Авторы

  • Маржона Жуманазарова
    PhD, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp189-196

Ключевые слова:

права детей вредная информация информационная безопасность европейский опыт правовая защита онлайн-безопасность

Аннотация

В статье представлен всесторонний сравнительно-правовой анализ существующих систем правовой защиты детей от вредоносной информации в европейских государствах. Рассмотрены правовые и институциональные механизмы защиты молодежи от вредной информации в Германии на основе закона «Jugendschutzgesetz», а также механизмы, предусмотренные законопроектами Великобритании «Online Safety Bill» и «Age Appropriate Design Code» для обеспечения онлайн-безопасности детей. Также проанализированы правовые подходы Франции на основе Уголовного кодекса (Code pénal) и Кодекса об образовании (Code de l’éducation), направленные на защиту несовершеннолетних от вредного контента. В статье представлены общие стандарты защиты несовершеннолетних от вредной информации, предусмотренные Директивой ЕС об аудиовизуальных медиауслугах (AVMSD). На основе проведённого анализа зарубежного опыта предложены конкретные рекомендации по совершенствованию законодательства Республики Узбекистан.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Legal measures for protecting children from harmful
information attacks: comparative legal analysis of

European countries’ experiences

Marjona JUMANAZAROVA

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form

15 January 2025

Accepted 25 February 2025

Available online

25 March 2025

This article provides a comprehensive comparative-legal

analysis of existing legal frameworks in European countries for

protecting children from harmful information. The paper

examines the legal and institutional mechanisms established in

Germany under the “Jugendschutzgesetz” law, as well as the
UK’s approaches embodied in the "Online S

afety Bill" and the

“Age Appropriate Design Code” ensuring children’s online

safety. Furthermore, the experience of France is analyzed,

highlighting relevant provisions in the Criminal Code (Code

pénal) and the Education Code (Code de l’éducation) aimed at

protecting minors from harmful content. Additionally, the

article explores the common standards established by the

European Union through the Audiovisual Media Services

Directive (AVMSD). Based on this comparative analysis of
international practices, specific recommendations are provided

for improving the national legislation of Uzbekistan.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp

189-196

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

children’s rights,

harmful information,
information security,
european experience,

legal protection,

online safety.

Bolalarni zararli axborot hujumlaridan himoya qilishning

huquqiy vositalari: Yevropa davlatlari tajribasining
qiyosiy-huquqiy tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

bolalar huquqlari,

zararli axborot,

axborot xavfsizligi,

yevropa tajribasi,

Mazkur maqolada Yevropa davlatlarida bolalarni zararli

axborotlardan huquqiy himoyalashning mavjud tizimlari keng

qamrovli qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan. Maqolada Germaniya,

Buyuk Britaniya va Fransiya kabi rivojlangan davlatlarning

1

PhD, Tashkent State University of Law. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: botirqizi@mail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

190

huquqiy himoya,

onlayn xavfsizlik.

mazkur yo‘nalishdagi

qonunchilik va amaliy tajribalari batafsil

ko‘rib chiqilgan. Xususan, Germaniyaning "Jugendschutzgesetz"

qonuni asosida yoshlarni zararli axborotlardan himoya

qilishning huquqiy va institutsional mexanizmlari, Buyuk

Britaniyaning “Online Safety Bill” hamda

“Age Appropriate

Design Code” orqali onlayn muhitda yoshlarning xavfsizligini
ta’minlash tajribasi yoritilgan. Fransiyada esa zararli

axborotlardan himoyalash bo‘yicha Jinoyat va Ta’lim

kodekslaridagi kompleks choralar tahlil qilingan. Yevropa

Ittifoqining AVMSD direktivasi orqali zararli axborotlardan

yoshlarni himoya qilish bo‘yicha umumiy standartlari ochib

berilgan. Maqolada xorijiy tajribadan kelib chiqib, O‘zbekiston

qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan aniq tavsiyalar
ishlab chiqilgan.

