Mualliflar

  • Karimova Gulhayo Baxodir qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103333

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ijtimoiy moslashuv psixologik xususiyat boshlang‘ich sinf bola psixologiyasi muhitga moslashish o‘qituvchi roli sinfdoshlar bilan munosabat emotsional moslashuv psixologik qo‘llab-quvvatlash.

Annotasiya

Annotatsiya 
Maqolada  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  ijtimoiy  muhitga  moslashuvi, 
ayniqsa maktabdagi ilk bosqichlarda yuzaga keladigan psixologik holatlari, ularning 
sabablari  va  bu  jarayonni  osonlashtirish  usullari  tahlil  qilinadi.  Maktab  ostonasini 
endigina bosib o‘tgan bolalar uchun yangi muhit, yangi talablar va yangi ijtimoiy rollar 
ularga  psixologik  bosimni  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Ijtimoiy  moslashuv  —  bu 
bolaning  yangi  jamoa  qoidalari  va  normalariga  psixologik  va  emotsional  jihatdan 
moslasha  olishi  bilan  bog‘liq  murakkab  jarayondir.  Ushbu  maqolada  aynan  shu 
jarayonning  kechish  xususiyatlari,  psixologik  omillar,  o‘qituvchi  va  ota-onalarning 
roli,  shuningdek,  ijtimoiy  moslashuvni  yengillashtiruvchi  pedagogik  usullar  tahlil 
qilinadi. Tajriba va kuzatuvlarga asoslangan holda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bu 
jarayon  qanday  bosqichlardan  iboratligi  va  ularning  ijtimoiy-psixologik  moslashuv 
darajasini  oshirish  yo‘llari  ko‘rsatib  berilgan.  Mazkur  maqola  psixologlar, 
boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilari  hamda  ota-onalar  uchun  foydali  bo‘lishi  mumkin. 
Tadqiqotlar  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  bolaning  ijtimoiy  moslashuv  darajasi  ularning 
keyingi  o‘qish  motivatsiyasi  va  psixologik  holatiga  bevosita  ta’sir  ko‘rsatadi.  Shu 
boisdan, bu jarayonni ilmiy asosda o‘rganish va mos ravishda yondashuv ishlab chiqish 
muhim hisoblanadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

177

ISSN:3030-3613

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY MOSLASHUV

JARAYONINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi

30-umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi

Karimova Gulhayo Baxodir qizi

Annotatsiya

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy muhitga moslashuvi,

ayniqsa maktabdagi ilk bosqichlarda yuzaga keladigan psixologik holatlari, ularning
sabablari va bu jarayonni osonlashtirish usullari tahlil qilinadi. Maktab ostonasini
endigina bosib o‘tgan bolalar uchun yangi muhit, yangi talablar va yangi ijtimoiy rollar
ularga psixologik bosimni keltirib chiqarishi mumkin. Ijtimoiy moslashuv — bu
bolaning yangi jamoa qoidalari va normalariga psixologik va emotsional jihatdan
moslasha olishi bilan bog‘liq murakkab jarayondir. Ushbu maqolada aynan shu
jarayonning kechish xususiyatlari, psixologik omillar, o‘qituvchi va ota-onalarning
roli, shuningdek, ijtimoiy moslashuvni yengillashtiruvchi pedagogik usullar tahlil
qilinadi. Tajriba va kuzatuvlarga asoslangan holda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bu
jarayon qanday bosqichlardan iboratligi va ularning ijtimoiy-psixologik moslashuv
darajasini oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Mazkur maqola psixologlar,
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda ota-onalar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bolaning ijtimoiy moslashuv darajasi ularning
keyingi o‘qish motivatsiyasi va psixologik holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu
boisdan, bu jarayonni ilmiy asosda o‘rganish va mos ravishda yondashuv ishlab chiqish
muhim hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

ijtimoiy moslashuv, psixologik xususiyat, boshlang‘ich sinf, bola

psixologiyasi, muhitga moslashish, o‘qituvchi roli, sinfdoshlar bilan munosabat,
emotsional moslashuv, psixologik qo‘llab-quvvatlash.

