T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
92
ISSN:3030-3613
QADRIYATLAR VA ULARNI ASRAB-AVAYLASHDA TARIXIY
DAXLDORLIK HISSINING O‘RNI
Nosirova Nozima Safarovna
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi
chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Toshkent filiali texnologiyalar fakulteti 1-bosqich talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada qadriyatlar va ularni asrab-avaylashda tarixiy
daxldorlik hissining ahamiyati, bosqichlari haqida ilmiy-falsafiy fikir yuritiladi.
Shuningdek, unda tarixga daxldorlik tuyg‘usini, uning mohiyati, mazmuni,
qadriyatlarni asrab-avaylashdagi o‘rni va xususiyatlari haqida ma’lumot beradi.
Qolaversa, tadqiqot yoshlarni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun zarur
bo‘lgan komponentlari haqida ham axborat beradi.
Kalit so‘zlar.
Qadriyat, an’ana, inson, jamiyat, tarbiya, axloq, xulq, udum,
tizim, vazifa, daxldorlik tuyg‘usi va tajriba.
Abstract.
This article presents a scientific and philosophical reflection on the
importance and stages of a sense of historical involvement in preserving values and
their value. It also provides information about the sense of involvement in history, its
essence, content, role and characteristics in preserving values. In addition, the study
provides information about the components necessary for educating young people in
the spirit of loyalty to the Motherland.
Keywords.
Value, tradition, person, society, upbringing, morality, behavior,
tradition, system, task, sense of involvement and experience.
Аннотация.
В статье рассматриваются научные и философские
соображения о важности и этапах чувства исторической причастности к
сохранению ценностей и их охране. В нем также содержится информация о
чувстве принадлежности к истории, его сути, содержании, роли и
особенностях сохранения ценностей. Кроме того, в исследовании представлена
информация о компонентах, необходимых для воспитания молодежи в духе
преданности Родине.
Ключевые слова.
Ценности, традиции, люди, общество, воспитание,
этика, поведение, обычаи, системы, обязанности, чувство принадлежности и
опыт.
Hozirgi davrda milliy va ma’naviy qadriyatlarning inson va jamiyat hayotidagi
ahamiyatining oshib borishi, yoshlar kamolotidagi o‘rni barchamiz uchun muhim
ahami-yat kasb etmoqda. Biz yuqorida milliy-ma’naviy, madaniy, ta’lim-tarbiya, axloq
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
93
ISSN:3030-3613
kabi qadriyat turlari, uning mohiyati, inson tafakkuri, dunyoqarashiga ta’siri, komil
inson tarbiyasidagi o‘rni kabi masalalarni imkon qadar yoritishga harakat qildik. Shu
o‘rinda yoshlar tarbiyasini ma’naviy qadriyat va milliy istiqlol mafkurasi tamoyillari
bilan uyg‘unlikda olib borish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlarimiz,
xalqimizning o‘ziga xos udumlari, uning yuksak axloqiy fazilatlari ma’naviyatimiz
o‘zagidir. Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda milliy qadriyatlarni tiklash,
takomillashtirish, o‘zligimizni bilish, ma’naviy qadriyatlar tizimini yaratish
umummiliy, dolzarb vazifalardan biridir.
Tadqiqot metodologiyasi.
Yuksak ma’naviy qadriyatlarni milliy g‘oya va mafkura bilan uyg‘unlikda olib
borishda umuminsoniy qadriyatlar, ta’lim-tarbiya, ilm-fan va odob-axloqning o‘rni
o‘zgachadir. Jumladan, axloqiy tarbiya va axloqiy dunyoqarash o‘z yaqinlari, Vatani
oldidagi burch va javobgarlik hissini shakllantiradi. Mafkura – muayyan ijtimoiy
guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad -
muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini
o‘zida mujassam etgan g‘oyalar tizimidir. Uning falsafiy, dunyoviy va diniy ildizlari
bor. Mafkuraning maqsadi – insonlarni muayyan g‘oyaga ishontirish, bu yo‘lda
ma’naviy-ruhiy rag‘batlantirish, insonlarni g‘oyaviy tarbiyalash yo‘llarini uyushtirish,
insonlarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirishga safarbar etishdir.