Правовые средства защиты детей от атак вредной
информации: сравнительно

-

правовой анализ опыта

европейских государств

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

права детей,

вредная информация,

информационная
безопасность,
европейский опыт,

правовая защита,

онлайн

-

безопасность.

В статье представлен всесторонний сравнительно

-

правовой анализ существующих систем правовой защиты

детей от вредоносной информации в европейских

государствах.

Рассмотрены

правовые

и

институциональные механизмы защиты молодежи от
вредной информации в Германии на основе закона

«Jugendschutzgesetz»,

а

также

механизмы,

предусмотренные

законопроектами

Великобритании

«Online Safety Bill» и «Age Appropriate Design Code» для
обеспечения

онлайн

-

безопасности

детей.

Также

проанализированы правовые подходы Франции на основе

Уголовного кодекса (Code pénal) и Кодекса об образовании

(Code

de

l’éducation),

направленные

на

защиту

несовершеннолетних от вредного контента.

В статье

представлены

общие

стандарты

защиты

несовершеннолетних

от

вредной

информации,

предусмотренные Директивой ЕС об аудиовизуальных
медиауслугах (AVMSD). На основе проведённого анализа

зарубежного

опыта

предложены

конкретные

рекомендации по совершенствованию законодательства

Республики Узбекистан.


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi insoniyat uchun

yangi imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda, yosh avlodning xavfsiz rivojlanishi uchun
jiddiy xavflarni ham yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali
tarqatilayotgan zararli axborot bolalarning psixologik, jismoniy va axloqiy sog

lig

iga

salbiy ta

sir ko

rsatmoqda. Shu sababli, bolalarni zararli axborotdan himoyalash uchun

samarali huquqiy vositalarni ishlab chiqish va tatbiq etish dolzarb ilmiy va amaliy vazifa


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

191

hisoblanadi. Yevropa davlatlari bu sohada ilg

or tajribaga ega bo

lib, ularning huquqiy

yondashuvlarini qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilish orqali umumiy tendensiyalarni
aniqlash va milliy qonunchilik tizimini yanada takomillashtirish imkoniyatlarini ko

rib

chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada Yevropa davlatlarining bolalarni
zararli axborotdan himoyalash borasidagi huquqiy tajribasi ilmiy va qonunchilik
manbalari asosida tahlil qilinadi.

Zararli axborot tushunchasi zamonaviy huquqshunoslikda tobora ko

proq

muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir. Ushbu tushuncha mazmunan juda keng

bo

lib, turli davlatlarning qonunchilik tizimlarida o

ziga xos tarzda talqin etiladi. Huquqiy

nuqtai nazardan zararli axborot deb, odatda, bolalarning jismoniy, psixologik yoki

axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazishi mumkin bo

lgan axborot tushuniladi. Masalan,

Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida zararli axborot tushunchasi

Bolalarni ularning

salomatligi va rivojlanishiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoyalash to

g

risida

gi

Federal qonunda belgilangan bo

lib, unda zararli axborot turli toifalarga ajratilgan

(Федеральный закон от 29 декабря 2010 г. №436

-

ФЗ).

Mazkur qonunga ko

ra, zararli

axborotning asosiy belgilariga zo

ravonlikni targ

ib qilish, giyohvandlik va alkogolni

iste

mol qilishni targ

ib qilish, pornografik va jinsiy ekspluatatsiyani aks ettiruvchi

materiallar, o

z joniga qasd qilishni rag

batlantirish va boshqa shunga o

xshash xavfli

tarkiblar kiradi. Germaniya qonun hujjatlarida esa, zararli axborot sifatida yoshlarning

rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo

lgan yoki rivojlanishiga xavf tug

diruvchi

materiallar belgilangan. Buyuk Britaniya qonunchiligida ham zararli axborot tushunchasi

keltirib o`tilgan bo

lib, unga ko

ra zararli axborot

bu foydalanuvchilarning, ayniqsa

bolalarning, ruhiy va jismoniy sog

lig

iga xavf soluvchi yoki ularni xavfli xatti-

harakatlarga undovchi onlayn kontent hisoblanadi.

