Mualliflar

  • Ibroximova Nasiba Abdimuradovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103325

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: xotira tafakkur psixologiya diqqat eksperiment qobiliyat iqtidor

Annotasiya

Annotatsiya:  Esda  olib  qolishning  muvaffaqiyati  ko‘p  darajada  esda  olib 
qolinayotgan materialga yoki shu material bilan aloqasi bo‘lgan faoliyatga shaxsning 
ijobiy munosabati bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu munosabat qiziqish, diqqat-e’tibor tarzida 
namoyon  bo‘ladi.  Qiziqish  muvaffaqiyatli  esda  qoldirishning  eng  birinchi 
shartlaridandir. Bizda qiziqish tug‘dirgan narsa tezroq va mustahkamroq esda qoladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

215

ISSN:3030-3613

OʻQUVCHILARDA IDROK VA XOTIRANI RIVOJLANTIRISHNING

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ibroximova Nasiba Abdimuradovna

Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani MMTB

qarashli 5-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya

:

Esda olib qolishning muvaffaqiyati ko‘p darajada esda olib

qolinayotgan materialga yoki shu material bilan aloqasi bo‘lgan faoliyatga shaxsning
ijobiy munosabati bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu munosabat qiziqish, diqqat-e’tibor tarzida
namoyon bo‘ladi. Qiziqish muvaffaqiyatli esda qoldirishning eng birinchi
shartlaridandir. Bizda qiziqish tug‘dirgan narsa tezroq va mustahkamroq esda qoladi.

Kalit so’zlar:

xotira, tafakkur, psixologiya, diqqat, eksperiment, qobiliyat, iqtidor

KIRISH

Bola xususan 7 - 8 yoshlik davrida konkret narsa va hodisalarning ko‘rgazmali

xususiyatlari va sifatlariga asoslanib, odatda konkret kategoriyalar bilan fikr yuritadi.
Ayrim izohlar bilan mashhur shveytsariyalik psixolog J. Piajening 7-10 yoshdagi
o‘quvchilar asosan konkret operatsiyalar bosqichida turadilar. Ana shu bosqichda
bevosita, tajribadan olingan xususiyatlar sistemalashtirilishi mumkin, degan fikrlariga
qo‘shilish mumkin. Ammo, o‘ylaymizki, kichik maktab yoshi davrining oxiriga kelib,
to‘g‘ri tashkil qilingan ta'lim jarayonida o‘quvchilar keyingi bosqichga, ya'ni
umumlashtirish va abstraktsiyalashtirish qobiliyati taraqqiyotining ma'lum darajasi
bilan bog‘liq bo‘lgan formal operatsiyalar bosqichiga o‘tishga qobildirlar. IV
sinflarning yangi programmalari ana shunga mo‘ljallangan. IV sinf programmasida
o‘quvchilarning yangi material bilan tanishib, mustaqil mulohaza yuritishlari va xulosa
chiqarishlari, faktlarni solishtirib ko‘rishlari, taqqoslashlari va analiz qilishlari, juz'iy
hamda umumiyni topishlari, oddiy qonuniyatlarni belgilashlari ko‘zda tutilgan.

Rus psixologlarining tadqiqotlarida kichik maktab yoshdagi bolalarda qabul

qilishning ikki turi; analitik va sintetik turlari ajratilgan. Analitik turda diqqat e'tibor
alohida mayda - chuydalarga qaratiladi. Sintetik turda umumiy yaxlit holda qabul
qilinadi. Ikkala turni birbiriga qarama - qarshi qo‘yish psixologiyada hozirgacha
saqlanib keldi. Ammo turli yo‘nalish vakillari buni shunday ta'riflaydilar. Differensial
psixologiya uchun perseptiv usullarni farqlash muhimdir, chunki bu barcha bolalarda
bir xil emas. Bu turdagi individual xususiyatlar bolada umrbod o‘zgarmas bo‘lib
qolmaydi, ular ontogenez jarayonida rivojlanadi, nafaqat rivojlanish jarayonida balki
pedagogik mashqlar, pedagogik ta'sirlar orqali o‘zgarib boradi. Kichik maktab
yoshdagi bolalarda mashg‘ulotlar jarayonida namoyon bo‘ladigan tafakkurga xos
bo‘lgan uslubni o‘rganish maqsadida A.A. Alekseeva va L.A. Gromovalar tomonidan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

