Voyaga yetmaganlarga nisbatan oilada yuz beruvchi zo‘ravonliklar, ularning sabablari, oldini olish choralari

Annotasiya

Mazkur maqolada O‘zbekistonda voyaga yetmagan bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik holatlari, ularning xavf darajasi va oldini olish yo‘llari kriminologik nuqtai nazardan tahlil qilingan. UNICEF va JSST ma’lumotlariga tayanib, maqolada bolalar viktimizatsiyasi, poli-viktimizatsiya tushunchalari, ularning ko‘rinishlari, shuningdek, ijtimoiy zaif guruhlar xavf ostida ekani asoslab berilgan. INSPIRE dasturi va xorijiy tajribalar misolida zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan yetti asosiy yo‘nalish yoritilgan. Shuningdek, 2024-yilda qabul qilingan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmuni tahlil qilingan. Muallif oilaviy muhitning o‘ziga xos omillarini chuqur tahlil qilib, kompleks chora-tadbirlar zarurligini asoslab beradi. Oilaviy zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning kriminologik tavsifi o‘rganilgan. Bolalarga nisbatan sodir etilgan turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlikning salbiy oqibatlari haqida ilmiy qarashlar ilgari surilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2020
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Chiqarish:
CC BY f
316-321
16

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Jumanazarova , M. (2025). Voyaga yetmaganlarga nisbatan oilada yuz beruvchi zo‘ravonliklar, ularning sabablari, oldini olish choralari. Jamiyat Va Innovatsiyalar, 6(3/S), 316–321. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp316-321
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada O‘zbekistonda voyaga yetmagan bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik holatlari, ularning xavf darajasi va oldini olish yo‘llari kriminologik nuqtai nazardan tahlil qilingan. UNICEF va JSST ma’lumotlariga tayanib, maqolada bolalar viktimizatsiyasi, poli-viktimizatsiya tushunchalari, ularning ko‘rinishlari, shuningdek, ijtimoiy zaif guruhlar xavf ostida ekani asoslab berilgan. INSPIRE dasturi va xorijiy tajribalar misolida zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan yetti asosiy yo‘nalish yoritilgan. Shuningdek, 2024-yilda qabul qilingan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmuni tahlil qilingan. Muallif oilaviy muhitning o‘ziga xos omillarini chuqur tahlil qilib, kompleks chora-tadbirlar zarurligini asoslab beradi. Oilaviy zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning kriminologik tavsifi o‘rganilgan. Bolalarga nisbatan sodir etilgan turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlikning salbiy oqibatlari haqida ilmiy qarashlar ilgari surilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Domestic violence against minors: causes and preventive
measures

Marjona JUMANAZAROVA

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2025

Received in revised form

28 February 2025
Accepted 20 March 2025

Available online

15 April 2025

This article analyzes cases of domestic violence against

minors in Uzbekistan, their level of danger, and prevention

strategies from a criminological perspective. Based on data from

UNICEF and WHO, the article explains the concepts of child

victimization and polyvictimization, their forms, and highlights
the vulnerability of socially disadvantaged groups. The seven key

components of the INSPIRE program and international best

practices for violence prevention are discussed. The content of

the 2024 Law “On th

e Protection of Children from All Forms of

Violence” is also examined. The author thoroughly analyzes the

specific features of the family environment and justifies the need

for comprehensive measures. The criminological profile of

perpetrators of domestic violence is studied. Scientific views on
the negative consequences of various forms of violence against

children are presented.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp

316-321

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

danger,

domestic violence,

child victimization,

safe environment,

polyvictimization,
traditional family,
upbringing.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan oilada yuz beruvchi

zo‘ravonliklar, ularning sabablari, oldini olish choralari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

xavf,

oilaviy zo‘ravonlik,

bolalar viktimligi,

xavfsiz muhit,

poli-viktimizatsiya,

an’anaviy oila,

tarbiya.

Mazkur maqolada O‘zbekistonda voyaga yetmagan bolalarga

nisbatan oilaviy zo‘ravonlik holatlari, ularning xavf darajasi va

oldini olish yo‘llari kriminologik nuqtai nazardan tahlil qilingan.

