Jild 63 № 2 (2025)
Maqolalar
KIBERXAVFSIZLIK VA SHAXSIY MA'LUMOTLARNI HIMOYA QILISH
Kirish
Sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivojlanishi bilan birga,
foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish va kiberxavfsizlik
masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan
ChatGPT platformasi ham bu borada o'z foydalanuvchilarining ma'lumotlarini himoya
qilishga alohida e'tibor qaratmoqda. Ushbu maqolada ChatGPT ning kiberxavfsizlik va
shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar
ko'rib chiqiladi.
SANOAT VA AVTOMATLASHTIRISH SOHASIDA TRIGGERLARNING QO‘LLANILISHI VA AHAMIYATI.
Anontatsiya:Ushbu maqolada sanoat va avtomatlashtirish sohasida triggerlar
(qo‘zg‘atuvchi mexanizmlar)ning tutgan o‘rni va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi.
Triggerlarning ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishdagi roli, ularning
texnologik boshqaruvdagi samaradorligi va xavfsizlik tizimlaridagi funksional
imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, triggerlar yordamida inson aralashuvini
kamaytirish, ishlab chiqarish sifatini oshirish va resurslardan oqilona foydalanish kabi
jihatlar ko‘rib chiqilgan.
PYTHON VA ARDUINO DASTURLASH TILI YORDAMIDA SUN`IY ROBOT QO`L YARATISH TEXNOLOGIYASI
Annotatsiya: Python va Arduino dasturlash tillari haqida ma`lumotlar, ularning
tarixi, afzallik va kamchiliklari haqida ko`rib chiqiladi. Ishlab chiqilgan sun`iy qo`lni
afzalliklari va qanday maqsadda ishlatilishi haqida ma`lumotlar beriladi.
PSIXOLOGIYA SOHASIDA EMOTSIONAL HOLATLARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Annotatsiya: O’smirlarda xayol kuchli ravishda o’sadi. Hislaming o’zi
xayolning o’sishiga yordam beradi va xayolning o’zi ham xilma-xil chuqur emotsional
kechinmalarning manbai bo’lib qoladi. Kelajak to’g’risidagi orzular, qahramonlik,
romantika shularing hammasi emotsional kechinmalarning manbaidir.
KIMATIKA: TO'LQINLARNING GO'ZALLIGI VA OLAM SIRLARI
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola kimatika fanini chuqur o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, uning
asosiy tamoyillari, tarixi, qo'llanilish sohalari va kelajakdagi istiqbollari keng
yoritilgan. Kimatika to'lqinlar va tebranishlarning moddiy muhitda hosil qiladigan
vizual namoyonlarini o'rganadi. Maqolada kimatikaning san'at, arxitektura, tibbiyot
va texnologiya kabi turli sohalardagi ahamiyati misollar bilan ko'rsatilgan.
Shuningdek, kimatikaning olam sirlarini ochishdagi roli va uning ilmiy
tadqiqotlardagi o'rni muhokama qilinadi. Maqola davomida O'zbekistonda ilm-fan va
ta'limni rivojlantirishga qaratilgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning fikrlari ham
keltirilgan.
БЮДЖЕТ ТАШКИЛОТЛАРИДА ХАРАЖАТЛАР СМЕТАСИ ВА УНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ.
Аннотация. Ўзбекистон Республикаси Бюджет тизимида амалга
оширилаётган кенг миқёсдаги ислоҳотлар авваламбор бюджет ташкилотларнинг
фаолиятини такомиллаштиришга қаратилган. Бунда бюджет ташкилотлари
харажатлар сметалари ва штат жадвалларини тузиш, тасдиқлаш ва уларни
рўйхатдан ўтказиш ва смета ижроси борасида якуний ҳисоботларни тайёрлаш ва
тақдим этиш масалалари бир-бири билан боғлиқ, тизимли жараён бўлиб, уларни
мунтазам такомиллаштириб бориш долзарб масалалардан биридир.
DEHQON XOʻJALIKLARINI MOLIYAVIY QOʻLLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya. Maqolada qadimdan qishloq xoʻjaligi rivojlangan maskan
hisoblangan mamlakatimizning bugungi saloxiyati va rivojlantirish yoʻnalishlari
keltirilgan. Shunday yekan, qishloq xoʻjaligida mahsulot ishlab chiqarish jarayonining
mavsumiy xarakterga ega yekanligi, er resurslarining unumdorlik darajasini saqlab
turish ushbu sohani doimiy ravishda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash zarurligini keltirib
chiqaradi. Jahon er fondi bugungi kunda 13,4 mlrd.gektarni tashkil qiladi, uning atigi
1,5 mlrd.gektari, yaʼni 11 foiz qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun iqtisodiy
jihatdan qulay hisoblanadi.
DAVLAT MAQSADLI JAMGʻARMALARI MABLAGʻLARI IJROSI VA UNING NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya. Maqolada tashabbusli byudjet mablagʻlarining sarflanishini
nazorati va tahlili, byudjet tizimida yillar davomida oʻz yechimini topmayotgan
muammolarni yoritib berish hamda bartaraf etish yuzasidan fikrlar bayon etilgan.
Tashabbusli byudjet jamgʻarmasining shakllanishida asosiy manbai, har chorakda
mahalliy byudjetlarimizda byudjet daromadlarining belgilangan rejadan orttirib
bajarilgan qismidan kamida 30 foiz ajratilishi esa fuqarolarimizni byudjet siyosatiga,
soliq siyosatiga befarq boʻlmasligiga undab, jamoat nazoratini kuchaytirish boʻyicha
xulosalar keltirilgan.
O‘ZBEK VA INGLIZ BADIIY DISKURSIDA TILNING MOHIYATI, IFODA USLUBI VA OBRAZ YARATISHDAGI ROLI
Annotatsiya: Mazkur maqolada til — inson tafakkuri, dunyoqarashi va
madaniyatining mahsuli bo‘lib, u jamiyat hayotining barcha jabhalarida, xususan,
badiiy adabiyotda alohida o‘rin tutishi haqida so‘z boradi. Har bir xalqning badiiy
diskursi uning tarixiy, madaniy va ijtimoiy xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lib, til orqali ifodalanadi. Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz badiiy diskursida
tilning mohiyati, ifoda uslubi, obraz yaratishdagi roli va badiiy tasvir vositalarining
o‘rni tahlil qilinadi.
