Mualliflar

  • Botirova Feruzа

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103322

Kalit so‘zlar:

Kаlit sо‘zlаr: Xalq musiqasi Cholg‘u ijrochisi Milliy an'analar Musiqiy madaniyat Ijro mahorati Ustoz-shogird an'anasi Madaniy meros San'at tarixi.

Annotasiya

Аnоtаtsiyа:  Xalq  cholg‘u  ijrochiligi  milliy  musiqa  madaniyatining  muhim 
tarkibiy  qismi  bo‘lib,  u  an'anaviy  musiqa san'atini  namoyon  etish  va  yosh  avlodga 
o‘tkazishda muhim o‘rin tutadi. Cholg‘u ijrochisi nafaqat sozlarni chalish mahoratiga 
ega bo‘ladi, balki o‘z ijrosi orqali xalqning tarixiy, ma'naviy va madaniy qadriyatlarini 
ham namoyon etadi. Ustoz-shogird munosabatlari, ijro uslublari va asboblar turli xilligi 
xalq  musiqa  an'analarini  saqlash  va  rivojlantirishga  xizmat  qiladi.  Maqolada  xalq 
cholg‘u  ijrochiligining  ijtimoiy  ahamiyati,  san'atdagi  o‘rni  va  tarixiy  rivojlanish 
bosqichlari o‘rganilgan. 

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

9

ISSN:3030-3613

XALQ CHOLG‘U IJROCHILIGI AMALIYOTIDA IJODKORLIK

QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH

Andijon davlat pedagogika instituti musiqa

ta'limi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Botirova Feruzа

Аnоtаtsiyа:

Xalq cholg‘u ijrochiligi milliy musiqa madaniyatining muhim

tarkibiy qismi bo‘lib, u an'anaviy musiqa san'atini namoyon etish va yosh avlodga
o‘tkazishda muhim o‘rin tutadi. Cholg‘u ijrochisi nafaqat sozlarni chalish mahoratiga
ega bo‘ladi, balki o‘z ijrosi orqali xalqning tarixiy, ma'naviy va madaniy qadriyatlarini
ham namoyon etadi. Ustoz-shogird munosabatlari, ijro uslublari va asboblar turli xilligi
xalq musiqa an'analarini saqlash va rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada xalq
cholg‘u ijrochiligining ijtimoiy ahamiyati, san'atdagi o‘rni va tarixiy rivojlanish
bosqichlari o‘rganilgan.

Kаlit sо‘zlаr:

Xalq musiqasi, Cholg‘u ijrochisi, Milliy an'analar, Musiqiy

madaniyat, Ijro mahorati, Ustoz-shogird an'anasi, Madaniy meros, San'at tarixi.

DEVELOPMENT OF CREATIVITY IN THE PRACTICE OF FOLK

INSTRUMENTAL PERFORMANCE

Andijan State Pedagogical Institute music

Education direction 3-Stage Student Botirova Feruza

Anotation:

folk instrument performance is an important component of national

musical culture, and it plays an important role in the manifestation and transfer of
traditional musical art to the younger generation. The instrument player not only has
the skill of playing the strings, but also displays the historical, spiritual and cultural
values of the people through his performance. Master-disciple relationships,
performance styles, and a wide variety of instruments serve to preserve and develop
folk musical traditions. The article explores the social significance of folk instrument
performance, its place in the arts, and the stages of historical development.

Keywords:

Folk Music, Instrumental Performance, national traditions, musical

culture, performance skills, master-disciple tradition, cultural heritage, art history.

РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ В ПРАКТИКЕ

НАРОДНОГО ИНСТРУМЕНТАЛЬНОГО ИСПОЛНИТЕЛЬСТВА

Андижанский государственный педагогический институт

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

10

ISSN:3030-3613

музыки направление образования студентка

3 курса Ботирова Феруза

Аннотация:

народное инструментальное исполнительство-важная

составляющая национальной музыкальной культуры, играющая важную роль в
проявлении

и

передаче

подрастающему

поколению

традиционного

музыкального искусства. Инструменталист не только овладевает навыками игры
на словах, но и через свое исполнение демонстрирует исторические, духовные и
культурные ценности народа. Взаимоотношения учителя и ученика,
разнообразие стилей исполнения и инструментов служат сохранению и
развитию народных музыкальных традиций. В статье исследуется общественное
значение народного инструментального исполнительства, его место в искусстве
и этапы исторического развития.