216

ISSN:3030-3613

ishlab chiqilgan tafakkur uslubini aniqlash so‘rovnomasi o‘tkazilganda, bolalarning 8,7
% sintezatorlik, 8,7 % idealistlik, 8,7 % pragmatiklik, 56,5 % analitiklik, 17,4 % da
realistlik uslubining ustunligi aniqlandi. Bolalarning axborotlarni qabul qilishlari bilan
tafakkur uslublari o‘rtasidagi korelyatsion koeffitsenti Pirson formulasi orqali
o‘rganilganda, anlitiklik uslubi bilan bilish jarayonlarini rivojlanish ko‘rsatkichlari
o‘rtasida ijobiy aloqalar borligi aniqlangan.

Axborotlarni qayta ishlab chiqish tezligini an'anaviy taxistostopik usul va ko‘z

harakatini o‘lchash zamonaviy muolajasi yordamida aniqlash mumkin. Taxistaskopik
tajaribalarda insonlarda bir xil sharoit va bir xil vaqt ichida axborot qabul qilish va
qayta ishlash qobiliyati har xilligi kuzatilgan[3]. Axborotni qayta ishlash tezligi va
sifatini o‘rganishning ikkinchi metodik uslubi bu ob'ektlarni ko‘rib chiqish va
matnlarni o‘qish paytida amalga oshiriladigan ko‘z harakatlarni o‘lchash va belgilab
qo‘yishdir. Axborotlarni qabul qilish qayd etish paytida sodir bo‘ladi. Shuning uchun
fiksatsiyalar davomiyligini o‘lchash axborot qabul qilishga qancha vaqt kechishini
aniqlashga imkon beradi. Ma'lumki, jismni ko‘rgazmali tahlil qilish kuzatuvchining
bilimi, tajribasi va kuzatishlariga bog‘liq. Rus psixologlari tomonidan kuchli va
kuchsiz asab tizimiga ega bo‘lgan bolalarni o‘yin faoliyatida kuzatilganda nigohni
fiksatsiya qilish davomiyligi va qaror qabul qilishdagi vaqtda farq borligini
aniqlaganlar. Kuchsiz asab tizimiga ega bo‘lgan bolalar kuchlilariga qaraganda
nigohlarini tez va uzoq to‘xtatib turishgan, qarorni sekinroq qabul qilishgan,
raqiblarining figuralariga emas, o‘z figuralariga ko‘proq e'tibor berishgan. Kuchli asab
tizimiga ega bo‘lgan bolalar bir fiksatsiyada juda ko‘p axborot qabul qilishgan,
o‘yinning keyingi holatiga ahamiyat berishgan. Faol qidiruv axborotini amalga
oshirgan.

Shaxsning taraqqiyoti bevosita uning xotira jarayoniga bog’liq.Sechenev

aytganidek Xotirasiz inson «abadiy go‘daklik holatida» qolgan bo‘lar edik degan
fikrlari hamda S.L. Rubinshteyn ta’kidlaganidek: “Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo‘lar
edik. O‘tmishimiz kelajak uchun o‘lik bo‘lardi. Hozirgi zamon kechmishiga ko‘ra
o‘tmishda badar yo‘qolardi” degan qarashlari xotiraning inson hayotida nechog’lik
muhim ekanligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Biz, odatda, bizni qiziqtirmaydigan
narsalarga e’tibor bermaymiz va ularni hatto payqamaymiz. O‘quvchilar qiziqqan,
o‘zlari «sevgan» fanlarining mazmunini puxta o‘qib olishlarini har bir pedagog yaxshi
biladi. Bu aytilganlardan ta’lim-tarbiya ishida mana bunday xulosa chiqadi: o‘quv
materialini o‘quvchilarning xotirasida mahkam o‘rnatish uchun maktabda ta’lim ishini
shunday olib boorish kerakki, har bir fan o‘quvchilarda qiziqish, havas tug‘diradigan
bo‘lsin.
Esda qoldiriladigan materialga qiziqish, diqqatimizni shu materialga qaratadi, his-
tuyg‘umizga ta’sir qiladi, zavqlantiradi va beixtiyor esda qoldirish jarayonlarini
kuchaytiradi. Qiziqish esda qoldiriladigan materialni, shaxsning o‘zi va jamiyatuchun


