Авторы

  • Сирожиддин Эшкобилов
    Ташкентский государственный юридический университет Специализированный филиал предупреждение преступности и преподаватель кафедры общественной безопасности

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss5/S-pp314-321

Ключевые слова:

организованная преступность методология преступности реализация криминальная специфика криминальная пирамида криминальные субмультуры микросоциальные факторы специализация преступности превентивные меры

Аннотация

В данной статье представлен обзор понятия организованной преступности, ее особенностей, причин и условий, современных тенденций и статистических данных. Также содержатся рекомендации по предупреждению и искоренению организованной преступности.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Criminological description of organized crime

Sirojiddin ESHQOBILOV

1

Specialized Branch of the Tashkent State Law University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2021

Received in revised form

28 April 2022
Accepted 20 May 2022

Available online

10 June 2022

This article provides an overview of the concept of organized

crime, its specific features, causes and conditions, current
trends, and statistics. It also provides recommendations for the

prevention and elimination of organized crime.

2181-1415/© 2022 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss5/S-pp314-321

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

organized crime,

crime methodology,
implementation,

criminal specifics,

criminal pyramid,

crime submultures,
microsocial factors,

crime specialization,
preventive measures.

Uyushgan jinoyatchilikning kriminologik xususiyatlari va
profilaktikasi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

uyushgan guruh,

uyushgan jinoyatchilik,
jinoyatchilik metodologiyasi,

implementatsiya qilish,
jinoiy spesifika,

kriminal piramida,

jinoyat submulturalari,
mikrosotsial omillar,
jinoyatchilik ixtisoslashuvi,
profilaktik chora-tadbirlar.

Ushbu maqolada uyushgan jinoyatchilik tushunchasi, uning

kriminologik xususiyatlari, ularning oldini olish hamda

profilaktika qilish borasidagi fikrlar, statistikalar keltirilgan.

Shuningdek, uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va bartaraf
qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilgan.

1

Lecturer at the Department of Crime Prevention and Ensuring Public Safety, Specialized Branch of the Tashkent

State Law University, Tashkent, Uzbekistan


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415

315

Криминологическая характеристика организованной
преступности

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

организованная

преступность,
методология
преступности,

реализация,
криминальная специфика,
криминальная пирамида,

криминальные
субмультуры,
микросоциальные
факторы,

специализация
преступности,
превентивные меры.

В данной статье представлен обзор

понятия

организованной преступности, ее особенностей, причин и

условий, современных тенденций и статистических
данных.

Также

содержатся

рекомендации

по

предупреждению

и

искоренению

организованной

преступности.


Uyushgan jinoyatchilikning nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida

ijtimoiy-huquqiy, xususan, siyosiy tadqiqot obyektiga aylanganligining o‘ziyoq bu
muammoning naqadar dolzarbligini ko‘rsatadi. Uyushgan jinoyatchilikning oldini olish
borasidagi profilaktika faoliyati kriminologiya fanining ilmiy tavsiya va prognozlariga
tayanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Ushbu ijtimoiy-kriminologik hodisaning dolzarbligi, birinchi navbatda, uning o‘ziga

xos xususiyati, ijtimoiy xavflilikning favqulodda darajasi, jinoyatga qasd bilan
uyushganlikning mavjudligi va uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmalar manfaatlarini
ko‘zlab sodir etilgan jinoyatlarning aksariyat hollarda ochilmay, latent bo‘lib qolishi
yoxud yuqori mansabdor shaxslarning aralashuvi bilan jinoyatning yashirilishi orqali
xarakterlanadi.

Shu bois mamlakatimizda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning faol

mexanizmlarini yaratish borasida chuqur o‘ylangan strategik chora-tadbirlar amalga
tatbiq qilingan. Jumladan, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning milliy va xalqaro
huquqiy asoslari yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 29-moddasi
4-bandida “uyushgan guruh” tushunchasiga aniq ta’rif berib o‘tilgan: “Ikki yoki undan
ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borishi uchun oldindan bir guruhga
birlashishi uyushgan guruh deb topiladi”. Shu bilan birga, ushbu moddaning 4-bandida
ta’kidlangan jinoiy uyushmalarni tuzishning o‘ziyoq jinoiy javobgarlikka tortishga to‘liq
asos bo‘ladi hamda uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan har qanday jinoyat o‘ta og‘ir
turdagi jinoyatlar sifatida e’tirof etiladi.

