Институт «информирования о судебном процессе через средства массовой информации» в административном судопроизводстве

Аннотация

В данной статье проанализирована необходимость института «информирования о судебном процессе через средства массовой информации» — нового, современного механизма уведомления, применяемого при рассмотрении административных дел, возбужденных в порядке коллективного иска. Рассмотрены вопросы надлежащего уведомления лиц, участвующих в деле, о времени и месте судебного заседания, а также привлечения других заинтересованных лиц в случаях, когда рассмотрение дела в суде затрагивает интересы неопределенного круга лиц.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2020
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Выпуск:
  • PhD, самостоятельный соискатель, Высшая школа судей при Высшем судейском совете Республики Узбекистан, судья Верховного суда Республики Узбекистан
CC BY f
51-57

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Эшимбетов M. (2025). Институт «информирования о судебном процессе через средства массовой информации» в административном судопроизводстве. Общество и инновации, 6(4), 51–57. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4-pp51-57
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье проанализирована необходимость института «информирования о судебном процессе через средства массовой информации» — нового, современного механизма уведомления, применяемого при рассмотрении административных дел, возбужденных в порядке коллективного иска. Рассмотрены вопросы надлежащего уведомления лиц, участвующих в деле, о времени и месте судебного заседания, а также привлечения других заинтересованных лиц в случаях, когда рассмотрение дела в суде затрагивает интересы неопределенного круга лиц.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The institution of "public notification of court proceedings
through mass media" in administrative litigation

Makhmud ESHIMBETOV

1


Judge of the Supreme Court of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2025

Received in revised form

15 July 2025
Accepted 15 July 2025

Available online

25 August 2025

This article analyzes the necessity of a new, modern

mechanism called "public notification of court proceedings

through mass media." This mechanism serves two purposes:

firstly, to properly inform persons involved in administrative

cases initiated on collective claims about the time and place of
court sessions; and secondly, to involve other interested parties

in cases where the court proceedings may affect the interests of

unspecified individuals.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-

iss4-pp51-57

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

court proceedings,

third party,

interested person,

dispute,

administrative-legal dispute,
defendant,

decision,

court of first instance,

appellate (cassation) court,
review,

substantive law,

procedural law,

preparation for the court
hearing,

objective reason,

subjective reason,
inaccuracy,

informing about the court
process through mass
media.

1

PhD, Independent researcher, Supreme School Judges with the Supreme Judicial Council of the Republic of

Uzbekistan, Judge of the Supreme Court of the Republic of Uzbekistan. E-mail: lawyerdar72@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

4 (2025) / ISSN 2181-1415

52

Ma

muriy sud ishlarini yuritishda

sud jarayoni haqida

ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilish

instituti

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

sud ishi yurituvi jarayoni,

uchinchi shaxs,

manfaatdor shaxs,

nizo, ma’muriy

-huquqiy

nizo,

javobgar,

qaror,

birinchi instansiya sudi,

apellyatsiya (kassatsiya)

instansiyasi sudi,

taftish,

moddiy huquq,

protsessual huquq,

sud majlisiga tayyorlash,

obyektiv sabab,

subyektiv sabab,

haqiqiy emas,

sud jarayoni haqida

ommaviy axborot vositalari

orqali xabardor qilish.

Mazkur maqolada jamoaviy da’volar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan

ma’muriy ishlarni ko‘rish jarayonida ishda ishtirok etuvchi

shaxslarni sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tartibda

xabardor qilish, shuningdek ishning sudla ko‘rilishi nomuayyan

shaxslarning manfaatlariga daxl qilgan hollarda boshqa

manfaatdor shaxslarni jalb qilishning yangi, zamonaviy

mexanizmi bo‘lgan

“sud jarayoni haqida ommaviy axborot

vositalari orqali xabardor qilish” instituti zarurati tahlil

qilingan.

Институт «информирования о судебном процессе через

средства массовой информации» в административном

судопроизводстве

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

процесс судебного

разбирательства,

третье лицо,

заинтересованное лицо,

спор,

административно

-

правовой спор,

ответчик,

решение,

суд первой инстанции,

суд апелляционной

(кассационной)

инстанции,

проверка,

материальное право,

процессуальное право,

подготовка к судебному

заседанию,

объективная причина,

субъективная причина,

недостоверность,

информирование о

судебном процессе через

средства массовой

информации.

