Mualliflar

  • Nuraliyeva Ozoda Norboyevna
  • Ismoilova Shaxnoza Ilxomovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103254

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: pragmatik moʻljal kontekst pragmatika kommunikatsiya tilshunoslik.

Annotasiya

Annotatsiya:    Mazkur  maqolada  til  —  inson  tafakkuri,  dunyoqarashi  va 
madaniyatining  mahsuli  bo‘lib,  u  jamiyat  hayotining  barcha  jabhalarida,  xususan, 
badiiy adabiyotda alohida o‘rin tutishi haqida so‘z boradi. Har bir xalqning badiiy 
diskursi uning tarixiy, madaniy va ijtimoiy xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘lib,  til  orqali  ifodalanadi.  Ushbu  maqolada  o‘zbek  va  ingliz  badiiy  diskursida 
tilning mohiyati, ifoda uslubi, obraz yaratishdagi roli va badiiy tasvir vositalarining 
o‘rni tahlil qilinadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

99

ISSN:3030-3613

O‘ZBEK VA INGLIZ BADIIY DISKURSIDA TILNING MOHIYATI, IFODA

USLUBI VA OBRAZ YARATISHDAGI ROLI

Nuraliyeva Ozoda Norboyevna

ISFT instituti Samarqand filiali

“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD

Ismoilova Shaxnoza Ilxomovna

ISFT instituti Samarqand filiali magistranti

Annotatsiya:

Mazkur maqolada til — inson tafakkuri, dunyoqarashi va

madaniyatining mahsuli bo‘lib, u jamiyat hayotining barcha jabhalarida, xususan,
badiiy adabiyotda alohida o‘rin tutishi haqida so

z boradi. Har bir xalqning badiiy

diskursi uning tarixiy, madaniy va ijtimoiy xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lib, til orqali ifodalanadi. Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz badiiy diskursida
tilning mohiyati, ifoda uslubi, obraz yaratishdagi roli va badiiy tasvir vositalarining
o‘rni tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

pragmatik moʻljal, kontekst, pragmatika, kommunikatsiya,

tilshunoslik.


Diskurs" atamasi ko‘p qirrali bo‘lib, tilshunoslikda matndan kengroq

tushuniladi. U muayyan ijtimoiy vaziyatda aytilgan yoki yozilgan nutq birligi
hisoblanadi. Badiiy diskurs esa adabiy matnlar orqali ifodalanadigan, muallif va
o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni tashkil etadigan madaniy va estetik hodisadir.

Til badiiy diskursning asosiy vositasidir [1]. U nafaqat axborot yetkazish, balki

estetik, emotsional va obrazli ma’no yuklash vositasi sifatida ham xizmat qiladi.
Demak, til — badiiy adabiyotning nafaqat tashuvchi, balki yaratuvchi kuchidir. Aytish
joizki, pragmalingvistika tilshunoslik sohalari orasida muhim o‘rin egallaganligiga
qaramasdan, hozirgacha uning maqomi va vazifalari haqida biron – bir yakdillikka
erishish qiyin kechmoqda. Jumladan, nutqiy aktlar nazariyotchilari pragmatika
tushunchasining qo‘llanish me’yoriga aniq izoh berish qiyin deb hisoblaydilar.
Olimlarning fikricha, pragmatika nutqiy tuzilmalarning ma’lum vaziyatlarda qanday
ma’no ifolashini o‘rganadi. Ingliz olimi pragmatikaning o‘rganish obyekti lisoniy
shakllar va ulardan foydalanuvchi shaxslar munosabati ekanligini qayd etadi [2].
Bizningcha, pragmatikaning tadqiq obyektini belgilashda tildan foydalanishdan
tashqari, uni tushunish masalasiga ham e’tibor berish muhimdir. Zero, so‘zlovchi
(muallif) nazarda tutayotgan mazmun tinglovchiga aniq etib borgan taqdirdagina
muloqot maqsadi amalga oshishi ta’minlanadi. O‘zbek adabiyotida til qadimdan
obrazlilik, poetik musiqiylik va xalqona rang-baranglik bilan ajralib turgan. Alisher
Navoiy, Abdulla Qodiriy, Oybek, O‘tkir Hoshimov singari yozuvchilar o‘z asarlarida