Hukumatimiz tomonidan 2003-yil 30-avgustda BMTning Transmilliy uyushgan

jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi (Palermo konvensiyasi) ratifikatsiya qilindi. Bu esa
uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning xalqaro tan olingan huquqiy asosi edi. Unga
ko‘ra, uyushgan jinoiy guruh “ma’lum bir vaqt davomida mavjud bo‘lgan va bir yoki bir
nechta og‘ir jinoyatlarni yoxud ushbu konvensiyaga muvofiq deb topilgan jinoyatlarni
sodir etish maqsadida birgalikda harakat qiladigan uch yoki undan ortiq shaxslardan
iborat bevosita yoki bilvosita, moliyaviy yoki boshqa moddiy manfaatdorlik asosida
tuzilgan guruh” deya ta’riflangan.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415

316

Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib jinoyat sodir etish huquqni

muhofaza qiluvchi organlar uchun katta yangilik emas. Biroq uyushgan guruh va jinoiy
uyushmalar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar xarakteri jihatdan oddiy yoki
murakkab ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan jinoyat qonuni bilan
qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga ko‘proq zarar yetkazadi. Jinoiy statistik
ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi yillarda uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan jinoyatlar
sonining keskin ortishi, jamiyat uchun tobora xavfli bo‘lib bormoqda. Bu xavf quyidagi
holatlar tufayli yuzaga keladi:

– bir necha shaxslarning sa’y-harakatlarini birlashtirish orqali jinoyat sodir etiladi

va shaxsga, jamiyatga, davlatga ko‘proq zarar keltiradi;

– hech shubhasiz, bunday jinoyatlarni ochish qiyinroq;
– ko‘p sonli shaxslar jinoyatga daxldor, shu jumladan, voyaga yetmaganlar ham.
Uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning oldini olish, fosh

etish va tergov qilishni yanada samaraliroq tashkil qilish bo‘yicha amaliy-huquqiy
tavsiyalar ishlab chiqish zarurati tanlangan mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi.

Kriminologik tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy jinoyatlarning 1/3 qismi

uyushgan guruh va jinoiy uyushmalar hissasiga to‘g‘ri keladi hamda ko‘payish
tendensiyasiga ega. Uyushgan guruh jinoyatlarining eng xavfli jihati shundaki, sodir
etilgan jinoyatlar hayotning kundalik hodisasiga hamda jamiyatni tashkil etishning eng
keng tarqalgan shakllaridan biriga aylanib, iqtisodiyot sohasiga kirib, davlat xavfsizligiga
jiddiy tahdid soladi.

Jinoyat qonunchiligiga binoan, jinoiy uyushmalar yoxud uning bo‘linmalarini

tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud bo‘lishi va ishlab turishini
ta’minlashga qaratilgan faoliyat jinoiy faoliyat deb e’tirof etilgan. Ushbu norma jinoiy
spesifikasiga ko‘ra, uyushgan qurolli guruh tuzish va unga rahbarlik qilish yoki unda
ishtirok etish ham jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi qaratilgan o‘ta og‘ir
jinoyatlar toifasiga kiritilgan.

Mamlakatimizda aynan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida zarur

chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va shu maqsadda davlat boshqaruv organlari
tizimida maxsus organlar hamda xizmat sohalari tuzishga alohida e’tibor qaratilgan.
Xususan, Ichki ishlar vazirligi, prokuratura organlari va boshqa huquqni muhofaza qilish
organlari tizimida uyushgan jinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘lim va
bo‘linmalari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, bu organlarga nafaqat jamoat tartibini
ta’minlashda, balki uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti xavfsizlik xizmati va Davlat xavfsizlik xizmati, bundan tashqari,
Adliya vazirligi bilan hamkorlik qilish borasida ham zarur vakolatlar berilgan. Ular o‘zaro
hamkorlikda jinoyatchilikning o‘ziga xos va latentligi yuqori bo‘lgan sinfi bo‘lmish
uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va uning profilatikasini amalga oshirishdek
murakkab vazifani bajaradi.