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE SOCIAL ADAPTATION

PROCESS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

Abstract

The article analyzes the adaptation of primary school students to the social

environment, especially the psychological states that occur in the early stages of school,
their causes and methods of facilitating this process. For children who have just crossed
the threshold of school, a new environment, new requirements and new social roles can
cause psychological pressure on them. Social adaptation is a complex process
associated with a child's ability to psychologically and emotionally adapt to the rules


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

178

ISSN:3030-3613

and norms of a new community. This article analyzes the characteristics of this process,
psychological factors, the role of teachers and parents, as well as pedagogical methods
that facilitate social adaptation. Based on experience and observations, it is shown what
stages this process consists of in primary school students and ways to increase their
level of socio-psychological adaptation. This article can be useful for psychologists,
primary school teachers and parents. Research shows that the level of a child's social
adaptation directly affects their further motivation for study and psychological state.
Therefore, it is important to study this process on a scientific basis and develop an
appropriate approach.

Keywords:

social adaptation, psychological characteristics, primary school,

child psychology, adaptation to the environment, teacher's role, relationships with
classmates, emotional adaptation, psychological support.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПРОЦЕССА СОЦИАЛЬНОЙ

АДАПТАЦИИ УЧАЩИХСЯ МЛАДШИХ КЛАССОВ

Аннотация

В статье анализируется адаптация учащихся начальной школы к

социальной среде, особенности психологических состояний, возникающих на
ранних этапах обучения в школе, их причины и методы облегчения этого
процесса. Для детей, только что переступивших порог школы, новая среда,
новые требования и новые социальные роли могут оказывать на них
психологическое давление. Социальная адаптация — сложный процесс,
связанный со способностью ребенка психологически и эмоционально
адаптироваться к правилам и нормам нового сообщества. В статье
анализируются особенности этого процесса, психологические факторы, роль
учителей и родителей, а также педагогические методы, способствующие
социальной адаптации. На основе опыта и наблюдений показано, из каких этапов
состоит этот процесс у учащихся начальной школы и пути повышения уровня их
социально-психологической адаптации. Статья может быть полезна психологам,
учителям начальной школы и родителям. Исследования показывают, что
уровень социальной адаптации ребенка напрямую влияет на его дальнейшую
мотивацию к учебе и психологическое состояние. Поэтому важно изучать этот
процесс на научной основе и разрабатывать соответствующий подход.

Ключевые слова:

социальная адаптация, психологические особенности,

начальная школа, детская психология, адаптация к среде, роль учителя,
взаимоотношения

с

одноклассниками,

эмоциональная

адаптация,

психологическая поддержка


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

179

ISSN:3030-3613

Kirish

Bola hayotining eng muhim bosqichlaridan biri bu — maktabga ilk bor qatnashni

boshlash davridir. Ushbu bosqichda u ijtimoiy tizimda yangi maqom – o‘quvchi
sifatida ishtirok etadi va bu maqomga mos ravishda yangi qoidalarga, odatlarga, talab
va munosabatlarga duch keladi. Ijtimoiy moslashuv — bolaning yangi muhitga,
jamoadagi munosabatlar tizimiga, maktab tartib-qoidalariga o‘zini moslashtira olishi,
emotsional va psixologik barqarorlikni saqlab qola olishidir. Bu jarayon ayniqsa
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun nihoyatda dolzarbdir. Chunki aynan shu davrda
bola ilk bor jamoaga, ya'ni sinfga kiradi va bu jamoa unga begona, notanish
hisoblanadi.

Moslashuvning muvaffaqiyatli kechishi bola shaxsining rivojlanishida, o‘ziga

bo‘lgan ishonchning shakllanishida va ta’lim olishga bo‘lgan munosabatda hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, psixologlar va pedagoglar tomonidan ijtimoiy
moslashuv jarayonini chuqur o‘rganish, bolalarning individual psixologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashuvlar ishlab chiqish zarur. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasidagi qaror va farmonlarida ham ta’lim sifatini
oshirishda bolaning ruhiy-psixologik holati va shaxsiy taraqqiyoti asosiy e’tiborda
turadi. Mazkur maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuvi
jarayonidagi psixologik muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari, o‘qituvchining
qo‘llab-quvvatlovchi roli, tengdoshlar bilan bo‘lgan munosabatlar, shuningdek, ota-
onalarning bu jarayondagi ishtiroki masalalarini ilmiy jihatdan yoritishga qaratilgan.