Qadriyat – uning mohiyati va mazmuni, milliy qadriyatlarning namoyon bo‘lish
shakllarini va ularning asosiy xususiyatlarini o‘z ichiga qamrab olgan. Shuningdek,
qadriyat mavzularida O‘zbekiston tarixini sharqona qadrlash, ularga vatanparvarlik
ruhida munosabat bildirish, yoshlar ongida istiqlol va qadriyatlarga nisbatan
qarashning ijobiy tomonga o‘zgarishi, milliy qadriyatlarni asrash va umuminsoniy
qadriyatlar bilan uyg‘unligini ta’minlash juda muhimdir. Insoniyat paydo bo‘lishi bilan
uning tili, urf-odatlari, an’analari, dini, madaniyati, ezgulikni ifodalovchi axloqiy
fazilatlari vujudga kela boshlagan. Ularning mazmunida xalqning hayot tarzi, ruhiyati,
ma’naviyati, madaniyati, turmush tarzi, o‘y-xayollari aks etgan. Milliy qadriyat –
millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog‘liq
holda namoyon bo‘ladi. Qadriyat atamasi arabcha “qadr” so‘zidan olingan bo‘lib,
qimmatli, foydali degan ma’noni anglatadi. Qadriyat – bu tabiiy va ijtimoiy hayotda
namoyon bo‘ladigan shaxsiy va ijtimoiy-ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan
moddiy-madaniy, ma’naviy omillar yig‘indisidir. Bizning mentalitetimizga xos
bo‘lgan milliy qadriyatlardan andisha, sabr - toqat, vazminlik, mulozamat,
sertakalluflik, keksalarga hurmat - ehtirom, ijtimoiy hayotda bosiqlik qon-qonimizga
singib ketgan. Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘zbek xalqi milliy, ma’naviy
qadriyatlar va axloq-odobga bag‘ishlangan maxsus, teran ta’limotlarning
merosxo‘ridir. Jumladan, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad
Yugnakiyning “Hibbat ul-xaqoyiq” asarlari, Kaykovusning “Qobusnoma”,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
94
ISSN:3030-3613
Burhoniddin Marg‘inoniyning yetti kitobdan iborat “Hidoya”, Husayn Voiz
Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” nomli odob - axloq me’yorlarini batafsil yoritib
bergan asarlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini, dolzarbligini yo‘qotmagan.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.
B.Ziyomuhammadov o‘zining “Komillikka eltuvchi kitob” asarida “Qadriyat”
so‘ziga quyidagicha ta’rif beradi: “Kishini qurshab turgan cheksiz ko‘p narsa va
hodisalar, shu jumladan, milliy ma’naviyat ichidan ham, muayyan shaxs yoki ijtimoiy
guruh yo konkret bir millat yoxud butun insoniyat uchun alohida ahamiyatga, qadrga
ega bo‘lganlarini qadriyat deyiladi. “Moddiy qadriyatlar – kishilar moddiy ehtiyojlarini
qondirib, o‘ziga xos xususiyati va shakllariga ko‘ra odamlarda alohida his-tuyg‘u
uyg‘otuvchi moddiy narsalarga aytiladi. Ularga buyuk inshootlar, bog‘ va xiyobonlar,
antiqa uy-ro‘zg‘or buyumlari, tarixiy qimmatga ega bo‘lgan uy anjomlari, qurol-
yarog‘, oziq-ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash narsalar kiradi.
