Mualliflar

  • Bakirova Omadxon Boxodirjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103323

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: milliy musiqa san’ati an’anaviy cholg‘u asboblari milliy madaniyat musiqa ijrosi milliy musiqa tarbiyasi milliy va xalqaro maydon musiqa ansambllari musiqa rivojlanishi.

Annotasiya

Annotatsiya:  Maqolada  zamonaviy  xalq  cholg‘ulari  orkestrlarining 
shakllanishi,  rivojlanishi  va ularning  milliy  musiqa  san'atidagi  o‘rni  tahlil qilingan. 
Orkestrlarning  an'anaviy  va  zamonaviy  cholg‘u  asboblarini  uyg‘unlashtirish,  milliy 
madaniyatni saqlash va targ‘ib qilishdagi ahamiyatiga e'tibor qaratiladi. Shuningdek, 
orkestrlarning yoshlar tarbiyasidagi roli, milliy va xalqaro maydondagi faoliyati ko‘rib 
chiqilgan.  Maqola  milliy  musiqa  san'atini  rivojlantirish  va  kelajak  avlodlarga 
yetkazishda  zamonaviy  xalq  cholg‘ulari  orkestrlarining  muhim  vosita  ekanligini 
ta’kidlaydi. 

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

3

ISSN:3030-3613

OʻZBEK XALQ CHOLGʻULARI ORKESTRINING SHAKINLANISH
TARIXI ILK ANSAMBLLARDAN ZAMONAVIY ORKESTRGACHA

Andijon shaxar 51sonli umumta'lim maktabi musiqa

oʻqtivchisi

Bakirova Omadxon Boxodirjon qizi

Annotatsiya:

Maqolada zamonaviy xalq cholg‘ulari orkestrlarining

shakllanishi, rivojlanishi va ularning milliy musiqa san'atidagi o‘rni tahlil qilingan.
Orkestrlarning an'anaviy va zamonaviy cholg‘u asboblarini uyg‘unlashtirish, milliy
madaniyatni saqlash va targ‘ib qilishdagi ahamiyatiga e'tibor qaratiladi. Shuningdek,
orkestrlarning yoshlar tarbiyasidagi roli, milliy va xalqaro maydondagi faoliyati ko‘rib
chiqilgan. Maqola milliy musiqa san'atini rivojlantirish va kelajak avlodlarga
yetkazishda zamonaviy xalq cholg‘ulari orkestrlarining muhim vosita ekanligini
ta’kidlaydi.

Kalit so‘zlar:

milliy musiqa san’ati, an’anaviy cholg‘u asboblari, milliy

madaniyat, musiqa ijrosi, milliy musiqa tarbiyasi, milliy va xalqaro maydon, musiqa
ansambllari, musiqa rivojlanishi.

Аннотация:

В статье анализируется становление, развитие современных

оркестров народных инструментов и их место в национальном музыкальном
искусстве. Акцентируется внимание на значении оркестров в гармонизации
традиционных и современных инструментов, сохранении и пропаганде
национальной культуры. Также была рассмотрена роль оркестров в воспитании
молодежи, их деятельность на национальной и международной арене. В статье
подчеркивается, что современные оркестры народных инструментов являются
важным инструментом в развитии и передаче национального музыкального
искусства будущим поколениям.

Ключевые слова:

Национальное музыкальное искусство, традиционные

инструменты, национальная культура, исполнение музыки, Национальное
музыкальное воспитание, национальная и международная арена, музыкальные
ансамбли, развитие музыки.

Annotation:

the article analyzes the formation, development of orchestras of

modern folk instruments and their place in national musical art. Emphasis is placed on
the importance of orchestras in harmonizing traditional and modern instruments,
preserving and promoting national culture. The role of orchestras in youth education,
activities in the national and international arena have also been considered. The article
argues that modern folk instrument orchestras are an important tool in the development
and transmission of national musical art to future generations.