Adabiyotlar tahlil

Ijtimoiy moslashuv masalasi pedagogika va psixologiya sohasida doimo dolzarb

bo‘lib kelgan. Bu borada ko‘plab o‘zbek va xorijiy olimlar o‘z ilmiy tadqiqotlarini olib
borganlar. Masalan, Q. Yo‘ldoshev o‘zining “Psixologiya asoslari” nomli asarida
bolaning jamoadagi psixologik moslashuvi haqida fikr yuritadi. Unga ko‘ra, bolaning
ijtimoiy muhitga qanday moslashgani uning kelgusi o‘quv faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
L. Karimova esa “Yosh davrlari psixologiyasi” asarida aynan 6-7 yoshdagi bolalarning
shaxsiy xususiyatlariga e’tibor qaratib, ularning moslashuv jarayoni emotsional
barqarorlik bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi. Xalqaro olimlardan E. Eriksonning
shaxsiy rivojlanish nazariyasi, J. Piagening kognitiv rivojlanish bosqichlari ijtimoiy
moslashuvning psixologik asoslarini chuqurroq tushunishda muhim ahamiyatga ega.
Ularning fikricha, bola sinfda o‘zini qulay his qilishi, o‘z fikrini erkin ifoda etishi
uchun uni avvalo ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash zarur.

Sattorov O.A. tomonidan yozilgan “Ta’lim psixologiyasi” asarida maktab

muhitida yuzaga keladigan psixologik to‘siqlar va ularni yengish usullari yoritilgan.
Rasulova D.A. esa maktabdagi emotsional-ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishga
qaratilgan tajribalari orqali bolalarning ijtimoiy moslashuvi qanday o‘zgarishini
ko‘rsatadi. Shuningdek, o‘qituvchining shaxsiyati, pedagogik yondashuvlar, darsdagi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

180

ISSN:3030-3613

psixologik muhit, ota-onalar bilan muloqot sifati kabi omillar bu jarayonga kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, har bir bolaning shaxsiy tajribasi,
temperament tipi va oilaviy tarbiyasi moslashuv tezligi va sifatini belgilovchi muhim
omillardir.

Tadqiqotlar qismi

Tadqiqotlar Toshkent viloyati Baliqchi tumanidagi 3 ta umumiy o‘rta ta’lim

maktablarining 1-sinf o‘quvchilari misolida olib borildi. 75 nafar o‘quvchi (39 qiz va
36 o‘g‘il bola) ishtirok etdi. O‘quvchilarning ijtimoiy moslashuv darajasini aniqlash
uchun psixologik test va o‘qituvchi bilan intervyu usullaridan foydalanildi.
Psixologik testda o‘quvchilarga “men sinfimni yaxshi ko‘raman”, “men o‘qituvchimni
tushunaman”, “menga darslar yoqadi” kabi savollar berildi. Javoblar asosida 3 ta
daraja: yuqori, o‘rtacha va past ijtimoiy moslashuv holatlari aniqlandi. Natijalar
quyidagicha bo‘ldi: 28% o‘quvchilar yuqori darajadagi moslashuvga ega, 51%
o‘rtacha darajada va 21% o‘quvchilarda moslashuv darajasi past bo‘lib chiqdi.
Past darajali o‘quvchilarda asosiy muammo sifatida notanish muhitdan qo‘rqish,
tengdoshlar bilan munosabatda qiynalish va o‘z fikrini erkin ayta olmaslik holatlari
kuzatildi. O‘qituvchilar bilan suhbatda esa, bunday bolalarni emotsional
rag‘batlantirish, rolli o‘yinlar orqali jamoaga moslashtirish samarali ekanligi
ta’kidlandi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy
moslashuvni yengillashtirish uchun darsdan tashqari faoliyatlar, ijobiy emotsional
muhit va psixologik qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi

