Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The activity of studying and analyzing the criminogenic
situation in service area of preventive inspector
Sirojiddin ESHKOBILOV
1
Specialized branch of Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2022
Received in revised form
20 August 2022
Accepted 25 September 2022
Available online
25 October 2022
This article provides information on activities of prevention
inspectors to study and analyze the criminogenic situation in
service area, as well as information on criminogenic situations
and their types.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss9/S-pp1
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
crime prevention,
administrative area,
criminogenic situation,
emergency situation,
preventive measures.
Profilaktika
inspektorining
xizmat
hududidagi
kriminogen
vaziyatni o‘rganish va tahlil qilish faoliyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
huquqbzuarliklar
profilaktikasi,
ma’muriy hudud,
kriminogen vaziyat,
favqulotda vaziyat,
profilaktik chora-tadbirlar.
Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining xizmat
hududidagi kriminogen vaziytni o‘rganish va tahlil qilish
faoliyati hamda kriminogen vaziyatlar va ularning turlari
bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
1
Teacher, Crime Prevention and Public Security Department Specialized branch of Tashkent State University of Law.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2022) / ISSN 2181-1415
149
Деятельность по изучению и анализу криминогенной
обстановки в зоне обслуживания профилактического
инспектора
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
профилактика
правонарушений,
административная
территория,
криминогенная
обстановка,
чрезвычайная ситуация,
профилактические меры.
В данной статье
приведены сведения о деятельности
инспекторов профилактики по изучению и анализу
криминогенной обстановки в зоне обслуживания, а также
сведения о криминогенных ситуациях и их видах.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 12-
fevral kuni O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan
yig‘ilishida ishtirok etib, profilaktika inspektorlarining bilim saviyasini muntazam oshirib
borish borasida qator topshiriqlar berdi. Ma
zkur ko‘rsatmalarning ijrosi bugungi kunda
huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati vakillarining chuqur bilimli, o‘z ishining ustasi
bo‘lgan chinakam professional xodimlar sifatida faoliyat olib borishiga imkon
yaratayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Ichki ishlar organlari tizimida chuqur va har tomonlama islohatlarning amalga
oshirilishi
bevosita O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 10-
apreldagi “Ichki
ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar
hu
quqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda
ularning ma’suliyatini kuchaytirish chora
-
tadbirlari tug‘risida”gi PF–
5005-sonli
farmonida ham o‘z ifodasini topgan. Bundan ko‘zlangan maqsad, O‘zbeksiton
Respublikasi Pr
ezedenti Sh.Mirziyoevning ta’biri bilan aytganda, “kelajakda
el-yurtimizning ishonchi va mehrini qozongan,
tom ma’nodagi xalqpavar ichki ishlar
tizimini yaratishimiz kerak”.
*
Shuningdek, ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli
tub islohatlardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan yana biri huquqbuzarliklar
profilaktikasini samarali tashkil etish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish barobarida
ularning sodir etilishiga olib keluvchi shart-
sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va ula
rga
barham berishdan iborat. Shu bois, huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy
sub’yektlaridan biri hisoblangan ichki ishlar organlarining profilaktik faoliyatini chuqur
o‘rganish va uni yanada takomillashtirish bugungi kunning talabidir.
Sohaga doir qonun va qonunosti hujjatlarining mazmun-mohiyatini, talablarini yaxshi
bilgan xodimgina o‘z faoliyati bilan bog‘liq protsessual hujjatlarni to‘g‘ri yurita oladi.
Prezidentimizning “Obod va xavfsiz” mahalla yaratish to‘g‘risidagi topshiriqlari
bo‘yicha har
bir profilaktika inspektori ishlashi kerakligi va doimo mahalla fuqarolari
osoyishta, tinch, bexavotir hamda profilaktika inspektoriga ishongan holda yashashlari
uchun har kuni “qanday qilsam mahallam tinch, xavfsiz va obod bo‘ladi” degan shior
ostida ishlashi kerak.
*
O
‘
zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi
“
Ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini
tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni
ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora
-tadbirlari to
‘
g
‘
risida
”
gi PF-5005-sonli Farmoni //
URL:http://www.lex.uz.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2022) / ISSN 2181-1415
150
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash,
jamoat tartibini saqlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish hamda aholida
shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida tizimli va samarali chora-tadbirlar
amalga oshirildi, shuningdek, mazkur faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza
“Xalq
manfaatlariga xizmat
qilish” olijanob
g‘oyasi asosida tubdan
qayta ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasiga keng q
amrovli
islohatlar amalga oshirilib, bu boradagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yaxlit
normativ-huquqiy baza shakllantirildi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimining
samarali faoliyati natijasida mamlakatda huquq-tartibot mustahkamlanib, kriminogen
vaziyat sezilarli darajada yaxshilanganligini ko‘rishimiz mumkin.
