HIKOYALARDA HAYOT HAQIQATI

Аннотация

Ushbu maqolada hikoya janri a uning xususiyatlari haiqda fikr yuritilgan. Ulug’bek Hamdamning “Gardkam”, va “Malol” hikoyalarida yozuvchi ideali ramziy obrazlarda o’ziga xos yoritilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
50-52
31

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ergasheva , A. (2024). HIKOYALARDA HAYOT HAQIQATI. Наука и инновации в системе образования, 3(9), 50–52. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/50983
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada hikoya janri a uning xususiyatlari haiqda fikr yuritilgan. Ulug’bek Hamdamning “Gardkam”, va “Malol” hikoyalarida yozuvchi ideali ramziy obrazlarda o’ziga xos yoritilgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

50

HIKOYALARDA HAYOT HAQIQATI

Ergasheva Aziza

Jizzax davlat pedagogika universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.12731081

Annotatsiya:

Ushbu maqolada hikoya janri a uning xususiyatlari haiqda

fikr yuritilgan. Ulug’bek Hamdamning “Gardkam”, va “Malol” hikoyalarida
yozuvchi ideali ramziy obrazlarda o’ziga xos yoritilgan.

Kalit so’zlar:

obraz, hayotiy hikoya, estetik ideal, real voqealar.

Ma'lumki, 90-yillar o‘zbek hikoyachiligida sub'ektiv talqin yetakchilik

qiladi. Bu jihat estetik ideal va xarakter munosabatida ham namoyon bo‘lgan va
mazkur xususiyati bilan realistik hikoyalardagi milliy xarakterlardan farq qiladi.
Odatda realistik asarlarda yaratilgan ideallar bevosita hayotdan olinadi yoki
hayotiy qahramonlar, voqealar, obrazlar ideallashtirilgan shaklda tasvirlanadi.
Modern hikoyalarda esa yozuvchi ideali ko‘pincha ramziy obrazlarda ko‘zga
tashlanadi. U ko‘proq yozuvchining sub'ekt ideali bilan bir butunlikda aks etadi.

Ulug‘bek Abduvahobning “Gardkam” deb nomlangan hikoyasida estetik

idealning shunday o‘ziga xos shakliga duch kelamiz. Hikoya real voqealar emas,
yozuvchi sub'ektiv dunyosida kechadigan noreal voqealar asosiga qurilgan.
“Gardkam” qahramoni ideali o‘ta baland cho‘qqida ko‘zni qamashtirib, barchani
o‘ziga chorlovchi lola. Hamma cho‘qqiga chirmashib, lolaning huzuriga intiladi.
Mashaqqatlar, o‘zaro musobaqa davomida yuz beradigan shafqatsizliklar,
xoinliklar, qurbonlar, dod-faryodlar lola tomon intiluvchilarning faoliyat
jarayonini ifodalaydi. Hikoya qahramoni bir qaraganda lolani islom dunyosi
talpinadigan Ka'baga o‘xshatadi. Bu fikridan voz kechib, uni quyoshga,
odamlarni esa quyosh atrofida parvona yo‘ldoshlarga mengzaydi. Biroq bu
fikridan ham voz kechishga to‘g‘ri keladi. Chunki go‘zal va purviqor lola
maftunkor ko‘z qisib, uni o‘ziga chorlaydi.

Boshida Lolaga intilib mashaqqat chekayotgan odamlarni tushuna

olmagan qahramon endilikda ularning biriga-lolaning ashaddiy muxlisiga
aylanadi: “Ko‘nglimda lolaning yodi, uning menga, faqat menga ko‘rsatgan
iltifoti... Buni xayolimga keltirsam, o‘zimni har qanday do‘zaxga otishga tayyor
ko‘raman”, deydi qahramon. Yo‘lda u ba'zan ikkilanadi, vahimadan oyoqlari
qaltiraydi. Kimdir uni parishonligidan foydalanib, yelkasiga oyoq qo‘yib
yuqorilab ketishadi. Oyoq zarbini ko‘tara olmagan qahramon ajal bilan yuzma-
yuz to‘qishadi. Biroq qo‘llari uni saqlab qoladi. Shunda u o‘zining baxtsizligiga
sabab bo‘lgan “yo‘lovchi”ni emas, ko‘proq uning aybi bilan qulab halok
bo‘layotganlarni o‘ylab azob chekadi: “Endi nima bo‘ladi?... Lolaning oldiga qay


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

51

yuz bilan boraman? Unga yetishganimda ham ko‘nglimning bir chekkasiga
begunoh odamlarning yodi mudom kemirib turadi-ku!”, deb o‘ylaydi u. Hayot-
mamot kurashi ketayotgan, qolaversa, o‘ziga zulm bo‘lib turgan bir vaziyatda
bunday fikrga borish kimgadir sun'iyroq tuyulishi mumkin. Biroq qahramon
tabiatan pok, vijdonli. U Lolaning yoniga yovuz tuyg‘ular bilan borishni
xohlamaydi. Xuddi shu soniyada uni bosib o‘tib ketgan olg‘ir unga tosh ota
boshlaydi. Qahramon beixtiyor Xudoga murojaat qiladi: “Ey xudo, shu la'natini
yo‘q qilmasang, rozimasman.Uning duosi qabul bo‘ladi. Yovuzlik jarga qulaydi.
Shunda qahramonning naqadar ezgu qalb egasi ekani ayon bo‘ladi: “Negayam
yomon niyat qildim, birovga o‘lim tiladim...o‘zimni kechirolmayman”. Ezgu qalb
va ezgu niyat qahramonning yo‘liga unum beradi. “Yo‘lovchi”lardan faqat ugina
qoladi. Lekin birinchi dovonni ming mashaqqatlar bilan bosib o‘tgan qahramon
qarshisida yana o‘nlab qoyalarni ko‘radi. Biroz ikkilanadi, biroz umidsizlikka
tushadi. Lekin Lolaning ishqi uni tamom mast qilib qo‘ygan: “Buyog‘i endi
tavakkal, yo hayot, yo mamot”,- degan xulosaga keladi qahramon. Shunday ahd
bilan hikoya tugaydi.

