SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
123
BUXORO TUMANI TUPROQLARINING SHO’RLANGANLIK HOLATI
VA YAXSHILASH YO’LLARI
D.I.Bo’riyeva
Buxoro davlat universiteti o’qituvchisi
M.R.Boltayeva
Buxoro davlat universiteti 4 –bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11213516
Annotatsiya.
Ushbu maqolada asosan Buxoro tumani sho‘rlangan erlarda
olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari bayon etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
hududda sodir bo‘lgan va bo‘layotgan salbiy jarayonlarni keltirib chiqaruvchi
tabiiy va inson faoliyati bilan bog‘liq omillarni o‘rganish, sizot suvlari chuqurligi,
minerallashuvi va turli qatlamlaridagi tuzlarining umumiy va zaharli zahiralarini
va shular asosida tuproqning hozirgi meliorativ holatini aniqlash, va ularni
yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so’zlar.
Sug‘oriladigan tuproq, sho‘rlanish, sho‘rlanish tipi, sho‘rlanish
darajasi, suvda oson eruvchi tuzlar, meliorativ-ekologik holat, melioratsiya, sizot
suvlari, sho‘rlanish jarayoni.
Annatation.
This article mainly describes the results of scientific research
conducted in the saline lands of Bukhara district. According to the results of the
research, it is necessary to study the factors related to natural and human
activities that cause the negative processes that have occurred and are occurring
in the area, the depth, mineralization and total and toxic reserves of salts in
different layers of seepage waters, and based on this, the current soil
determination of land reclamation conditions, and measures and
recommendations aimed at their improvement have been developed.
Key words.
Irrigated soil, salinity, type of salinity, degree of salinity,
easily soluble salts in water, reclamation-ecological condition, reclamation,
seepage waters, salinization process.
O‘zbekistonda sug‘oriladigan sho‘rlangan tuproqlar turli gorizontal-
kenglik zonalarda uchraydi. Sug‘oriladigan sho‘rlangan tuproqlarning
hosildorligi tuproq hosil qiluvchi jinslarning xarakteriga, tuproq tiplariga,
sug‘orish davrlariga, sho‘rlanganlik darajalariga hamda ularda o‘tkazilayotgan
agrotexnik va meliorativ tadbirlarni majmuasiga bog‘liq.
O‘zbekistonda tabiiy sho‘rlanishning asosiy sharti bu joyning kuchsiz
zovurlashganligi va er osti suvlarining er yuzasiga yaqin joylashganligi
sharoitida bug‘lanishning atmosfera yog‘inlari miqdoridan ustunligi bo‘lib, tabiiy
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
124
tuz to‘planishining ikkinchi omili – bu tuzlarning shamol yordamida olib
kelinishidir.
Buxoro tumani Buxoro viloyatining shimoliy-g‘arb va janubiy qismida
joylashgan bo‘lib, shimol tomondan Vobkent tumani, SHark tomondan Kogon
tumani, janub va garb tomondan Jondor tumani bilan chegaradosh.
Buxoro
tumanining jami qishloq ho‘jalik er turlari er maydoni jami 394561,0 gektarni,
shundan tuproqlari tekshirilgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik erlari esa 22861
gektarni tashkil etadi. Bu erlarda paxta, g‘alla, bog‘dorchilik va boshqa qishloq
xo‘jalik maxsulotlari etishtirish uchun barcha imkoniyatlar etarli. Buxoro
tumanida bugungi kunda 16 ta qishloq xo‘jalik massivlari bo‘lib, bu massivlarda
fermer xo‘jaliklari va boshqa erdan foydalanuvchilar faoliyat ko‘rsatadi.
Tuproqlarning tuz rejimini belgilovchi barcha omillar (sizot suvlarining satxi,
minerallashganlik va kimyoviy tarkibi, tuproq eritmasining sho‘rlanganlik
darajasi, sug‘orish rejimi, sho‘r yuvish va sug‘orish suvlari sifati, tuproq
gruntlarning hossa-hususiyatlari gidromeliorativ tizimlar holati, joyning tabiiy
va sun’iy zovurlashganligi, litologik–geomorfologik va iqlim sharoitlari va
boshqalar) o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning birini o‘zgarishi bir
vaqtning o‘zida boshqalarning sezilarli o‘zgarishiga olib keladi. Jumladan,
kollektor-zovur tarmoqlarining ishdan chiqishi sizot suvlarining er yuzasiga
ko‘tarilishi va mineralizatsiya darajasining ortishiga, bu holat o‘z navbatida
tuproqda tuz to‘planish va qayta sho‘rlanish jarayonlarining faollashuviga olib
keladi.