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

4

ISSN:3030-3613

Keywords:

national musical arts, traditional instruments, national culture,

musical performance, National musical education, national and international arena,
musical ensembles, music development.

O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri — milliy musiqa madaniyatining eng muhim

bo‘laklaridan biri bo‘lib, uning shakllanishi uzoq tarixga ega. Boshlang‘ich davrda,
XVIII-XIX asrlarda, O‘zbekistonda kichik guruhlar - ansambllar shakllanib, ular
asosan mahalliy bayramlar, marosimlar va oilaviy tadbirlarda chiqish qilgan. Ushbu
ansambllar odatda qadimiy cholg‘u asboblari - dutor, tanbur, doira, surnay, naqara va
boshqa cholg‘ulardan iborat bo‘lgan. Bu guruhlarning asosiy vazifasi xalq qo‘shiqlari
va kuylarini ijro etish, milliy an’analarni saqlash va avlodlarga yetkazish edi. Xalq
cholg‘u orkestrlari milliy musiqa madaniyatining muhim qismlaridan biri bo‘lib,
ularning shakllanishi o‘rta asrlardan boshlangan milliy musiqa an'analarining
rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Ilk xalq cholg‘u orkestrlari bir nechta an'anaviy cholg‘u
asboblari va ijrochilarining birlashuvidan tashkil topgan bo‘lib, ular xalq musiqa
san'atini jamoatchilikka yetkazish, turli marosimlar va bayramlarda ijro etish
maqsadida tashkil etilgan. Bu orkestrlar xalqning turmush tarzi, madaniy ehtiyojlari va
ijtimoiy hayotiga javob berib, turli mintaqalarda shakllanib, o‘ziga xos ijro uslublari
va tarkiblari bilan ajralib turgan. Ularning tarkibi asosan daraxtdan tayyorlangan
an'anaviy cholg‘u asboblaridan, zarb asboblaridan va qo‘shiqchilardan iborat bo‘lgan.

Xalq cholg‘u orkestrlarining birinchi shakllari ko‘pincha mahalliy xalq musiqa

maktablari, ustoz-shogird an'analari asosida vujudga kelgan va ularning ijro uslublari,
asboblarining yangilanishi bilan rivojlanib borgan. Shuningdek, ularda musiqa
ijodkorlari va mashhur sozandalar ishtirok etib, milliy musiqa san'atini boyitganlar.

XX-asr boshlarida milliy madaniyatni rivojlantirish, xalq musiqa san'atini

saqlash va zamonaviylashtirish maqsadida ilk xalq cholg‘u orkestrlari rasmiy ravishda
tashkil etilgan. Bu davrda orkestrlar tarkibi kengayib, yangi cholg‘u asboblari joriy
etilgan, shuningdek ular davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Natijada, ilk xalq
cholg‘u orkestrlari milliy musiqa madaniyatining fundamental asosiga aylanib, xalq
musiqa san'atining rivojida muhim rol o‘ynagan.

Zamonaviy xalq cholg‘ulari milliy musiqa san'atining uzviy qismidir va milliy

madaniyatni saqlash hamda rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu cholg‘ular
an'anaviy musiqa asboblarining boy tarixi va urf-odatlari asosida shakllanib,
zamonaviy ijro uslublari va texnikalarini o‘zlashtirish bilan yangi bosqichga
ko‘tarilmoqda.

Zamonaviy cholg‘ulari ijrochilarining mahorat va bilimlari milliy musiqa

madaniyatini nafaqat saqlashga, balki uni dunyo sahnasida tanitishga ham xizmat
qiladi. Ularning ijrosi orqali yosh avlodlar milliy qadriyatlarga qiziqish bilan

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

5

ISSN:3030-3613

qarashadi, milliy identifikatsiya shakllanadi va xalq san'atiga bo‘lgan muhabbat
kuchayadi.