Ключевые слова:

народная музыка, инструменталист, национальные

традиции, музыкальная культура, исполнительское мастерство, традиция
учителя-ученика, культурное наследие, история искусства.

Kirish

Xalq cholg‘ulari orkestri — milliy musiqa san'atining muhim va boy

shakllaridan biri bo‘lib, u xalq an'analari, urf-odatlari va madaniy qadriyatlarini o‘z
ichiga oladi. Orkestr tarkibidagi yakkaxon ijrochilar (solistlar) bu san'at turining
yuksak darajada namoyon bo‘lishiga katta hissa qo‘shadilar. Musiqa insonni xush
fazilatli, samimiy, ziyrak, ko‘ngilchan, yuksak ahloq, madaniyat hamda maʼnaviyat
egasi qilib shakllantirishda katta imkoniyatlar taqdim etadi. Bundan tashqarim, musiqa
o‘quvchilar ruhiyatiga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. O‘quvchilarning eshitish qobiliyati,
ko‘rish xotirasi, tafakkuri va diqqati rivojlanadi. Insonning kamolga yetishida
musiqaning o‘rni taraqqiyotning barcha bosqichlarida yaqqol namoyon bo‘lib kelgan.
Boy musiqiy merosimiz, maqomlar va xalq qo‘shiqlari bir necha asrlardan buyon
xalqni maʼnaviy yuksaltirishdek oliyjanob maqsadga xizmat qilib kelmoqda.
“Ma’lumki, har bir millatning milliy musiqiy cholg‘ulari, xalqlarni musiqa
madaniyatidagi eng noyob yodgorliklari sifatida qadrlanib kelingan. Xalq
amaliysan’ati namunasi koʻrinishida betakror ustalar tomonidan yaratilib kelinayotgan
musiqiy cholg‘ular, davrlar osha avaylab-asralib kelingan. Eng muhimi bu jarayon
oʻtgan davrning har bir zamonasiga mos holda takomillashib, rivojlanib kelingan.”
Barcha xalqlar qatorida oʻzbek xalqi ham milliy qadriyatlari, an’analari negizida
yuzaga kelgan musiqiy cholg‘ulariga egadir. Mashhur pedagog V.A. Suxomlinskiy
ta’kidlaganidek, “Musiqiy tarbiya — bu faqat musiqachini emas, balki komil insonni
tarbiyalashdir.” Musiqa orqali bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish, uni estetik,
axloqiy va intellektual jihatdan boyitish mumkin. Musiqa mashg‘ulotlari o‘quvchilarda

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

11

ISSN:3030-3613

estetik didni shakllantirib, ularni barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlariga yordam
beradi.

Dars jarayonida, shuningdek, darsdan tashqari musiqiy to‘garaklarda bolalar

turli xalq va klassik cholg‘u asboblarini o‘rganishga katta qiziqish bildiradilar. Bu
cholg‘ularning tashqi ko‘rinishi, ohangi va ularning tovushlari bolalarda nafaqat
ijrochilikka qiziqish uyg‘otadi, balki musiqiy eshitish, his qilish va tafakkurni
rivojlantiradi.Musiqa orqali bolalar go‘zallikni anglash, undan bahra olish, yaxshilik
va yomonlik o‘rtasidagi farqlarni tushunishga intiladilar. Dars davomida ular
dunyoqarashlarini kengaytirib, klassik musiqa, adabiyot, opera va balet san’atidan
zavq olishni o‘rganadilar. Shu tariqa, o‘quvchilar ruhiy-ma’naviy boyliklarni to‘plash
va ulardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar

1

.

