Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Hygienic characteristics of the system for removing
municipal solid waste from the population annotation
Guzal ISKANDAROVA
1
, Shakhnoza KURBANOVA
2
,
Aziza YUSUPKHUZHAEVA
3
, Munisa TASHPULATOVA
4
Tashkent Medical Academy
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
An analysis of the general aspects of the theory of solid
waste management highlights the persistent challenges of
municipal solid waste management in various countries,
making it a highly relevant issue in Uzbekistan. Four main areas
of waste management have been identified: collection and
logistics, the use of machinery and equipment for waste
treatment, business models, and tools for collecting, storing,
and processing data. While the implementation of various
technologies and installations for waste processing and sorting
requires significant material investment for each specific
installation, it ultimately contributes to optimizing solid waste
management.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
solid household waste,
landscaping,
special transport,
garbage collection pavilions,
neutralization,
soil ecology.
Aholidan hosil bo‘luvchi chiqindilarni chetlashtirish
tizimining gigiyenik tavsifi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
qattiq maishiy chiqindilar,
obodonlashtirish,
maxsustrans,
chiqindi pavilyonlari,
zararsizlantirish,
tuproq ekologiyasi.
O‘zbekistonda shahar aholisidan hosil bo‘ladigan qattiq
chiqindilarni boshqarish muammosi yildan yilga dolzarb
bo‘lib bormoqda. Chiqindilarni boshqarishning to‘rtta asosiy
yo‘nalishlari aniqlangan: yig‘ish va logistika, chiqindilarni
yig‘ish uchun qurilma va mashinalarni qo‘llash, biznes modellar
va ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va qayta ishlash uchun
asboblardan foydalanish.
1
Tashkent Medical Academy.
2
Tashkent Medical Academy.
3
Tashkent Medical Academy.
4
Tashkent Medical Academy.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
519
Гигиеническая характеристика системы удаления
твёрдых бытовых отходов от населения
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
твердые бытовые отходы,
благоустройство,
спецтранспорт,
мусор сборные павилоны,
обезвреживание,
экология почвы.
Анализ общих аспектов теории управления твердыми
отходами выявил актуальность проблемы управления
твердыми городскими отходами в различных странах, что
делает эту тему особенно значимой для Узбекистана. Были
определены четыре ключевых направления в управлении
отходами: сбор и логистика, использование оборудования
и технологий для обработки отходов, разработка бизнес
-
моделей, а также внедрение инструментов для сбора,
хранения и анализа данных. Применение современных
технологий и оборудования для обработки и сортировки
отходов требует значительных материальных инвестиций
в каждую конкретную установку, однако это способствует
оптимизации системы управления твердыми отходами в
долгосрочной перспективе.
KIRISH
XXI asrning ikkinchi o‘n yilligida jahonda chiqindilar hajmi ortishini
ng
turg‘un
tendensiyasi kuzatilmoqda. 2023-
yilda barcha chiqindilarni hosil bo‘lish hajmi 23 mlrd
tonnaga yetdi, qattiq maishiy chiqindilar generatsiyasining hajmi esa 1,4 mldrdan ortib
ketdi.
Jahon taraqqiyot banki ma’ruzasida ko‘rsatilishicha, 2050
-yilga borib aholidan
hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilar hajmi 3,4 mlrd tonnadan ortib ketadi. Qattiq
chiqindilarni to‘planishi jahonning barcha mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekiston
Respublikasi uchun xavfli vaziyatlarni hosil qilayotgan omillardan biridir. Yurtimizda
yiliga 14 million tonna chiqindilar hosil bo‘ladi. Lekin ularning atigi 4
-5 foizi qayta
ishlanadi. Chiqindi poligonlaridan 7 million tonnadan ziyod issiqxona gazlari atmosferaga
chiqadi, 43 ming tonna zaharli filtratlar yer ostiga singadi [1, 2].
Chiqindilarni qayta ishlash orqali ham uning tabiatga ta’sirini kamaytirish, ham
foyda olish mumkin. Shu maqsadda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim
o‘zgarishi vazirligi tomonidan xorijiy investorlar bilan hamkorlikda qator loyihalar ishlab
chiqilgan. Qariyb 1 milliard 300 million dollarlik investitsiyalarni jalb etgan holda,
8 ta chiqindi yoqish zavodi qurish hamda Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta
ishlash rejalashtirilgan. Xitoyning CAMC Engineering kompaniyasining 350 million
dollarli
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri investitsiyasi hisobidan Andijon va Toshkent viloyatlarida
2 ta zavod barpo etiladi. Ularda kuniga 4 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga
630 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi [3, 4].