Bu esa fuqarolarning
tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlab kelmoqda.
Bugungi kunda profilaktika inspektori zimmasiga yuklatilgan barcha funksiyalarni
samarali bajarish har t
omonlama hududda kriminogen vaziyatni o‘rganishni, tahlil qilib
borishni talab qiladi. Shunday ekan, o‘zini
-
o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda
eng avvalo mahallada yashovchi, o‘zining g‘ayriijtimoiy xulq
-atvori xavfliligi tufayli
huquqbuzarlik sod
ir etish ehtimoli holatida bo‘lgan jismoniy shaxslarning turmush
tarzini, mavjud muammolarni o‘rganishi zarurdir.
Hozirda olib borilayotgan islohatlar davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi
sub’yektlarining yangi tizimi shakllantirildi. O‘zbekiston Respu
blikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoevning 2017-yil 14-
martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka
qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida
mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi davlat
organlarining ish shakli va uslublari, eng avvalo axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan y
е
tarli darajada foydalanilmayotganligi sababli hozirgi kun talablariga
to‘liq javob bermasligi, davlat idoralari aksariyat hollarda huquqbu
zarliklar
profilaktikasini faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi deb baholab,
oqibatda ushbu faoliyatga lozim darajada e’tibor qaratilmayotganligi hamda
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi
chora-
tadbirlarning aniq manzilga yo‘naltirilmaganligi va ularga kompleks
yondashilmayotganligi, shuningdek, huquqbuzarliklarning tizimli ravishda sodir
etilishiga doir sabab va shart-
sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha
chora-tadbirlarni ishlab chiqish samaradorligi mavjud emasligi va natijada kutilayotgan
natijalarga erishilmayotganligiga oid salbiy holatlarning mavjudligi ta’kidlandi.
Bugungi kunda kriminogen vaziyatga tashqi omillar ta’siri kundan
-kunga kuchayib
bormoqda. Ayniqsa, dun
yo davlatlari va xalqlari o‘rtasidagi munosabatlar va
muammolarning globallashuvi, jadallashuvi, xalqaro jinoyatchilik, uning uyushgan turi,
terrorizm, giyohvandlik, qurol-
yarog‘ va odam savdosi kabi ko‘rinishlarining kengayib
borayotganligi, shuningdek, o
‘zlarining g‘araz maqsadlarini amalga oshirish uchun turli
yo‘l va usullar bilan mintaqadagi, alohida davlat yoki uning ma’lum bir hududidagi
barqaror vaziyatni buzishga harakat qilayotgan kuchlarning mavjudligi har qanday
barqaror vaziyatga salbiy ta’sirini o‘tkazadi.
Jamiyatda, uning ayrim hududlari va sohalarida kriminogen vaziyatning
murakkablashuvi quyidagi omillar bilan bog‘liq:
birinchidan,
noqulay iqtisodiy-ijtimoiy sharoitlarlarning mavjudligi;
ikkinchidan,
davlatning ma’muriy buyruqbozlik usulida
jamiyatni boshqarishi,
aholining ko‘pchiligida shakllangan bir tekischilik psixologiyasining mavjudligi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2022) / ISSN 2181-1415
151
uchinchidan,
bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida islohatlarni amalga oshirishdek
mas’uliyatli vazifalarni bajarishda ayrim shaxslarning suiiste’molliklari, xato va
kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi;
to‘rtinchidan,
jinoyatchilik, ayniqsa uning uyushgan, yopiq va qabih turi bo‘lgan
korrupsiya va poraxo‘rlikning mavjudligi.
Kriminogen vaziyatga ta’sir qiluvchi psixologik omillarni profilaktika i
nspektori
faoliyatida hisobga olinishi muhim hisoblanadi.
Kriminogen vaziyat
–
mazmun bo‘yicha jinoiy niyatning, jinoyat sodir qilish
maqsadining shakllanishiga sharoit yaratuvchi va jinoiy natijaga erishish uchun qulay
hisoblangan, ya’ni jinoyat sodir etishga ko‘maklashuvchi vaziyatdir.
