de. Menga berilgan takrorlanuvchi yettilik va
buyuk Qur’on shudir” –dedilar.
20
Yuqorida keltirib o’tilgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tafsir qilish
uslublarini o’rganish har bir tafsir ilmiga kirishayotgan mutaxassis uchun muhim hisoblanadi.
Chunki, mufassir oyatlarni tafsir qilishda aynan ushbu uslubga tayanadi. Chunki, Muhammad
sollallohu alayhi vasallam eng birinchi mufassirdirlar.
References:
1.
Qur'oni Karim. (n.d.). Qur'on tilidagi asarlar, turli tafsirlar.
2.
Buxari, I. (1997).
Sahih Bukhari
. Dar al-Salam.
3.
Muslim, I. (1996).
Sahih Muslim
. Dar al-Salam.
4.
Ibn Kasir, I. (2000).
Tafsir al-Qur'an al-Azim
. Dar al-Kutub al-Ilmiyyah.
5.
Tabari, M. J. (1987).
Tafsir al-Tabari
. Dar al-Ma'arifah.
6.
Rag’ib al-Isfahani. (1998).
Al-Mufradat fi Gharib al-Qur'an
. Dar al-Nafa'is.
7.
Suyuti, J. (1996).
Al-Durr al-Manthur
. Dar al-Kutub al-Ilmiyyah.
8.
Al-Qurtubi, A. (1995).
Al-Jami' li-Ahkam al-Qur'an
. Dar al-Kutub al-Ilmiyyah.
9.
Al-Navaviy, Y. (1999).
Al-Maqasid
. Dar al-Nafa'is.
10.
Usul al-Tafsir. (n.d.). Tafsir ilmiga oid darsliklar va manbalar.
19
Anfol surasi 24-oyat
20
Oltin silsila. Sahihi Buxoriy 6-juz. –Toshkent. Hilol nashr. 2018. 3498. B. 5006-hadis.