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

217

ISSN:3030-3613

ahamiyatini tushunish bilan bog‘liq bo‘lsa, esda qoldirish samaraliroq bo‘ladi. Diqqat
esda mustahkam saqlab qolishning zaruriy shartidir. Diqqat esga olish lozim bo‘lgan
materialga nechog‘li kuchli sur’atda qaratilgan bo‘lsa, u shunchalik tez va puxta esda
qoladi, chunki diqqatning nerv-fiziologik asosi miya po‘stining bir qismida kuchli
qo‘zg‘alish (optimal qo‘zg‘alish) o‘chog‘ining paydo bo‘lishidir. Ana shunday
qo‘zg‘alish paydo bo‘lishi bilan yangi nerv bog‘lanishlar tezroq hosil bo‘lib, mahkam
saqlanib qoladi. Ko‘pincha, ayrim kishilarning o‘z xotirasining zaifligi, tez va puxta
esda saqlab qololmasligi to‘g‘risidagi shikoyatlari analiz qilib ko‘rilganda, esda yaxshi
saqlab qololmasliklarining sababi ular diqqatining bo‘shligida, tarqoqligida, miya
po‘stidagi tegishli qo‘zg‘alish o‘choqlarining zaifligida ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Bunday kishilar diqqatlarini bir nuqtaga jamlab qunt bilan ishlashga harakat qilishlari
bilan ulardagi xotira ham kuchaya boradi. Esda qoldirish usuli hayot va faoliyatning
turli hollarida biror muddatgacha nimanidir qisqa yoki uzoq vaqtgacha esda qoldirishga
to‘g‘ri keladi. Biz shunga asoslanib esda olib qolish qisqa, uzoq muddatli va operativ
xotira deb ajratamiz. Shunday qilib, esda qoldirish usuliga yoki maqsadiga ko‘ra xotira
qisqa muddatli va uzoq muddatliga bo‘linadi.

Muayyan (qisqa) vaqtdan keyin takror tiklash (eslash) maqsadida kerakli

materialning esda saqlab qolingan vaqtlardagi xotira, qisqa muddatli xotira deb ataladi,
qisqa muddatli xotira bir lahzali xotiradir. Chunki bunda material bir marta idrok
qilinadi. Shundan keyin esa esda qolgan material qisqa muddatli xotiraga misol bo‘ladi.
Ongda uning keyingi eslab qolinishi (saqlanishi)ga hech qanday zaruriyat yo‘q.

Masalan, odam ishdan qayta turib yo‘l-yo‘lakay bir qancha ishlar qilishni:

pochtaga kirish, xat tashlash, do‘kondagi yangi kitoblarni ko‘zdan kechirish, non
hamda shakar va shuning singarilar sotib olishni belgilab oladi. O‘quv tajribasida
shunday hodisalar bo‘lib turadi. Ba’zi bir o‘quvchilar darsga yoki imtihonga
tayyorlanar ekanlar, kerakli o‘quv materialini shunday usulda, ya’ni bu materialni faqat
darsda yoki imtihonda eslash uchungina yod oladilar. Qisqa muddatli xotira shunday
holda, ya’ni kishi o‘ziga berilgan qandaydir vazifani aniq bajarganida namoyon
bo‘ladi. Xotiraning bu turini boshqacha qilib operativ xotira deyiladi. Xotira
faoliyatning shunday turlarida, ya’ni kerakli materialni va, ayniqsa, o‘quv materialini
uzoq muddatgacha va butunlay esda saqlab qolishda uzoq muddatli xotira tariqasida
namoyon bo‘ladi.