В данной статье проанализирована необходимость

института «информирования о судебном процессе через

средства массовой информации» –

нового, современного

механизма уведомления, применяемого при рассмотрении

административных

дел,

возбужденных

в

порядке

коллективного иска. Рассмотрены вопросы надлежащего

уведомления лиц, участвующих в деле, о времени и месте

судебного заседания, а также привлечения других

заинтересованных лиц в случаях, когда рассмотрение дела

в суде затрагивает интересы неопределенного круга лиц.







background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

4 (2025) / ISSN 2181-1415

53

Ma’lumki, uzoq yillardan buyon sud ishi yurituvi jarayonida ishga uchinchi

shaxslarni jalb etish, uning zarurat va ushbu hodisaning huquqiy mohiyati yuzasidan

olimlarimiz o‘z ilmiy qarashlarini bildirib kelgan.

Jumladan, D.S. Fleskor ushbu hodisaning huqu

qiy mohiyatini o‘rganib, ish ishtirok

etishga jalb etilmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish instituti “Sud qarorining

qonuniy kuchi chegaralari doktrinasi bilan solishtirganda boshqa narsa emas”

[1]ligini

ta’kidlagan. “Shuni tan olish kerakki, boshqa shaxsning ishi bo‘yicha qabul qilingan sud

qarori faqat o‘zining qonuniy kuchiga ko‘ra uchinchi shaxslarning huquqlarini

buzmasligi, lekin, shubhasiz, sud qarorlarini ijro etishning haqiqiy oqibatlari uchinchi

shaxslarga zarar yetkazishi mumkin”

[2]. Ushbu shaxslarning yagona manfaati sud qarori

ijrosini to‘xtatishdan iborat”

[3]. Ammo, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning manfaatlari

aynan buzilgan huquqni himoya qilishdan iborat. Haqiqatdan ham, nizoli vaziyatda

arizachi biror-

bir ma’muriy akt o‘z huquql

arini buzganligidan kelib chiqib, uning

harakatlari huquqlarini tiklashga qaratilgan bo‘ladi. Biroq, hal qiluv qarori ijro etilishi

jarayonida esa ushbu qarorning ijrosi uchinchi shaxslarga zarar yetkazishi mumkin. Shu

sababli ham, sudya ishni ko‘rish jara

yonida manfaatdor shaxslarni ham ishga jalb etgan

holda ularning vajlarini eshitishi, taqdim etilgan dalillarini tekshirishi muhimdir. Buning

uchun esa ular ishga jalb etilgan bo‘lishi kerak.

Uchinchi shaxslarni sud protsessida ishtirok etish uchun jalb qilish turli

maqsadlarni ko‘zlashi mumkin. “Ular, sud hujjatining qabul qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan

uchinchi shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Bu shaxslar

jarayonda o‘z manfaatlarini mustaqil himoya qilish imkoniga ega bo‘

lishi kerak. Shu

ma’noda uchinchi shaxslarni ishda ishtirok etishga jalb etish instituti tinglanish prinsipini

hurmat qilishning ifodasidir”

[4]

. Albatta, har bir shaxs o‘zlariga daxl qiluvchi qaror qabul

qilinishi ehtimoli mavjud bo‘lgan sud ishida qatnashishi, ishning haqiqiy holati bo‘yicha

o‘z pozitsiyalarini bayon etib, nizoning haqiqiy holatini ifoda etishga imkon beradigan

zarur dalillarni taqdim etish huquqiga ega. Bu esa ushbu shaxslarni sudya tomonidan

ishga arizachi yoki javobgar tarafdan qatnashuvchi uchinchi shaxs sifatida jalb etishni

taqozo etadi.

Ishda uchinchi shaxslarning ishtirok etishi sud jarayoni muddatining asossiz

cho‘zilib ketishining oldini oladi. Shu ma’noda u, birinchi navbatda, sud manfaatlariga

xizmat qiladi. Uchinchi shaxslarning ishga jalb etilishi nizoli huquqiy munosabatlarni bir

protsess doirasida hal qilish imkonini beradi va shu bilan ziddiyatli sud hujjatlari qabul

qilinishining oldini oladi[5]. Albatta, manfaatdor shaxslarni ishga jalb etish, birinchi galda

ishning ko‘r

uvchi sudyaning manfaatlariga xizmat qiladi. Chunki, sudya uchun eng

muhim masala nizoli vaziyatning qonuniy yechimini topishdir.

Shu maqsadda, “sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida ishda ishtirok

etish uchun boshqa javobgarni yoki uchinchi shaxsni jalb etish, manfaatdor shaxslarni

ishni yuritish to‘g‘risida xabardor qilish choralarini ko‘radi” [6].