Shu bilan birga, zamonaviy cholg‘ulari yangicha texnologiyalar va

innovatsiyalarni qo‘llashga moyil bo‘lib, milliy musiqa san'atini global raqobatga
tayyorlaydi. Xalq musiqa asboblari orkestrlari va ansambllari milliy va xalqaro
maydonlarda keng tanilib, milliy madaniyatni jahon miqyosida yoritishda faol ishtirok
etmoqda.

Zamonaviy O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri esa nafaqat an’anaviy cholg‘ularni,

balki yangilangan ijrochilik imkoniyatlarini ham o‘zida jamlagan. Orkestrda dutor,
tanbur, gijjak, doira, surnay, naqqora, chang va boshqa cholg‘u asboblari birgalikda
ijro etiladi. Bu orkestrlar milliy musiqa ijrosini xalqaro maydonlarda ham yuqori
darajada namoyish etmoqda. Shuningdek, zamonaviy orkestrlar tarkibida professional
ijrochilar faoliyat yuritib, xalq musiqasining boy merosini saqlab qolish va uni yangi
shakllarda rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. Shu tariqa, O‘zbek xalq cholg‘ulari
orkestri milliy madaniyatning yorqin ramzi sifatida yashab kelmoqda.

Xalq cholg‘u ansambllari milliy musiqa madaniyatining muhim va o‘ziga xos

tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning paydo bo‘lishi va rivojlanishi xalqning
turmush tarzi, madaniy an'analari va ijtimoiy hayoti bilan chambarchas bog‘liqdir.

Eng avvalgi bosqichlarda, ya'ni qadimgi va o‘rta asrlarda, musiqa asboblari

alohida yakkaxon ijrochilar tomonidan chalinib, qo‘shiq va raqslar bilan birga ijro
etilgan. Ushbu ijrochilar yoki sozandalar turli marosim va bayramlarda qatnashib, xalq
orasida mashhurlik qozonganlar.

Xalq cholg‘u ansambllari esa bir nechta cholg‘u ijrochilarining birgalikda ijro

etishidan tashkil topgan. Bunday ansambllar an'anaviy musiqa asboblarini va ijro
uslublarini saqlab qolish, shuningdek, musiqa san'atini jamoatchilikka yanada kengroq
yetkazish uchun zarur bo‘lgan.

Ansambllarning shakllanishiga katta ta'sir ko‘rsatgan omillardan biri mahalliy

marosimlar, urf-odatlar va bayramlar bo‘lib, ularda cholg‘u ansambllari doimiy
ravishda ishtirok etgan. Bu ansambllar orqali xalq musiqasi nafaqat ijro etilib, balki
ijodiy jihatdan ham rivojlangan. XX asrga kelib, xalq cholg‘u ansambllari
professionallashish jarayoniga kirdi. Sovet Ittifoqi davrida milliy san'atni rivojlantirish
siyosati doirasida ko‘plab davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan xalq ansambllari
tashkil etildi. Bu davrda ansambllar tarkibi kengayib, yangi cholg‘u asboblari joriy
etildi, ijro uslublari takomillashdi.

Hozirgi kunda xalq cholg‘u ansambllari milliy madaniyatning ajralmas qismi

bo‘lib, ular xalq musiqa san'atini saqlash va yoshlar o‘rtasida yoshirishda muhim rol
o‘ynaydi. Ular milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va milliy identifikatsiyani
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

6

ISSN:3030-3613

Zamonaviy xalq cholg‘ulari orkestrlari - milliy musiqa madaniyatini zamonaviy

talablarga mos ravishda rivojlantirish va saqlash maqsadida tashkil etilgan professional
jamoalardir. Ularning asosiy vazifasi - milliy musiqa asboblari ijrosini rivojlantirish,
milliy an'analarni saqlab qolish va yangi musiqa asarlarini yaratishda faol ishtirok
etish.