UNICEF va JSST ma’lumotlariga tayanib, maqolada bolalar

viktimizatsiyasi, poli-viktimizatsiya tushunchalari, ularning

ko‘rinishlari, shuningdek, ijtimoiy zaif guruhlar xavf ostida

ekani asoslab berilgan. INSPIRE dasturi va xorijiy tajribalar

misolida zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan yetti asosiy

1

PhD, Tashkent State University of Law. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: botirqizi@mail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

317

yo‘nalish yoriti

lgan. Shuningdek, 2024-yilda qabul qilingan

“Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish
to‘g‘risida”gi Qonunning mazmuni tahlil qilingan. Muallif oilaviy

muhitning o‘ziga xos omillarini chuqur tahlil qilib, kompleks

chora-tadbirlar zarurli

gini asoslab beradi. Oilaviy zo‘ravonlik

sodir etgan shaxsning kriminologik tavsifi o‘rganilgan. Bolalarga
nisbatan sodir etilgan turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlikning salbiy

oqibatlari haqida ilmiy qarashlar ilgari surilgan.

Насилие в семье в отношении несовершеннолетних:

причины и меры профилактики

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

опасность,

семейное насилие,

виктимизация детей,

безопасная среда,

поливиктимизация,

традиционная семья,

воспитание.

В данной статье с криминологической точки зрения

проанализированы случаи семейного насилия в отношении

несовершеннолетних в Узбекистане, их степень опасности

и пути профилактики. Основываясь на данных ЮНИСЕФ,

в статье раскрываются понятия виктимизации и

поливиктимизации

детей,

их

формы,

а

также

подчеркивается уязвимость социально незащищённых

групп. На примере программы INSPIRE и зарубежного

опыта

освещаются

семь

ключевых

направлений

профилактики насилия. Также анализируется содержание

Закона «О защите детей от всех форм насилия», принятого

в 2024 году. Автор подробно рассматривает особенности

семейной

среды

и

обосновывает

необходимость

комплексных

мер.

Изучены

криминологические

характеристики лиц, совершающих семейное насилие.

Представлены

научные

взгляды

на

негативные

последствия различных форм насилия в отношении детей.

Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlikning naqadar xavfli ekanini

O‘zbekistonda

birgina 2023-yilning 9 oyi

davomida bolalarga nisbatan 1240 ta zo‘ravonlik holati qayd

etilganligi va bu kabi z

o‘ravonlik oqibatida 22 bola halok bo‘lganligi faktini qayd etish

bilan asoslash mumkin. UNICEF taqdim etgan ma

lumotlarga ko

ra, har yili dunyo bo

ylab

1 milliarddan ortiq bola jismoniy, ma

naviy yoki jinsiy zo

ravonlikka duchor bo

ladi.

Multiindikator klaster kuzatuvi (MICS) shuni ko

ʻ

rsatdiki, O

ʻ

zbekistonda 1 yoshdan

14 yoshgacha bo

ʻ

lgan 3 nafar boladan 2 nafari (62%) zo

ravonlik bilan tarbiyalash

usullarini boshdan kechirgan (jismoniy jazo va/yoki psixologik tajovuz). Eng achinarli

holat shundaki, bu kabi tarbiya usullari atrofdagilar uchun tabiiy holat sifatida qabul

qilinayotganligi va hech qanday e

tirozga sabab bo

lmayotganidir.

Ayni mavzuda so

z olib borar ekanmiz, bolalar viktimligi aslida nima ekanini

aniqlab olish maqsadga muvofiq sanaladi. Bolalar viktimligi tushunchasi bir qancha

kengroq ma

noni qamrab olib, u nafaqat ota-onalar tomonidan bolalarga nisbatan

zo

ravonlik va beparvolik, tengdoshlarning zo

ravonligi, bolalarga nisbatan jinsiy

zo

ravonlik, turli darajadagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarga duchor bo

lishni o

z ichiga

oladi. Shuningdek, jabrlanuvchi bo

lib qolishning boshqa jihatlarini, jumladan,

yo

l-transport hodisalari, suvga cho

kish, kuyishlar, yiqilishlar va beparvolik natijasida

tasodifiy shikastlanishlarni ham qamrab ola oladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

318

Bolalar viktimizatsiyasi bolalarning jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy

zo

ravonlikka uchrashi yoki e

tiborsizlik natijasida zarar ko

rishidir. Biroq bugungi kunda

faqat bitta shakldagi zo

ravonlikka qaratilgan tadqiqotlar bolalar duch keladigan

zo

ravonlikning ta

sirini va qamrovini to

liq aks ettira olmaydi. Bunga sabab shundaki,

zo

ravonlikning hajmi ham miqdori ham oxirgi yillarga kelib kengayayotganidadir.

