Mualliflar

  • Sobirova Muxlisa Ahrorovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103299

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: ong obraz diagnostika aqli zaiflik bilish sezgi intellektual talaffuz grammatika ruhiy rivojlanish hissiy muvaffaqiyat differensiatsiya xarekter.depressiv xulq korreksiya

Annotasiya

Annotatsiya: Ruhiy rivojlanish kechikishi bola psixikasida nevrozga o‘xshash 
holatlardan o‘z kuchiga ishonmaslik, qo’rqoqlik, injiqlik, erkalik, qiziqishning pastligi 
va boshqalar kuzatiladi. Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida bola erta 
yoshligidan  noqulay,  noto‘g‘ri  sharoitda  tarbiyalanadi  va  shu  tarbiyaning  salbiy 
tomonlari ruhan rivojlanishiga ta’sir o‘tkazgan boiadi..   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

116

ISSN:3030-3613

RIVOJLANISHI RUHAN KECHIKKAN BOLALAR BILAN PSIXOLOGIK

MASHGʻULOTLAR OLIB BORISH

Sobirova Muxlisa Ahrorovna

Buxoro viloyati Shofirkon tuman

28- maktabi amaliyotchi psixologi

Annotatsiya

: Ruhiy rivojlanish kechikishi bola psixikasida nevrozga o‘xshash

holatlardan o‘z kuchiga ishonmaslik, qo’rqoqlik, injiqlik, erkalik, qiziqishning pastligi
va boshqalar kuzatiladi. Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida bola erta
yoshligidan noqulay, noto‘g‘ri sharoitda tarbiyalanadi va shu tarbiyaning salbiy
tomonlari ruhan rivojlanishiga ta’sir o‘tkazgan boiadi..

Kalit so’zlar:

ong, obraz, diagnostika, aqli zaiflik, bilish, sezgi, intellektual,

talaffuz, grammatika, ruhiy rivojlanish, hissiy, muvaffaqiyat, differensiatsiya,
xarekter.depressiv xulq,korreksiya

KIRISH

O‘quvchilar orasida ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ham uchrab turadi.

Ularning bilish faoliyati- intellekti mantiqiy tafakkuri, idroki, xotirasi, ixtiyoriy
diqqati, ish qobiliyati va boshqa xislatlariga birinchi o‘rinda markaziy nerv
sistemasining kasalliklari natijasida ruhiy rivojlanishi sustlashadi. Bunday bolalarda
hissiyot, iroda sferasidagi kamchiliklar birlamchi, aqliy rivojlanishni orqada qolishi
esa ikkilamchi hodisa boiib hisoblanadi. Ruhiy rivojlanishida sezilarli darajada orqada
qolgan bolalar bular maktabni bitirguniga qadar maxsus sharoitda o‘qitilishi kerak.
Bunday bolalar maktab dasturini sog’lom tengdoshlari qatori o‘zlashtira olmaydi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni ommaviy maktabda hamma qatori o‘qitish
talim jarayoniga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni o‘rtacha o‘quvchining saviyasini
orqaga tortadi, yaxshi va alo o‘zlashtiruvchi o'quvchilarni yetarli darajada o‘stirishga
to‘sqinlik qiladi.Olimlardan K.S.Lebedinskaya, G.P.Berto‘n, E.M.Dunayeva va
boshqalar ruhan sust rivojlanganlikni klinik-psixologik jihatdan quyidagi xillarga
bo’lishni tavsiya etadilar:

konstitutsional;

somatogen;

psixogen;

serebral shakli.

Ruhan sust rivojlanganlikning konstitutsional

shaklini xarakterlovchi

belgilarga quyidagilar kiradi: bolaning gavda tuzilishi sogiom tengdoshlarinikiga
nisbatan. 1-2 yosh kichik ko‘rinadi. U o‘zini bog‘cha yoshidagilarga osxshab tutadi va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

117

ISSN:3030-3613

taiim olish uchun hali “yetilmagan” bo’ladi. Bunday bola o‘quv faoliyatiga yaxshi
kirishib ketmaydi, chunki unda o‘qishga qiziqish yo‘q, ish qobiliyati past.
Mas’uliyatsizlik, motivlaring sustligi, ruhiy jarayonlardan analiz, sintez
qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi tufayli o‘qish va yozishni, matematikani
katta qiyinchiliklar bilan o‘zlashtiradi. Dars vaqtida tez charchab qolish hollari, bosh
og‘rib turishi konstitutsion shakldagi bunday bolada ish qobiliyati, faollik yanada
pasayib ketishiga sabab boʻladi.