Zamonaviy xalq cholg‘ulari orkestrlari an'anaviy va zamonaviy cholg‘u

asboblaridan tashkil topadi. Ular qatorida:

Dutor, tanbur, satro‘z, gijjak, rubob kabi an'anaviy cholg‘ular;

Nog‘ora, doira, chindovul, nagar, tabla kabi zarb asboblari;

Zamonaviy klassik va elektronik asboblar (ba'zi holatlarda) ham
qo‘shilishi mumkin.

Orkestrlarda cholg‘u ijrochilari professional darajada tayyorlanadi va ular

musiqa asarlarini yuqori saviyada ijro eta oladi. Konsertlar va festivallarda ishtirok
etish: Zamonaviy xalq cholg‘ulari orkestrlari milliy va xalqaro maydonlarda o‘z
ijrosini namoyish qiladi. Milliy madaniyatni targ‘ib qilish: Orkestrlar xalq musiqa
san'atini yoshlar va keng jamoatchilikka yetkazishda muhim o‘rin tutadi.

Sugdiyona xalq cholg‘ulari orkestri - o‘zbek milliy musiqa san'atida katta

ahamiyatga ega bo‘lgan mashhur musiqiy jamoadir. Uning nomi qadimgi So‘g‘diyon
(Sugdiyona) mintaqasiga, ya'ni hozirgi Tojikiston va O‘zbekistonning shimoliy
mintaqa-lariga taalluqli bo‘lgan tarixiy sohalarga bog‘liqdir.

Sugdiyona xalq cholg‘ulari orkestri o‘zining paydo bo‘lishi va shakllanishida

an'anaviy O‘rta Osiyo xalq musiqa asboblarining, jumladan, dutor, rubob, tanbur,
gijjak, doira, nagar va boshqa cholg‘ularning ahamiyati katta bo‘lgan. Orkestr tarixiy
yuksalish davrida an'anaviy va zamonaviy usullarni uyg‘unlashtirishga erishdi.

Orkestr o‘zining mahoratli ijrochilari bilan nafaqat mahalliy, balki xalqaro

miqyosda ham tanilgan. Ular turli musiqa festivallari, konsertlar va madaniy
tadbirlarda qatnashib, milliy musiqa madaniyatini targ‘ib qilmoqda.

Madaniy merosni saqlash: Sugdiyona orkestri an'anaviy so‘g‘diyona musiqa

maktabining o‘ziga xos usullari va asboblarini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Ijodiy izlanishlar: Orkestr yangi aranjirovkalar va ijro uslublarini joriy etib, xalq

musiqa san'atini boyitishda faol ishtirok etadi.

Madaniy almashinuv: Orkestr xalqaro platformalarda qatnashib, O‘rta Osiyo

musiqa madaniyatini keng auditoriyaga yetkazmoqda.

Sugdiyona xalq cholg‘ulari orkestri milliy musiqa san'atining muhim elchisi

bo‘lib, o‘zining boy tarixiy va madaniy an'analari orqali xalq musiqa madaniyatini
saqlash va rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu orkestr nafaqat madaniy
merosni saqlab qoladi, balki yosh ijrochilarni tayyorlash va milliy musiqa san'atini
yangi bosqichga olib chiqishda faol ishlamoqda.

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

7

ISSN:3030-3613

Zamonaviy xalq cholg‘ulari orkestri milliy musiqa san'atining rivojida muhim

o‘rin tutadi. U an'anaviy xalq musiqa asboblarini saqlab qolish bilan birga, ularni
zamonaviy ijro uslublari va arranjirovkada samarali joriy etishga xizmat qiladi. Bu
orkestrlar milliy madaniyatni asrab-avaylash, yoshlar o‘rtasida milliy musiqaga
qiziqish uyg‘otish hamda xalq musiqa san'atini keng auditoriyaga yetkazishda muhim
rol o‘ynaydi.

Zamonaviy xalq cholg‘ulari orkestrlari nafaqat milliy an'analarni davom ettiradi,

balki milliy musiqa san'atida yangi ijodiy izlanishlar, zamonaviy musiqa turlarini ham
rivojlantirishga yordam beradi. Shu tariqa, orkestrlar milliy va xalqaro miqyosda
o‘zaro madaniy almashinuvni kengaytirishga, xalq musiqa san'atini jahon sahnasiga
chiqarishga hissa qo‘shmoqda.