Bu sohaga Xitoyning boshqa bir kompaniyasi
–
Shanghai SUS Environment ham
qiziqish bildirgan. U 310 million dollar to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri investitsiya kiritib, Samarqand
va
Qashqadaryo viloyatlarida 2 ta zavod qurishni rejalashtirgan. Ularda kuniga 3 ming tonna
chiqindi qayta ishlanib, yiliga 480 million kilovatt soat elektr energiyasi olinadi.
Birlashgan Arab Amirliklarining Tadweer Group kompaniyasining 200 million dollar
mablag‘i evaziga Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun bitta zavod quriladi. Und
a kuniga
1 ming 500 tonna chiqindini qayta ishlash va yiliga 363 million kilovatt soat elektr
energiyasi ishlab chiqarish quvvati yaratiladi. Koreya Respublikasining Sejin
komp
aniyasi ishtirokidagi loyiha ham juda muhim. Unga ko‘ra, 55 million dollar evaziga
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi maishiy chiqindi poligonida hosil bo‘ladigan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
520
gazdan muqobil elektr energiyasi olish yo‘lga qo‘yiladi. Uning quvvati 16 megavatt
bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Yiliga 4,7 million tonnadan ortiq chiqindi yoqilib, 2 milliard
100 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 97 million AQSh dollari
qiymatidagi elektr energiyasi sotiladi. Shuningdek, bular orqali 152 million metr kub
tabiiy gaz iqtisod qilinadi hamda 2,4 million tonna issiqxona gazlari kamayadi. 1 ming
200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihalar 2025–
2027-yillarda Andijon, Buxoro, Jizzax,
Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyat
lari va
Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan [1, 4, 5, 6].
Jami aholining 70 foizga yaqin qismi istiqomat qiladigan shaharlardan hosil
bo‘ladigan chiqindilarning 64 foizi aynan xo‘jalik
-maishiy chiqindilari guruhiga kiradi.
Chiqindilar epidemiologik jihatdan xavfli bo‘lib, ular o‘zidan atrof muhitga turli patogen
mikroorganizmlarni ajratadi, kemiruvchilar va kasallik tashuvchi hasharotlar uchun
asosiy yashash muhiti bo‘lib hisoblanadi va nihoyat ular hududning estetik ko‘rini
shiga
katta zarar yetkazadi. Qattiq chiqindilarning hosil bo‘lish manbalariga asosan xo‘jaliklar,
ishlab chiqarish korxonalari, maishiy va ma’muriy binolar, umumiy ovqatlanish
korxonalari va h.k.lar kiradi. Ular orasida xo‘jalik
-maishiy chiqindilar asosiy massani
tashkil etib, ularni hosil bo‘lish joyidan chetlashtirish muhim gigiyenik va epidemiologik
ahamiyatga ega. Maishiy chiqindilarning tarkibi 1-jadvalda taqdim etilgan [7, 8, 9].
1-jadval
Shahar maishiy chiqindilarining tasnifi
Chiqindilarning
hosil bo‘lish joyi
Chiqindilarning tabiiy tarkibi
Aholi uylaridan hosil bo‘ladigan maishiy
chiqindilar
Ovqat qoldiqlari, supu
rindilar, qog‘oz,
shisha, metall, qurilish chiqindilari, shox-
shabba, to‘qimachilik, rezina, plastik
Ma’muriy binolardan hosil bo‘ladigan
maishiy chiqindilar
Qog‘oz, shisha, plastik, lyuminessent
chiroqlar
Jamoat
joylaridan
hosil
bo‘ladigan
chiqindilar
Plastik, qoldirilgan turli buyumlar, xazon,
ko‘cha sup
urindilari
Davolash profilaktika muassasalaridan hosil
bo‘l
adigan chiqindilar
Plastik, qog‘oz, shisha, metal
l, tekstil
Sanoat korxonalaridan hosil bo‘ladigan
chiqindilar
Metall, plastik, shisha, turli moy, rezina,
charm
Savdo muassasalaridan hosil bo‘ladigan
chiqindilar
Qog‘oz, ovqat qoldiqlari,
plastik, shisha,
yog‘och, kul
Qattiq maishiy chiqindilar (QMCH) resursi tuganmasdir, bir odamdan bir yilda
hosil bo‘ladigan QMCH miqdori turli davlatlarda turlicha miqdorda bo‘lib, ularni
umumlashtirsak, o‘rtacha 400 kg ni hosil qiladi, O‘zbekiston Respu
blikasida bir odamdan
bir yilda hosil bo‘ladigan QMCH miqdori shaharlarda 438, qishloqlarda esa 150
kgni
tashkil etadi.