Tuproqning sho‘rlanishi uning sho‘rlanish darajasi, tuzlar ximizmi, tuzli
gorizontning joylashish chuqurligi va er osti suvining chuqurligi bilan farqlanadi
.
Madaniy o‘simliklarni normal o‘sish va rivojlanishi uchun na faqat
tuproqdagi tuzlarning umumiy miqdori, balki tuzlarning kimyoviy tarkibi
muhim rol o‘ynaydi. SHu bois sho‘rlanganlik darajalarini tuzlarning ximiyaviy
tartibiga qarab aniqlash juda muhim.
Tuproqning tarkibidagi tuzning miqdori va sifati hamda madaniy ekinlar
o‘rtasidagi aloqa juda murakkabdir. Bunday xolatning sabablaridan biri
o‘simlikning o‘sish fazasida sho‘rga chidamliligining har xilligidir. G‘o‘zaga
tuzning kuchli ta’siri u rivojlanishining boshlang‘ich fazasida, ya’ni 3-4 barg
paydo qilish davrida bo‘ladi.
Vegetatsiyaning
oxirida
g‘o‘zaga
tuproqdagi
tuzning
yuqori
konsentratsiyasi ham juda kam ta’sir ko‘rsatadi. G‘o‘zaning ko‘pgina
rayonlashtirilgan
navlari
uchun
tuproqdagi
tuzlarning
cheklangan
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
125
konsentratsiyasi 2,5-3,0 % ga tengdir, undan oshgandan so‘ng o‘simliklarni
nobud bo‘lishiga olib keladi.
Tuzlarning zaharli bo‘lishi ko‘pincha uning tarkibidagi ionlarga bog‘liq
bo‘ladi. O‘rta Osiyoning sug‘oriladigan dexqonchiligida madaniy o‘simliklar
uchun ko‘pincha zaharli bo‘lib xloridlar tan olingan, chunki ularning tuproqdagi
0,01 foiz miqdordagisi ham paxtaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqdagi
sulfatlarni zaharli ta’siri, ularning miqdori 0,2-0,3 % bo‘lganda kuzatiladi.
Tuproq meliorativ xolatining yomonlashuviga va unumdorligining
pasayishiga sabab bo‘luvchi sho‘rlanish jarayonlari Buxoro tumanida 22690.7
gektar erni tashkil etadi. Bu tuman sug‘oriladigan erlarining 99,26 % tashkil
etadi.
Melioratsiya nuqtai nazaridan tuman erlari tuproqlarining holati
qoniqarli emas. Sho‘rlanmagan tuproqlar tuman sug‘oriladigan erlarining 170,2
gektarni tashkil etadi. Bu tuman sug‘oriladigan erlarining 0,74 % tashkil etadi.
Kuchsiz sho‘rlangan tuproqlar tumanda 16000,25 gektarini tashkil etadi.
Bu tuman sug‘oriladigan tuproqlarining 70,0 % ni tashkil etadi. Bu erlar
meliorativ jixatdan qoniqarli erlar xisoblanadi. Bu erlarda kollektor–drenaj
tarmoqlari yaxshi ishlaydi va sho‘r yuvish ishlari olib boriladi.
Tumanda kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarning sho‘rlanish tipi sulfatli va
xlorid–sulfatli. Kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarning mexanik tarkibi o‘rta, engil
qumoqlardan iborat.
O‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari 4966,04 ga er maydonga teng. Bu tuman
sug‘oriladigan erlarining 21,7 % ini tashkil etadi. Sho‘rlanish tipi, asosan, xlorid-
sulfatli va sulfatli. SHo‘rlangan tuproqlarning mexanik tarkibi og‘ir, o‘rta va
engil qumoqlardan iborat. O‘rtacha sho‘rlangan tuproqlar ham tumanning
deyarli barcha hududlarida tarqalgan.
