Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Formation of methodological readiness for integrative
modular training of future primary school teachers
Shakhnoza NURMATOVA
1
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2023
Received in revised form
15 May 2023
Accepted 25 May 2023
Available online
15 June 2023
This article covers the requirements for the future
elementary school teacher and the specific aspects of the
teacher
’
s creative approach to the lesson in the course of the
lesson and joint cooperation with students.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss4/S-pp214-217
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
competence,
lesson,
pedagogy,
education,
the lesson content,
creativity.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ
modulli o‘qitishga metodik
tayyorgarligini shakllantirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
kompetensiya,
dars,
pedagogika,
ta’lim,
darsning mazmuni,
ijodkorlik.
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga
qo‘yiladigan talablar va dars jarayonida o‘qituvchining
darsga kreativ yondashuvi,o‘quvchilar bilan birgalikdagi
hamkorligining o‘ziga xos jihatlari yoritilgan.
1
Teacher, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
215
Формирование методической готовности будущих
учителей начальных классов к интегративно
-
модульному обучению
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
компетентность,
урок,
педагогика,
образование,
содержание урока,
творчество.
В данной статье освещаются требования к будущему
учителю начальных классов и креативный подход учителя
к уроку в процессе урока и специфика совместной работы с
учениками.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi
va o‘rta maxsus kasb
-
hunar ta’limi markazining 2013
-yil 22-
avgustdagi “Umumta’lim
maktablari fanlari bo‘yicha uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o‘quv
dasturlarini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga asosan umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, kasb-
hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha amaliyotchi
o‘qituvchilar,
metodistlar
va
yetakchi
olimlar
tomonidan
o‘quvchilarda
kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv
dasturlarining loyihasi ishlab chiqilgan edi. Qo‘shma yig‘ilishining qaror
iga asosan, bitta
sinfda bir paytda bir necha fanlar bo‘yicha DTS va o‘quv dasturlari loyihalarini tajriba
-
sinovdan o‘tkazish belgilandi. Unga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi
vazirligi, O‘rta maxsus, kasb
-
hunar ta’limi markazining 2014
-yil 15-
avgustdagi “Umumiy
o‘rta va o‘rta maxsus, kasb
-
hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilarda
kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv
dasturlarini loyihalari tajriba-
sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma buyrug‘i qabul
qilindi. Yangi Milliy oʻquv dasturi avvalgilaridan nimasi bilan farq qiladi? Avvalgi o‘quv
dasturlari mazmuni 90% nazariyadan iborat b‘lib, o‘qitish metodikasi yodlatishga
yo‘naltirilgan. Yangi milliy o‘quv dasturi mazmuni 5
0% nazariya va 50% amaliyot hamda
o‘quvchining mustaqil faoliyatini qo‘llab
-
quvvatlashdan iborat bo‘ladi. O‘quv
dasturlaridagi baholash esa faqat eslab qolingan bilimlar hajmini aniqlagan.Yangi dastur
asosida o‘quvchilarda shakllangan ko‘nikmalar baholanadi. Fanlar soni va oʻquv
yuklamalari optimallashtirilib, oʻquvchilar qiziqishiga koʻra fanlarni tanlab oʻqish
imkonini beruvchi variativ oʻquv dasturlar asosida hayotga va kasbiy faoliyatga
tayyorlash imkoni yaratiladi.
Milliy oʻquv dasturi asosida fanlar c
hiziqli tartibda emas,
spiralsimon tarzda oʻqitiladi. Yaʼni mavzular takroriy emas, bir
-birini mantiqan davom
ettiruvchi hamda soddadan murakkabga tomon yoʻnaltirilgan tarzda kiritiladi.
Hozirgi kunda an’anaviy o‘qitish o‘rnini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar
egallamoqda. Shu nuqtai nazardan, o‘quvchilarning egallagan bilimi, ko‘nikma va
malakalarini muntazam nazorat qilish, ularning olayotgan bilimlaridagi bo‘shliqlarni o‘z
vaqtida to‘ldirib borish, iqtidorli o‘quvchilardagi intelle
ktual salohiyatning muntazam
rivojlanishi uchun shart-
sharoit yaratish, kattalar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga
qiziqtirish, ularning salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashga qaratilgan
pedagogik yondashuvlar va tajribalarni boyitish, sinfdan tashqari pedagogik tadbirlar
rejasini ishlab chiqish, o‘quv
-tarbiya jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan
hamda pedagogika fanining ilg‘or yutuqlaridan muntazam foydalanish, ya’ni, ta’lim
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
216
jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari elementlarini olib kirish, ulardan
samarali foydalanish, o‘qituvchilarning ota
-onalar bilan hamkorlikda faoliyat yuritishini
yo‘lga qo‘yish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakalarini
muntazam oshirib borishda innovatsion metodlardan foydalanish kabi vazifalar dolzarb
tus olmoqda. Ta’limga doir me’yoriy
-
huquqiy hujjatlarda ham boshlang‘ich sinflar uchun
o‘qituvchilarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan
asosiy talablarni ko‘rib chiqamiz.