Odatda har qanday o‘quv materiali ana shu usulda o‘zlashtirib olinadi. Uzoq

muddatli xotira maqsad asosida takrorlash orqali esda olib qolishdir. Material qancha
ko‘p, ongli takrorlanilsa u esimizda uzoq saqlanadi va kerak vaqtida osonlikcha esga
tushadi. Operativ xotira esa – odamning shu vaqtdagi ish-harakatlari uchun xizmat
qiluvchi xotira jarayoni. U inson bajarayotgan har bir yaqqol harakatlardan
erishiladigan natijaning shart-sharoitlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchi
materialni yaxshi esda qoldirish uchun uni qismlarga ajratib mutolaa qiladi, yoki eng


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

218

ISSN:3030-3613

asosiy mazmun tagiga chizib qo‘yadi yoki yon daftarchasiga asosiy joylarini yozib
oladi, materialni bir-biriga bog‘lab esda qoldirish mumkin. Natijada u qiyin materialni
ham osonlikcha o‘zlashtirishi mumkin. Esda qolish usuli qandaydir biror muddat va
sifatga ham ta’sir etib – esda qoldirishni mustahkamlaydi. Maxsus eksperimentlarda
isbot qilinganki, kishining: «esimda uzoq saqlayman» yoki “esimdan aslo
chiqarmayman” deb jazm qilgan narsasi xotirada mahkam o‘rnashib qolar ekan.
Aksincha, qisqa bir muddat uchun (masalan, navbatdagi imtihonni berish uchun) esda
qoldirishga jazm qilingan material tez unutiladi. Bundan shu xulosa kelib chiqadiki,
o‘qituvchi ta’lim jarayonida darsni tushuntirganida, uyga vazifa topshirganida,
o‘quvchi bilimini tekshirganida hamisha ma’lum ta’rif, qoida, parcha, tarix sanalari va
shu kabilarni puxta va doimo esda saqlab qolishning zarurligini uqtirib bormog‘i lozim.
Bir karra ko‘zdan kechirilgan yoki eshitilgan materialning bevosita esga tushirilgan
miqdoriga qarab, xotiraning ko‘lami (hajmi) aniqlanadi. Materialning ko‘p qismini
bevosita esga tushira oladigan kishining xotira ko‘lami keng hisoblanadi. Xotiraning
ko‘lamini, masalan, quyidagicha aniqlasa bo‘ladi: sinalayotgan kishiga bir necha so‘z
yoki raqamlardan iborat materialni o‘qib chiqish yoki eshitish va so‘ngra bu materialni
darrov to‘la-to‘kis va berilgan tartibda esga tushirish kerakligi uqtiriladi. Sinalayotgan
kishining materialni qanchalik to‘la va tartibini aynan saqlab esga tushira olishiga
qarab, uning xotira ko‘lami aniqlanadi. 67 raqamdan yoki so‘zdan 1-2 tasigina esga
tushirilsa, xotiraning ko‘lami tor hisoblanadi, 5-6 raqamni yoki so‘zni eslab aytilsa
xotiraning ko‘lami keng hisoblanadi. Xotira ko‘lamini mashq qilish yo‘li bilan o‘stirish
(kengaytirish) mumkin. Vaqt o‘tkazib esga tushirish esda olib qolingan narsani oradan
bir qancha, ba’zan ancha ko‘p vaqt o‘tkazib esga tushirishdirki, shu orada ongimizdan
boshqa jarayonlar (fikr-tuyg‘ular, tasavvur va shu kabilar) ham o‘tgan bo‘ladi.
Masalan, hayotimizda bundan bir necha yillar ilgari bo‘lib o‘tgan voqealarni ana shu
tariqa eslaymiz. O‘quvchining sinfda darsdan berilgan savolga javob bera turib, bundan
bir necha kun yoki bir necha soat ilgari o‘rganib-bilib olganlarini xotirlashi ham shu
jumladandir.

XULOSA

Xotira faoliyatining asosiy xizmati vaqt o‘tkazib esga tushirishdadir. Xotiraning

qiymati ham shundaki, biz xotira tufayli esda qolgan materialni ma’lum muddatdan
keyin ham eslash imkoniyatiga ega bo‘lamiz va binobarin, tajriba to‘play olamiz hamda
hosil bo‘lgan tajribani esimizda uzoq vaqtgacha saqlab tura va undan foydalana olamiz.
Xotiraning shu xususiyati tufayli biz bilim va malakalar hosil qilamiz va bu bilim
hamda malakalardan zarur bo‘lgan holda bemalol foydalana olamiz.
Xotira va miya faoliyatini sezilarli darajada yaxshilashning bir qator usullari mavjud.
Ular orasida xotiraning muntazam ravishda shug’ullantirilishi (autotrening),
farmakologik vositalardan foydalanish va taomnomaga ba’zi mahsulotlarni kiritish
o’rin tutadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

