Mualliflar

  • Mirzayev Umidjon Ismoil oʻgʻli

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103255

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar. Maxalliy byudjet byudjet parametrlari byudjet daromadlari defitsit profitsid maqsadli fondlar.

Annotasiya

Annotatsiya.  Maqolada  tashabbusli  byudjet  mablagʻlarining  sarflanishini 
nazorati  va  tahlili,  byudjet  tizimida  yillar  davomida  oʻz  yechimini  topmayotgan 
muammolarni  yoritib  berish  hamda  bartaraf  etish  yuzasidan  fikrlar  bayon  etilgan. 
Tashabbusli  byudjet  jamgʻarmasining  shakllanishida  asosiy  manbai,  har  chorakda 
mahalliy  byudjetlarimizda  byudjet  daromadlarining  belgilangan  rejadan  orttirib 
bajarilgan qismidan kamida 30 foiz ajratilishi esa fuqarolarimizni byudjet siyosatiga, 
soliq siyosatiga befarq boʻlmasligiga undab, jamoat nazoratini kuchaytirish boʻyicha 
xulosalar keltirilgan.   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

94

ISSN:3030-3613

DAVLAT MAQSADLI JAMGʻARMALARI MABLAGʻLARI IJROSI VA

UNING NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH

Mirzayev Umidjon Ismoil oʻgʻli

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistranti


Annotatsiya

. Maqolada tashabbusli byudjet mablagʻlarining sarflanishini

nazorati va tahlili, byudjet tizimida yillar davomida oʻz yechimini topmayotgan
muammolarni yoritib berish hamda bartaraf etish yuzasidan fikrlar bayon etilgan.
Tashabbusli byudjet jamgʻarmasining shakllanishida asosiy manbai, har chorakda
mahalliy byudjetlarimizda byudjet daromadlarining belgilangan rejadan orttirib
bajarilgan qismidan kamida 30 foiz ajratilishi esa fuqarolarimizni byudjet siyosatiga,
soliq siyosatiga befarq boʻlmasligiga undab, jamoat nazoratini kuchaytirish boʻyicha
xulosalar keltirilgan.

Kalit soʻzlar.

Maxalliy byudjet, byudjet parametrlari, byudjet daromadlari,

defitsit, profitsid, maqsadli fondlar.

Аннотация.

В стате излагаются идеи по контролю и анализу расходования

средств инициативных бюджетных фондов, выявлению и устранению проблем,
которые не решаются в бюджетной системе годами. Основным источником
формирования фонда инициативных бюджетов является выделение в местные
бюджеты не менеэ 30 процентов доходов бюджета ежеквартално из
перевыполненных в соответствии с установленным планом доходов бюджета, а
также делаются выводы по усилению общэственного контроля путем поощрения
интереса граждан к бюджетной политике и налоговой политике.

Ключевые слова.

Местный бюджет, параметры бюджета, доходы

бюджета, дефицит, профицит, селевые фонды.


Asosiy qism.

2024-yil Davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlari prognoz

koʻrsatkichlari 65,3 trln soʻm belgilangan boʻlib, hisobot davrida 12,9 trln soʻmga yoki
yillik rejaga nisbatan 19,7 foizga ijro etildi. Bundan tashqari, Davlat byudjetidan davlat
maqsadli jamgʻarmalarga hisobot davrida 6,8 trln soʻm miqdorida transfertlar ajratildi.
Davlat maqsadli jamgʻarmalarining yillik rejalashtirilgan xarajatlari esa 96,1 trln
soʻmni tashkil etib, yillik rejaga nisbatan 19,7 foizga ijro etilgan holda 18,9 trln soʻmni
tashkil etdi.

Mamlakatimizning byudjet siyosatida tashabbusli byudjet jamgʻarmasi, zaxira

jamgʻarmasi va qoʻshimcha manba mablagʻlari asosiy rol oʻynaydi. Mahalliy
byudjetlarda ochiqliklik, shaffoflik, byudjet mablagʻlarining shakllanishi va
sarflanishida jamoatchilik nazoratini taʼminlashda tashabbusli byudjetlashtirish
jarayonlarining ahamiyati katta. Bundan tashqari mahalliy byudjetlarimizda yil


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

95

ISSN:3030-3613

boshida tasdiqlangan byudjet mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet
kodeksining 7-moddasiga asosan ochiqliklik prinsipiga amal qilgan holda ommaga
ochiq eʼlon qilinishi, qoʻshimcha manba mablagʻlarining hamda tashabbusli byudjet
jamgʻarmasi mablagʻlarining shakllanishi har chorakda eʼlon qilinishi, xalq
muhokamasiga qoʻyilishi, sarflanishi yuzasidan xalq deputatlari Kengashlarida koʻrib
chiqilishi buning isbotidir.

