Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The mechanism for developing agility and swiftness
through innovative technologies
Duryod EGAMOV
1
Institute of Scientific Research of Physical Education and Sports
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
This article examines mechanisms for enhancing the
effectiveness of physical qualities through innovative
technologies. It highlights the development of agility and speed
using a mobile application, the LD TEST device, and an
innovative instrumental methodology for determining
functional status with FirstBeat technology. Additionally, it
discusses a program designed to make extracurricular clubs
both engaging and effective.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1
/S-pp565-572
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
mobile app,
physical attributes,
FirstBeat,
functional,
sports,
physical development,
innovative,
technology,
LD TEST,
agility,
quickness,
school,
students,
device.
Innovatsion texnologiyalar yordamida tezkorlik va
chaqqonlik sifatini rivojlantirish mexanizmi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Mobil ilova,
jismoniy sifatlar,
FirstBeat,
funksional,
sport,
jismoniy rivojlanish,
innovatsion,
texnologiya,
Ushbu maqola innovatsion texnologiyalar orqali jismoniy
sifatlarni rivojlantirish samaradorligini ochib berish mexanizmi
haqida
yozilgan.
Tezkorlik
va
chaqqonlik
sifatini
rivojlantirishda Mobil ilova, LD TEST qurilmasi hamda FirstBeat
funksional holatni aniqlovchi innovatsion instrumental
metodika ochib berilgan. Sinfdan tashqari to‘garaklarni qiziqarli
va samarali olib borish uchun xizmat qiluvchi dastur yoritilgan.
1
PhD student, Institute of Scientific Research of Physical Education and Sports. E-mail: egamovduryod4@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
566
LD TEST,
tezkorlik,
chaqqonlik,
maktab,
o‘quvchilar,
qurilma.
Механизм развития качеств скорости и ловкости с
помощью инновационных технологий
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Мобильное приложение,
физические качества,
FirstBeat,
функциональность,
спорт,
физическое развитие,
инновационная,
технология,
LD TEST,
быстрота,
ловкость,
школа,
учащиеся,
устройство.
Статья
посвящена
исследованию
механизмов
повышения эффективности развития физических качеств с
использованием инновационных технологий. В ней
рассматривается применение мобильного приложения,
устройства LD TEST и инновационной методики FirstBeat,
которые
позволяют
определять
функциональное
состояние организма и способствуют развитию таких
качеств, как скорость и ловкость. Кроме того, в статье
представлена программа, ориентированная на проведение
внеклассных кружков в увлекательной и продуктивной
форме.
DOLZARBLIGI
Bugungi kunda ilm-fan va amaliyotning turli sohalarida, shu jumladan jismoniy
tarbiya va sport sohasida keng foydalanilayotgan va tez tarqalayotgan innovatsion
qurilmalar orqali ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarin
ing
jismoniy sifatlarini innovatsion qurilmalar yordamida ko‘nikmalarini takomillashtirish,
harakat salohiyatini kengaytirish, asosiy jismoniy sifatlarni samarali tarbiyalashga
qaratilgan; psixo-
fiziologik faollashtirish va takomillashtirishni ta’minlashga
qaratilgan
jismoniy rivojlanishiga yo‘nalishlar ajratib ko‘rsatiladi. Shu munosabat bilan bolalarda
harakat faolligini oshirishga ta’sirning yangi innovatsion vositalari va shakllarini izlash
zarur bo‘lib, bunga jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi deb qarash
kerak.
Hozirda oʻquvchilar
ni
harakat faolligining yetishmasligi va u bilan bogʻliq
kasalliklarning kuchayib borayotgani sababli yuzaga kelayotgan immunitet tanqisligiga
qarshi kurashishda jismoniy tarbiya mashgʻulotlari jarayonini takomillashtirish
muhima
masalalardan biri bo‘lib qol
moqda. S
hu tariqa ularga qarshi kurashishga tayyor boʻlgan
sogʻlom va bardoshli avlodni tarbiyalashning zaruriy talablarini bajarish, salomatlikni
mustahkamlash va aqliy rivojlanish darajasini oshirish dolzarb masala hisoblanadi.
Ushbu masalalar oʻquvchila
rning nafaqat jismoniy sifatlarini rivojlantirishda, balki
ularning jismoniy tayyorgarliklarini yaxshilashda, jismoniy tarbiya boʻyicha darsdan
tashqari mashgʻulotlardan toʻgʻri foydalanish samaradorligini oshirishda ham alohida
oʻrin tutadi. Shuni hisobga
olib oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligi samaradorligini
xilma-xil harakatlar va maxsus jismoniy mashqlarni dars jarayoniga kiritish hamda ularni
darsdan tashqari mashgʻulotlarga jalb qilish orqali oshirishning yangi innovatsion
mexanizmini instrumental metodologik asoslarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
567
Tadqiqot maqsadi
innovatsion texnologiyalar yordamida boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirish mexanizmini ishlab
chiqish va ilmiy asoslashdan iborat.
