MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARINING TAYYORLOV GURUHLARIDA QURISH-YASASHGA O‘RGATISHNING METOD VA USULLARI

Annotasiya

Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida tayyorlov guruh bolalarni  ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish yo‘llari, qurish-yasash mashg‘ulotlarini olib borish hamda tashkil etish usullari. 

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
70-73
251

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Eshova, D. (2024). MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARINING TAYYORLOV GURUHLARIDA QURISH-YASASHGA O‘RGATISHNING METOD VA USULLARI. Наука и инновации в системе образования, 3(7), 70–73. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/50962
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida tayyorlov guruh bolalarni  ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish yo‘llari, qurish-yasash mashg‘ulotlarini olib borish hamda tashkil etish usullari. 


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

70

MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARINING TAYYORLOV

GURUHLARIDA QURISH-YASASHGA O‘RGATISHNING

METOD VA USULLARI

D.Sh.Eshova

Maktabgacha ta‘lim kafedrasi

katta o‘qituvchisi Maktrabgacha ta‘lim yo‘nalishi

Buxoro pedagogika institute

https://doi.org/10.5281/zenodo.11498973

Annotatsiya:

Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida tayyorlov guruh

bolalarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish yo‘llari, qurish-yasash
mashg‘ulotlarini olib borish hamda tashkil etish usullari.

Kalit so‘zlar:

qurish-yasash, konstruktor o‘yinlari, to‘plamlar, tabiiy

materiallar, tashlandiq materiallar, ijodiy ish, qurilish materiallari, texnik
malaka

Аннотация:

Пути развития творческих способностей детей

подготовительной группы в дошкольных образовательных организациях,
методы ведения и организации строительной деятельности.

Ключевые слова:

строительство, строительные игры, наборы,

натуральные

материалы,

выброшенные

материалы,

творчество,

строительные материалы, технические навыки

Annotation:

Ways to develop the creative abilities of preparatory group

children in preschool educational organizations, methods of conducting and
organizing construction activities.

Keywords:

construction, building games, kits, natural materials, discarded

materials, creativity, building materials, technical skills

Tayyorlov guruh bolalari asosan qurish-yasashning quyidagi usulidan

foydalanadilar, ya‘ni tarbiyachining topshirig‘i b‘yicha bola o‘z tasavvuriga
tayangan holda rasm, foto-rasmlardan foydalanadi. Ko‘pgina qurilma mavzusi
beriladi. Katta guruhga qaraganda bu guruhga beriladigan shartlar murakkabdir.
Namunalar ko‘pincha rasm, foto-rasm bo‘lib, bu rasmda bolalarning keraksiz
ashyolardan, qurilish materialidan qurilgan qurilmalari aks etgan bo‘ladi.
Ba‘zida tarbiyachining o'zi yasagan narsani namuna sifatida ko'rsatish mumkin.
Lekin bu usul bu yoshdagi bolalarga to‘g‘ri kelmaydi. Tarbiyachi topshiriqni
tushuntirayotganda qurish-yasashning yangi usulini qisman ko‘rsatib o‘tadi.
Tayyorlov guruhidagi ekskursiya va suhbatlar bolalarni qurish-yasash
obyektlari haqida tasavvur qilishlariga yordam beradi. Har bir sayohat
bolalarning keyingi mashg‘ulotga tayyorgarligini oshirishga yordam beradi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

71

Shahar bo‘ylab ekskursiyada tarbiyachi asosiy diqqatni maydon, ko‘chalarning
tuzilishiga, binolarning chiroyli qurilganligiga qaratadi. Tarbiyachi bolalar bilan
biror bir maydonning fazoviy joylashishini, binolarni tahlil qiladi. Mashg‘ulotda
esa topshiriqni tushuntirib, bolalar bilimini oshiradi. Mashg‘ulotning boshida
o‘tkaziladigan suhbatlar bolalar bilimini faollashtiradi. Ko‘prik qurayotganida
tarbiyachi bolalarga eslatib o‘tadi: ko‘priklar har xil bo‘ladi. Yo‘lovchilar uchun
va transport uchun ko‘priklar. Mashg‘ulotning boshida, kinoteatr qurishda
tarbiyachi suhbat o‘tkazib, binoning asosiy qismi tomoshabinlar zali, foyeni
ajratadi, uning asosiy shakl, fazoviy joylashishini aniqlaydi. Agar boshqa
mashg‘ulot bo‘lsa, tarbiyachi bolalardan o‘ylagan qurilmalari, uning nima uchun
qo‘llanishi, tanlangan materiallar haqida gapirib berishni talab qiladi.

Qog‘oz va tabiat materiallaridan qurish-yasash. Maktabgacha ta‘lim

muassasasida turli xil o‘yinchoqlarni yasash uchun qog‘ozdan, tabiiy
materiallaridan keng foydalaniladi. Bolalarga qog‘ozning turli xil turlari beriladi:
vatman, karton, yupqa va turli qog‘ozlar.

