T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
301
ISSN:3030-3613
QIZLAR OʻRTASIDA ERTA NIKOH VA TUGʻRUQNI OLDINI OLISHNING
PSIXOLOGIK MASALALARI
Qarshiyeva Marhamat Egamovna
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani
32-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi negizidagi
tayanch harbiy vatanparvarlik yoʻnalishidagi
jasorat maktabi psixologi
Annotatsiya:
“Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat
muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”. Bu esa oila hamda jamiyatning farovonligini
belgilaydi. O‘z navbatida oila farovonligi davlat farovonligiga, oiladagi sog‘lom muhit
sog‘lom jamiyat barpo bo‘lishiga olib keladi.
Kalit so'zlar:
o'smirlik,erta homiladorlik,tug'ruq,erta turmush
KIRISH
JSST oʻsmirlar deb 10-19 yosh oraligʻidagi kishilarni hisoblaydi. Homiladorlik
tuxum hujayralarining tuxumdondan tana boʻshligʻiga chiqish (ovulyasiya) jarayoni
boshlanganidan soʻng, dastlabki hayz kuni oʻtkandan keyingi davrdagi jinsiy aloqa
davomida sodir boʻlishi mumkin. Organizmi sogʻlom, yaxshi rivojlangan qizlarda ilk
hayz holati odatda 12 yoshda sodir boʻladi.Homilador oʻsmirlar keksa ayollar kabi
homiladorlik bilan bogʻliq koʻplab muammolarga duch kelishadi. 15 yoshgacha
boʻlganlar uchun qoʻshimcha tashvishlar mavjud, chunki ular sogʻlom homiladorlikni
saqlab qolish yoki tugʻish uchun jismoniy jihatdan kamroq rivojlangan boʻlishadi. 15-
19 yoshdagi qizlar uchun xavf yoshning biologik taʼsiridan koʻra koʻproq ijtimoiy-
iqtisodiy kabi omillar bilan bogʻliqdir. Kam vazn bilan yoki erta tugʻilish, kamqonlik
(anemiya) va preklampsiya kabi xavflar qizlarning 16 yoshga toʻlgunga qadar biologik
yoshiga bogʻliq emas.Oʻsmirlar homiladorligi ijtimoiy muammolar, jumladan, past
sifatli taʼlimva qashshoqlik bilan uzviy bogʻliq.
Rivojlangan mamlakatlarda oʻsmirlik homiladorligi odatda nikohdan tashqarida
boʻlib, koʻpincha ijtimoiy stigma bilan bogʻliq boʻladi. Rivojlanayotgan
mamlakatlarda esa erta homiladorlik koʻpincha nikohdan keyinda sodir boʻladi va
yarim rejalashtirilgan hisoblanadi. Biroq, bu jamiyatlarda erta homiladorlik toʻyib
ovqatlanmaslik va sifatisz sogʻliqni saqlash tizimi bilan birlashib, tibbiy muammolarni
keltirib chiqarishi mumkin. Jinsiy taʼlimga oid tadbirlar hamda homiladorlikdan
saqlanish vositalaridan foydalanish oʻsmirlik davrida kuzatiluvchi kutilmagan
homiladorlik holatlarini kamaytirishi mumkin.
Oʻzbekistonda oʻsmirlik homiladorligi 18 yoshga toʻlmagan oʻzbekistonlik
qizlar orasida uchrovchi homiladorlik holati. Respublikadagi asosiy muammolardan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
302
ISSN:3030-3613
biri.Oʻsmirlik davridagi homiladorlikning asosiy sabablari sifatida erta turmush, jinsiy
taʼlim va axloqiy tarbiyaning pastligi, moliyaviy muammolar kabi omillar koʻriladi.
Bu borada respublikada asosiy statisika maʼlumotlarining oʻrganilishi, ochiqlanishi va
qarshi kurash chora tadbirlari 2017-yildan boshlangan. Oʻsmirlar orasidagi tugʻruq
holatlari 2020-yilda 1044 tani tashkil etgan boʻlib, 2019-yilga nisbatan 12,7 foizga
kamaygan. Hududlar kesimida erta tugʻruqlarning 43,1 foizi Samarqand va
Qashqadaryo viloyatlari hisobiga toʻgʻri keladi. O'zbekistonda voyaga yetmagan qizlar
o'rtasidagi erta tug'ruq holatlari tahlil qilinganda, 2017-yildan boshlab 11 yillik
umumta'lim tizimiga o'tilishi bilan erta tug'ruq holatlarining soni pasayishi kuzatilgan.
Misol uchun 2016-2017-yillar davomida 15-17 yoshdagi qizlar o'rtasida jami 429
tug'ruq holati qayd etilgan bo'lsa, 2018-2019-yillar davomida ushbu ko'rsatkich 34
foizga kamayib, 284 tani tashkil qilgan.