Rivojlanishdagi bu kamchilikka bola onasining homiladorligi davrida

qalqonsimon bezlari faoliyatining buzilganligi, yurak-tomir kasalliklari sabab bo’lishi
mumkin. Ilk yoshda har xil surunkali kasalliklar bilan tez-tez kasallanib turish
natijasida bola yaxshi o‘sib-unmay qolishi mumkin, bu esa o‘z navbatida ruhiy
jihatdan

rivojlanishida

orqada

qolishga,

kechikishga

olib

keladi,

sust

rivojlanganlikning somatik shakli deb shunga aytiladi. Bolada surunkali infeksiyalar,
allergik holat tug‘ma porok va shu kabi kasalliklar ayniqsa tez uchrab turadi. Ruhiy
rivojlanishning somatogen sabablarga aloqador sustligi bolada asteniya holatini
vujudga keltiradi. Ayrim bolalarda somatogen

infantilizm kuzatiladi, ya’ni bola o‘sib-

unmagan, go‘dak taxlit bo‘lib qolaveradi. Bunda bola psixikasida nevrozga o‘xshash
holatlardan o‘z kuchiga ishonmaslik, qo’rqoqlik, injiqlik, erkalik, qiziqishning pastligi
va boshqalar kuzatiladi.

Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida bola erta yoshligidan noqulay,

noto‘g‘ri sharoitda tarbiyalanadi va shu tarbiyaning salbiy tomonlari ruhan
rivojlanishiga ta’sir o‘tkazgan boiadi. Shu xildagi kamchiliklaming kelib chiqish
sabablarini 3 guruhga bo’lish mumkin:Bola tarbiyasi bilan mutlaqo shug‘ullanmaslik,
uni butunlay o‘z holiga tashlab qoyish, bunda bolalarda burch va mas’uliyat hissi
shakllanmaydi. Aql-idrokning rivojlanishi, qiziqishlari, bilish faoliyati, his-tuyg‘u va
iroda yetishmasligi ustiga o‘quv fanlarini o'zlashtirish uchun zarur bilim va
taassurotlaming yetishmasligi ham qo‘shiladi.

Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida aql-idrok bilish faoliyatiga

aloqador kamchiliklarga aksari noto‘g‘ri tarbiya natijasida paydo boigan xislatlar ham
qo‘shilib pirovard natijasida shaxsning rivojlanishi izdan chiqadi, unda patologik
xislatlar yuzaga keladi. Ana shunday bolalami pedagogik qarovsiz bolalardan ajrata
olish lozim. Pedagogik qarovsiz bolalarning psixikasi normal boiib, ular noto‘g‘ri
tarbiyalanganligi natijasida ulgurmovchi o‘quvchilar qatoriga o‘tib qoladilar.

Ruhiy sust rivojlanishning serebral shakli miya shikastlari, meningit,

meningoensefalit, gidrotsefaliya va boshqa kasalliklar natijasi bo’lib hisoblanadi.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni o‘qishi pasayib ketadi, biroq bu holat

o‘z vaqtida va to‘g‘ri aniqlansa, bolalarga tegishli yordam tashkil etilsa, ular ommaviy
maktab dasturini o‘zlashtira oladilar. Ruhan rivojlanish kamchiliklarining ba’zi bir
shakllarida bolalarni vaqti-vaqti bilan maxsus psixonevrologik sanatoriylarda


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

118

ISSN:3030-3613

davolash foydalidir. Sanatoriyada bola kollektiv ishiga asta-sekinlik bilan jalb etiladi.
Unda charchash alomatiari paydo boiganda, u o‘quv mashg'ulotlaridan vaqtincha ozod
etiladi yoki unga soddaroq boshqa vazifalar beriladi. Sanatoriyda davolanib kelgandan
so‘ng bola o‘qishni o‘z maktabida davom ettiraveradi.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun taiim umumtaiim bog‘cha yoki

maktab dasturi va darsliklari asosida olib boriladi,himoyalaydigan davolovchi maxsus
tartib tashkil etiladi. Talim tarbiyaviy ishlar bolalarning fikrlash qobiliyati, diqqati, ish
qobiliyati, xotirasi, nutqi va tafakkuridagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan
bo’lib, bunday bolaga bilim berishda o‘qituvchi uning o‘ziga xos individual
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan ishlaydi,
tegishli yordam tashkil etadi. Sogiiqni saqlash vazirligi qoshidagi bolalar va o‘smirlar
gigienasi instituti xodimlari, jumladan N.P.Vayzman va boshqa olimlarning o‘tkazgan
ilmiy tekshirishlari shuni ko‘rsatadiki, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar
o‘zlashtirish jihatidan olganda sogiom va yengil darajadagi aqli zaif bolalar o'rtasida
oraliq o‘rinda turadi. Bu olimlar tekshirish vaqtida yengil darajadagi aqli zaif va ruhiy
rivojlanishi sustlashgan bolalarga bir xildagi topshiriqlami berib ko‘radilar, shunda
normal sogiom bolalar berilgan vazifani to‘g‘ri tushunib, uni kerakli tartibda bajargan
boisalar, yengil darajadagi aqli zaif bolalar vazifani tushunmay, bajara olmaydilar,
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar esa xuddi shunday vazifani, bajara oladilar.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar tafakkurning o‘ziga xos bo‘lgan va uni

aqli zaiflardan oson ajratishga imkon beradigan xususiyatlari dan biri, so‘z-mantiq
tafakkur bilan ko‘rgazma-obrazli tafakkur turlarining o‘zaro munosabati va rivojlanish
darajalaridir (G‘.B.Shoumarov).