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

100

ISSN:3030-3613

tilni nafaqat aloqa vositasi, balki milliy ong, tarixiy xotira va ruhiyat ifodasi sifatida
qo‘llaganlar [3]. Navoiy g‘azallarida til orqali yaratilgan obrazlar, ramziy ifodalar va
metaforalar orqali ma’naviy olam tasvirlanadi. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning
ishlari” asarida esa hayotiy, xalqona tilda inson qalbining nozik kechinmalari aks
etgan. O‘zbek badiiy diskursining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu — tilning ko‘p
qavatli semantik strukturasidir: tashqi (yuzaki) ma’no, ramziy ma’no va ruhiy-
emotsional qatlam. Pragmalingvistik tadqiq obyekti haqida so‘z borayotganida ushbu
yo‘nalishni umumiy tilshunoslikning ma’lum bir sohasi sifatida qarash kerakmi yoki
uning ko‘pqirrali tahlil olib boruvchi amaliy tilshunoslik doirasida qoldirish ma’qulmi,
degan savolning tug‘ilishi tabiiy. Fikrimizcha pragmalingvistikaning turli jihatlarini bir
– biridan keskin ajratib qarash muammo tug‘diradi [4]. Shuning uchun
J.Vershurenning “Understanding Pragmatics” asarida bildirilgan nuqtai nazar istiqbolli
tuyuladi. Olim pragmatikani “lisoniy hodisalarni ularning turli nutqiy xatti – harakat
shakllarida qo‘llanishining kognitiv, ijtimoiy va madaniy xususiyatlarini” o‘rganish
maqsadini ko‘zlovchi fan sifatida baholaydi [5].

Tilshunoslik an’anaga binoan fonetika, fonologiya, morfologiya, sintaksis,

semantika kabi qismlarga ajraladi. Ammo pragmatikani ushbu qismlar bilan bir qatorda
qo‘yib bo‘lmaydi. “Pragmatika fonolog, morfolog, sintaksist, ma’noshunos,
psixolingvist va sotsiolingvistlar o‘rganib kelayotgan hodisalarga boshqacha nazar
tashlashdir”.

Har qanday sathga tegishli lisoniy hodisani uning qo‘llanishi nuqtai nazaridan

o‘rganish mumkin, demak, pragmatik mazmun barcha sathlarda ifoda topadi. Hatto,
fonetik sathda ham so‘zlovchilar tovushlarni turlicha talaffuz qilishadi [6]. Ushbu
talaffuz me’yorlarini kuzatish asosida so‘zlovchining qaysi ijtimoiy guruhga oidligini
aniqlash imkoni bor. Morfemalar, so‘zlarning qo‘llanishi ham pragmatik mo‘ljalga ega
va shunga nisbatan ular turlicha ma’no anglatadi. Biroq an’anaviy pragmatik tahlil
yo‘nalishida til birliklari qo‘llanishining kontekstual asoslarini izchil va obyektiv
ravishda yoritishning imkoniyati chegaralangan. Sintaksis sathida yagona bir hodisani
turli sintaktik shakllar vositasida ifodalash imkoniyati mavjud.

Tilshunoslikda pragmatika insonlar o’rtasidagi muloqot jarayonini kontekst

asosida tushunishga imkon beruvchi muhum sohadir. Pragmatik mo’ljal esa nutq
egasining maqsadini anglatadi.Bu maqsad faqat lingvistik birliklar orqali emas, balki
ularni qanday konteksda qo’llanayotganiga qarab aniqlanadi [7]. Pragmatik mo’ljal
deganda, gapiruvchining ma’lum bir bayon orqali erishmoqchi bo’lgan maqsadi
tushuniladi.

Kontekst- bu til birliklarining qanday sharoitda ishlatilayotganini bildiradi.

Lingvistik kontekst- so’zlar yoki iboralarning atrofidagi til materiallari;
Ekstralingvistik kontekst- muloqot ishtirokchilari, joy, vaqt, ijtimoiy vaziyatdir [8].