Uyushgan jinoyatchilikning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – bu ularning jinoiy

uyushmalar asosida tashkil topganligi, o‘ziga xos xufiyona tarzda faoliyat ko‘rsatishi,
muqim ravishda mavjud bo‘lishi va tezda bir jinoiy faoliyatdan boshqa bir jinoiy
faoliyatga moslasha olishidir. E’tiborga olish lozimki, uyushgan jinoyatchilikka kirishning
turli xil usullari hamda uyushgan jinoyatchilik bilan shug‘ullanadigan guruhlarning har
xil turlari mavjud. Jinoyatchining tashkilotga qo‘shilish usulidan qat’i nazar, uyushgan
jinoyatchilik ixtisoslashuvni yoki maxsus mahoratni talab qiladi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415

317

Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Bolgariya,

Vengriya, Polsha, Turkiya, AQSh kabi bir qator rivojlangan davlatlarning qonunchiligida
aynan uyushgan guruhlar xususida alohida normalar qayd etilmagan bo‘lsa-da, xususan,
turli jinoiy banda, terroristik tashkilot yoki assotsiatsiyalarda hamda giyohvandlik
vositalarini g‘ayriqonuniy ravishda o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan biznes guruhlari
tarkibida ishtirok etish, ya’ni ishtirokchilik qilishga nisbatan qat’iy normalar belgilangan.

Rossiyalik kriminolog olim A.I. Gurovning fikricha, uyushgan guruh jinoyatchi

shaxslarning o‘z jinoiy maqsadlariga erishishlari uchun tashkil etgan oddiy aloqalarini
bildiradi. Bu kabi guruhlarda guruh a’zolarining aniq vazifalari avvaldan reja asosida
taqsimlangan bo‘ladi va shu mehnat taqsimoti asosida har biri o‘z jinoiy faoliyatini olib
boradi. Uyushgan jinoyatchilik faoliyat yuritishi uchun metodologiya, katta miqdordagi
joylashishni talab qiladigan harakatlar va guruh a’zolari orasidagi ishonchga muhtoj.
Agar biror unsur mavjud bo‘lmasa, maqsadga erishish qiyinroq bo‘lib, guruh a’zolari
qo‘lga olinishi mumkin.

Qisqa qilib aytganda, uyushgan jinoyatchilik muntazam ravishda foyda ko‘rish

maqsadida uch nafar yoki undan oshiq shaxslardan tashkil topgan va korrupsiyaga
aloqador mansabdor shaxslar, hokimiyat vakillari bilan jinoiy hamkorlik asosida hamda
o‘ziga xos kuch ishlatish va qo‘rqitishlar orqali ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarning turli
sohalarida o‘z ta’sir doirasini o‘rnatuvchi jinoiy tuzilma va tashkilotlarning g‘ayriqonuniy
uyushmasidir.

Biz uyushgan jinoyatchilikning ichki tizimini o‘ziga xos piramidaga qiyoslashimiz

mumkin: kriminal piramidaning quyi qismi keng bo‘lib, asosan, ijrochilardan tashkil
topadi. Ushbu ijrochilar tarkibi o‘zini “ishbilarmon” deb bilgan turli yulg‘ichlar, xonadon
o‘g‘riligini sodir qiluvchi jinoiy guruhlar, firibgarlar, g‘ayriqonuniy tarzda valyuta
operatsiyasini bajaruvchilar, fohishalar, narkobiznes orqali kun ko‘ruvchilar kabilardan
iboratdir.

Undan yuqori turuvchi ikki bo‘g‘inni esa o‘ziga xos ravishda “ta’minlovchi” va

“xavfsizlik xizmati”

guruhlari deb atash mumkin. Ta’minlovchilar aynan jinoiy

harakatlarni bajarmasa-da, jinoiy faoliyatlarni amalga oshirishda zarur shart-sharoitlar
yaratilishiga ko‘mak beradilar.

