Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The use of modern technologies for teaching students
independent thinking in native language lessons
in primary school
Shakhnoza NURMATOVA
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2023
Received in revised form
15 December 2023
Accepted 20 January 2024
Available online
15 February 2024
This article presents various methods, didactic materials and
energizers used in the science of mother tongue which increase
students
’
activity.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1/S-pp110-113
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
methods,
innovative,
student,
lesson,
interactive,
effective,
topic.
Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarni mustaqil
fikrlashga o‘rgatuvchi zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
metodlar,
innovatsion,
o‘quvchi,
dars,
interfaol,
samarali,
mavzu.
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili
darslarida
qo‘llaniladigan
va
o‘quvchilarni
mustaqil
fikrlashga
chorlaydigan turli xil metodlar va enerjayzerlar aks ettirilgan.
1
Teacher, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2024) / ISSN 2181-1415
111
Использование современных технологий обучения
учащихся самостоятельному мышлению на уроках
родного языка в начальной школе
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
методы,
инновационные,
студент,
урок,
интерактив,
эффективный,
тема
.
В данной статье отражены различные методы и
интерактивные средства, применяемые на уроках родного
языка в начальных классах и побуждающие учащихся к
самостоятельному мышлению.
Mustаqil tаfаkkurni rivojlаntirsh jаrаyoni mustаqil tа’limning аsosiy qismi
hisoblаnаdi. Mа’lumki, mustаqil tа’limni yo‘lgа qo‘yishdа nаfаqаt tаlаblаrning muаyyаn
fаn bo‘yichа bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаlаrini oshirish, ulаrdа mustаqil dunyoqаrаshni
shаkllаntirish, shu bilаn bir qаtordа bo‘lаjаk mutаxаssis sifаtidа tаlаbа shаxsidа ijodiy vа
ilmiy tаfаkkurni rivojlаntirish vаzifаsi turаr еkаn, mа’lum mа’nodа globаl рrofеsionаllik
mаsаlаsi hаm o‘z tаsdig‘ini toрmog‘i lozim. Bu jаrаyondаgi ijodiy tеxnologik yondаshuv
tаlаbаdаn tеzkor fikrlаshni vа fаol hаrаkаtni tаlаb qilаdi. Chunki tаlаbаdаgi fаollik ijodiy
fаoliyаtgа аylаngаn tаqdirdаginа mеhnаtni ilmiy tаshkil qilish, vаqtdаn unumli
foydаlаnish аmаlgа oshаdi. Аnа shundа tаlаbа qiziqishlаr аsosidа o‘zining diqqаtini
muаyyаn ob’yеktgа qаrаtа olаdi. Ijodiy tеxnologik fаoliyаt shunchаki oson kеchаdigаn
jаrаyon еmаs. Shаxsning sеzgisi, idroki uning xotirаsi hаmdа mаntiqiy tаfаkkur ko‘lаmi
bilаn uyg‘un bog‘lаnib kеtаdi. Ijodiy fаoliyаtdа tаlаbаdаgi bilim innovаtsion ko‘nikmа vа
mаlаkаlаr bilаn yаnаdа tаkomillаshib borаdi
Dars jarayonida har xil metodlardan
foydalanish o‘qituvchini izlanishga va o‘quvchini o‘z ustida ishlashga, erkin fikrlashga
undaydi. Metod shunday tanlanishi kerakki, unda o‘quvchi o‘zini erkin tuta olishi,
fikrlarini ravon aytishi, mavzuni juda yaxshi o‘zlashtirishi lozimligi muhim ahamiyatga
ega. Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo‘lib,
ularning aksariyati tajriba-
sinovdan o‘tib, yaxshi natija bergan. Keng qo‘llaniladigan
usullar
–
“Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom ettir”, “Taqdimot”, “Blits
-
so‘rov”, “Muammoli
vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning
o‘tilgan mavzuni so‘rash qismida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi” metodlarini,
yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”, “Pinbord”, “Zinama
-
zina”, “Bumerang”
texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida “Venn diagrammasi”, “Baliq skeleti”,
“Nima uchun?”, “Qanday?” ,
“Konseptual jadval”,
“Nilufar guli” kabi grafik tashkil
etuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, “T
-
jadval”, “Rezyume”, “Kungaboqar”,
“Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda “FSMU”, “Klaster”, “Bo‘g‘inlar zanjiri”,
“BBB” metodlarini qo‘llash dars samaradorligini ta’minlab, o‘quvchilarning bilimini
oshirishga yordam beradi. Ona tili
darslarida ham yuqorida sanab o‘tilgan interfaol
metodlardan tashqari “Ha… yo‘q”, “Ta’rif egasini top”,
“Men kimman?”, “Domino”,
“Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha”, “Sirli sandiqcha metodi”, “Harfni
his
qilish”
metodlari kabi didaktik o‘yinlardan foydalanish mumkin. O‘yin vaqtida o‘quvchilar
o‘zini erkin tutadi, bilimini namoyon etgisi keladi. Natijada o‘quvchida ishonch, qat’iyat
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2024) / ISSN 2181-1415
112
paydo bo‘ladi. Munozaraga kirishishni o‘rganadi. Fikrini asoslashga odatlanadi. Bunda
o‘quvchilarning yoshi, bilim darajasi inobatga olinishi lozim. O‘quvchilarga har darsda bir
xil dars o‘tish ularning zerikishiga olib keladi va mavzuga bo‘lgan e’tiborini pasaytiradi.