Kriminogen aniq hayotiy vaziyatlar kriminologiya fani asosida quyidagicha
turlicha tavsiflanadi:
Harakat qilish vaqti bo‘yicha
–
uzoq muddatli (masalan, qurg‘oqchilik natijasida
hosilning bo‘lmasligi yoki ayrim iste’mol buy
umlarining taqchilligi) va qisqa muddatli
(do‘konda navbatda turganda kelib chiqqan nizo) vaziyatlarga bo‘linadi.
Harakat qilish maydoni bo‘yicha
–
kriminogen vaziyatlarni aniq bir shaxsga yoki
bir guruh shaxslarga taalluqli (oilaviy janjalkash, biror shaxsning vafoti, mulkning
o‘g‘irlanishi) va umumiy, ya’ni barchaga taalluqli (tabiiy ofat, jamoadagi nosog‘lom
vaziyat, davlatdagi siyosiy barqarorlikning yo‘qligi, milliy nizolar va boshqalar) bo‘lgan
kriminogen vaziyatlarga ajratish mumkin.
Kelib chiqish ma
nbai bo‘yicha
–
tabiiy kuchlar ta’sirida kelib chiqadigan
(noqulay ob-
havo sharoiti kishilar o‘limiga, mulklarining yaroqsizlanishiga olib kelgan
hodisaning yuz berishi) va odamlar tomonidan vujudga keltirilgan (spirtli ichimliklar
ichib bezorilik sodir etishi yoki boshqa turli axloqqa zid harakatlar) kriminogen
vaziyatlarga bo‘linadi.
Shuni qayd etish lozimki, har qanday kriminogen vaziyat o‘z holicha mustaqil
holda shaxsni jinoyat sodir etishga olib kelmaydi. Negaki, jinoyatlar birdan yuzaga kelgan
kriminogen vaziyatlar tufayli emas, balki insonning muayyan barqaror shaxsiy xislatlari
va qadriyatlari sababli sodir etiladi.
Jinoyat sodir etish vaqtidagi kriminogen vaziyat bu shaxsning muhit bilan
aloqasining alohida darajasi hisoblanadi. Bu aloqada salbiy x
ususiyatlarga ega bo‘lgan
shaxsdagi jinoyat sodir etishga moyilligi kriminogen vaziyat ta’sirida muayyan xatti
-
harakatga aylanadi. Aniq hayotiy vaziyatning shaxs muayyan jinoyat sodir etishiga ta’siri
kriminogen vaziyatlar tufayli emas, balki insonning muayyan barqaror shaxsiy xislatlari
va qadriyatlari sababli sodir etiladi. Ammo o‘z navbatida kriminogen vaziyat jinoyat sodir
etishga moyil bo‘lgan shaxslarga o‘zining g‘ayrihuquqiy qilmishini sodir etishiga shart
-
sharoit, imkoniyat yaratib beradi. Masalan,
favqulodda holatlar suv toshqini, yong‘in,
zilzila va boshqalar sodir bo‘lganda “o‘g‘rilikka” moyil bo‘lgan shaxslar bu holatda o‘zini
yo‘qotib qo‘ygan va vahimaga tushib, o‘z mol
-mulkini qarovsiz qoldirgan fuqarolarning
buyumlarini, pullarini va boshqa bo
yliklarini o‘ziniki qilish maqsadida talon
-taroj
qilishga intiladi va ko‘p hollarda buni amalga oshiradi.
Kriminogen vaziyatlar shaxsni turli salbiy-ijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga
undaydi, undagi muayyan jinoiy tajovuzning motivini shakllantiradi, uning xarakteri,
maqsadini belgilaydi va jinoyat sodir etishda sub’yektiv omilning muayyan jinoiy xatti
-
harakatda namoyon bo‘lishiga ko‘maklashuvchi sharoit rolini bajaradi. Yana shuni
alohida ta’kidlash kerakki, kriminogen vaziyatlar turli xil qarashlarga ega bo‘lgan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2022) / ISSN 2181-1415
152
shaxslarga turlicha ta’sir qiladi. Ya’ni jamiyatga zid qarashga ega bo‘lgan shaxslarga jinoiy
xatti-harakatlar sodir etishiga yordamlashadi, har tomonlama barkamol, ijobiy
xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar esa bunday vaziyatlarda umumins
oniy va huquqiy
normalarga muvofiq harakat qiladilar.
Kriminogen vaziyatlar shaxslarga ta’siri bo‘yicha favquloddagi, ig‘vo qiluvchi va
jahlni chiqaruvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan turlariga bo‘lishimiz mumkin.
