T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
316
ISSN:3030-3613
PSIXOLOGIYA SOHASIDA EMOTSIONAL HOLATLARNING
RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Mustafayeva Maxliyo Axror qizi
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani
70-umumiy oʻrta taʼlim maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
O’smirlarda xayol kuchli ravishda o’sadi. Hislaming o’zi
xayolning o’sishiga yordam beradi va xayolning o’zi ham xilma-xil chuqur emotsional
kechinmalarning manbai bo’lib qoladi. Kelajak to’g’risidagi orzular, qahramonlik,
romantika shularing hammasi emotsional kechinmalarning manbaidir.
Kalit so`zlar:
hislar, emotsional soʻnish, harakter, fiziologik o`zgarish,
munosabat,ruhiy salomatlik.
KIRISH.
O'smirlik davrida emotsional soha ba'zi o'zgarishlarga uchraydi. Yoshi bilan
bolalar his-tuyg'ularni yaxshiroq farqlashni o'rganadilar, "hissiy" tushunchalar
chegaralari aniqroq bo'ladi. O'smirliklarda, ular o'sib ulg'ayganida hissiyotlar so'z
boyligining sezilarli darajada kengayishi va emotsiyalar farq qiladigan parametrlar
sonining ko'payishi. O'smirliklar atrofdagi dunyoning turli xil ko'rinishlariga kattalar
va bolalarga nisbatan ko'proq intensiv munosabatda bo'lishadi. O'smirliklarda bir-
biriga qarama-qarshi bo'lgan emotsional holatlar tezda bir-birini almashtirishi
mumkin. Ushbu maqolada o`smirlik davrida emotsional holat turlari haqida yozilgan.
O’smirlik yoshida, taxminan 13-14 yoshlarda, bolalarni emotsional kechinmalarida
katta o’zgarishlar boshlanadi. Shu yoshdagi bolalarda ta’lim ta’siri ostida abstrakt-
mantiqiy va tanqidiy tafakkur ancha o’sadi. O’smirlar dunyoqarashqarashlari bilan
bog’liq bo’lgan masalalar bilan qiziqa boshlaydilar, ulaming kamalak va yoshlar
ittifoqida ishtirok qilishlari bunday qiziqishlaming o’sishiga ko’p jihatdan yordam
beradi. Mana shulaming hammasi xilma-xil intellektual va axloqiy hislami o’sishi
uchun manba bo’lib qoladi.
Bu yoshda o’z-o’ziga baho berish hissi kuchli ravishda o’sadi. O’smir yoshidagi
bolalaming aloqa doirasining kengayishi va ularda ijtimoiysiyosiy masalalarga
qiziqish o’sishi tufayli axloqiy hislar o’smirlar hayotida katta o’rin oladigan bo’lib
qoladi, ularda vatanparvarlik hissi yorqin namoyon bo’ladi. Shu yoshda organizmda
fiziologik o’zgarishlar sodir bo’lishi sababli emotsional qo’zg’alishlaming xarakterida
ham o’zgarish ro’y beradi. Hislar kuchli ravishda namoyon bo’laveradi, lekin
ko’pincha bu hislar barqaror bo’lmaydi. Boshqa yoshdagi bolalarga qaraganda
o’smirlarda injiqlik va arazlash ko’p bo’ladi. O’smirlik davrining xarakterli
xususiyatlaridan yana biri - bu davrda o’smirlarda kuzatiladigan o’smirlik
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
317
ISSN:3030-3613
avtonomiyasi holatidir. O’smirlik avtonomiyasining xuquqiy avtonomiya, iqtisodiy
avtonomiya,
emotsional
avtonomiya,
makoniy
avtonomiya
kabi
turlari
farqlanadi.Ma‘lumki, bola dunyoga kelgan boshlab kimningdir qaramog’iga muxtoj
bo’ladi.Ota-onasi va boshqa yaqinlari uni oziqlantiradi, kiyintiradi, tarbiyalaydi va uni
muntazam nazorat ostida tutadi. Ular bolani xar tomonlama qo’llab-quvvatlashi bois
bola bunday e‘tiborga,daldalarga muxtojlik xis etib turadi. O’smirlik davrida esa bola
o’z hayotini, xavfsizligini taminlash borasida mustaqillikka erishadi. Endi u o’zini o’zi
himoya qila olishi, lozim bo’lsa o’zi o’z imkoniyatlari darajasida mexnat qilib, yetarli
