Авторы

  • Ali Allambergenov
    Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyi matematika fani o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sies.122822

Ключевые слова:

modellashtirish dastur simulyatsiyalash COMSOL LabVIEW Adams PowerShape FeatureCAM.

Аннотация

Ushbu tezisda o`qituvchilarga ixtisoslik fanlarini o‘qitishda samara beradigan modellashtiruvchi dasturlarining mohiyati, afzalliklari va ulardan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Tezisda asosan texnologik ta`lim, modellashtirish sohalariga urg`u beriladi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

5

OʻQITUVCHILARNI ZAMONAVIY DASTURLAR ASOSIDA OʻQITISHNI

TIZIMLASHTIRISH MUAMMOLARI

Ali Axmedovich Allambergenov

Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyi

matematika fani o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10780854

Annotatsiya.

Ushbu tezisda o`qituvchilarga ixtisoslik fanlarini o‘qitishda

samara beradigan modellashtiruvchi dasturlarining mohiyati, afzalliklari va
ulardan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Tezisda asosan texnologik ta`lim,
modellashtirish sohalariga urg`u beriladi.

Kalit so‘zlar:

modellashtirish, dastur, simulyatsiyalash, COMSOL,

LabVIEW, Adams, PowerShape, FeatureCAM.

Mamlakatimizda o`qituvchilarni o`qitish faoliyatini takomillashtirish,

o‘quv jarayonining sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion va axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida keng ko‘lamli ishlar
amalga oshirilmoqda.

Shuningdek hozirgi davrda jamiyatimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar,

axborotlashgan jamiyatga o‘tish borasidagi islohotlar, jahon ta’lim tizimiga
integratsiyalanish jarayonlari va ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining joriy etilishi mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida
kompetentli mutaxassislar tayyorlashga asos bo‘lib xizmat qiladi.

ASOSIY QISM

Jahon hamjamiyatining e’tirof etishicha, hozirgi kunda ta’lim tizimi ishlab

chiqarishdan ancha orqada qolib ketmoqda va bitiruvchilarning ta’lim
muassasasini tamomlaganlariga qadar ular olgan ayrim bilimlar eskirib
qolmoqda.

Bugungi kunda ta’lim mazmunini bosqichma-bosqich o‘zgartirib borish

dolzarb masalalardan biri bo‘lib, elektron interfaol va multimedia
majmualarining yangi avlodini ishlab chiqish hamda ulardan samarali
foydalanish metodikalarini ta’minlash, shuningdek mustaqil bilishning yangi
turlarini yaratish va tarmoq asosida o‘qitish texnologiyalarining didaktik
imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi [1].

Shu bois o`qituvchilarni o`qitish mazmunini takomillashtirish, elektron

ta’lim resurslaridan va internet texnologiyalaridan samarali foydalanish davr
talabi bo‘lib qolmoqda.

Bizningcha o`qituvchilarni o`qitish ta’lim jarayoniga kompyuter

texnologiyalarini va elektron ta’lim resurslarini joriy etish quyidagi masalalarni


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

6

yechish imkonini beradi:

o‘qitishda vaqtdan unumli foydalanish samaradorligini oshirish,

auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish va o‘tkazish;

faol-faoliyatli o‘qitish shakllarini rivojlantirish;

shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish modellarini qo‘llash;

ta’lim oluvchida ijodkorlik qobiliyatining rivojlanishi uchun shart-

sharoitlarni yaratish.

Bugungi kunda ta’lim jarayonida elektron ta’lim resurlarini yaratish

hamda ulardan o‘quv jarayonida samarali foydalanishni taqozo etadi. Bunda
o‘quv materiallarini zamonaviy usullar, jumladan, multimediali resurlar va
texnologiyalar, modellashtiiruvchi dasturlar asosida taqdim etish ehtiyoji
tug‘iladi. Modellashtiruvchi dasturlarni o‘quv jarayonida tatbiq etish ta’lim
oluvchilardalarda bilim olishga motivatsiyani oshirish, o‘z faoliyatini mustaqil
rejalashtirish, o‘qish vaqtini tejash, o‘quv materiallarini yanada sifatliroq taqdim
etish, axborotlarni amaliy o‘zlashtirish, shuningdek har qanday jarayon va
hodisalarni modellashtirish, kasbiy kompetentlikni shakllantirish imkonini
beradi.