Xavfsizlik xizmati guruhi tarkibi jinoiy uyushmalar manfaatiga mos quyidagi

shaxslardan tarkib topadi: davlat organlari va jamoatchilik tizimlarida xizmat qiluvchi
ayrim nopok, korrupsiyaga ilashib qolgan huquqshunoslar, tibbiyot xodimlari,
iqtisodchilar, jurnalistlar, adabiyot va san’at namoyandalari va boshqalar bo‘lishi
mumkin.

Bu qatlamdagilarning ba’zida jinoiy uyushma tarkibiga kiruvchi quyi tabaqadagilar

bilan aloqalarining buzilishi yuzaga kelsa-da, (agar ma’lum bir ijrochilar yoki guruhlar
javobgarlikka tortilgan bo‘lsa ham), jinoiy faoliyatlari to‘xtab qolmaydi. Chunki uyushgan
jinoiy guruhlarning yuqori tabaqasiga kiruvchilar doimo jazodan qutulib, o‘zlarining
jinoiy tashkilotchilik faoliyatlarini saqlab qoladilar.

Jinoiy uyushmalar piramidasining yuqori qismini esa rahbarlar bo‘g‘ini (elita) tashkil

etadi. Bu guruh tarkibiga yo‘lboshchi (lider) va unga sodiq kimsalar kiradi hamda ular
huquqiy, jinoiy (kriminal), iqtisodiy va boshqa turli yo‘nalishlarda maslahatchilik qiladi.

Ushbu pog‘ona tarkibiga kiruvchi aynan shu guruh a’zolari ixtiyorida rahbarlar

bo‘g‘inining boshqaruvchilarini qo‘riqlovchi, turli jinoiy guruhlar bilan bo‘ladigan
mojarolarni bartaraf qiluvchi, ichki tartibni saqlovchi, jinoiy uyushma ta’sirida bo‘lgan


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415

318

tijorat tizimlari va korxonalariga tazyiq o‘tkazishda zarur bo‘lgan jangarilar mavjud
bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda bu ishlarga jalb qilinadigan jangarilar turli yuridik
maqomdagi korxonalarning shtat ro‘yxatlarida bo‘lishi kuzatiladi.

Jinoiy uyushmalarning rahbariyati esa ichki intizomni saqlash, daromadlarni va

ta’sir ostida bo‘lgan sohalarni taqsimlash, jinoiy uyushmalar tizimiga kiruvchi jinoiy
guruhlar o‘rtasida munozarali va nizoli masalalarni hal etish, tijorat tizimiga kiruvchi
korxona va muassasalar rahbarlaridan “qarzlar” hamda kreditlarni undirish, turli jinoiy
guruhlar va hududiy bo‘linmalar bilan aloqalar o‘rnatish (ba’zida xorijiy uyushgan
guruhlar bilan ham), razvedka ishlarini tashkil etish, shuningdek, raqobatchi guruhlarni
jazolash kabi vazifalarni bajaradi.

Yuqorida bayon etilganlarga asosan, uyushgan jinoyatchilikning quyidagi o‘ziga

xos jihatlari mavjud ekanligini ko‘rsatish mumkin:

xufiyona (nolegal va jinoiy) va iqtisodiy manbalarning mavjudligi;

hokimiyat organlari va davlat boshqaruvi tizimida korrupsiyaga asoslangan

aloqalarni yo‘lga qo‘yish (shu jumladan, huquqni muhofaza qilish organlarida), hokimiyat
organlariga kerakli kimsalarni ko‘tarish va qo‘llab-quvvatlash, imkon boricha
jinoyatchilarning o‘zlari shu darajaga erishishga harakat qilishlari (bu o‘rinda jinoyat
olamining siyosiy manfaatlari namoyon bo‘ladi);

o‘z ta’sir doiralaridagi hududni kengaytirish (hudud va tarmoqlarni butunlay

egallash, chet ellardan “hamtovoqlar” topish);

o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida ommaviy axborot vositalari tizimiga kirish va

o‘zlarini jamoatchilikka yaxshi ko‘rsatishni targ‘ib qilish;

uyushgan guruhlarda qurol-yarog‘ va boshqa zarur maxsus texnika vositalarining

mavjudligi;

jinoyat submulturalarining mavjudligi (jinoiy muhitda o‘sgan bola voyaga

yetmasidanoq jinoyatchiga aylanishi mumkin. Bunda ma’lum ko‘nikmalarni o‘rgatish
asosiy rolda bo‘ladi. Bularning barchasi jinoiy muhitda o‘sayotgan bolaning uyushgan
jinoiy guruh a’zolari ijtimoiy ta’minot tomonidan rag'batlantirishlari oson kechadi);

o‘zaro muvofiqlashgan faoliyatlarida imkon darajasida ko‘proq daromad olishga

bo‘lgan maqsadning mavjudligi kabilar.