Tadqiqot vazifalari.
•
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash va
funksional imkoniyatlarini oshirishga yo‘naltirilgan “LD TEST” innovatsion
texnologiyasini yaratish;
•
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining antropometrik, morfo
funksional va jismoniy
tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini inobatga olib innovatsion texnologiyalar yordamida
tezkorlik va chaqqonlik sifatini rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish.
TADQIQOT USULLARI
Tadqiqotda ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish, pedagogik tajriba, matematik
statistika usullaridan foydalanilgan.
TADQIQOTNI TASHKIL QILISH
Umumta’lim maktablarida ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash
uchun g‘oyasi bir necha yillik pedagogik tajriba va pedagogik nazoratlar natijasida
vujudga kelgan holda amalga oshirilgan. Maktablarda mashg‘ulot olib borilishida ayniqsa
boshla
ng‘ich sinf o‘quvchilarini bitta sinf da 30g yaqin o‘quvchilar borligi mavjud.
Odamni nazorat qilish darajasini olimlar tomonidan aniqlangan tajribalarga asoslangan
holda 15 nafar shug‘ullanuvchini tashkil qiladi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda
innov
atsion texnologiya yaratish g‘oyasini ilgari surishga harakat qilindi. Tajribalar
asosida bir qancha muammolar yuzaga keldi. Birinchidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
o‘yinga beriluvchan va diqqati har tomonga qaratilgan. Ikkinchidan bolalarda psixo
-
fizio
logik holatni yuzaga kelmasligi, yani ularni o‘zlarini qiziqtirish orqali mashg‘ulot
yuklamalarini nazorat yo‘lligi. Yuqoridagi muammolarni inobatga olgan holda
innovatsion texnologiyalarni mashg‘ulotga joriy qilishga qaror qildik. Biz darsdan
tashqari mas
hg‘ulotlarda innovatsion yondashish uchun Mobil ilova va LD TEST
qurilmasini yartdik va amaliyotga joriy qildik.
Mobil ilova
(Patent mualliflik huquqini ro
ʻ
yxatga olish raqami
№ DGU 43015)
“
MOBIL ILOVA
”
ishlatishfunksiyalari:
1. Sportchi ma’lumotlari kiri
tiladi.
(1-rasm)
2. Sportchi sahifasi yaratiladi.
(2-rasm)
3. So’ngi mashg’ulotlar sahifasi ochiladi.
(3-rasm)
4. Mashg’ulot nomi kiritiladi.
(4-rasm)
1-rasm.
2-rasm.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
568
3-rasm.
4-rasm.
1-2-3-4-rasm. Bu rasmlarda ilovani sahifalari
ko‘rsatilgan.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga bergan yuklamalarni. Qanday bolalar
organizmiga ta’sir qilayotganini yurak qisqarish soniga qarab aniq bilib olishimiz
mumkin. Mashqni bajarish davomida qancha masofa bosib o‘tgani ham bizga ma’lum
bo‘lib turadi. Shunga qarab chidamkorlik darajasi qaysi darajada rivojlanib borayotganini
bilib olishimiz mumkin. Mashg‘ulot tugagandan so‘ng bolalarni qancha energiya
sarflaganini bilib olamiz. Keyingi mashg‘ulot bo‘lgunga qadar sarflagan energiyani tikla
b
olishni belgilab olamiz. Mashqlarni bajarishga ketgan vaqtga qarab ularga dam olish
oralig‘ini belgilab beramiz. Bu esa bolalarda energiyani tez tiklanishiga va keyingi
mashqni samarali bajarishni belgilab beradi.
“LD TEST”
qurilmasi(Patent mualliflik huquqini ro
ʻ
yxatga olish raqami
№ 005364)
“LD TEST”
ishlatishfunksiyalari:
1. Boshqaruv pulti.
(5-rasm)
2. Boshqarish uchun koʻrsatma.
(6-rasm)
3. LD TEST ukunasi tashqi koʻrinishi.
(7-rasm)
4. Umumiy koʻrinish.
(8-rasm)
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
569
5-rasm
6-rasm
7-rasm
8-rasm
5-6-7-8-
rasm. LD TEST qurilmasining tashqi ko‘rinishi aks etirilgan.