ADO-NET TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA HISOBOTLAR VA FORMALARNI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqola ADO.NET texnologiyasidan foydalangan holda
hisobotlar va formalarni shakllantirish jarayonini o’rganadi. ADO.NET - .NET
Frameworkning ma’lumotlar bazalari bilan ishlash uchun mo’ljallangan qismi bo’lib,
hisobotlar va formalarni yaratishda muhim rol o’ynaydi. Maqola ADO.NET
arxitekturasining asosiy komponentlarini, hisobotlarni yaratish usullarini (DataSet va
DataGridView, Reporting Services, boshqa hisobot yaratish vositalari) va formalarni
shakllantirishda ADO.NETning o’rnini (Data Binding, Parameterized Queries,
Transaction Management) ko’rib chiqadi. Maqolada ma’lumotlar bazasidan
ma’lumotlarni olish va DataGridViewga bog’lash bo’yicha amaliy kod misoli ham
keltirilgan.
BERILGANLAR BAZASIDA AXBOROT ALMASHISH SXEMASI
Annotatsiya: Ushbu maqolada berilganlar bazasida axborot almashish sxemasi
(Data Exchange Schema) tushunchasi, uning mohiyati, tuzilishi va amaliy qo‘llanilishi
yoritilgan. Maqolada axborot almashish jarayonining asosiy bosqichlari, shu jumladan
ma'lumotlarni kodlash, dekodlash va moslashtirish jarayonlari batafsil tahlil qilingan.
Shuningdek, turli tizimlar o‘rtasida axborot almashish uchun zarur bo‘lgan sxemalar
va ularning formatlari, masalan, XML, JSON, CSV kabi ma'lumotlar almashish
formatlari ko‘rib chiqilgan. Maqola, axborot tizimlari o‘rtasida samarali va xavfsiz
axborot almashish uchun zarur bo‘lgan nazariy asoslarni va amaliy yondashuvlarni
taqdim etadi.
BLOKLASH SHAKLLARI VA MEXANIZMLARINING BANK TIZIMLARIDA QO‘LLANILISHI
Annotatsiya: Maqola bank tizimlarida bloklash mexanizmlarining
qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. Umumiy, eksklyuziv bloklash va 2PL prinsiplari tahlil
qilinadi. Pul o‘tkazmalari va hisob balansini sinxronlashtirish misollari orqali bloklash
ahamiyati ko‘rsatiladi. Deadlock holatlari va ularni bartaraf etish usullari yoritiladi.
Microsoft SQL Server’da bloklash qisqacha ko‘rib chiqiladi. Maqola mutaxassislar va
talabalar uchun foydali manba hisoblanadi.
KRIPTOVALYUTA BOZORI RIVOJLANISHI
Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy raqamli iqtisodiyotning muhim
yo‘nalishlaridan biri hisoblangan kriptovalyuta bozori rivojlanishining asosiy
bosqichlari, omillari va tendensiyalari yoritilgan. Bozor ishtirokchilarining roli,
regulyator siyosat, texnologik innovatsiyalar, hamda kriptovalyutalarning xalqaro
moliyaviy tizimga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida kriptovalyuta
bozori ishtirokchilariga strategik tavsiyalar berilgan.
DARSLARNI SAMARALI TASHKIL QILISHDA TURLI INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Annotatsiya:Ushbu maqola darslarni samarali tashkil qilishda turli interfaol
o'yinlardan foydalanish, darslarni sifati va o’quvchilarni bilim saviyasini oshirishda
interfaol ta’lim metodlarini ahamiyati va dars jarayonida interfaol metodlardan
foydalanish haqida ma'lumotlar berilgan hamda hozirgi paytda ta'lim jarayonida
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni foydalanishni afzalliklari va muhim ahamiyati
haqida to'xtalib o'tilgan.
PARABOLIK TENGLAMALAR UCHUN AYRIMALI SXEMALAR
Annonatsiya. Ushbu maqolada parabolik turdagi differensial tenglamalarning
sonli yechimlarini topishda qo'llaniladigan ayrimali usullar va ularning nazariy
asoslari, amaliy dasturiy realizatsiyasi yoritilgan. Ayrimali sxemalar yordamida
issiqlik o'tkazuvchanlik masalasini yechish algoritmi bosqichma-bosqich tahlil
qilinadi. C# dasturlash tilida yechimni kompyuterda modellashtirish imkoniyatlari ham
ko‘rib chiqiladi. Maqola fizika-matematikaviy jarayonlarning sonli
modellashtirilishiga qiziquvchilar uchun foydali bo‘ladi.
ANIQ INTEGRAL TATBIQLARI
Annotatsiya
Ushbu mavzuda aniq integralning amaliy tatbiqlari o‘rganiladi. Xususan, sirt
maydonini, jismlar hajmini hisoblash, fizik kattaliklar — masalan, ish, massa markazi,
statik moment kabi tushunchalarni integral orqali ifodalash usullari ko‘rib chiqiladi.
Aniq integral matematik modellashtirishda, texnika, fizika va iqtisodiyot kabi fanlarda
keng qo‘llaniladi. Mavzu doirasida o‘quvchilar real hayotdagi masalalarni matematik
shaklga keltirib, integral orqali yechishni o‘rganamassa markazi,dilar. Bu esa nafaqat
nazariy bilimlarni chuqurlashtiradi, balki ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini
ham rivojlantiradi.
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI EKOSISTEMASINI QURISH:APPARAT TA’MINOTI VA TIZIM ARRXITEKTURASI
Annotatsiya: Ushbu ish zamonaviy axborot texnologiyalari (AT)
ekosistemasini qurishning muhim jihatlarini o’rganadi. Unda apparat ta’minotining
ekosistemadagi o’rni, uning samarali ishlashini ta'minlashdagi roli va turli
komponentlar o’rtasidagi integratsiya masalalari ko’rib chiqiladi. Maqolada,
shuningdek, AT ekosistemasining arxitekturasini loyihalashning asosiy tamoyillari,
uning moslashuvchanligi, kengayish imkoniyatlari va optimal ishlashini ta’minlash
yo’llari tahlil qilinadi. Tizimning doimiy monitoringi, resurslarni boshqarish va yuzaga
kelishi mumkin bo’lgan muammolarni bartaraf etish mexanizmlari ham muhim
ahamiyatga ega. Muvaffaqiyatli qurilgan AT ekosistemasi tashkilotning raqamli
transformatsiyasini tezlashtiradi va uning umumiy samaradorligini oshiradi.
