Авторы

  • Tojidinova Nigoraxon Aʼzamjonovna
  • Normatova Gulnora Aʼzamovna
  • Sharipova Zarnigor Ravshanbekovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103263

Ключевые слова:

Kalit soʻzlar: psixologik muammolar hayotiy ko‘nikmalar o‘quvchilar o‘smirlik davri shaxsiy rivojlanish muloqot ko‘nikmalari qaror qabul qilish ijtimoiy ko‘nikmalar psixologik treninglar ruhiy holat

Аннотация

Annotatsiya:  O‘smirlik  davri  inson  hayotidagi  eng  murakkab  va  muhim 
bosqichlardan  biridir.  Bu  davrda  shaxsiy  va  ijtimoiy  ko‘nikmalar  shakllanib, 
o‘quvchilar  mustaqil  hayotga  tayyorgarlik  ko‘rishni  boshlaydilar.  Hayotiy 
ko‘nikmalar-bu  insonning  kundalik  hayotda  duch  keladigan  turli  vaziyatlarda 
muvaffaqiyatli harakat qilishiga yordam beruvchi ko‘nikmalar majmuasidir.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

298

ISSN:3030-3613

PSIXOLOGIK MAHSULOTLAR YORDAMIDA OʻSMIR YOSHDAGI

O’QUVCHILARDA SHAXSIY VA IJTIMOIY KOʻNIKMALARNI

SHAKLLANTIRISH

Tojidinova Nigoraxon Aʼzamjonovna

Shahrixon tuman 14-maktab amaliyotchi psixologi

Normatova Gulnora Aʼzamovna

Shahrixon tuman 36- maktab amaliyotchi psixologi

Sharipova Zarnigor Ravshanbekovna

Shahrixon tuman 25- maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

O‘smirlik davri inson hayotidagi eng murakkab va muhim

bosqichlardan biridir. Bu davrda shaxsiy va ijtimoiy ko‘nikmalar shakllanib,
o‘quvchilar mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydilar. Hayotiy
ko‘nikmalar-bu insonning kundalik hayotda duch keladigan turli vaziyatlarda
muvaffaqiyatli harakat qilishiga yordam beruvchi ko‘nikmalar majmuasidir.

Kalit soʻzlar:

psixologik muammolar, hayotiy ko‘nikmalar, o‘quvchilar,

o‘smirlik davri, shaxsiy rivojlanish, muloqot ko‘nikmalari, qaror qabul qilish, ijtimoiy
ko‘nikmalar, psixologik treninglar, ruhiy holat

KIRISH

O’sib kelayotgan yosh avlodni dunyoqarashi, tarbiyasi va umuman, o’zini

tevarak-atrofdagi odamlarga bo’lgan munosabatiga qarab, inson olamga ijobiy yoki
salbiy nazar bilan qaraydi, o’z qarashlarini shakllantiradi, atrofdagilar bilan
munosabatlarini quradi.O‘smirlik davri inson hayotidagi eng murakkab va muhim
bosqichlardan biridir. Bu davrda shaxsiy va ijtimoiy ko‘nikmalar shakllanib,
o‘quvchilar mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydilar. Hayotiy
ko‘nikmalar-bu insonning kundalik hayotda duch keladigan turli vaziyatlarda
muvaffaqiyatli harakat qilishiga yordam beruvchi ko‘nikmalar majmuasidir. Ta’lim
jarayonida ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirish nafaqat o‘quvchilarning bilim darajasini
oshiradi, balki ularning shaxs sifatida yetuk bo‘lishlariga katta hissa qo‘shadi. Shu
nuqtai nazardan, psixologik usullar yordamida hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish
muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi. Ushbu maqolada o‘smirlik davridagi
o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirishda qo‘llaniladigan asosiy
psixologik usullar, ularning samaradorligi hamda amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi.
Hayotiy ko‘nikmalar-bu insonning kundalik hayotdagi turli vaziyatlarda
muvaffaqiyatli va samarali harakat qilishiga yordam beradigan ijtimoiy, shaxsiy va
kognitiv ko‘nikmalar majmuasidir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

299

ISSN:3030-3613

O‘smirlik davrida bu ko‘nikmalarni shakllantirish yoshlarning mustaqil

fikrlash, muammolarni hal qilish, stressga chidamlilik va ijtimoiy aloqalarni samarali
boshqarish qobiliyatlarini rivojlantiradi.Ta’lim muassasalarida psixologik usullarni
samarali qo‘llash o‘quvchilarning faolligini oshiradi, ularning shaxsiy rivojlanishini
rag‘batlantiradi va ijtimoiy muhitga moslashishini osonlashtiradi. Bu usullar
o‘quvchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi va ularni stress, konflikt kabi
holatlarda mustaqil harakat qilishga tayyorlaydi.Psixologik treninglar va interaktiv
mashg‘ulotlar o‘quvchilarni turli vaziyatlarga tayyorlashda muhim vosita hisoblanadi.
Masalan, qaror qabul qilish treninglari yoshlarning tanlov qilish qobiliyatini
rivojlantiradi, jamoada ishlash mashqlari esa ularning ijtimoiy ko‘nikmalarini
yaxshilaydi. Shuningdek, psixologlar o‘quvchilarning individual xususiyatlarini
hisobga olib, moslashuvchan yondashuvlarni qo‘llashi tavsiya etiladi.

O‘quvchilarga turli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rgatish hayotiy

ko‘nikmalarni rivojlantirishning ajralmas qismidir. Psixologik mashg‘ulotlarda
muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va ijodiy
yondashuvlarni

qo‘llash

orqali

o‘smirlar

ushbu

ko‘nikmalarni

o‘zlashtiradilar.O‘smirlik davrida hissiy o‘zgarishlar va stressli vaziyatlar ko‘p
uchraydi. Psixologik usullar yordamida stressni boshqarish texnikalari — relaksatsiya
mashqlari, meditatsiya, nafas olish texnikalari - o‘quvchilarga hissiy holatlarni tartibga
solishni o‘rgatadi, bu esa ularning psixologik barqarorligini oshiradi.