Bolalarning jabrlanishi holatiga nisbatan keng ishlatilayotgan poli-viktimizatsiya
tushunchasi nisbatan yuqoridagi o

zgarishlarni yanada aniqroq ifodalay oladi. Qisqa qilib

fikr bildirganda, poli-

viktimizatsiya tushunchasi bolalarning bir nechta zo‘ravonlik turiga

duch kelishini anglatadi.

Bolalarni oilaviy zo‘ravonlikdan himoya qilish mavzusi xalqaro va milliy miqyosda

keng tadqiq etilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi o‘n yillikda tadqiqotchilar tomonidan poli

-

viktimizatsiya tushunchasi kiritilishi bilan mavzuga ilmiy qiziqish ortdi. Jahon sog‘

liqni

saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan ishlab chiqilgan INSPIRE maxsus dasturi hamda

UNICEF kabi xalqaro tashkilotlarning hisobotlari ushbu mavzu bo‘yicha tadqiqotlarning

nazariy va amaliy asosini shakllantiradi.

Yuqorida so‘z yuritilgan dastur quyidagi

yetti komponentni o‘z ichiga oladi, ya’ni

quyidagilar yordamida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish mumkin:

a) qonunlarni amalga oshirish;
b) ijtimoiy me

yorlar va qadriyatlar;

d) xavfsiz muhit;
e) ota-

ona va qarovchilarni qo‘llab

-quvvatlash;

f) iqtisodiy mustahkamlash;
g)

yordam va qo‘llab

-quvvatlash xizmatlari;

h)

ta’lim va hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Voyaga yetmaganlarning ham ayrim zaif guruhlari mavjudki, boshqa o‘z

tengdoshlaridan farqli ravishda ular turli xil

tajovuzlarning qurboni bo‘lish ehtimoli bir

necha barobar yuqori hisoblanadi. Bunday guruhlarga mansub voyaga yetmaganlar
qatoriga autizm spektr buzilishi (ASD) yoki diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik

sindromi bo‘lgan bolalar, nogironligi bo‘lgan, migratsiya ta’sirida bo‘lgan bolalar kabi
guruhlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga, ular orasida ham ijtimoiy jihatdan,
moddiy va ma’naviy jihatdan nochor oilalar farzandlari ko‘proq jabrlanish xavfi ostida
bo‘lishadi.

Bolalar, asosan, o‘zi yashayotgan oilada mavjud muhitning o‘ziga xosligiga ko‘ra

oilaviy zo‘ravonlik xavfi quyi yoki yuqori sharoitda yashamoqda deyish mumkin bo‘ladi.

Masalan, birgina ayni xonadonda yashovchi aka-uka va opa-singillar (farzandlar) soni

ko‘pligi omili ham ushbu oila

dagi voyaga yetmagan bolalarning ayrimlariga nisbatan

jismoniy yoki ma’naviy ko‘rinishdagi zo‘ravonlik sodir etilishiga turtki bo‘lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan misoldan tashqari oilaning o‘ziga xosligini belgilab beruvchi turli

omillar ham borki, ular ham ayni mavzu doirasida voyaga yetmaganlarga nisbatan

zo‘ravonlikning qamrovini kengroq tushunishga yordam bera oladi. Quyida sanab
o‘tilgan o‘ziga xosliklarni oilaviy zo‘ravonlikka sabab bo‘luvchi oiladagi muhit bilan
bog‘liq omillar sifatida keltirish

mumkin:

1.

Uyda ota-onadan tashqari boshqa qarindoshlarning ham birgalikda yashashi.

2.

Oilada farzandlarning ko‘pligi.

3.

Yolg‘iz ona yoki yolg‘iz ota bilan yashash.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

319

4.

Bola yashayotgan oilada ota-onaning b

o‘lmasligi, ya’ni bola ota

-onasisiz boshqa

qarindoshlari qara

mog‘ida yashashi (ota

-onaning vafot etganligi yoki ishlash maqsadida

vaqtincha farzandlarini boshqa oila a’zolari qaramog‘ida qoldirishi sababli).

5.

O‘gay ota yoki o‘gay ona bilan bir xonadonda yashash.

6.

Oila a’zolaridan birining avval jinoiy javobgarlikka tortilganligi va jazo o‘tab

chiqqanligi.

7.

Oiladagi moliyaviy ahvolning qoniqarsizligi.

8.

Bola ota-

onasining nikohi mavjud bo‘lmagan holda yashashi va boshqalar.