AXBOROT –BIT TUSHUNCHASI HAQIDA
Annotatsiya. Ushbu ilmiy ishda zamonaviy raqamli texnologiyalarning asosi
bo‘lgan “axborot” tushunchasi va uning o‘lchov birligi — bit haqida batafsil ma’lumot
berilgan. Axborot — bu tashqi dunyo haqida odamlar yoki texnik tizimlar tomonidan
qabul qilinadigan, saqlanadigan va uzatiladigan ma’lumotdir. Bit esa bu axborotning
eng kichik birligi bo‘lib, faqat ikkita holatdan birini — 0 yoki 1 ni ifodalashi mumkin.
Ish davomida axborotni o‘lchash, kodlash va uzatish tamoyillari ko‘rib chiqilgan,
shuningdek, bit va bayt o‘rtasidagi bog‘liqlik, ularning amaliy dastur va kompyuter
tizimlaridagi o‘rni yoritilgan. Mavzu informatika, axborot texnologiyalari va raqamli
kommunikatsiyalar asoslarini o‘rganayotgan o‘quvchilar va talabalar uchun nazariy
hamda amaliy ahamiyatga egadir.
SATIRA VA HAQIQAT: ABDULLA QAHHOR IJODIDA JAMIYAT TANQIDI
Аnnоtаtsiyа: Mazkur tezisda Abdulla Qahhor ijodidagi satira janrining
jamiyatdagi illatlarni fosh etishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Adib asarlarida ko‘tarilgan
muammolar, ayniqsa, byurokratiya, johillik, riyokorlik kabi illatlar qanday satirik
vositalar orqali ochib berilgani yoritiladi. Qahhor satirasining zamonaviy jamiyat
uchun ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi.
EKOLOGIK BARQARORLIK: TA’RIFI VA AHAMIYATI
Anatatsiya
Ekologik barqarorlik atrof-muhit salomatligini inson ehtiyojlari bilan
muvozanatlashni maqsad qilgan tashkilotlar uchun muhim yo'nalishga aylandi.
Uglerod izlarini kamaytirish va suv resurslarini tejashdan tortib materiallarni qayta
ishlash va tabiatni muhofaza qilish loyihalarida ishtirok etishgacha, bu tashkilotlar
haqiqiy ekologik barqarorlik uchun zarur bo'lgan ko'p qirrali yondashuvni namoyish
etadi.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA OVQAT HAZM QILISH A’ZOLARIDA UCHRAYDIGAN KASALLIKLAR VA ULARNI OLDINI OLISH USULLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan ovqat hazm
qilish a’zolariga oid kasalliklar va ularning sabablari, kechishi hamda profilaktika
choralari tahlil qilinadi. Bola salomatligini saqlashda to‘g‘ri ovqatlanish, gigiyena
qoidalariga amal qilish va erta tashxis qo‘yishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi.
HARAKATLI O’YINLARNING MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR ASAB TIZIMI FIZIOLOGIYASI RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada harakatli o‘yinlarning maktabgacha yoshdagi bolalar asab
tizimiga ko‘rsatadigan fiziologik ta’siri yoritiladi. Harakatli o‘yinlar bolalarning
psixomotor rivojlanishi, harakat koordinatsiyasi, reflekslari va markaziy asab tizimi
faoliyatining takomillashuviga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asosda tahlil
qilinadi.
ELEKTR TARMOG'INI RAQAMLASHTIRISH: SMART GRID TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING ENERGIYA TA'MINOTI TIZIMLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI ROLI.
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola elektr tarmoqlarini raqamlashtirish jarayonida smart grid (aqlli
tarmoq) texnologiyalarining ahamiyati va ularning energiya ta’minoti tizimlarining
samaradorligini oshirishdagi rolini o‘rganishga bag‘ishlangan. Rivojlanayotgan
energetika sektorida zamonaviy texnologiyalar, xususan, smart grid tizimlari energiya
ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonlarini optimallashtirish orqali elektr
energiyasi isrofgarchiligini kamaytirish, uzluksiz ta’minotni ta’minlash hamda
iste’molchilar bilan ikki tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Maqolada smart grid texnologiyalarining asosiy komponentlari – aqlli hisoblagichlar,
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, ma’lumotlarni real vaqt rejimida yig‘ish va
tahlil qilish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, raqamlashtirishning elektr
energiyasi samaradorligi, ekologik xavfsizlik, uzilishlarga chidamlilik va iqtisodiy
tejamkorlik kabi jihatlardagi ijobiy ta’siri tahlil qilinadi. Muallif, shuningdek,
O‘zbekistonda ushbu texnologiyalarni joriy etish istiqbollari, mavjud infratuzilmaning
tayyorligi hamda duch kelinayotgan muammolar haqida ham fikr bildiradi. Yakuniy
xulosalarda esa smart grid tizimlarini keng joriy etish orqali barqaror, ishonchli va
innovatsion energiya tizimini shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola,
energetika sohasi mutaxassislari, siyosatshunoslar va texnologik yechimlar izlovchilari
uchun foydali ilmiy-amaliy manba sifatida xizmat qilishi mumkin.
TARBIYASI OGʻIR BOLALARNING RUHIY HOLATLARINI OʻRGANISH
Annotatsiya: Maqolada «qiyin» o‘smirlarning xususiyatlari, ularning
psixologik holati, ijtimoiy munosabatlari va tarbiyaviy yondashuvlar haqida tahlil
qilinadi. Maxsus e’tibor berilishi kerak bo‘lgan masalalar orasida o‘smirlarning
ishonchni yo‘qotishi, ota-onalar va pedagoglar bilan muloqotdagi muammolar va
ijtimoiy adaptatsiya jarayonlari keltiriladi. Ushbu tadqiqot natijalari tarbiya jarayonini
samarali tashkil etishda yordam berishi mumkin.