Qadriyatlar – umumbashariy, milliy va shaxsiy bo‘lishi mumkin:
1) Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, aloqadorliklarini
ifodalaydigan qadriyatlar umum- bashariy xususiyatga ega. Bunday qadriyatlar o‘z
ahamiyatini yo‘qotmaydigan, umumbashariy abadiy qadriyatlardir;
2) Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, urf-
odat va an’analari, o‘tmishi va kelajagi bilan bog‘liq qadriyatlar milliy qadriyatlardir;
3) Inson, uning faoliyati, turmush tarzi, e’tiqodi, umr ma’nosi, odobi, go‘zalligi
bilan bog‘liq qadriyatlar shaxsiy qadriyatlardir.
X. Qodirova o‘zining “Milliy qadriyatlar va ma’naviy merosning jamiyat hayotidagi
o‘rni” nomli maqolasida: “O‘zbekiston xalqi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga
tayanadi. Bularning biri ikkinchisini inkor etmaydi. Milliy qadriyatlar quyidagilardan
iborat, deb quyidagilarni sanaydi:
1. Xalqimiz hayotida jamoa bo‘lib yashash ruhining ustuvorligi;
2. Xalq ongida ustuvor bo‘lgan fikr – do‘st va yaxshi qo‘shni bo‘lib, tinchlik va
totuvlikda, yaqindan hamkorlikda yashash;
3. Oila, mahalla, el-yurt, Vatan tushunchalarini muqaddas bilish;
4. Ota-ona, mahalla jamoalariga, rahbarlarga yuksak hurmat-e’tibor ko‘rsatish,
butun jamiyatni hurmat qilish;
5. Millatning o‘lmas ruhi, millat ma’naviyatining hayotbaxsh manbai sifatida
ona tiliga muhabbat uyg‘otish, uni sevish;
6. Kattalarga hurmat-ehtirom, kichiklarga izzat-e’tibor, degan qoidaga amal
qilish;
7. Ayol zotiga ehtirom ko‘rsatish, ya’ni, muhabbat, go‘zallik va nafosat timsoli
bo‘lgan ayolni qadrlash;
8. Sabr-toqat va mehnatsevarlik;
9. Halollik, mehr-oqibatni nazarda tutadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
95
ISSN:3030-3613
Bir qator
olimlar tomonidan yozilgan “Shaxs ma’naviyatini shakllantirish omillari va
vositalari” nomli kitobda O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirish yo‘li to‘rtta asosiy
negizga asoslanadi:
Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
2. Xalqimiz ma’naviy saviyasini mustahkamlash va rivojlantirish;
3. Insonni o‘z imkoniyatlarini erkin namoyish qilishi
4. Vatanparvarlik, insonparvarlik, tolerantlik, – deb qayd etilgani ham aynan milliy
qadriyatlarimiz asosida tarbiyaviy ishlarni yoshlar o‘rtasida olib borishda ko‘proq
qanday yo‘nalishlarga e’tibor qaratish va targ‘ibot ishlarida mahalla, oila, jamoat,
tarbiyaviy muassasalarning o‘rnini kuchaytirish zarurligini ko‘rish mumkin.
Tahlil va natijalar.
Mualliflar qadriyatlar va ularning turlariga quyidagicha yondoshganlar:
• Oilaviy qadriyat – bir oila uchun ma’lum bir ma’naviyat turi (masalan,
tug‘ilgan kunni nishonlash);
• Milliy qadriyat – millatning asrlar mobaynida yaratgan ma’naviy boyliklari,
noyob tarixiy obidalarini avaylab-asrash, kelgusi avlodlarga yetkazish, rivojlantirish,
hurmat bilan munosabatda bo‘lish, hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish,
ma’naviy mulkni milliy qadriyat sifatida himoya qilish;
• Jamoa qadriyati – ma’lum bir mahallada, qishloqda, mehnat jamoasida biron
ijtimoiy hodisa (ommaviy tadbirlar, masalan, hashar) urf bo‘lgan;
• Umuminsoniy qadriyat – jahon xalqlari uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi,
insoniyatning umumiy manfaatlariga mos keluvchi moddiy va madaniy hamda
mezonlar majmuasi maqsad va intilishlarini o‘zida ifoda etadi.