Ilmiy adabiyotlarda zararli axborot tushunchasiga oid munozaralar juda keng

bo

lib, ko

pchilik tadqiqotchilar uning mohiyatini yosh avlodga nisbatan xavf tug

diruvchi

har qanday axborot sifatida belgilaydi. Masalan, Oksford Universiteti tadqiqotchisi

Livingstone ta

kidlaganidek, zararli axborot yoshlarning ijtimoiylashuvi va shaxsiy

rivojlanishiga to

sqinlik qiladigan yoki ularning psixologik rivojlanishini buzadigan har

qanday kontentni o

z ichiga oladi. Shuningdek, professor Van der Hof ta

rifiga ko

ra,

zararli axborot bolalarning sog

lom rivojlanishiga tahdid soluvchi yoki ularni zo

ravonlik,

agressivlik va boshqa salbiy harakatlarga undaydigan materiallarni qamrab oladi.

Bizningcha, zararli axborotlar deganda voyaga yetmaganlarning ruhiy

rivojlanishiga salbiy ta

sir etuvchi ma

lumotlar, masalan, onlayn jinsiy zo

ravonlikka

uchrashiga, qonunga xilof harakatlar sodir etishiga, diniy yoki ijtimoiy ruxsat etilgan

odatlarni noto`g`ri talqin etilishi va oqibatda voyaga yetmaganlarning jismoniy va ruhiy

zarar ko`rishiga sabab bo`luvchi axborotlarning jamlanmasini tushunish mumkin.

Shunday qilib, zararli axborot tushunchasi turli mamlakatlar qonunchiligida

hamda xalqaro huquqiy hujjatlarda keng va chuqur tahlil etilgan bo

lib, uning mazmuni

davlatlar o

rtasida muayyan farqlar bilan talqin qilinadi. Yevropa davlatlarining ushbu

yo

nalishdagi tajribasini tahlil qilish, zararli axborot tushunchasining huquqiy va ilmiy

jihatdan to

liq ochib berilishiga imkon beradi. Quyida bu kabi axborotlardan bolalarni

himoya qilish bo

yicha rivojlangan davlatlarning tajribasining qiyosiy-huquqiy tahlili

amalga oshiriladi.

Germaniyada bolalarni zararli axborotlardan himoyalash masalasi ko

plab qonun

hujjatlari orqali batafsil tartibga solingan. Ushbu sohadagi asosiy qonunlardan biri

2002-yilda qabul qilingan

Jugendschutzgesetz

” (

Yoshlarni himoyalash to

g

risidagi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

192

qonun) hisoblanadi. Mazkur qonunda zararli axborotlarni yosh toifalari bo

yicha

tasniflash, yoshlarning axborot bilan bog

liq xavfsizligini ta

minlashga yo

naltirilgan

maxsus mexanizmlar mavjud.

Jugendschutzgesetz

Qonunining 5-moddasi zararli axborotni yoshlarning

psixologik, axloqiy va jismoniy rivojlanishiga salbiy ta

sir qilishi yoki tahdid solishi

mumkin bo

lgan kontent sifatida belgilaydi. Qonunda zararli kontentning quyidagi asosiy

turlari keltirilgan: zo

ravonlik va agressiyani targ

ib qiluvchi materiallar, jinsiy

ekspluatatsiya va pornografik mazmundagi axborotlar, giyohvand moddalar va alkogol
iste

molini rag

batlantiruvchi kontentlar va boshqa xavfli materiallar. Masalan, bolalarni

bu kabi axborotlarning har qanday ko

rinishidan himoya qilish nilan bir qatorda turli

zo

ravonliklardan ham asrash maqsadida

Ommaviy raqs tadbirlariga 16 yoshgacha

bo

lgan bolalar va yoshlar ota-onalik mas

uliyati bo

lgan shaxs yoki ularning tarbiyasi

uchun mas

ul shaxs hamrohligisiz, 16 yoshga to

lgan va undan katta yoshlar esa kamida

yarim tungacha qatnashishi mumkin (

5 §)”