PSIXOLOGIYA SOHASIDA EMOTSIONAL HOLATLARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Annotatsiya: O’smirlarda xayol kuchli ravishda o’sadi. Hislaming o’zi
xayolning o’sishiga yordam beradi va xayolning o’zi ham xilma-xil chuqur emotsional
kechinmalarning manbai bo’lib qoladi. Kelajak to’g’risidagi orzular, qahramonlik,
romantika shularing hammasi emotsional kechinmalarning manbaidir.
BOSHLANGʻICH SINF FANLARI NING TABIIY FANLAR BILAN OʻZARO INTEGRATSIYASI.
Annotatsiya
Maqolada boshlangʻich sinf dasturidagi fanlarni oʻzaro integratsiya qilib
oʻrgatish, fanlarni oson va qiziqarli tarzda oʻtish, rivojlangan davlatlar tajribasidan
foydalangan holda taʼlim jarayonini tashkillashtirish boʻyicha tushunchalar berilgan.
SHAHAR MUHITIDA HAVO SIFATINING YOMONLASHUVIGA OLIB KELUVCHI OMILLAR VA ULARNING EKOLOGIK TA’SIRI
Ushbu tezisda shahar muhitida havo sifatining yomonlashuviga olib keluvchi
asosiy omillar tahlil qilinadi va Toshkent shahri misolida ushbu muammoning kelib
chiqish sabablari, ekologik oqibatlari hamda uni yumshatish strategiyalari ko‘rib
chiqiladi. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar, jadvallar va diagrammalardan
foydalanilgan bo‘lib, havo ifloslanishining inson salomatligi va ekotizimlarga ta’siri
ilmiy asosda baholanadi.
СОЦИАЛЬНЫЕ ИДЕИ И НАРОДНИЧЕСКИЙ ПАФОС В РАННЕМ ТВОРЧЕСТВЕ М. ГОРЬКОГО
Аннотация: Статья посвящена анализу социальных идей и
народнического пафоса в раннем творчестве Максима Горького.
Рассматриваются ключевые произведения писателя конца XIX — начала XX
века, в которых проявляется его внимание к положению простого народа, его
страданиям, стремлениям и борьбе за достойную жизнь. Автор статьи
акцентирует внимание на влиянии народнической идеологии на формирование
мировоззрения Горького, а также на то, как элементы этой идеологии
воплощаются в художественной системе его произведений. Особое внимание
уделено образу «сильной личности» и мотивам бунта как формам выражения
социальной протестности. В заключение подчеркивается значимость раннего
этапа творчества Горького для понимания его последующего литературного и
общественного пути.
SHAXSDAGI ASABIYLIK,STRESS VA AGRESSIV XATTI- HARAKATLARNI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada shaxsdagi asabiylik va agressiya haqida fikrlar
bayon etilgan.
NIKOHDAGI MUVOFIQLIK: ISLOMIY VA ZAMONAVIY QARASHLAR
Anotatsiya: Ushbu maqolada nikohning Islomdagi ahamiyati, uning ibodat
maqomida ko‘rilishi va jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ayniqsa, nikohda kafoat
(tenglik) tushunchasi keng yoritilib, uning diniy, axloqiy, moliyaviy va ijtimoiy
jihatlari izohlanadi. Fiqhiy manbalarga asoslanib, hanifiy ulamolar fikrlari bilan kafoat
mezonlari asoslab beriladi. Shuningdek, zamonaviy sharoitda kafoat mezonlarini qayta
baholash zarurati, ta’lim, ruhiy barqarorlik, oilaviy qadriyatlar bilan uyg‘unlik
masalalari ko‘tariladi. Nikohda kafoat oila barqarorligining asosiy omili sifatida talqin
qilinadi.
MAVZU: MARKAZIY ASAB SISTEMASIGA TA’SIR QILUVCHI DORI VOSITALARI
Asab tizimi inson tanasida muhim rol o'ynaydi, u barcha hayotiy jarayonlarning
koordinatori hisoblanadi. Uning yordamida biz atrofimizdagi dunyoni idrok eta olamiz,
ma'lumotlarni tahlil qilamiz va unga munosabat bildiramiz. Shuningdek, u his-
tuyg'ularni, xotirani va ongni shakllantirishda ishtirok etadi. Asab tizimidagi har
qanday nosozliklar qayg'uli oqibatlarga olib keladi. Uni tiklash uchun mutaxassislar
mustahkamlash uchun zamonaviy dorilarni taklif qilishadi. Biz ushbu maqolada ular
haqida gaplashamiz.
ENGLISH-SPEAKING COUNTRIES AND THEIR GLOBAL INFLUENCE
Abstract
This article examines the multifaceted influence of English-speaking countries in
the global arena. Focusing on historical roots, economic dominance, political power,
cultural impact, and the spread of English as a global language, it provides a
comprehensive overview of how nations such as the United States, United Kingdom,
Canada, Australia, New Zealand, and Ireland shape global developments. The paper
also explores challenges related to linguistic imperialism and the need to balance global
communication with cultural and linguistic diversity.
THEME: COMPARATIVE ANALYSIS OF THE POLITICAL SYSTEMS OF THE UNITED KINGDOM AND UZBEKISTAN
Abstract
This article analyzes the political systems of the United Kingdom and the
Republic of Uzbekistan from both historical and functional perspectives. It compares
the structures of government, legislative institutions, electoral systems, and political
parties in both countries. The study highlights the similarities and distinctive features
of each system and provides useful insights for students, researchers, and political
analysts.
O'QUVCHILAR PSIXIKASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Annotatsiya: O'quvchilar psixologiyasi - ta'lim jarayonida bolalar va
o'smirlarning rivojlanish xususiyatlarini, ularning shaxsiy va ijtimoiy holatini
o'rganadigan soha hisoblanadi.
PSIXOLOGIK MAHSULOTLAR YORDAMIDA OʻSMIR YOSHDAGI O’QUVCHILARDA SHAXSIY VA IJTIMOIY KOʻNIKMALARNI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya: O‘smirlik davri inson hayotidagi eng murakkab va muhim
bosqichlardan biridir. Bu davrda shaxsiy va ijtimoiy ko‘nikmalar shakllanib,
o‘quvchilar mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydilar. Hayotiy
ko‘nikmalar-bu insonning kundalik hayotda duch keladigan turli vaziyatlarda
muvaffaqiyatli harakat qilishiga yordam beruvchi ko‘nikmalar majmuasidir.