Umuminsoniy qadriyatlar va milliy ma’naviyat, o‘z navbatida, Islom xalqlari
ma’naviyati, Hindiston xalqlari ma’naviyati, Yevropa xalqlari ma’naviyati, Sharq
xalqlari ma’naviyati yo‘nalishlari quyidagicha yoritilgan;
• Islom xalqlari ma’naviyati – arab xalqlari, forsiyzabon xalqlar, turkiy xalqlar;
• Yevropa xalqlari ma’naviyati – rus, ingliz, fransuz ma’naviyati va hokazolar;
• Hindiston xalqlari ma’naviyati – oriy xalqlar ma’naviyati, dravid xalqlari
ma’naviyati;
• Sharq xalqlari ma’naviyati – yapon ma’naviyati, xitoy ma’naviyati.
Xulosa va takliflar.
Demak, qadriyatlarning xilma-xil shakllari, moddiy, ma’naviy, milliy,
mintaqaviy, umumbashariy, jamiyat hayotining sohalari bo‘yicha iqtisodiy, ijtimoiy,
siyosiy, madaniy, ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy, va
boshqalar. Jumladan, milliy qadriyat – millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati
hamda madaniyati bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Umuminsoniy
qadriyatlar – jahon xalqlari uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi insoniyatning umumiy
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
96
ISSN:3030-3613
manfaatlariga mos keluvchi moddiy va madaniy hamda mezonlar majmuasi maqsad va
intilishlarini o‘zida ifoda etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Абу Райҳон Беруний. Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар. Т; “Фан”,
1968.
2.
Жалолов. Ҳ. Оила, маҳалла ва мактаб ҳамкорлиги. Тарбия.№2 (6), 2006. Б.13
3.
Зиёмуҳаммадов Б. Комилликка элтувчи китоб.Т; “TURON- IQBOL”, 2006.
Б.191
4.
Комилов Т., Абидова С. Миллий ахлоқий қадриятлар ва уларнинг
тарбиявий аҳамияти. ЎзР ФА, “Фан”, 2000.Б.20;
5.
Мустақиллик: Изоҳли илмий-оммабоп луғат. –Т; “Шарқ”, 1998. Б.33.
6.
Мусурмонова О. Оила маънавияти – миллий ғурур. Т; “Ўқитувчи”, 1999.
Б.198.
7.
Oglu, A. M. A. (2025). Specific Indicators of The Means of Forming a Sense of
Relevance to National History.
CURRENT RESEARCH JOURNAL OF
PEDAGOGICS
,
6
(03), 12-16.
8.
Azimov, M. A. O. G. L. (2022). KO’RFAZ MAMLAKATLARIDA INTERNET
TEXNOLOGIYASINING RIVOJLANISH DINAMIKASI (SIYOSIY VA
IQTISODIY SOHALAR MISOLIDA).
Scientific progress
,
3
(3), 655-659.
9.
Muxammadi Azimov. Oʻzbekistonning eng yangi tarixi asosida talabalarda
daxldorlik tuygʻusini rivojlantirish modeli. 2025/2. “Ta’lim, fan va innovatsiya”
Ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-uslubiy jurnali. SSN: 2181-8274.6. esijournal.uz
10.
Azim o‘g‘li, A. M. (2023). O 'RTA OSIYODAGI BIRINCHI UYG 'ONISH
DAVRI YEVROPASENTIRIZM VA OSIYOSENTRIZM KONTEKSTIDA.
Yangi asr innovatsiyalari jurnali , 37 (2), 112-118.
11.
Маънавият: Асосий тушунчалар изоҳли луғати. “Ғ.Ғулом номидаги
нашриёт-матбаа ижодий уйи”. Т; 2010. Б. 707.
12.
Муҳаммад пайғамбар қиссаси. Ҳадислар. Т; “Камалак”. 1991. Б.51-60.
13.
Мустақиллик: Изоҳли илмий-оммабоп луғат. (А. Жалолов ва Хонназаров
умумий таҳририда). – Т; Шарқ, 1998, Б. 279