Mamlakatimizda aholi turmush darajasini yaxshilash va aholimizni qiynab

kelayotgan iqtisodiy-ijtimoiy muammo va kamchiliklarning bartaraf etilishi boʻyicha
bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda, shu bilan bir vaqtda ichki yoʻllarni
taʼmirlash hamda infratuzilmalarni yaxshilash, tizimli muammoga aylanib ulgurgan
elektr taʼminoti va tabiiy gaz taʼminoti

uskuna va inshootlari, ichimlik suv taʼminoti,

ijtimoiy soha obyektlarining taʼmirlash ishlari kabi muammolarni hal etish bugungi
kunimizning eng dolzarb va ustuvor vazifalardan biri boʻlib qolmoqda.

Ushbu qayd etilgan muammolarni hal etish uchun davlat byudjetidan

ajratilayotgan mablagʻlar, davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan mablagʻlar,
mahalliy byudjetning qoʻshimcha manba mablagʻlari doirasida bosqichma-bosqich
bartaraf etib kelinmoqda. Mazkur muammolarni bartaraf etish jarayonida
fuqarolarimizni jalb qilish va byudjet mablagʻlarining sarflanishida aholimizning oʻz
fuqarolik burchlaridan toʻliq foydalangan holda aholimizni qiynab kelayotgan dolzarb
ijtimoiy muammolarining bartaraf etilishida ishtirok etishi mexanizmi taʼminlandi.

Mahalliy byudjetlarimizda Zaxira jamgʻarma mablagʻlarining shakllanishi

favqulodda kechiktirib boʻlaydigan xarajatlar paydo boʻlganda, byudjet
parametrlarida koʻzda tutilmagan byudjet xarajatlari yuzaga kelganda yuqori ahamiyat
kasb etmoqda. Qoʻshimcha manba mablagʻlarining shakllanishi esa mahalliy davlat
hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirib, hududlarning rivojlantirish
dasturlarini amalga oshirish, mavjud dolzarb ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda,
aholi turmush tarzni yaxshilashda muhim omil hisoblanadi.

Bugungi

kunda

respublikamizning

tuman

va

shaharlarida

mavjud

ijtimoiy dolzarb muammolarini yaʼni elektr-gaz taʼminotida, ichimlik suvi, ichki
yoʻllarning taʼmirlanishi, ijtimoiy soha obyektlari maktab-bogʻcha, sogʻliqni saqlash
muassasa obyektlarining taʼmirlanishi, jihozlanishini taʼminlashda tashabbusli byudjet
jamgʻarmasi va qoʻshimcha manba mablagʻlarining roli oshib bormoqda.

Tashabbusli byudjet jamgʻarmasini shakllantirish, qoʻshimcha manba

mablagʻlarini sarflanishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator
qaror va farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Senati Kengashining qarorlari,
fuqarolarimiz tomonidan tashabbusli byudjet jarayonlarida ishtirokining kundan
kunga oshib borayotganligi, ularning byudjet ochiqligini koʻrgan holda moliyaviy
savodxonligining oshayotganligi buning yaqqol misolidir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

96

ISSN:3030-3613

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligining asosiy mezonlaridan biri bu

yurtimizning eng chekka hududlarida xam byudjet mablagʻlari hisobidan bartaraf
etilishi lozim boʻlgan eng dolzarb masalalarning fuqarolarimizning oʻz
tashabbuslarini koʻrsatib, taklif kiritib, ovoz yigʻib, birlashib, jamoat nazoratini
oʻrnatib

yurtimiz,

ravnaqiga

befarq

emasligini

isbotlab,

byudjet

ochiqlikligini taʼminlab, byudjet mablagʻlarining sarflanishida natijadorligini
oshirayotganligidir.