QIZLAR OʻRTASIDA ERTA NIKOH VA TUGʻRUQNI OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
Annotatsiya: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat
muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”. Bu esa oila hamda jamiyatning farovonligini
belgilaydi. O‘z navbatida oila farovonligi davlat farovonligiga, oiladagi sog‘lom muhit
sog‘lom jamiyat barpo bo‘lishiga olib keladi.
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BUTUN BIR JAMIYATNING ISHI.
Annotatsiya: Ushbu maqolada korrupsiyaga qarshi kurashish muammosi, uning
jamiyat rivojiga salbiy ta’siri va unga qarshi samarali choralarni ko‘rishda butun
jamiyatning roli tahlil etiladi. Maqolada korrupsiyaga qarshi kurashda davlat
institutlari, fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari va har bir fuqaroning
mas’uliyati muhim ekani asoslab beriladi. Adabiyotlar tahlili, xalqaro tajribalar va
amaliy misollar asosida takliflar ilgari suriladi.
SUN’IY INTELLEKT VA UNING TA’LIM SOHASIGA TA’SIRI
Kirish
Bugungi kunda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari ta’lim tizimiga chuqur ta’sir
ko‘rsatmoqda. O‘qitish va o‘rganish jarayonlarini yanada samarali va
shaxsiylashtirilgan qilish uchun SI imkoniyatlaridan foydalanish kengaymoqda. Biroq,
bu texnologiyalarning joriy etilishi bilan birga, bir qator muammolar va xavotirlar ham
yuzaga kelmoqda.
CHET TILLINI O‘RGANISH — IMKONIYATLAR ESHIGIMI YOKI ZAMONAVIY DUNYONING TALABI?
Bugungi globallashuv davrida insoniyat oldida yangidan-yangi ufqlar
ochilmoqda. Aloqa, ta'lim, texnologiya va iqtisodiyot borasidagi taraqqiyotlar insonlar
o‘rtasidagi chegara va masofalarni asta-sekin yo‘qqa chiqarmoqda. Shu jarayonda chet
tillarini o‘rganish masalasi ilgari bir ixtiyoriy ko‘nikma bo‘lgan bo‘lsa, bugun u
zaruratga aylanmoqda. Ammo bu o‘zgarish aslida nimani anglatadi? Chet tillarini
o‘rganish imkoniyatlar eshigimi ochadi yoki u zamonaviy dunyoning bitmas tuganmas
talabi sifatida bizga yuklanadimi?
SOXTA YANGILIKLAR VA ULARNING JAMIYATGA TA’SIRI
Soxta yangiliklar — bugungi zamon axborot makonining eng katta
muammolaridan biridir. Axborot texnologiyalari rivojlanib, internet va ijtimoiy
tarmoqlar hayotimizga chuqur kirib kelgani sari, noto‘g‘ri, yolg‘on yoki manipulyativ
axborotlarning tarqalishi ham ortib bormoqda. Soxta yangiliklar jamiyatda turli salbiy
oqibatlarga olib keladi, shuningdek, insonlarning dunyoqarashi va qaror qabul qilish
jarayonlarini buzadi.
O‘ZBEKISTON AYOLLAR HUQUQLARI VA GENDER TENGLIGI
O‘zbekiston so‘nggi yillarda ayollar huquqlari va gender tengligini ta’minlash
borasida sezilarli islohotlarni amalga oshirib, xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda.
2024–2025 yillarda bu boradagi yutuqlar va muammolarni tahlil qilish, mamlakatning
gender tenglik sohasidagi holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rib
chiqish zarur.
OPERATSIYADAN KEYIN BEMORLARNI UMUMIY XOLATINI VA HAYOTIY KO’RSATKICHLARINI KUZATISH
Tibbiy hamshiraning operatsiyadan keyingi davrdagi o'rni nihoyatda
katta.Operatsiyadan keyin yaxshi parvarish qilmaslik murakkab va uzoq davom qilgan
operatsiyani yo’qqa chiqarish mumkin. Operatsiyadan keyin bemorlarni parvarish
qilish – bu ularning tiklanishini tezlashtirish, asoratlarning oldini olish va holatini
nazorat qilish uchun juda muhim jarayondir. Quyida asosiy parvarishlash bosqichlari
keltirilgan:
BOBORAHIM MASHRABNING G'AZALLARIGA SHARHLAR
ANNOTATSIYA Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin vakili
Boborahim Mashrabning g‘azallari badiiy-estetik xususiyatlari, tasavvufiy mazmuni
va ma’naviy-axloqiy g‘oyalari tahlil qilinadi. Maqolada shoirning g‘azallari ona tili va
adabiyot darslarida o‘quvchilarning til madaniyatini oshirish, badiiy tafakkurini
rivojlantirish hamda milliy ma’naviyatni mustahkamlashda qanday muhim vosita
ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Boborahim Mashrab ijodi
o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy kamolotiga xizmat qilishi, shuningdek, ona tilining
badiiy imkoniyatlarini chuqur o‘rganishda muhim ahamiyatga ega ekanligi
ta’kidlanadi.
SURXONDARYO VILOYATIDAGI TABIIY-IQLIM SHAROITLARIDA AVTOMOBILLARNING ISH SHAROITLARINI TASNIFLASH
Anotatsiya. Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatining tabiiy-iqlim sharoitlari
avtomobillarning ekspluatatsion xususiyatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil
qilingan. Viloyatning iqlimiy hududlari – subtropik quruq, mo‘tadil va tog‘li
zonalardagi farqlarga asoslanib, avtomobillarning ish sharoitlari tasniflanadi. KamAZ-
4310, MAN TGS 33.360, ISUZU NQR71 va Howo A7 6x4 kabi transport
vositalarining texnik imkoniyatlari turli iqlim omillariga moslashuvi nuqtai nazaridan
tahlil qilingan. Shuningdek, yoqilg‘i samaradorligi, tashqi omillar, harorat, havo
bosimi, shamollar va relyef kabi omillarning avtomobil ishlashiga ta’siri asosida ilmiy
asoslangan xulosalar keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, harorat pasayishi
avtomobilning yoqilg‘i sarfiga salmoqli ta’sir ko‘rsatib, bu sharoitlarga
moslashuvchanlik darajasini baholash zarurati yuzaga keladi.