Psixologlar ta’lim jarayonida o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini

rivojlantirish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqishi va amalga oshirishi zarur. Ular
pedagoglar bilan yaqin hamkorlikda ishlab, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini
hisobga olgan holda moslashtirilgan yondashuvlarni qo‘llashlari lozim. Shuningdek,
ota-onalar bilan ishlash, ularni o‘smirlarning rivojlanishiga jalb qilish ham muhim
ahamiyatga ega. Hayotiy ko'nikmalar bu insonlarni hayot talablari va muammolarini
samarali hal qilish imkonini beradigan moslashuvchan va ijobiy xulq-atvor
xususiyatidir. Hayot ko’nikmalari keng ma’noda kasb-hunar sohalari, ishlab chiqarish
vositalari bilan bog’liq bo’lgan ta’lim, o’qitish va ko’nikmalarni rivojlantirishni o’z
ichiga oladi.Psixologiyada hayotiy ko’nikmalar kompetensiyaning asosidir. Psixologik
kompetensiya - bu shaxsning kundalik hayotda samarali harakat qilish, uning talablari
va o'zgarishlariga javob berish qobiliyati. Bu aqliy faoliyatning yaxshi darajasini
saqlab qolish va turli vaziyatlarda boshqa odamlar bilan muloqot qilishda adekvat
bo'lish qobiliyatidir. Psixologik kompetensiya bu jismoniy, ruhiy va ijtimoiy
farovonlikning asosidir. Shuning uchun ham psixologik kompetentsiyani
rivojlantirishni eng muhim psixologik vazifalardan biri deb hisoblash mumkin.

Bunga maktabda bolalar va o‘smirlarga hayotiy ko‘nikmalarni o‘rgatish orqali

erishish mumkin. Hayotiy ko'nikmalar ko'pincha bolani kuzatish va tajribasi orqali
bilvosita yoki to'g'ridan-to'g'ri ma'lum bir mahoratni o'rgatish maqsadida ota-ona


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

300

ISSN:3030-3613

tomonidan o'rgatiladi. Ota-ona tarbiyasini o'zini o'rgatish mumkin bo'lgan yoki inson
uchun tabiiy bo'lgan hayotiy ko'nikmalar to'plami deb hisoblash mumkin va ota-onalik
bilan shug'ullanish ko'nikmalariga o'rgatish, shuningdek, bolaning qo'shimcha hayotiy
ko'nikmalarini rivojlantirish bilan mos kelishi mumkin va otaonalarga o'z farzandlarini
voyaga yetganida boshqarishga imkon beradi. An'anaviy oila tuzilmalari va sog'lom
munosabatlar ota-onalarning ajralishlari, psixologik kasalliklar yoki bolalar bilan
bog'liq muammolar (masalan, giyohvand moddalarni iste'mol qilish yoki boshqa xavfli
xatti-harakatlar) tufayli buzilgan taqdirda ko'plab hayotiy ko'nikmalar dasturlari taklif
etiladi. O’quvchilarda hayotiy ko’nikmalarni rovojlantirishning zarurati quyidagi
sabablarga ko'ra yuzaga keladi:

XULOSA

Psixologik usullar orqali o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish

ta’lim jarayonining muhim qismidir. O‘smirlik davrida shakllantirilgan hayotiy
ko‘nikmalar yoshlarning shaxs sifatida yetukligi, mustaqil fikrlashi va ijtimoiy muhitda
muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga xizmat qiladi. Treninglar, rol o‘yinlari, stressni
boshqarish texnikalari va boshqa psixologik metodlar o‘quvchilarning muloqot, qaror
qabul qilish, muammolarni hal qilish kabi ko‘nikmalarini samarali rivojlantirishga
yordam beradi. Shuning uchun ta’lim muassasalarida psixologlarning faol ishtiroki va
mazkur usullarni keng qo‘llash lozim. Bu esa nafaqat o‘quvchilarning shaxsiy
rivojlanishiga, balki ta’lim sifatining oshishiga ham xizmat qiladi. Ta’lim
muassasalarida psixologlarning faol ishtiroki va zamonaviy psixologik metodlarni
joriy etish o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning
uchun, o‘quvchilar hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda psixologik usullarni
muntazam ravishda qo‘llash va takomillashtirib borish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

E.G. G’oziyev. Psixologiya muammolari. Toshkent 1999 yil

2.

Rays F. O'smirlik va yoshlik psixologiyasi, Sankt-Peterburg, ed. Piter, 1999 yil,

3.

Oila va shaxs shakllanishi / ed. Bodalev A.A., ed. “Ma’rifat”, 1989 yil,

4.

Titarenko V. Ya. Oila va shaxsning shakllanishi, ed. Fikr, 1987 yil,

5.

Feldshteyn D. I. O'smirlik davrida bola shaxsining shakllanishi,

6.

Internet materiallari

Библиографические ссылки

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

E.G. G’oziyev. Psixologiya muammolari. Toshkent 1999 yil

Rays F. O'smirlik va yoshlik psixologiyasi, Sankt-Peterburg, ed. Piter, 1999 yil,

Oila va shaxs shakllanishi / ed. Bodalev A.A., ed. “Ma’rifat”, 1989 yil,

Titarenko V. Ya. Oila va shaxsning shakllanishi, ed. Fikr, 1987 yil,

Feldshteyn D. I. O'smirlik davrida bola shaxsining shakllanishi,

Internet materiallari