Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Forms of sexual violence against minors and measures for
their prevention
Marjona JUMANAZAROVA
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
15 December 2024
Accepted 20 January 2025
Available online
25 February 2025
This article presents scientific and theoretical perspectives
on all forms of sexual violence committed against minors.
Statistical data on crimes involving sexual violence, both
globally and in our country, have been examined, and the
dynamics of this type of crime have been analyzed based on
these data. Additionally, the conditions and causes of such
incidents have been studied. Important proposals and
recommendations for their prevention are outlined.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
minors,
exploitation,
sexual violence,
online violence,
sexual assault.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikning
shaklari va ularning oldini olish choralari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
voyaga yetmaganlar,
ekspluatatsiya,
jinsiy zo‘ravonlik,
onlayn zo‘ravonlik,
nomusga tegish.
Ushbu maqolada voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir
etiluvchi jinsiy zo‘ravonliklarning barcha shakllari haqida ilmiy
-
nazariy qarashlar yoritib berilgan. Dunyoda va mamlakatimizda
jinsiy zo’ravonliklar ko‘rinishida bo’lgan jinoyatlar haqida
statistik ma’lumotlarni o‘rganish va ushbu ma’lumotlar
yordamida jinoyatchilik ayni ko’rinishining dinamikasi tadqiq
etilgan. Shuningdek, bu kabi holatlarning vujudga kelishiga oid
shart-
sharoitlar va sabablar o‘rganilgan. Ularning oldini olish
uchun muhim taklif va tavsiyalar bayon etilgan.
1
PhD, Tashkent State University of Law. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: botirqizi@mail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
150
Формы
сексуального
насилия
в
отношении
несовершеннолетних и меры по их предотвращению
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
несовершеннолетние,
эксплуатация,
сексуальное насилие,
онлайн
-
насилие,
изнасилование.
В данной статье представлены научно
-
теоретические
взгляды
на
все
формы
сексуального
насилия,
совершаемого
в
отношении
несовершеннолетних.
Исследованы статистические данные о преступлениях,
связанных с сексуальным насилием, как в мире, так и в
нашей стране, а также на основе этих данных
проанализирована динамика данного вида преступности.
Кроме того, изучены условия и причины возникновения
подобных явлений. Изложены важные предложения и
рекомендации по их предотвращению.
Voyaga yetmaganlar (qaysi jinsga mansub ekanligidan qat’i nazar)
ga nisbatan
jinsiy zo‘ravonlik deganda, keng ma’noda,
ularning jismoniy, aqliy va yoki lingvistik
rivojlanish darajasi jihatdan holatga baho bera olmasligi sababli ongli ravishda rozilik
bera olmaydigan yoshda ekanligidan foydalanib, ularning irodasiga qarshi sodir etilgan
har qanday faol yoki nofaol jinsiy harakatni tushunish mumkin.
BMT bolalar jamg‘armasi
(UNICEF) tomonidan beri
lgan ta’rifga ko‘ra, bolaga nisbatan
jinsiy
zo‘ravonlik
“
bolaga
qarshi, shu jumladan ekspluatatsiya maqsadida sodir etilgan va natijada shikastlanish,
og‘riq
yoki psixologik azob-uqubatlarga olib keladigan yoki yuzaga kelishi ehtimoli
yuqori
bo‘lgan har
qanday qasddan, ehtiyotsizlikdan va ahamiyatsiz jinsiy xarakterdagi
harakat”ni
anglatadi.
A. Vlasov
jinsiy jinoyatlar tushunchasiga “voyaga yetmaganlarga
nisbatan sodir etiladigan qonun bilan qo‘riqlanuvchi shaxsning jinsiy daxlsizlik va
erkinligiga tajovuz qiluvchi, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga qarshi qaratilgan ijtimoiy
xavfli, qasddan sodir etiluvchi qilmish” sifatida ta’rif bergan.
Bizning fikrimizcha, voyaga
yetmaganlarga sodir etiluvchi jinsiy xarakterdagi zo
‘
ravonlik aybning ehtiyotsizlik
ko
’
rinishida bo
’
lmay, faqat qasddan sodir etilishi mumkin. Sababi shundan iboratki, bu
ko
‘
rinishga ega qilmishni sodir etuvchi shaxs o
‘
zining harakatlarining ijtimoiy xavfli
xususiyatga egaligini anglagan holda ayni qilmishning sodir etilishini xohlaydi. Shaxs
aybiga nisbatan o
‘
z-o
‘
ziga ishonish va beparvolik ko
‘
rinishdagi munosabat uchramaydi.