Favqulodda vaziyat
–
bunda kutilmaganda, birdaniga vujudga kelgan shaxsga
kuchli ta’sir qiluvchi holat tushuniladi. Masalan, kutilmagan hujumni qaytarish
maqsadida zaruriy mudofaa chegarasidan chiqish.
Ig‘vo qiluvchi
–
bunda shaxsni o‘ziga og‘diruvchi holat paydo bo‘lishi mumkin,
masalan, mulkni och
iq qoldirilganligi o‘g‘irlik qilishga undashi yoki nomusga tegish
jinoyatida jabrlanuvchining axloqiy buzuqligi kabilar.
Jahlni chiqaruvchi
–
bunda shaxsni kuchli ruhiy hayajonlanish holatiga
tushuruvchi holatlarni aytamiz. Masalan, oiladagi janjallar yoki boshqalar tomonidan
haqorat qilinishi oqibatida asab buzilishi natijasidagi holat.
Ichki ishlar organlari profilaktika inspektori kriminogen vaziyatni o‘rganishda
shaxsda jamiyatga zid yo‘nalish va g‘ayri
ijtimoiy xulq-atvorni shakllantiruvchi hodisa,
vo
qea va jarayonlarni, huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir bo‘luvchi joylarni, (ob’yektlar,
ko‘chalar, bozorlar v.x.k.) hamda huquqbuzar
liklarni sodir etuvchi va profilaktik hisobda
turgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni to‘liq
bilishi lozim.
Jamiyatda, uning ayrim hududlari va sohalarida kriminogen vaziyatning
murakkabligi quyidagi omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:
birinchidan,
ma’muriy hududlarda huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus, yakka
va viktimologik profilaktikasining samarali tashkil etilmasligi;
ikkinchidan,
ayrim toifadagi oilalarda nosog‘lom muhitning mavjudligi, oilada
tarbiyaning sustligi va shaxsning spirtli ichimlik, giyohvandlikka ruju’ qo‘yishi;
uchinchidan,
ilgari sudlangan va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan
shaxslarning ko‘payishi;
to‘rtinchidan,
huquqbuzarlik va jinoyatlarning sodir etilishiga imkon beruvchi
omillarning ko‘payishi va boshqalar.
Profilaktika inspektori huquqbuzarliklar profilaktikasining samaradorligini
oshirish uchun hududdagi operativ vaziyatni, aholi tarkibini chuqur va har tomonlama
o‘rganishi, profilaktik hisobda turgan shaxslarning turmush tarzi va xulq
-atvorini,
hududning xususiyatlarini, transport vositalarining harakatini, dam olish va ko‘ngilochar
maskanlarni, diniy va ommaviy marosi
mlar o‘tkaziladigan joylarni, savdo va maishiy
xizmat ko‘rsatish korxonalarining tovar
-moddiy boyliklari saqlanadigan omborlarini,
g‘aznalarning joylashishi, texnik jihatdan himoyalanganligi va qo‘riqlanish tartibini va
mazkur hududni ta’riflovchi boshqa barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishlari zarur. Shu bilan
birga mazkur ma’lumotlarni chuqur o‘rganish va tahlil etilishini talab etadi.
Profilaktika inspektori tomonidan kriminogen vaziyatni umumiy tahlil qilish
faoliyatining mohiyati quyidagilarda namoyon bo‘l
adi:
–
kriminogen vaziyat, uni tahlil etish;
–
kriminogen vaziyatni tashkil etuvchi omillar;
–
kriminogen axborotlarni o‘rganish;
–
huquq-
tartibot holatini aks ettiruvchi axborotlarni o‘rganish va ularning maqsadi;
–
huquqbuzarliklar xususiyati va ularning dinamikasini tahlil qilish;
–
huquqbuzar shaxsni tahlil qilish.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2022) / ISSN 2181-1415
153
Yuqorida sanab o‘tilgan holatlar bo‘yicha ma’lumot to‘plash, ularni tahlil etish va
ular asosida tegishli profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda uni amalga
oshirish kerak bo‘ladi.
Ma’muriy hududlarda kriminogen vaziyatlarga ta’sir qiluvchi boshqa
omillarni ham o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lib, ular quyidagilarni tashkil etadi:
1.
Ma’muriy hududni tavsiflovchi ma’lumotlar (maydoni).
2.