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy xalq cholg‘ulari orkestri milliy musiqa

madaniyatining boy merosini saqlash va taraqqiy ettirishda ustuvor ahamiyatga ega
bo‘lib, kelajak avlodlarga milliy san'atni sevdirish va uni asrab qolishda muhim vosita
bo‘lib xizmat qiladi, zamonaviy xalq cholg‘ulari milliy musiqa san'atini saqlash va
taraqqiy ettirishda muhim vosita bo‘lib, kelajak avlodga milliy madaniyat merosini
samarali yetkazishda asosiy rol o‘ynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro`yxati.

1.

Mirziyoev Sh.M. We will build our great future together with our brave and noble
people. T .: “Uzbekistan”, 2017.

2.

Асафьев, 1981 – Асафьев, Б. В. О симфонической и камерной музыке / Б. В.
Асафьев. – Л.: Музыка, 1981. – 216 с.

3.

Калантарова, 2019 – Калантарова, О. И. Николай Калинин / О. И.
Калантарова. – М.: Согласие, 2019. – 368 с

4.

Suxomlinskiy V.A. Pedagogika va musiqiy tarbiya. — Moskva: Prosveщenie,
2012. — 184 b.

5.

Botirova X.T. Specific characteristics of the development of spiritual - moral
qualities

of

students

//

Frontline

Social

Sciences

and

History

Journal, 3(06),

https://doi.org/10.37547/social-fsshj-03-06-04-P. 20-30

6.

Botirova X.T. In the practice of instrumental performance, students are taught to
think independently and formation of features of creativity // MIDDLE
EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN ISSN 2694-9970 118 Middle European
Scientific Bulletin, Volume 33. -P. 52-58.

7.

Botirova X.T. Scientific and theoretical views of central asian thinkers in music //
Procedia of Theoretical and Applied Sciences Volume 4 | Feb 2023 ISSN: 2795-
5621.Available:http://procedia.online/index.php/applied/index. -P. 54-59.

8.

Botirova X.T. The Role of Pop Art in the Education of Students-Youth in the Spirit
of Morality and Patriotism // Web of Scholars: Multidimensional Research Journal

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

8

ISSN:3030-3613

(MRJ) Volume: 01 Issue: 07 | 2022 ISNN: (2751-7543)

http://innosci.org

. -P. 87-

90.

9.

Botirova X.T. Activities of the "History and Criticism of Music" Department
During the Years of Independence // MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC
BULLETIN ISSN 2694-9970 118 Middle European Scientific Bulletin, Volume
33 | Feb-2023

https://cejsr.academicjournal.io

-P. 118-121.

10.

Botirova

X.T.

Aram

xachaturian

ijodida

balet

janr

//

“Лучшие интеллектуалнo‘е исследования” Част-9_ Том-1_ Ноябр -
2023./http://web-journal.ru/ -B. 119-124.

11.

Botirova X.T. Cholg‘u ijrochiligi tarixini tarbiyaviy ahamiyati // Yangi
O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari. 1-to’plam
Noyabr-2023. -B. 106-110.

12.

28. Botirova X.T. Musiqa madaniyati darslarida qo’shiq janrining ahamiyati //
“Лучшие интеллектуалнoе исследования” Част-9_ Том-1_ Ноябр -2023.
http://web-journal.ru/

-P. 142-145

13.

Botirova X.T. The role of the orchestra leader in the preparation for the concert //
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences
and Education Hosted from New York, USA https://conferencea.org June 28th
2022. -P. 122-125.

14.

Botirova X.T. Performance of romantic works // International Multidisciplinary
Conference Hosted from Manchester, England ttps://conferencea.org 25th June
2022. -P. 192-194.

15.