Bu kabi holatlarning ijtimoiy jihatdan to
‘
liq qoralanishining tub mohiyati ijtimoiy
xavfli qilmish sodir etgan shaxslarning voyaga yetmaganlarning jinsiy rivojlanishiga
salbiy ta
’
sir o
‘
tkazish bilan bog
‘
liq tarzda, o
‘
z pozitsiyasi va kuchlaridan foydalanib, jinsiy
ehtiyojlarini bola hisobidan qondirishida ko
‘
rinadi.
Yuqorida keltirilgan ta
’
rif shuni anglatadiki, agar voyaga yetmagan shaxs
(16 yoshga to
‘
lmagan shaxs) so
‘
z yuritilayotgan harakatni amalga oshirilishiga rozilik
bergan bo
‘
lsa ham va hatto, uning tashabbuskori o
‘
zi bo
‘
lsa ham voyaga yetmagan
shaxsga nisbatan jinsiy zo
‘
ravonlik sodir etildi, deyishga asos mavjud bo
‘
ladi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo
‘
ravonliklar qanday shakllarda amalga
oshirilishi mumkin? degan savol bugungi kunda dolzarb hisoblanadi, sababi, ularning
doirasi juda keng. Jinoyat huquqida ayni turdagi tajovuzning ikki shakli ajratiladi tanaga
bevosita ta
’
sir etish (
hands-on
) va tanaga ta
’
sirsiz (
hands-off
). Tajovuzning birinchi shakli
bola tanasiga har qanday ko
‘
rinishda tegish, jinsiy a
’
zolarini manipulyatsiya qilish, tabiiy
hamda g
‘
ayritabiiy usulda jinsiy a
’
zolarning penetratsiyasi kabi jinsiy zo
‘
ravonlikning
og
‘
ir ko
‘
rinishlarida amalga oshirilishi mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
151
Voyaga yetmaganlarga nisbatan berilgan og
‘
zaki jinsiy maslahatlardan tortib, jinsiy
mazmunga ega hikoyalar yoki voqealar aytib berish, bolaning oldida o
‘
zga bilan jinsiy
aloqa qilish yoki masturbatsiya qilish, unga jinsiy a
’
zolarini ko
‘
rsatish, qasddan unga
pornografik tasvirlarni ko
‘
rsatish yoki boladan o
‘
zi bilan jinsiy aloqa qilishni so
‘
rash,
voyaga yetmagan bilan veb-kamera orqali jinsiy aloqa qilish kabi harakatlar esa bilvosita
ta
’
sir etish shakliga mansub sanaladi.
Bolalarga jinsiy zo
‘
ravonlik qilishning eng ko
‘
p uchraydigan ko
‘
rinishlari orasida
bugungi kunda quyidagilarni sanab o
‘
tish mumkin:
a)
jinsiy
qo‘zg‘atish
maqsadida bolalar yoki
o‘smirlar
oldida jinsiy
a’zolarni
ko
‘
rsatish;
b)
voyaga yetmaganlarni kiyinish, yechinish vaqtida kuzatib turish;
c)
jinsiy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida bolaga teginish,
o‘pish
va jismoniy
ta’sirning turli ko‘rinishlari;
d)
bolaga qaratilgan jinsiy mazmundagi
og‘zaki
erkalashlar, xushomad, shilqimlik
qilish;
e)
bolalarni pornografik tasvirlar yoki filmlarni tomosha qilishga majbur qilish;
f)
bolalarni jinsiy aloqa qilishga undash yoki majburlash;
g)
jinsiy ekspluatatsiya, bolalar fohishabozligi yoki pornografiyada bolalar yoki
o‘spirinlardan
foydalanish.