ligi, shuningdek

, “

Bolalar va yoshlarga jamoat

o

ʻ

yin zallari yoki asosan o

ʻ

yin o

ʻ

ynash uchun foydalaniladigan shunga o

ʻ

xshash binolarga

kirishi mumkin emas (

6 §)”

ligi haqida qat

iy qoidalarning o

rnatilganligi, shu bilan bir

qatorda, bolalarni tamaki va nikotin tarkibida saqlovchi mahsulotlarga har qanday
usulda duch kelishining (online yoki offline taklif) oldini olish, restoranlarda bo

lish

muiddatlari, voyaga yetmaganlar ruhiy va jismoniy tazyiqqa uchrash xavfi yuzaga
kelganda amalga oshirilishi lozim bo

lgan harakatlar ketma-ketligi va boshqa bir qator

normalar jamlanganligini ko

rish mumkin.

Germaniyada bolalarni himoya qilish tizimi tarixiy jihatdan ham rivojlanib kelgan.

1900-

yilda qabul qilingan Germaniya Fuqarolik Kodeksi (Bürgerliches Gesetzbuch, BGB)

ota-onalarning tarbiyaviy majburiyatlarini belgilab bergan va bolalarga nisbatan jismoniy
jazoni taqiqlovchi qoidalar 2000-yilda mazkur kodeksga kiritilgan

o‘zgarishlar orqali

qat’iy o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, Germaniyada yoshlar va bolalar xizmatlari “SGB VIII”

(Sozialgesetzbuch VIII) orqali tartibga solinadi. Bu hujjat yoshlar va bolalarga ta’lim

-

tarbiya, ijtimoiy-pedagogik yordam va boshqa turli xil xizmatlarni amalga oshirish orqali

ularning xavfsizligini ta’minlash vazifalarini nazarda tutadi. Ayniqsa, ushbu normative

-

huquqiy hujjatning 8a-

moddasida bolaning xavfsizligi xavf ostida bo‘lganda zudlik bilan

choralar ko‘rish vazifasi belgilangan.

Yoshlarni axborot xavfsizligi borasida olib borilayotgan Germaniya siyosatining

samaradorligi ilmiy adabiyotlarda yuqori baholangan. Jumladan, Schultz Germaniyada
yoshlarni zararli axborotdan himoya qilish mexanizmining samaradorligini davlat

organlarining qat’i

y nazorati va yosh chegaralarining aniqligi bilan izohlaydi. Pfeiffer

tadqiqotida esa, ta’lim muassasalari va ota

-onalarning faol ishtirokini bolalarni

himoyalashda muhim omil sifatida ko‘rsatadi.

Amaliy jihatdan zararli axborotlarga qarshi choralar “Bundesprüfstelle für

jugendgefährdende Medien” (Zararli axborotni nazorat qilish bo‘yicha federal idora)

tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu tashkilot axborot mahsulotlarini baholaydi, yosh
chegaralarini belgilaydi va zararli axborot tarqalishini cheklaydi.

Shun

ingdek, Germaniyada preventiv choralarga katta e’tibor beriladi. 2012

-yildan

kuchga kirgan Federal bolalarni himoyalash qonuni (Bundeskinderschutzgesetz) asosida

erta profilaktik tadbirlar va oilalarni qo‘llab

-

quvvatlash bo‘yicha “Frühe Hilfen” (the

Nation

al Centre for Early Childhood Support (NZFH)) tizimi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

193

tizim bolalar va yoshlarni erta bosqichdan himoyalashga qaratilgan bo‘lib, unda tibbiy va
psixologik yordam ko‘rsatish orqali oilalarga amaliy ko‘mak beriladi. Xulosa qilib

aytganda, Germaniya yoshlarni zararli axborotlardan himoyalash borasida kompleks va

samarali huquqiy mexanizmlarni shakllantirgan bo‘lib, uning tajribasi boshqa davlatlar

uchun ham ibratli hisoblanadi.