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

101

ISSN:3030-3613

Pragmatik mo’ljalni to’g’ri tushunish uchun kontekst muhim rol o’ynaydi.

Gapiruvchi va tinglovchi orasidagi kontekstga oid umumiy kommunikatsiyaning
to’g’ri yo’nalishini ta’minlaydi. Masalan, kinoyaviy, istehzoli yoki metaforik nutq
faqat kontekst asosida asosida anglash mumkin. Pragmatik mo’ljal va kontekst
o’rtasidagi bog’liqlik muloqot samaradorligining asosi hisoblanadi. Kontekst
bo’lmasa, gapiruvchining aslniyatini tushunish qiyinlashadi.Shunday ekan,
tilshonoslikda ushbu ikki tushuncha o’zaro chambarchas bog’liq va birgalikda
o’rganishi zarur [10]. Pragmatika sohasining asoschisi Charlz Morris sintaksis,
semantika va pragmatikani alohida sohalarga ajratayotib, asosiy uchta tushunchaga
asoslangan edi: a) lisoniy belgi; b) belgi ifodalaydigan voqelikdagi narsa – hodisa; v)
belgidan foydalanuvchi va uni izohlovchi shaxs. Olimning ta’biricha, sintaksis
doirasida lisoniy belgilarning o‘zaro munosabati o‘rganilsa, semantikada e’tibor
belgilar va ular vositasida nomlanayotgan obyektlar munosabatiga qaratiladi, nihoyat,
pragmatikaning o‘rganish obyekti belgilar va ulardan foydalanuvchilar munosabatidan
iboratdir [9]. Ch.Morris, shuningdek, pragmatik qoidalar lisoniy tuzilmalarni to‘g‘ri
anglash uchun shart – sharoit tug‘dirishini ham eslatib o‘tadi. o‘zbek pragmalingvisti
Sh.Safarov uqtirib o‘tganidek, “Muloqot maqsadi oddiygina axborot almashinish bilan
chegaralanib qolmaydi, axborot uzatishdan hamkorga ta’sir o‘tkazish, uni biror narsaga
ishontirish, bo‘ysundirish, harakatga undash maqsadi ko‘zlanadi [11]. Bundan
tashqari, semiotiklarning o‘zlari e’tirof etganidek, aloqa vositasi bo‘lmish belgilar
so‘zlovchi tomonidan o‘z maylini, birovni yoki biron narsani yoqtirishini, noroziligini,
hayratini va boshqa ruhiy tuyg‘ularini izhor etish uchun ham qo‘llanishini ham bilamiz.
Lisoniy muloqotning xuddi shu jihatlari e’tiborga olingandagina semiotik tizimning
qismlari o‘zaro dinamik, harakatchan munosabatda bo‘lishini tasavvur qilish
mumkin”. Pragmatik tahlilning muloqot ishtirokchisining mazmunni tushunish
faoliyatini ham qamrab olishini va umuman ushbu sohaning ko‘pqamrovli ekanligi
ko‘p marotaba ta’kidlangan haqiqatdir. Pragmatik mo’ljal va kontekest o’rtasidagi
bog’liqlik muloqot samaradorligini asosi hisoblanadi. Kontekst bo’lmasa,
gapiruvchining asl niyatini tushunish qiyinlashadi. Shunday ekan, tilshunoslikda ushbu
ikki tushuncha o’zaro chambarchas bog’liqdir. Xulosa qilib aytganda, til har ikkala
badiiy diskursda ham markaziy rol o‘ynaydi. O‘zbek adabiyotida til orqali milliy g‘oya
va qadriyatlar aks ettirilsa, ingliz adabiyotida u ko‘proq individual ong va ichki
kechinmalarni ifoda etadi. Til — bu shunchaki aloqa vositasi emas, balki adabiy
tafakkur va madaniyat ko‘zgusidir. Har bir xalq o‘z tili orqali o‘zligini anglaydi,
qadriyatlarini ifodalaydi va boshqalar bilan muloqotga kirishadi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

Hakimov M. Pragmalingvistik tadqiqotlar tarixi. – Farg‘ona, 2020. – 148 b.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

102

ISSN:3030-3613

2.