Shuningdek, raqamli ommaviy axborot vositalari orqali jinsiy zo‘ravonlikka duchor
bo‘lish holatlari ham bugungi kunda keng uchrab turadi va ularni ham zo‘ravonlikning
ikkinchi shakli tarkibiga kiritish mumkin. Masalan, kiberhujum, seksting (provakatsion
jinsiy mazmundagi rasm va videolarni raqamli shaklda tarqatish) yoki pornografiya bilan
istalmagan to‘qnashuv natijasida ham zo‘ravonlik amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublik
asida voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etiladigan jinsiy
mazmundagi bir qator qilmishlar uchun javobgarlik belgilangan, masalan:
a)
O‘zbekiston Respublikasi JKning 118
-moddasining 3-
qism “a” bandi va 4
-qismi;
b)
O‘zbekiston Respublikasi JKning 119
-moddasining 3-
qism “a” bandi va 4
-qismi;
c)
O‘zbekiston Respublikasi JKning 128
-moddasi;
d)
O‘zbekiston Respublikasi JKning 128
1
-moddasi;
e)
O‘zbekiston Respublikasi JKning 129
-moddasi;
f)
O‘zbekiston Respublikasi JKning 130
-moddasining 3-qismi;
g)
O‘zbekiston Respublikasi JKning 1
31-moddasining 4-
qism “a” bandi;
h)
O‘zbekiston Respublikasi JKning 135
-moddasining 3-
qism “a” bandi;
i)
O‘zbekiston Respublikasi JKning 141
3
-moddasi;
Bugungi kunda voyaga yetmaganlarning jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lish darajasi
naqadar kengayganini Birlashg
an Millatlar Tashkiloti taqdim etgan ma’lumotlar ham
tasdiqlaydi. Masalan, dunyo bo‘ylab 650 million ayol
-qiz (har 5 ayol-qizdan biri) bolalik
davrida jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bo’lib, ulardan 370 milliondan ortig‘i bolalikda
nomusga tegish va jin
siy zo‘ravonlikning bevosita shakllariga duchor bo‘lgan. Erkak jinsi
vakillariga mansub shaxslar ham bu kabi tajovuzlardan chetda qolmagan. Misol uchun,
410
–530 million o‘g‘il bola (har 7 shaxsdan biri) jinsiy tajovuzga duch kelgan.
Dunyo miqyosida ayniqsa COVID-19 pandemiyasi davrida bolalarga nisbatan
online va offline ko‘rinishdagi jinsiy zo’ravonliklar soni keskin oshishi kuzatilgan. Bu kabi
holatlarning soni oshishiga so‘z borayotgan davrda, bizningcha, bir qator sabab va shart
-
sharoitlar yuzaga kelgan:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
152
a)
COVID-
19 davrida uydan chiqishda o’rnatilgan cheklov
choralari bolalarning
ta’lim,
ko‘ngil
ochish va ijtimoiy maqsadlarda onlayn
o‘tkazadigan
vaqtining oshishi;
b)
onlayn faoliyat olib boruvchi huquqbuzarlarning ham internetda
o‘tkazadigan
vaqtlari
ko‘payishi;
c)
COVID-19 paytida bolalar
o‘yinlar,
suhbatlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar
orqali muloqot qilishning muqobil usullarini
izlashni boshlashgan, bolalar bo‘sh
vaqtlarining ko‘payishi sababli turli tazyiqlarga duch kelish imkonining oshganligi;
d)
bolalar online duch kelayotgan nomaqbul ko
‘rinishdagi ma’lumotlar bo‘
yicha
kimga murojaat etish bo
‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘
lmaganliklari;
e)
ota-onalar bolaning internetda sarflayotgan vaqtini to
‘
g
‘
ri taqsimlash va nazorat
qilishda sustkashlikka yo
‘
l qo
‘
yishganliklari.
f)
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bolalarga nisbatan kuzatiluvchi online
jinsiy zo
‘
ravonlik holatlarini nazorat qilishda yetarli imkoniyat, xodimlar va texnikalarga
ega bo’lmaganligi;
g)
darknet foydalanuvchilari (huquqbuzarlar) tomonidan yaratilgan ommaviy
foydalanishdagi tazyiqlar aks etgan materiallarni ularni cheklashga mas’ul organlar
tomonidan yo
‘q qilish vaqti cho’zilganligi sababli, ular yangi shu kabi
materiallarini
yaratish va tarqatish uchun ushbu imkoniyatlardan foydalana boshlaganligi va boshqalar.