Buyuk Britaniya

da zararli axborotdan yoshlarni himoya qilish tizimi

Germaniyadagidan farqli ravishda, asosan “Online Safety Bill” (Onlayn xavfsizlik
to‘g‘risidagi qonun, 2023) orqali tartibga solinadi. Ushbu qonun internet platformalari va
raqamli xizmatlarni ko‘rsatuvchilarga yoshlarning onlayn xavfsizligini ta’minlash uchun
qat’iy talablar qo‘yadi. Unga ko‘ra, platformalar foydalanuvchilarning, ayniqsa
bolalarning ruhiy va jismoniy salomatligiga xavf tug‘diruvchi yoki xavfli harakatlarga

undovchi kontentni tezkorlik bilan aniqlash va olib tashlash majburiyatiga ega.

“Online Safety Bill” qonunining asosiy jihatlaridan biri –

platformalarni bolalarga

zarar yetkazuvchi axborotni tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik uchun profilaktik choralarni
ko‘rishga majburlashdir. Ofcom (Aloqa xizmatlari regulyatori) ushbu qon

un ijrosi ustidan

nazoratni amalga oshiradi va qonun talablarini buzgan platformalarga qarshi jarima

qo‘llash vakolatiga ega. Qonun platformalarni zararli kontentni bloklash,
foydalanuvchilarni xabardor qilish va kontentni olib tashlashda proaktiv bo‘lishg

a

majbur qiladi.

Shuningdek, Buyuk Britaniyada yoshlarni himoyalash borasidagi amaliy tajribalar,

ayniqsa zararli axborotlardan himoyalash sohasida, jahon tajribasi uchun andozaviy

ahamiyatga ega bo‘lib, bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar va qonunchilik amaliyot

i ham keng

muhokama qilingan. Bu tizim yoshlarning huquqlarini himoya qilish bilan bir qatorda
ota-onalar va jamiyatning zararli kontentga qarshi kurashdagi rolini oshirishga

yo‘naltirilgan.

Buyuk Britaniyada shuningdek, bolalarning zararli axborotlardan himoyalanishini

ta’minlash uchun “Age Appropriate Design Code” (Yoshga mos keluvchi dizayn kodeksi)

ham ishlab chiqilgan. Mazkur kodeks internet xizmatlarini taqdim etuvchi

kompaniyalarni o‘z xizmatlarini yosh foydalanuvchilarning xavfsizligiga mos tarzda

loyihalashtirishga majbur qiladi. Kodeks bolalar va yoshlarning onlayn xavfsizligini

ta'minlash bo'yicha qat’iy standartlarni belgilaydi va internet platformalaridan

bolalarning shaxsiy ma'lumotlarini himoyalash talablarini belgilaydi.

Buyuk Britaniya tajribasi, ayniqsa, onlayn platformalar orqali zararli axborotlarga

qarshi kurashishda davlat va xususiy sektor hamkorligiga asoslangan bo‘lib, ushbu model

boshqa davlatlar uchun ham foydali namuna sifatida qaraladi.

Fransiya

da bolalarni zararli axborotlardan h

imoyalash mexanizmlari ko‘plab

huquqiy normativ hujjatlar orqali amalga oshiriladi. Asosan, zararli axborotlardan

himoya qilish masalalari Jinoyat kodeksi (Code pénal) va Ta’lim kodeksi (Code de
l’éducation) bilan tartibga solinadi.