Bugungi kunda ta’lim jarayonida kompyuterning grafik imkoniyatlaridan

foydalanishda bo‘lgan talabning orta borishi, talabalalarning ta’lim sohasida
xususan, oliy ta’lim muassasalarida ixtisoslik fanlarini o‘qitishda
modellashtiruvchi dasturlardan foydalanib o‘qitishni yuqori saviyada tashkil
etishni taqozo etmoqda. Biz mazkur maqolada o`qituvchilarga ixtisoslik
fanlarini o‘qitishda samara beradigan modellashtiruvchi dasturlardan ayrimlari
haqida fikr yuritamiz.

COMSOL Multiphysics

dasturiy paketi yordamida muhandislar va olimlar

muhandislik sohasidagi, ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqotlar uchun
konstruksiyalarni, qurilmalarni va jarayonlarni modellashtirishi mumkin (2).

COMSOL Multiphysics

– bu integrallashgan modellashtirish uchun

platforma bo‘lib, modellashtirishning barcha bosqichlarini o‘z ichiga oladi:
geometrik tuzilishini yaratishdan, jarayondagi ishlatiladigan materilalar, fizik
ta’sirlardan tortib toki yechimlarni topishni sozlash va jarayonni qayta
ishlashgacha, bu esa aniq va barqaror natijalarni olish imkoniyatini beradi.

Maxsus amaliy va muhandislik vazifalari uchun modellarni yaratish uchun

siz COMSOL Multiphysics dasturiy paketini imkoniyatlarini kengaytirish
modullari orqali amalga oshirishingiz mumkin. Integratsiyalash modullarni
modellashtirish vaqtida qo‘llash, qurilmalar va jarayonlarni ishlab chiqishda
boshqa muhandislik va matematik dasturiy vositalarni qo‘llash imkoniyatini


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

7

beradi. Model yaratilganidan so‘ng, siz uni maxsus foydalanuvchi interfeysli
modellashtirish dasturiga aylantirishingiz mumkin bo‘lib, ushbu dasturni ishlab
chiqaruvchilardan alohida ishlatish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

1-rasm. COMSOL Multiphysics dasturining ko‘rinishi.

FeatureCAM – CAD/CAM

tizimi bo‘lib, elementlarni ratsional qayta

ishlash tamoyiliga asoslanadi. FeatureCAM qattiq jismli modelning
elementlarini avtomatik yoki qo‘lda identifikatsiyalash imkoniyatini beradi:
texnolog-dasturchi qaysi elementlarni qayta ishlashni xohlashini ko‘rsatadi va
tizim o‘zi ushbu elementlarni qayta ishlash uchun boshqaruvchi dasuturlarni
tayyorlaydi [3].

Feature RECOGNITION (elementlarni tanib olish) moduli – bu kuchli

uskuna bo‘lib, dasturlash jarayonini osonlashtiradi va tezlashtiradi. FeatureCAM
da elementli dasturlash CAD (kompyuter modeli) geometrik ma’lumotlariga
asoslanib, bu esa ishlab chiqarish vaqtini ancha qisqartirish imkonini beradi.
Tizimda qo‘lda, interfaol va to‘liq avtomatik elementlarin tanib olish imkoniyati
mavjud.

PowerSHAPE

– qattiq jismli va yuzali zamonaviy gibridli modellashtirish

dasturi hisoblanadi. Qattiq jismli modellashtirish – bu ososn va tezkor
birlashtirish, qirqib tashlash va kesishtirish operatsiyalarini bildiradi. Yuzali
modellashtirish – bu kenglikdagi cheksiz elementlarni murakkabligi va ularni
tahrirlashning takrorlanmas imkoniyatlari.

Modellashtirish vositasi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

ixtiyoriy egri chiziqlar to‘plamida yuzalarni yaratish imkoniyati;

yuzalarni dinamik pozitsiyalash va tahrirlash;

ob’ektga-yo‘naltirilgan tahrirlashni qo‘llash PowerSHAPE dasturini

qo‘llashni osonlashtiradi va tezlashtirish imkonini beradi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

8

LabVIEW

– dasturlashga grafik qarashlarni qo‘llash imkoniyatini taqdim

etib, u jarayondagi ixtiyoriy detalni vizuallashtirish, qurilmalarni sozlash,
o‘lchov ma’lumotlarini ko‘rsatish va otladkalash imkoniyatini beradi. Ushbu
vizuallashtirish o‘lchov qurilmalarini ixtiyoriy qurilma ta’minotchilari uchun
integratsiyalashni osonlashtirish, murakkab boshqarish algoritmini diagramma
sxemasida aks etish, ma’lumotlarini tahlili etish algoritmlarini oson ishlab
chiqish va foydalanuvchi maxsus interfeysini qurish imkoniyatini beradi [4].