B. Kolbasin
ning fikriga ko‘ra, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikning
soni oxirgi yillarda oshganligining sababi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarning
yoshi sezilarli darajada qisqarganligiga
, online o‘yin ko‘rinishidagi yoki online video
hosting xizmatlarining, internet resurslarining soni ortishi va bundan jinoyatchilar
o‘zlarining jinsiy ehtiyojini qondirish va jabrlanuvchilarni izlashda foydalanish imkonini
qo‘lga kiritayotganligi bilan bog‘liq.
Masalan, Interpolning 2020-
yil sentyabrda “Bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish va
zo’rlik ishlatish tahdidlar va tendensiyalar” yuzasidan taqdim etilgan hisobotga ko‘
ra,
Interpol Xalqaro bolalar jinsiy ekspluatatsiyasi (ICSE) ma’lumotlar bazasid
an muntazam
foydalanadigan
Interpolga a’zo davlatlarning 60
%i ushbu bazaga murojaat qilmagan
yoki COVID-19 pandemiyasi davrida ularning faoliyati sezilarli darajada kamaygan.
Bu kabi salbiy holatlarning oshishi bolalarga nisbatan mavjud jinsiy zo‘
ravonliklar sonini
bir necha martaga ko‘payishiga olib keldi. Bugungi kunda ham tahlil olib borilgan
davrning asoratlari saqlanib qolmoqda va hatto tajovuzning yangi-
yangi ko‘rinishlari
shakllanayotganining sabablari ham o‘sha davrda vujudga kelgan shart
-s
haroitlar ta’siri,
deyish mumkin.
Online jinsiy zo’ravonliklar ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p vaqtini sarflovchi
bolalarga nisbatan yo‘naltirilgan holda jinsiy zo‘ravonlikning maishiy ko‘rinishi oila a’zosi
tomonidan boshqa a‘zoning jinsiy daxlsizlik huquqini buzishga yo‘naltirilganligiga e’tibor
berish lozim. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rnatilgan
“harakat
cheklovlari, daromadni
yo‘qotish,
izolyatsiya, yuqori darajadagi stress va
tashvish bolalarning uyda jismoniy, psixologik va jinsiy zo'ravonlikni boshdan kechirish
va kuzatish ehtimolini oshiradi, ayniqsa, allaqachon
zo‘ravonlik
yoki
noto‘g‘ri
oilaviy
vaziyatlarda yashayotgan
bolalarga nisbatan bunday zo’ravonliklar soni bir necha
barobar oshgan”.
D. Browning
hamda
B. Boatman
ning ta’kidlashicha, oilaviy jinsiy
zo’ravonlikka uchragan bolalar ko’p hollarda erkak (ota) tomonidan zo‘ravonlik qurboni
bo‘lishadi. Onaning ishtiroki esa bu borada passiv ko‘rinishga ega. Bizningcha, ayollar
tomonidan bolalarga nisbatan
jinsiy zo’ravonlik sodir etilishi holatlari kamligiga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
153
ayollarning tabiiy instinkti, oiladagi roli, qo‘rquv, jismonan kuchsizlik holatlari rol
o‘ynaydi. Biroq, bolalarga nisbatan bundan ko‘rinishdagi jinsiy zo‘ravonlik sodir
etuvchining jinsi muhim hisoblan
may, qonunga ko‘ra ham ayol, ham erkak tomonidan
sodir etilgan qilmish birdek jinoiy javobgarlik keltirib chiqaradi.
Yana bir tahlilga muhtoj vaziyat shundan iboratki, agar voyaga yetmaganlarga
nisbatan jinsiy ko‘rinishdagi zo‘ravonlik aynan voyaga yetmaga
n tomonidan sodir etilishi
hollari sanaladi. Sababi, jinsiy zo’ravonlik aynan voyaga yetmaganlar tomonidan ham,
voyaga yetgan shaxs tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Lekin, ushbu zo‘ravonlik
uchun javobgarlik kelib chiqishi biroz murakkab holatlardan hisoblanadi.
