Mualliflar

  • Bakirov Otabek

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103268

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Nikoh Islom kafoat tenglik fiqh dindorlik nasab oila axloq barqarorlik.

Annotasiya

Anotatsiya:  Ushbu  maqolada  nikohning  Islomdagi  ahamiyati,  uning  ibodat 
maqomida  ko‘rilishi  va  jamiyatdagi  o‘rni  tahlil  qilinadi.  Ayniqsa,  nikohda  kafoat 
(tenglik)  tushunchasi  keng  yoritilib,  uning  diniy,  axloqiy,  moliyaviy  va  ijtimoiy 
jihatlari izohlanadi. Fiqhiy manbalarga asoslanib, hanifiy ulamolar fikrlari bilan kafoat 
mezonlari asoslab beriladi. Shuningdek, zamonaviy sharoitda kafoat mezonlarini qayta 
baholash  zarurati,  ta’lim,  ruhiy  barqarorlik,  oilaviy  qadriyatlar  bilan  uyg‘unlik 
masalalari ko‘tariladi. Nikohda kafoat oila barqarorligining asosiy omili sifatida talqin 
qilinadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

279

ISSN:3030-3613

NIKOHDAGI MUVOFIQLIK: ISLOMIY VA ZAMONAVIY QARASHLAR

Bakirov Otabek

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent

Islom Instituti 4-kurs talabasi


Anotatsiya:

Ushbu maqolada nikohning Islomdagi ahamiyati, uning ibodat

maqomida ko‘rilishi va jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ayniqsa, nikohda kafoat
(tenglik) tushunchasi keng yoritilib, uning diniy, axloqiy, moliyaviy va ijtimoiy
jihatlari izohlanadi. Fiqhiy manbalarga asoslanib, hanifiy ulamolar fikrlari bilan kafoat
mezonlari asoslab beriladi. Shuningdek, zamonaviy sharoitda kafoat mezonlarini qayta
baholash zarurati, ta’lim, ruhiy barqarorlik, oilaviy qadriyatlar bilan uyg‘unlik
masalalari ko‘tariladi. Nikohda kafoat oila barqarorligining asosiy omili sifatida talqin
qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Nikoh, Islom, kafoat, tenglik, fiqh, dindorlik, nasab, oila, axloq,

barqarorlik.

Аннотация:

В данной статье рассматривается значение брака в исламе как

одной из важнейших форм поклонения и социальной институции. Особое
внимание уделяется концепции "кафаа" (социального и религиозного равенства)
между супругами. Раскрываются аспекты равенства в религии, морали, финансах
и происхождении на основе источников фикха и мнений ханафитских ученых.
Также анализируются современные подходы к понятию кафаа в свете
образования, духовной совместимости и семейных ценностей.

Ключевые слова

: Брак, ислам, кафаа, равенство, фикх, благочестие,

родословная, семья, мораль, стабильность.

Annotation:

This article explores the importance of marriage in Islam,

portraying it as both a sacred act of worship and a foundational social institution. The
concept of kafa’ah (compatibility or equivalence) in marriage is analyzed in depth,
focusing on religious, moral, financial, and social aspects. Drawing from Islamic
jurisprudence and the Hanafi school, the article highlights traditional views while also
considering modern interpretations, including educational level, spiritual harmony, and
family values. Kafa’ah is presented as a key factor in ensuring marital harmony and
long-term stability.

Keywords:

Marriage, Islam, kafa’ah, compatibility, fiqh, piety, lineage, family,

ethics, stability.

صخلملا:

ت

لجرلا نيب ةيصخش ةقلاع درجم سيل هنأ نّيبتو ،ملاسلإا يف جاوزلا ةيمهأ ةلاقملا هذه لوانت

قفاوتلا ثيح نم ،جاوزلا يف ةءافكلا موهفم ىلع زيكرتلا متي .ةيساسأ ةيعامتجا ةسسؤمو ةدابع وه لب ،ةأرملاو

آو يملاسلإا هقفلا ىلإ اًدانتسا ،يعامتجلااو ،يلاملاو ،يقلاخلأاو ،ينيدلا

طيلست متي امك .يفنحلا بهذملا ءاملع ءار


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

280

ISSN:3030-3613

،يحورلا قفاوتلاو ،ميلعتلا ىوتسم لثم ،ةرصاعملا تاريغتملا قفو ةءافكلا ريياعم ةعجارم ةرورض ىلع ءوضلا

هماودو جاوزلا رارقتسا يف يروحم رصنعك ةءافكلا ضرعُتو .ةيرسلأا ميقلاو


ةيحاتفملا تاملكلا:

اوتلا ،ةءافكلا ،ملاسلإا ،جاوزلا

رارقتسلاا ،قلاخلأا ،ةرسلأا ،بسنلا ،ىوقتلا ،هقفلا ،قف

Nikoh — Islomda eng muqaddas rishtalardan biridir. U faqatgina ikki insonning

o‘zaro shaxsiy ittifoqi bo‘lib qolmay, balki jamiyatning axloqiy va ijtimoiy tuzilmasiga
bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim institutdir. Islomda, nikohga alohida e’tibor
qaratilgan. Nikoh ibodat maqomida ko‘riladi. Bu borada mashhur hanafiy olimi Ibn
Obidin rahmatullohi alayh quyidagi fikrni bildirgan:

"Odam alayhissalomdan to qiyomatgacha ibodat qilib belgilangan hamda

jannatda ham davom etadigan amal ikkita bo‘lib, birinchisi — iymon, ikkinchisi —
nikohdir."
Bu fikr nikohning ilohiy qadriyat ekanini anglatadi. Nikoh orqali oila barpo etiladi.
Oila esa jamiyatning eng kichik, ammo eng muhim birligi sanaladi. Alloh taolo Qur’oni
karimda marhamat qiladi:

"Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun o‘zingizdan juftlar yaratganligi va

orangizda sevgi va marhamatni solib qo‘ygan

(ham)

Uning oyat-belgilaridandir.

Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir."

(Rum

surasi, 21-oyat). Bu oyat nikohning faqat jismoniy emas, balki ruhiy, hissiy va
ma’naviy jihatdan uyg‘unlikni ta’minlovchi ilohiy muassasa ekanini ko‘rsatadi.
Nikohni barqaror, sog‘lom va mas’uliyatli tarzda qurish uchun Islomda muayyan
mezonlar — xususan kafoat (tenglik) talabi ilgari suriladi.

Kafoat lug‘aviy jihatdan “tenglik”, “moslik”, “muvofiqlik” degan ma’nolarni

anglatadi. Fiqhiy istilohda nikohda erkak bilan ayol o‘rtasida muayyan jihatlar
bo‘yicha muvofiqlik bo‘lishi lozimligini bildiradi. Bu muvofiqlik faqat shaxsiy istak
emas, balki ijtimoiy barqarorlik va axloqiy muvozanatni saqlash maqsadida
belgilangan mezondir. Hanafiy mazhabi ulamolari kafoatni nikohning maqbul va uzoq
muddatli bo‘lishi uchun zarur omil deb hisoblashgan. Kafoat mezonlari vaqt o‘tishi
bilan ba’zi tafsilotlarda farq qilgan bo‘lsa-da, uning asosiy mohiyati o‘zgarmagan: Er
va xotin o‘rtasida din, axloq, moliyaviy ahvol, ijtimoiy maqom va boshqa muhim
jihatlar e'tiborga olinishi kerak.

Eng muhim mezon — bu diniy muvofiqlikdir. Ulamolar diniy yetuklikni nikoh

uchun birinchi darajali ahamiyatga ega deb bilishgan. Rasululloh sallallohu alayhi
vasallam marhamat qiladilar:

“Agar sizlarga dini va xulqi sizni rozi qiladigan biri

(qizingizga sovchi bo’lib kelsa)

qizingizni unga turmushga bering. Agar buni

qilmasangiz, yer yuzida fitna va katta buzuqlik paydo bo‘ladi”

deganlar.

Bu hadisdan ko‘rinadiki, erkakning taqvodorligi, dinni tushunishi, ibodat va axloqiy
pokligi eng muhim ustuvorlik hisoblanadi. Dindor ayolni fosiq erkakka berish, nafaqat
oilaning, balki jamiyatning barqarorligiga ham xavf tug‘diradi. To‘rt fiqh mazhabiga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

281

ISSN:3030-3613

ko‘ra, musulmon ayol faqat musulmon erga, musulmon erkak esa yahudiya yoki
nasroniy ayolga uylanishi maqbul. “Musulmonlarning barchasi bir-birlariga
tengdirlar”, deya ta’kidlanadi; Quraysh qabilasidan bo‘lgan Fotima bint Qays aslida
qullikdan ozod qilingan Usoma ibn Zaydga turmushga chiqdi, bu barcha
musulmonlarning bitta oila, teng ahamiyatli ekanini ko‘rsatadi. Hadisda Rasululloh
sollallohu alahi va sallam ham iymon-axloqqa urg‘u berib,

“Ayol to‘rt narsasi uchun

uylaniladi: boyligi, nasli, go‘zalligi va dini uchun; eng yaxshi narsangiz –
dindorini tanlash”

deb marhamat qilganlar. Shuningdek, kim ayolni boyligi va tashqi

go‘zalligi uchun oladigan bo‘lsa, aslida undan mahrum qoladi; aksincha, dini uchun
uylansa, Allohga nisbatan uning boyligi va go‘zalligini ham oshirib beradi. Bu hadislar
nikohda ma’naviy uyg‘unlik (dindorlik) eng ustun mezon ekanini ko‘rsatadi.

