Авторы

  • Bibixon Burxonova
    Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetiьSiyosatshunoslik yo’nalishi 4 – kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sies.78002

Аннотация

Hozirgi  kunda  Markaziy  Osiyo  mamalakatlari  o’rtasida  ko’plab  ijtimoiy – iqtisodiy  hamda  siyosiy  hamkorlik  ishlari  amalga  oshirilmoqda. Ma’lumki Markaziy  Osiyo  davlatlariga  5ta  respublika  -  Qozog’iston , O’zbekiston , Qirg’iziston , Turkmaniston  va  Tojikiston  davlatlari  kiradi. Markaziy  Osiyo  hududlari  geografik  jihatdan  okean  va dengizlardan  uzoqda  joylashganligi  sababli  qadim  zamonlardan  ushbu  Osiyo  qit’asidagi  submintaqa  asosan  quruqlik  yo’llari  orqali  savdo  jarayonlari , madaniyat  va  ilmiy  yangiliklar  almashinuvi  bo’lib  o’tgan. 


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

10

MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI O’ZARO MUNOSABATLARIDA

HUDUDIY YAXLITLIKNI E’TIROF ETISH

Burxonova Bibixon

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti

Ijtimoiy fanlar fakultetiьSiyosatshunoslik yo’nalishi

4 – kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15167581

Kalit so’zlar:

Tranzit, investitsiya, ratifikatsiya, global iqtisodiyot,

chegaralaviy daxlsizlik.

Hozirgi kunda Markaziy Osiyo mamalakatlari o’rtasida ko’plab ijtimoiy –

iqtisodiy hamda siyosiy hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Ma’lumki
Markaziy Osiyo davlatlariga 5ta respublika - Qozog’iston , O’zbekiston ,
Qirg’iziston , Turkmaniston va Tojikiston davlatlari kiradi. Markaziy Osiyo
hududlari geografik jihatdan okean va dengizlardan uzoqda joylashganligi
sababli qadim zamonlardan ushbu Osiyo qit’asidagi submintaqa asosan
quruqlik yo’llari orqali savdo jarayonlari , madaniyat va ilmiy yangiliklar
almashinuvi bo’lib o’tgan. Bunday noodatiy jug’rofiy joylashuv miloddan
avvalgi davrlardan - Buyuk Ipak yo’lida asosiy tranzit hududlaridan biri
bo’lib , G’arb hamda Sharq madaniyatlari , g’oyalari o’rtasida “ markaziy
chorraha ” vazifasini bajargan. Hozirgi kunda

Markaziy Osiyoda tahminan 80.2

million kishi istiqomat qilib, ular beshta davlatga taqsimlangan
:

Qozogʻiston

(20 million) ,

Qirgʻiziston

(7 million) ,

Tojikiston

(10 million)

,

Turkmaniston

(6 million) va

Oʻzbekiston

(37.2 million).

Hozirgi kunda ham mintaqamizdagi o’zaro munosabatlarning ijobiy

tarzda amalga oshirilishida xalqaro xavfsizlik, millatlararo tinch – totuvlik,
global taraqqiyot hamda o’zaro bag’rikenglik kabi sifatlarning ahamiyati
nihoyatda katta.

Qayd etish joizki , Markaziy Osiyo davlatlarining barqarorligi va

hamjihatligi, birinchidan , xalq farovonligini , ikkinchidan , mintaqaning
investitsion jozibadorligini oshirib, xorijiy sherik davlatlar va investorlar
bilan hamkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston va mintaqa davlatlari oʻrtasida shakllangan va yana-da
mustahkamlanib borayotgan yangi muhit mazkur maqsadlarga erishishga
hamda oʻzaroro siyosiy, savdo -iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni
kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston hamda Markaziy Osiyo davlatlari bilan

aloqalarini koʻp tomonlama hamkorlik mexanizmlari, jumladan, Birlashgan
Millatlar Tashkiloti (BMT), Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH), Shanhay


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

11

hamkorlik tashkiloti (SHHT), Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi
(TTDHK), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) va boshqa
tuzilmalar doirasida ham rivojlantirishni, bunda nafaqat siyosiy - diplomatik
munosabatlar, balki iqtisodiy diplomatiya , parlamentlararo diplomatiya
hamda xalq diplomatiyasini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.

Bugungi kunda ham Markaziy Osiyo mamlakatlari tinchliksevar mintaqa

va rivojlanish tarafdorlari sifatida jahon miqyosida turli xil yo’nalishlarda -
iqtisodiy , ijtimoiy , siyosiy , madaniy , texnologik hamda boshqa yo’nalishlarda
dunyoning ko’plab xalqaro va mintaqalararo tashkilotlari bilan hamkorlik
munosabatlarini o’rnatish va ularni mustahkamlash ishlari bilan mashg’ul
bo’lib kelmoqda.

Yaqin yillarda bo’lib o’tayotgan bunday hamkorliklarning amalga

oshirilishida hududlarimiz o’rtasidagi o’zaro hududlararo xavfsizlik , xalqaro
kelishuvlarning ratifikatsiyadan o’tishi , chegaralarning daxlsizligi ,
mintaqamizdagi davlat rahbarlari hamda boshqaruv sohasidagi diplomatik
va siyosiy munosabatlarning ijobiy tarzda amalga oshirilayotganligi
ahamiyatga loyiqdir.

Bunda misol qilib ,2025 – yil 31-martda O‘zbekiston, Tojikiston va

Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma
imzolandi.