A. Xomenko
voyaga yetmaganga nisbatan jinsiy xususiyatga ega
zo‘ravonlik
sodir
etilishida jinoyat subyekti sifatida faqat voyaga yetgan shaxs aybdor
bo‘lishi
mumkin
degan fikr bildirgan bo
‘
lsa,
A. Martirosyan
voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy
zo
‘
ravonlik hollari yuz berishi deb javobgar sifatida topilishi mumkin bo
‘
lgan shaxs
sifatida yoshi jabrlanuvchidan katta bo
‘
lgan har qanday shaxs sanalishi mumkinligi
haqida fikr yuritgan. Ushbu olimning fikriga ko
‘ra, aynan jinsiy zo‘ravo
nning yoshi
jabrlanuvchiga nisbatan 2 yosh kattaroq bo‘lishi kerak bo‘ladi. Biroq, bizning fikrimizcha,
jinsiy zo‘ravonlik uchun xuddi boshqa jinoyatlar uchun bo‘lgani kabi jinoyat subyekti
bo‘la oladigan yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgar bo‘lishi mumkin, xolos.
Shu sababli, so‘z borayotgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning yoshi
jabrlanuvchidan 2 yoki 3 yosh katta bo‘lishi lozimligi haqidagi vajlar asossiz deb
hisoblaymiz. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi JKning 118
-moddasining 3-qism
“a” bandi va 4
-qismi, 119-moddasining 3-
qism “a” bandi va 4
-qismida nazarda tutilgan
qilmishni sodir etganlik uchun 14 yoshga to’lgan shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin.
Bu degani, 14 yoshga to‘lgan shaxsning 14 yoshga to’lmagan shaxsning no
musiga
tegishida ifodalanuvchi qilmishi ham jinoyat tarkibi subyekti mavjudligini ko‘rsata
oladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi JKning 128, 128
1
, 129, 130-moddasining
3-qismi, 131-moddasining 4-
qism “a” bandi, 135
-moddasining 3-
qism “a” bandi hamd
a
141
3
-
moddasida nazarda tutilgan qilmishlar uchun 16 yoshga to’lgan voyaga yetmagan
shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Demak, jinoyat qonunchiligida
“voyaga
yetmagan”
tushunchasiga uning ikki tomonlama maqomi (jinoyatchi yoki jabrlanuvchi)ni
inobatga olgan holda,
ko‘p
qirrali ekanini hisobga olib yuridik baholanishi lozim. Shu
sababli, voyaga yetmagan jinoyatchining voyaga yetmaganga nisbatan
jinsiy zo‘ravonlik
bilan tavsiflanuvchi qilmishi jinoyat qonunida ayni ijtimoiy xavfli qilmish uchun
belgilangan yosh doirasida ko‘rib chiqilishi
kerak.
Quyida biz so‘nggi yillarda aynan jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha mamlakatimizda
hisobga olingan jinoyatlar haqida tahlil olib boramiz. Respublikamizda 2024-yilning
11 oyi davomida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan umumiy jinoyatlarning
soni 2502 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2023
-yil davomida esa voyaga yetmaganlar
(13
–
17 yosh) tomonidan jami 3599 ta jinoyat sodir etilgan. Bu esa joriy yilda ushbu
shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni keskin oshganini (1097taga) anglatadi.
2024-yilning 11 oyi davomida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan nomusga
tegish bilan bog‘liq 31ta jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, bu umumiy jinoyatlarning 1,2%ini
tashkil etadi. Ularning eng katta qismi (7 t
asi) Toshkent shahrida sodir etilgan bo‘lsa,
Buxoro, Namangan, Xorazm, Surxondaryo va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hisobiga
voyaga yetmaganlar tomonidan nomusga tegish jinoyatining eng kam ko‘rsatkichi to‘g‘ri
kelgan bo‘lib, ushbu hududlarda so‘z yuritila
yotgan davrda 1 tadan ayni qilmishlar sodir
etilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
154
O‘zbekiston Respublikasi JKning 130
-moddasida nazarda tutilgan pornografik
mahsulotlarni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish bilan
bog
‘
liq 10ta jinoyat (umumiy jinoyatlarn
ing 0,22%i) qayd etilgan bo‘lib, aynan mazkur
moddaning 3-
qismi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.
Jinsiy zo‘ravonlikni boshdan kechirgan voyaga yetmaganlar keyinchalik voyaga
yetganlaridan so‘ng ham bu kabi zo‘ravonliklarning qurboni bo‘lishlari, bu esa bu
tun
jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga olib kelishi mumkin. Shu sababdan
ham ushbu holatlarga befarq qarash mumkin emas.
