Авторы

  • M.M. Mamatqulov
    Surxon davlat qo`riqxonasi ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari
  • U.T. Murtazayev
    Katta ilmiy xodimlar
  • B.I. Boymamatov
    Katta ilmiy xodimlar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sies.122807

Ключевые слова:

Ekologiya Ekoinnovatsiya qo`riqxona texnologiya qulayliklar foydalanish jihatlari

Аннотация

Maqolada innovatsiyalar zamonaviy texnologiyalar hayotimizning balki turli sohalarga ham o`z tasirini ko`rsatmoqda jumladan tabiatni asrash va uni muhofaza qilishda soha mutaxassislarining ishini yengillashtirish bilan bir qatorda sohaning shaffof tarzda rivojlanishiga ham o`z o`rni bor. Texnologiyalar sohaning ajralmas qismiga aylanib, ishlash tarzimizni tubdan o'zgartirdi. Bu texnologiyalar orqali ekologik huquqiy javobgarlik, hayvonat olami vakillarini yaqindan o`rganish imkoniyatini yaratib berish masalalari haqida fikrlar yuritilgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

65

TABIAT ASRASHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR O`RNI

M.M.Mamatqulov

Surxon davlat qo`riqxonasi ilmiy ishlar

bo`yicha direktor o`rinbosari

U.T.Murtazayev

B.I.Boymamatov

Katta ilmiy xodimlar

https://doi.org/10.5281/zenodo.10851883

Annotatsiya:

Maqolada innovatsiyalar zamonaviy texnologiyalar hayotimizning balki

turli sohalarga ham o`z tasirini ko`rsatmoqda jumladan tabiatni asrash va uni
muhofaza qilishda soha mutaxassislarining ishini yengillashtirish bilan bir
qatorda sohaning shaffof tarzda rivojlanishiga ham o`z o`rni bor. Texnologiyalar
sohaning ajralmas qismiga aylanib, ishlash tarzimizni tubdan o'zgartirdi. Bu
texnologiyalar orqali ekologik huquqiy javobgarlik, hayvonat olami vakillarini
yaqindan o`rganish imkoniyatini yaratib berish masalalari haqida fikrlar
yuritilgan.

Kalit so’zlar:

Ekologiya, Ekoinnovatsiya, qo`riqxona, texnologiya,

qulayliklar, foydalanish, jihatlari

THE ROLE OF MODERN TECHNOLOGIES IN NATURE PROTECTION
Abstract-

In the article, innovations and modern technologies show their impact

on various areas of our life, including the ease of the work of experts in the field
of nature conservation and protection, as well as the transparent development
of the field. Technology has become an integral part of the industry and has
fundamentally changed the way we work. Through these technologies, the issues
of ecological legal responsibility, creating an opportunity to closely study
representatives of the animal world were discussed.

Key words:

Ecology, Eco-innovation, reserve, technology, amenities, use,

aspects

Kirish

Tabiatni muhofaza qilish z

amonaviy texnologiyalarning o`rni beqiyos,

texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib, muloqot qilish, ishlash
va yashash tarzimizni tubdan o'zgartirdi. Texnologiyaning ta'siri hamma joyda
mavjud bo'lib, nafaqat kundalik ishlarimizda turli sohalarning rivojiga ham o`z
ta'sir ko`rsatmoqda. Axborotni iste'mol qilish usulidan tortib, boshqalar bilan
qanday bog'lanishimizga qadar zamonaviy texnologiyalar dunyoni chuqur
o'zgartirdi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

66

Texnologiya so'nggi bir necha o'n yilliklarda juda jadal va hayotda ajralmas
qismiga aylandi bu esa o'z navbatida hayotimizni o'zgartirdi va u bilan
rivojlanishimizga yordam berdi. Tabiatni muxofaza qulishda dunyoning istalgan
burchagidagi flora va fauna vakillari haqida jamlangan foto yoki video tasvirlarni
topishingiz va ular haqida ma`lumotlarni olishingizni osonlashtirishgacha,
texnologiya insoniyatga soha qulayliklarini ya`ni uning rivojiga o`z hissasini
qo`shdi. Aynan texnologiya tufayli biz o'z tabiatining eng kichik vakilida eng
yirik vakiliga qadar yaxshiroq bilamiz.