Mavzuga oid adabiyotlar taxlili

Xalq cholg‘ulari qadimdan O‘rta Osiyo xalqlari hayoti va mehnat faoliyatiga

chuqur singib ketgan bo‘lib, insonning kundalik turmushining ajralmas qismiga
aylangan. Qo‘shiq, o‘yin va kuylar asosan ushbu cholg‘ular jo‘rligida ijro etilib,
xalqning turli marosimlari hamda oilaviy tantanalarida keng qo‘llanilgan. Ayniqsa,
karnay, surnay, doira, nog‘ora ва chindovul kabi an’anaviy cholg‘u asboblari
bayramlarda va madaniy tadbirlarda keng tarqalgan.

O‘rta asrlar davrida musiqa ijrochiligi o‘ziga xos rivojlangan bo‘lib,

cholg‘uchilar bir nechta cholg‘u asboblarini mohirona chalish bilan birga, o‘zlari
musiqa asarlari yaratgan, ba’zida esa she’rlar ham bitganlar. Ular o‘z zamonasining
yetuk san’atkorlari hisoblangan. O‘sha davrlarda musiqa sohasi tobora ixtisoslashib,
maxsus ustaxonalarda ustoz-shogird an’analari asosida rivojlanib borgan. Shu
jarayonda yangi cholg‘u asboblari namunalarining vujudga kelishi ham aynan shu
tarixiy bosqichga to‘g‘ri keladi.Xalq cholg‘ulari orkestri — doyra, nay, doira, qashqar
rubobi, g‘ijjak, tor, sato, kamoncha, dutara, qonun kabi milliy sozlardan tashkil topgan
ansambl yoki orkestr shaklidir. Arxeologik qazishmalarda topilgan haykalcha va
artefaktlarni o‘rganish, shuningdek, asrlar davomida vujudga kelgan madaniy
yodgorliklarni tahlil qilish — bugungi kunda musiqashunoslik sohasida faoliyat
yuritayotgan tadqiqotchilar uchun dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada
mashhur olimlar — ye.E. Bertels, A.N. Boldirev, B.L. Riftin va A.A. Semyonovlar olib
borgan ilmiy izlanishlar orqali qadimgi musiqa madaniyati haqida boy va qimmatli
ma'lumotlar jamlangan. Ayniqsa, M.ye. Masson rahbarligida o‘tkazilgan Ayritom va
Termiz arxeologik ekspeditsiyalari, S.P. Tolstov boshchiligidagi Xorazm arxeologik
tadqiqotlari, hamda Tojikistondagi arxeologik-etnografik ekspeditsiyalar (A.M.

1

Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi

kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan
majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi // Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11.тини
белгилайди.

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

12

ISSN:3030-3613

Belenitskiy, M.M. Dyakonov, A.Yu. Yakubovskiy rahbarligida) juda muhim manbalar
hisoblanadi. Shuningdek, Janubiy Turkmanistondagi majmua ekspeditsiyasi ham o‘z
hissasini qo‘shgan. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi qoshidagi San'atshunoslik ilmiy-
tadqiqot instituti tashabbusi bilan amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar (raqbari:
G.A. Pugachenkova) orqali yurtimizdagi qadimiy madaniyatning yangi sahifalari
ochildi. Mashhur tadqiqotchilar K.V. Traver va V.A. Meshkeris o‘z ishlarida
Samarqand yaqinidagi Afrosiyob shaharchasida olib borilgan qazishmalar natijasida
topilgan sozandalar haykalchalarini atroflicha tahlil qilganlar. Ular o‘z ishlarida
lyutnya kabi cholg‘u asbobining so‘g‘d xalqi o‘rtasida juda mashhur bo‘lganini ilmiy
asosda tasdiqlab o‘tganlar.

