Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Determination of professional risk for employees working
in their main profession at “K.N.
PLASTPRODUKT”
enterprise
Guzal ISKANDAROVA
1
, Shakhnoza KURBANOVA
2
,
Aziza YUSUPKHUZHAEVA
3
, Fozila YULBARISOVA
4
Tashkent Medical Academy
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
Professional risk criteria have been established based on the
assessment of working conditions for employees at a plastics
manufacturing plant. These criteria are determined according
to the classes of working conditions and are correlated with the
health status of workers. This serves as the foundation for
developing preventive measures aimed at mitigating negative
factors that adversely affect workers' health and arise during
their job activities.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
plastic products,
working conditions,
health indicators,
professional risk,
criteria,
difficulty of work,
work intensity.
“K.N.
PLASTPRODUKT” korxonasidagi asosiy kasbda
ishlovchi ishchilarda kasbiy xavfni aniqlash
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
plastmassa mahsulotlari,
mehnat sharoiti,
salomatlik ko‘rsatkichlari,
kasbiy xavf,
kriteriya,
ishning og‘irligi,
ishning keskinligi.
Plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish korxonadagi
ishchilarning mehnat sharoitlari sinfiga asosan kasbiy xavf
kriteriyalari aniqlandi. Bu esa mehnat jarayonida yuzaga
keladigan ishchilarning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan
negativ omillarni oldini olishga qaratilgan profilaktik chora
tadbirlarni
ishlab chiqishga asos bo‘ladi.
1
Tashkent Medical Academy.
2
Tashkent Medical Academy.
3
Tashkent Medical Academy.
4
Tashkent Medical Academy.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
514
Определение
профессионального
риска у работников,
работающих на основной профессии на предприятии
“K.N.
PLASTPRODUKT”
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
изделия из пластмассы,
условия труда,
показатели здоровья,
профессиональный риск,
критерия,
тяжесть труда,
напряжённость труда.
На основе оценки условий труда работников
предприятия, занимающегося производством изделий из
пластмасс, были определены критерии профессионального
риска. Они сформулированы с учетом классов условий
труда и состояния здоровья работников. Эти данные стали
основой для разработки профилактических мероприятий,
направленных на предотвращение негативных факторов,
которые могут оказывать отрицательное влияние на
здоровье сотрудников в процессе их профессиональной
деятельности.
DOLZARBLIGI
Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida ishchilar kompleks zararli va xavfli
omillarga duchor bo‘ladilar. Bu omillar ishlab chiqarish jarayonida kasb bilan bog‘liq
bo‘lgan kasb kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda kasalliklar
ishchilarning mehnat sharoitlari va atrof-
muhit omillari bilan sababiy bog‘liqligini
aniqlash mehnatni muhofaza qilishning muhim va
zifasi bo‘lib, uni hal qilish kasbiy xavf
metodologiyasiga asoslangan tizimli yondashuvni talab qiladi [2, 5].
Hozirgi vaqtda butun dunyoda kasbiy xavfni baholash konsepsiyasi mehnatga
layoqatli aholi salomatligini saqlash bo‘yicha boshqaruv qarorlarini am
alga oshirish
tartibini asoslash, ishlab chiqish va tanlashning asosiy mexanizmi sifatida qaralmoqda,
bu ayniqsa yirik sanoat korxonalari uchun muhimdir.
Kasbiy xavflarni baholash va boshqarish ishchilarning sog‘lig‘ini mehnat sharoitlari
bilan sababiy bog
‘liqligini tahlil qilish va baholash, mehnat qonunchiligi subyektlarini
xavf to‘g‘risida xabardor qilish, xavf ko‘rsatkichlari dinamikasini kuzatish, shuningdek,
kasbiy xavflarni boshqarish bo‘yicha choralar ko‘rishni nazarda tutadi.
Kimyo texnologiyasi va plastmassa, elastomer hamda kompozitsion materiallarni
qayta ishlash sohasidagi yutuqlar fan va ishlab chiqarishning turli sohalarida ilmiy-texnik
rivojlanishni tezlashishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Polimer va kompozitlarni qayta
ishlash va zamonaviy
texnologiyalar ishlab chiqarishda keng ko‘lamli texnologik
jarayonlarni qamrab oladi [3].
Ular o‘z ichiga plastik massalarning texnologiyasi, plastmassani qayta ishlash
texnologiyasi, elastomerlar texnologiyasi, rezina buyumlarini ishlab chiqarish
texnologiyasi, kompozitsion materiallar texnologiyalarini oladi.
