T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
193
ISSN:3030-3613
OILADAGI IJTIMOIY NIZOLARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Rajabova Visola Sadriddinovna
Buxoro viloyati G'ijduvon tumani
62-IDUMI psixologi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oiladagi nizolarni o‘rganish va ularni ijtimoiy
tasavvurlarni
shakllantirish
orqali
bartaraf
etishning
pedagogik-psixologik
xususiyatlari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘lar:
oila, tarbiya, ma’naviyat, ijtimoiy tasavvur, steriotip, oilaviy
qadriyat, ijtimoiy rol.
Bugungi kunda O‘zbekiston sharoitida oilaviy muammolar o‘zining ko‘p
qirraliligi bilan alohida xususiyat kasb etib, jamiyat taraqqiyotini belgilashda, ma’nan
barkamol, ruhan sog‘lom avlodni voyaga yetkazish jarayonida ularning ijobiy yechimi
katta ahamiyatga egadir. Agar har bir oilani tashkil etuvchilar o‘z muammolarini
bahamjihatlik bilan, o‘zaro kelishuv asosida hal qilsalar, oiladagi tinchlik kafolatlanib,
uning ma’naviy asoslari mustahkam bo‘ladi. Alohida ta’kidlash joizki, oilada ota-
onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarida, fikrlar va qarashlaridagi paydo
bo‘ladigan ayrim kelishmovchiliklar, qarama-qarshiliklar, ziddiyatlarni uni tashkil
etuvchi shaxslar o‘zaro kelishib, muammoni konstruktiv tarzda yechishga qodir
bo‘lsalar, oiladagi ijtimoiy-psixologik hamda ma’naviy muhit yosh avlod ongida
insoniy munosabatlar to‘g‘risida teran va ijobiy tasavvurlar shakllanishiga imkon
beradi. Shu bois ham mamlakatimizda oila va uning tarbiyaviy imkoniyatlari qadriyat
sifatida yuksaklarga ko‘tariladi.Shuni alohida ta’kidlash joizki, oilaviy munosabatlar
har doim ham bir tekisda silliq, risoladagidek kechavermaydi. Uy-ro‘zg‘or
yumushlarini ado etish, er-xotinlik burchlari, ota-onaning farzandlar oldidagi
majburiyatlari, farzandlarning kattalar oldidagi huquq va burchlarini ado etish
jarayonida murakkab rollararo muomala va muloqot jarayonlari kechadiki, ularning
deyarli barchasida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar to‘qnashadi, ayrim holatlarda fikr va
qarashlardagi
ziddiyatlar,
qarama-qarshiliklar,
kelishmovchiliklar,
anglashilmovchiliklar shaxslararo nizolar tarzida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekistonda oila va undagi o‘zaro munosabatlar alohida qadriyat sifatida
qaralishi ham bu borada yurtimizgagina xos bo‘lgan ma’lum qonuniyatlarning
borligini dalillaydi. Shu bois ham, mavjud muammoni xududiy va etnopsixologik
xususiyatlarni inobatga olgan holda o‘rganish zarur. Ta’kidlash joizki, Sharq
mutafakkirlari Bahovuddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, At-Termiziy, Al-Buxoriy,
Bobarahim Mashrab, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nosir Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Al-
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
194
ISSN:3030-3613
Xorazmiy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Donish, Yusuf Xos
Xojib, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, hamda hozirgi davr O‘zbekiston olimlari
M.G. Davletshin, G‘.B. Shoumarov, V.M. Karimova, E.G‘. G‘oziyev, Sh.R. Barotov,
B.M. Umarov boshqalarning tadqiqotlarida ham oila muammosi, undagi nizoli
holatlar, munosabatlar hamda barcha oilaviy munosabatlar farzand tarbiyasiga qay
darajada ta’sir etishi muammosi mahalliy shart-sharoitlar nuqtayi nazaridan qisman