Kodeksdagi ushbu qoida sudyaning huquqi emas, balki majburiyati hisoblanadi.

Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida yoki to hal qiluv qarori qabul

qilgunga qadar nizo predmetiga aloqador bo‘lgan, manfaatdor shaxslarni ishga jalb etish

choralarini ko‘rishi lozim.

Xo‘sh, sudya protsessual qonunda belgilangan ushbu majburiyatni bajarmadi va

natijada ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning manfaatlariga daxl qiluvchi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

4 (2025) / ISSN 2181-1415

54

qaror qabul qildi. Mazkur holatda ushbu shaxslar qanday protsessual huquqlarga ega

bo‘ladi?

Mazkur savolga javob oddiy. Ushbu shaxslar sud qarorlari ustidan (hal qiluv qarori,

qaror) apellyatsiya (kassatsiya) yoki taftish tartibida shikoyati berish huquqiga ega [7].

Albatta shu o‘rinda, hal qiluv qarori qonuniyligining yuqori instansiya sudlarida ko‘rib

chiqilishi, avvalo birinchi instansiya sudi tomonidan ishlarni qonuniy hal etilishining

kafolati sanalishini ta’kidlash

lozim.

Sudya, qabul qilgan hal qiluv qarori yuqori instansiya sudlari tomonidan ko‘rib

chiqilishini his qilar ekan, bu esa sudyani ishni ko‘rishda protsessual huquq normalariga
amal qilgan holda, moddiy huquq normalarini to‘g‘ri qo‘llab qonuniy qaror qabu

l qilishga

undaydi. Bunga erishish uchun, avvalo arizani ish yurituviga qabul qilgan paytdan
boshlab protsessual huquq normalariga amal qilib, ishni qonuniy hal etish uchun zarur

bo‘lgan barcha harakatlarni bajarishi kerak. Ya’ni, bu jarayon ishni sud muho

kamasiga

tayyorlash bosqichidan boshlanadi.

Shunga ko‘ra sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida ishni mazmunan

to‘g‘ri hal etish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni, shu jumladan ishning ko‘rilishi

kimning huquqlari va manfaatlariga daxl qilishini aniqlash va ularni ishga jalb etish, ishda

ishtirok etuvchi shaxslarni ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor

qilish kabi masalalarni hal etadi[8]. Ushbu masalalarni hal etish sudyaning keyingi

jarayonlarda nizoni to‘g‘ri hal etishining kafolati hisoblanadi. Shu maqsadda u “ishning
ko‘rilishi yana kimlarning huquqlari va manfaatlariga daxl qilishi mumkin?” –

degan

masalani hal etib, ularni ishga jalb etishi lozim. Demak, sud ishning sudda ko‘rilishi ishda

ishtirok etmayotgan biror-

bir shaxslarning huquq va majburiyatlariga ta’sir qilishini

aniqlasa, u holda ushbu shaxslarni ham ishga jalb qilishga majbur. Ushbu tartibning

buzilishi o‘z navbatida yuqori instansiya sudlari tomonidan protsessual huquq

normalarining buzilishi sifatida baholanadi[9].

Xuddi shuningdek, sudya “ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud muhokamasining

vaqti va joyi to‘g‘risida MSIYutKning 124

-

moddasi” [10] da belgilangan tartibda xabardor

qilinishi lozim. Demak, tegishli tarzda xabardor qilinmagan shaxslarning ishtirokisiz

ishning ko‘rilishi ham o‘z navbatida protsessual huquq normalarining buzilishi
hisoblanadi. Shunga ko‘ra, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida ishda

ishtirok etish uchun manfaatdor shaxslarni ishga jalb etish masalasini hal qilib, ularni

ishni yuritish to‘g‘risida xabardor qilishi shart.

Yuqorida bayon etilgan protsessual huquq normalarining buzilishi, garchi hal qiluv

qarori ish uchun ahamiyatli barcha holatlar to‘liq aniqlanib, vajlar isbotlanib, moddiy
huquq normalari to‘g‘ri qo‘llanilib qabul qilingan bo‘lsa

-da, sud hujjatlarining bekor

bo‘lishiga olib keladi.

Albatta, birinchi instansiya sudi tomonidan yuqorida qayd etilgan protsessual

huquq normalarining buzilishiga ayrim hollarda subyektiv omil, ya’ni sudya tomonidan

ishni sud

majlisiga tayyorlash jarayonidagi mas’uliyatsizligi sabab bo‘ladi. Buni hech kim

inkor etmaydi.