Plastmassalar (plastik massalar) yoki plastiklar-
organik materiallar bo‘lib,
ularning asosi sun’iy yoki tabiiy yuqori molekulali birikmalar (polimerlar) hisoblanadi.
Sun’iy polimerlar asosidagi plastmassalar hozirgi kunda xalq xo‘jaligida juda keng
foydalanishga ega bo‘ldi. “Plastmassa” so‘zi
ning ma
’
nosi materiallarni qizdirish va bosim
ostida boshqa shaklga kirish va berilgan shaklni sovitilgandan va qattiq bo‘lgandan so‘ng
saqlab qolish qobiliyatiga ega. Shakllantirish jarayoni plastik deformatsiyalangan
(yumshoq oquvchi) holatdan shishasimon h
olatga o‘tish bilan birga kuzatiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
515
Plastmas mahsulotlar kundalik maishiy hayotda keng qo‘llanilishi bilan bir qatorda
ishlab chiqarishda inson salomatligi uchun xavf tug‘diradigan kimyoviy omillar tashqi
muhitga tarqaladi. Shu bilan birga avval
o‘rganilmagan yangi ishlab chiqarish omillarini
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu o‘z navbatida ishlovchilarni salomatligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi
[1, 4].
TADQIQOT MAQSADI
Ilmiy ishning maqsadi korxonadagi ishchilarni mehnat sharoitini yaxshilash va
kasallanishni oldini olishga qaratilgan kompleks sog‘lomlashtirish chora
-tadbirlarni
ishlab chiqishga qaratilgan.
TADQIQOT OBYEKTI VA USULLARI
Ishchilarda kasbiy xavf salomatlik darajasini aniqlash uchun “Mehnat sharoitini
sinfi, ishlab chiqa
rish bilan bog‘liq bo‘lgan xavflilik va zararlilik darajasi bo‘yicha
vaqtinchalik mehnat qobiliyati bilan bog‘liq kasallanishni ishchilar salomatligi uchun
kasbiy xavfning gigiyenik bashoratlari” O‘zRSSV ning sanitariya gigiyena va kasb
kasalliklar ilmiy tekshirish instituti tomonidan 2004-yilda ishlab chiqilgan uslubiy
tavsiyanomaga asoslangan. Ishchilar salomatligiga noqulay mehnat sharoitini ta’siri kasb
kasalliklar kelib chiqqanda emas balki umumsomatik surunkali kasalliklar soni ortganda
ham kuzatiladi. Bu uslubiy tavsiyanomaga asosan kasbiy xavf darajasi ishchilarda mehnat
sharoitini sinfini hisobga olgan holda zararli va xavfli omillar darajasi aniqlanadi.
OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI
Kasbiy xavfni aniqlash zamonaviy tibbiyot profilaktikasida mehnat sharoitini va
mehnat xarakterini talqin qilishga katta
e’tibor qaratish bilan bog‘liq kasallanishni kelib
chiqish sabablarini aniqlashga yordam qaratilmoqda. Buning natijasida kasbiy va ishlab
chiqarish bilan bog‘liq kasallanishni kelib chiqish
sabablarini aniqlashga yordam beradi.
“K.N.
PLASTPRODUKT” korxonasidagi asosiy kasbda ishlovchi
ishchilardagi salomatlik
holatlarida kuzatiladigan o‘zgarishlarga organizmdagi individual sezuvchanlik ishlab
chiqarishdagi zararli va xavfli omillarning ta’sir
i natijasi bilan aniqlanadi. Bu vazifalarni
hal etish mehnat gigiyenasining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, bu yo‘nalishdagi
tekshiruvlarni o‘tkazish kasb kasalliklarini kelib
chiqishini aniqlash va profilaktik chora
tadbirlarni ishlab chiqishda yordam beradi.
Ishlab chiqarish korxonalarida ishlovchi ishchilarning mehnat faoliyati ma’lum
sharoitdagi ishlab chiqarish muhitida va mehnat jarayonida olib boriladi. Bu mehnat
sharoitiga rioya qilmaslik ya’ni texnik va gigiyenik talablarga rioya qilmaslik inson
ning
mehnat faoliyatiga va salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mehnat faoliyati inson hayoti uchun zarur bo‘lgan mehnat qurollari bajariladigan
ishga moslashtirilishiga qaratilgan. Mehnat uchta elementlardan tashkil topgan-
insonning mehnat faoliyati, mehnat qurollari, mehnat mahsuli.
Jahon amaliyotini ko‘rsatmalariga asosan har qanday ishlab chiqarish faoliyati
xavfli bo‘lib, uning absolyut xavfsizligini ta’minlash mumkin emas. Inson tomonidan
bajariladigan barcha jarayonlar va u yashab turgan atrof muhit, texnologik va texnik
mahsulotlar, pozitiv xususiyat va natijalardan tashqari barchasi xavfli xususiyatga ega va
negativ omillarni olib kelishiga sabab bo‘ladi.