Ushbu ijtimoiy illatga qarshi olib boriladigan kurash strategiyasi bilan bog‘liq

profilaktika, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarning amalga oshirilishini
rejalashtirishga alohida e’tibor qaratilishini talab etadi. Bu kabi tadbirlarning amalga
oshirilishini ta’minlash esa mavjud xufiyona iqtisodiyot va iqtisodiyot bilan bog‘liq
barcha jinoyatlarni atroflicha tahlil etish bilan uzviy bog‘liqdir.

Shuningdek, hozirgi kunda jamiyatning ijtimoiy tizimini ilmiy jihatdan baholash,

aholining turli qatlamlari va guruhlariga nisbatan differensial siyosat yuritishni yo‘lga
qo‘yish talab etiladi.

Shunga ko‘ra, quyidagi toifadagi shaxslarga alohida e’tibor qaratilishi maqsadga

muvofiqdir:

shubhali tarzda daromad topayotgan va ko‘p miqdordagi mulk va moliyaviy

mablag‘larga ega shaxslar;

kam daromadli, umuman moddiy ta’minotga ega bo‘lmaganlar;

jinoiy va ma’naviy buzuq yo‘lga kirganlar (jinoyatni kasb qilib olganlar; bir necha

bor sudlanganlar, ichkilikbozlar, giyohvandlar, toksikomaniyaga yo‘liqqanlar, o‘zgalar
hisobiga kun ko‘ruvchilar tekintomoq fuqarolar, daydilar kabi).


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415

319

Hech shubhasiz, uyushgan jinoyatchilikning sabab va sharoitlarini aniqlamasdan

turib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarning talab darajasida
bo‘lishiga erishish qiyin, chunki uyushgan jinoyatchilikning mavjudligi oqibatida huquq-
tartibotning buzilishi va jamiyatda jiddiy asoratlar yuzaga kelishi mumkin.

Uyushgan jinoyatchilikning hozirgi kunda mavjudligining sabab va sharoitlari esa

quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

– o‘zgalar hisobiga kun ko‘ruvchi (parazit) va g‘ayriqonuniy ravishda “moddiy

ta’minlangan” ayrim shaxslarning javobgarlikka tortilmasliklari. Bunday kimsalar o‘ziga
xos manmanlik ruhiyatini yuzaga keltiradilar (“Biz alohida toifadagilarmiz va shunday
shohona yashashga haqlimiz”) va shu kabi hayot tarzini targ‘ib qiladilar;

– xufiyona va g‘ayriqonuniy ravishda topilgan mulkka ega bo‘lish. O‘z-o‘zidan savol

tug‘iladi, jinoyatchilar to‘plagan bu kabi katta mablag‘lar nimalarga sarflanadi? Bu borada
olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, bu mulk, asosan, to‘rtta ulushga bo‘linadi.
Birinchi va ikkinchi ulushlar xufiyona iqtisodiyotni (xomashyo, fondlarni saqlovchilar,
tovarshunoslar, yuk tashuvchilar kabi va turli kutilmagan “mehmonlar” (taftishchilar,
soliq va bojxona idorasining xodimlari va davlatning maxsus kurashga mas’ul organlari
kabilar)ga sarflanadi; uchinchi ulush yuqori ta’minotga erishishga xizmat qiladi;
to‘rtinchisi esa pulni xazinaga aylantirish. Eng achinarlisi, xufiyona iqtisodiyot o‘z
manfaati uchun muomalada bo‘lgan naqd pullarni muomaladan imkon boricha ko‘proq
olishga harakat qiladi;