7-10 yoshli bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash organizmning rivojlanishini va
o‘sishi bilan bog‘langan bir qancha xususiyatlar mavjud. Yoshlik davrida bitta sifatlarning
o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qurilma orqali jismoniy sifatlarni tarbiyal
ashda
innovatsion majmuali yondashuv talab qilinadi. Agar ular asta-sekinlik bilan qurilmadan
foydalanib borilsa, bolalar va o‘smirlar organizmiga ziyon yetkazmaydi va yuklama hajmi
hamda shiddatni inson omilisiz belgilab beradi. Shuning uchun o‘quvchilar
yoshini
texnologik qiziqishini hisobga olgan holda mashqlarini to‘g‘ri me’yorlash zarur. Qurilma
mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchini darsni motor zichligini oshiradi. Inson omilini
kamaytirgan holda aniqlikni oshiradi. Mazkur qurilma psixofiziologik holatni yuzaga
keltiradi. Bu holat bolalarni mustaqil ravishda mashg‘ulot yuklamalarini qabul qilishga
undaydi. Bolalarda yani aktiv faol holati yuzaga keladi. Bu jarayon esa bolalarni jismoniy
sifatlarini yuzaga kelishida katta ahamiyat kasb etadi. Yana e’tib
orli tarafi qurilmada
signalli holatlar mavjud. Bu signallar esa bolalarda reaksiyalarni namoyon bolishiga olib
keladi. Agarda qurilmani oldinga va orqa tomonga joylashtirilsa oddiy reaksiyani
rivojlantirishga yordam beradi. Murakkab reaksiyani rivojlantirish uchun esa
shug‘ullanuvchini har tomoniga o‘rnatiladi. Bu albatta o‘z navbatida murakkab reaksiyani
rivojlantirishga fundament yaratib beradi. Innovatsion texnologiyadan foydalanish
jarayonida bir qancha yengillik va qulayliklarni ko‘rdik. Bulardan yukl
ama hajmini
nazorat qilish yuzaga keldi. Yuklama hajmi qurilma orasidagi takrorlanishlar sonini
oshirish hisobiga amalga oshirilgan. Yuklama shiddati esa hajmga nisbatan orasidagi
vaqtlarni qisqartirish hisobiga erishilgan. Yuqoridagi ma’lumotlar va ishlab
chiqilgan
instrumental metodikani joriy qilish uchun quyida biz tomonda tezkorlik va chaqqonlik
sifatlarini rivojlantirish uchun
mexanizm
ishlab chiqdik. (9-rasmga qarang)
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
570
9-rasm. Innovatsion texnologiyalar yordamida tezkorlik va chaqonnlik sifatini
rivojlantirish mexanizmi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni darsdan tashqari mashg‘ulotlarda innovatsion
texnologiyalar yordamida tezkorlik va chaqqonlik sifatini rivojlantirish mexanizmini
amalga oshirishda
mexanizm maqsadi
va
mexanizm vazifalari
hamda innovatsion
yondashuv yuzaga keldi.
Mexanizm maqsadi
–
bizni ilmiy izlanishlarimiz va
pedagogik tajribaga
asoslangan holda o‘z oldimizga qo‘ygan bir qancha maqsadlar.
1. Jismoniy tayyorgarlik va jismoniy faolligini mustahkamlash
–
biz bosh
lang‘ich
sinf o‘quvchilarini jismoniy tayyorgarligini oshirish bugungi kunning talablaridan biri
hisoblanadi. Bolalarda ko‘nikma va malakani shakllantirish katta ahamiyatga ega
hisoblanadi. Ertangi hayotga bolalarni tayyorlashimizda albatta ularni jismonan
sog‘lom
va ma’nan yetuk qilib tarbiyalashimiz kerak bo‘ladi.
2. Tezkorlik va chaqqonlik jismoniy sifatini rivojlantirish
–
maktabda ya’ni
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jismoniy sifatlarni rivojlantirish kerak va muhim ekanligi
bir qancha tajribalarda
o‘z aksini topgan. Agarda biz ularda tezkorlik va chaqqonlik
jismoniy sifatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat beramiz. Oldimizga qo‘yligan vazifani
hal etishda ular uchun qiziqarli va samarali bo‘lgan bugungi kuni talabi innovatsion
texnologiyalar joriy qildik.
3.
Innovatsion texnologiyalarni mashg‘ulotlarga joriy qilish –
hozirgi kunda fan va
texnologiya rivojlanib borayotgan bir paytda darsdan tashqari mashg‘ulotlarga
innovatsion texnologiyalar joriy qilishimiz kerak bo‘ladi. Bu maqsadimiz inson omili
ni
kamaytirish va ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
4. Innovatsion texnologiyalar
mexanizmini umumta’lim maktablariga maqsadli
joriy qilish
–
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida darsdan tashqari mashg‘ulotlarda
innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va uni amalga oshirish uchun mexanizm ishlab
chiqishimiz kerak bo‘ladi. Bu mexanizm mashg‘ulotlarda samarali mashg‘ulot olib
borishga xizmat qiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
571
Mexanizm vazifalari
–
oldimizga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirish uchun
mexanizm dasturi va amalga oshirish uchun rejali dastur hisoblanadi.