219

ISSN:3030-3613

-

Esda saqlab qolishni xohlagan narsamizni ifodali o‘qish va uni hech

bo‘lmaganda bir marta qaytarish lozim. Masalan, telefon raqami, e’lon yoki
yangiliklarni ovoz chiqarib, balandroq o‘qish, ularni eslab qolishni osonlashtiradi;

-

Ma’lumotlarni guruhlarga ajratish yoki ularni tanish biror narsa bilan bog‘lab,

eslab qolish mumkin;

-

Uzun matnni tezroq yod olishda o‘qilayotgan ma’lumotning ko‘rinishini miyada

yaratish, ularni tasavvur qila olish orqali inson ma’lumotni yanada osonroq esda saqlab
qola oladi. O‘qiyotgan narsaga biror kulgili voqea-hodisaga bog‘lash bu xotirani
hissiyotlarga bog‘lashga ko‘mak beradi.

-

Xotirani dorilarsiz mustahkamlash. Agar muammo charchoq va stress bilan

bog’liq bo’lsa, unda ko’pincha xotirani yaxshilaydigan dorilarsiz ham uni hal etish
mumkin. Bunday hollarda, birinchi navbatda, dam olish va kun tartibiga rioya qilish
muhimdir.

-

Muntazam uyquga to’ymaslik va salbiy emotsiyalardan qochish kerak.

-

Bo’sh vaqtlarda televizor qarshisida vaqt sarflamasdan, mantiqiy masalalarni

yechish tavsiya etiladi, ular miya faoliyatini yaxshilaydi.

-

Xotirani yaxshilash uchun neyrobika ham yaxshi samara beradi. Neyrobika - aql

uchun gimnastikadir. Buning uchun: Odatiy harakatlarni chap qo’lda bajarishga
harakat qiling (chapaqaylar o’ng qo’lda). Bu miya yarimsharlari orasidagi aloqani
kuchaytiradi.

-

Kundalik yumushlarni ko’zni yumgan holatda amalga oshirib ko’ring

(ovqatlanish, dush qabul qilish).

-

Miya sezgi a’zolaridan olingan ma’lumotlarni chuqurroq tahlil qilishga to’g’ri

keladi. Bir xilda bajaradigan ishlaringizga yangilik kiriting (masalan har kuni qiladigan
ish tartibini o’zgartiring).

-

“Aql ozuqasi” ga bee’tibor bo’lmang. Ratsionga mevalar, choy va ko’katlarda

ko’p bo’lgan antioksidantlarni kiriting.

F OYDALANILGAN ADABIYOTLAR

ROʻYXATI

:

1.

Xaydarov F.I.,Xalilova N.I. “Umumiy psixologiya”. T.:2010.-167-177 b

2.

Гортанов А.А..Психотерапия. Москва, 1973. C. 87 3. Лурия А.Р. Лекции по
общей психологии. СПб.:, “Питер”, 2004 г. –320 с.

3.

Zufarova M.E. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2010.

4.

Nurbek, A.

(2021).

Management

Psychology Leader

and Its

Characteristics.

Ижтимоий Фанларда Инновация онлайн илмий журнали, 1

(1),

13-16.

5.

Холикова, Д. М., & Холматова, З. Т. (2019). ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИГРОВЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ.

Школа будущего

, (4), 236-245.

Bibliografik manbalar

F OYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

Xaydarov F.I.,Xalilova N.I. “Umumiy psixologiya”. T.:2010.-167-177 b

Гортанов А.А..Психотерапия. Москва, 1973. C. 87 3. Лурия А.Р. Лекции по

общей психологии. СПб.:, “Питер”, 2004 г. –320 с.

Zufarova M.E. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2010.

Nurbek, A. (2021). Management Psychology Leader and Its

Characteristics. Ижтимоий Фанларда Инновация онлайн илмий журнали, 1(1),

-16.

Холикова, Д. М., & Холматова, З. Т. (2019). ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИГРОВЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ. Школа будущего, (4), 236-245.