“Mehnat sharoitini sinfini” ko‘rsatkichlariga asosan plastmassa mahsulotlari ishlab
chiqarish korxonasidagi asosiy kasbda ishlovchi ishchilarning salomatlikni kasbiy
xavfning o‘rtacha kriteriyalari aniqlandi (1
-jadval)
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
516
1-jadval
Zararli va xavfli omillarning ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitini hisobga
olgan holda kasbiy xavf kriteriyalari.
Asosiy kasblar
Zararlilik va xavflilik
darajasi bo‘yicha mehnat
sharoitining sinflari
Kasbiy xavf kriteriyalari
Ekspeditor
2
Minimal
Ekstruzion mashina operatori
3.2
O‘rta
Quyuv uchastkasidagi quyuvchi
3.2
O‘rta
Buxgalter
3.2
O‘rta
Rahbar yordamchisi
3.2
O‘rta
Zararli va xavfli omillarning ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitini sinfini
hisobga olgan holda korxonadagi ishchilarning kasbiy xavf kriteriyalari ekspeditorlarda
“minimal”, qolgan kasb egalarida esa “o‘rtacha” kriteriyaga taalluqlidir. Bu esa ekstruzion
mashina operatorlari, quyuv uchastkasidagi quyuvchilar, buxgalterlar va rahbar
yordamchilarining mehnat faoliyati ishning og‘irligi va keskinligi bo‘yicha zararli
mehnat
sharoitida ishlashlaridan dalolat beradi.
Bunday sharoitda ishlovchilar noqulay omillar ta’sirida bo‘ladilar va ularga
nospetsifik patologiyalarni kelib chiqishiga katta xavf tug‘diradi. Bu o‘z navbatida
ishchilarning salomatligiga ta’sir qiladi. Bunga sabab ishlab chiqarish jarayonida
qo‘llaniladigan ishlab chiqarish moslamalarining talab darajasida emasligi, ishchilar
zararli va xavfli omillar ta’sirida bo‘lishi, ishlarning og‘ir qo‘l mehnatida ish bajarilishidir.
Shuning uchun mehnat gigiyenasi vrachlari oldida ishchilarda kasbiy xavfni
kamaytirish maqsadida texnologik jarayonlarni tatbiq qilish, ishlab chiqarish
moslamalarini takomillashtirish, gigiyenik xavfsizlikni saqlashga qaratilgan differensial
profilaktik chora tadbirlarni ishlab chiqish vazifalari turibdi.
XULOSA
Yuqoridagilarga asoslangan holda korxonadagi ishchilarning mehnat sharoitini
baholash bo‘yicha mehnat sharoitlarini sinflariga asosan ishchilarning salomatligiga
qarab kasbiy xavf kriteriyalari aniqlandi. Buning natijasida ilmiy tekshiruvlar salomatlik
ko‘rsatkichlari
ni kompleks baholashga hamda ishlab chiqarish muhitidagi integral
ko‘rsatkichlar, ishning og‘irligi va keskinligi baholandi. Bu esa mehnat jarayonida yuzaga
keladigan ishchilarning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan negativ omillarni oldini
olishga
qaratilgan profilaktik chora tadbirlarni ishlab chiqishga asos bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Базарова Е.Л. Оценка профессионального риска нарушения здоровья
работников производства титановых сплавов: // Автореферат канд. мед. Наук.
Екатеренбург, 2007
-
22с.
2.
Будкарь Л.Н., Бутаева И.В., Обухова Л.Г., Терешина Е.А. Математический
анализ влияния факторов риска на развитие профессиональных заболеваний
органов дыхания. //Медицина труда и пром. экология. 2010 г.
-
№ 2.
-
С. 9
-12.
3.
Измеров Н.Ф., Родионова Г.К., Попова Т.Б., Денисов Э.И. Оценка
профессионального риска в медицине труда. //Вестник РАМН.
-
2004 г. № 2 С. 17
-20.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
517
4.
Измеров Н.Ф. Глобальнқй план действия по охране здоровья работающих
на 2008
-
2017 гг. Пути переспективы реализации. // Медецина труда и
промышленная экология, 2008. № 6. –С.1
-9.
5.
Измеров Н,Ф., Тихонова Г.И. Сравнительный анализ показателей
смертности населения промышленных моногородов Свердловской области. //
Медицина труда и пром. экология.
-
2011. № 5.
-
С. 16
-21.
