Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Personal discipline and its forms
Makhliy
о
Academy of the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
The article discusses military discipline and its highest form,
personal discipline, exploring various forms and reflections on
these concepts.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp207-211
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
discipline,
military discipline,
orderliness,
personal discipline
and its forms,
general military regulations,
military personnel,
command,
initiative,
self-control.
Shaxsiy intizomlilik va uning shakllari
АННОТАЦИЯ
Калит сўзлар
:
intizom,
harbiy intizom,
intizomlilik,
shaxsiy intizomlilik
va uning shakllari,
umumharbiy nizomlar,
harbiy xizmatchi,
buyruq,
tashabbus,
oʻzini tuta bilish
.
Ushbu maqolada muallif tomonidan harbiy intizom va uning
yuqori koʻrinishi boʻlgan shaxsiy intizomlilik, uning shakllari
haqida mulohazalar yoritib berilgan.
1
PhD, Associate Professor, Department of National Pride and Military Patriotism, Academy of the Armed Forces of
the Republic of Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
208
Личная дисциплина и ее формы
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
дисциплина,
воинская дисциплина,
личная дисциплина
и ее формы,
общевоинские уставы,
военнослужащий,
командование,
инициатива,
самоконтроль
.
В данной статье выделены авторские комментарии о
воинской дисциплине и её высшей форме –
личной
дисциплине
.
Zamonaviy urushlar tabiati shaxsiy tarkibdan
ko‘psonli
jangovar texnika va qurollar
bilan aniq harakat qilishni talab etmoqda. Bundan ham
muhimrog‘i
, jangovar texnika,
ularning murakkab mexanizmlaridan
ko‘ra
, inson
o‘z
-
o‘zini
,
o‘z
xatti-harakatlari va
tuyg‘ularini
boshqarishni bilishi kerak.
Harbiy intizom va uning yuqori
ko‘rinishi
–
shaxsiy intizomlilik
–
qo‘shinlar
axloqiy
qudratining muhim
ko‘rsatkichlaridan
biri sanaladi.
Abdulla Avloniyning fikricha, “tartib
va nizomga rioya qilmagan kishilarning ishlari hamma vaqt notamom, o‘zlari parishon
bo‘lurlar. Ammo ishlarini tartib uzra yuritgan kishilarning ishlari yerida, o‘zlari tinch va
rohatda umr o‘tkarurlar”
[1, 53 b.]. Intizom
–
jamiyatda
o‘rnatilgan
ijtimoiy
me’yorlarga
javob beruvchi kishilar xulq-atvoriga
qo‘yilgan
muayyan talablarni aks ettirsa, harbiy
intizom esa harbiy xizmatchilarning belgilangan qonunlar, nizomlar, buyruqlarga amal
qilish qoidalari
ni o‘z ichiga ola
di. Intizom nizomining 1-moddasida
: “
Harbiy intizom
–
bu
barcha harbiy xizmatchilarning qonun, harbiy Nizomlar tomonidan, komandirlar
(boshliqlar) buyruqlari bilan belgilangan tartib va qoidalarga
qat’iy
va aniq rioya
etilishidir
”,
deb qayd etilgan
bo‘lsa,
2-moddasida
: “
Harbiy intizom har bir harbiy
xizmatchining
O‘zbekiston
Respublikasini himoya qilishga
bo‘lgan
harbiy burch va shaxsiy
mas’uliyat
,
o‘z
xalqiga mislsiz sadoqatini his qilishiga asoslanadi
”
[2, 208 b.], deyiladi.
Harbiy intizom armiyada
o‘rnatilgan
barcha kundalik odatiy qoidalarga istisnosiz
rioya qilishni talab etadi. Qoidalarni odatiy bajarish intizomlilikni mustahkam va barqaror
sifatga aylantiradi. Intizomlilik
–
shaxsning intizom talablariga ongli
bo‘ysunishi
va
o‘zini
tuta bilishi
–
shaxsiy intizomlilikni ifodalovchi axloqiy xislatidir. Agar harbiy xizmatchi
dunyoqarashi,
g‘oyaviy
ishonchi kuchli iroda, olijanob
tuyg‘ulardan
tashkil topgan
bo‘lsa
,
unga bajaruvchanlik, tashabbuskorlik, aniqlik, batartiblik kabilarda ifodalangan yuksak
intizomlilik xosdir.
Komandirning shaxsiy intizomliligi uning vijdoni va harbiy burchining uzviy
bog‘liqligi
hamda
o‘zaro
uyg‘unligini
ifodalaydi. U shaxs istaklarini tashqi talablarga mos
kelishini, insonning
o‘z
majburiyatlariga
bo‘lgan
munosabatining rivojlanish darajasini
tavsiflaydi. Inson kuchli
bo‘lgani
sababli ham,
ko‘pincha
,
o‘zining
zaif tomonlarini yengib
chiqishga qodir
bo‘ladi
. Zotan, murakkab vaziyatlarda shaxsiy intizomlilik
hal qiluvchi rol
o‘ynaydi
.