Biroq, amaliyotda shunday holatlar ham uchraydiki, bunda sudya amaldagi

protsessual tartib bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslarni obyektiv sabablarga ko‘ra

yoki

real imkoniyatidan kelib chiqib sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda
xabardor qilish yoki manfaatdor shaxslarni ishga jalb etish imkoniga ega bo‘lmaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

4 (2025) / ISSN 2181-1415

55

Keling, faraz qilaylik A shaxs taftish shikoyati bilan murojaat qilib, birinchi va

apellyatsiya instansiyasi sudlari tomonidan uni ishga jalb etmasdan ishni ko‘rganligini,

qabul qilingan sud qarori uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxl etishini bayon

qilgan. Taftish instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish jarayonida shikoyatda keltirilgan
vaj o‘z tasdig‘ini topgan. Ushbu holatda taftish instansiyasi sudi qabul qilingan sud
hujjatlari moddiy huquq normalariga qanchalik muvofiq bo‘lishidan qat’iy na

zar, sud

hujjatini bekor qilib, ishni yangidan ko‘rish uchun apellyatsiya instansiya sudiga
yuboradi. Bu qoida boshqa xorijiy davlatlarning protsessual qonunlarida ham o‘rnatilgan.

Endi, bu vaziyatni oylar davomida birinchi, apellyatsiya instansiyasi sudlari

majlislarida qatnashib, oxirgi instansiya sudigacha kelgan taraflar nuqtayi nazaridan

ko‘rib chiqsak. Albatta, ishda ishtirok etuvchi shaxslar taftish instansiyasi sudi oxirgi

instansiya ekanligini va shu bilan nizoga yakuniy yechim topilishiga umid qiladi. Biroq,

yuqorida keltirilgan asoslar bo‘yicha sud hujjatlarining bekor qilinib, ishni yangidan
ko‘rish uchun apellyatsiya instansiya sudiga yuborilishi natijasida ish dastlab boshlangan

nuqtasiga qaytadi va taraflar sud instansiyalarini (apellyatsiya, taftish) yangidan bosib

o‘tishga majbur.

Yuqoridagi fikrlarimizda ta’kidlaganimizdek, ishning ko‘rilishi haqida tegishli

tartibda xabardor qilinmagan shaxslar ishtirokisiz yoki manfaatdor shaxslar ishga jalb

etilmasdan ko‘rilishiga nafaqat subyektiv, balki

obyektiv sabablar ham bo‘ladi. Fikrimizni

amaliy misol bilan davom ettirsak. Shovot tumani, “Asavey” mahallasi A.Qahhor va
Guliston ko‘chalari 2020

-yil 20-

iyuldan “Ichki yo‘l” sifatida Obodonlashtirish

boshqarmasi balansiga olingan. Ushbu ko‘chadan I.Narm

etov va boshqalar avtotransport

vositalarida harakatlanib, yo‘ldan foydalanib kelishgan. Biroq, Shovot tumani IIB YHXB

katta inspektorining 2021-yil 12-iyuldagi 4187-

sonli hamda “Asavey” MFY raisining

murojaatiga asosan Shovot tuman hokimining 2021-yil 15-oktyabrdagi 83-12-177-Q/21-

sonli qarori qabul qilinib, ushbu qaror bilan Shovot tumani “Asavey” mahallasidagi
“A.Qahhor” va “Guliston” ko‘chalarini tutashtiruvchi yo‘lning ikkala tomoniga taqiqlovchi
3.18.1 (o‘nga burilish taqiqlangan) va 3.18.2 (chapga burilish taqiqlangan) yo‘l belgilari
o‘rnatilishiga ruxsat berilgan. Natijada, I.Narmetov, B.Nurmetov, X.Madaminov,
B.Raximov, K.Ruzimov, A.Normetov, B.Matyusupov, Q.Bayjanov, G‘.Abdullayev hamda

X.Jabbarov sudga ariza bilan murojaat qilishib, Shovot tuman hokimining 2021-yil
15-oktyabrdagi 83-12-177-Q/21-

sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘rashgan.

Urganch tumanlararo ma’muriy sudining 2022

-yil 25-yanvardagi hal qiluv qarori bilan

ariza qanoatlantirilgan (5-2201-2104/2215-sonli sud hujjati).