Xulosa qilish mumkinki, oila xoh an’anaviy, xoh noan’anaviy ko‘rinishda bo‘lsin,

mavjud salbiy obye

ktiv omillar ta’siri ushbu oilada istiqomat qiluvchi voyaga

yetmaganlarning oilaviy zo‘ravonlikka uchrashiga turtki bo‘laveradi. Biroq, an’anaviy
hamda an’anaviy bo‘lmagan oilalarda yashovchi bolalarning zo‘ravonlik qurboni bo‘lish
darajasi o‘zgacha. Aynan

an’anaviy oilada ulg‘ayayotgan bolalar zo‘ravonlikka kamroq

duch kelishadi. Bolaning an

’anaviy oilalarda zo‘ravonlikka uchrash xavfi kamroq bo‘lib,

ota-

onalar orasidagi sog‘lom munosabat bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda asosiy

rol o‘ynaydi.

Shunin

gdek, unutmaslik kerakki, oila har qanday shaklda bo‘lmasin ulardagi

tarbiyaning o‘ziga xosligi ham zo‘ravonlikni inkor etishi yoki yuzaga keltirishi mumkin.
Masalan, bolalariga nisbatan tarbiyaning qattiqqo‘llikka asoslangan shakli kuzatiluvchi
oilada o‘suvchi bolalar ko‘p holda ruhan va jismonan zo‘ravonlikka uchrashi tabiiy.

Bu esa kelajakda yanada og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Sabab shundaki, bir
zo‘ravonlik boshqa zo‘ravonlikka yo‘l ochadi, bu esa qayta zo‘ravonlik yuzaga kelishi

xavfini oshiradi.

Oila yuz bergan zo‘ravonlik (har qanday ko‘rinishda bo‘lmasa ham) turli salbiy

oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ilmiy tadqiqotlar asosida isbotlangan. Bolalarning
jamiyatda ijtimoiy moslashuvning qiyinlashuvi, davolanishga muhtoj ruhiy travmalar
orttirishi kabi muammolar ayni mazkur muammolar zamirida yuzaga kelgan deyish
mumkin.

Masalan, oiladagi zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan bolalar turli xil salbiy

tavsiflanuvchi xulq-

atvor natijalarini boshdan kechirishi ehtimoli ko‘proq. Bunday

zo‘ravonlik oqibatlari o‘smirlik davrida ham saqlanib qoladi. Oilaviy zo‘ravonlikka doimiy
ravishda to‘qnashib turuvchi voyaga yetmagan bolalarning xulq

-atvori yomonlashishi

yoki ularning huquqbuzarliklarga va xatto jinoyatga qo‘l urish ehtimoli bir necha

barobarga yuqori hisoblanadi. S.A. Graham-Bermann va C.S. Widom tomonidan olib

borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qizlarga nisbatan o‘gil bolalar bolalikda oilaviy
zo‘ravonlikka uchragan holatda ruhiy, emotsional jihatdan turli muammolarga duch

kelishlari

, hayotda o‘z o‘rnini topishda qiyinchiliklarga uchrashlari mumkin ekan.

Shu sababdan ham S. Yozdonqulova va M.

Qaxxorovaning “Oilaviy (maishiy)

zo‘ravonlikka qarshi kurashda nafaqat jinoiy

-huquqiy, balki psixologik mexanizmlar va

boshqa usullardan foydal

anish kerak”ligi haqidagi fikri asosli deb hisoblaymiz.

O‘zbekiston Respublikasining 2024

-yil 14-

noyabrda qabul qilingan O‘RQ–

996-sonli

“Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni

(kuchga kirish sanasi 15-may 2025-yil

)ga ko‘ra, jismoniy zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik,

ruhiy zo‘ravonlik, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya qilish va ta’qib etish (bulling)
bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning shakllari bo‘lib, ularning barchasi ushbu qonun bilan

taqiqlangan. Shu bil

an bir qatorda, so‘z olib borilayotgan qonun bilan zo‘ravonlikdan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

320

jabrlanuvchilarning huquqlari, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya

qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar va ularning vakolatlari, bolalarni

zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha umumiy hamda

yakka

tartibdagi chora-tadbirlar, himoya orderini berish, uning muddatini uzaytirish, bolani
ota-

onasidan (ularning biridan) yoki uni o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxslardan olib

qo‘yishning shartlari

hamda tartibi belgilangan. Ushbu qonun bilan bolalarning

huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan

ma’muriy va jinoiy javobgarlik

choralari

kuchaytirilishi kutilmoqda, deyish mumkin.

Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etuvchi shaxslar ko‘

pincha

ular bilan birga yashovchi ota-

ona, o‘gay ota/ona, buva

-buvi, aka-uka, opalar yoki boshqa

qarindoshlar sanaladi. Demakki, odatda zo‘ravonlik qiluvchi bola bilan yaqin
munosabatda bo‘lgan shaxs bo‘lar ekan. Ko‘pincha ona bolalarga nisbatan jismoniy

k

o‘rinishdagi yengil zo‘rliklarni ishlatishga moyil bo‘ladi. Biroq, oilada bolaga nisbatan

yuqori darajadagi xavf tug‘diruvchi zo‘rliklar ota yoki erkak jinsi vakili bo‘lgan yaqin

qarindoshlar tomonidan sodir etilishi ilmiy tadqiqotlarda aniqlangan. Masalan,
D. Browning hamda B.

Boatmanning ta’kidlashicha, oilaviy jinsiy zo‘

ravonlikka uchragan

bolalar ko‘p hollarda erkak (ota) tomonidan zo‘ravonlik qurboni bo‘lishadi. Onaning
ishtiroki esa bu borada passiv ko‘rinishga ega.

Aybdorning zo‘ravonlik harakatini ongli ravishda amalga oshirishi, ya’ni

bilgan holda

va

maqsadli ravishda

bolaning sog‘lig‘i yoki ruhiy holatiga zarar

yetkazishi e’tiborga loyiq holatdir. Zo‘ravonlik ko‘pincha takroriy xarakter kasb etadi va

bu bilan bolaning

hayoti

,

sog‘lig‘i

,

psixik holati

va

shaxsiy daxlsizligiga jiddiy tajovuz

vujudga keladi.

Voyaga yetmagan bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik yuqorida

ta’kidlaganimizdek, quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:

a)

jismoniy zo‘ravonlik (urish, kaltaklash, qiynash);

b)

psixologik bosim (qo‘rqitish, haqorat qilish, doimiy tanqid);

d) jinsiy tajovuz (taqiqlangan jinsiy harakatlar, nomusga tegish, uyatsiz-buzuq

harakatlar);

e)

iqtisodiy bosim (bolani moddiy jihatdan ta’minlamaslik, mehnatga majburlash);

f) beparvolik (bolan

i ma’naviy yoki moddiy parvarish qilmaslik).

Zo‘ravonlik qay ko‘rinishda bo‘lmasin og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishini

unutmasligimiz kerak. Dunyoda 2 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan har 10 boladan oltitasi
har kuni jismoniy zo‘ravonlikka uchrashi yoki h

ar 5 daqiqada bir

bola zo‘ravonlikdan

vafot etishi bilan bog‘liq UNICEF tomonidan berilgan ma’lumotlar ham buni isbotlay
oladi. Aytish mumkinki, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishning yagona va

samarali usul va vositalari mavjud emas. Faqatgina, ush

bu yo‘nalishda maxsus

qonunchilikni takomillashtirish (bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya

qilishga qaratilgan qonunlar va siyosatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish), ijtimoiy
xizmatlarning faolligini oshirish (jabrlangan bolalar uchun reabilitatsiya va psixologik

yordam markazlarini tashkil etish), targ‘ibot va profilaktika ishlari samaradorligiga
erishish, ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalarga nisbatan
zoʻravonlikning sabablari va oqibatlarini oʻrganish, statistik ma’lumotlarni toʻplash va

tahlil qilish kabi kompleks chora-

tadbirlar orqali so‘z yuritilayotgan muammoning

yechimiga erishish mumkin.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

321

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

https://www.unicef.org/uzbekistan/uz/press-releases/unicef-ijtimoiy-himoya-

milliy-agentligi-va-adliya-vazirligi-bolalarga-nisbatan.

2.

World Health Organization INSPIRE: Seven Strategies for Ending Violence

against Children. [(accessed on 15 September 2019)]; 2016 Available online:
https://www.who.int/publications/i/item/inspire-seven-strategies-for-ending-violence-
against-children

3.

Hellström L. A systematic review of polyvictimization among children with

Attention Deficit Hyperactivity or Autism Spectrum Disorder. Int. J. Environ. Res. Public
Health. 2019;16:2280.

4.

Chan K.L., Lo C.K.M., Ho F., Ip P. Disability-specific associations with child health

and functioning. Int. J. Environ. Res. Public Health. 2019;16:1024.

5.