Taxlil va natijalar

Ijrochilik amaliyotida o‘z ustida ishlash samara berib kelayotgani buyuk

ijrochilik maktabi nomoyondalari ijodida ham o‘z isbotini ko‘rsatib kelmoqda, shu
o‘rinda mashhur bastakor, o‘z davrining mohir pianinochisi va taniqli ijrochisi Sergey
Raxmaninov musiqiy mashg‘ulotlar zarurligini ta’kidlarkan, shunday degan edi: “Agar
bir kun chalmasam — o‘zim sezaman, ikki kun mashq qilmasam — yaqin do‘stlarim
payqaydi, uch kun chalmasam — tomoshabinlar buni darrov anglaydi.” Ushbu so‘zlar
musiqa san’atida tinimsiz mehnat, doimiy mashq va o‘z ustida ishlash naqadar
muhimligini aniq namoyon etadi. San’atkorning mahorati aynan muntazam
shug‘ullanish va qat’iy intizom orqali yuksaladi.

Orkestr faoliyatida jonli ijro, milliy ohang va xalq ruhiyatini ifoda etuvchi kuylar

orqali tomoshabinda katta ta'sir qoldiradi.

Yakkaxon ijrochilarning o‘rni va ahamiyati

Orkestrdagi solistlar — alohida cholg‘u asbobida murakkab kuylarni ijro
etuvchi mahoratli ijrochilardir.

Ular orkestr ijrosini boyitadi, xalq ohanglarini yangi musiqa uslubida
jonlantiradi.

Yakkaxon ijro musiqani individual ruh, his-tuyg‘u va ijodiy o‘zgacha uslub
bilan boyitadi.

Yakkaxon ijrochilarning mahorati

Texnik mahorati

: kuyni aniq, tezkor, mukammal va chuqur hissiyot bilan ijro

etish qobiliyati.

Ijodiy yondashuv

: kuyni faqat nusxa sifatida emas, balki o‘z uslubi, ornomasi

bilan boyitib ijro qilish.

Madaniy bilim va an'analarni bilish

: milliy musiqa uslublarini, maktablarini

(masalan, Farg‘ona-Toshkent, Xorazm, Buxoro) his etib, ularga xos uslubda
kuylash.

Musiqa o‘quvchining jamlanma rivojlanishida alohida va o‘rnini boshqa hyech

bir faoliyat bosa olmaydigan ta'sirga egadir. U avvalo bolaning hissiy dunyosiga ta'sir

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

13

ISSN:3030-3613

qilib, empatiya va estetik qabul qobiliyatini shakllantiradi, shu bilan birga tafakkurni
boyitadi. Musiqa orqali bola san'at va hayotdagi go‘zallikka nisbatan ta'sirchanlik kasb
etadi. Bolani musiqa madaniyatiga yaqinlashtirish uchun uning hissiyoti, qiziqishlari
va badiiy didi ustidan ishlash zarur. Ayniqsa, maktabgacha yosh — musiqa
madaniyatini o‘zlashtirishda juda muhim bosqich hisoblanadi. Musiqa bilan faol
shug‘ullanish natijasida bolaning estetik ongi shakllanib boradi va bu jarayon uning
keyingi ma'naviy kamolotiga kuchli asos bo‘ladi

2

.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, qadimgi haykalchalar, yozuvlar, sozlar tasviri

berilgan artefaktlar va madaniy yodgorliklarni arxeologik jihatdan o‘rganish — milliy
musiqa madaniyatimizning ildizlarini ochib berishda beqiyos ahamiyatga egadir.
yetakchi arxeolog va musiqashunos olimlarning ilmiy izlanishlari tufayli biz qadimgi
davrlarda musiqaning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni, uning turli marosimlar va
bayramlar bilan bog‘liqligi hamda sozandalarning ijtimoiy maqomi haqida batafsil
ma'lumotlarga ega bo‘lmoqdamiz. Ayniqsa, Afrosiyob, Ayritom, Termiz, Xorazm kabi
qadimiy manzilalarda olib borilgan ekspeditsiyalar natijasida topilgan mashshoqlar
haykalchalari va cholg‘u asboblarining tasvirlari orqali bizning xalqimizda musiqa
san'ati nechog‘lik yuksak qadrlanganini ko‘rish mumkin. Bu topilmalar nafaqat san'at
tarixi uchun, balki umumiy madaniy merosimizni o‘rganishda ham muhim manba
bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois, arxeologiya va musiqashunoslik o‘rtasidagi ilmiy
hamkorlikni rivojlantirish, bunday kashfiyotlarni ilmiy asosda tahlil etish orqali
musiqa madaniyatimizning yana ko‘plab noma'lum sahifalarini ochish imkoni mavjud.