Bunday holatlarning oldini olish uchun dars mashg‘ulotlari jarayonida turli xil qiziqarli
metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Turli xil qiziqarli metodlardan
foydalanish o‘quvchilarning diqqatini oshiradi. Masalan o‘quvchilarga “Bo‘g‘in” mavzusini
o‘tayotgan o‘qituvchi “Bo‘g‘inlar zanjiri” metodidan foydalanishi mumkin. Bunda birinchi
aytilgan so‘zning oxirgi bo‘g‘ini keyingi so‘zning birinchi bo‘g‘iniga to‘g‘ri kelishi kerak
bo‘ladi. Namuna: maktab –
tabrik; rassom
–
somsa va shu zayilda davom etadi.
Bu metoddan o‘quvchilarda o‘tilayotgan yangi mavzuni mustahkamlash bilan birga
ularning tezkor fikrlashlari, so‘z boyligini aniqlash maqsadida ham foydalansa bo‘ladi.
MUHOKAMA
“Klaster” metodi. Klaster” grafik organayzeri “Fikrlarning tarmoqlanishi” degan
ma’noni anglatadi. Bu metod turi o‘
quvchilarning biron-bir mavzuni chuqur
o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrlarni
erkin va ochiq uzviy bog‘langan ketma
-
ketlikda tarmoqlashni o‘rgatadi. “Fikrlarning
tarmoqlanishi” quyidagicha tashkil etiladi: 1.
Xayolga kelgan har qanday fikr bir so‘z bilan
ifoda etilib, ketma-ket yoziladi; 2. Fikrlar tugaguncha yozishda davom etiladi va fikrlar
tugasa, u holda yangi fikr kelgunga qadar biron rasm chizib turiladi; 3. Darsda imkon
boricha fikrlar va o‘zaro bog‘liqlik ketma
-
ketligini ko‘paytirishga harakat qilinishi lozim.
Ona tili darslarida “So‘z turkumlari” mavzusini yoritishda “Klaster” usuli beqiyos
ahamiyat kasb etadi. Chunki bu metod orqali o‘quvchilar mavzuga oid tushunchalar
ustida ishlaydi. Masalan, sifat so‘z turkumiga oid tushunchalarni ular quyidagi tartibda
tarmoqlarga ajratishlari mumkin. “Klaster” usulida so‘z turkumlari tushuntirilganda
o‘quvchining diqqatini shu mavzuga qaratish maqsadida markazga so‘z turkumlariga oid
tushunchalar yoziladi. O‘quvchilar mavzuga oid barcha fikrlarini markazning atrofiga
joylashtirib yozadilar. Fikrlar bayon etilgandan so‘ng har bir fikr yoki so‘zni toifalarga
ajratib chiqadilar. “Klaster” usuli quyidagi maqsadlarga erishish uchun qo‘llaniladi:
1.
O‘quvchilar so‘z boyligini oshirish; 2.
Yozma nutqni takomillashtirish; 3. Fikrlash
qobiliyatini shakllantirish; 4. Toifalarga ajrata olish qobiliyatini rivojlantirish.
“Tushunchalar tahlili” metodi. Bu metod quyidagicha mulohaza qilinadi. Nazorat ishi
yakunlanib, baholar e’lon qilingandan so‘ng, har bir o‘quvchi nazorat daftarida o‘qituvchi
tomonidan tekshirilgan va kamchiligi tuzatilgan so‘zlarni ko‘chirib yozadi. Bu metod ham
o‘quvchini hushyorlikka chorlash bilan bir qatorda o‘z xatosini o‘z vaqtida tushunishga va
bu xatoni boshqa takrorlamaslikka olib keladi. “Harfni
his qilish”
metodi. “Harfni yoki
so‘zni his qilish” metodida o‘quvchilar tik turgan holatda bo‘ladi.Eng oxirida turgan
o‘quvchi orqasiga o‘qituvchi tomonidan ruchkaning orqa tomoni bilan harf yoki so‘z
yoziladi. Keyingi o‘quvchi oldingi o‘quvchi orqasiga yozadi. Va shu tariqa davom etadi.