Tarbiyachi bolalar bilan birga tabiiy materiallarni tayyorlab, bir yil ichida

ularni to‘playdi. Yozda somon, manzarali daraxt mevalari, yong‘oqlar teradilar.
Mevalar urug‘i yaxshilab yuvilib, quritiladi, bunday urug‘lar maxsus qutilarda
saqlanadi. Bu xildagi qo‘llanmalarni yasash uchun: qog‘oz, karton, plastilin, sim,
gugurt cho‘pi, yelim, qaychi kabi materiallardan ham foydalaniladi.

Qog‘oz, tabiatdagi tashlandiq, materiallardir. Bu materiallardan bolalar

bog‘chasida turli-tuman o‘yinchoqlar yasash jarayonida foydalaniladi. Bu
jarayon faqatgina foydali bo‘lib qolmay, balki qiziqarli hamda bolalar tomonidan
sevib bajariladigan jarayondir. Bolalar xilma-xil turlardagi qog‘ozlar bilan
ishlaydilar. Xilma-xil tabiiy materiallari, manzarali daraxt mevalari, shox-
shabbalar va boshqalarni tarbiyachi bolalar bilan birgalikda oldindan tayyorlab
boradi. Masalan, urug‘lar, danaklar yaxshilab yuvilib, quritilib yig‘iladi.

Kashtan

daraxtdan to‘kilishi bilan terib oladilar. Klen va yasen daraxtining urug‘i esa
qishda yig‘iladi. Har bir tabiat materialining turi alohida qutichalarda saqlanadi.
Shuningdek, ulardan o‘yinchoqlar yasashda, yordamchi materiallar, qog‘oz,
karton, plastilin, simlar, yelim va mehnat qurollaridan: qaychi, bigiz, igna va
boshqalar qo‘llaniladi.

Dastlabki mashg‘ulotda tarbiyachi bolalarga bir necha predmetlarni,

qog‘ozdan yasalgan o‘yinchoqlarni ko‘rsatib, uni buklab, yopishtirish orqali
archani yasatish uchun o‘yinchoq va sovg‘alar uchun turli xil qiziqarli
o‘yinchoqlar yasash mumkinligi haqida gapirib beradi. Birinchi mashg‘ulotdayoq
bolalar tarbiyachining ko‘rsatmasi va tushuntirishi asosida qog‘ozni teng ikkiga


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

72

buklashni o‘rganadilar. Keyingi mashg‘ulotlarda archa uchun o‘yinchoq, sovg‘a
yasalgan paytlarda bu ko‘nikma mustahkamlanadi. Mashg‘ulotlarda uycha,
avtobus, yuk mashinasini yasatganlarida bolalar tayyor elementlardan o‘yinchoq
yasash, asosiy qismga alohida detallarni yopishtirishni ham o‘rganadilar.
Masalan, uychaga - eshik, deraza; avtobusga - oyna, g‘ildirak yopishtiradilar.
Topshiriqning bunday turini bajarish faqat texnik malakalarni shakllantirib
qolmay, balki bolalarning aqliy faoliyatini, mustaqil ishini ham rivojlantiradi.
O‘yinchoqni yasashdan avval bolalar qaysi qismni bir-biri bilan birlashtirishni,
qaysi qismni yopishtirish kerakligini o‘ylaydi. Yoz paytida bolalar tabiiy
materiallardan foydalana boshlaydilar. Avvalo, tarbiyachi bolalarni shu material
bilan oldindan yasalgan sodda qurilmalar bilan tanishtirib, alohida
predmetlarni, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik, undan qanday foydalanish kerakligini
tushuntiradi. Tabiiy material, qog‘ozdan qurish-yasash mashg‘uloti bilan qurilish
materialidan qurish-yasash mashg‘uloti almashinib turadi.

Tayyorlov guruhida bolalar katta texnik malakalarni talab qiluvchi ancha

murakkab konstruksiyalarni o‘zlashtirib boradilar. Shuning uchun tarbiyachi
narsalar yasashni, uning bajarilish usullarini aniq tushuntirib, ko'rsatish
uslubidan tez-tez foydalanadi. Tarbiyachi balkonli uyni qurish mavzusida avval
ko‘p qavatli, balkonli uy konstruksiyasini tayyor holda ko‘rsatadi, so‘ng ishni o‘zi
ko‘rsatib, uyning qanday yasalishini qog‘ozni buklab, balkonlarini yasash uchun
qirqib, uni tomini qanday joylashishini ko‘rsatib beradi. Agar mashg‘ulotda
bolalar tanishish usulini qo‘llasalar, tarbiyachi faqat namunani kuzatish va
qisman ko‘rsatish bilan cheklanadi xolos, yoki bolalar bilimini faollashtiruvchi
savollar berishi mumkin. Archa o‘yinchog‘ini yasash mashg‘ulotida tarbiyachi
bolalarga namunani ko‘rsatgach, uni qanday qirqishni bolalardan so‘raydi. Ular
bunga javob beradilar, so‘ng o‘zlari mustaqil bajaradilar. Agar yasalayotgan
narsa, masalan, harakatlanuvchi o‘yinchoqlar ko‘p vaqtni olsa, bolalar
qiynalsalar, tarbiyachi mashg‘ulotni ikkiga bo‘lishi mumkin. Birinchi
mashg‘ulotda tarbiyachi kartondan yasalgan