Oʻz navbatida, yurtimizning byudjet-soliq siyosatida ochiqliklikni shaffoflikni,

samaradorlik va natijadorlikni taʼminlashda nazariy va ilmiy muammolarimizni
chuqur bilim bilan tahlil qilib, uni bartaraf etishda fuqarolarimiz ishtiroki salmogʻini
oshirish, moliyaviy-iqtisodiy bilimi va faolligini oshirish asosiy mezondir. Umuman
olganda byudjet shaffofligini taʼminlash uchun, doimiy ravishda byudjet
maʼlumotlarini yangilash, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda yoritib
borish lozim boʻladi. Respublikamizning byudjet siyosatida fuqarolarimizning faol
ishtirokining salmogʻining oshishi, iqtisodiyotimizda demokratiya tuygʻularining
oshishiga olib kelmoqda. Mahalliy byudjetlarda tashabbusli byudjet jamgʻarmasi,
zaxira jamgʻarmasi va qoʻshimcha manba mablagʻlarining shakllanishida yuzaga
keladigan muammolarni bartaraf etish, oʻtkazib kelinayotgan tashabbusli
byudjetlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etib kelayotgan keng jamoatchilikni
yanada ragʻbatlantirish, hududlardagi oʻz yechimini kutayotgan dolzarb muammolarni
bartaraf etish hamda fuqarolarning faolligini oshirishga qaratilgan, ilmiy-amaliy taklif
va xulosa berish dissertatsiya ishimizning asosiy maqsadi boʻlib hicoblanadi. Tadqiqot
oldiga qoʻyilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi va hal
etiladi:

Mahalliy byudjetlarda tashabbusli byudjet jamgʻarmasi, zaxira

jamgʻarmasi va qoʻshimcha manba mablagʻlarining shakllanishi yuzasidan meʼyoriy-
huquqiy hujjatlarni oʻrganib chiqish;

Termiz shahar mahalliy byudjetining 2023-2024-yil ijrosida qoʻshimcha

manba mablagʻlarining shakllanishi tahlil etiladi;

Termiz shahar mahalliy byudjetida 2023-2024-yil davomida tashabbusli

byudjet jamgʻarmasi va zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarining shakllanishi oʻrganiladi;

Mahalliy byudjetlarda tashabbusli byudjet jamgʻarmasi, zaxira

jamgʻarmasi va qoʻshimcha manba mablagʻlarining shakllanishi yuzasidan ilmiy va
amaliy takliflar, xulosalar ishlab chiqildi

Mahalliy byudjetlarda tashabbusli byudjet jamgʻarmasi, zaxira jamgʻarmasi va

qoʻshimcha manba mablagʻlarining shakllanishida quyidagicha muammolar va
kamchiliklar mavjud:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabr kunidagi

“Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish koʻlamini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

97

ISSN:3030-3613

kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-409 sonli Qaroriga asosan
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari
va Toshkent shahrining shahar byudjetida shakllangan qoʻshimcha mablagʻlarning 30
foizi tuman (shahar)larda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni
moliyalashtirish uchun tuman(shahar)lar fuqarolar tashabbusi jamgʻarmalariga mavjud
aholi soni va mahallalar sonidan kelib chiqib, teng ulushlarda yoʻnaltirilishi belgilab
qoʻyilgan. Ushbu qarorga asosan Termiz shahriga mavjud aholi va mahalla sonidan
kelib chiqib mablagʻ yoʻnaltirilmoqda. Bu jarayonda viloyat markazi hisoblangan
Termiz shahrida respublika byudjeti va viloyat byudjetidan moliyalashadigan byudjet
tashkilotlari koʻpligi inobatga olinmagan. Bunda respublika va viloyat byudjeti
tashkilotlari qariyb barchasi Termiz shahrida joylashganligi uchun tashabbusli byudjet
jamgʻarmasi mablagʻlarining sarflanishi asosan kontingenti koʻp boʻlgan respublika va
viloyat byudjetidan moliyalashadigan byudjet tashkilotlarining loyihalarini
moliyalashtirishga sarflanganligini koʻrishimiz mumkin. Termiz shahrida joylashgan
maktab, maktabgacha taʼlim muassasalari va boshqa ijtimoiy soha tashkilotlari
kontingentining respublika va viloyat byudjetidan moliyalashadigan byudjet
tashkilotlarining (viloyat ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari, Termiz Davlat
Universiteti, ixtisoslashtirilgan institutlar), kontingentidan ancha kam boʻlganligi
uchun gʻolib boʻlish imkoniyati deyarli yoʻq.