Сафаров Ш. Прагмалингвистика. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси,
2008. – 300 б.

3.

Маслова А.Ю. Введение в прагмалингвистику. – М.: Наука, 2010. – 152 c.

4.

Матвеева Г.Г., Ленец А.В., Петрова Е.И. Основы прагмалингвистики:
Монография. – М.: Флинта, 2014. – 230 с.

5.

Levinson S. Pragmatics. – Cambridge: Cambridge University Press, 1983. – 420 p.

6.

Nafisa, K., & Kamola, A. (2024). The Problem Of Teaching Students Lexical And
Phraseological Features In Translation Studies Of Phrasal Verbs In English And
Uzbek Languages. Eurasian Journal Of Academic Research, 4(10), 39-42.

7.

Nafisa, K., & Matluba, D. (2023). Psychological And Pedagogical Aspects Of
Research Into The Problem Of Bilingual Foreign Language Teaching. Conferencea,
31-34.

8.

Tasheva, D. S., & Kubaeva, N. A. (2022). Modern educational technologies in the
aspect of a student-centered approach in teaching foreign languages. Eurasian
Journal of Learning and Academic Teaching, 12, 35.

9.

Tasheva Dilorom, Djanzakova Matluba. The role of literary text in teaching the
Russian language. International Multidisciplinary Conference. Manchester,
England. 25th December 2023. -p.19. https://conferencea.org

10.

Tasheva, D. (2022). Methods Of Using Didactic Materials To Enhance Activities
In The Russian Language Lessons. Ta'lim Va Rivojlanish Tahlili Onlayn Ilmiy
Jurnali, 2(1), 325-328.

11.

Tasheva D.S., Kubaeva N.A. Modern educational technologies in the aspect of a
student-centered approach in teaching foreign languages. Eurasian Journal of
Learning

and

Academic

Teaching.

Volume

12|,

2022.

-p.35.

www.geniusjournals.org






Bibliografik manbalar

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Hakimov M. Pragmalingvistik tadqiqotlar tarixi. – Farg‘ona, 2020. – 148 b.

Сафаров Ш. Прагмалингвистика. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси,

– 300 б.

Маслова А.Ю. Введение в прагмалингвистику. – М.: Наука, 2010. – 152 c.

Матвеева Г.Г., Ленец А.В., Петрова Е.И. Основы прагмалингвистики:

Монография. – М.: Флинта, 2014. – 230 с.

Levinson S. Pragmatics. – Cambridge: Cambridge University Press, 1983. – 420 p.

Nafisa, K., & Kamola, A. (2024). The Problem Of Teaching Students Lexical And

Phraseological Features In Translation Studies Of Phrasal Verbs In English And

Uzbek Languages. Eurasian Journal Of Academic Research, 4(10), 39-42.

Nafisa, K., & Matluba, D. (2023). Psychological And Pedagogical Aspects Of

Research Into The Problem Of Bilingual Foreign Language Teaching. Conferencea,

-34.

Tasheva, D. S., & Kubaeva, N. A. (2022). Modern educational technologies in the

aspect of a student-centered approach in teaching foreign languages. Eurasian

Journal of Learning and Academic Teaching, 12, 35.

Tasheva Dilorom, Djanzakova Matluba. The role of literary text in teaching the

Russian language. International Multidisciplinary Conference. Manchester,

England. 25th December 2023. -p.19. https://conferencea.org

Tasheva, D. (2022). Methods Of Using Didactic Materials To Enhance Activities

In The Russian Language Lessons. Ta'lim Va Rivojlanish Tahlili Onlayn Ilmiy

Jurnali, 2(1), 325-328.

Tasheva D.S., Kubaeva N.A. Modern educational technologies in the aspect of a

student-centered approach in teaching foreign languages. Eurasian Journal of

Learning and Academic Teaching. Volume 12|, 2022. -p.35.

www.geniusjournals.org