– uyushgan jinoyatchilikni tuzish orqali o‘z faoliyati va xavfsizligini ta’minlash

(mikrosotsial omillar). O‘z vaqtida uyushgan jinoyatchilik davlatning huquqni muhofaza
qilish organlariga qarshi turish uchun, asosan, quyidagi uch yo‘nalishlarda ish olib
boradi: 1) huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning faoliyatlarini qasddan buzib
ko‘rsatish va izdan chiqarishga erishish; 2) huquqni muhofaza qilish organlari olib
borayotgan tadbirlarni muntazam kuzatib borish; 3) ayrim jinoiy faoliyatlarga huquqni
muhofaza qilish organlarining xodimlarini tortish va jalb qilishga erishish.

Uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq ma’naviy muhit – faqat o‘z manfaatlarini

o‘ylash, xususiy mulkchilikka o‘ta berilish, davlat boshqaruvi tizimiga kiruvchi rasmiy
organlar faoliyatiga ishonchsizlik bilan qarash, ularning zarur ehtiyojlarni ta’minlashdagi
tutgan o‘rnini e’tirof etmaslik kabilar ham o‘ziga xos ravishda jamiyatga o‘ta salbiy ta’sir
etadi. Shu tufayli xalqaro tadqiqot va statistika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir qator
tashkilot va universitetlar davlatlardagi huquqiy-siyosiy va ma’naviy muhit to‘g‘risida
tez-tez reyting e’lon qilib turadi.

Global Initiative against Transnational Organized Crime

tashkiloti davlatlarning

2021-yil uchun uyushgan jinoyatchilik darajasi bo‘yicha navbatdagi reytingini e’lon qildi.
O‘zbekiston ro‘yxatda 4,96 ball bilan 90-o‘rinni egallagan.

Reyting mualliflari mamlakatlarni uchta mezon bo‘yicha baholadilar:

jinoiy bozorlarning ko‘lami va ta’siri;

to‘rt turdagi jinoyatlarning tuzilishi va ta’siri (mafiya, jinoiy tarmoqlar, davlat

idoralariga o‘rnatilgan jinoiy tuzilmalar va xorijiy jinoiy tuzilmalar);

mamlakatlarning uyushgan jinoyatchilikka chidamliligi.

Davlatlar har bir mezon bo‘yicha 1 dan 10 ballgacha baholangan, bunda 1 ball past

darajadagi jinoyatchilik hukumatning jinoiy doiralarga qarshilik ko‘rsatishga yuqori
tayyorgarligini anglatadi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415

320

Reytingda 193 ta davlatdan birinchi o‘rinni Kongo Demokratik Respublikasi

(7,75 ball) egallagan. Keyingi o‘rinlarda Kolumbiya (7,66) va Myanma (7,59) joy olgan.
Jinoyatchilik avj olgan davlatlar o‘ntaligiga Meksika, Nigeriya, Eron, Afg‘oniston, Iroq,
Markaziy Afrika Respublikasi va Gonduras kirgan.

MDH davlatlaridan Rossiya 32-o‘rinni, Tojikiston 62-o‘rinni (5,61), Qirg‘iziston

72-o‘rinni (5,33), Ozarbayjon va Belarus 83-o‘rinni, Turkmaniston 113-o‘rinni (4,61),
Moldova 123-o‘rinni, Qozog‘iston 133-o‘rinni va Armaniston 171-o‘rinni (4,26) egallagan.

Uyushgan jinoyatchilik eng past darajada bo‘lgan davlat sifatida Tinch okeanidagi

Tuvalu davlati e’tirof etilgan. U 1,54 ball bilan reytingning oxirgi pozitsiyasidan joy olgan.
Jinoyatchilikdan xoli davlatlar o‘ntaligiga, shuningdek, Nauru, San-Tome va Prinsipi,
Lixtenshteyn, Samoa, Vanuatu, Marshall orollari, Kiribiti, Lyuksemburg va Monako
kirgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va

bartaraf etish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish taklif va tavsiyalari
ishlab chiqildi:

1.