MAVZUNING DOLZARBLIGI
Sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, shahar va qishloqlarning kengayishi,
yildan-yilga yer yuzida
aholi sonining ortishi ulardan hosil bo‘ladigan qattiq va suyuq
chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish va zararsizlantirish usullari oldiga katta vazifalarni
qo‘yadi. Chunki aynan chiqindilar yirik aholi punktlarini ifloslantiruvchi eng zararli
omillardan hisoblanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
521
AQShda 2023-
yilda har bir iste’molchiga 1 tonnadan xavfli chiqindi to‘g‘ri
kelganligi qayd etildi. Turli xil eritmalar, pestitsidlar va boshqa kimyoviy moddalar suv
havzalari, tuproq, atmosfera havosi va boshqa omillarni ifloslanishiga sabab
bo‘ladi.
Biroq hozirgi kunda chiqindilarni utilizatsiya qilishning turli usullaridan foydalangan
holda ularni qayta ishlash natijasida xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng
foydalaniladigan mahsulotlarni olishga erishilmoqda. Masalan bir tonna xo‘jalik
chiqindilarini saralash yo‘li orqali 250 kg qog‘oz, 30 kg qora metall, 3,5 kg rangli metall
ajratib olish mumkin. Afsuski, bizda bunday tadbirlarga e’tibor juda sust, bu esa har yili
qishloq va xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng foydalanishi mumkin bo‘lgan va katta
iqtisodiy samara berish qobiliyatiga ega bo‘lgan minglab tonna xom ashyo mahsulotlari
turli chiqindi pavilyonlarida ko‘mib tashlanmoqda. Bu esa nafaqat moliyaviy zararni,
balki atrof-muhit omillarining ekologik holatini ham tang ahvolga keltiruvchi holatni
yuzaga keltiradi. Birgina Moskva shahri aholisidan hosil bo‘luvchi qattiq maishiy
chiqindilarni yoqish zavodidan hosil bo‘ladigan energiya minglab turar joy va jamoat
binolarini issiqlik bilan ta’minlash vazifasini bajaradi. Aholidan hosil bo‘ladigan maishiy
chiqindilar shu darajada boy va turli tumanki, undan hattoki chiqindilarni kislotalar
yordamida gidroliz qilish yo‘li bilan aholi salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan farmatsevtika sohasida qo‘llaniladigan antibiotiklar, turl
i guruh vitaminlari,
og‘riq qoldiruvchi mazlarni olish mumkin bo‘ladi. Buning uchun esa gidroliz zavodlarini
qurish va chiqindilarni saralashning o‘zi kifoyadir [4,
5, 6].
Aholi turar joylari va yirik massivlardan hosil bo‘ladigan maishiy chiqindilarni
chetlashtirish hozirgi kundagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bir kishidan
bir kunda o‘rtacha 0,8 kg qattiq maishiy chiqindi hosil bo‘lishini inobatga olsak,
aholisining soni 3 mln 20 ming kishini tashkil etayotgan Toshkent shahri uchun bu
kuniga
2400 tonna qattiq chiqindi degani, uni esa zudlik bilan hosil bo‘lgan joyidan
chetlashtirish zarur, aks holda esa bu hududning mikroiqlim, sanitar-gigiyenik va
ekologik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur masala O‘zbekiston
Respublikasida h
ukumat darajasidagi muhim vaziyat bo‘lib, bu O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 29-
avgustidagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq
ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori; O 2019-yil 17-
aprelidagi 4291 sonli “2019–
2028-
yillar davrida O‘zbekiston
Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish
strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarida ham o‘z aksini topgan.
TADQIQOT MATERIALLARI VA USULLARI
Ilmiy ishni olib borishda gigiyena sohasida keng qo‘llaniladigan anketa
so‘rovnoma, bayon etish va statistik usullardan foydalanildi. Tadqiqotlarni olib borishda
Toshkent shahridagi Uchtepa, Yunusobod Maxsustrans korxonasi ish faoliyatida
yuritiladigan jur
nallarni tahlil qilish orqali korxonaga tegishli bo‘lgan materiallardan
foydalanildi.
SHAXSIY TEKSHIRISH NATIJALARI
Aholidan hosil bo‘luvchi qattiq maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida va samarali
chetlashtirish ishlari Toshkent shahri kabi tez sur’atda keng
ayib borayotgan shahar
uchun global muammolardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda biz Toshkent shahridagi
ikkita asosan bir qavatli turar joy binolaridan iborat bo‘lgan Uchtepa tumani va asosan
ko‘p qavatli turar joy binolaridan iborat bo‘lgan Yunusobod tuma
nlari aholisidan hosil
bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarni chetlashtirish ishlarini tashkil etilganlik holatini
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
522
baholadik. Uchtepa tumani aholisining soni 265 ming kishini tashkil etadi. Tumanda 61 ta
mahalla mavjud bo‘lib, ularning har 50
-da chiqindi
to‘plash pavilyonlari mavjud, qolgan
11 mahallada chiqindilarni olib ketishning “signal” usulidan foydalaniladi. Chiqindi
to‘plash pavilyonlari turar joy binolaridan o‘rtacha 30–
100 metr masofada tashkil etilgan
bo‘lib, ularning aksariyat katta qismi (80%)
gigiyenik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan. Ya’ni
har bir pavilyon uchun 3x3m joy tashkil etilgan bo‘lib, ularning atrofi va poli qattiq
qoplamali; har bir pavilyonda o‘rtacha 4
-
6 chiqindi solish taralari bilan ta’minlangan.
