Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Assessment of students’ mathematical literacy in international
research
Shakhnoza NURMATOVA
1
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2021
Received in revised form
15 December 2022
Accepted 20 January 2022
Available online
15 Fabray 2022
This article provides information on the role of the formation
of mathematical literacy in primary grades based on
international assessment programs.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss1/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
quality of qualification
education,
research,
control.
Xalqaro tadqiqotlarda
o‘quvchilarning matematik savodxonligini
baholash
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
baholash,
malaka,
ta’lim sifati,
tadqiqot,
nazorat.
Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda xalqaro baholash
-
ning dasturlari asosida matematik savodxonlikni shakllantirish-
ning o’rni haqida ma’lumotlar berilgan.
Оценка
математической
грамотности
студентов
в
международных исследованиях
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
качество
квалификационного,
образования,
исследование,
контроль.
В данной статье представлена информация о роли
формирования математической грамотности в начальных
классах на основе международных оценочных программ.
1
Teacher of Tashkent State Pedagogical University named after Nizami. Tashkent, Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2022) / ISSN 2181-1415
138
«Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygan
hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida
2017
–
2021-yillarda
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga
oshirilmoqda. Ana shu islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning
dunyodagi rivojlangan, zamonav
iy davlatlar qatoridan munosib o‘rin
egallashi, avvalo, ilm-
fan va ta’lim
-tarbiya sohasining rivoji bilan, bu
borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh bo‘la olishimiz bilan
uzviy bog‘liq...»
Shavkat Mirziyoyev,
O
‘
zbekiston Respublikasi Prezidenti
Olamshumul strategik maqsadlarga erishish, yangi marralarni zabt etish,
rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olish uchun mamlakatda bilimli, tajribali va
zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli kadrlar, mutaxassislarning o‘rni beqiyos.
Bund
ay raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish zamirida inson kapitali,
sodda qilib aytganda, inson, uning salohiyatini kashf etish hamda uni buyuk maqsadlarga
erishishga safarbar qilish kabi ulug‘vor vazifalar turadi.
O‘zbekiston Respublikasining
2030-yilga kelib, PISA xalqaro dasturi reytingida
jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida
o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik
darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish
vazifalari belgilangan. Konsepsiya doirasida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni
mustaqil izlash, tahlil qilish malakalari va kompetensiyalarining rivojlanishiga alohida
urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob
beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etish,
o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha Xalqaro
PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan.
Shuningdek, xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil eti
sh, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi
-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va
innovatsion faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har
tomonlama qo‘llab
-
quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida hukumat qaroriga
muvofiq amalga oshirilmoqda.
Matematik savodxonlik
–
bu shaxsning turli hayotiy vaziyatlar (kontekstlar) va
masalalar ustida matematik mulohaza yuritish, berilgan muammoni matematika
yordamida ifodalay olish, muammoni yechishda matematikani qo‘llay olish va olingan
natijalardan muammoning yechimini talqin qilish va baholashda foydalana olish
qobiliyatidir. U hodisalarni tavsiflash, tushuntirish va oldindan aytib berish uchun
tushunchalar, algoritmlar, faktlar va vositalarni o‘z ichiga oladi.
U insonlarga
matematikaning o
lamdagi o‘rnini tushunishga hamda yaratuvchan, qiziquvchan va o‘zini
o‘zi tahlil qiladigan XXI asr fuqarolariga zarur bo‘lgan asoslangan hukm va qarorlar qabul
qilishga yordam beradi.
Matematik savodxonlik bir tomondan matematikani qo‘llab
masala yechishni, ikkinchi tomondan esa matematik mulohaza yuritishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik o‘quvchilarning matematik mulohaza yuritishi asosida
berilgan hayotiy vaziyatdagi muammoni
“
matematika tilida ifodalash (matematik
modellashtirish)
”
,
“
matematikani
qo‘llash”
,
“
topilgan matematik yechimni berilgan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2022) / ISSN 2181-1415
139
muammoga nisbatan talqin qilish va baholash
”
kabi faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi
(6-rasm). Qisqacha qilib, bu faoliyat turlari
“
mulohaza yuritish
”
,
“
ifodalash
”
,
“qo‘llash”
va
“
talqin qilish
”
va
“
baholash
”
deb yuritiladi.