darajada daromad qilishi, o’z ehtiyojlarini mustaqil ravishda o’zi qondira olishi
mumkin bo’ladi.Yuqorida keltirib o’tilgan xuquqiy avtonomiya ayni vaqtda bola
o’smirlik yoshiga yetishi bilan unga qator xuquqiy imkoniyatlar berilishi bilan
xarakterlanadi.Bu davrda bola yuridik shaxs hisoblanib, ovoz berish xuquqiga ham ega
bo’ladi. Mabodo, bu davrda o’smirning ota-onasi ajralib ketgudek bo’lsa, o’smirning
qayerda va kim bilan qolishi uning xohishiga qarab xal etiladi. Shuningdek, bola bu
davrda o’z imkoniyatidan kelib chiqqan holda rasmiy ravishda jismoniy mexnat bilan
shug’ullanishi ham mumkin. Lozim bo’lsa, ulardan uz xattixarakati,qiliklari uchun
javob berishi ham talab qilinadi. Shu kabi xuquqiy imkoniyatlarga ega bo’lish va
bundan o’smirning xabardorligi uning xuquqiy avtonomiyasining yuzaga kelishini
ta‘minlaydi. Bunday avtonomiyaga ega bo’lish o’smirda o’z xatti-xarakati uchun
javobgarlik, ma‘suliyatlilik xissini yuzaga keltiradi.
Emotsiyalar – bu psixik jarayon bo‘lib, insonning atrof muhitga va o‘ziga
nisbatan sub’ektiv munosabatidir. Ular psixik faoliyatdagi va somatik namoyon
bo‘lishdagi o‘lchashlarning o‘zgarishida o‘z aksini topgan, psixik jarayonlarning
vujudga keladigan integrativ holatini (shaklini) bildiradi. Emotsiyalar bir qator
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
318
ISSN:3030-3613
xususiyatlarga ega: sifat, mazmun – mohiyat, yo‘nalish, davr, namoyon bo‘lish,
vujudga kelish asosi va hokazo. Emotsional holatlarning asosiy sifatlari shaxsning
ob’ektiga nisbatan sub’ektiv munosabatiga bo‘lgan muhim belgilari sifatida namoyon
bo‘ladi. Ular: ijobiy, salbiy, ikki yoqlama va noaniq (mavhum) munosabatlardir.
Salbiy emotsional holatlar simptomi ko‘p qirrali va turli tumandir. “Emotsional
buzilishi” – aniq termin hisoblanadi, lekin Tibbiyot sohasida uning ma’nosi – klinik
simptomlar (belgilardan ) aniq guruhi yoki axloqiy belgilar ko‘p hollarda qayg‘u
keltirib, shaxsiy faoliyatga qarshi ta’sir o‘tkazadi. Tibbiyot sohasida quyidagi
emotsional xastaliklar ko‘rsatilgan: bezovtalanish, depressiya, xotirjamsizlik, asab
tarangligi va g‘azablanish. Yuqorida qayd etilganidek ko‘p belgili modelda quyidagi
emotsional xastaliklar aniqlangan: depressiv, bezovtali va somatomorf.
Emotsional holatlar, munosabatlar va reaksiyalar patologiyasi gipotimiya, paratimiya
va emotsiyalar tizimiga buzilishidan iborat.
Gipotimiya. Sog‘inch (qumsash) emotsional holati bo‘lib, qayg‘urish natijasida
barcha psixologik jarayonlardan ustun turadi. Sog‘inch – yurak qisilishi ko‘krak
qafasida siqilish kabi holatlarda namoyon bo‘lib, yurak oldi xuruji deb nomlanadi.
Depressiv, nevrotik va depressiv – paranoid, oneyroid sindromi disforiyasi tizimiga
mansub bo‘ladi. Bezovtalanish - emotsional holat yoki reaksiya bo‘lib, ichki hayajon,
xotirjamsizlik, uyalish va ko‘krak qismida lokal siqilish xususiyati bilan
xarakterlanadi. Oldindan kelgusidagi voqea hodisalardan xavotirlanish holatlarida
namoyon bo‘ladi. Sog‘inch (qo‘msash)dan ko‘ra bezovtalanish holati affekt holatni
qo‘zg‘atuvchi sifatiga ega. Nevrotik, depressiv – bezovtalanish, o‘tkir sarosimalik va
ongning zaiflashuvi sindromlari tizimiga mansub bo‘ladi. O‘zini yo‘qotish (o‘zini
anglay olmaslik) – sarosimalik. O‘zgaruvchan, labil emotsional holat bo‘lib,
nochorlik, biror narsaga aqli yetmasligidan qayg‘urish bilan namoyon bo‘ladi.
