SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
194
HUNARMANDCHILIK TARIXINI ILMIY ADABIYOTLARDA
YORITILISHI
N.Egamberdiyeva
tadqiqotchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15726775
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab hunarmandchilik masalasi
ko‘plab tadqiqotlarda yoritila boshladi. Jumladan, qator tarixiy, etnografik va
arxeologik ishlardan O‘zbekiston hunarmandchiligini o‘rganishda qiyosiy
material
sifatida
foydalanish
mumkin.
O‘zbekistonda
an’anaviy
hunarmandchilikning rivojlanish bosqichlari yoritilgan “O‘zbekistonning badiiy
hunarmandchiligi atlasi”da janubiy hududlar hunarmandchiligi tarixining turli
masalalariga oid ba’zi fakt va ma’lumotlar keltirilgan. Atlasdan
hunarmandchilikka oid oq-qora rangli arxiv suratlari, hunarmandchilikning
muayyan turiga ixtisoslashgan markazlarni ko‘rsatuvchi xarita, atamalar izohi,
ustalar haqida qisqacha biografik ma’lumotlar o‘rin olgan.
Davriy nashrlarda O‘zbekiston janubiy hududlari hunarmandchiligi tarixiga
doir qator san’atshunoslik va boshqa yo‘nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar
natijasida to‘plangan ma’lumotlar uchraydi.
S. Bulatov o‘zbek xalqi amaliy bezak san’atining naqqoshlik, zargarlik,
kashtachilik, zardo‘zlik, gilam to‘qish, yog‘och hamda tosh va suyak o‘ymakorligi,
kulolchilik, pichoqchilik, kigiz bosish, savatchilik va bo‘yrachilik tarixi, ish
jarayonlari, uslublari, jihozlari, asbob-uskunalar, xomashyolari, rang
ornamentlari, bezaklari, ularni tayyorlash va ishlatish jarayonlarini rang-barang
tasviriy lavhalar misolida ko‘rsatib beradi. Muallif xalq amaliy bezak san’ati
haqida nazariy-metodologik yo‘l-yo‘riqlar asosida ilmiy va tarixiy ma’lumotlarni
ham keltirib o‘tgan.
Buxoro amirligi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy holati, hunarmandlarning
hayoti va turmush tarzini arxiv hujjatlari asosida ochib berilgan R. Qilichev
tadqiqotida Buxoroda mavjud hunarmandchilik sohalari (to‘quvchilik, zargarlik,
do‘ppi ishlab chiqarish, chopon tayyorlash, metallni qayta ishlash, ko‘nchilik,
kulolchilik, poyabzal ishlab chiqarish)ning rivojlanishi masalalari yoritilgan.
Mazkur tadqiqot o‘rganilayotgan mavzu doirasida XIX asr oxiri – XX asr
boshlaridagi o‘lkadagi mavjud siyosiy va iqtisodiy vaziyat, tarixiy jarayonlarni
yoritishda muhim ahamiyatga ega.
D. Ziyoeva XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida O‘zbekiston
shaharlari tarixini yoritishga bag‘ishlangan tadqiqotida keng ko‘lamdagi
manbalardan foydalangan holda shaharlar hunarmandchiligiga oid qimmatli
ma’lumotlarni keltiradi. Muallif, O‘zbekistonning janubiy hududlarida o‘sha
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
195
davrda mavjud shaharlar hunarmandchiligining o‘ziga xos jihatlariga ham
to‘xtalib o‘tgan.
Mustaqillik yillarida etnologiya sohasidabir qator ilmiy izlanishlar amalga
oshirilib, o‘rganilayotgan muammo ayrim jihatlarini ochib berishga yordam
beradi. Biroq, XX asrning 70-yillaridan boshlab, to mustaqillik yillarigacha
kulolchilik hunarmandchiligi borasida etnografik tadqiqotlar ko‘zga
tashlanmaydi. Etnolog olima S.T.Davlatovaning tadqiqotidan o‘rganilayotigan
mavzu uchun qiyosiy tahlil qilishda foydalanishi mumkin.