SolidWorks

– bu muhadislik loyihalash va 3D modellashtirish uchun eng

mashhur kompyuter dasturlaridan biri hisoblanadi. Ushbu dasturiy paketda
nafaqat 3D chop etish texnik detallarni yaratish imkoniyati mavjud, balki
boshqa texnik maqsadlarda ham ushbu modellardan foydalanish mumkin.
Shunday qilib, SolidWorks dasturi 3D modellashtirish uchun juda keng
imkoniyatli vosita va turli maqsadlardagi mahsulotlarni avtomatik loyihalash
uchun dasturiy paket sifatida xizmat qiladi. Ma’no jihatida bu mahsulotlarni
raqamli ko‘rinishda konstruksiyalash uchun imkoniyatlar to‘plami bo‘lib, u
o‘zida ko‘plab qo‘shimcha uskunalarni saqlaydi va ular orqali model ustida turli
virtual texnik eksperimentlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Adams

– dasturiy oilasi ixtiyoriy konstruksiyalarni (barcha

harakatlanuvchi oddiy mexanik va elektromexanik qurilmalardan tortib
murakkab avtomobil va samolyotlar, temir yo‘l texnikalari, kosmik
apparatlargacha) modellashtirish va mukammallashtirish uchun qo‘llaniladi.

Adams dasturiy paketining xarakterli xususiyati va katta yutug‘i shundaki

foydalanuvchi grafik interfeysi oson va effektiv ekanligi. Bu interfeysni ishlatib,
Adams paketi foydalanuvchisi geometrik primitivlar bazasidan hisoblanadigan
modelni tezkor yaratishi mumkin.

Har bir dastur ta’lim jarayonida o‘zining ma’lum bir vazifasini bajaradi.

Ularning bir qismi materialning ketma-ket bayon qilishga mo‘ljallangan,
boshqalari esa talabalarning bilimlarini baholashga, ayrim turlari esa amaliy
mashg‘ulotlarni modellashtirishga xizmat qiladi va h.k.

Bilim, mahorat va ko‘nikmalar darajalarini nazorat qilishning dasturiy

vositalari talabaning bilimlari sifatini baholash jarayonini avtomatlashtiradi.

Test topshiriqlaridan o‘tkazish tizimi ta’lim tizimida ancha davrlardan

beri qo‘llaniladi. Biroq shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, olingan bilimlarni baholash
jarayonida o‘qituvchi va talabaning o‘zaro harakatlarini modellashtirish –
axborot nuqtai-nazaridan juda nozik bo‘lgan ishdir. Ko‘plab vaziyatlarda u eng
zamonaviy axborot texnologiyalaridan, sun’iy intellekt metodlaridan
foydalanmasdan turib sifatli tarzla amalga oshirilishi mumkin emas. Masalan,


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

9

matematik bo‘yicha interfaol test tizimi talabaning javobi mantig‘ini kuzatib
borishi (bu teoremalarning avtomatik isbotlanishi kabi nozik metodlarni jalb
qilishni talab qiladi), shuningdek, o‘rganilayotgan o‘quv fani bo‘yicha tayanch
bilimlar bazasiga asoslanishi lozim. Mana shunday tizimlarni ishlab chiqish
sezilarli miqyosdagi mehnat, vaqt va moliyaviy sarf-xarajatlarni talab qiladi.
Baxtimizga, mana shunday murakkab texnologiyalarni qo‘llash har doim ham
talab qilinavermaydi.

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali

mutaxassislarni tayyorlashda modellashtiruvchi dasturlarni o‘qitishning
innovatsion shakllari va metodlari bilan uyg‘un holda kompleks qo‘llash, kadrlar
tayyorlash sifati va samaradorligini oshiradi.

Adabiyotlar ro`yxati:

1.

Gaffarov F.X. Maxsus fanlar bo‘yіcha elektron ta’lіm resurslarі bazasіnі

yaratіsh va ularnіng masofadan foydalanіsh metodіkasі. P.f.f.d. Dіss. Avtoref.
Toshkent. 2018 yіl.5 bet.
2.

COMSOL Multіfіzіka uchun qo'llanma. - www.comsol ro'yxatіga kіrіtіlgan

AQSh patentlarі bіlan hіmoyalangan. com/patents va AQSh patentlarі 7,519,518;
7 596 474; 7 623 991; va 8 457 932. Patentlar kutіlmoqda., 2014. 1262 s.
3.