Asosiy qism

Tabiatni muhofaza qilish

tabiat

va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga,

tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat
boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va
yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi.
Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech
kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan, xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi
mumkin.
Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro
taʼsirda boʻladi, undan oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi,
muhit tarkibidagi o`zgarish uning yashash darajasini cheklaydi
Jumladan antropogen ta`sirlar natijasida inson yashay oladigan hudud
kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni va hajmi ortadi, binobarin,
insonning tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, koʻlam jihatidan ham koʻpayadi.
Inson oʻzi yashashi va faoliyat koʻrsatishi uchun tabiiy muhitdan tashqari yana
sunʼiy muhitni ham bunyod etadi. Masalan, shaharlar, turar joy binolari, bogʻlar,
suv omborlari, yoʻllar va boshqa Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan
va texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning ahamiyati, ulardan
foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham oʻzgarib boradi.
Insonning tabiatga taʼsiri kuchayishidan, antropogen landshaftlar koʻpaymoqda.
Hayvonot va oʻsimlik olamidan rejasiz foydalanish yoki inson faoliyati bilan
bogʻliq boshqa sabablar tufayli 16-asrning oxirlaridan umurtqali hayvonlarning
kamayib yo`ki mutloqo yo`q bo`lib ketishiga olib keldi
Bu borada O`zbekiston Respublikasida hududida ham tabiatni asrash va undan
oqilona foydalanish hamda kelajak avlodlarga yetkazish yuzasidan bir qancha
qonunlar ishlab chiqarilgan va jamiyatga tadbiq qilingan jumladan. Bular
„Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida“ (1992-yil 9-dekabr), „Suv va suvdan
foydalanish toʻgʻrisida“ (1993-yil 6-may), „Yer osti boyliklari toʻgʻrisida“ (1994-
yil 23 sentabr; 2002-yil 12 dekabrda yangi tahrirdagi), „Atmosfera havosini


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

67

muhofaza qilish toʻgʻrisida“ (1996-yil 27-dekabr), „Oʻsimlik dunyosini muhofaza
qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida“ va „Hayvonot dunyosini muhofaza qilish
va undan foydalanish toʻgʻrisida“ (1997-yil 26 dekabr), „Davlat kadastrlari
toʻgʻrisida“ (2000-yil 15 dekabr), „Oʻrmon toʻgʻrisida“ (1999-yil 15-aprel),
„Chiqindilar toʻgʻrisida“ (2000-yil 5-aprel)gi qonunlardir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida
tabiatni muhofaza qilishga oid normalar bayon etilgan.
Sohaning yanada rivojlanishiga o`z hissasini qo`shib kelayotgan zamonaviy
texnologiyalarning o`rni beqiyosdir. Jumladan noyob tabiatni asrashda va
kelajak avlodlarga yetkazish maqsadida

o`simlik va hayvon turlarini himoya

qilishga qaratigan qonun ustivorliklari mavjud.
Tabiiy boyliklarni asrash yuzasidan respublikamiz hududida 9 ta qo`riqxonalar
mavjud bo`lib ularda har qanday xo`jalik faoliyati man qilinadi (nazorat
qilinadigan ilmiy tadqiqot ishlaridan tashqari).

Zomin, Chotqol Surxon, Qizil-Qum,

Baday-To`qay, Zarafshon, Nurota, Kitob, Hisor

kabi davlat qo`riqxonalardir

mavjud.

Qo`riqxonalar faoliyatida qulaylik yaratish va uning flora va faunasini hamda tur
vakillarining

yashash

tarzini

yaqindan

o`rganishda

zamonaviy

texnologiyalarning

o`rni

beqiyosdir.