o‘rganilgan. Ma’lumki, oilaning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni va oilaviy o‘zaro
munosabat oqibatlari masalasi psixolog hamda pedagog olimlarning diqqat markazida
turgan muammolardan biridir. Bu muammoga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar esa,
asosan, har bir millat mentaliteti, o‘sha jamiyatda ustuvor bo‘lgan oilaviy qadriyatlar,
urf-odatlar va marosimlar doirasida turli tadqiqotlarning predmeti bo‘lib kelgan. Zero,
oilada kamol topayotgan yosh avlod dunyoqarashining to‘g‘ri shakllanishi oila a’zolari
o‘rtasida barqaror bo‘lgan sog‘lom munosabatlarning xarakteriga bog‘liq. Bu esa, bola
ongida ijobiy va salbiy munosabatlar, nizolar hamda ularning oqibatlari to‘g‘risidagi
tasavvurlar shakllanishiga zamin bo‘ladi.Ijtimoiy tasavvurlar doirasidagi oilaviy
nizolar muammosining o‘rganilishi jarayonida, asosan, er-xotin (ota-ona) o‘rtasidagi
munosabatlarni nazarda tutish maqsadga muvofiq sanaladi. Chunki oila muhiti
muvozanatini ota-ona saqlab turadi.
Oila borasidagi ilmiy izlanishlardan yana shu narsa ma’lumki, oilaviy nizolarning
asosiy qismi er-xotin o‘rtasidagi nizolardan tashkil topadi. Shuning uchun ham ijtimoiy
psixologiya sohasida er-xotin o‘rtasidagi nizolar, ularning kelib chiqishi va ushbu
oilada tarbiyalanayotgan farzandlar dunyoqarashi, fe’l-atvoriga ta’siri hamisha dolzarb
muammolardan biri bo‘lib kelgan. Shu boisdan bu muammoni o‘rganish uchun qator
ilmiy tadqiqotlar olib borilgan va ularning natijalari keng kitobxonlar ommasiga havola
etilgan.Shaxsning oilaviy nizolar to‘g‘risidagi bilimlari, uning shaxsiy tajribasi bilan
bevosita bog‘liq bo‘lib, tasavvurlar tizimining shakllanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. U
yoki bu obekt yoxud hodisa haqida bilimning yo‘qligi, tasavvurning ham yo‘qligidan
darak beradi. Shaxsgacha yetib kelayotgan ma’lumotlar va ular asosida
shakllanayotgan bilimlar aniq yoki noaniq, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lib, biror narsa va
hodisalar vositasida shakllanadi hamda bu bevosita ta’sir bo‘lgani uchun ham
tasavvurlar ana shunga muvofiq tegishli zaylda paydo bo‘ladi.Yangi davr ingliz
demokratlari va fransuz ma’rifatparvarlaridan D. Pristli, Sh. Monteske, D. Didro, J.
Russo, Volterlar nizolarni ko‘proq salbiy jarayon sifatida baholashgan. Ulardan
tashqari, I. Kant, T. Gobss, Gegel, T. Maltus, Ch. Darvin, G. Spenser, U. Samner, L.
Gumplovich, G. Zimmel, R. Park kabi psixolog, sotsiolog, faylasuf, iqtisodchi
olimlarning asarlarida ham oilaviy nizolar to‘g‘risida bevosita jamiyat miqyosida,
siyosiy jarayonlar doirasida o‘rganilganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa, o‘z
navbatida tadqiqot predmetini aniqlash va umumiy xulosalar chiqarish jarayonida
muhim manba bo‘lib xizmat qildi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
195
ISSN:3030-3613
XX asrning boshida Amerikada o‘tkazilgan qator izlanishlar asosida, bola
ijtimoiylashuvi jarayonida otaning o‘rniga xos bo‘lgan quyidagi umumiy sifatlar qayd
etildi:
1. Otasiz bolalar sonining ortib borayotganligi, oilada otaning kam bo‘lishi;
2. Ota bilan bola o‘rtasidagi muloqotning onanikiga nisbatan sezilarli darajada kamligi;
3. Pedagogik nuqtayi nazardan otalarning bilimsizligi, malakasizligi;
4. Bolaga, ayniqsa, kichik yoshlilarga g‘amxo‘rlik qilish malakalasining otalarda
kamligi va unga bo‘lgan sovuqqon munosabat, layoqatsizlik.