Erta tug'ruq holatlari sodir etilishi ko'rsatkichining kamayishi holatini
umumta'lim maktablarida tahsil olayotgan qizlar soni nisbatiga taqqoslaganda ham
ko'rish mumkin: Har bir oilaning taqdiri jamiyat taqdiriga bevosita dahldor ekan. Bir
masala borki, bu haqda jiddiy o‘ylash, mulohaza qilish zarur. Bu oila tuzishdir. Voyaga
yetgan qizlarni turmushga uzatib, o‘g‘illarni uylantirib, nevara-chevarali bo‘lish har bir
ota-onaning ezgu maqsadidir. Xalqimizning an’anaviy va hayotiy muhim tadbiri
bo‘lmish nikoh bizda ko‘proq ota-onaning keksalarning aralashuvi bilan amalga
oshiriladi. Shu sababmi hayotimizda qarindoshlar o‘rtasida qudaandachilik rishtalarini
bog‘lash, qizlarni erta turmushga uzatish, yigitlarimizni erta uylantirish kabi achinarli
holatlar hamon uchrab turibdi. Oila qurishdan asosiy maqsad farzand ko‘rish o‘zidan
nasl qoldirish emasmi. Afsuski, buni anglab yetsalarda, begonani kelin qilishni
xohlamaydigan, qizini o‘z urug‘iga berishni afzal ko‘radigan ota-onalar ham uchrab
turibdi. Nahotki, mayib, majruh farzandini shifokormashifokor, shaharma-shahar olib
borib, naf topolmay taqdirga tan berayotgan ota-onalarning qismati ularga o‘rnak
bo‘lmasa. To‘g‘ri, hozirgi zamon tibbiyoti va uning imkoniyatlari katta. Lekin irsiy
buzilishlar oqibatida nuqsonli tug‘ilgan bolalarga har qanday ilg‘or davolash usuli, eng
samarali dori darmon, mashhur shifokor ham yordam bera olmaydi. Yaqin
qarindoshlikdan dunyoga kelgan bolalarda yashirin nuqsonlar saqlanib qoladi. Bu esa
yillar o‘tishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Bular kasalliklarga beriluvchanlik,
muhitga chidamsizlik, iqtidorning yaxshi rivojlanmasligi kabi salbiy omillar
farzandning sog‘lom va uzoq umr ko‘rishga to‘sqinlik qiladi.
Reproduktiv salomatlik deganda ayolning qachon va qanday sharoitlarda ona
bo‘lishini nazorat qilish, onaning ham, tug‘ilajak bolaning ham salomatligi uchun
maqbul shart-sharoitlarni yaratish tushuniladi.
16-18 yoshlarda ayol organizmi sog‘lom farzand ko‘rish uchun hali to‘la
shakllanmagan bo‘ladi. Homilador bo‘lish, farzand dunyoga keltirish bilan bog‘liq
jarayonlarda ona organizmi o‘zidan ko‘p miqdorda quvvat sarflaydi. Ko‘zi yorigan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
303
ISSN:3030-3613
ayol organizmi o‘zini tiklab olishi uchun unga kamida 3-4 yil vaqt zarur bo‘ladi. Bu
bir tomondan bolaning ona sutiga to‘yib o‘sishini ta’minlasa, ikkinchi tomondan ona
navbatdagi homiladorlikdan saqlanadi. Ayollar salomatligini faqatgina homiladorlik
davrida saqlabgina qolmay, balki o‘smir qizlarni ham yoshlik davridan sog‘-salomat
o‘sishiga ota-ona katta e’tibor qaratishi zarur. Ayollar uchun farzand ko‘rishning eng
qulay davri 20-30 yosh oralig‘i hisoblanadi. Agar homilador 20 yoshdan kichik bo‘lsa,
unda 30 foizgacha homilaning yaxshi rivojlanmasligi, chaqaloq vazni kichik bo‘lishi,
tug‘ilgan farzand o‘limi holatlarining ikki baravarga oshishi, yosh onalar orasida
onalarning o‘limi holati uch baravarga oshishi kuzatiladi. Ko‘rinib turibdiki, erta
turmush qurishning salbiy oqibatlari ko‘p. Bunda birinchi navbatda onaning
salomatligi muhim rol o‘ynaydi. Sababi, sog‘lom ona sog‘lom farzandni dunyoga
keltiradi.