Y.M. Antonyan
ning fikricha,
“jinsiy
jinoyatlarga qarshi samarasiz kurashilmoqda. Jamiyat,
o‘z
navbatida,
ko‘proq
profilaktika
choralarini kutmoqda va jazo retsidiv jinoyat ehtimolini istisno qiladigan darajada
og
‘
irlashtirilishi
kerak”,
deb
hisoblaydi. Albatta, biz ham ushbu fikrlarni qo’llab
quvvatlaymiz. Biroq, unutmasligimiz kerakki, jinsiy
zo‘ravonlik
odatda
latent ko‘rinishda
bo‘ladi.
Voyaga yetmagan bola o‘ziga nisbatan bo‘layotgan yoki uning oila a’zolari
bolasiga nisbatan sodir etilayotgan jinsiy
zo‘ravonlik
belgilarini tanimasligi mumkin,
shuningdek bola juda yosh ekanligi, qattiq
qo‘rquv ta’sirida qolgan
ligi va yoki ularga
qaratilgan bunday ko‘rinishdagi zo‘ravonlik haqida
aytishdan uyalishi holatlari ayni
zo‘ravonliklarning latent ko‘rinish olishiga olib kelmoqda
.
Bolalarga nisbatan jinsiy
zo‘ravonlik –
bu shaxsiy, oiladagi, ijtimoiy darajadagi
sabablar va sharoitlar bilan
bog‘liq ko‘p
qirrali
muammo, desak bo‘ladi.
Shaxsga bog‘liq
darajadagi shart-
sharoitlar sirasiga kichik yoshdaligi, jinsi kabi biologik va zo‘ravonlikni
aniqlashga doir bilimlarning yetishmasligi, ruhiy nosog‘lom ekanligi kabi
omillarni
keltirib o‘tish mumkin. Oiladagi muhitdan kelib chiqadigan bo‘lsak, voyaga
yetmaganlarning jinsiy zo‘ravonlik qurboniga aylanishiga bu darajada bolaning o‘z ota
-
onasi yoki
ularning o‘rnini bosuvchilar bilan
ruhiy aloqaning
yo‘qligi,
to‘liq bo‘lma
gan
oilada yashaganlik, ijtimoiy
oilada avval shu kabi zo‘ravonlik sodir etgan yoki unga moyil
shaxslarning borligi, voyaga yetmagan shaxsni majburiy nikohga berilishi kabi holatlarni
sanab o‘tish mumkin.
Ijtimoiy darajada jamiyatda bolalarga bo’ladigan har qanday ko’rinishdagi
zo‘ravonlikning normal sifatida qabul qilinishi, ijtimoiy tengsizlikning qaror topishi,
ijtimoiy himoyaning mavjud emas yoki yetarli emasligi, huquqni muhofaza qiluvchi
organlarning bu kabi huquqbuzarliklarni profilaktikasi yetarli darajada amalga
oshirilmasligi, aholi huquqiy ong va madaniyatining quyi darajadaligi,
jinsiy zo‘ravonlik
mavzusining jamiyatda ochiq muhokama qilinmasligi
kabilar va boshqalar bo’lishi
mumkin.
Bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha
bir qator samarali
chora-
tadbirlarni quyida sanab o’tamiz:
1.
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan
qonunlar va siyosatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish muhimdir. Masalan,
Oʻzbekistonda
2024-yil 14-
noyabrda qabul qilingan “Bolalarni zoʻravonlikning barcha
shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun (2025
-yil 15-mayda kuchga kiradi)
bolalarning huquqlarini himoya qilishda muhim qadam hisoblanadi.
2.
Bolalar, ota-onalar va jamiyat a'zolar
ini jinsiy zoʻravonlikning belgilari, xavflari
va oldini olish usullari haqida xabardor qilish zarur. Maktablarda bolalarga nisbatan
jinsiy zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha dasturlarni joriy etish orqali bolalarga oʻzlarini
himoya qilish koʻnikmalarini oʻrgatish mumkin.
3.
Zararli ijtimoiy va madaniy me'yorlarni bartaraf etish uchun ijtimoiy xulq-
atvorni oʻzgartirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
155
4.