Kuchli sho‘rlangan tuproqlar tuman maydonining 1128,82 gektarni tashkil
etadi. Bu tuman sug‘oriladigan erlarining 4,9 % ni tashkil etadi. Bu
tuproqlarning sho‘rlanish tipi xlorid-sulfatli va xloridli.
Juda kuchli sho‘rlangan tuproqlar tuman maydonining 595,57 gektarni
tashkil etadi. Bu tuman sug‘oriladigan erlarining 2.6 % ni tashkil etadi. Bu
tuproqlarning sho‘rlanish tipi xlorid-sulfatli va xloridli. Juda kuchli sho‘rlangan
tuproqlarning mexanik tarkibi og‘ir va o‘rta qumoqli.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Buxoro tumani sug‘oriladigan erlari
turli darajada sho‘rlangan, turli mexanik tarkib va sho‘rlanish tiplaridan iborat
bo‘lib, tuproq sho‘rlanishi viloyatning boshqa bir qator tumanlariga qaraganda
kamroq hisoblanib, sho‘rlanish jarayonini oldini olish, tuproq unumdorligi va
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
126
mahsuldorligi hamda qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini muntazam oshirib
borish uchun gidrotexnik, agrotexnik va meliorativ tadbirlar to‘liq bajarilishini
talab etadi.
Sho‘r yuvishda tuproqlarning sho‘rlanish darajasi, mexanik tarkibi, suv
o‘tkazuvchanligi (suv-fizikaviy xossalari) hamda ildiz tarqaladigan qatlamdagi
(0-1m) tuzlar miqdori va zahiralari hisobga olinishi zarur. SHo‘r yuvish uchun
suv me’yorlari mexanik tarkibiga qarab turlicha sarflanadi. Tuproqgruntlari
mexanik tarkibiga ko‘ra engil qatlamli tuproqlarda o‘rtacha 3000-3500 m
3
/ga,
o‘rtacha sho‘rlangan erlarda 2-3 marta suv bostirish orqali 3500-5000 m
3
/ga,
kuchli sho‘rlangan erlarda 3 marta suv bostirish orqali 4000-5000 m
3
/ga va
juda kuchli sho‘rlangan turli mexanik tarkibdagi tuproqlarda marzalar
(cheklar)ga 3-4 marta suv bostirish orqali 5000-6500 m
3
/ga hamda kuchli va
juda kuchli sho‘rlangan og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarda 3-4 marta suv
bostirish orqali 6000-7500 m
3
/ga me’yorlarida sho‘ri yuviladi. SHo‘r yuvishdan
keyingi tuproqdagi tuzlar muqdori xlor-ioni 0,01 % gacha va quruq qoldiq
miqdorini esa 0,4-0,6 % gacha kamaytirish talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Artikova X.T. Buxoro vohasi tuproqlarning evolyusiyasi, ekologik holati va
unumdorligi. Avtoref. dok. diss.(DSc). –Toshkent,2019. 62 b.
2.Gafurov K., Abdullaev S. Xarakteristika pochvennogo pokrova oroshaemoy
zonы Buxarskoy oblasti.- Tashkent: Izd-vo «Fan», 1982.-130 s.
3.Kurvantaev R., Nazarova S.M.Zarafshon vohasi quyi oqimi sug‘oriladigan
o‘tloqi tuproqlarining agrofizikaviy holati. –Buxoro.2021.- 142 b.
4.Nazarova S.M., Kurvantaev R. Buxoro vohasi tuproqlari / “O’zbekiston qishloq
xo’jaligi” jurnalining “Agro ilm” ilmiy ilovasi. –Toshkent, 2012. №3 (23). - B. 54-
55.
5.Nazarova S. M. Buxoro vohasi sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarining hozirgi
davr agrofizikaviy holati. Avtoreferat q.x.f.f.d (PhD) -Toshkent, 2019. – 44 b.
6. O'zbekiston Respublikasi Yergedezkadastr davlat qo'mitasi ma’lumotlari
Toshkent 2010 y)