Shunday qilib, tadqiqot ishimizdagi oilaviy nizolar bilan bog‘liq tasavvurlarning
shakllanishini tushunishimizda metodologik asos bo‘lib, G‘arb mamlakatlarida,
birinchi navbatda Fransiya hamda Rossiyada taklif etilgan “ijtimoiy tasavvurlar” va
“subyektiv obrazlar” haqidagi nazariyalar xizmat qilishi mumkin. Ijtimoiy tasavvurlar
konsepsiyasining G‘arbdagi asoschisi hisoblangan S. Moscovici, unga quyidagicha
ta’rif bergan edi: “Ijtimoiy tasavvurlar bixevioristlar ta’riflagan mexanik obraz ham,
tashqi va ichki muhit o‘rtasida ziddiyat tug‘diradigan narsa ham bo‘lmay, balki faol
ravishda obyektiv borliqni ijtimoiy-psixologik tarzda qayta o‘zlashtirish jarayoni
mahsulidir”.
Fikrimizcha, o‘smirlardagi nizolar to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlarning
dinamik tabiatini tahlil qilish uchun, ularning shakllanish bosqichlarini quyidagicha
ajratish maqsadga muvofiqdir:Idrok qilish bosqichi, unda ongda bevosita aks etadigan
ma’lumotlarning qabul qilinishi va o‘smir (o‘g‘il, qiz)lar uchun ahamiyatliligi nuqtayi
nazaridan saralanishi ro‘y beradi. Masalan, oilaviy rollar taqsimoti va uning bajaralishi
yuzasidan o‘smir xatti-harakatidagi oila “lider”iga nisbatan anglanmagan
intilish.Assotsiativ bog‘lanishlar bosqichi, bunda ongdagi yangi xabarlar eskilari bilan
solishtirilib, assotsiativ va ma’naviy bog‘lanishlar o‘rnatiladi. Masalan, erning o‘z
xotiniga (yoki aksincha) nisbatan ko‘rsatadigan har qanday salbiy munosabati o‘smirni
oilaning ideal “lider”iga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirishga majbur qiladi.Yuqoridagi
ikki bosqich xususiyatlarining umumlashtirilishi – obyekt haqidagi tasavvurlarning
generalizatsiyasini keltirib chiqaradi. Ya’ni, yuzaga kelgan oilaviy nizolar ta’sirida
o‘smir ota-onasi xususidagi ijtimoiy tasavvurlarini tubdan isloh etadi. Natijada, oilaga
doir har bir ma’lumot yoki xabar differensial holda o‘smir uchun ahamiyatlilik
darajasida ajratiladi va shu asosda ma’lum ustanovkalar shaklida uning xulq-atvori
yo‘nalishini belgilaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, nizolar to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlar
muammosining psixologiya fanida o‘rganilishi bizga yana bir karra oilada bo‘ladigan
turli ko‘rinishdagi nizolar to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlar eng avvalo, oila muhitida
va undagi ota-ona hamda ularning o‘z ota-onalik rollariga bo‘lgan munosabatlar
ta’sirida shakllanishini isbotladi.
Adabiyotlar:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
196
ISSN:3030-3613
1.
Ahrorova S.A. O‘zbekistonda ayollar ijtimoiy faolligini oshirish omillari. Falsafa
fan. nom. diss. Avtoref. – T.: O‘zMU, 2005, – 24 b.
2.
Safarova K. O‘z nasl-nasabingni unutma. // Ijtimoiy fikr – inson huquqlari. 2002,
4-son, 122–125-b.
3.
Umarova M. Shaxs va ijtimoiylik. // Tafakkur, 2000, 4-son, 83–84-b.