Shaxsiy intizomlilik shakllari:
1)
o‘z
-
o‘zini
axloqiy nazorat qilish
–
o‘z
xulq-atvori, xohish-istaklari, orzu-umidlarini
mustaqil tarzda
yo‘naltirish
va boshqarish qobiliyati.
O‘z
-
o‘zini
nazorat qilish,
o‘z
-
o‘zini
tahlil qilish darajasi ofitserning ongliligi,
o‘ziga
nisbatan talabchanligi,
o‘z
-
o‘ziga
tanqidiy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
209
qarashiga
bog‘liq
bo‘lib
, bu uning professional sifatlaridan birini tashkil etadi.
2)
o‘z
-
o‘zini
axloqiy baholash
–
bu
o‘z
xatti-harakati va xislatlarini axloqiy baholashi.
Ofitser mazkur baho asosida
o‘zining
xulq-atvori jamiyatda qabul qilingan
me’yor
va
talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlaydi. Agar harbiy xizmatchi axloq
kodeksi va umumharbiy Nizom mezonlariga tayansa, uning bahosi jamoa, jamiyat
bahosiga yaqinlashadi, unga mos keladi, negaki bu hujjatlarda butun jamiyat talablari aks
etadi.
O‘z
-
o‘ziga
qo‘yilgan
bahoning pasaytirib yuborilishi
o‘z
kuchiga ishonmaslikka,
dushman
imkoniyatlariga
ortiqcha
baho
berishiga,
jangovar
harakatlarni
tashkillashtirishda
bo‘ysunuvchilarni
jang maydonida boshqarishda
qat’iyatsizlik
va
qo‘rqoqlikka
, ishning formal tomonlariga
e’tiborni
oshirishlariga olib keladi.
O‘ziga
qo‘yilgan
bahoning oshirib yuborilishi, aksincha, manmanlikka,
o‘ziga
ortiqcha ishonib
ketishiga, dushmanga yetarlicha baho bermaslikka va
o‘zboshimchalik
bilan tavakkal
qaror qabul qilishiga olib keladi. Faqat
o‘z
imkoniyatlarini chamalab
ko‘rish
, kuchli va
kuchsiz tomonlarini, afzallik va kamchiliklarini asosli hisobga olish, dogmatizm va
volyuntarizmga chap berib, komandirga turli xil mashaqqatli vazifalarni muvaffaqiyatli
bajarish imkonini beradi. Bundan tashqari, harbiy xizmatchi duch keladigan
ko‘plab
muammolar tashqi emas, balki ichki manbalarga ega
bo‘ladi
. Inson
ko‘pincha
“
tashqi
muammolarni hal eta olmagani uchun emas, balki
o‘z
-
o‘zini
,
o‘z
ongini,
o‘z
fikrlarini
boshqara olmaganidan azoblanadi. Shu sababli tashqi muammolarni hal etish ham unga
ana shunday qiyinchilik bilan amalga oshadi. Binobarin, professional harbiy
o‘z
-
o‘zini
tahlil qilish,
o‘zining
ma’naviy
-axloqiy holatini boshqarish metodologiyasini mukammal
egallashi kerak.
3) axloqiy
qat’iyatlilik
–
qiyin vaziyatlarda
ma’naviy
-axloqiy holatini saqlab qolish
qobiliyati. Haqiqatdan ham, har bir insonda jang paytida, jangga kirish
chog‘ida
qo‘rquv
tuyg‘usi
paydo
bo‘lishi
mumkin. Axloqiy
qat’iyatlilik
o‘z
jonini saqlash instinktini
to‘sib
qo‘yishga
, xavfdan
o‘zini
panaga olishga intilishini
yo‘qotishga
va dushmanni
yo‘q
qilish
maqsadida faol, mardonavor va
qat’iy
harakatlarga undashga yordam beradi.
4) axloqiy fidoyilik
–
milliy
g‘oyaga
ishonchi baland va irodasi kuchli inson ixtiyoriy
ravishda umumiy maqsad, aniq vazifa, komandir
buyrug‘ini
bajarish uchun
o‘z
manfaatlaridan, hattoki, aziz jonidan ham voz kechishga tayyor
bo‘ladi
. Bu shaxsiy
intizomlilikning eng yuqori shakli
bo‘lib
, zamonaviy urushlarda, istisnosiz, uning
ahamiyati ortib boradi.
