Том 4 № 7 (2025)

Том 4 № 7 (2025)
Опубликован: 27-06-2025

Статьи

174-177 19 16

EDUCATION AND OCCUPATION

Ilxomjon Yusupov

Education and occupation are two fundamental elements that significantly shape an individual’s personal development and overall life trajectory. Both factors contribute uniquely to one’s identity, skillset, and worldview. This article explores how education and occupation interact to influence personal growth, career advancement, and social mobility.

178-185 199 26

PYTHON DASTURLASH TILIDA RO‘YXATLAR

Israil Tojimamatov , Oybekjon Mahmudov

Ushbu maqolada Python dasturlash tilidagi ro‘yxat (list) ma’lumotlar tuzilmasi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Ro‘yxatlarning asosiy xususiyatlari, ularni yaratish usullari, elementlarga indeks orqali murojaat qilish, salbiy indekslash, ro‘yxatga element qo‘shish, olib tashlash, tartiblash, ko‘paytirish, nusxa olish va boshqa amallar ko‘plab kod misollari bilan izohlangan. Maqola dasturchilarga ro‘yxatlar bilan samarali ishlash, turli real hayotdagi masalalarni Python yordamida yechish imkoniyatlarini tushuntirishga qaratilgan.

186-188 23 11

HUDUDIY BIZNES-ANALITIKA XIZMATLARI PAXTA-TO’QIMACHILIK SEKTORIDA INTEGRATSION TUZILMALARNI TAKOMILLASHTIRISH VOSITASI SIFATIDA

Mohigul Shamsiyeva

Tarixan klasterlarning raqobat ustunliklarini oshiruvchi eng asosiy xususiyati  - bu klaster ichida hamkorlik muhitni, jumladan, paxta-to’qimachilik texnologik zanjirlari ishtirokchilari o'rtasidagi samarali va barqaror kompaniyalararo manfaatli munosabatlarni ta'minlaydigan integratsion aloqalarni kuchaytirish evaziga sinergik effektga ega bo’lish hisoblanadi. Ammo jahon tajribasidan nafaqat agrosanoat majmuasida, balki boshqa sohalarda ham hududiy klasterlarini shakllantirishning yagona sxemasi, qolipi va mexanizmi mavjud emas. D.M. Begov mintaqaviy paxta-to'qimachilik klasterining asosiy maqsadi tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish orqali sinergik samaraga erishish uchun majburiy raqobat, investitsion jozibadorlik va innovatsiyalarga yo'naltirilganlik kombinatsiyasiga erishish ekanligini ta’kidlaydi [1].

189-193 28 21

ICONICITY AS A COGNITIVE PRINCIPLE IN LITERARY DISCOURSE

Maftuna Askarova

The article discusses one type of cognitive principle called iconicity. It is devoted to stylistic analysis of iconicity as a cognitive principle. The article outlines three distinct types of iconicity and their role in forming some cognitive stylistic devices. The article provides literary extracts to illustrate stylistic devices used.

194-196 32 24

HUNARMANDCHILIK TARIXINI ILMIY ADABIYOTLARDA YORITILISHI

N. Egamberdiyeva

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab hunarmandchilik masalasi ko‘plab tadqiqotlarda yoritila boshladi. Jumladan, qator tarixiy, etnografik va arxeologik ishlardan O‘zbekiston hunarmandchiligini o‘rganishda qiyosiy material sifatida foydalanish mumkin. O‘zbekistonda an’anaviy hunarmandchilikning rivojlanish bosqichlari yoritilgan “O‘zbekistonning badiiy hunarmandchiligi atlasi”da janubiy hududlar hunarmandchiligi tarixining turli masalalariga oid ba’zi fakt va ma’lumotlar keltirilgan. Atlasdan hunarmandchilikka oid oq-qora rangli arxiv suratlari, hunarmandchilikning muayyan turiga ixtisoslashgan markazlarni ko‘rsatuvchi xarita, atamalar izohi, ustalar haqida qisqacha biografik ma’lumotlar o‘rin olgan.

197-202 40 14

ШОЛИ НАВЛАРИ УРУҒЛАРИНИНГ ЛАБОРАТОРИЯ ВА ДАЛА УНУВЧАНЛИГИНИ АНИҚЛАШ

Наргиза Мейлиева, Қахрамон Ўразметов, Алишер Жобберганов

Мазкур илмий ишда турли шоли навлари уруғларининг унувчанлик даражаси лаборатория ва дала шароитида ўрганилди. Тадқиқотдан кўзланган мақсад – селекция қилинган шоли навларининг уруғ сифатини баҳолаш, унувчанлик кўрсаткичларини солиштириш орқали оптимал экиш учун мос бўлган навларни аниқлашдан иборат. Тадқиқот давомида “Искандар”ва “Тарона”, каби истиқболли шоли навлари танлаб олиниб, уларнинг уруғлари стандарт агротехник шароитда лаборатория стендларида ва дала участкаларида экилди. Лаборатория шароитида унган уруғлар сони, ниҳол кучи ва унувчанлик муддати аниқланди. Дала тажрибаларида эса экиш чуқурлиги, тупроқ намлиги, ҳаво ҳарорати ва агротехника талаблари назорат остида сақланди.Тадқиқот якунида, энг барқарор унувчанлик кўрсатган навлар тавсия этилди ва уруғчиликда лаборатория ҳамда дала шароитидаги комплекс баҳолаш муҳимлиги асослаб берилди.

203-206 51 17

KALIY XORIDNING BOYITISH USULLARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

Nazokat Yusufova

Mazkur maqolada kaliy xlorid (KCl)ni tabiiy xomashyo — silvinit va karnallitlardan ajratib olishda qo‘llaniladigan boyitish usullari ishlab chiqarish texnologiyasi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Mexanik, termik va eritma-kristallanish usullarining texnologik jarayonlari, ularning samaradorligi va amaliy qo‘llanilishi yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalar va ekologik xavfsizlik masalalari ham alohida o‘rganiladi.