Bu

misolda aytmoqchi bo‘lgan fikrimiz hal qiluv qarorining moddiy huquq

normalariga muvofiqligi haqida emas. Masala, Shovot tumani “Asavey” mahallasidagi
“A.

Qahhor” va “Guliston” ko‘chalarini tutashtiruvchi yo‘lning ikkala tomoniga qo‘yilgan

3.18.1 (o‘nga burilish taqiqlangan) va 3.18.2 (chapga burilish taqiqlangan) yo‘l belgilari

va bu belgilarning olib tashlanishidan kim manfaatdor, kimning manfaatiga zidligidadir.

Ushbu belgilarning o‘rnatilishi kimning huquqlarini buzmoqda va olib tashlanishi

kimning manf

aatlariga daxl qiladi? Kimdir ushbu yo‘ldan avtotransport vositasida

harakatlanib, foydalanib keladi. Demak, yo‘l belgisining qo‘yilishi ularning huquqlarini

buzadi.

Yana kimdir ushbu yo‘l belgisining qo‘yilishidan manfaatdor. Chunki, ushbu yo‘lda

transpor

t vositasining harakatlanishi to‘xtatilsa o‘zi, farzandlari, yaqinlarining xavfsizligi

ta’minlangan deb hisoblaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

4 (2025) / ISSN 2181-1415

56

Xo‘sh, sudya ushbu misolda uchinchi shaxs sifatida ishga jalb etilishi lozim va shart

bo‘lgan manfaatdor shaxslar doirasini aniqlay oladimi?

Xulosa shuki, yo‘q. Chunki, ushbu nizoning sudda ko‘rilishi nafaqat Shovot tumani

“Asavey” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning huquqlariga, balki ushbu yo‘l

orqali transport vositasida harakatlanuvchi shaxslarning hamda piyodalarning

manfaatlarig

a daxl qiladi. Nomuayyan shaxslar guruhini aniqlash imkoni esa yo‘q.

Demak, sud ushbu ish doirasida obyektiv sabablarga ko‘ra manfaatdor shaxslar

doirasini aniqlay olmaydi va aniqlash imkoni bo‘lmagan shaxslarni ishga jalb etish

imkonsiz. Natijada, sud ani

qlash imkoni mavjud bo‘lgan shaxslarnigina uchinchi shaxs

sifatida ishga jalb etadi. Xo‘sh, ishga jalb etilmagan manfaatdor shaxs keyinchalik xabar

topib sud hujjatiga nisbatan shikoyat bersa?

Albatta bu holda yuqorida aytganimizdek, taftish instansiyasi sudi tomonidan hal

qiluv qarorining bekor qilinishiga va ishni yangidan ko‘rish uchun apellyatsiya instansiya

sudiga yuborilishiga sabab bo‘ladi.

Xo‘sh, yuqorida qayd etilgan nizo bo‘yicha ishga jalb etilmagan manfaatdor shaxs

xuddi shu talab bilan sudga mu

rojaat qilsa? Javob oddiy. Nizo ayni bir shaxslar (ya’ni bu

ish bo‘yicha arizachi boshqa shaxs) o‘rtasida bo‘lmaganligi uchun sud ishni mazmunan

ko‘rib chiqishga majbur.

Shunday qilib, aynan shu qarorni haqiqiy emas deb topish talabi, agar arizachi

boshqa

shaxs, u oldingi ishni ko‘rish jarayonida ishga jalb etilmagan bo‘lsa, garchi nizo

predmeti oldingi ishlarda muhokama qilingan taqdirda ham takror va takror mazmunan

ko‘rilaveradi. Bu albatta mantiqqa zid. Biroq, MSIYutK talablari shuni taqozo etadi.

Bundan tashqari, amaliyotda shunday nizolar ham uchraydiki, unda ishda ishtirok

etuvchi shaxslar soni ellik, yuz yoki undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin (bunday ishlar

nafaqat ma’muriy, balki iqtisodiy va fuqarolik ishlarida ham uchraydi). Bu esa sudning

ish bo‘yicha manfaatdor shaxslar doirasini aniqlash yoki ularni ish ko‘rish vaqti va joyi

haqida tegishli tartibda ogohlantirishning real imkonini bermaydi (masalan, aksiyadorlar

soni 1000 dan oshiq bo‘lganda, ishning ko‘rilishi ularning huquqlariga bevosita daxl

qiluvchi nizolar).

Bizning fikrimizcha, ushbu muammoni protsessual qonunga “Sud jarayoni haqida

ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilish” tartibini kiritish orqali hal etish

mumkin.