1.
Innovatsion texnologiyani joriy qilish
–
mashg‘ulotlar rejasi va dasturi ishlab
chiqilgandan so‘ng ularni maqsadli darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llash.
2.
Jismoniy tayyorgalik va jismoniy faollik darajasini oshirish
–
innovatsion
qurilmalardan foydalanish uchun mashqlar majmuasini texnologik yondashuv asosida
ishlab chiqish.
3.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini
tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirish
–
bu jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan maqsad ularn
i sportga yo‘naltirish va sport
yutuqlarini samarali oshirishga qaratiladi.
4.
Innovatsion texnologiya
–
Mobil ilova va LD TEST uskunasini yaratish
–
innovatsion ilova va foydali qurilmani yaratishda pedagogik tajribalar hamda pedagogik
kuzatuvlarga asoslangan tarizda yaratish.
Innovatsion yondashuv
–
bu bizga har doimgi mashg‘ulotlarni odatiy emas balki
innovatsion texnologiyalar bilan olib borish ya’ni instrumental metodikani joriy qilish
evaziga bajariladi.
Mobil ilova
–
biz uchun bir qancha qulayliklar va samaradorliklarni yuzaga
keltiradi. Ma’lumotlar bazasiga ega tizim hisoblanadi.
Innovatsion qurilma
–
bolalarni mashg‘ulotlarda maqsadli harakatlantirishga va
harakat malakalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Yordamchi innovatsion texnologiyalar
(FIRSTBEAT)
–
bolalarda biz tomondan
berilayotgan innovatsion mashqlar va dasturni ijobiy va salbiy ta’sirlarini funksional
holatini nazorat qilish.
4 bosqichli dastur
–
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tezkorlik va chaqqonlik
sifatlarini rivojlantirish maqsadida max
sus mashqlar majmuasini to‘rtta metodik blokka
(shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi, modifikatsiyalovchi, takomillashtiruvchi) ajratgan
holda qo‘llash hisobiga darsdan tashqari mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish.
Mashqlar majmuasi
–
individual mashqlar, innovatsion yondashuv mashqlari,
reaksiyani rivojlantiruvchi mashqlar.
Baholash
–
vaqt nisbati hisobiga (m\
s), sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha (aniqlik).
Natija
–
bolalarda mashg‘ulotlar orqali sog‘lom bo‘lish uchun immunitet
shakllandi. Jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarligi yaxshilandi. Sportga saralash va
natija ko‘rsatish yaxshilandi.
Xulosa
qilib aytadigan bo‘lsak biz tomondan taqdim qilinayotgan innovatsion
mexanizm o‘z samarasini topadi. Bugungi kunda innovatsion texnologiyalarni amaliy
mashg
‘ulotlarga joriy qilish orqali amalga oshirish kundan kunga o‘sib bormoqda. Bu
instrumental metodika o‘qituvchilarni darsdan tashqari mashg‘ulotlarni samarali olib
borishga hamda mashg‘ulot zichligini oshirishga xizmat qiladi. Biz tomondan taqdim
qilinayot
gan metodika kelajakda darsdan tashqari mashg‘ulotlarda eng yaxshi qurilma
bo‘lib qoladi. Pedagogik tajribalarimga asoslangan holda taqdim etilayotgan innovatsion
texnologiya ijobiy hisoblanadi. Bunda biz yana so‘rovnomalar asosida va mutaxassislar
taklifi hamda fikrlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Innovatsion texnologiyalar
yordamida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini
rivojlantirish orqali bolalarni jismoniy tayyorgarligi va jismoniy rivojlanishini
yaxshilashga erishdik.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
572
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga koʻtaramiz. Toshkent –
2017.- 145 b.
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ
- 3031-son
“Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora
-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 23
-son, 455-modda,
37-son, 982-modda).
3.
Artiqov.J.B “Jismoniy tarbiya darslarida o‘rta maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarini
tabaqalashtirgan jismoniy tayyorgarligini asoslash” Mag.diss., Toshkent sh. –
2012 й., 29 б
4.
Эгамов Д. Совершенствование методов популяризации массового спорта
среди молодёжи //Общество и инновации. –
2021.
–
Т. 2. –
№.
9/S.
–
С. 28
-32.
5.
EGAMOV, D. “BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KUCH SIFATINI
RIVOJLANTIRISH VA SPORT TURLARIGA SARALASH”. OʻZBEKISTON DAVLAT JISMONIY
TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI, 2022.
6.
Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш. Жисмоний тарбия назаряси ва усулияти.
Дарслик. Тошкент, 2006.
7.
Usmonxoʻjayev T.S. I
-
III sinf oʻquvchilari uchun jismoniy tarbiyadan
eksperimental ishlar olib borishga doir dars materiallari. T. Oʻqituvchi.