N.V.Amosova fikricha, mutaxassis:
–
o‘z kasbining shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini his qiladi;
–
ilmiy-insonparvar dunyoqarashga ega;
–
ilmiy bilishning shakl va metodlarini hamda ularning evolyutsiyasini biladi, -
tevarak olamni bilish va uni o‘zlashtirishning turli metodlariga ega bo‘ladi;
–
jamiyat taraqqiyotida ilm-fan ahamiyatini tushunadi;
–
axborotlarni qidirish, qayta ishlash va foydalanishning innovatsion metodlaridan
xabardor, axborot oluvchi uchun ularni moslashtirish va sharhlash qobiliyatiga ega
bo‘ladi;
–
ilm-
fan taraqqiyoti va o‘zgarib borayotgan ijtimoiy amaliyot sharoitida o‘z nuqtai
nazarini qayta ko‘rib chiqish, ishlashning innovatsion shakl va metodlarini tanlas
hga
qodir bo‘ladi;
–
turli fanlararo bilim sohalarida ishlashga psixologik va metodik tayyorlangan
bo‘ladi;
–
odam shaxsi rivojlanish davrida o‘ziga xos davr sifatida bolalikning ahamiyatini
his qiladi.
Bizning fikrimizcha, agar bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi o‘zining o‘quv
-
bilish faoliyatida shaxsiy qobiliyatlarini namoyon etishga imkon topa olmagan bo‘lsa,
o‘quvchilarni bunday faoliyatga jalb qilishni ham uddalay olmaydi. Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarini metodik tayyorlash muammosi bo‘yicha o‘
tkazilgan tadqiqotlar tahlili
talabalar pedagogika oliy ta’lim muassasalarida nimani va qanday o‘qishi hamda kasb
faoliyatida nimani va qanday bajarishiga to‘g‘ri kelishi o‘rtasidagi qator qarama
-
qarshiliklarni belgilashga imkon berdi. Shu o‘rinda pedagogi
k, didaktik qarama-
qarshiliklar va matematikani o‘qitish bilan bog‘liq quyidagi qarama
-qarshiliklarni ajratib
ko‘rsatish mumkin (yuqorida tilga olingan qarama
-
qarshiliklar o‘zaro bog‘liqligi
shubhasiz):
–
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘rganiladig
an matematika va matematika
o‘qitish metodikasi fanlari mazmuni juda murakkabligi bilan ularni o‘rganish bo‘yicha
samarali texnologiyalar yetarlicha ishlab chiqilmaganligi o‘rtasida;
–
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiy faoliyatida matematik, metodik,
psixologik-
pedagogik, didaktik bilimlardan kompleks foydalanish zaruriyati bilan bo‘lajak
o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida talabalarning o‘quv
-bilish faoliyatida bunday
metodda bilim olish imkoni deyarli mavjud emasligi o‘rtasida;
–
differensiallashg
an ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv
faoliyatini samarali tashkil qilishga layoqatli malakali boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga
jamiyat ehtiyoji bilan talabalarning o‘quv
-bilish faoliyatining sifatli tizimi mavjud
emasligi o‘rtasi
da;
–
metodik tayyorlash jarayonida talabalarning o‘quv faoliyatini tashkil qilish
bo‘yicha mavjud alohida metodik ishlanmalar va tavsiyalar bilan bo‘lajak boshlang‘ich
sinf o‘qituvchini metodik tayyorlashning ilmiy asoslangan texnologik modellari mavjud
emasligi o‘rtasida;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
217
–
talabalarni tayyorlash jarayonida ular o‘qituvchidan tayyor axborotni an’anaviy
nofaol qabul qilishi bilan bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatida ularga muntazam
mustaqil ta’limning ob’yektiv zarurligi o‘rtasida;
–
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematika o‘qitishda yangi samarali
texnologiyalarni joriy qilish va foydalanish zaruriyati bilan talabalarni metodik
tayyorlash jarayonida zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish
yaxlitligining mavjud emasligi o‘rtasida
;
–
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijodiy izlanish faoliyatiga jalb etish ijtimoiy
-
ob’yektiv ehtiyoj ekanligi bilan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini bunday
faoliyatni tashkil qilishga tayyorlashning uchun samarali varianti mavjud emasligi
o‘r
tasida.
Yuqorida sanab o‘tilgan qarama
-
qarshiliklar pedagogika oliy ta’lim muassasalarida
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi metodik tayyorgarligini takomillashtirishning bir
qator aniq vazifalarini belgilash imkoniyatlarini berdi.
FOYDALANILGAN ADA
BIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Sh.M.Mirziyoyev, Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz.
–
Toshkent.: O‘zbekiston. 2017. –
488 bet
2.
A.Abduqodirov va b “Kayc
-
ctadi” uslubi: nazariya, amaliyot va tajriba –
T.: “
Tafakkur qanoti”, 2012. –
131-bet.
3. A.A. Abduqodirov Teoriya i praktika intecifikasii podgotovki uchiteley fizika-
matematicheckix dictiplin. Acpekt icpolzovaniya kompyutern
ы
x credctv v uchebno
vocpitatelnom proseccye: Dicc...dokt.ped.nauk. (13.00.01., 13.00.02.)
–
T.:1990.
–
360 c.
4. B.S.Abdullayeva, A.V.Sadikova, M.I. Toshpulatova, Oliy matematika asoslari //
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining 5141600
-
“Boshlang‘ich ta’lim va sport
-
tarbiyaviy ish” bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan darslik –
T.: Iqtisod
–
moliya, 2011.
–
350-bet.
5.
M.E.Jumayev, O‘qituvchining ijodiy shaxs sifatida rivojlanishida bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik
-matematik tayyorgarligi. Monografiya.T.:
“Fan”, 2009. –
240-bet.
6. M.E.Jumayev,
O‘qituvchining ijodiy shaxs sifatida rivojlanishida bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik
-matematik tayyorgarligi. Monografiya.
T:.2009-
y. “Fan” nashriyoti 240
-bet.