ИЗНОСЫ ПЯТНИКОВОГО УЗЛА
Пятниковый узел — это ключевой конструктивный элемент,
обеспечивающий соединение кузова вагона с тележкой. Он выполняет функции
передачи вертикальных, горизонтальных и крутящих нагрузок, возникающих
при движении поезда. Этот узел играет важную роль в обеспечении
устойчивости, маневренности и безопасности подвижного состава.
Конструкция пятникового узла включает пятник (опорную поверхность) и
подпятник, которые взаимодействуют друг с другом через пары трения. Это
взаимодействие позволяет равномерно распределять нагрузки и компенсировать
динамические воздействия, возникающие при движении поезда, таких как
вибрации, удары и боковые силы.
Важным аспектом эксплуатации пятникового узла является износ его
компонентов, особенно в парах трения. Износ может быть вызван различными
факторами, включая интенсивность эксплуатации, качество материалов и
смазки, а также условия окружающей среды. Для минимизации износа
применяются специальные материалы, покрытия и методы обработки
поверхностей.
MUSTAQILLIK ORTIDAGI DARD: ONA QORQUVDA, BOLA ESA JIM
Kirish
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida e'lon qilindi. Bu
voqea xalqimiz uchun yuksak baxt va erkinlikni anglatgan bo‘lsa-da, ayrim oilalar
uchun og‘ir sinovlarga ham sabab bo‘ldi. Ayniqsa, ayollar va bolalar uchun
mustaqillikning dastlabki yillari murakkab va xavfli bo‘lgan. Bu davrda ko‘plab onalar
va farzandlar o‘z hayotida yangi xavf-xatarlar, iqtisodiy qiyinchiliklar va ijtimoiy
beqarorlikni boshdan kechirdi.
MAHALLIY FIBRATOLA ASOSIDA BETON XOSSASINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya: Mahalliy fibratolali asosida beton xossasini takomillashtirish
masalasi zamonaviy qurilish sohasida muhim ahamiyatga ega. Beton qurilish
materiallari orasida eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan bo‘lib, uning sifatini
oshirish, mustahkamligini kuchaytirish va xizmat muddatini uzaytirish uchun turli
usullar qo‘llaniladi. Shulardan biri sifatida mahalliy fibratolardan foydalanish e’tiborga
loyiqdir. Fibratlar beton tarkibiga qo‘shilgan mayda tolalar bo‘lib, ular betonning
mexanik va fizik xossalarini yaxshilashga xizmat qiladi. Mahalliy fibratolarning
afzalligi, ularning arzonligi, ekologik tozaligi hamda mahalliy sharoitlarga mos
kelishidadir.
BOSHLANG’ICH SINFLARDA O’QUVCHILARNING MANTIQIY FIKRLASHINING O’RNI VA AHAMIYATI
Annotatsiya. Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy
fikrlashni rivojlantirishning o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Mantiqiy fikrlashning
ta’lim jarayonidagi ahamiyati, uning xalqaro baholash dasturlaridagi (TIMSS,
PIRLS) o‘rni va bolalarning intellektual rivojiga qo‘shadigan hissasi yoritilgan.
Shuningdek, maqolada boshlang‘ich ta’limda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning
usullari, o‘qituvchining roli va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklari
batafsil ko‘rib chiqilgan. Maqola zamonaviy ta’lim muammolarini hal qilishda
foydali bo‘lishi mumkin.Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning mantiqiy
fikrlashining o‘rni va ahamiyati.
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI
Annotatsiya: Sun’iy intellekt (SI) bizning yashash, ishlash va o’zaro
munosabatlarimizni inqilob qildi. Sun’iy intellekt texnologiyasi rivojlanishda davom
etar ekan, sun’iy intellekt nima ekanligini, turli sun’iy intellekt xizmatlari qanday
ishlashini va ularning maqsadlari, ijobiy va salbiy tomonlarini tushunish juda
muhimdir. Ushbu maqolada sun’iy intellect dunyosi va turli toifadagi bir nechta
mashhur sun’iy intellekt xizmatlarini jumladan, tabiiy tilni qayta ishlash (natural
language processing), kompyuter vision va sog’liqni saqlashda sun’iy intellect
vositalari keltiriladi
OPERATSION TIZIMLARDA XOTIRA BOSHQARUVI ALGORITMLARINING OPTIMALLASHTIRILISHI
Annotatsiya: Ushbu maqola zamonaviy operatsion tizimlarda xotira boshqaruvi
algoritmlarining optimallashtirilishiga bag‘ishlangan. Xususan, paging, segmentation
va garbage collection kabi mexanizmlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Ko‘p vazifali
muhitlarda resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash uchun taklif qilingan yangi
yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada Linux asosidagi tizimlarda sinov natijalari
keltirilgan bo‘lib, ular optimallashtirilgan algoritmlarning ishlash samaradorligini
oshirishi ko‘rsatilgan.
BERILGANLAR BAZASIDA XAVFSIZLIK
Annotatsiya: Ushbu maqola berilganlar bazasida xavfsizlikning muhim
jihatlarini ko'rib chiqadi. Maqolada berilganlarga ruxsatsiz kirish, ma'lumotlar
buzilishi va yo'qolishining oldini olish uchun qo'llaniladigan asosiy xavfsizlik
choralari, xavf-xatarlar va ularni bartaraf etish yo'llari tahlil qilinadi.
ГЕНДЕРНОЕ РАВЕНСТВО В ФОРМИРОВАНИИ УСТОЙЧИВОГО ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ
Аннотация. В данной статье рассматривается происхождение понятия
«гендер» и гендерное равенство на территории Узбекистана разных периодов.
Проводится сопоставление с действующим законодательством Республики
Узбекистан. Исследуются цели вовлечения женщин в общественные
деятельности и политическую жизнь страны, формирование и изменения
официальных дискурсов государственного регулирования семьи. Основы
гендерного порядка сформированного государственной политикой для
достижения гендерного равенства в нынешнее время. Какие принципы меняли
гендерную политику Узбекистана в течении многих лет и как они осваивались
населением.