Mustaqillik yillarida milliy hunarmandchilik mavzusini o‘rganishda
san’atshunoslar olib borgan tadqiqotlarni alohida ta’kidlash zarur. Akademik
A. Hakimov va E. Gyul tomonidan hammualliflikda chop etilgan “Baysun. Atlas
xudojestvennыx remyosel” kitobi muhim ahamiyatga ega. Unda Surxondaryo
vohasining Boysun tumani hunarmandchiligi borasidagi ma’lumotlar va qiziqarli
foto suratlar keltirilgan. Kitobda Boysunning asosiy hunarmandchilik turlari va
markaz (qishloqlari)larining joylashgan o‘rni, nomlari hamda lokal xususiyatlari
tahlilga tortiladi. YuNESKO tashabbusi bilan yaratilgan bu kitobda Boysunda
mavjud kashtachilik, gilamdo‘zlik, kigiz tayyorlash, to‘quvchilik, kulolchilik,
ko‘nchilik sanoati, sandiq tayyorlash, chodirlar tayyorlash, yog‘ochga ishlov
berish kabi hunar turlari haqida ma’lumotlar batafsil yoritilgan.
Hunarmandchilik tarixshunosligini tarixiy adabiyotlar va hunarmandchilik
risolalari asosida talqin etgan D. Atadjanovaning tadqiqoti o‘rganilayotgan
mavzu uchun muhim ahamiyatga molikdir. Tadqiqotchi O‘zbekistonning janubiy
hududlari hunarmandchiligini o‘rganishni dolzarb muammolaridan biri sifatida
baholagan.
Zamonaviy hunarmandchilik haqida Ommaviy axborot vositalari, xususan
gazeta va internet nashrlarida ayirm ma’lumotlar mavjud. Ammo ularda asosan,
biror kichik korxona ochilgani yoki o‘tkazilgan tadbir haqida qisqacha ma’lumot
beriladi. Ba’zi maqolalarda ustaning faoliyati haqida ma’lumotlar uchraydi.
Tadqiqotning muhim davri bo‘lgan uchinchi davrda yaratilgan ishlar
boshqa davr adabiyotlaridan farqli ravishda mafkuraviy yondashuvlardan holi
bo‘lganligini aytib o‘tish mumkin. Bajarilgan ilmiy ishlarda u yoki bu
yondashuvlar qo‘llanilganligi bayon qilinsa-da, ayni paytda chuqur tahlil mavjud
emas. O‘rganilayotgan mavzuning belgilangan xronologik davr doirasida
yoritilishi bu borada maxsus ilmiy tadqiqot yaratilmagan deb xulosa qilish
imkonini beradi.
Adabiyotlar:
1.
Агзамова Г.А. Ўрта Осиё хонликларида ҳунармандчилик ва савдо.:
Тарих фан. док. … дисс. – Тошкент, 2000. – 348 в.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
196
2.
Atlas of Central Asian artistic crafts and trades. A. Khakimov – author of
the scientific project and author of the next chapters – Introproduction,
Ceramics, Copper Embossing, Knife making.. Қаранг: Atlas of artistics and trades
of Central Asia. Vol. I. – Tashkent, 1997. – P. 158.
3.
Ҳакимов А. Ўзбекистоннинг бадиий кулолчилик мактаблари //
Восток. – Тошкент, 1999. – № 1. – Б. 76-79; Гюль Э. Ҳунармандчилик
анъаналарини сақлаб // San’at. – Тошкент, 1999. – № 2. – Б. 32;
4.
Булатов С. Ўзбек халқ амалий безак санъати. – Тошкент: Меҳнат,
1991. – 384 б.
5.
Davlatova S.T. O‘zbekistonning an’anaviy hunarmandchiligi tarixiy
jarayonlar kontekstida (O‘zbekistonning janubiy hududlari misolida XIX asrning
ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari). – Toshkent. Yangi nashr, 2018. – 368 b.