“Sud jarayoni haqida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilish” shunday

jarayon-

ki, unga ko‘ra ma’muriy ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soni deylik, 20 dan

ortiq bo‘lsa yoki nizoning sudda ko‘rilishi aynan qaysi shaxslarning huquqlari va

manfaatlariga daxl qilishini aniqlash imkoni bo‘lmasa, sud ishda ishtiro

k etuvchi

shaxslarni, shuningdek boshqa manfaatdor shaxslarni sud jarayoni haqida ommaviy

axborot vositalari orqali xabardor qiladi.

Xuddi shunga o‘xshash normalar chet davlatlarning protsessual qonunlarida

belgilangan.

Bunga

misol

sifatida

Germaniya

Ma’mu

riy-protsessual

kodeksining

56§

-

paragrafi[11]da belgilangan normalarni, Estoniya Respublikasi Ma’muriy

-

protsessual kodeksining 22, 23-moddalari[12]da qayd etilgan qoidalarni aytish mumkin.

O‘z navbatida, ma’muriy sud ishlarini yuritish bo‘yicha qonunchili

kni

takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, protsessual

qonunga “Sud jarayoni haqida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilish”

normasini kiritish zarurligi (sudyalar

51,7 %, sud xodimlari

33,3 %, boshqa kasb


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

4 (2025) / ISSN 2181-1415

57

vakillari

81,8%) bo‘yicha taklifni respondentlarning ko‘pchilik qismi qo‘llab

quvvatlashgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, MSIYutKni “151

-bobi. SUD JARAYONI HAQIDA

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI ORQALI XABARDOR QILISH”

- deb nomlanuvchi yangi

bob bilan to‘ldirish bilan to‘ldirish tavsiya etiladi.

F

OYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Флексор Д.С. Отмена решений по просьбам третьих лиц, не участвовавших

в деле. С.

-

Пб., 1894.С. 50.

2.

Флексор Д.С. Отмена решений по просьбам третьих лиц, не участвовавших

в деле. С.

-

Пб., 1894.С. 56

-59.

3.

Буцковский Н.А. Очерки судебных порядков // Буцковский Н. Очерки

судебных порядков по Уставам 20

ноября 1864 года. С

.-

Пб

., 1874.

С

. 142.

4.

Guckelberger, Die Beiladung im Verwalungsprozess, JuS2007, 436, 436 f.

5.

Guckelberger, Die Beiladung im Verwalungsprozess, JuS2007, 436, 437.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi.

-

T.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021. 72

-73 b.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi.

-

T.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021.

8.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi.

-

T.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021. 72

-

73 б.

9.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi.

-

T

.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021.

10.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi.

-

T.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021.

11.

Административно

-

процессуальный кодекс Федеративной Республики

Германия. Йорг Пуделька (изд.). Сборник законодательных актов по
административному судопроизводству (3

-

е издание). –Москва: Инфотропик

Медиа. 2018 г. С 217

-218.

12.

Административно

-

процессуальный кодекс Эстонской Республики. Йорг

Пуделька (изд.). Сборник законодательных актов по административному
судопроизводству (3

-

е издание). –Москва: Инфотропик Медиа. 2018 г. С 628

-629.

Библиографические ссылки

Флексор Д.С. Отмена решений по просьбам третьих лиц, не участвовавших в деле. С.-Пб., 1894.С. 50.

Флексор Д.С. Отмена решений по просьбам третьих лиц, не участвовавших в деле. С.-Пб., 1894.С. 56-59.

Буцковский Н.А. Очерки судебных порядков // Буцковский Н. Очерки судебных порядков по Уставам 20 ноября 1864 года. С.-Пб., 1874. С. 142.

Guckelberger, Die Beiladung im Verwalungsprozess, JuS2007, 436, 436 f.

Guckelberger, Die Beiladung im Verwalungsprozess, JuS2007, 436, 437.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi. -T.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021. 72-73 b.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi. -T.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi. -T.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021. 72-73 б.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi. -T.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi. -T.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021.

Административно-процессуальный кодекс Федеративной Республики Германия. Йорг Пуделька (изд.). Сборник законодательных актов по административному судопроизводству (3-е издание). –Москва: Инфотропик Медиа. 2018 г. С 217-218.

Административно-процессуальный кодекс Эстонской Республики. Йорг Пуделька (изд.). Сборник законодательных актов по административному судопроизводству (3-е издание). –Москва: Инфотропик Медиа. 2018 г. С 628-629.