Mamlakatda fuqarolarning oladigan daromadlarini nazorat qilishning aniq

mexanizmini yaratish va shu orqali bozor iqtisodiyoti sharoitida g‘ayriqonuniy daromad
olishga yo‘l qo‘ymaslik va bu orqali ularning uyushgan jinoyatchilik yo‘lboshchilari
ta’siriga tushib qolmasligining oldini olish.

2.

Amaldagi JPKga uyushgan jinoiy tuzilmalar faoliyati va ular sodir etgan

jinoyatlarni fosh etish bilan bevosita shug‘ullanuvchi subyektlar hamda bunday toifadagi
ishlar bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish jarayoni ishtirokchilarini himoya qilishni
ta’minlovchi huquq tizimini shakllantirish.

3.

Bugungi kunda uyushgan jinoiy tuzilmalar faoliyatining oldini olishda mehnat,

fuqarolik, ma’muriy qonunchilikda ularning faoliyat olib borishini va jinoyat sodir
etishini qiyinlashtiruvchi, xavf-xatarli bo‘lishini kuchaytiruvchi hamda jinoiy foyda
olishni kamaytiruvchi choralarni va ularni amalga oshirish tartibni belgilovchi huquqiy
normalar tizimini yaratish ular ustidan samarali ijtimoiy-huquqiy nazorat o‘rnatilishi va
uning uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bugungi tezkor axborot zamonida uyushgan

jinoyatchilik ijtimoiy hayotning turli sohalarini o‘z ta’siriga olmoqda, ushbu unsur bilan
talab darajasidagi kurashni yo‘lga qo‘ymasdan jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy
munosabatlarni rivojlantirish murakkab kechadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси: (2021 йил 10 сентябргача

бўлган ўзгартиш ва қўшимчалар билан) – Т.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021 й. – Б. 560.

2.

Kriminologiya: Darslik / Z.S. Zaripov, A.S. Yakubov, G.A. Avanesov va boshq.; prof.

Z.S. Zaripov tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2008. – B. 420.

3.

Kriminologiya: Darslik / Z.S. Zaripov, Q.R. Abdurasulova, Y.S. Pulatov va boshq.; prof.

Z.S. Zaripov tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2006. – B. 474.

4.

Гуров А.И. Организованная преступность / А.И. Гуров // Криминология:

учеб. пособие / Г.И. Богуш, О.Н. Ведерникова, М.Н. Голоднюк [и др.]; науч. ред.
Н.Ф. Кузнецова. – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: Проспект, 2012. – C. 73.

5.

Долгова А.И. Преступность, ее организованность и криминальное

общество / А.И. Долгова. – М.: Рос. криминол. ассоц., 2003. – C. 183.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415

321

6.

Sottiyev I.A. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning jinoiy huquqiy

choralari: Dissertatsiya. – T., 2001.

7.

Ismailov I. Uyushgan jinoiy tuzilmalar faoliyatining oldini olishni nazariy va

tashkiliy-huquqiy ta’minlash: – Dsisertatsiya. – T., 2006.

8.

Musayev M. Jinoiy uyushma faoliyatini kvalifikatsiya qilish muammolari //

Davlat va huquq. – 2004. – №4. – B. 51.

9.

Эшкобилов С. (2022). Оммавий тартибсизликларнинг олдини олишда

профилактик чора-тадбирларнинг аҳамияти. Общество и инновации, 3(3/S), 98–105.

10.

Каракетова Д. (2021). Безориликни олдини олишнинг ўзига хос

жиҳатлари. Общество и инновации, 2(7/S), 102–112.

11.

Abdunabiyevich E.S. (2021). The Importance of Preventive Measures in

Prevention of Offenses. The American Journal of Political Science Law and Criminology,
3(12), 93–97.

12.

Жалилов Н. 2022. Профилактика инспектори маъмурий иш юритиш

фаолиятининг ўзига хос хусусиятлари. Жамият ва инновациялар. 2, 12/S (Feb.
2022), 348–352. DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss12/S-pp348-352.

13.

Юсупджанова Г. 2021. Функции суда в системе уголовно-процессуальных

отношений. Общество и инновации. 2, 11/S (дек. 2021), 155–165. DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss11/S-pp155-165.

14.