“CAD/CAM & Rapіd prototypіng applіcatіon evaluatіon”, 1-nashr © 2010

Mіltіadіs A. Boboulos PhD&bookbon.com.
4.

SolіdWorks® dasturіy ta'mіnotіnі o'rgatіsh bo'yіcha o'qіtuvchіlar uchun

qo'llanma. © Dassault Systèmes SolіdWorks Corporatіon, 1995-2010; Dassault
Systèmes S.A., 300 Beyker prospektі, Konkord, Mass. 01742 AQSh.
5.

Janabergenova, A. J. (2021). Setting Goals on Smart Techniques and

Affecting Student Motivation. Annals of the Romanian Society for Cell
Biology, 9333-9336.
6.

Janabergenova, A. J. (2018). Organization and Forms of Students’

Independent Work on Higher Mathematics at Pedagogical University.
Eastern European Scientific Journal, (2).
7.

Жанабергенова, А. Ж. (2023). Ахборотлашган таълим муҳитида

талабаларнинг

мустақил

иш

фаолияти

методикасини

такомиллаштириш. Novateur Publications, 6, 1-142.
8.

Jaksılıkovna, J. A. (2022). Ta’lim jarayonini bulutli xisoblash texnologiyasi

asosida tashkil etishning pedagogik omillari. Gospodarka i Innowacje., 23, 77-82.
9.

Prenov, B., & Tarkhanov, N. (2003). Kernel spikes of singular problems.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

10

10.

Barakbaevich, P. B., & Turganbaevich, O. E. (2023). Teaching to solve

geometric problems using the method of vectors and coordinates. Journal of
Pharmaceutical Negative Results, 689-695.
11.

Prenov, B. B., & Tarkhanov, N. N. (1992). Martinelli-Bochner singular

integral. Siberian Mathematical Journal, 33(2), 355-359.
12.

Prenov, B. B., & Tarkhanov, N. N. (1992). On the singular Martinelli–

Bochner integral. Sibirskii Matematicheskii Zhurnal, 33(2), 202-205.

Библиографические ссылки

Gaffarov F.X. Maxsus fanlar bo‘yіcha elektron ta’lіm resurslarі bazasіnі yaratіsh va ularnіng masofadan foydalanіsh metodіkasі. P.f.f.d. Dіss. Avtoref. Toshkent. 2018 yіl.5 bet.

COMSOL Multіfіzіka uchun qo'llanma. - www.comsol ro'yxatіga kіrіtіlgan AQSh patentlarі bіlan hіmoyalangan. com/patents va AQSh patentlarі 7,519,518; 7 596 474; 7 623 991; va 8 457 932. Patentlar kutіlmoqda., 2014. 1262 s.

“CAD/CAM & Rapіd prototypіng applіcatіon evaluatіon”, 1-nashr © 2010 Mіltіadіs A. Boboulos PhD&bookbon.com.

SolіdWorks® dasturіy ta'mіnotіnі o'rgatіsh bo'yіcha o'qіtuvchіlar uchun qo'llanma. © Dassault Systèmes SolіdWorks Corporatіon, 1995-2010; Dassault Systèmes S.A., 300 Beyker prospektі, Konkord, Mass. 01742 AQSh.

Janabergenova, A. J. (2021). Setting Goals on Smart Techniques and Affecting Student Motivation. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 9333-9336.

Janabergenova, A. J. (2018). Organization and Forms of Students’ Independent Work on Higher Mathematics at Pedagogical University. Eastern European Scientific Journal, (2).

Жанабергенова, А. Ж. (2023). Ахборотлашган таълим муҳитида талабаларнинг мустақил иш фаолияти методикасини такомиллаштириш. Novateur Publications, 6, 1-142.

Jaksılıkovna, J. A. (2022). Ta’lim jarayonini bulutli xisoblash texnologiyasi asosida tashkil etishning pedagogik omillari. Gospodarka i Innowacje., 23, 77-82.

Prenov, B., & Tarkhanov, N. (2003). Kernel spikes of singular problems.

Barakbaevich, P. B., & Turganbaevich, O. E. (2023). Teaching to solve geometric problems using the method of vectors and coordinates. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 689-695.

Prenov, B. B., & Tarkhanov, N. N. (1992). Martinelli-Bochner singular integral. Siberian Mathematical Journal, 33(2), 355-359.

Prenov, B. B., & Tarkhanov, N. N. (1992). On the singular Martinelli–Bochner integral. Sibirskii Matematicheskii Zhurnal, 33(2), 202-205.