Bu

texnologiyalar

qatoriga

Fotoqopqon(Фотоловушка), GPS aniqlagich, teplovizor, harakat dediktor
kuzatuv kameralarni va bir qancha texnologiyalarni misol keltirishimiz ham
mumkin.
Jumladan Fotoqopqonlar- bu harakat sensori avtomatik ishga tushirilishi bilan
inson aralashuvisiz suratga olish uchun mo'ljallangan raqamli foto yoki video
tasvir kamerasining bir turi. Zamonaviy raqamli kamera tuzoqlar videokamerasi
vazifasini ham bajaradi. Bu qurilmadan ekologlar va yovvoyi tabiat
tadqiqotchilari tomonidan yovvoyi hayvonlar tasvirini olish uchun foydalaniladi.
Ba'zi hollarda hayvonot dunyosi vakillari o`rganish imkoni bo`lmagan
hududlarga (qushlar vakillari yoki kamyob tur vakillari) yaqindan o`rganish
maqsadida o`rnatiladi. Ushbu qurilmalar Himoya ranglariga ega dizayni va
yuqori darajadagi avtonomiya tufayli kamera tuzoqlari bir necha oygacha kutish
rejimida ishlashi mumkin, eng zamonaviylari esa mobil Internet orqali
videolarni uzatishi yoki bildirishnomalarni ishga tushirishi mumkin, bu esa
mutaxassislarga sodir bo'lgan voqealar haqida xabar beradi.
GPS aniqlagich esa hududning koordinata nuqtalarini belgilashda
mutaxassisning turgan joyi dengiz hajmiga nisbatini belgilasgda juda qo`l keladi.
Bundan tashqari teplovizar moslamalari orqali tunda harakatlanayotgan


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

68

hayvonot dunyosi vakillarining tana harorat nisbatiga qarab ko`rish imkonini
beradi.
Yana shunday qurilmalar toifasiga esa harakat dedektorlari kameralarni ham
kiritishimiz mumkin. Bu kameralarda yuzni tanish hususiyatlari mavjud bo`lib
bu orqali huquqbuzarlikni aniqlash imkoniyati yaratilgan, yani kirish
taqiqlangan hududlarda yuz begona shaxslar va ularning hatti harakatlari
tasvirga olinadi hamda mutaxassislarga habar jo`natiladi.

Hulosa

Zamonaviy texnologiyalar atrof-muhitni asrash va muhofaza qilishda katta rol
o'ynaydi. Biz iqlim o'zgarishi, tabiiy resurslarning kamayishi va atrof-muhitning
ifloslanishi bilan bog'liq muammolarga duch kelamiz. Biroq, innovatsion
texnologiyalar tufayli biz tabiatni asrash va yanada barqaror kelajak yaratishga
katta hissa qo'shishimiz mumkin.
Shunday qilib, zamonaviy texnologiyalar atrof-muhitni saqlash va himoya
qilishda kuchli vositadir. Ular noyob tur vakillari saqlash va himoya qilishda
yanada samarali foydalanish imkonini beradi. Ushbu texnologiyalar bizga tabiat
va odamlar uyg'unlikda yashashi mumkin bo'lgan yanada barqaror kelajak sari
harakat qilishimizga yordam beradi.

References:

1.Теличенко В.И. «Зеленые» технологии среды жизнедеятельности:
понятия, термины, стандарты// Вестник МГСУ//2017
2.Удовиченко Д.И. Высокие технологии//Мировая наука//2019 - №6 - С.
476-479 УДК: 001.895//
3.Колчанов Н.А. Компьютерная системная биология и биоинформатика:
задачи и методы // Марчуковские научные чтения. 2019. №2019. С.10
4. Arts K., van der Wal, R. & Adams, W.M. Digital technology and the
conservation of nature. Ambio 44, .2015. p. 661–673
5.https://dzen.ru/a/ZNCxqpVZe1uXM-ue

Библиографические ссылки

Теличенко В.И. «Зеленые» технологии среды жизнедеятельности: понятия, термины, стандарты// Вестник МГСУ//2017

Удовиченко Д.И. Высокие технологии//Мировая наука//2019 - №6 - С. 476-479 УДК: 001.895//

Колчанов Н.А. Компьютерная системная биология и биоинформатика: задачи и методы // Марчуковские научные чтения. 2019. №2019. С.10

Arts K., van der Wal, R. & Adams, W.M. Digital technology and the conservation of nature. Ambio 44, .2015. p. 661–673