Birinchi partadagi o‘quvchi o‘zining orqasiga yozilgan harfni his qilib sinf yozuv taxtasiga
kelib yozadi. Bu metodni ko‘pincha nafaqat harf shaklida 4
-
5 sinf o‘quvchilarida qo‘llash
mumkin, balki 5-
6 sinf o‘quvchilariga ikki uch harfli so‘z shaklida ham qo‘llash mumkin.
Bu metodni kichik yoshdagi o‘quvchilarga darslarda dam olish daqiqasi sifatida qo‘llash
mumkin. Darslarda bu kabi enerjayzer metodlarni qo‘llash o‘quvchilarning faolligini
oshirishda katta ahamiyatga ega. Darslarni samarali tashkil etishda quyidagi o‘yinlardan
ham foydalanish maqsadga muvofiq. “Baliq ovi”, “Kim hakam”, “Taqdimot
-
tadqiqot”,
“Piramida”, “Matn tuzib ko‘r, aqling bo‘lar zo‘r”, “Raketa”, “To‘g‘ri noto‘g‘ri”, “Xatosini
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2024) / ISSN 2181-1415
113
top”, “Xotira mashqi”, “Bo‘g‘in”, “Mo‘jizalar maydonchasi”, “Maqol”, “So‘zdan so‘z yasash”
o‘yinlaridir. “Taqdimot
-
tadqiqot” usuli. Bu bosqichda har bir guruhdan bir nafar o‘quvchi
yangi mavzu va yangi mavzuni o‘tilgan mavzular bilan bog‘lash maqsadida doskada
taqdimot qiladi. O‘qituvchi tomonidan yangi mavzu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar
berib o‘tiladi. “Piramida” o‘yini. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Piramida”
o‘yini olib boriladi. Bunda to‘rtala guruhga alohida mavzular beriladi, guruh a’zolari
berilgan mavzu bo‘yicha barcha ma’lumotlarni maxsus kartochkalarga yozishadi va
piramida tasvirlangan ko‘rgazmaga yopishtirib chiqadilar. Natijalar tekshiriladi noto‘g‘ri
va takrorlangan ma’lumotlar olib tashlanadi va qolgan natijalar hisoblanadi.
Eng ko‘p
ma’lumot yozgan guruhlar taqdirlanadi.Bunda o‘quvchilar o‘tilgan mavzuni egallaganlik
va mavzu bo‘yicha tushunchalarni o‘zlashtirib olganlik darajasi aniqlash, o‘z bilimlarini
mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarining bilim darajalarini baholay olish,
yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek
o‘z bilimlarini bir tizimga solishga o‘rgatadi. “Matn tuzib ko‘r, aqling bo‘lar zo‘r”.
O‘quvchilar monitordan uzatilgan rasm asosida, berilgan muddatda matn tuzishadi.
Tuzilgan matnda undov, modal, taqlid so‘zlar ishlatilishi kerak. Mazmunli va undov,
modal, taqlid so‘zlardan ko‘p ishlatgan matn egalari g‘olib bo‘lishadi. “Raketa” o‘yini.
Doskaga raketa rasmi chiziladi yoki uchta raketa yasab savollar yoziladi, kartochkalar
ilinadi. Raketa o‘zga sayyoraga uchish uchun yuklardan xoli bo‘lishi kerak. O‘quvchilar
uch guruhga bo‘linadi, qaysi guruh a’zolari savollarga to‘g‘ri javob bersa, kartochkalar
olib tashlanadi, to‘g‘ri javob berilmagan kartochka raketada qoladi va u ucha olmaydi.
“So‘zdan so‘z yasash” o‘yini.
Yuqorida keltirilgan interfaol metodlarni ona tili va adabiyot darslarida qo‘llash
natijasida o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga, o‘zlarining fikrini erkin
bayon eta olishga, atrofidagilarning fikrlarini hurmat qilishga, o‘zining nuqtai nazarini
himoya qila olish qobiliyatlarini rivojlantirishga erishish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
N.A.Muslimov, M.Usmonboeva, M.Mirsoliyeva ― Innovatsion ta’lim texnologiyalari
va pedagogik kompetentlik ―O‘UM Toshkent
-2016.
2.
O.U. Avlayev, S.N. Jo‘rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o‘quv
-uslubiy
qo‘llanma, “Navro‘z” nashriyoti, Toshkent –
2017.
3.
M.X.G‘ulomova, N.K.Sobirova Yangi innovatsion texnologiya yordamida ta`lim
samaradorligini oshirish usullari// Innovatsiya o‘quv jarayonida(tezislar to‘plami).
-T.
2009.
4.
K.Qosimova, S.Matchonov, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva, Sh.Sariyev, Ona tili
o‘qitish metodikasi. Boshlang‘ich ta’lim talabalari uchun darslik. –
T.:
–
Nosir 2009y.