Shu o‘rinda ijrochilik amaliyotida bastakorla ijodini, ular yaratgan asarlarning

badiiy ijodini o‘rganish, ijro mahoratida ustoz-shogird an'analariga tayangan xolda ijro
etish yo‘llarini yo‘lga qo‘yish har bir ijrochining oldida turgan ulkan vazifalar
turkumiga kiradi. Shunday ekan cholg‘u ijrochilikdagi boy merosimizni asrab-
avaylash oldimizda turgan ulkan vazifalardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro`yxati.

1.

Mirziyoev Sh.M. We will build our great future together with our brave and noble
people. T .: “Uzbekistan”, 2017.

2.

Асафьев, 1981 – Асафьев, Б. В. О симфонической и камерной музыке / Б. В.
Асафьев. – Л.: Музыка, 1981. – 216 с.

3.

Калантарова, 2019 – Калантарова, О. И. Николай Калинин / О. И. Калантарова.
– М.: Согласие, 2019. – 368 с

4.

Botirova X.T. Specific characteristics of the development of spiritual - moral
qualities

of

students

//

Frontline

Social

Sciences

and

History

Journal, 3(06),

https://doi.org/10.37547/social-fsshj-03-06-04-P. 20-30

2

Yo`ldoshev G`., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. T. 2004. O‘quvchilar qo‘shig‘i. Maktabgacha yoshdagi

o‘quvchilar uchun xalq adabiyoti. To‘plovchi Elbek, Toshkent, 1937

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

14

ISSN:3030-3613

5.

Botirova X.T. In the practice of instrumental performance, students are taught to
think independently and formation of features of creativity // MIDDLE
EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN ISSN 2694-9970 118 Middle European
Scientific Bulletin, Volume 33. -P. 52-58.

6.

Botirova X.T. Scientific and theoretical views of central asian thinkers in music //
Procedia of Theoretical and Applied Sciences Volume 4 | Feb 2023 ISSN: 2795-
5621.Available:http://procedia.online/index.php/applied/index. -P. 54-59.

7.

Botirova X.T. The Role of Pop Art in the Education of Students-Youth in the Spirit
of Morality and Patriotism // Web of Scholars: Multidimensional Research Journal
(MRJ) Volume: 01 Issue: 07 | 2022 ISNN: (2751-7543)

http://innosci.org

. -P. 87-

90.

8.

Botirova X.T. Activities of the "History and Criticism of Music" Department
During the Years of Independence // MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC
BULLETIN ISSN 2694-9970 118 Middle European Scientific Bulletin, Volume 33
| Feb-2023

https://cejsr.academicjournal.io

-P. 118-121.

9.

Botirova

X.T.

Aram

xachaturian

ijodida

balet

janr

//

“Лучшие интеллектуалнo‘е исследования” Част-9_ Том-1_ Ноябр -
2023./http://web-journal.ru/ -B. 119-124.

10.

Botirova X.T. Cholg‘u ijrochiligi tarixini tarbiyaviy ahamiyati // Yangi O'zbekiston
taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari. 1-to’plam Noyabr-2023. -
B. 106-110.

11.

28. Botirova X.T. Musiqa madaniyati darslarida qo’shiq janrining ahamiyati //
“Лучшие интеллектуалнoе исследования” Част-9_ Том-1_ Ноябр -2023.
http://web-journal.ru/

-P. 142-145

12.

Botirova X.T. The role of the orchestra leader in the preparation for the concert //
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences
and Education Hosted from New York, USA https://conferencea.org June 28th
2022. -P. 122-125.

13.