O‘zbekiston , Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari Xo‘janddagi

uch tomonlama uchrashuv yakunida davlat chegaralarining tutash nuqtasi
to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. So‘ng uch mamlakat chegaralari tutashgan
hududda Do‘stlik stelasi tantanali ravishda ochildi.

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi

to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolandi, deya

xabar qildi

O‘zbekiston

prezidenti matbuot xizmati.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Xo‘jand shahrida

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov
bilan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida davlat rahbarlari bir-birlarini muborak Ramazon hayiti

hamda Navro‘z bayrami bilan qutladilar, birodar xalqlarga tinchlik, farovonlik
va ravnaq tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston va Qirg‘iziston tomonlarini barcha masalalar

uzil-kesil hal etilgani hamda Davlat chegarasini delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi
shartnoma imzolangani bilan samimiy tabrikladi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

12

Ushbu hujjat, shuningdek, uch mamlakat davlat chegaralarining tutash

nuqtasi to‘g‘risida imzolanayotgan shartnoma barqarorlik va izchil taraqqiyotni
ta’minlashga, butun mintaqaning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilishi
ta’kidlandi.

Tantanali ravishda ochilgan Do‘stlik stelasi esa qardosh mamlakatlar

o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik
sheriklik munosabatlarining yangi ramziga aylanishi qayd etildi.

2025 – yil 3 – 4 – aprel kunlari esa “Markaziy Osiyo - Tevropa Ittifoqi “

birinchi sammiti bo’lib o’tdi.

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan sammit

ishida Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi
prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog‘iston respublikasi prezidenti Qosim-
Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston
prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar
Berdimuhamedov ishtirok etdi. Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy
Osiyo—Yevropa ittifoqi” birinchi sammiti nafaqat mintaqaviy, balki global
siyosiy va iqtisodiy jarayonlar uchun muhim voqelikdir. Mazkur sammit Yevropa
Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi
bosqichini

boshlab beradi

.

Mazkur tadbir nafaqat rasmiy muloqotlar, balki aniq rejalar, sheriklik

mexanizmlari va yangi loyihalarni amalga oshirishdagi “yo‘l xaritasi”ni
shakllantirish uchun muhim platformadir.


"Kelajakka sarmoya kiritish" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda Yevropa

tiklanish va taraqqiyot banki hamda Yevropa investitsiya banki rahbarlari ham
ishtirok etishdi.

Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi

o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar va amaliy hamkorlikni rivojlantirish
istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va tovar ayirboshlashni

ko‘paytirish, innovatsiyalar, "yashil" energetika, tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi,
transport, logistika va raqamlashtirish sohalarida qo‘shma dastur va
kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniyat, turizm, fan, ta’lim va boshqa
ustuvor yo‘nalishlarda faol almashinuvlarni davom ettirish masalalari diqqat
markazida bo‘ldi.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb

jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

13

Dasturga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari va Yevropa

Ittifoqining asosiy institutlari rahbarlari 4-aprel kuni o‘z ishini boshlaydigan
Samarqand xalqaro iqlim forumining yalpi majlisida ishtirok etdi.

Bundan tashqari, sammit doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar
o‘tkazishi ko‘zda tutildi.

Shunday raqamli davrda bunday sammit , tadbirlar hamda

yig’ilishlarning tashkil etilishi Markaziy Osiyo mamalakatlarining dunyoning
turli mintaqalaridagi boshqa mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarni
mustahkamlashi bilan birga mintaqamizdagi davlatlarning obro’- e’tiborini
xalqaro darajada ijobiy oshirishga ham yordam berib kelmoqda .

So’nggi 20 yilda mintaqamizdagi davlatlar o’rtasidagi ijtimoiy – siyosiy

munosabatlar mustahkamnib kelmoqda . Bunda xalqlarimiz o’rtasidagi ahillik
, birdamlik , bag’rikenglik , o’zaro mehr – oqibat va muruvvatning ham o’rni
katta hisoblanadi. Shuningdek bizning hududiy birdamligimizni ham global
miqyosda tan olishgan bo’lib , bu Markaziy Osiyo mintaqasidagi
davlatlarning Yevropa , Amerika va boshqa qit’a va mintaqalardagi davlatlar
bilan turli sohalarda bir maqsad asosida - malaka hamda tajriba almashish
va iqtisodiy - ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash kabi maqsadlardan iboratdir.

Tarixan Markaziy Osiyo mintaqasi savdo yo’llari asnosida rivojlanib

kelgan . Bugungi kunda ham bizning mintaqamiz dunyo iqtisodining muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi. Hududlarimiz o’rtasidagi yaxlitlikni ta’minlash
masalasi mintaqamizning kelajakda yuqori darajada rivojlanishiga kafolat
beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

https://yuz.uz/uz/news/markaziy-osiyo-davlatlari-bilan-dostona-

hamkorlik--ozbekiston-tashqi-siyosiy-faoliyatining-ustuvor-yonalishi
2.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Markaziy_Osiyo

3.

https://www.eeas.europa.eu/eeas/yevropa-ittifoqi-va-markaziy-osiyo-

munosabatlari_uz
4.

https://president.uz/oz/lists/view/6659

5.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/chegara/

6.

https://m.kun.uz/news/2025/03/31/ozbekiston-tojikiston-va-

qirgiziston-dostligi-timsoli-ochildi

Библиографические ссылки