ГЕНДЕРНАЯ ПОЛИТИКА УЗБЕКИСТАНА: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Аннотация. Статья рассматривает становление и развитие гендерной
политики в разные периоды. Приводит примеры реформ проводимых в обществе
для установления гендерного равенства. Изучает отражение международных
стандартов в законодательстве Республики Узбекистан в отношении гендерной
политике. Исследуются законодательные основы, обеспечивающие гендерное
равенство в разных сферах общественной деятельности. Изучаются правовые
меры защиты в продвижении гендерного равенства.
BOZOR IMKONIYATLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA FOYDANI KO'PAYTIRISH STRATEGIK YO'NALISHLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada korxonalarning bozor imkoniyatlaridan samarali
foydalanish orqali foydani ko'paytirishga qaratilgan zamonaviy strategik yo'nalishlari
yoritilgan. Tadqiqotda 2024–2025 yillardagi iqtisodiy islohotlar, Prezident farmonlari,
korxona faoliyatidagi real statistik ma'lumotlar va moliyaviy tahlillar asosida foyda
ko'rsatkichlarini optimallashtirish usullari o'rganiladi. Tadqiqot metodologiyasida
empirik tahlil, SWOT tahlil, moliyaviy ko'rsatkichlar (ROI, NPV, rentabellik) va
Porterning raqobat kuchlari modeli asosida strategik baholashlar keltirilgan.
QIYOSIYLANAYOTGAN TILLAR FONETIK SISTEMASINING TIPOLOGIYASI
Annotatsiya: Mazkur maqolada qiyosiy tilshunoslik doirasida turli tillarning
fonetik tizimlari tahlil qilinadi. Xususan, turli til oilalariga mansub tillarning unli va
undosh tovushlar tizimi, urg‘u va intonatsiya xususiyatlari hamda fonologik
birliklarning shakllanish tamoyillari solishtirma yondashuv asosida o‘rganiladi.
Fonetik tizimlar orasidagi umumiylik va farqlarni aniqlash orqali fonetik
tipologiyaning asosiy yo‘nalishlari yoritiladi. Shuningdek, maqolada fonetik
tizimlarni qiyosiy tahlil qilishning nazariy va amaliy ahamiyati haqida ham fikr
yuritiladi.
METALL CHIQINDILARINI QAYTA ISHLASHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR VA ULARNING SAMARADORLIGI
Annotatsiya: Zamonaviy sanoatning jadal rivojlanishi va urbanizatsiya
sharoitida metall chiqindilarini qayta ishlash masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda. Metall chiqindilari, asosan, metallurgiya, mashinasozlik, qurilish va maishiy
sektor kabi turli sohalar faoliyati natijasida yuzaga keladi va ular nafaqat ekologik xavf
tug‘diradi, balki qimmatli ikkilamchi xomashyo sifatida ham qaraladi. So‘nggi yillarda
metall chiqindilarini qayta ishlash jarayonida innovatsion texnologiyalar va ilg‘or
yondashuvlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday yondashuvlar
chiqindilarni qayta ishlash samaradorligini oshirish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni
kamaytirish hamda resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash imkonini
beradi.Ushbu maqolada metall chiqindilarini qayta ishlashda qo‘llanilayotgan
innovatsion usullar, ularning texnologik va iqtisodiy samaradorligi, xalqaro tajriba va
O‘zbekiston sharoitida bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinadi.
Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari hamda kelgusida
amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida fikr yuritiladi.
O‘QITUVCHINING KASBIY MAS’ULIYATI VA UNING PROFESSIONAL FAOLIYATIDAGI PSIXOLOGIK JIHATLARI
Annotatsiya: Mas’uliyatli o‘qituvchi o‘z mehnati orqali ta’lim sifatiga,
jamiyatning madaniy salohiyatiga va kelajak avlodning kamolotiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. O‘qituvchining shaxsiy va pedagogik fazilatlari uning kasbiy faoliyatida
muvaffaqiyatga erishishining poydevorini tashkil etadi. Ushbu maqolada
o‘qituvchining kasbiy mas’uliyati va uning professional faoliyatdagi ahamiyati
yoritildi.
NAMANGAN VILOYATI IQTISODIYOTINI RIVOJLANISHIDA BANK XIZMATLARINING O‘RNI
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada bank xizmatlarining Namangan viloyati
iqtisodiyotini rivojlantirishdagi strategik ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada
banklarning kreditlash, investitsiyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
va aholi farovonligini oshirishdagi roli O‘zbekiston va xorijiy davlatlar tajribasi,
statistik ma’lumotlar va so‘nggi Prezident qarorlari asosida ko‘rsatib berilgan.
Shuningdek, raqamli bank xizmatlarining rivojlanishi va ularning viloyat iqtisodiy
o‘sishiga ta’siri ilmiy asoslangan.
HUDUDLARDA SANOAT SALOHIYATINI OSHIRISHDA KLASTER TIZIMINI O'RNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada hududlar sanoat salohiyatini oshirishda klaster
tizimining o‘rni ilmiy asosda tahlil qilinadi. Hududiy iqtisodiy rivojlanishning asosiy
drayverlaridan biri bo‘lgan sanoat klasterlari iqtisodiy o‘sish, ish o‘rinlari yaratish,
texnologik innovatsiyalarni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish kabi omillarga
alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada klaster tizimining samaradorlik ko‘rsatkichlari,
muvaffaqiyatli tajribalari va hududiy iqtisodiyotga integratsiyasi tahlil etiladi.
IJTIMOIY HIMOYA TIZIMIDA PENSIYA TAMINOTINI RIVOJLANITIRISH YO'LLARI
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya tizimining
muhim tarkibiy qismi boʻlgan pensiya taʼminotini rivojlantirishning strategik yoʻllari
kompleks tahlil qilingan. Maqolada pensiya tizimining barqarorligini taʼminlash,
adolatlilikni oshirish, pensiyalar miqdorini indeksatsiya qilish mexanizmlari,
shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali xizmatlar sifatini yaxshilash
masalalari Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar tajribasi, statistik maʼlumotlar hamda
soʻnggi Prezident qarorlari asosida yoritilgan.