Tenglik yana nasabda ya’ni bo’lajak kuyov kelinga nasl-nasabda teng bo’lishi

e’tiborga olinadi. Chunki faxrlanish nasl- nasab tufayli kelib chiqadi. Nasl noma’lum
bo’lsa, tenglik hisoblanmaydi. Nasl-nasabi aniq bo’lmagan erkak nasl-nasabi ma’lum
bo’lgan qizga teng bo’la olmaydi. Nasabning muhimli kelin-kuyovning oilalari orasida
muvofiqlik bo’lishi va oilaviy qadiryatlarni bir-biriga mos kelishiga asoslanadi. Bu esa
kelgusida oilada kelib chiqadigan ziddiyatlarning oldini olish va barqarorlikni
saqlashga xizmat qiladi.

Moliyaviy jihatdan tenglik. Erkakning ayolga nafaqa berish qobiliyati fiqhda

zaruriy shartlardan biridir. Shuningdek, bu mezon kafoat mezonlari ichida ham
e’tiborga olinadi. Ba’zi fuqaholar erkakning kasbi va ijtimoiy maqomini ham kafoat
mezonlariga kiritishgan. Chunki ayrim jamiyatlarda kasb-hunar oilaning obro‘siga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’naviy tenglik va oila farovonligi. Oilani mustahkamlovchi asosiy omillardan

biri – er-xotin o‘rtasida ma’naviy tenglik va hamjihatlik. Islomiy nigohda har ikki taraf
o‘rtasida iymoniy uyg‘unlik bo‘lsa, oilada mehr-oqibat va sabr kuchayadi. Rasululloh
sollallohu alahi va sallamning hadislarida iymonlilarning axloqiga katta urg‘u beriladi.
Masalan, Termiziy rivoyatida keltirilgan:

“Mo‘minlar orasida iymonini kamoliga

yetkazganlar eng yaxshi axloqlilardir, sizlarning eng yaxshilaringiz esa
xotinlariga eng yaxshilari”

deyilgan. Bu hikmatli so‘zlardan ko‘rinib turibdiki, o‘ta

ma’naviy, sabr-toqatli va axloqli er-xotin munosabatlari oilani yanada
mustahkamlaydi.

Bugungi kunda kafoat masalasiga kengroq nuqtai nazardan yondashilmoqda.

Endilikda faqat nasl-nasab yoki kasb emas, balki quyidagi jihatlar ham muhim o‘rin
tutadi. Ma’naviy uyg‘unlik: Hayotiy qarashlar, diniy e’tiqod darajasi va ruhiy
holatning o‘zaro mosligi, ta’lim darajasi, bilim saviyasi va fikrlash tarzi o‘rtasidagi
moslik.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

282

ISSN:3030-3613

Oilaviy madaniyat: Har ikki tarafning oila qadriyatlariga munosabati va axloqiy

uyg‘unligi, halollik, fidoyilik, sabr-toqat kabi insoniy fazilatlarning mavjudligi ham
e'tiborli va zaruriy ishlardan hisoblanadi.

Ushbu zamonaviy mezonlar, fiqhiy asoslarni inkor qilmagan holda, diniy

prinsiplar bilan uyg‘unlashtirilib ko‘rilishi kerak. Har qanday zamonda nikohning
barakali bo‘lishi, ikki tarafning din, axloq, ijtimoiy holat va psixologik tayyorgarlik
darajasi bilan bevosita bog‘liqdir. Diniy uyg‘unlikka asoslangan nikohlar barakali,
sabrli va uzoq umrli bo‘lish ehtimoliga ega. Bugungi kunda esa an’anaviy kafoat
mezonlarini zamonaviy ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtirish, ilm, ta’lim, axloq va ruhiy
barqarorlik asosida nikoh qurish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Xulosa.

Nikohda kafoat — oilaviy hayotning totuvligi, barqarorligi va uzoq umr

ko‘rishining muhim kafolati hisoblanadi. Shariatda bu tushunchaning mavjudligi shuni
anglatadiki, nikoh faqat hissiy tuyg‘ularga emas, balki ongli, mas’uliyatli va uzoqni
o‘ylagan qarorga asoslanishi lozim. Islomda nikoh doimiy, barakali va ma’naviy
birlikka asoslangan bo‘lishi lozim. Kafoat esa ushbu birlikning ichki tamal toshi
sifatida xizmat qiladi. Uni inobatga olish orqali kelishmovchiliklar, ajralishlar oldi
olinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Oltin silsila. Sahuhul Buxoriy. J.7. T.: Hilol-Nashr, 2021.

2.

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. J.4. T.: Hilol-Nashr,
2008.

3.

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtiyor Oila. T.: Hilol-Nashr, 2013.

4.

Burhonuddin Marg'inoniy. Hidoya sharh Bidoyatul mubtadi. J.2. Hilol-
Nashr, 2021.





Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Oltin silsila. Sahuhul Buxoriy. J.7. T.: Hilol-Nashr, 2021.

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. J.4. T.: Hilol-Nashr,

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtiyor Oila. T.: Hilol-Nashr, 2013.

Burhonuddin Marg'inoniy. Hidoya sharh Bidoyatul mubtadi. J.2. Hilol-

Nashr, 2021.