Botirova X.T. Performance of romantic works // International Multidisciplinary
Conference Hosted from Manchester, England ttps://conferencea.org 25th June
2022. -P. 192-194.

14.

Botirova X.T. Psychological process in orchestra class // International Conference
on Developments in Education Hosted from Delhi, India https: econferencezone.org
21st July 2022. -P. 26-28.

15.

Botirova X.T. Achieving sound balance in orchestral performance // International
Conference on Developments in Education Hosted from Saint Petersburg, Russia
https: econferencezone.org July 17th 2022. -P. 4-7.

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

15

ISSN:3030-3613

16.

Botirova X.T. Develop a child's ability to hear music // International Conference on
Developments in Education Hosted from Bursa, Turkey https: econferencezone.org
July 15th 2022. P. 19-23.

17.

Botirova X.T. Encourage students to focus on conductor movements // International
Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from New York, USA https://conferencea.org June 28th 2022. -P. 126-128.

18.

Botirova X.T. Success of works of uzbek composers // International Conference on
Developments in Education Hosted from Saint Petersburg, Russia https:
econferencezone.org July 17th 2022. -P. 1-3, 50.

19.

Suxomlinskiy V.A. Pedagogika va musiqiy tarbiya. — Moskva: Prosveщenie,
2012. — 184 b.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro`yxati.

Mirziyoev Sh.M. We will build our great future together with our brave and noble

people. T .: “Uzbekistan”, 2017.

Асафьев, 1981 – Асафьев, Б. В. О симфонической и камерной музыке / Б. В.

Асафьев. – Л.: Музыка, 1981. – 216 с.

Калантарова, 2019 – Калантарова, О. И. Николай Калинин / О. И. Калантарова.

– М.: Согласие, 2019. – 368 с

Botirova X.T. Specific characteristics of the development of spiritual - moral

qualities of students // Frontline Social Sciences and History

Botirova X.T. In the practice of instrumental performance, students are taught to

think independently and formation of features of creativity // MIDDLE

EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN ISSN 2694-9970 118 Middle European

Scientific Bulletin, Volume 33. -P. 52-58.

Botirova X.T. Scientific and theoretical views of central asian thinkers in music //

Procedia of Theoretical and Applied Sciences Volume 4 | Feb 2023 ISSN: 2795-

Botirova X.T. The Role of Pop Art in the Education of Students-Youth in the Spirit

of Morality and Patriotism // Web of Scholars: Multidimensional Research Journal

(MRJ) Volume: 01 Issue: 07 | 2022 ISNN: (2751-7543) http://innosci.org. -P. 87-

Botirova X.T. Activities of the "History and Criticism of Music" Department

During the Years of Independence // MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC

BULLETIN ISSN 2694-9970 118 Middle European Scientific Bulletin, Volume 33

| Feb-2023 https://cejsr.academicjournal.io -P. 118-121.

Botirova X.T. Aram xachaturian ijodida balet janr //

“Лучшие интеллектуалнo‘е исследования” Част-9_ Том-1_ Ноябр -

/http://web-journal.ru/ -B. 119-124.

Botirova X.T. Cholg‘u ijrochiligi tarixini tarbiyaviy ahamiyati // Yangi O'zbekiston

taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari. 1-to’plam Noyabr-2023. -

B. 106-110.

28. Botirova X.T. Musiqa madaniyati darslarida qo’shiq janrining ahamiyati //

“Лучшие интеллектуалнoе исследования” Част-9_ Том-1_ Ноябр -2023.

Botirova X.T. The role of the orchestra leader in the preparation for the concert //

International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences

and Education Hosted from New York, USA https://conferencea.org June 28th

-P. 122-125.

Botirova X.T. Performance of romantic works // International Multidisciplinary

Conference Hosted from Manchester, England ttps://conferencea.org 25th June

-P. 192-194.

Botirova X.T. Psychological process in orchestra class // International Conference

on Developments in Education Hosted from Delhi, India https: econferencezone.org

st July 2022. -P. 26-28.

— 184 b.