Xulosa

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ijtimoiy moslashuv — nafaqat psixologik,

balki pedagogik jihatdan ham muhim jarayondir. Mazkur tadqiqot asosida
aniqlanishicha, har bir bolaning jamoadagi moslashuvi individual bo‘lib, unga oilaviy
tarbiya, o‘qituvchining yondashuvi, tengdoshlar bilan munosabat va o‘quv
jarayonining qiziqarli tashkil etilishi bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy moslashuv past
darajada bo‘lgan o‘quvchilar bilan individual ishlash, ularni o‘z fikrini erkin ifoda eta
oladigan, o‘ziga ishonch hosil qiladigan shaxs sifatida shakllantirish muhimdir.
O‘qituvchining sabr-toqatli, mehribon, psixologik tayyorligi bu jarayonning
muvaffaqiyatli kechishini ta’minlaydi. Shuningdek, ota-onalarning hamkorligi, bolani
rag‘batlantirish, maktabdagi psixologik xizmat bilan yaqin hamkorlikda ishlash ijobiy
natijalarga olib keladi.

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Hasanboyeva, S. (2019).

Bola psixologiyasi

. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti.

2.

Karimova, Z. (2021).

Pedagogik psixologiya asoslari

. Toshkent: Fan va

texnologiya.

3.

Rasulova, M. (2018).

Boshlang‘ich ta’lim psixologiyasi

. Toshkent: O‘qituvchi

nashriyoti.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

181

ISSN:3030-3613

4.

Jo‘rayev, B. (2020).

Ijtimoiy psixologiya

. Toshkent: Yangi asr avlodi.

5.

Toshpulatova, D. (2022).

Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda

moslashuv jarayonlari

. Toshkent: Ilm ziyo.

6.

Xodjayev, A. (2017).

Ta’lim psixologiyasi va shaxs taraqqiyoti

. Toshkent:

Iqtisodiyot.

7.

Mahmudova, N. (2020). “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida moslashuvdagi
muammolar va ularni hal qilish yo‘llari”,

Psixologiya va hayot

jurnali, №2, 45-49-

betlar.

8.

Qodirova, F. (2021). “O‘quvchilar shaxsiy rivojlanishida ijtimoiy omillarning
o‘rni”,

Ilmiy tadqiqotlar va ta’lim texnologiyalari

, №4, 37-41-betlar.

9.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-sonli
Farmoni –

2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasi

.

10.

UNESCO (2020).

Social and Emotional Learning in Primary Education: A Global

Perspective

. Paris: UNESCO Publishing.



Bibliografik manbalar

Adabiyotlar ro‘yxati

Hasanboyeva, S. (2019). Bola psixologiyasi. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti.

Karimova, Z. (2021). Pedagogik psixologiya asoslari. Toshkent: Fan va

texnologiya.

Rasulova, M. (2018). Boshlang‘ich ta’lim psixologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi

nashriyoti.

Jo‘rayev, B. (2020). Ijtimoiy psixologiya. Toshkent: Yangi asr avlodi.

Toshpulatova, D. (2022). Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda

moslashuv jarayonlari. Toshkent: Ilm ziyo.

Xodjayev, A. (2017). Ta’lim psixologiyasi va shaxs taraqqiyoti. Toshkent:

Iqtisodiyot.

Mahmudova, N. (2020). “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida moslashuvdagi

muammolar va ularni hal qilish yo‘llari”, Psixologiya va hayot jurnali, №2, 45-49-

betlar.

Qodirova, F. (2021). “O‘quvchilar shaxsiy rivojlanishida ijtimoiy omillarning

o‘rni”, Ilmiy tadqiqotlar va ta’lim texnologiyalari, №4, 37-41-betlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-sonli

Farmoni – 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasi.

UNESCO (2020). Social and Emotional Learning in Primary Education: A Global

Perspective. Paris: UNESCO Publishing.