Qizlarimizni erta turmushga uzatib, yigitlarimizni erta uylantirish oqibatida
yoshlarni hayotning so‘qmoqlarida qiynalib qolishlari, yosh yigitlarning oilani
boshqara olmasliklari, qizlarimizning bolaliklariga borib, o‘zga xonadon sir-asrorlarini
anglashga qiynalib qolishi, birbirlarini tushunmasliklari natijasida oilalarning barbod
bo‘lishiga, nuqsonli farzandlar tug‘ilishiga sabab bo‘lmoqda. Mamlakatimizda Oila
kodeksining 15- moddasiga asosan nikoh yoshi erkaklar uchun o‘n sakkiz yosh, ayollar
uchun o‘n yetti yosh etib belgilangan. Bu yoshda yigit va qiz jismoniy jihatdan ham
oila qurishga tayyor bo‘ladilar. Bu bir qarashda me’yoriy holat. Biroq, bu yoshdagi
yigit va qiz oilaviy hayotga tayyor emasligi, hayotiy, oilaviy ma’suliyat jiddiy masala
ekanligini hisobga olgan holda qizlarga 20-21 yoshdan, yigitlarga 23-24 yoshdan
turmush qurish maqbul hisoblanadi. Yangi qurilayotgan har bir oilaning
mustahkamligi, undan sog‘lom avlodning dunyoga kelishi – qizlarimizning necha
yoshdan turmushga chiqishi bilan bevosita bog‘liq. Erta ona bo‘lish bir qator
muammolarni keltirib chiqaradi. Chunki 15-16 yosh hali o‘smirlik davri sanalib, bu
vaqtda qizlar ruhan hamda jismonan to‘liq rivojlanmagan, shaxs sifatida to‘liq
shakllanmaganligi tufayli organizm homiladorlik, tug‘ruq va sog‘lom farzandni
dunyoga keltirishiga to‘laligicha yetilmagan bo‘ladi. Natijada erta farzand ko‘rish yosh
ona va undan tug‘ilajak bola salomatligiga ham ma’lum darajada havf tug‘diradi.
Homila tushish havfi, homiladorlikning og‘ir kechishi, tug‘ruq faoliyatini sustlashishi,
homilaning nimjon rivojlanishi, turli tizim va a’zolar shakllanishida kamchilik va
nuqsonlarning uchrab turishi, erta va nisbatan kam vaznda tug‘ilish ko‘proq ularda
uchraydi .Ona va bola o‘limi ko‘rsatkichi ham boshqa yoshdagilarga nisbatan erta
turmush qurgan ayollarda ko‘proq kuzatiladi. Oila mustahkamligi yoshlarning bilim va
madaniyatiga ham bog‘liq. Shuning uchun oilada tibbiy madaniyatni oshirish, erta
hamda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarni oldini olish bo‘yicha tashkiliy, ma’rifiy
targ‘ibot ishlarini kuchaytirmoq lozim. Ko‘pni ko‘rgan keksalarimiz bot-bot
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
304
ISSN:3030-3613
ta’kidlaydigan bir naql bor: “Imorat mustahkam bo‘lishini istasang, poydevorini pishiq
sol!”.
XULOSA
Darhaqiqat, bizning asosiy maqsadimiz-mustahkam oilalar barpo etish va yetuk
farzandlar tarbiyalash. Shunday ekan, oila deb atalmish qo‘rg‘onning bo‘lajak
bunyodkorlari – yigit-qizlarimizning unga har jihatdan tayyor bo‘lishlari lozimligini
unutmaylik. O‘z farzandining ertasini mustahkam oilada ko‘rishni istagan, uning
baxtu-saodati uchun ma’suliyatni chuqur his qilgan ota-ona bulardan to‘g‘ri xulosa
chiqarib ish yuritishlari kerak. Yurtimizda mustaqillik yillarida onalar va bolalar
salomatligiga berilayotgan e’tibor aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash,
sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishda
muhim omil bo‘lmoqda. Chunki, sog‘lom onadan sog‘lom bola dunyoga kelishi ayni
haqiqat. Zero, ayol jamiyat ko‘rkidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Oyelese, K. O., Black, R. S., Lees, C. C., & Campbell, S. (1998). A novel approach
to the management of pregnancies complicated by uteroplacental insufficiency and
previous stillbirth.
Australian and New Zealand journal of obstetrics and
gynaecology
,
38
(4), 391-395.
2.
Сидельникова, В. М., & Сухих, Г. Т. (1999). Актуальные проблемы
невынашивания беременности.
Цикл лекций
, 37-41.
3.
Бычков, В. И., Образцова, Е. Е., & Шамарин, С. В. (1999). Диагностика и
лечение хронической фетоплацентарной недостаточности.
Акушерство и
гинекология
,
6
, 3-6. 7. Мурашко, Л. Е., Бадоева, Ф. С., Асымбекова, Г. У., &
Павлович, С. В. (1996). Перинатальные исходы при хронической
плацентарной недостаточности.
Акушерство и гинекология
, (4), 43-44.
4.
Internet materiallari