Ongning xiralashuvi, affekt, affektiv - paranoid o‘tkir sarosimalik sindromlari
tizimiga mansub bo‘lib, o‘ziga xos o‘tkir holatda namoyon bo‘ladi. Sog‘inch
qumsashdan ko‘ra bezovtalanish holati affekt holatni qo‘zg‘atuvchi sifatiga ega,
nevrotik depressiya bezovtalanish, o‘tkir saromasalik, affektiv sarosimalik va ongning
zaiflashuvi sindromlari tizimiga mansub bo‘ladi. O‘zini yo‘qotish (o‘zini anglay
olmaslik sarosimalik-o‘zgaruvchan, labil emotsional holat bo‘lib, nochorlik, biror
narsaga aqli yetmasligidan qayg‘u bilan namoyon bo‘ladi. Ongning xiralashuvi affekt,
affektiv paranoid o‘tkir sarosimalik sindromlari tizimiga mansub bo‘lib, o‘ziga xos
o‘tkir holatda namoyon bo‘ladi.
Qo‘rquv – emotsional holat yoki reaksiyalar bo‘lib, o‘z hayoti yoki farovonligi
(xotirjamligini) yo‘qotishdan qo‘rqib yashash holatida namoyon bo‘ladi. Fobik, o‘tkir
sarosima sindromi tizimiga mansub bo‘lib, o‘tkir gallyusinoza, ongning, aqlning
xiralashuvi (zaiflashuvi), gipotalamik paroksizm, tungi va kunduzgi bolalar qo‘rquvi
kabi xususiyatlardan iborat.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
319
ISSN:3030-3613
Gipertimiya. Eyforiya – emotsional holat bo‘lib, xursandchilik, “yuzidan nur
yog‘iladigan”, “oftobday yarqiragan” baxtiyorlik hissi va faoliyatga yuqori darajadagi
talpinish bilan intilish. Bu holat manikal, manikal sarosimalik, oneyroid, parafren
sindromi va demensiya sindromidan ba’zi ko‘rinishlar, alkogolik, narkomanlik va
taksikomanlikdan mastlik holatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Ko‘ngilchanlik – mamnunlik hissidagi emotsional holat bo‘lib, faoliyatga umuman
intilmaslik. Ekstaz – emotsional holat bo‘lib, ko‘tarinkilik ruhiyati, ekzol’tatsiya,
ko‘pincha diniy, mistik kechinmalar orqali namoyon bo‘ladi.
Jahldorlik – salbiy ta’sirlanishning yuqori darajasi, atrofdagilardan norozi holatda
agressiyaga va buzg‘unchilik harakatiga moyillik.
XULOSA
Psixologlar o'smirliklarning emotsional hayotidagi qo'zg'alishni qo'zg'alish va
tormozlanishning asabiy jarayonlarining o'zgaruvchan faollashuvi bilan asoslashadi.
O'smirlik davrida umumiy hayajon kuchayadi va ba’zi jarayonlar zaiflashadi. Biroq,
o'smirlar o'zlarining hissiy tajribalarini ko'pini yashirishga moyildirlar. Bundan
tashqari,o'smirlar
bir
ob'ektga
nisbatan
his-tuyg'ular
va
hissiyotlarning
ambivalentsiyasi bilan ajralib turadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Z.T.Nishanova. Bolalar psixodiagnostikasi. Toshkent, 1998, 87-bet.
2.
F.A.Akramova. Psixologiya. Ma‘ruzalar matni. T., 2000, 138-bet.
3.
Vilyunas I.K. Psixologiya emotsionalnyx yavleniy. –M., 1976.
4.
G. Sele. Stress bez distressa. –M., 1998.
5.
Davaetshin M.G., TO’ychieva S.M. Umumiy psixologiya, Toshkent 2002.
6.
Davaetshin M.G. Zamonaviy maktab -O’qituvchisi psixologiyasi. -Toshkent
1998.6.
7.
Psixologiya. qisqacha izog‗li lug‗at .Toshkent, 1998.