O‘zini
tuta bilish qobiliyati harbiy xizmatchiga qiyin vaziyatlarda
o‘ziga
o‘zi
buyruq
berishiga,
o‘zini
o‘zi
ishontirishiga yordam beradi. Buning zaruratini - desantchilar
parashyutdan ilk bor tashlaganida, sapyorlar portlovchi predmetlarni xavfsizlantirganida,
uchuvchilar ilk bor parvoz etganida va boshqa murakkab vaziyatlarda harakat qilishga
to‘g‘ri
keladigan mutaxassislar kuchli his qiladilar.
Shaxsiy intizomlilikda harbiy xizmatchining
o‘z
majburiyatlarini mustaqil
(
bo‘linmadan
ajralib qolgan murakkab vaziyatdagi harakati) ravishda bajarish qobiliyati
yaqqol
ko‘zga
tashlanadi. Qator holatlarda
o‘z
-
o‘zini
nazorat qilish harbiy xizmatchi xatti-
harakatlari
to‘g‘riligini
tekshirishning yagona vositasi hisoblanadi.
Ko‘pincha
haydovchi,
radist, akustik, operator
o‘z
-
o‘zi
bilan
yolg‘iz
qoladi. Ularni, birinchi navbatda, vijdoni,
o‘zini
tuta bilishi, shaxsiy intizomliligi nazorat qiladi.
O‘z
-
o‘zini
nazorat qilish soniyali
qizishib ketish, his-
tuyg‘ular
ta’siriga
tushish kabi ojizliklarni ham bosib qolishga yordam
beradi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
210
Jangovar vaziyatda, ayniqsa, dushmanning kutilmagan kuchli
o‘t
ochish zarbasidan
so‘ng
, harbiy xizmatchi
o‘zining
butun fikri,
tuyg‘u va
irodasini
qo‘yilgan
topshiriqni
bajarishga qaratishga majbur qilishi kerak. Jangovar maydonda, dala
o‘quv
mashg‘ulotlari
(taktika,
o‘t
ochish
mashg‘ulotlari
)da muntazam ravishda olib borilgan bunday
ma’naviy
-
axloqiy tayyorgarlik mashqlari yaxshi samara beradi.
O‘z
majburiyatlari, harbiy burchini
qat’iy
bajarish
–
doimiy jangovarlik qobiliyatni ushlab turishning asosiy shartini tashkil
etadi.
Shaxsiy intizomliligi yuqori, axloqiy chiniqqanligi mustahkam harbiy xizmatchi
qo‘yilgan
konkret topshiriqni bajarish uchun tezda butun diqqat-
e’tiborini
jamlay oladi.
Agarda, hattoki, jangning qaysidir bosqichida
qo‘rquv
tuyg‘usi
yuzaga kelsa ham, u
shunday tezlikda uning
o‘rnini
jangovar
to‘lqinlanish
, axloqiy
ko‘tarinkilikka
o‘zgartirishga
qodir
bo‘ladi
. Shaxsiy intizomlilikning past
ko‘rsatkichlarida
qiyin vaziyatlarga tushgan
inson
ko‘pincha
o‘z
ustidan nazoratni
yo‘qotadi
,
o‘ng‘aysiz
holatlar, yomon
ta’sirlarga
boshqalarga nisbatan tez tushib qoladi. Bunday odam harbiy
bo‘linmadan
, harbiy
jamoadan (
ta’tilda
, xizmat safarida) tashqarida
yolg‘iz
o‘zi
qolganida yanada xavfliroqdir.
Shaxsiy intizomlilikning mustahkamligi va keng
yo‘lga
qo‘yilgani
haqida harbiy
xizmatchilarning komandir (boshliq)lari
tomonidan qo‘yilgan
buyruq va
ko‘rsatmalarini
qanday bajarishlariga qarab hukm chiqarish mumkin. Negaki, shaxsiy tarkibning butun
faoliyati buyruqlar bilan vosita
bog‘liq
. Buyruq
–
harbiy jamoadagi muammolarni
boshqarish va hal etish, uning butun kuchini yagona maqsadga
yo‘naltirishning
o‘ziga
xos
usuli. Buyruqni sifatli bajarish
–
harbiy xizmatchining intizomliligi va axloqiy
mas’uliyatining
o‘lchovi
hisoblanadi. Ichki xizmat nizomining 36-moddasida:
“
Buyruq
–
komandir (boshliq)ning
bo‘ysunuvchilarga
qaratilgan va
ma’lum
amallarning bajarilishini,
u yoki bu qoidalarga rioya qilinishini talab etadigan yoxud u yoki bu tartib, qoidalarni
belgilaydigan
ko‘rsatmasidir”
[2, 18 b.],
deyiladi
.
Buyruq va
ko‘rsatmalar
huquqiy shaklda
ifodalangani bilan axloqiy mazmunga ega, asoslangan,
o‘z
vaqtida berilgan, vakolatli,
boshqa qarorlar bilan kelishilgan
bo‘lishi
lozim.