Turner H.A., Finkelhor D., Hamby S.L., Shattuck A. Family structure,

victimization, and child mental health in a nationally representative sample. Soc. Sci. Med.
2013;87:39

51.

6.

Wolfe DA, Crooks CV, Lee V, McIntyre-

Smith A, Jaffe P. The effects of children’s

exposure to domestic violence: A meta-analysis and critique. Clinical Child and Family
Psychology Review. 2003;6:171

187. doi: 10.1023/a:1024910416164.

7.

Sternberg KJ, Baradaran LP, Abbot CB, Lamb ME, Guterman E. Type of violence,

age, and gender differences in the effects of family violence on childr

en’s behavior

problems: A mega-analysis. Developmental Review. 2006;26:89

112.

8.

Herrenkohl TI, Sousa C, Tajima EA, Herrenkohl RC, Moylan CA. Intersection of

child abuse and children’s exposure to domestic violence. Trauma, Violence & Abuse.

2008;9:84

99. doi: 10.1177/1524838008314797.

9.

Graham-Bermann SA, Hughes HM. Intervention for children exposed to

interparental violence (IPV): Assessment of needs and research priorities. Clinical Child
and Family Psychology Review. 2003;6:189

204. doi: 10.1023/a:1024962400234.

10.

Widom CS. Childhood victimization: Early adversity, later psychopathology.

National Institute of Justice Journal. 2000;242:2

9.

11.

S.Yozdonqulova, M.Qaxxorova. Oilada ayollarga nisbatan zo`ravonlikning

ijtimoiy-psixologik omillari, Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali Jild: 05
Nashr: 01 | Jan

2025

B.28-31.

12.

O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan

himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,

14.11.2024-y., 03/24/996/0921-son.

13.

M.Jumanazarova. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikning

shakllari va ularning oldini olish choralari.

Жамият

ва

инновациялар–Общество

и

инновации–

Society and innovations Issue

–6 № 1(2025).

Bibliografik manbalar

https://www.unicef.org/uzbekistan/uz/press-releases/unicef-ijtimoiy-himoya-milliy-agentligi-va-adliya-vazirligi-bolalarga-nisbatan.

World Health Organization INSPIRE: Seven Strategies for Ending Violence against Children. [(accessed on 15 September 2019)];2016 Available online: https://www.who.int/publications/i/item/inspire-seven-strategies-for-ending-violence-against-children

Hellström L. A systematic review of polyvictimization among children with Attention Deficit Hyperactivity or Autism Spectrum Disorder. Int. J. Environ. Res. Public Health. 2019;16:2280.

Chan K.L., Lo C.K.M., Ho F., Ip P. Disability-specific associations with child health and functioning. Int. J. Environ. Res. Public Health. 2019;16:1024.

Turner H.A., Finkelhor D., Hamby S.L., Shattuck A. Family structure, victimization, and child mental health in a nationally representative sample. Soc. Sci. Med. 2013;87:39–51.

Wolfe DA, Crooks CV, Lee V, McIntyre-Smith A, Jaffe P. The effects of children’s exposure to domestic violence: A meta-analysis and critique. Clinical Child and Family Psychology Review. 2003;6:171–187. doi: 10.1023/a:1024910416164.

Sternberg KJ, Baradaran LP, Abbot CB, Lamb ME, Guterman E. Type of violence, age, and gender differences in the effects of family violence on children’s behavior problems: A mega-analysis. Developmental Review. 2006;26:89–112.

Herrenkohl TI, Sousa C, Tajima EA, Herrenkohl RC, Moylan CA. Intersection of child abuse and children’s exposure to domestic violence. Trauma, Violence & Abuse. 2008;9:84–99. doi: 10.1177/1524838008314797.

Graham-Bermann SA, Hughes HM. Intervention for children exposed to interparental violence (IPV): Assessment of needs and research priorities. Clinical Child and Family Psychology Review. 2003;6:189–204. doi: 10.1023/a:1024962400234.

Widom CS. Childhood victimization: Early adversity, later psychopathology. National Institute of Justice Journal. 2000;242:2–9.

S.Yozdonqulova, M.Qaxxorova. Oilada ayollarga nisbatan zo`ravonlikning ijtimoiy-psixologik omillari, Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali Jild: 05 Nashr: 01 | Jan – 2025 –B.28-31.

O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2024-y., 03/24/996/0921-son.

M.Jumanazarova. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikning shakllari va ularning oldini olish choralari. Жамият ва инновациялар–Общество и инновации–Society and innovations Issue –6 № 1(2025).