Fransiya Jinoyat kodeksining 227-24-

moddasiga ko‘ra, bolalarga zararli bo‘lgan

kontentlarni tarqatish, ularning foydalanishi uchun ochiq holda taqdim etish yoki

yoshlarning kirishi mumkin bo‘lgan joylarda ko‘rsatish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ayniqsa, zo‘ravonlik, porno

grafik va inson qadr-qimmatini kamsituvchi kontentlarni

tarqatish qattiq nazorat qilinadi va jazolanadi. Ta’lim kodeksining (Code de l’éducation)

312-15-

moddasida esa, maktablar va ta’lim muassasalariga o‘quvchilarning zararli

axborotlardan himoyalanganlig

i ta’minlash majburiyati yuklangan. Ushbu normativ


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

194

hujjatlar orqali maktablar va boshqa ta’lim muassasalarida zararli axborotlardan himoya

qilish borasidagi choralar aniq belgilangan. Shuningdek, ota-onalar, pedagoglar va davlat

idoralari o‘rtasidagi hamkorlik va mas’uliyat taqsimoti aniq ko‘rsatilgan.

Fransiyada zararli axborotdan himoya qilish siyosati nafaqat davlat organlari, balki

ota-onalar va jamiyat hamkorligida olib boriladi. Ota-onalarning farzandlarining

internetdan foydalanishdagi xavfsizligini

ta’minlashda mas’uliyatlari aniq ko‘rsatilgan va

bu borada ta’lim

-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish orqali ota-onalar ongini oshirish

choralari qo‘llaniladi.

Fransuz ilmiy adabiyotlarida qayd etilishicha, zararli axborotlardan yoshlarni

himoyalash siyos

atida davlat va jamiyatning hamkorlikdagi mas’uliyati muhim

ahamiyatga ega. Shuningdek, yoshlarning onlayn xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan

davlat siyosatida profilaktika va ogohlantirish choralariga katta e’tibor beriladi. Misol

uchun, ta’lim dasturlarida yoshlarning raqamli media vositalaridan foydalanish bo‘yicha

ko‘nikmalari shakllantiriladi, bu orqali zararli kontentlarga qarshi immunitetni

shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Xulosa qilib aytganda, Fransiya qonunchiligi bolalarni zararli axborotlardan

himoyalashda davlat nazorati bilan birga, jamiyatning faol ishtirokini ta’minlovchi

samarali tizimni shakllantirgan.

Yevropa Ittifoqi

(YI) doirasida bolalarni zararli axborotlardan himoyalash

umumiy standartlar va talablar orqali amalga oshiriladi. Ushbu sohada eng muhim

huquqiy hujjatlardan biri 2018-yilda qabul qilingan Audiovizual Media Xizmatlari

Direktivasi (AVMSD, Directive 2018/1808/EU) hisoblanadi. Mazkur direktiva YI

davlatlariga zararli axborot tarqatilishining oldini olish bo‘yicha minimal talab

larni

belgilaydi va davlatlararo hamkorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

AVMSD direktivasiga muvofiq, a’zo davlatlar zararli axborotlarni, ayniqsa

zo‘ravonlik va pornografiyani o‘z ichiga olgan kontentlarni yoshlarning foydalanishi

mumkin bo‘lgan media pla

tformalarida cheklash uchun chora-

tadbirlar ko‘rishi zarur.

Shuningdek, mazkur direktiva televideniye va internet platformalarida yoshlarni zararli

kontentdan himoya qilish bo‘yicha aniq yosh chegaralari qo‘yilishini talab qiladi (AVMSD,

2018, 6a-modda). Direktivaga binoan, media platformalari zararli kontentlarni aniqlash

va olib tashlash, shuningdek yoshlarning ushbu kontentlarga kirishini cheklovchi

samarali vositalarni joriy etishlari zarur. Platformalar foydalanuvchilarga zararli

kontentlar haqida ogohlantirish va ularni ushbu kontentlardan himoya qilish choralarini

taqdim etishga majburdirlar.

Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, AVMSD Yevropa Ittifoqi miqyosida bolalarni

zararli axborotlardan himoyalash bo‘yicha yagona yondashuvni ta’minlash uchun muhim

ahamiyatga ega. Ayniqsa, ushbu direktivaning onlayn xavfsizlikka oid talablarining

amaliy qo‘llanishi yoshlarning internet xavfsizligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Yevropa Ittifoqi doirasida zararli axborotdan yoshlarni himoyalash umumiy

huquqiy

standartlar bilan tartibga solingan bo‘lib, AVMSD direktivasi orqali Yevropa

davlatlari uchun amaliy va samarali huquqiy asos yaratilgan.

Xulosa qilib, yevropa davlatlarining bolalarni zararli axborotlardan himoyalash

borasidagi tajribasi tahlili asosida

quyidagi umumiy tavsiyalar va takliflarni O‘zbekiston

Respublikasi qonunchiligi uchun taqdim etish mumkin:

1.

Bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish uchun aniq va batafsil huquqiy

me'yorlarni ishlab chiqish zarur. Germaniya va Buyuk Britaniya tajribasi asosida yosh

chegaralarini aniq belgilash va zararli axborotlarni tasniflash mexanizmlarini

qonunchilikka kiritish tavsiya qilinadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

195

2.

Yoshlar uchun axborot xavfsizligi sohasida davlat nazoratini kuchaytirish,

ayniqsa, zararli axborotlarni aniqlash

, baholash va cheklash bilan shug‘ullanuvchi maxsus

davlat organi yoki davlat organi tarkibiy bo‘linmasini tashkil qilish maqsadga muvofiq.

3.

Voyaga yetmaganlarning zararli axborotlardan himoyalanganligini ta’minlashda

ota-

onalar va ta’lim muassasalarining mas’uliyatini aniq belgilash, bu borada ularga

yordam beruvchi dastur va loyihalarni amalga oshirish tavsiya qilinadi.

4.

Yevropa Ittifoqining AVMSD direktivasida belgilanganidek, raqamli

mediakontentlarga aniq yosh chegaralarini qo‘yish va ushbu cheklovlarni

nazorat qilish

uchun samarali mexanizmlarni joriy qilish zarur.

5.

Ota-onalar, pedagoglar va jamiyatning zararli kontentlarga qarshi profilaktik

ishlarni olib borishdagi rolini oshirish va bu borada davlat va jamiyat hamkorligini
rivojlantirish.

6.

Profilaktik c

horalarni mustahkamlash uchun maktablar va boshqa ta’lim

muassasalarida internet xavfsizligi bo‘yicha ta’lim dasturlarini keng joriy etish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI:

1.

Федеральный закон РФ «О защите детей от информации, причиняющей

вред их здоровью и развитию» от 29.12.2010 N 436

-

ФЗ.

2.

Youth

Protection

Act

(JuSchG)

//

https://www.gesetze-im-

internet.de/juschg/__5.html

3.

Online Safety Bill // https://www.gov.uk/government/publications/online-

safety-act-explainer/online-safety-act-explainer

4.

Livingstone, S., & Haddon, L. (2009). EU Kids Online: Final Report //

https://www.researchgate.net/publication/313012759_EU_Kids_Online_final_report_2009

5.

Van der Hof, I Agree... Or Do I? A Rights-

Based Analysis of the Law on Children’s

Consent in the Digital World. Wisconsin International Law Journal, 2017. pp.409-445. //
https://wilj.law.wisc.edu/wp-content/uploads/sites/127.

6.

Youth

Protection

Act

(JuSchG)

//

https://www.gesetze-im-

internet.de/juschg/__5.html

7.

Gerarts, K. (2019). Child protection in Germany. Papers of Social Pedagogy,

1(11), 26-40.

8.

Social Code (SGB)

Eighth Book (VIII)

Child and Youth Services

(Article 1 of

the Act of 26 June 1990, Federal Law Gazette I p. 1163).

9.

Pfeiffer,

C.

(2019).

Jugendmedienschutz

im

digitalen

Zeitalter:

Herausforderungen und Perspektiven.

Zeitschrift für Jugendschutz, 64(2), 45

-62.1

10.