Ta’kidlash
kerakki, buyruqqa nafaqat uni
bajaruvchanlik nuqtai nazaridan qarash, balki uni tashabbuskorlik, ijodiylik, jonsaraklik
bilan aniq va tezroq bajarish
yo‘lini
axtarishni ham bilish talab etiladi. Bu esa shaxsiy
intizomlilik bilan
to‘g‘ridan
to‘g‘ri
bog‘liqdir
.
Shaxsiy intizomlilikni tashabbussiz tasavvur etib
bo‘lmaydi
. Tashabbus
–
biror ishni
boshlash,
da’vat
etish bilan
bog‘liq
xatti-harakat. Turli sharoitlarda
ko‘zlangan
maqsadni
anglab yetish va unga erishishning
ilg‘or
yo‘llarini
topishga intilish tashabbusni keltirib
chiqaradi[3, 543 b.]. Tashabbus topshiriqni
og‘ishmay
bajarish chegaralarida
o‘zini
namoyon etadi. Ichki xizmat nizomi 13-moddasining 6-bandida
: “
Harbiy xizmatchi halol,
intizomli, jasur
bo‘lishga
, harbiy burchni ijro etish
chog‘ida
oqilona tashabbuslar
ko‘rsatishga
majbur
”
[2, 13 b.]
,
deyiladi.
Shaxsiy intizomlilik axloqiy xislat sifatida
shaxsning nafaqat buyruqqa
bo‘ysunishini
, balki buyruq va
ko‘rsatmalarni
bajarish
chog‘ida
o‘z
oldiga
qo‘shimcha
axloqiy vazifalarni
qo‘yishga
qodirligini ifodalaydi. Zero,
harbiy nazariyotchilardan biri aytganidek, buyruqni olib, uni muhokama qilma, lekin
muhokama qilmaslikka ham haqli emassan. Ushbu paradoksda chuqur
ma’no
mujassam:
harbiy xizmatchi buyruqni
so‘zsiz
bajarib, maksimal darajada tashabbus
ko‘rsatishi
,
mazkur holat
bo‘yicha
o‘z
fikrini bildirishi kerak
bo‘ladi
[4, 83 b.].
Buyruqni bajarishda tashabbus
ko‘rsatish
–
bu inson axloqiy faolligini namoyon
bo‘lish
shakli sanaladi. Axloqiy
ma’noda
tashabbus shunisi bilan tavsiflanadiki, harbiy
xizmatchi axloqiy
me’yorlar
talabidan yuqoriroq turuvchi katta
o‘lchamdagi
javobgarlikni
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
211
o‘z
zimmasiga oladi. Tashabbus inson dunyoqarashining tetikligi,
sog‘lomligini
,
qiyinchiliklarni yengib
o‘tishga
qodirligini ifodalab, hayotga
ko‘tarinki
ruh va ijodiy
kayfiyatda munosabatda
bo‘lishni
anglatadi [3, 543 b.].
Shaxsiy tarkibda
o‘zini
to‘g‘ri
tutish, shaxsiy intizomlilikni tarbiyalash,
o‘z
oldiga
yuqori marralarni
qo‘yish
va uni egallashga intilishni shakllantirishda komandirning
ta’sir
kuchi, uning mahorati muhim rol
o‘yna
ydi. Shaxsiy intizomlilikni tarbiyalash
tashabbussizlik, betayinlikka (maqsad-maslagi
yo‘q
) ham qarshi kurashni ifodalaydi.
Tajribali ofitser beparvolikni
yo‘qotish
, umumiy muvaffaqiyat haqida
qayg‘urish
alangasini yoqish uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga soladi. Bu esa shaxsiy tarkibda
faollikni rivojlantiradi, komandir va harbiy jamoani jipslashuviga, hamjihatliligini
ortishiga, ishonch
tuyg‘ularini
mustahkamlanishiga va komandirning axloqiy nufuzini
ko‘tarilishiga
olib keladi. Shu bois yosh ofitserlarga
qo‘shinlarda
xizmatining dastlabki
kunlaridanoq
o‘z
qo‘l
ostidagi harbiy
bo‘linmasida
o‘zaro
ishonch,
qat’iyatlilik
, fidoyilik,
dovyuraklikka asoslangan chinakam jangovar birodarlikni
o‘rnatish
muhim ahamiyat kasb
etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1. Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2-j.
–T.: Ma’naviyat, 2006.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy Nizomlari. –
T.: Sharq,
2007.
3. Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. –
T.: Nashriyot-matbaa, 2009.
4. Волкогонов Д.А. Этика советского офицера. –М.: Воениздат, 1973.