Tuman va shahar Xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari bilan

tasdiqlangan mahalliy byudjet parametrlarida, daromadlar prognozi choraklar
kesimida reja taqsimot qilinib ushbu Kengash qarorlari bilan tasdiqlangan, ushbu
choraklar kesimida tasdiqlangan reja taqsimotga oʻzgartirish kiritish Xalq deputatlari
Kengashlari qarorlari doirasida boʻlishini taʼminlash va Xalq deputatlari
Kengashlarining vakolatlarini oshirish.

Yurtimizda aholi farovonligini taʼminlash va respublikamizning barcha tuman

va shaharlarining chekka hududlarida oʻz yechimini kutayotgan ijtimoiy muammolarni
hal etishda aholining rolini oshirish, byudjet mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida
shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish va tashabbusli byudjet
jarayonlarini yanada takomillashtirishda tashabbusli byudjet jamgʻarmasi, zaxira
jamgʻarmasi va qoʻshimcha manba mablagʻlarining shakllanishi muhim rol oʻynaydi.

Oʻz navbatida, mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet mustaqilligiga

erishish, joylarda oʻz rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda oʻz mablagʻlariga
ega boʻlishida va bu orqali mavjud aholini qiynab kelayotgan ichki yoʻl, suv taʼminoti
hamda ijtimoiy soha obyektlarini taʼmirlash, jihozlash ishlarini bajarish uchun
moliyaviy mablagʻlariga ega boʻlishida muhim oʻrinni egallaydi.

Shu bois mahalliy byudjetlarda tashabbusli byudjet jamgʻarmasi, zaxira

jamgʻarmasi va qoʻshimcha manba mablagʻlarining shakllanishi bevosita byudjet
daromadlarining oʻz vaqtida toʻliq bajarilishi, aholining soliq toʻlov intizomiga rioya


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

98

ISSN:3030-3613

etishi kerak boʻladi. Ushbu tashabbusli byudjet jamgʻarmasi va qoʻshimcha manba
mablagʻlarining koʻproq miqdorda shakllanishida hududlarda belgilangan asosiy soliq
turlarini rejasini ortigʻi bilan bajarib koʻproq miqdorda mablagʻlar shakllantirilishiga
ega boʻladi. Bu esa respublikamizning shahar va tuman mahalliy byudjetlarida
tashabbusli byudjet, zaxira jamgʻarmasi va qoʻshimcha manba mablagʻlarining
koʻproq miqdorda shakllanishiga yordam beradi hamda ushbu mablagʻlar orqali ushbu
hududning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga, aholini qiynab kelayotgan muammolarni
yechish uchun moliyaviy mablagʻlar bilan taʼminlanishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Malikov T. S., Haydarov N. H. Moliya: umumdavlat moliyasi. Oʻquv qoʻllanma.
– T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2022, 566 bet.

2.

Muxiddinov X. S. Hudud aholisi turmush darajasini oshirish va ijtimoiy
rivojlanishini modellashtirish. Monografiya. T.: “FAN”, 2023. 12 b.

3.

Nizomiddin Haydarov. Soliqlar va soliqqa tortish masalalari “Akademiya”
nashriyoti –T., 2022,79 b.

4.

Ostonaqulov M. Mahalliy byudjetlar gʻazna ijrosining buxgalteriya hisobi. - T.:
Iqtisod-moliya, 2022.- 88 b.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Malikov T. S., Haydarov N. H. Moliya: umumdavlat moliyasi. Oʻquv qoʻllanma.

– T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2022, 566 bet.

Muxiddinov X. S. Hudud aholisi turmush darajasini oshirish va ijtimoiy

rivojlanishini modellashtirish. Monografiya. T.: “FAN”, 2023. 12 b.

Nizomiddin Haydarov. Soliqlar va soliqqa tortish masalalari “Akademiya”

nashriyoti –T., 2022,79 b.

Ostonaqulov M. Mahalliy byudjetlar gʻazna ijrosining buxgalteriya hisobi. - T.:

Iqtisod-moliya, 2022.- 88 b.