o‘yinchoqlarni ko‘rsatib, bugungi

teatr o‘yiniga ham xuddi shunday o‘yinchoqlar yasashligini aytib o‘tadi. Lekin bu
o‘yinchoqni chizib berish lozim, so‘ng bolalar hayvonchani o‘ylab topib, chizib
bo‘yaydilar. Ikkinchi mashg‘ulotda bolalar tarbiyachining tushuntirishi va
ko‘rsatmasi asosida o‘yinchoq yasaydilar. O‘yinchoq yasash mashg‘uloti
avvaldan tayyorlikni talab qiladi. Tarbiyachi bu ishga bolalarni jalb qiladi. Ular
material tayyorlashga yordamlashadilar: qog‘oz qirqadilar, shakli bo‘yicha
joylashtiradilar.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

73

Bolalar o‘z o‘ylaganlari bo‘yicha mashg‘ulotning yaxshi o‘tishi avvaldan

ko‘rilgan tayyorgarlikka bog‘liq: bolalar materiallarni yasaydigan predmetlarini
qanchalik tez topsalar, nima yasashlarini oldindan bilsalar, mashg‘ulot
shunchalik qiziqarli bo‘ladi. Tarbiyachi mashg‘ulot uchun bolalar bilan turli
o‘lcham, turli shakldagi daraxt, gul, butalarning urug‘larini, shox,
makkajo‘xorining doni, mosh va boshqa ko‘pgina tabiiy materiallarni yig‘adilar.
Bolalar oldindan o‘ylagan narsalari uchun materiallar yig‘adilar Tarbiyachi
bolalarga yiqqan materialidan narsalar yasashni o‘rgatadi, ya‘ni bolalar diqqatini
shu materiallar hayvonlarning figuralariga o‘xshab ketishiga (yugurayotgan
kiyik, tuyaqush, odamlar va hokazo) qaratadi. Bu narsalarni yasashda tarbiyachi
ham ishtirok etishi mumkin. Bolalar tayyor figuralarni taglikka
o‘rnatayotganlarida tarbiyachi taglikni mix bilan teshib beradi yoki
kapalaklarning qanotlarini shishkaga joylashtirib beradi. Bu barcha yasalgan
narsalardan ko‘rgazma uyushtiriladi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov
guruhi tarbiyalanuvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda qurish-
yasash mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil etish, ko’rgazmalarning rang-barangligi
maktabga sifatli tayyorlashning yuqori natijasiga kafolatdir. Bu ko‘rgazmalar
bolalar ishining yanada yaxshi bo‘lishiga yordam beradi va bolalarda qurish-
yasash faoliyatiga qiziqish hissini, estetik didlarini yanada o‘stiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.N.Kayumova. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU 2013.
2.Nurmatova M.Sh. Xasanova Sh.T. Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy
faoliyatga o‘rgatish metodikasi. “Sho‘lpon” T:.2010y.
3.Nurmatova M.SH. Xasanova Sh.T. D.Azimova. Ustaxonada amaliy mashg‘ulot.
“Musiqa” T:.2010y.
4.Asqarova D.Q. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish.(metodik
qo‘llanma). Namangan, 2018y.-92b.
5. Nigmatova M.M. Tasviriy faoliyatga o’rgatish (o’quv qo’llanma) Toshkent
2020y.
6. www.tdpu.uz.
7. www.pedagog.uz.
8. www.Ziyonet.uz.
9. www.edu.uz.

Bibliografik manbalar

N.Kayumova. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU 2013.

Nurmatova M.Sh. Xasanova Sh.T. Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasi. “Sho‘lpon” T:.2010y.

Nurmatova M.SH. Xasanova Sh.T. D.Azimova. Ustaxonada amaliy mashg‘ulot. “Musiqa” T:.2010y.

Asqarova D.Q. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish.(metodik qo‘llanma). Namangan, 2018y.-92b.

Nigmatova M.M. Tasviriy faoliyatga o’rgatish (o’quv qo’llanma) Toshkent 2020y.

www.tdpu.uz.

www.pedagog.uz.

www.Ziyonet.uz.

www.edu.uz.