Pavilyon hududi obodonlashtiri
lgan, ko‘kalamzorlashtirilgan, tungi chiroqlar va
markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Signal usulidan foydalanganda esa
aholi turar joy mintaqasiga haftaning belgilangan kunlari tuman Maxsustrans korxonasi
avtotransporti keladi va aholi to
monidan chiqindini olib ketilishi ta’minlanadi.
Bu jarayonda uzilishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mazkur pavilyonlarda chiqindilarni
saralash ishlari samarali tashkil etilgan bo‘lib, bunda chiqindilar chiriydigan va
chirimaydigan guruhlarga ajratiladi, chirimaydigan guruhlar asosan plastik, shisha va
metallar bo‘yicha alohida idishlarga to‘planadi. Uchtepa tumani aholisidan hosil
bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilar Yakkasaroy tuman chiqindi to‘plash pavilyonlariga
olib boriladi. Bu chiqindilarni samar
ali chetlashtirishda ijobiy omil bo‘lib hisoblanadi.
Yunusobod tumani Toshkent shahridagi eng katta tumanlardan biri bo‘lib,
aholisining umumiy soni (360,9 ming) bo‘yicha shahardagi ikkinchi tuman hisoblanadi.
Tumanda 63 mahalla tashkil etilgan bo‘lib, ularning aksariyat qismi ko‘p qavatli turar joy
binolari bo‘lgani uchun qattiq maishiy chiqindilar chiqindi to‘plash pavilyonlariga olib
borib tashlanadi va ulardan Yunusobod tuman Maxsustrans korxonasi avtomashinalari
orqali chetlashtiriladi. Pavilyonlar (8
8%) obodonlashtirilgan, ko‘kalamzorlashtirilgan
holatda faoliyat olib boradi. Chiqindilarni chetlashtirishda uzilishlar kuzatilmaydi.
Yunusobod tuman aholisidan hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilar Yunusobod
tuman chiqindi yuklash stansiyasiga olib boriladi.
XULOSA
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Toshkent shahridagi ikkita
tumanidan hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarni chetlashtirish tizimi ijobiy tashkil
etilgan. Seliteb mintaqada qattiq maishiy chiqindilarni to‘pla
nmasligi hududning estetik
ko‘rinishiga, aholi o‘rtasida tuproq bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni tarqalmasligi,
aholini hayot sifatini oshirishga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Юсупхужаева
А. М. Значимость мусороперегрузочных станций в
организасии санитарной очистки населенных мест г. Ташкента //Молодой ученый.
–
2016.
–
№. 8
-6.
–
С. 46
-47.
2.
Кравсова М. С. Инновасионные методы обращения с отходами для
комплексных схем санитарной очистки населенных мест //Физика. Технологии.
Инновасии (ФТИ
-2015).
–Екатеринбург, 2015. –
2015.
–
С. 325
-327.
3.
Рогачев Р. А. Совершенствование деятелности по обеспечению санитарной
очистки и уборки населенных мест //радиоэлектроника, электротехника и
энергетика. –
2018.
–
С. 569
-569.
4.
Искандарова Г. Т., Юсупхужаева А. М. Основы санитарного контроля за
системами очистки населенных мест в Узбекистане //Молодой ученый. –
2016.
–
№. 2. –
С. 343
-346.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
523
5.
Чурилова Ю. С., Волосникова Г. А. Методические подходы к разработке
генералных схем санитарной очистки городов (на примере Хабаровска)
//Философия современного природоползования в бассейне реки Амур. –
2016.
–
С.
102-106.
6.
Лихоманова М. А. Организасионная инфраструктура санитарной очистки
территорий Волгограда //Научные основы стратегии развития АПК и селских
территорий в условиях ВТО. –
2014.
–
С. 33
-36.
7.
Поршакова А. Н., Акимова М. С. Благоустройство и озеленение населенных
пунктов. Учебное пособие. –
2016.
8.
Литвиненко Н. А., Чуянова Г. И. Разработка проекта генералной схемы
санитарной очистки территории москаленского мунисипалного района омской
области //Экологические чтения–
2018.
–
2018.
–
С. 166
-171.
9.
Остякова А., Кустикова Ю. Разработка проекта санитарной очистки и
благоустройства эксплуатируемых городских территорий. –
Литрес, 20
22.