Matematik savodxonlikni aniqlashda o‘quvchilarning baholanadigan, yuqorida
keltirilgan, mulohaza yuritish asosida kechadigan har bir aqliy faoliyat turi quyidagi
ko‘nikmalarga ega bo‘lishni ham talab qiladi:
Vaziyatlarni matematik tilda ifodalash:
–
inson faoliyatining turli jabhalari: shaxsiy hayot, kelajakdagi kasbiy faoliyat,
o‘quv faoliyati, jamiyatdagi ijtimoiy hayot, fan va texnikaga doir turli kontekstlarda
berilgan muammoli vaziyatlar mohiyatini o‘qib tushunish;
–
berilgan vaziyatni tahlil qilish va unda keltirilgan muammoni aniqlash;
–
muammo va vaziyatlarda berilgan matematik tuzilmalar (qonuniyatlar va
munosabatlar)ni tanib olish;
–
muammo va vaziyatlarni soddalashtirish, ularni alohida masalalarga bo‘lish;
–
vaziyat tavsifida berilgan ma’lumotlardan amalda foydalanish imkoniyatlarini
aniqlash, qayta ishlash va muammoni matematik masala ko‘rinishida ifodalash;
–
muammoli vaziyatning muhim jihatlari aks ettirilgan matematik modelni tuzish,
matematikani qo‘llash;
–
amaliy matematik masalani yechish uchun o‘rganilgan matematik tushunchalar,
faktlar, g‘oyalar, qonuniyatlar, algoritmlar va metodlardan foydalanish;
–
masalani yechishning muqobil usullarini tahlil qilish, tanlash va asoslash;
–
masalani (muammoni) yechish jarayonida yangi matematik bilimlarni hosil qilish va
ularni o‘zlashtirish;
–
matematik taxminlarni ifodalash va tadqiq qilish, matematik asoslash, taqqoslash
va baholash;
–
tabiat, jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni tushuntirish, modellashtirish uchun
turli matematik talqin usullaridan foydalanish.
Topshiriqlardan namunalar: uy-joy xaridi
Uy polining umumiy yuzini (devorlar qalinligi va ayvon bilan birgalikda) hisoblash
uchun uydagi har bir xonaning yuzi hisoblab chiqiladi. O‘lchab chiqilgan barcha
xonalar
polining yuzlari yig‘indisi uyning umumiy maydoni yuziga teng bo‘ladi. Biroq buni
hisoblab chiqishning ancha qulay va samarali usuli ham mavjud. Mazkur usulda faqat 4 ta
kesma uzunligini o‘lchab, ular yordamida uyning umumiy yuzini topish mumkin.
Masshtab: 1 cm. 1 metrni bildiradi.
Hisoblash uchun kerak bo‘ladigan ayni shu to‘rtta kesmani belgilang va ular
yordamida uy polining umumiy yuzini hisoblang.
1-
savol to‘g‘risida ma’lumot
, savol tavsifi: fazoviy tasavvurdan foydalanib, uyning
chizmasida u
mumiy yuzini aniqlash uchun o‘lchash kerak bo‘lgan minimal sondagi
tomonlarni
ko‘rsatish. Matematikaga oid mazmun sohasi: fazo va shakl. Kontekst:
shaxsiy. Aqliy faoliyat turi: ifodalash.
1-
savolning baholash mezoni: quyidagi holda javob to‘liq qabul qilinadi. To‘g‘ri
javob: quyidagi chizmada uy polining umumiy yuzini hisoblash uchun kerak bo‘ladigan
to‘rtta kesmalar 9 xil usulda keltirilgan. Javobda bu usullardan birinchisi ko‘rsatilgan va
uyning umumiy yuzi hisoblangan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2022) / ISSN 2181-1415
140
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘
YXATI:
1. PISA Mathematics in 2021, An analysis of the center for curriculum redesign
(CCR), 2016.
2. Implementing the Proposed Mathematics Framework: Recommendations for
PISA2021, Peggy
G. Carr, Ph.D., Vice Chair, PISA Governing Board Associate
Commissioner, National Center for Education Statistics (NCES) May 25, 2018.
3.
Milliy o‘quv dasturi –
Ta’limni yangilashning umummilliy harakati. Toshkent
–
2021.
4. https://www.coursera.org
–
Onlayn ta’lim platformasi.