ANDIJON VILOYATI IQTISODIYOTINI RIVOJLANISHIDA YENGIL SANOAT KORXONALARINING O‘RNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Andijon viloyati iqtisodiyotining rivojlanishida
yengil sanoat korxonalarining o‘rni o‘rganiladi. Statistik ma’lumotlar asosida ishlab
chiqarish hajmi, korxonalar soni, ish o‘rinlari va eksport salohiyati tahlil qilinadi.
Tarmoq rivojining asosiy omillari va muammolari ko‘rsatiladi.
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XIZMAT SOHALARINING AHAMIYATI
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada xizmat sohalarining zamonaviy
iqtisodiyotni rivojlantirishdagi strategik ahamiyati kompleks yondashuv asosida tahlil
qilingan. Maqolada xizmat koʻrsatish sektorining yalpi ichki mahsulot (YaIM)dagi
ulushi, bandlikni taʼminlash, innovatsiyalarni ragʻbatlantirish va investitsiyalarni jalb
qilishdagi roli Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar misolida statistik maʼlumotlar va
tendensiyalar asosida koʻrsatib berilgan. Shuningdek, soʻnggi yillarda xizmat
koʻrsatish sektorini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan davlat siyosati va
uning iqtisodiy oʻsishga taʼsiri ilmiy asoslangan.
КРАТКИЙ ОБЗОР ЭВОЛЮЦИИ ОЦЕНОЧНОГО ЗНАЧЕНИЯ В ЕДИНИЦАХ С ГЕНДЕРНО-МАРКИРОВАННЫМ ОТТЕНКОМ
Аннотация. Язык – это не просто средство общения; он является
отражением культурных, социальных и исторических контекстов, в которых
он развивается. Одним из наиболее интересных и сложных аспектов языка
является оценочное значение, которое выражает субъективную оценку,
отношение или эмоцию говорящего к объекту, событию или явлению. Оценочное
значение может варьироваться в зависимости от контекста, в котором оно
используется, а также от культурных норм и ожиданий, связанных с
конкретными словами или выражениями. В последние десятилетия в
лингвистике наблюдается растущий интерес к тому, как оценочные значения
формируются и изменяются в зависимости от различных факторов, включая
гендерные аспекты. Анализ оценочных значений с гендерно-маркированным
оттенком в современном языке, в свою очередь, открывает новые горизонты
для понимания языковой политики и социальной справедливости, что делает
данное исследование особенно значимым в свете современных социокультурных
изменений.
MIKROKREDITLASHNING XUSUSIY TADBIRKORLIK RIVOJIDAGI O‘RNI
Annotatsiya Ushbu maqolada O'zbekistonda mikrokreditlash tizimining
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi roli iqtisodiy tahlil asosida o'rganiladi. 2020–
2024 yillar davomida ajratilgan mikrokreditlar hajmi, kredit oluvchilarning ijtimoiy
tarkibi, bandlik va iqtisodiy faollik darajasiga ta'siri yoritilgan. Prezident farmonlari
asosida davlat siyosatining mazkur sohaga oid asosiy yo'nalishlari ko'rsatib berilgan.
Natijalar mikrokreditlarning kichik biznesni moliyalashtirishdagi samaradorligini
tasdiqlaydi.
VOYAGA YETMAGANLARDA TURLI TOBELIKLARNING OLDINI OLISH: MUAMMOLAR VA ECHIMLAR
Annotatsiya
Ushbu maqolada voyaga yetmaganlar orasida keng tarqalgan tobeliklar — mobil
telefonlar, kompyuter o‘yinlari, psixoaktiv moddalar va boshqa zararli odatlar
muammosi yoritiladi. Ushbu muammolarning sabablari, ijtimoiy va psixologik
omillari tahlil qilinadi hamda oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar taklif
qilinadi. Maqola o‘quvchilarga, ayniqsa ota-onalar, o‘qituvchilar va mutaxassislarga
foydali tavsiyalarni beradi.
XULQI OG'ISHGAN BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI HAQIDA MA'LUMOT
Annotatsiya: Mazkur maqolada xulqi og‘ishgan bolalarning psixologik holati,
ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, ijtimoiy va oilaviy muhitning roli,
shuningdek, bunday bolalar bilan ishlashning samarali usullari yoritilgan. Muallif
bolalarda deviant xatti-harakatlarning sabablari va ularni tuzatish yo‘llarini tahlil qiladi
hamda amaliy tavsiyalar beradi.
RAHBAR FAOLIYATIDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNING BOSHQARUV JARAYONIGA TA’SIRI
Annotatsiya: Bu maqolada salbiy va ijobiy, ijtimoiy-psixologik
xususiyatlarning boshqaruv jarayoniga ta’siri hamda rahbarlar uchun ulardan
foydalanish usullari haqida fikr yuritilgan.
ЗЎРАВОНЛИККА УЧРАГАН ЎҚУВЧИЛАРГА ПСИХОЛОГИК ЁРДАМ КЎРСАТИШ
Аннотация: Ушбу мақолада зўравонликка учраган ўқувчиларга
психологик ёрдам кўрсатиш масаласи таҳлил қилинади. Болаларга кўрсатилган
зўравонликнинг турлари, унинг психологик оқибатлари ва уларга самарали
ёрдам кўрсатиш усуллари ҳақида маълумот берилади. Шунингдек, мактаб
психологлари ва ўқитувчиларнинг ушбу жараёндаги роли ва улар учун тавсиялар
ҳам баён этилади.
"MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OTA-ONALAR VA MAHALLIY HAMJAMIYAT BILAN HAMKORLIK ISHLARINING TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI".
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida ota-onalar va
mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlikni tashkil etishning ahamiyati, dolzarbligi va
samaradorligini oshirishga doir masalalar yoritilgan. Shuningdek, hamkorlik shakllari,
mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikr yuritiladi
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING JISMONIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH USLUBLARI
Kirish
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy rivojlanishining asosiy bosqichi
hisoblanadi. Shu davrda ularning harakat faoliyati, muvozanatni saqlash, tezkorlik,
chaqqonlik kabi jismoniy qobiliyatlari shakllanadi. Shu sababli, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida bu qobiliyatlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.