Bolalarning internetdagi xavfsizligini ta'minlash uchun maxsus resurslar va
vosita
larni yaratish lozim. Masalan, Oʻzbekistonda “Safeme.uz” veb
-sayti bolalar, ularning
tarbiyachilari va keng jamoatchilik uchun muhim onlayn xavfsizlik ma’lumotlarini taqdim
etadi. Ushbu veb-saytning maqsadi
yoshlar, o
‘
smirlar va bolalar uchun “xavfsiz inte
rnet
makoni”ni yaratishga, turli buzg
‘
unchi, yovuz g’oyalar, fikrlar, xabarlar ta’siridan ularni
himoyalash hisoblanadi.
5.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning sabablari va oqibatlarini oʻrganish, statistik
ma’lumotlarni toʻplash va tahlil qilish orqali
profilaktika chora-tadbirlarini
takomillashtirish mumkin.
6.
Jabrlangan bolalar uchun reabilitatsiya va psixologik yordam markazlarini
tashkil etish.
Xulosa qilish mumkinki,
bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ijtimoiy va huquqiy
muammolar bilan bog‘liq bo‘
lib, uning oldini olish uchun kompleks yondashuv talab
etiladi. Bu muammoga qarshi kurashda huquqiy islohotlar, ta’lim va xabardorlik
dasturlari, ijtimoiy yordam va texnologik xavfsizlik choralari muhim ahamiyat kasb etadi.
Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu
muammo nafaqat individual, balki ijtimoiy darajada ham hal etilishi lozim. Shu bilan
birga, jinoyat qonuni voyaga yetmaganning protsessual holatidan
qat’i
nazar, normal
rivojlanishini to‘liq
himoya qilishi ham kerak bo
‘
ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
United Nations Children’s Fund, International Classification of Violence against
Children, UNICEF, New York, 2023.
2.
Власов Андрей Эрикович Понятие и структура преступлений против
половой неприкосновенности и половой свободы личности в современном
российском законодательстве // Концепт. 2015. №5. URL: https://cyberleninka.ru/
article/n/ponyatie-i-struktura-prestupleniy-protiv-polovoy-neprikosnovennosti-i-
polovoy-svodiv-lichnosti-v-sovremennom-ro
ssiyskom (дата обращения: 29.01.2025).
3.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Masturbatsiya (murojaat etilgan sana: 04.01.2025-yil).
4.
Unicef. Sexual violence. October 2024. https://data.unicef.org/topic/child-
protection/violence/sexual-violence/#status
5.
Колбасин В. В. Тенденции развития сексуального насилия в отношении
несовершеннолетних в условиях пандемии // Вестник Казанского юридического
института МВД России. 2021. №4 (46)
. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/
tendentsii-razvitiya-seksualnogo-nasiliya-v-otnoshenii-nesovershennoletnih-v-
usloviyah-
pandemii (дата обращения: 29.01.2025).
6.
Threats and trends child sexual exploitation and abuse: covid-19 impact.
file:///C:/Users/HP/Downloads/COVID19%2020(2).pdf.
7.
WHO (2020), Joint Leader’s statement –
Violence against children: A hidden
crisis of the COVID-19 pandemic, viewed and retrieved 8 April 2020 from
https://www.who.int/news-room/detail/08-04-2020-
joint-leader-s-statement---
violence-against-children-a-hidden-crisis-of-the-covid-19-pandemic.
8.
Browning, D. H., & Boatman, B. (1977). Incest: Children at risk. The American
Journal of Psychiatry, 134(1), 69-72. https://doi.org/10.1176/ajp.134.1.69.
9.
Хоменко А.Н. Особенности субъективных признаков преступлений,
совершаемых в отношении несовершеннолетних // Адвокат. 2012. № 3. С. 72
-74.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
156
10.
Мартиросьян А.М. Насильственные половые преступления в отношении
несовершеннолетних (уголовно
-
правовой и криминологический аспекты):
Автореф. дис. ... канд. юрид. наук. Ростов н/Д, 2009. С. 11
-13.
11.
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/crime-and-justice-2.
12.
Антонян Ю. M., Ткаченко A. A., Шастакович, Б. И. (2009) Криминальная
сексалогия, Москва, с. 47
-49.