Эшқобилов С. 2022. Значение превентивных мер в предотвращении

массовых беспорядков. Общество и инновации. 3, 3/S (апр. 2022), 98–105. DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss3/S-pp98-105.

15.

Собирова Н. 2021. Актуальные вопросы международного сотрудничества

в сфере противодействия компьютерным преступлениям. Общество и инновации.
2, 9/S (окт. 2021), 399–405. DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss9/S-
pp399–405.

16.

Жалилов Н. 2022. Ҳуқуқбузарликларнинг якка тартибдаги профилактикаси

институтининг назарий асослари. Жамият ва инновациялар. 3, 4/S (May 2022), 397–
403. DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp397-403.

17.

Эшкобилов С. (2021). Ҳуқуқбузарликлар профилактикасида ижтимоий

реабилитация қилиш ва ижтимоий мослаштириш чора-тадбирларининг аҳамияти.
Общество и инновации, 2(12/S), 97–105.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси: (2021 йил 10 сентябргача бўлган ўзгартиш ва қўшимчалар билан) – Т.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021 й. – Б. 560.

Kriminologiya: Darslik / Z.S. Zaripov, A.S. Yakubov, G.A. Avanesov va boshq.; prof. Z.S. Zaripov tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2008. – B. 420.

Kriminologiya: Darslik / Z.S. Zaripov, Q.R. Abdurasulova, Y.S. Pulatov va boshq.; prof. Z.S. Zaripov tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2006. – B. 474.

Гуров А.И. Организованная преступность / А.И. Гуров // Криминология: учеб. пособие / Г.И. Богуш, О.Н. Ведерникова, М.Н. Голоднюк [и др.]; науч. ред. Н.Ф. Кузнецова. – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: Проспект, 2012. – C. 73.

Долгова А.И. Преступность, ее организованность и криминальное общество / А.И. Долгова. – М.: Рос. криминол. ассоц., 2003. – C. 183.

Sottiyev I.A. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning jinoiy huquqiy choralari: Dissertatsiya. – T., 2001.

Ismailov I. Uyushgan jinoiy tuzilmalar faoliyatining oldini olishni nazariy va tashkiliy-huquqiy ta’minlash: – Dsisertatsiya. – T., 2006.

Musayev M. Jinoiy uyushma faoliyatini kvalifikatsiya qilish muammolari // Davlat va huquq. – 2004. – №4. – B. 51.

Эшкобилов С. (2022). Оммавий тартибсизликларнинг олдини олишда профилактик чора-тадбирларнинг аҳамияти. Общество и инновации, 3(3/S), 98–105.

Каракетова Д. (2021). Безориликни олдини олишнинг ўзига хос жиҳатлари. Общество и инновации, 2(7/S), 102–112.

Abdunabiyevich E.S. (2021). The Importance of Preventive Measures in Prevention of Offenses. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(12), 93–97.

Жалилов Н. 2022. Профилактика инспектори маъмурий иш юритиш фаолиятининг ўзига хос хусусиятлари. Жамият ва инновациялар. 2, 12/S (Feb. 2022), 348–352. DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss12/S-pp348-352.

Юсупджанова Г. 2021. Функции суда в системе уголовно-процессуальных отношений. Общество и инновации. 2, 11/S (дек. 2021), 155–165. DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss11/S-pp155-165.

Эшқобилов С. 2022. Значение превентивных мер в предотвращении массовых беспорядков. Общество и инновации. 3, 3/S (апр. 2022), 98–105. DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss3/S-pp98-105.

Собирова Н. 2021. Актуальные вопросы международного сотрудничества в сфере противодействия компьютерным преступлениям. Общество и инновации. 2, 9/S (окт. 2021), 399–405. DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss9/S-pp399–405.

Жалилов Н. 2022. Ҳуқуқбузарликларнинг якка тартибдаги профилактикаси институтининг назарий асослари. Жамият ва инновациялар. 3, 4/S (May 2022), 397–403. DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp397-403.

Эшкобилов С. (2021). Ҳуқуқбузарликлар профилактикасида ижтимоий реабилитация қилиш ва ижтимоий мослаштириш чора-тадбирларининг аҳамияти. Общество и инновации, 2(12/S), 97–105.