Bundesprüfstelle für jugendgefährdende Medien (BPjM). Jahresbericht, 2020

// https://www.bzkj.de.

11.

The Online Safety Act 2023 // https://www.gov.uk/government/publications/

online-safety-act-explainer

12.

Livingstone, Sonia, and Leslie Haddon, editors. Kids Online: Opportunities and

Risks

for

Children.

1st

ed.,

Bristol

University

Press,

2009.

JSTOR,

https://doi.org/10.2307/j.ctt9qgvds. Accessed 8 Mar. 2025.

13.

Information Commissioner's Office, 2020 // https://ico.org.uk/for-

organisations/uk-gdpr

14.

Penal code of France // https://www.equalrightstrust.org/ertdocumentbank/

french_penal_code_33.pdf.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

196

15.

Education code of France // https://www.legifrance.gouv.fr/codes/texte_lc/

LEGITEXT000006071191.

16.

Aurélie Picot. Child Protective Services and Family Cultures: A Comparative

Study of Norway and France. Dissertation for the degree of philosophiae doctor (PhD) //
https://oda.oslomet.no/oda-xmlui/bitstream/handle/10642/3465/A-16-1-Picot-
SAM.pdf.

17.

AVMSD, Directive 2018/1808/EU // https://www.eumonitor.eu/9353000/1/

j9vvik7m1c3gyxp/vktv9ux1kapm.

Библиографические ссылки

Федеральный закон РФ «О защите детей от информации, причиняющей вред их здоровью и развитию» от 29.12.2010 N 436-ФЗ.

Youth Protection Act (JuSchG) // https://www.gesetze-im-internet.de/juschg/__5.html

Livingstone, S., & Haddon, L. (2009). EU Kids Online: Final Report // https://www.researchgate.net/publication/313012759_EU_Kids_Online_final_report_2009

Van der Hof, I Agree... Or Do I? A Rights-Based Analysis of the Law on Children’s Consent in the Digital World. Wisconsin International Law Journal, 2017. pp.409-445. // https://wilj.law.wisc.edu/wp-content/uploads/sites/127.

Youth Protection Act (JuSchG) // https://www.gesetze-im-internet.de/juschg/__5.html

Gerarts, K. (2019). Child protection in Germany. Papers of Social Pedagogy, 1(11), 26-40.

Social Code (SGB) – Eighth Book (VIII) – Child and Youth Services – (Article 1 of the Act of 26 June 1990, Federal Law Gazette I p. 1163).

Pfeiffer, C. (2019). Jugendmedienschutz im digitalen Zeitalter: Herausforderungen und Perspektiven. Zeitschrift für Jugendschutz, 64(2), 45-62.

Bundesprüfstelle für jugendgefährdende Medien (BPjM). Jahresbericht, 2020 // https://www.bzkj.de.

The Online Safety Act 2023 // https://www.gov.uk/government/publications/ online-safety-act-explainer

Livingstone, Sonia, and Leslie Haddon, editors. Kids Online: Opportunities and Risks for Children. 1st ed., Bristol University Press, 2009. JSTOR, https://doi.org/10.2307/j.ctt9qgvds. Accessed 8 Mar. 2025.

Information Commissioner's Office, 2020 // https://ico.org.uk/for-organisations/uk-gdpr

Penal code of France // https://www.equalrightstrust.org/ertdocumentbank/ french_penal_code_33.pdf.

Education code of France // https://www.legifrance.gouv.fr/codes/texte_lc/ LEGITEXT000006071191.

Aurélie Picot. Child Protective Services and Family Cultures: A Comparative Study of Norway and France. Dissertation for the degree of philosophiae doctor (PhD) // https://oda.oslomet.no/oda-xmlui/bitstream/handle/10642/3465/A-16-1-Picot-SAM.pdf.

AVMSD, Directive 2018/1808/EU // https://www.eumonitor.eu/9353000/1/ j9vvik7m1c3gyxp/vktv9ux1kapm.