Ma’muriy hududda
yashovchi aholini tavsiflovchi ma’lumotlar (oilalar, erkaklar,
ayollar va voyaga y
е
tmaganlar soni).
3.
Ma’muriy hududning ijtimoiy
-
iqtisodiy ahvolini tavsiflovchi ma’lumotlar (ish
bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarish korxona, tashkilotlarining mavjudli
gi).
4.
Huquqbuzarliklarni tavsiflovchi ma’lumotlar.
5. Huquqbuzarlik sodir etgan va unga moyil shaxslarni tavsiflovchi
ma’lumotlar.
6.
Ma’muriy hududdagi jamoat tartibini saqlash va xavsizlikni ta’minlash,
huquqbuzarliklarning oldini olish faoliyati sub’yektlarini tavsiflovchi ma’lumotlar.
Profilaktika inspektori tomonidan kriminogen vaziyatni tahlil etish jarayonida
quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini talab etadi, xususan:
–
hududlardagi kriminogen vaziyatni chuqur tahlil etish, huquqbuzarlik va
hodisalarni tizimli qayd etish, profilaktik faoliyatni tashkil etishga oid zarur axborotlarni
to‘plash, dasturlashtirish, tahlillar asosida kuch va texnik vositalardan, profilaktika
sub’yektlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish tizimini yarat
ish va uning
natijalarini tahlil etish;
–
profilaktik hisobga olingan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalar,
muqaddam sudlangan shaxslar bilan profilaktik ishlar olib borish, shuningdek
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod bo‘lganlarga ishg
a joylashishlarida amaliy
yordam ko‘rsatish;
–
yoshlar, ayniqsa voyaga y
еtmaganlar o‘rtasida izchil profilaktik tadbirlar amalga
oshirilishini tashkil qilish, shuningdek, davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini
-
o‘zi boshqarish organlari, yoshlar
tashkilotlari bilan hamkorlikda ularni ishga
joylashtirish, voyaga y
еtmaganlarning o‘qish va ishdan bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tishini
tashkil qilish tadbirlarini amalga oshirish;
–
diniy-
ekstremistik yo‘nalishlardagi tashkilot va guruhlarning qonunga xil
of
faoliyati ishtirokchilari va unga aloqador shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularga
nisbatan profilaktik ta’sir etishning kompleks tadbirlarini qo‘llash.
Profilaktika inspektori kriminogen vaziyat tahlili natijalariga asosan ma’muriy
hududda yoki u y
еrda joylashgan alohida ob’yektda ayrim turdagi huquqbuzarliklarning,
ularni sodir etuvchi shaxslar toifalarining ko‘payishi, shuningdek, jamoat xavfsizligi va
jamoat tartibiga, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan xavf-xatarlar va
tahdidlarning yuzaga kelishi kuchayganda ushbu turdagi huquqbuzarliklarning
profilaktikasi, bu turdagi huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon
bergan shart-
sharoitlarni bartaraf etishga, g‘ayriijtimoiy xulq
-atvorli, huquqbuzarlik
sodir e
tishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlash hamda ularga
profilaktik ta’sir ko‘rsatish maqsadida chora
-tadbirlarni amalga oshiradi.
Sodir bo‘layotgan hodisa va jarayonlar mohiyati, ularning yuzaga kelish sabablari
hamda kriminogen
vaziyatning holati va xususiyatiga ta’sirini o‘rganish, tahlil qilish, ichki
ishlar organlari faoliyatini tezkor vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash
hamda shu asosda salbiy omillarni bartaraf etish borasidagi ishlarining asosiy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2022) / ISSN 2181-1415
154
yo‘nalishlarini belgilashni tashkil etadi. Profilaktika inspektori jamiyatda bo‘layotgan
ijtimoiy munosabatlar va hodisalar to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plashi, qayta ishlashi va
saqlashi, o‘zaro almashishi hamda uni tahlil qilishi natijasida ishlab chiqiladigan xulos
a
va qarorlar asosida huquqbuzarlik sodir etgan yoki unga moyil shaxslarning taqdiriga
ta’sir o‘tkazishlari bois axborot
-tahlil ishi ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Binobarin, axborot asosida erishiladigan rejalashtirish, qaror qabul qilish va faol
harakat uchun zarur bo‘ladigan bilim tegishli ijtimoiy tizimni samarali boshqarish uchun
asos bo‘lib inspektorga xizmat qiladi. Shunga ko‘ra, ichki ishlar organlari profilaktika
inspektorining faoliyati sohasidagi a
xborot deganda, profilaktika inspektori o‘z funksiya
va vazifalarini amalga oshirish jarayonida bevosita ta’sir ko‘rsatadigan atrof
-muhit ham-
da ijtimoiy munosabatlar to‘g‘risidagi qayta ishlangan ma’lumotlar, shu
ningdek, ushbu
tizim atrofidagi muhit bila
n maqsadga muvofiq tarzda o‘zaro munosabatda bo‘lish, o‘z
tarkibiy qismlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, tizim oldiga jamiyat tomonidan
qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishish yo‘lida samarali faoliyat olib borish uchun zarur
bo‘ladigan bilimlar maj
mui tushuniladi.