Botirova X.T. Psychological process in orchestra class // International Conference
on

Developments

in

Education

Hosted

from

Delhi,

India

https:

econferencezone.org 21st July 2022. -P. 26-28.

16.

Botirova X.T. Achieving sound balance in orchestral performance // International
Conference on Developments in Education Hosted from Saint Petersburg, Russia
https: econferencezone.org July 17th 2022. -P. 4-7.

17.

Botirova X.T. Develop a child's ability to hear music // International Conference
on Developments in Education Hosted from Bursa, Turkey https:
econferencezone.org July 15th 2022. P. 19-23.

18.

Botirova X.T. Encourage students to focus on conductor movements //
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences
and Education Hosted from New York, USA https://conferencea.org June 28th
2022. -P. 126-128.

19.

Botirova X.T. Success of works of uzbek composers // International Conference
on Developments in Education Hosted from Saint Petersburg, Russia https:
econferencezone.org July 17th 2022. -P. 1-3, 50.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro`yxati.

Mirziyoev Sh.M. We will build our great future together with our brave and noble

people. T .: “Uzbekistan”, 2017.

Асафьев, 1981 – Асафьев, Б. В. О симфонической и камерной музыке / Б. В.

Асафьев. – Л.: Музыка, 1981. – 216 с.

Калантарова, 2019 – Калантарова, О. И. Николай Калинин / О. И.

Калантарова. – М.: Согласие, 2019. – 368 с

Suxomlinskiy V.A. Pedagogika va musiqiy tarbiya. — Moskva: Prosveщenie,

— 184 b.

Botirova X.T. Specific characteristics of the development of spiritual - moral

qualities of students // Frontline Social Sciences and History

Botirova X.T. In the practice of instrumental performance, students are taught to

think independently and formation of features of creativity // MIDDLE

EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN ISSN 2694-9970 118 Middle European

Scientific Bulletin, Volume 33. -P. 52-58.

Botirova X.T. Scientific and theoretical views of central asian thinkers in music //

Procedia of Theoretical and Applied Sciences Volume 4 | Feb 2023 ISSN: 2795-

Botirova X.T. The Role of Pop Art in the Education of Students-Youth in the Spirit

of Morality and Patriotism // Web of Scholars: Multidimensional Research Journal (MRJ) Volume: 01 Issue: 07 | 2022 ISNN: (2751-7543) http://innosci.org. -P. 87-

Botirova X.T. Activities of the "History and Criticism of Music" Department

During the Years of Independence // MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC

BULLETIN ISSN 2694-9970 118 Middle European Scientific Bulletin, Volume

| Feb-2023 https://cejsr.academicjournal.io -P. 118-121.

Botirova X.T. Aram xachaturian ijodida balet janr //

“Лучшие интеллектуалнo‘е исследования” Част-9_ Том-1_ Ноябр -

/http://web-journal.ru/ -B. 119-124.

Botirova X.T. Cholg‘u ijrochiligi tarixini tarbiyaviy ahamiyati // Yangi

O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari. 1-to’plam

Noyabr-2023. -B. 106-110.

28. Botirova X.T. Musiqa madaniyati darslarida qo’shiq janrining ahamiyati //

“Лучшие интеллектуалнoе исследования” Част-9_ Том-1_ Ноябр -2023.

Botirova X.T. The role of the orchestra leader in the preparation for the concert //

International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences

and Education Hosted from New York, USA https://conferencea.org June 28th

-P. 122-125.

Botirova X.T. Performance of romantic works // International Multidisciplinary

Conference Hosted from Manchester, England ttps://conferencea.org 25th June

-P. 192-194.

Botirova X.T. Psychological process in orchestra class // International Conference

on Developments in Education Hosted from Delhi, India https:

-P. 126-128.

Botirova X.T. Success of works of uzbek composers // International Conference

on Developments in Education Hosted from Saint Petersburg, Russia https:

econferencezone.org July 17th 2022. -P. 1-3, 50.