Hikoyadagi hammani mashaqqatga qo‘ygan Lolani muayyan maqsad ramzi

deb belgilash o‘rinsiz. To‘g‘rirog‘i, buni har bir kitobxon o‘zi hal qilishi kerak.
“Gardkam” an'anaviy hikoyalardan, avvalo, shu jihati bilan farq qiladi. Estetik
ideal majoziyligi o‘quvchi idrokidagi erkinlikka, tanlash huquqiga yo‘l ochib
beradi. Ikkinchidan, hikoyada ideal sari boruvchilarga muvaffaqiyat keltiruvchi
ba'zi narsalarga nozik ishora ham yo‘q emas. Muallif fikriga ko‘ra har qanday
maqsadning amalga oshuvi ezgulikda, iymon va poklikda. Shu jihati bilan hikoya
sharq falsafasiga xos komillikni targ‘ib etadi. Komillikka intilish esa milliylikning
yuksak ko‘rinishidir. Uchinchidan, qahramonning yovuzlikka munosabati ham
sharqona. U o‘ziga yomonlik qilganlarga nisbatan yovuz bo‘la olmaydi. Beixtiyor
og‘zidan chiqib ketgan qarg‘ish uchun o‘zini kechirolmaydi. Xalqimizning “Qonni
qon bilan emas, qonni suv bilan yuvish kerak”, degan maqoliga amal qiladi.
Hikoyaning qahramon maqsadiga yetmasdan tugashi esa hayotning dialektik
qonuniyat asosida rivojlanishiga falsafiy ishoradek. Xullas, “Gardkam”
qahramoni intilgan ideal moddiy emas, balki ilohiy, ruhoniy idealdir. O‘zbek
mumtoz adabiyotidagi kuylab kelingan ideallarning XX asr adabiyotidagi
yangilangan nasriy shaklidir.

U Abduvahobning Malol hikoyasi qahramoni insonlik bu-malol”, degan

xulosaga keladi. Mudom insonlik baxt-saodat deb uqtirib kelgan va shunga
ko‘nikkan tafakkur bunday hukmni birdan qabul qila olmaydi. Lekin hikoyaning
nihoyasini, haqiqiy falsafasini anglab yetgach, hammasi ma'lum bo‘ladi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

52

Hikoyada do‘st va mezbon obrazlari bor. Lekin ularning har ikkisi ham,

bizning fikrimizcha, ramziy obrazlar. Ikki obraz bir butunlikda muallif ichki
dunyosining ikki qirrasini tashkil etadi. Hikoya: “Do‘stim eshikni tepib,
qo‘qqisdan bostirib kelishi yaxshi.

Shunday xulosani aytgan Do‘st yerga qulaydi.

Ortiq iztiroblarga dosh berolmaydi. Shu o‘rinda ikkinchi qahramon -
mezbonning harakati boshlanadi. To‘g‘risi, ichida shunday xulosaga kelgan
mezbon, bunday dahshatli xulosa davomini yashashdan mazmun topish uchun
xayolning boshqa ko‘chalari sari ot suradi. Lekin yo‘lda halokatga uchraydi.
Ramziy ravishda fikrlar ko‘chasida yelib ketayotib, uning oyog‘i sinadi. U
hayotdan mantiq izlayotib, cho‘nqirga duch keladi. Biroq xulosa baribir hayotiy
yakun topadi. Yiqilib hushdan ketgan qahramonni Tong degan nido hushiga
keltiradi. Demak, hayot davom etadi, yashashdan maqsad esa haqiqat axtarib
yashash, degan xulosaga keladi qahramon.
Xullas, “Gardkam” hikoyasidagi kabi bu hikoyada ham yozuvchi estetik ideali
ezgulikka bog‘lanadi. Biroq birinchi hikoyada qahramon o‘z idealini yuksak, qo‘l
yetmas cho‘qqidan izlagan bo‘lsa, “Malol” hikoyasida o‘z ichiga, o‘z ichki
dunyosiga sayr qiladi. Birinchi hikoyadan inson ideali ezgulikda degan xulosa
chiqsa, ikkinchisi bundan ham sharqonaroq yashashning mazmuni o‘zni
anglashda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Mustaqillik davri hikoyachiligidagi poetik o‘zgarishlar.

2.

Mustaqillik davri hikoyachiligi va adabiy – tanqidiy qarashlar.

3.

Ulug‘bek Hamdamning “Unutilgan nay navosi”, “So‘z”, “Tosh”, “Lola”

hikoyalari tahlili.

Библиографические ссылки

Mustaqillik davri hikoyachiligidagi poetik o‘zgarishlar.

Mustaqillik davri hikoyachiligi va adabiy – tanqidiy qarashlar.

Ulug‘bek Hamdamning “Unutilgan nay navosi”, “So‘z”, “Tosh”, “Lola” hikoyalari tahlili.