Profilaktika inspektorining sohaviy inspektor xodimlari bilan hamkorligini
samarali tashkil etilishi natijasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va
jinoyatlarning oldini olishga erishish mumkin.
Bundan tashqari, kriminogen vaz
iyat tahlili natijalariga asosan ma’muriy hududda
yoki u y
еrda joylashgan alohida ob’yektda jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga, shaxs,
jamiyat va davlat manfaatlariga tajovuz qiluvchi xatarlar va tahdidlarning yuzaga
kelishining oldini oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
A.S. Tursunov, I.Y. Fazilov, S.B.
Xo‘jaqulov “Huquqbuzarliklar profilaktikasi”.
IIV Akademiyasi Toshkent., 2018-yil.
2.
Davlat va huquq nazariyasi: Darslik / X.T. Odilqoriev, I.T. Tulteev va boshq. T.:
IIV Akademiyasi, 2009-yil.
3.
Q.R. Abdurasulova: Ayollar huquqbuzarlik sodir etganligi va ularning oldini olish
muammolari.
–
T.: TDYI. 2006-yil.
4.
Sh.A.
Ganiev. Axloqqa qarshi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni
takomillashtirish.
–
T.: TDYU. 2016-yil.
5.
O
‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi.
T.: Adolat. 2021-yil.
6.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat
-protsessual kodeksi T.: Adolat 2021-y.
7.
O‘zbekiston Respublikasining 2014
-yil 14-
maydagi “Huquqbuzarliklar
profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni.
8.
O‘zbekiston Respublikasining 2016
-yil 16-
maydagi “Ichki ishlar organlari
to‘g‘risida”gi O‘RQ–
407-son Qonuni.
9.
O‘zbekiston Respublikasining 2010
-yil 29-
sentabrdagi “Voyaga yе
tmaganlar
o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni.
10.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
-yil 18-
apreldagi “Ichki ishlar
organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tubdan
takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–
2896-sonli qarori.
11.
S.Eshqobilov. (2022).
О
mmaviy tartibsizliklarning oldini olishda profilaktik
chora-tadbirlarning ahamiyati.
Общество и инновации, 3(3/S), 98–
105.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2022) / ISSN 2181-1415
155
12.
Каракетова, Д. (2021). Криминологическая характеристика хулиганства и
личности хулигана. Общество и инновации, 2(2/S), 68–
75. https://doi.org/
10.47689/2181-1415-vol2-iss2/S-pp68
–
75.
13.
S.Eshqobilov. (2021). Huquqbuzarliklar profilaktikasida ijtimoiy reabilitatsiya
qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-
tadbirlarining ahamiyati. Общество и инновации,
2(12/S), 97-105.
14.
Eshqobilov S., & Toxirov D. (2022). The importance of social rehabilitation and
social adaptation measures in crime prevention.
Инновационные
исследования
в
науке
, 1(10), 66
–
75.
15.
Raximjonov
R. O‘zbekistonda huquqbuzarliklar profilaktikas
i sohasi //
Scientific progress.
–
2022.
–
Т
. 3.
–
№. 4. –
С
. 23
–
27.
16.
Muratovich M,
Abduraxmonov Q.
Huquqbuzarliklarning
profilaktikasi
to‘g‘risidagi qonun
-jamoat tartibini saqlashning huquqiy asosi sifatida. Pedagogs jurnali,
10 (2022). (1), 216
–
225.
17.
Eshkobilov S. (2022). Criminological description of organized crime.
The American Journal of Political Science Law and Criminology, 4(04), 1-6.
18.
http://lex.uz.
19.
http://tsul.uz.
20.
http://norm.uz.
21.
http://ferlibrary.uz.
22.
http://library.ziyonet.uz.
23.
https://kitobxon.uz.
24.
https://n.ziyouz.com.