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilaming so‘z-mantiq tafakkuri yetarli

rivojlanmagan boiib, ba’zi holatlarda ulami yengil darajadagi aqli zaiflardan farqlay
olmaslik mumkin. Ammo, ularning ko‘rgazma-harakat va ko‘rgazma-obrazli tafakkur
turlari aqli zaiflardan keskin farq qilib, normal tengdoshlariga yaqinlashib boradi. Bu
esa ularning bilish faolyatlarida katta rivojlanish imkoniyatlari mavjudligi va ularning
bir qismi ma’lum ta’lim-yillaridan keyin, maxsus ta’lim-tarbiya va davolash ishlari
natijasida o‘z normal tengdoshlariga yetib olishi mumkinligini ko‘rsatadi. Tafakkur
turlarining bunday munosabati va notekisligi katta differensial diagnostik ahamiyatga
egadir. Ma’lum obyektlami tahlil qilganda ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar
normal tenqurlariga nisbatan kamroq, lekin aqli zaif bolalarga nisbatan ko‘proq
belgilami aniqlaydilar. Lekin, shu bilan birga ularning tahlil jarayoni rejasiz ravishda
bajarilganligi sababli obyektning ko‘pgina qismlari tushirib qoldiriladi. Ammo, ularga
o‘qituvchi tomonidan ma’lum yordam berilganda, tahlil natijalarida keskin o‘zgarish
bo‘lib, normal tengdoshlariga yaqinlashadi. O‘qituvchi tomonidan yordam berilganda,
tahlil natijalarida keskin o'zgarish bo‘lib, normal tengdoshlariga yaqinlashadi.
O‘qituvchi tomonidan yordam berilganda aqli zaif bolalarda ham ijobiy o‘zgarishlar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

119

ISSN:3030-3613

bo’lishi mumkin, ammo, bu o‘zgarish

ruhiy rivojlanishi sustlashgan

o'quvchilardagidek katta bo‘lmaydi.Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarda
tafakkur jarayonlari: tahlil - tavsifdan tashqari umumlashtirish, tasniflash,
sistemalashtirish, taqqoslash darajalari jihatdan normal va aqli zaif o'quvchilar
tafakkur jarayonlari orasida bo‘ladi, Berilayotgan vazifa murakkablashgan sari ruhiy
rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilaming tafakkur qilish saviyasi aqli zaif bolalarnikiga
yaqinlashib boradi. Tafakkurning boshlang'ich sinflardagi taraqqiyot dinamikasini
o‘rgangan, kuzatgan T.V.Egorova boshlang‘ich sinf oxiriga kelib, aksariyat holda
ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar tafakkuri normal bolalar tafakkuri
saviyasiga yaqinlashganligini ko‘rsatadi. Bu yaqinlashish ayniqsa, ruhiy rivojlanishi
sustlashgan o‘quvchilar tomonidan umumlashtirish va tasniflash jarayonlarida o‘z
ifodasini topadi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkunki: Ularning aksariyat 7 yoshda ham

maktabga bormasdan bog‘chada qolishni xohlaydi. O‘qishga bo‘lgan qiziqishlarga
nisbatan, o‘yinga bo’lgan qiziqishlari ustunlik qiladi. O‘yinga bo’lgan qiziqishining
ustunlik qilganligi va o‘qishda doimo, muntazam muvaffaqiyatsizlikka uchrab turishi
natijasida bu bolalarda o‘qishga nisbatan salbiy munosabat shakllana boradi. O‘z-
o‘ziga ishonmaslik hislari shakllanadi. O‘zlarining qobiliyatlarini baholashda haddan
tashqari past

baholash hollari kuzatiladi. Bu esa, ular shaxsining

shakllanib yetishmasligi, hissiyot - iroda faoliyatlarida o‘quv faoliyati uchun zarur
bo’lgan bilish ehtiyojlarining shakllanmaganligida o‘z ifodasini topadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Yakubjonova, Z.N. Mamarajabova, Sh.M. Amirsaidova, A.D. Sultanova.

2.

Po’latxo’jayeva M.R. Defektologiyaning klinik asoslari-T. 2012 yil

3.

L.R. Mo’minova, Sh.M. Amirsaidova, Z.N. Mamarajabova, M.U. Xamidova, D.B.
Yakubjanova, Z.M. Djalolova, N.Z. Abidova, Maxsus psixologiya-T. 2013 yil

4.

internet materiallari

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Yakubjonova, Z.N. Mamarajabova, Sh.M. Amirsaidova, A.D. Sultanova.

Po’latxo’jayeva M.R. Defektologiyaning klinik asoslari-T. 2012 yil

L.R. Mo’minova, Sh.M. Amirsaidova, Z.N. Mamarajabova, M.U. Xamidova, D.B.

Yakubjanova, Z.M. Djalolova, N.Z. Abidova, Maxsus psixologiya-T. 2013 yil

internet materiallari